my.gov.uz
220K subscribers
1.57K photos
116 videos
2 files
2.54K links
Rasmiy kanal

Fikringiz biz uchun muhim:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱@eGovUz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/mygovuzb
Instagram:
https://www.instagram.com/my.gov.uz/
Download Telegram
🤷🏻‍♂️Agar uyingizga noma’lum shaxslar ro‘yxatga turib olgan bo‘lsa, nima qilishni bilasizmi?

🚶🏻Uyingizda kimlar ro‘yxatda turganini bilish uchun tegishli tashkilotga borish shart emas.

Buning uchun:

1️⃣ My.gov.uz saytiga kirish

2️⃣ "Shaxsiy kabinet"ga o‘tish

3️⃣"Fuqarolik" bo‘limini tanlash

4️⃣ “Doimiy yashash joyida yashovchilar ro‘yxatini to‘g‘rilatish uchun so‘rov yuborish”
tugmasini bosish kerak.

👨🏻‍💻Agar xonadoningizda notanish shaxslar ro‘yxatga olinganini aniqlasangiz, shu manzilning o‘zidayoq o‘chirishga elektron murojaat yuborishingiz mumkin.

👉🏻 Xizmat haqida batafsil 📹 videoyo‘riqnomada tanishing:

@MyGovUz
🎉 Bayramga zo‘r yangilik!

🌐 My.gov.uz orqali avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalar qulay tartibda rasmiylashtiriladi!

🔹 1-sentyabrdan boshlab avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni my.gov.uz orqali ham masofadan, ham o‘zingizga qulay narxda rasmiylashtirsangiz bo‘ladi.

🔹 Ya’ni haydovchilar ishonchnoma olish uchun notarial idora izlab yurishmaydi, hujjatni tasdiqlatish uchun navbatlarda ham turishmaydi. Barcha jarayonlar onlayn amalga oshiriladi.

🔹 Hujjat unutib qoldirilganida ham muammo yuzaga kelmaydi. Chunki ishonchnomalar YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.

🔹 Elektron ishonchnoma uchun alohida to‘lov tartibi (davlat boji – BHM ning 3 baravari – 900 ming so‘m) belgilangan.
Bunda davlat boji:
🔹 1 oygacha bo‘lgan muddatga – 10 % (90 ming so‘m);
🔹 6 oygacha bo‘lgan muddatga – 50 % (450 ming so‘m);
🔹 3 yilgacha bo‘lgan muddatga – 100 % (900 ming so‘m miqdorida) undiriladi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
Diqqat, e’lon❗️

🚧 Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l xarakati xavfsizligi xizmatining server qurilmalarida texnik-profilaktik ishlar olib borilayotganligi tufayli, 2022-yilning 31-avgustidan 5-sentyabriga qadar my.gov.uz (YIDXP)dagi "Avtotransport vositalari oynalari tusini o‘zgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish", "Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun ariza yuborish", "Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga litsenziya" hamda avtomobil boshqarishga elektron ishonchnoma berish kabi tizim bilan bog‘liq xizmatlar vaqtincha ishlamaydi.

💁🏻‍♂️Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

⚡️Ma’lumot uchun: "Avtotransport vositalari oynalari tusini o‘zgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish" xizmati uchun to‘lovni amalga oshirganlar ruxsatnomasi texnik ishlar yakunidan so‘ng taqdim etilishini ma’lum qilamiz.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
🎊Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi

📆 Demak:

🔸1-sentyabr — Mustaqillik bayrami;
🔸2-sentyabr — juma, ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
🔸3-sentyabr — shanba, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun Farmonga asosan qo‘shimcha dam olish kuni;
🔸 4-sentyabr — yakshanba, barcha uchun odatdagi dam olish kuni.

❗️Bayram va qo‘shimcha dam olish kunlari munosabati bilan aksariyat davlat muassasalari ishlamaydi.

🌐 Aynan shu 4 kunlikda elektron davlat xizmatlarini olishga yoki to‘lov amaliyotlarini bajarishga to‘g‘ri kelib qolsa, my.gov.uz imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etamiz.

Unutmang!
My.gov.uz – dam olishsiz, haftaning 7 kunida 24 soat davomida siz bilan birga.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga 31 yil to‘ldi

🎊Tinch, osoyishta, farovon yurtimizga bayramlar yarashadi.

🤵🏻‍♀️🤵🏻‍♂️Vatan ravnaqi va taraqqiyoti, mustaqilligimizni mustahkamlash yo‘lida xizmat qilish esa har birimizning fuqarolik burchimiz va majburiyatimizdir.

