my.gov.uz
212K subscribers
1.62K photos
122 videos
2 files
2.6K links
Rasmiy kanal

Fikringiz biz uchun muhim:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱@eGovUz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/mygovuzb
Instagram:
https://www.instagram.com/my.gov.uz/
Download Telegram
Forwarded from e-gov.uz
Navbatdagi manzil – Namangan viloyati bo‘ldi❗️

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish bo‘yicha aholi va tadbirkorlik sub’yektlari uchun o‘quv seminarlari davom etmoqda.

💁🏻‍♂️ Joriy yilning 9–10-iyun kunlari To‘raqo‘rg‘on, Namangan, Uychi va Uchqo‘rg‘on tumanlarida o‘quv seminarlari tashkil etildi.

Batafsil: 👉 https://egov.uz/news/navbatdagi-manzil-namangan-viloyati-boldi-485

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
​​💻 Kompyuter xaridi uchun kredit va kompensatsiya❗️

💁🏻‍♂️ Ushbu talabgor xizmatga may oyidan shu kunga qadar my.gov.uz portali orqali 9076 ta murojaat yo‘llangan!

👏🏻Yana bir bor eslatib o‘tamiz, «Million dasturchi» loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlar masofadan turib kompyuter xaridi uchun isteʼmol krediti ajratish va foiz toʼlovlarini kompensatsiya qilishga ariza yuborishlari mumkin.

👉🏻Talab etiladigan hujjat: ikki tomonlama kompyuter oldi-sotdi shartnomasi nusxasi.

📑Murojaatchi arizasi 3 kundan 5 ish kunigacha koʼrib chiqiladi.

@MyGovUz | @eGovUz
​​👨🏻‍🦽My.gov.uz da nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qanday imkoniyatlar bor?

👨🏻‍💻 Hozirgi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslar nafaqa tayinlashga my.gov.uz orqali onlayn ariza berish imkoniyatiga egadirlar.
Nafaqa tayinlash uchun ariza berish” xizmatidan quyidagi shaxslar foydalanishlari mumkin:

🔸nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar;
🔸odamning immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallikka (OIV infeksiyasiga) chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar;
🔸18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar;
🔸bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga yoshga doir nafaqa;
🔸yoshidan qat’i nazar ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironlari.

💁🏻‍♂️ Shuningdek, my.gov.uz orqali:

🔹16 va undan katta yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslar protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash talonini rasmiylashtirishda tibbiy xulosa olish uchun elektron ariza taqdim etishlari mumkin.
🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno).

@MyGovUz | @eGovUz
Chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun o‘tkaziladigan test sinovi sanalari e’lon qilindi❗️

📆 Test sinovining yozma qismi 16-17-18-iyun kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 20-28-iyun (26-iyundan tashqari) kunlari o‘tkaziladi.

👉🏻 Test sinovlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

👩🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

💁🏻‍♂️Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

@MyGovUz | @eGovUz
​​👨🏻‍🦽 Какие возможности предусмотрены в my.gov.uz для лиц с инвалидностью?

👨🏻‍💻 В настоящее время лица с инвалидностью могут подать заявление для назначения пособия онлайн через my.gov.uz.

💁🏻‍♂️ Воспользоваться услугой «Подача заявления на назначение пособия» могут:

🔸лица с инвалидностью до 18 лет;
🔸лица в возрасте до 18 лет, инфицированные вирусом иммунодефицита человека (ВИЧ-инфекцией);
🔸лица с инвалидностью с детства старше 18 лет;
🔸лица, осуществляющие (осуществлявшие) уход за ребенком с инвалидностью;
🔸лица с инвалидностью I и II групп, не имеющие стажа работы, независимо от возраста.

💁🏻‍♂️ Также через my.gov.uz:

🔹Лица от 16 лет и старше могут подать электронную заявку на получение медицинского заключения для оформления талона на обеспечение протезно-ортопедическими изделиями и техническими средствами реабилитации инвалидов.

🔹При оказании государственных услуг лицам с инвалидностью I и II групп применяется скидка в размере 50 процентов на государственные пошлины, сборы и любые другие платежи, установленные законодательством (за исключением случаев когда лицо обращается в целях предпринимательской деятельности или в качестве представителя юридических лиц).

@MyGovUz | @eGovUz
⚡️Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 20-iyundan boshlanadi

Davlat OTMga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali har yili 20-iyundan 20-iyulgacha (20-iyul kuni ham), chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha esa 10-iyulgacha (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

👩🏻‍💻Bunda, abituriyentlar:

🔹test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlashi mumkin;

🔹ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etadi.

