my.gov.uz
220K subscribers
1.57K photos
116 videos
2 files
2.54K links
Rasmiy kanal

Fikringiz biz uchun muhim:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱@eGovUz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/mygovuzb
Instagram:
https://www.instagram.com/my.gov.uz/
Download Telegram
​​​​👨🏻‍💻 Yagona portal orqali shahodatnoma dublikati beriladi

🗓 Joriy yilning 1-iyulidan boshlab xalq taʼlimi tizimida yana bir davlat xizmati ishga tushirildi. Endilikda turli sabablarga koʼra, yoʼqolgan, buzilgan, yaroqsiz holga kelgan shahodatnomalar oʼrniga dublikatni 5 kunda olish mumkin boʼladi.

📄 Buning uchun shahodatnomasi yoʼqolgan, yaroqsiz holga kelgan, buzilgan fuqarolar dublikatni olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ariza beradi. Аriza avtomatik tarzda portal orqali tuman (shahar) xalq taʼlimi boʼlimlariga ular orqali taʼlim tashkilotlariga yuboriladi.

📦 Taʼlim tashkilotlari arxiv hujjatlari asosida dublikat berish (yoki rad etish) boʼyicha xulosa tayyorlaydi va tuman (shahar) xalq taʼlimi boʼlimiga yuboradi.

📝 Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʼlimlari QR-kod qoʼyilgan dublikatni rasmiylashtiradi yoki dublikat berishni rad etish toʼgʼrisida maʼlumotni shakllantiradi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ravishda yuboradi.

Fuqarolar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xizmat natijasini avtomatik tarzda tizimda BEPUL yuklab oladi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
​​💼 Davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmatlari bilan bog‘liq xizmat ishga tushdi

✍️ Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 317-son qarori asosida my.gov.uz portalida “Davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan o'tkazish” xizmati ishga tushirildi.

📝 Endilikda davlat organlari va tashkilotlari o‘zlarining axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan o'tkazish uchun elektron ariza berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

💁🏻‍♂️Talabgorlar kasbiy faoliyatga bogʼliq boʼlgan qonunchilik sohalari, axborot xizmatlariga oid masalalar, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi, davlat va jamiyat oʼrtasida muloqotni shakllantirish va takomillashtirishda keng jamoatchilik nazoratini oʼrnatish, zamonaviy axborot maydonida kechayotgan tendentsiyalarga oid tahliliy yondashuv kabi masalalar boʼyicha bilimlarga ega boʼlishlari talab etiladi.

🙅🏻‍♂️ Xizmatdan foydalanishda toʼlov undirilmaydi.

📑 Axborot xizmatlari rahbarlarini akkreditatsiya qilish Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Axborot xizmatlari rahbarlari har 3 yilda attestatsiyadan o‘tkaziladi. Attestatsiyadan o‘tgan axborot xizmatlari rahbarlariga guvohnoma beriladi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
my.gov.uz pinned «⚡️Rasman! Arzonlashgan “tonirovka”ga ruxsatnoma berish boshlandi! 🚘 Bugun, 1-iyuldan ruxsatnomani my.gov.uz orqali navbatlarsiz olishga shoshiling! ❗️Yana 10 foizlik chegirmani ham qo‘lga kiriting. https://youtu.be/Cmdnq-3WrPg»
📹 Arzon "tonirovka"ni yana chegirma bilan olishni istaysizmi⁉️

🚘 Hammaning og`zida bir gap – tonirovka arzon bo’libdi, orqa oynalariku umuman tekin!

🤷🏻‍♂️Siz ham boshqalardan qolmay deb “tonirovka” uchun ruxsatnoma olishga shoshayotgan vaqtingiz jazirama issiqda hujjat ishlari bilan ko‘chada yurish, navbatlarda turishni o’ylab xunob bo’layotgandirsiz?!

🚶🏻Ammo my.gov.uz bor joyda sarsongarchilikka hojat yo‘q!

Bugundan my.gov.uz orqali ruxsatnomani hech qanday navbatlarsiz onlayn rasmiylashtiring va 10 foizlik chegirmani qo‘lga kiriting!

📹 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=U9_Uuux_8LY

“Tonirovka”ga ruxsatnoma olish videoyo‘riqnomasi — bu уerda.
🎉 Biz 2 yoshdamiz❗️

2020-yilning 25-iyun kuni hukumat qarori bilan “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.

🎊Ne baxtki, bugun bizni tanlaganlar, ishonch bildirganlar soni millionlardan oshdi.

👨🏻‍💻Demak, mana shu ikki yil ichida samarali natijaga erishib, kundan-kunga aholimizning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilayotganimizni, turli ovoragarchilik, qog‘ozbozlikka barham berayotganimizni tuydik.

♻️Yurtdoshlarimiz my.gov.uz axborot tizimi orqali ortiqcha byurokratik to‘siqlardan xoli 330 dan ziyod elektron davlat xizmatlarini olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

📊Aynan raqamlashtirish jarayonlari tufayli kecha imkonsizdek ko‘ringan narsalar bugun ro‘yoga aylanmoqda.

📈Aslida dastlabki ikki yil bu – uzoq yo‘lning boshlanishi. Oldinda hali istiqbolli rejalar, ulkan maqsadlar bisyor...

📹 https://www.youtube.com/watch?v=cOPtcDdyP18
​​ Dam olish kuningiz qanday o‘tdi?

📲 Iyul oyining ilk dam olish kunlari Apple Store internet do‘koni orqali O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan ilovalar reytingida my.gov.uz birinchi o‘ringa chiqdi.

💁🏻‍♂️ Bunga 1-iyuldan yaxshigina arzonlashgan “tonirovka” ruxsatnomasini my.gov.uz dan 10 foiz chegirma bilan oson va qulay rasmiylashtirish xizmati sabab bo‘ldi.

🧑🏻‍💻 My.gov.uz statistikasiga qarab, aksariyat haydovchilarning dam olish kunlari avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida o‘tdi, desak ham bo‘ladi.

📝 Chunki my.gov.uz orqali ushbu xizmatga jami 86 mingdan ziyod arizalar kelib tushdi.

📑 Yaxshiyamki, ruxsatnoma olishda avvalgidek ovoragarchiliklar yo‘q.

Shu o‘rinda yurtdoshlarimizga my.gov.uz portali orqali 330 dan ziyod elektron davlat xizmatlaridan ham masofadan turib foydalanish imkoniyati borligini eslatib o‘tamiz.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
​​👨🏻‍💻 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirganlar uchun qanday imtiyozlar bor?

📑 Kam ta’minlangan oilalarga davlat tomonidan bepul yoki imtiyozli shartlarda ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlardan foydalanish imkoniyatini beruvchi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirish uchun my.gov.uz orqali onlayn ariza yuborish mumkin.

🔴 Eslatma!

💁🏻‍♂ Mazkur xizmat orqali oilaga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlanmaydi. Bu qonunchilik hujjatlarida belgilangan xizmatlar va imtiyozlardan foydalanishda QR-kodga ega ma’lumotnoma berish uchun mo‘ljallangan.

👨‍👩‍👦‍👦 Kam ta’minlangan oilalar bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahallalar)ga murojaat etishlari zarur.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar quyidagi imtiyozlardan foydalanishi mumkin:

▪️davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar to‘lovidan ozod etish;
▪️umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsliklar ijara to‘lovlaridan ozod etish;
▪️umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki kiyim-bosh berish;
▪️ayrim fanlarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta maktablar o‘quvchilarini ovqatlanish xarajatlaridan ozod etish;
▪️ san’at, musiqa maktablari, «Barkamol avlod» markazlari va boshqa maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘qish xarajatlaridan ozod etish;
▪️kam ta’minlangan oilalarning nogironligi bo‘lgan a’zolarini protez — ortopediya moslamalari bilan ta’minlash;
▪️ ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida bepul maxsus (ambulator yoki kunduzgi) tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘llanma (order) olish va boshqalar.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
❗️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 16-17-18-iyun hamda 20-28-iyun (26-iyundan tashqari) kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uzda e’lon qilingan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🖥 Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

🔰 Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
📹 My.gov.uz raqamlarda...

Yagona portalning 2022-yil 2-chorak ko'rsatkichlari❗️

https://youtu.be/zKHYSEmR60w
Diqqat e’lon❗️

⚙️Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati server qurilmalarida texnik ishlar olib borilayotganligi sababli my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi “Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish”, “Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun ariza yuborish” va boshqa xizmatlardan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

🚧 Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
💁🏻‍♂️ Yo‘qotilgani aniq bo‘lgan hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotnomani bir kunda olish mumkinligidan xabardormisiz⁉️

🚶🏻Kutilmaganda eng kerakli hujjatingizdan ayrilib qoldingiz. Aytaylik, u yonib yoki chuqur suv havzasiga tushib ketib, ko‘z o‘ngingizda yo‘qoldi. Uni qayta tiklash uchun esa sizga hozirning o‘zidayoq hujjat yo‘qolgani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma suv va havodek zarur...

🤷🏻‍♂️Buning uchun nima qilish kerak?

👩🏻‍💻Albatta, my.gov.uz imkoniyatlarini ishga solish kerak.

Mazkur holatda talabgor ikkita xizmatdan foydalanadi:

🔹dastlab topilmalar, yo‘qolgan buyumlar va hujjatlar bo‘yicha so‘rov yuboradi;
🔹 so‘ngra yo‘qolgan ashyo topilmagani to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olishga o‘tsa bo‘ladi. Ushbu jarayonda birinchi xizmatdagi ariza raqami kiritiladi.

💰Xizmatlardan birinchisi bepul, ikkinchisi esa pullik (13500 so‘m)dir.

👏🏻Agar siz my.gov.uz foydalanuvchisi bo‘lsangiz, 10% chegirmasi bor (12000 so‘m).

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
Bitiruvchilar uchun tavsiya❗️

👩🏻‍💻My.gov.uz portalida onlayn ro‘yxatdan o‘tishda joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ta’lim muassasasi qarashli bo‘lgan vazirlikning ma'lumotlar bazasidan Davlat test markazi axborot tizimi orqali real vaqt rejimida olinadi.

💁🏻‍♂️ Biroq ayrim ta’lim muassasalari o‘z bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tegishli bazaga to‘liq kiritmaganligi bois onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlar chiqmayapti.

🚶🏻 Shu kabi holatlarda bitiruvchilardan tugatgan ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimlariga o‘zlari kiritishga urinmay, tahsil olgan muassasasi (maktab, litsey, kasb-hunar maktabi)ga murojaat etishlarini so‘raymiz.

Bitiruvchining tegishli ma’lumotlari ta’lim muassasasi tomonidan kiritilgach, “Tugatgan ta’lim muassasasi” to‘g‘risidagi ma’lumotlar my.gov.uz da avtomat tarzida aks etadi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
​​📑 Sport hakamlariga malaka toifalari my.gov.uz orqali beriladi

✍️ Hukumat qarori (365-son, 06.07.2022-y.) bilan sport hakamlariga malaka toifasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

📈 Reglamentga koʻra, Sport hakamlariga quyidagi malaka toifalari beriladi:

▪️ xalqaro toifali sport hakami;

▪️ milliy toifali sport hakami;

▪️ birinchi toifali sport hakami;

▪️ ikkinchi toifali sport hakami;

▪️ uchinchi toifali sport hakami;

▪️ sport boʻyicha hakam.

👨‍✈️ Davlat xizmati YIDXP (my.gov.uz) yoki davlat xizmatlari markazi orqali Sportni rivojlantirish vazirligi va hududiy boshqarmalar (vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.

📝 Arizaga shaxs faoliyat yuritayotgan tashkilot tomonidan berilgan malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi taqdimnoma ilova qilinadi.

💰 Davlat xizmati koʻrsatganlik uchun BHMning 1 baravari (300 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

💁🏻‍♂️ Vakolatli organ ariza kelib tushgan kuni qaror qabul qilish uchun malaka komissiyasiga kiritadi.

🗓 Malaka komissiyasi 1 oyda bir marta chaqiriladi.

Malaka komissiyasi ariza beruvchi tomonidan yuborilgan hujjatlarni 3 ish kuni ichida koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.

@MyGovUz | @eGovUz
​​⚡️Endi avtomobil haydashda ishonchnoma olish uchun notariusga borish shart bo‘lmaydi

✍️ “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-sentyabrdan avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) elektron rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yiladi.

❗️Elektron ishonchnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi va u YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.

🔰Elektron ishonchnoma uchun davlat boji ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun belgilangan davlat bojiga (BHMning 3 baravari – 900 ming so‘mga) nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:

🔹bir oygacha bo‘lgan muddatga – 10 foiz (90 ming so‘m);
🔹olti oygacha bo‘lgan muddatga – 50 foiz (450 ming so‘m);
🔹uch yilgacha bo‘lgan muddatga – 100 foiz (900 ming so‘m).

Yuridik shaxslar haydovchilarining 2 yilda 1 marta majburiy malakasini oshirish talabi bekor qilindi.

📌 2022-yil 1-sentyabrdan fuqarolar va yo‘lovchi tashish litsenziyasiga ega yuridik shaxslar o‘rtasidagi transport ijarasi shartnomalarini notarial tasdiqlash talab qilinmaydi.

💁🏻‍♂️ Bunda mazkur shartnomalar soliq organlarida elektron hisobga olinadi.

🔘 2022-yil 1-sentyabrdan 2024-yil oxirigacha:

▫️4 tadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega transportlarda yo‘lovchi tashish o‘zini o‘zi band qilish deb qaraladi va ushbu faoliyat litsenziya varaqasi asosida amalga oshiriladi;
▫️litsenziya varaqasi berishda avtomobilning ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi.

@MyGovUz | @eGovUz
my.gov.uz
​​⚡️Endi avtomobil haydashda ishonchnoma olish uchun notariusga borish shart bo‘lmaydi ✍️ “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi…
⚡️Теперь для получения доверенности на право управления автомобилем не обязательно ездить в нотариус

✍️ Принято Постановление Президента «О создании дополнительных удобств при управлении автотранспортными средствами и осуществлении деятельности линейных такси».

Согласно Постановлению, с 1 сентября 2022 года будет налажено электронное оформление доверенности на управление автотранспортом через Единый портал интерактивных государственных услуг (my.gov.uz).

❗️Нотариальное заверение электронной доверенности не требуется, она проверяется в электронном виде сотрудниками ДПС.

🔰Государственная пошлина за электронную доверенность взимается по сравнению с государственной пошлиной, установленной за нотариальное заверение доверенности (3 - кратный размер БРВ - 900 тысяч сумов), в следующих процентах:

🔹на срок до одного месяца - 10 процентов (90 тысяч сумов);
🔹на срок до шести месяцев - 50 процентов (450 тысяч сумов);
🔹на срок до трех лет - 100 процентов (900 тысяч сумов).

Отменено требование обязательного повышения квалификации водителей юридических лиц 1 раз в 2 года.

📌 С 1 сентября 2022 года нотариальное заверение договоров аренды транспорта между гражданами и юридическими лицами, имеющими лицензию на пассажирские перевозки, не требуется.

При этом, данные договоры подлежат электронному учету в налоговых органах.