🎉🎂Aziz yurtdoshlar, my.gov.uz foydalanuvchilari, ulug‘ va qutlug‘ kun munosabati bilan Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi barchangizni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik to‘yi bilan muborakbod etadi.

Har biringizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaydi!

❗️Mustaqilligimiz abadiy, yutuqlarimiz bardavom bo‘lsin!

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
❗️My.gov.uz: barchasi oilamiz uchun!

💁🏻‍♂️ Yoshi kattalar uchun

Yoshga doir, boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik bo‘yicha nafaqa, to‘langan pensiya va pensiya fondi hisobida turish-turmasligi to‘g‘risida ma’lumot, jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i holatini tekshirish va boshqalar.

▪️ Xizmatlar ro‘yxatini ko‘rish: https://my.gov.uz/oz/all-services?id=5

👨‍⚖️ Tadbirkorlar uchun

Tadbirkorlar ma’lumoti, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish, tekshirish reja jadvalidan ko‘chirma, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish va hokazo.

▪️ Xizmatlar ro‘yxatini ko‘rish: https://my.gov.uz/oz/all-services?id=19

👨‍🏫 Ta’lim uchun

My.gov.uz orqali farzandingizni bolalar bog‘chasiga navbatga qo‘yish, OTM imtihonlari natijalarini bilish, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishga ariza berish, universitetlarga hujjat topshirish va boshqalar.

▪️ Xizmatlar ro‘yxatini ko‘rish: https://my.gov.uz/oz/all-services?id=8

💁🏻‍♂️ Qo‘shimcha tarzda

Xizmat muddatini tekshirish, turli ma’lumotnomalarni olish, avtotransport bilan bog‘liq xizmatlardan foydalanish yoki kredit tarixini bilish kabilarning barchasi my.gov.uz da onlayn ko‘rsatiladi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
Diqqat, e’lon❗️

⚙️“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Ma'lumotlarni qayta ishlash markazida elektron хizmatlar sifatini oshirish maqsadida navbatdagi profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan 2022-yil 1-sentyabr soat 23:00dan 3-sentyabr soat 22:00ga qadar my.gov.uz da mazkur tashkilotning elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

💁🏻‍♂️Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʼraymiz!
❗️«Snos»ga tushgan uy-joylarni my.gov.uz orqali aniqlang (video)

Ko‘chmas mulkingiz buzilishga tushmaganligiga my.gov.uz orqali ishonch hosil qiling.

👨🏻‍💻Buning uchun “Ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish” xizmatidan foydalaning.

💸 Ushbu xizmatdan my.gov.uz orqali foydalanganda 10% chegirmaga ega bo‘lasiz.

🗓 Xizmat ko‘rsatish muddati – 3 kun.

🏠 Mazkur qulaylik hovli-joy sotib olayotganda, uyni kapital ta’mirlayotganda juda qo‘l keladi.

Muhimi, ko‘ngil xotirjam bo‘ladi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
🔴 Diqqat!!! Muhim xabar

👮‍♀️ Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Avtomototransport hisobi” va "Haydovchilik guvohnomasi" axborot tizimlari yangi “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi”ga o‘tayotganligi munosabati bilan my.gov.uz orqali avtomototransport vositalari bilan bog‘liq (Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish, Avtotransport oynalarining tusini o‘zgartirishga ruxsatnoma olish, Avtotransport boshqaruvi uchun jismoniy shaxslarga elektron ishonchnoma berish) xizmatlarda uzilishlar yuzaga kelmoqda.

💁🏻‍♂️ Yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi mutaxassislari tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

✍️ Muammo bartaraf etilishi bilan qo‘shimcha axborot beriladi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
🔴 Внимание! Важное сообщение

👮‍♀️ В связи с переходом информационных систем «Учет автомототранспорта» и «Водительское удостоверение» Службы безопасности дорожного движения Департамента общественной безопасности МВД на новую «Единую автоматизированную информационную систему» при использовании через my.gov.uz услуг, связанных с автомототранспортом (Замена водительских прав на образец новой формы, Получение разрешения на установку тонировки на стекла легковых автотранспортных средств, Электронное оформление доверенности на право управления автомобилем), возникают сбои.

💁🏻‍♂️ Специалистами Министерства внутренних дел принимаются необходимые меры по устранению возникающих проблем.