@MyGovUz | @eGovUz
​​👨🏻‍💻 My.gov.uz orqali qancha maosh olayotganingizni kuzatib boring!

💸 Xabaringiz bor, Prezident farmoniga muvofiq, joriy yilning 1-iyunidan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqi 12 foizga oshirildi.

💁🏻‍♂️ Shuningdek, ushbu sanadan (2022-yil 1-iyundan):

• mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 920 ming so‘m (shu vaqtgacha 822 ming so‘m);

🔹 bazaviy hisoblash miqdori — 300 ming so‘m (hozir 270 ming so‘m) etib belgilandi.

🌐 Tavsiyamiz, my.gov.uz da joriy etilgan qulaylik orqali o‘z oylik maoshingizni doimiy kuzatib boring.

🔑 Buning uchun Sizdan hech qanday ortiqcha harakat: ERI kaliti, hujjat va mablag‘ ham talab etilmaydi.

🌐 My.gov.uz bilan vaqtingiz va naqdingizni tejang!

@MyGovUz | @eGovUz
​​🏆 Bo‘sh kelmang, sportchilar! Bizda siz uchun ham xizmatlar bor!

💁🏻‍♂️ Kuni kecha Osiyo Kubogi yarim finalida qizg‘in o‘yin ko‘rsatgan O‘zbekiston terma jamoasi finalga chiqdi. Bunday natija barchamizni quvontirgani shubhasiz.

👨🏻‍💻 Yurtimizni dunyoga tanitishda sportning o‘rni katta ekanligini inobatga olib, my.gov.uz da sportchilar uchun ham elektron davlat xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.

💁🏻‍♂️ Jumladan:

⛳️ Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchisi uchun oliy malaka toifasini olishga ariza yuborish

⛳️ Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchisi uchun birinchi yoki ikkinchi toifalarini olishga ariza yuborish

⛳️ Sport-ta’lim muassasalarining yo‘riqchi-uslubchisi uchun oliy malaka toifasini olishga ariza yuborish

⛳️ Sport-ta’lim muassasalarining yo‘riqchi-uslubchisi uchun birinchi yoki ikkinchi malaka toifasini olishga ariza yuborish

💁🏻‍♂️ Shunday ekan, aziz trener-o‘qituvchilar, hujjat ishlarini masofadan osongina bitirib, tejagan vaqtingizni sportimizni yanada rivojlantirishga sarflasangiz bo‘ladi.

@MyGovUz | @eGovUz
Forwarded from ICT xabar.uz
📹 Pasportni ID-kartaga almashtirish my.gov.uz bilan yanada oson!

O‘zbekiston Respublikasi hududida egasining shaxsini va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan, ID-karta egasining shaxsiy biografik va biometrik ma’lumotlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega bo‘lgan hujjat.
Jahon tajribasida bu kartadan nafaqat shaxsni va fuqarolikni tasdiqlovchi guvohnoma, balki haydovchilik guvohnomasi, ochiq kalit va elektron hamyon sifatida ham foydalaniladi.

My.gov.uz xizmatlari orqali esa pasportingizni ID-kartaga almashtirish yanada oson!

Texnologiya olamiga sayohat qiling👇
Telegram | Instagram | Youtube

🌐 ict.xabar.uz
​​👨🏻‍💻 Следите за размером своей зарплаты через my.gov.uz!

💸 Как известно, в соответствии с Указом Президента с 1 июня текущего года заработные платы работников бюджетных организаций повышены на 12 процентов.

💁🏻‍♂ Также с этой даты (1 июня 2022 года) устанавливаются следующие размеры:

🔹 минимальный размер оплаты труда — 920 тысяч сумов в месяц (ранее 822 тысячи);

🔹 базовая расчетная величина — 300 тысяч сумов в месяц (ранее 270 тысяч сумов).

🌐 Рекомендуем постоянно отслеживать размер своей начисленной заработной платы через удобную услугу на my.gov.uz.

🔑 Для этого не нужно прилагать никаких дополнительных усилий: ключ ЭЦП, никаких документов и средств не требуется.

🌐 Экономьте свое время и деньги с my.gov.uz!