🔘
С 1 сентября 2022 года до конца 2024 года:

▫️перевозка пассажиров в транспорте с количеством посадочных мест не более 4 рассматривается как деятельность самозанятого лица, данная деятельность осуществляется на основании лицензионного листа;
▫️при наличии лицензионного листа отменяется требование к сроку эксплуатации автомобиля.

@MyGovUz | @eGovUz
Diqqat e’lon!

⚙️Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining “E-Kontrakt” axborot tizimida tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilishi munosabati bilan 2022-yilning 10-iyul kuni soat 9:00 dan 13:00gacha my.gov.uz portalidagi «Tashqi iqtisodiy faoliyatga tegishli kontrakt ma’lumotlarini Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish» elektron xizmati ishchi faoliyatida bo‘lmaydi.

🛠Texnik ishlar yakuniga yetgach mazkur xizmat odatdagi tartibda ishlashni davom ettiradi.

▶️ Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
Forwarded from my.gov.uz
​​🛃 Yana bir yangi qulaylik!

👨🏻‍💻 My.gov.uz orqali xalqaro IT-sertifikat yoki o‘qish uchun sarflangan xarajatning 50 foizi qoplab beriladi.

Endilikda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarimiz qo‘lga kiritgan xalqaro sertifikati yoki o‘qishga sarflagan xarajatlari uchun 50 foizgacha kompensatsiya olishlari mumkin.

💁🏻‍♂️ Agar talabgor 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, arizani to‘ldirishda ota-onasi/vasiylar haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatishi lozim.

📝 Arizani ko‘rib chiqish va sertifikatni tekshirish, shuningdek, plastik kartaga pul mablag‘ini tushirib berish muddati 17 ish kunida amalga oshiriladi.

Eslatma!
📑 Imtihon xarajati maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun o‘tmasidan murojaat etilganida kompensatsiya qilinadi.

👉 Sertifikat yo‘nalishlariga:
▪️ Coursera
▪️ Oracle
▪️ Udemy
▪️ Microsoft
▪️ Google va boshqalar kiradi.

💁🏻‍♂️ Xabaringiz bor, hozirgi kunda IT eng daromadli sohalardan biri hisoblanadi. Demak, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

📥 Onlayn ariza yuborish uchun havola:
https://my.gov.uz/uz/service/622

@MyGovUz | @eGovUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Aziz yurtdoshlar!

🕌 Sizlarni yer yuziga Allohning rahmati yog‘ilib turgan shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – Qurbon hayiti bilan chin dildan muborakbod etamiz.

🤲 Ushbu fazilatli kunlarda pok niyatli vatandoshlarimiz, duogo‘y keksalarimizning Yaratgandan elu yurtimiz tinchligi, xalkimiz sihat-salomatligi yo‘lida so‘ragan barcha ezgu tilaklari ziyodasi bilan amalga oshsin!

🎊 Jonajon vatanimiz, xonadonlarimiz tinchligi, xalqimiz hayoti farovonligi, birdamligi, do‘stlik va ahillik tuyg‘ulari hamisha mustahkam va barqaror bo‘lsin!

🧑🏻‍💻 Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi

@MyGovUz | @eGovUz
Diqqat e'lon❗️

⚙️ Soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida joriy yil 10-iyul soat 00:00 dan 12-iyul soat 09:00 gacha Davlat soliq qo‘mitasi Ma'lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

💁🏻‍♂️Profilaktika ishlari davomida my.gov.uz portalidagi soliq xizmatlari bilan bog'liq ayrim elektron davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.



Внимание, объявление❗️

⚙️ В целях повышения качества оказания электронных услуг налогоплательщикам с 00:00 часов 10 июля до 09:00 часов 12 июля текущего года в Центре обработки данных Государственного налогового комитета будут осуществляться профилактические работы.

💁🏻‍♂️Во время профилактических работ возможны сбои в работе некоторых электронных налоговых услуг на портале my.gov.uz.

@MyGovUz | @eGovUz