✍️ По завершении технических работ будет предоставлена дополнительная информация.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
❗️ “Qora ro‘yxat” mavjud emas, “kredit tarixi”ni tekshiring!

📰 «Bank "qora ro‘yxati"ga tushganim uchun kredit berilmayapti...» degan mazmundagi murojaatlar tez-tez uchrab turadi.

Birinchidan, bank tizimida “qora ro‘yxat” tushunchasi, umuman, kredit ajratilishi taqiqlangan fuqarolar bo‘yicha tuzilgan “maxsus ro‘yxat” yoki “ma’lumotlar bazasi” mavjud emas.

📓 Ikkinchidan, “qora ro‘yxat” tushunchasi yetarli bilim va malakaga ega bo‘lmagan ayrim bank xodimlari tomonidan kredit arizasini ko‘rib chiqish jarayonida ilgari olingan yoki joriy krediti bo‘yicha to‘lovlarni kredit shartnomasida belgilangan muddatlardan kechiktirib to‘lagan fuqarolarga “qora ro‘yxatga tushib qolgansiz” deb izoh berishi (tushuntirishi) oqibatida vujudga kelmoqda.

➡️ Ushbu holat aslida fuqaroning “kredit tarixi” ma’lumotlari bilan bog‘liq bo‘lib, hozirgi kunda undan barcha kredit beruvchi tashkilotlar fuqaroga kredit berishdan oldin foydalanishmoqda.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz!

📑 Kredit tarixi – bu sizning kredit va qarzlaringiz haqidagi ma’lumot. Unda kreditlar qachon, qancha miqdorda va qayerdan olinganligi, keyin qanday qaytarilganligi va buni kim so‘ragani to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud. Bularning barchasi my.gov.uz ning kredit tarixi bo‘limida saqlanadi.

💁🏻 Foydalanuvchilar uchun!

▪️Kredit tarixini ilk marta bepul olish mumkin. Pullik tartibi esa istalgancha.

▪️Kredit tarixida xatolar aniqlansa, ularni bank orqali tuzatish mumkin.

▪️Kredit tarixini nafaqat bank, balki sug‘urta kompaniyasi, notarius, sud yoki ish beruvchi fuqaro roziligi bilan tekshirishi mumkin.

▪️Kredit tarixingizni bilish uchun my.gov.uzda ro‘yxatdan o‘ting.

📹 Xizmatga doir videoyo‘riqnoma bilan tanishing: 👇
🛂 O‘zbekistonda Mobile ID dan foydalanish boshlandi❗️

👨🏻‍💻 “Elektron hukumat” tizimlariga kirishda shaxsni identifikatsiyalash va tasdiqlashning yangi moduli – Mobile-ID (mobil telefon orqali) sinov tartibida ishga tushdi.

💁🏻‍♂️ Endi ushbu modul yordamida fuqarolar doimo yonida olib yuruvchi mobil telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, barcha davlat xizmatlaridan (moliyaviydan tashqari) Elektron raqamli imzosiz foydalanishlari mumkin.

📲 Faqat buning uchun smartfonimizga my.gov.uz mobil ilovasi yuklab olingan bo‘lishi kerak.

Eslatib o‘tamiz!

📱MyGov ilovasi (Google Play va App Store) orqali ro‘yxatdan o‘tish mutlaqo bepul!

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
⚡️Kira qilish uchun litsenziya varaqasini olish my.gov.uz da arzonga tushadi!

🚗 Yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olishning yangi tartibi joriy qilindi.

👨🏻‍💻Haydovchi, avvalo, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy bo‘limiga borgan holda o‘zini o‘zi band bo‘lgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim.

📌 Ro‘yxatdan o‘tish va guvohnoma olish bepul.

💁🏻‍♂️ Haydovchi my.gov.uz orqali yoki DXMga kelgan holda yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 300 ming so‘m davlat boji to‘lab, litsenziya varaqasini oladi.

❗️my.gov.uz orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qo‘llaniladi, ya’ni 270 ming so‘m to‘lanadi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
📹 Yagona portalda yoshlar uchun taqdim etilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlardan foydalaning!

My.gov.uz – yurtimiz yoshlariga bir talay qulay imkoniyatlarni taqdim etadi:

https://youtu.be/U4A2enrdFm0
👨🏻‍🎓 Talabalar diqqatiga❗️

🚶🏻Oʼqish joyidan maʼlumotnoma olishga ortiqcha vaqt va mablagʼ sarflamang!

Ushbu qulaylik my.gov.uz da joriy etilgan boʼlib, bunday maʼlumotnoma ishga kirishda, mudofaa boʼlimlariga murojaat qilganda yoki bankda taʼlim krediti olish kabi boshqa muayyan xizmatlarni olishda talab etilishi mumkin.

🤷🏻‍♂️Аvvallari bu maʼlumotnomani olish uchun talaba dekanatga murojaat qilishi, ularning boʼsh vaqtini kutishi kerak edi. Endi bunday ovoragarchiliklar umuman yoʼq.

📹 Oʼqish joyidan maʼlumotnoma olish xizmati toʼliq avtomatlashtirilgan va bepul:
https://youtu.be/XlTXqrnVwfM
📹 Video: Bolani bog‘chaga my.gov.uz orqali joylashtirish

👨‍👩‍👧‍👦 Aksariyat ota-onalar farzandini bog‘chaga joylashtirish uchun tegishli tashkilotga qatnash, yana navbatlarda turishni o‘ylab, bolani bog‘chaga ro‘yxatga qo‘yishni paysalga solishadi.

⁉️Aslida buning uchun qayergadir borish, navbat kutish shartmikin?! Yo‘q, albatta!

📲 Shunchaki telefonni qo‘lga olib, my.gov.uz portali orqali bolani bog‘chaga ro‘yxatga qo‘yish kifoya!

📹 Videorolikda buni qanday amalga oshirish batafsil tushuntirilgan.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
Tezkor xabar❗️

⚡️2022-yil 12-sentabr kuni soat 13:00 dan 14:00 ga qadar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida texnik tanaffus amalga oshiriladi. Bu vaqtda mazkur tashkilotning elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

💁🏻‍♂️ Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʼraymiz!
⚡️⚡️YANGILIK!

🌐 My.gov.uz orqali avtotransportni boshqarish uchun elektron ishonchnoma rasmiylashtirish xizmati ishga tushirildi!

🔹 Endi ishonchnoma rasmiylashtirish uchun notarial idora izlab yurish, hujjatni tasdiqlatish uchun navbatlarda turish shart emas. Barcha jarayonlar onlayn amalga oshiriladi.

🔹 Hujjat unutib qoldirilganida ham muammo yuzaga kelmaydi. Chunki elektron ishonchnomalar YPX xodimlari tomonidan onlayn tekshiriladi.

🔹 Elektron ishonchnoma uchun alohida to‘lov tartibi (davlat boji – BHM ning 3 baravari – 900 ming so‘m) belgilangan.

Bunda davlat boji:
🔹 1 oygacha bo‘lgan muddatga – 10 % (90 ming so‘m);
🔹 6 oygacha bo‘lgan muddatga – 50 % (450 ming so‘m);
🔹 3 yilgacha bo‘lgan muddatga – 100 % (900 ming so‘m miqdorida) undiriladi.

https://youtu.be/G2xTXyQvFvk
⚡️⚡️НОВАЯ УСЛУГА!

🌐 На портале my.gov.uz запущена услуга оформления электронной доверенности на право управления автотранспортным средством!

🔹 Теперь для оформления доверенности не обязательно идти в нотариальную контору и ждать очереди для оформления документа. Весь процесс осуществляется онлайн.

🔹 Даже если вы забудете документ при управлении автомобилем, проблем не возникнет. Электронная доверенность проверяется сотрудниками ДПС онлайн.

🔹 Для оформления электронной доверенности установлен отдельный порядок оплаты (государственная пошлина в трехкратном размере БРВ – 900 тысяч сумов).

🔹 При этом государственная пошлина взимается в следующих размерах:

🔹 на срок до 1 месяца – 10% (90 тысяч сумов);
🔹 на срок до 6 месяцев – 50% (450 тысяч сумов);
🔹 на срок до 3 лет – 100% (900 тысяч сумов).

https://youtu.be/G2xTXyQvFvk
Chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun o‘tkaziladigan test sinovi sanalari e’lon qilindi❗️

⚡️2022-yilning 2-yarmida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sanalari e’lon qilindi.

📌 Test sinovlari sentabr oyida ham o‘tkazilishi belgilandi. Shuningdek, oktabr, noyabr va dekabr oylarida ham tashkil etilib, har oyda 2 marotaba o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn amalga oshirilmoqda.

📹 Quyida ushbu xizmatdan foydalanish yo‘riqnomasi bilan tanishing: https://youtu.be/tCCrEFn6anw

@MyGovUz | @eGovUz