@MyGovUz | @eGovUz
​​📰 Xorijga chiqish biometrik pasportini my.gov.uz va DXM orqali berish to‘liq joriy qilinadi

🇺🇿 “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga xorijga chiqish biometrik pasportini berishga doir davlat xizmati ko‘rsatish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–282-son, 16.06.2022 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonning chet davlatlardagi konsullik muassasasida konsullik ro‘yxatida turuvchi O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga oid davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun biometrik pasportni rasmiylashtirish va berish tizimi quyidagi axborot tizimlariga integratsiya qilinadi:

▫️“FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga – nikoh va oila a’zolari, vafot etganlik, yolg‘iz ona yoki yolg‘iz ota haqidagi ma’lumotlarni olish uchun;

▫️“Notarius” axborot tizimiga – vasiylar va ota-onalarning roziligini, hamrohlik qiluvchi shaxsning majburiyatini tekshirish uchun;

▫️“Tezkor ma’lumotlar” axborot tizimiga – sudlanganlik, ma’muriy nazoratda turganlik, shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan va shartli hukm qo‘llanilganlik, jinoyat ishi qo‘zg‘atilganlik holatlarini tekshirish uchun;

▫️“Manzil” axborot tizimiga – ota-onadan birining O‘zbekiston hududidagi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxati xorijga doimiy yashashga ketganligi munosabati bilan bekor qilinganligini tekshirish uchun;

▫️“Yagona milliy mehnat tizimi” axborot tizimiga – oxirgi 5 yilda ishlagan joyi haqidagi ma’lumotlarni olish uchun;

▫️“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga – ushbu axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar toifasiga aniqlik kiritish uchun;

▫️“TIEK” axborot tizimiga – I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar toifasiga aniqlik kiritish uchun.

🗓 2022-yil 1-avgustgacha davlat xizmati YIDXP va Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatililishi amaliyotga to‘liq joriy qilinadi.

YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat boji summasi hisobini yurituvchi yagona billing tizimi orqali elektron to‘lanishi imkoniyati yaratiladi.

@MyGovUz | @eGovUz
Diqqat, e’lon❗️

⚙️“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Ma'lumotlarni qayta ishlash markazida elektron хizmatlar sifatini oshirish maqsadida navbatdagi profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan 2022-yil 17-iyun soat 21:00dan 20-iyun soat 22:00ga qadar my.gov.uz da mazkur tashkilotning elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

💁🏻‍♂️Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʼraymiz!
Buni bilish muhim❗️

💰Davlat xizmatlarini ko‘rsatish kechiktirilsa, to‘lovning 50 foizi qaytariladi

👨🏻‍💻Ma’lumki, Davlat xizmatlari markazlari, «Litsenziya» axborot tizimi hamda my.gov.uz orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilsa, ariza beruvchilar murojaatiga ko‘ra, xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi ularga bir ish kunida qaytariladi.

👏🏻Bunda, ariza beruvchiga to‘lovlar Davlat xizmatlari markazlari tomonidan qaytariladi va Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatini ko‘rsatish muddatini kechiktirgan davlat organi hamda tashkilotining byudjetdan tashqari va boshqa mablag‘lari hisobidan so‘zsiz (akseptsiz) tartibda undirib olinadi.

Eng muhimi, ariza beruvchiga tegishli davlat xizmati to‘liq hajmda ko‘rsatiladi.

@MyGovUz | @eGovUz
Bizni Andijon viloyatida kuting❗️

🚶🏻“Siz tomon yo‘l oldik” loyihasi doirasida yurtimiz bo‘ylab “Elektron hukumat” va my.gov.uz (YIDXP) – elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlar tashkil etib, aholimizning amaliy va bilim ko‘nikmalarini oshirishda davom etamiz.

💁🏻‍♂️Navbatdagi manzil – Andijon viloyati.

👉🏻23-24-iyun kunlari Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari Andijon viloyatining:

🔸Xo‘jaobod
🔸Jalaquduq
🔸Qo‘rg‘ontepa
🔸Andijon shahri bo‘ylab xizmat safarida bo‘lishadi.

☎️Bizni kutayotganlar va o‘quv mashg‘ulotlarimizda ishtirok etishni xohlovchilar quyidagi raqamlar bilan bog‘lanishlari mumkin:
+998 55 501 36 16,
+998 95 222 22 38

@MyGovUz | @eGovUz
Forwarded from Digital.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endi xorijga chiqish biometrik pasportini my.gov.uz orqali olish mumkin bo‘ladi

📺 Shu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali orqali maxsus lavha tayyorlanib, efirga uzatildi.

#mitc
#egov
#uz24

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube