my.gov.uz
220K subscribers
1.57K photos
116 videos
2 files
2.55K links
Rasmiy kanal

Fikringiz biz uchun muhim:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱@eGovUz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/mygovuzb
Instagram:
https://www.instagram.com/my.gov.uz/
Download Telegram
▶️Kadastr pasportini uydan chiqmasdan oling!

👨‍💻Hozirgi kunda kadastr pasportini hech qayerga bormasdan, navbatlarda turmasdan onlayn rasmiylashtirish mumkin.

💁🏻‍♂️ Buning uchun:

my.gov.uz portalida roʻyxatdan oʻtish;
“Kadastr” boʻlimidan tegishli xizmatni tanlash;
kerakli maʼlumotlarni toʻldirib, ariza yoʻllash kifoya.

🪪 Ushbu xizmatdan foydalanish uchun qoʻl ostimizda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat boʻlishi lozim.

🗂 Kadastr pasportining tayyor boʻlish muddati:
koʻp qavatli uylardagi xonadon — 3 ish kuni;
yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kuni.

📱 Murojaat koʻrib chiqilgach, talabgorga my.gov.uz orqali elektron shakldagi kadastr pasporti taqdim etiladi.

🎬Batafsil videoqoʻllanmada tanishing: https://www.youtube.com/watch?v=31Os2XQqGCw&t=5s

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⌨️Uyingizga noma’lum shaxslar ro‘yxatga turib olgan bo‘lsa, nima qilasiz?

🚶🏻Uyingizda kimlar ro‘yxatda turganini bilish uchun tegishli tashkilotga borish shart emas.

⚙️ Buning uchun:

🔵 My.gov.uz portaliga kirish

🔵 "Shaxsiy kabinet"ga o‘tish

🔵"Fuqarolik" bo‘limini tanlash

🔵 “Doimiy yashash joyida yashovchilar ro‘yxatini to‘g‘rilatish uchun so‘rov yuborish” tugmasini bosish kerak.

🧑‍💻 Agar xonadoningizda notanish shaxslar ro‘yxatga olinganini aniqlasangiz, shu manzilning o‘zidayoq o‘chirishga elektron murojaat yuborishingiz mumkin.

👉 Xizmat haqida batafsil ▶️ videoyo‘riqnomada tanishing:

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⌨️Что вы будете делать, если бы у вас дома зарегистрированы неизвестные лица?

🚶🏻Не обязательно идти в соответствующую организацию, чтобы узнать, о зарегистрированных по месту жительства.

⚙️Для этого необходимо:

🔵 Войти на портал My.gov.uz

🔵 Зайти в «Личный кабинет».

🔵 Выбрать раздел «Гражданство»

🔵Нажать кнопку «Отправить заявку на корректировку списка проживающих по месту постоянного проживания».

🧑‍💻 Если вы обнаружите, что в вашей квартире прописаны посторонние люди, вы можете отправить электронное заявление на удаление по этому адресу.

👉Подробнее об услуге в видеогиде:

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talabalar diqqatiga! Stipendiyalar haqida my.gov.uz orqali maʼlumot olish imkoniyati yaratildi

📱 Buning uchun my.gov.uz portaliga kiring!

👨‍💻 “Ta’lim” bo‘limidan “Stipendiya haqida ma’lumot” xizmatini va kerakli davrni tanglang hamda ushbu davr bo‘yicha hisoblangan stipendiyalar haqidagi ma’lumotga ega bo‘ling.

❗️Eslatma: Ushbu xizmat faqat hozirda tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. O‘qishni tugatgan yoki talaba bo‘lmagan shaxslar uchun stipendiya ma’lumotlari mavjud emas.

Stipendiya ma’lumotlari Iqtisodiyot va moliya vazirligining UzASBO tizimi orqali olinmoqda.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Вниманию студентов! Теперь информацию о стипендии можно получить на портале my.gov.uz

📱 Для этого зайдите на портал my.gov.uz!

👨‍💻В разделе «Образование» выберите услугу «Информация о стипендии». Выберите желаемый период и получите информацию о начисленной за этот период стипендии.

❗️Примечание:
данная услуга доступна только для студентов, обучающихся в настоящее время. Информация о стипендии недоступна для выпускников или лиц, не являющихся студентами.

Информация о стипендии получается через систему УзАСБО Министерства экономики и финансов.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherzod Shermatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Совуқ кунлар яқинлашаётганига қандайдир давлат хизмати ёки бирон-бир маълумотнома оламан деб, қаергадир бориб овора бўлиб юрмаслигингиз учун My.gov.uz мобиль иловасидан фақат паспорт номери билан бемалол фойдаланиш мумкинлигини эслатиб ўтамиз!

My.gov.uz мобиль иловасидан ID картангиз орқали бемалол фойдаланишингиз мумкинлигини ўргатадиган роликни аввалоқ кўрсатган эдик: https://t.me/shshermatov/440

Мобиль иловани юклаб олиш учун:
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.uzinfocom.mygov
https://apps.apple.com/us/app/mygov/id1544175166

Видеони Фейсбукда кўриш учун: https://www.facebook.com/watch/?v=691154579467852
#OAV_biz_haqimizda

❗️Korrupsiyaga qarshi kurashishning ishonchli yo‘li bor va... bu hali hammasi emas

📱 Hozirda ko‘plab ishlarni onlayn, uydan chiqmasdan bitirish mumkin. Masalan, qop ko‘tarib bozor-o‘char qilish o‘rniga onlayn do‘kondan buyurtma berishni o‘rganyapmiz. Yana masofaviy mehnat, onlayn ta’lim, ilovalar orqali to‘lov deganidek... Xuddi shu kabi yozuv-chizuvli ishlarni ham yugur-yugurlar va ovoragarchiliklarsiz bitirishning iloji bor. Biroq osh-ovqatu kiyim-kechakka internet orqali buyurtma berib o‘tirgan bugunning ayrim kishilari hujjat ishlariga kelganda idorama-idora yurish odatidan voz kecholmayapti.

Batafsil:
👉 http://dy.uz/5akJQ

🌐
  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 E’lon!

📱Kadastr agentligining UZKAD axborot tizimida qo'shimcha imkoniyatlarni joriy qilish hamda tizimli profilaktika ishlarining amalga oshirilishi munosabati bilan 2023-yilning 7-dekabr kuni soat 20:00 dan 11-dekabr soat 11:00 ga qadar my.gov.uz orqali mazkur tashkilotning elektron xizmatlaridan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkinligini ma'lum qilamiz.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ertadan ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo’ladi❗️

🇺🇿 Ya'ni aksar davlat muassasalari ishlamaydi.

📆 Ma’lum bir sabablarga ko‘ra, ushbu 3 kunlikda davlat xizmatlaridan foydalanishga yoki to‘lov qilishga to‘g‘ri kelib qolsa, my.gov.uz ga murojaat qilishni tavsiya etamiz.

Unutmang❗️
🧑‍💻 My.gov.uz – haftaning 7 kunida 24 soat davomida siz bilan birga!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
С завтрашнего дня будет 3 выходных дней подряд❗️

🇺🇿 То есть большинство государственных учреждений не работают.

📆 По определенным причинам, если вам необходимо воспользоваться государственными услугами или оплатить в течение этих 3 дней,  рекомендуем воспользоваться возможностями Единого портала.

Не забывайте❗️
🧑‍💻 My.gov.uz с вами 24 часа в сутки, 7 дней в неделю!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Konstitutsiya qabul qilingan kun muborak!

Vatanimiz mustaqilligining yorqin ramzi, jamiyat taraqqiyotining mustahkam tayanchi va huquqiy kafolati hisoblangan Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun muborak bo‘lsin!

▶️https://youtu.be/9eBppu7glgg

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💰Endi pensiya va nafaqa toʻlovini ortiqcha ovoragarchiliksiz toʻxtatib turish mumkin

🌐 my.gov.uz portalida “Pensiya va nafaqa berishni toʻxtatib turishga ariza berish” xizmati ishga tushirildi.

👉 Ushbu xizmat quyidagi hollarda kerak boʻlishi mumkin:

Sizga pensiya yoki nafaqa vaqtinchalik kerak boʻlmasa va ularni olishni maʼlum muddatga toʻxtatib turish zarurati yuzaga kelganida.
Mamlakat tashqarisida boʻlganingiz uchun maʼlum vaqt davomida pensiya yoki nafaqa toʻlovlarini ololmasangiz.
Hayotingizda toʻlovlarni vaqtinchalik toʻxtatib turishni talab qiladigan oʻzgarishlar yuz bersa.

Mazkur xizmatni olish uchun qoʻshimcha hujjatlar talab qilinmaydi!

🧑‍💻Xizmat ariza topshirilgandan keyin avtomatik tarzda taqdim etiladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💰 Теперь можно без особых хлопот приостановить выплату пенсий и пособий

🌐 На портале my.gov.uz запущена услуга «Подача заявления на приостановление выплаты пенсии и пособии».

👉 Данная услуга может понадобиться в следующих случаях:

Когда вам не нужны временная пенсия или пособие и необходимо приостановить их получение на определенный период.
Если вы не можете получать пенсионные выплаты или пособия в течении определенного периода времени из-за того, что находитесь за границей.
Если в вашей жизни произошли изменения, требующие временной приостановки выплат.

Для получения данной услуги не требуется никаких дополнительных документов!

🧑‍💻Услуга предоставляется автоматически после подачи заявки.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱ONE ID tizimiga kiruvchi login va parolni unutdingizmi?

Uni osongina tiklab olsangiz boʻladi.

🔵 Buning uchun:

Yagona identifikatsiya tizimining bosh sahifasiga oʻtasiz;
“Login va parolni unutdingizmi?” soʻrovini tanlaysiz;
boʻsh maydonchalarga JSHSHIR, pasport seriyasi va raqamini yozasiz;
tizimga biriktirilgan telefonga yuborilgan maxsus kodni kiritasiz.

📲Shunda yangi login va parol telefoningizga hamda elektron manzilingizga yuboriladi.

💻 Endi shu parol bilan tizimga kirasiz. Jarayon davom etadi...

🎬Batafsil videoqoʻllanmada tanishing: https://youtu.be/xyUctij5RHU

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱Забыли логин и пароль от ONE ID?

Вы можете легко восстановить его.

Для этого:

Переходите на главную страницу Единой системы идентификации;
Выбираете запрос "Забыли логин и пароль?";
В пустые поля введите ПИНФЛ, серию и номер паспорта;
Введите специальный код, отправленный на телефон, подключенный к системе.

📱 После этого на ваш телефон и на адрес электронной почты будет отправлен новый логин и пароль.

⌨️ Теперь можете войти в систему с этим паролем. Процесс продолжается...

🎬Подробнее в видеоуроке: https://youtu.be/xyUctij5RHU

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊 My.gov.uz da statistika❗️

📆 Joriy yilda yoshlarning my.gov.uz orqali “Xalqaro imtihon tizimlari doirasida imtihon xarajatlarini qoplash uchun ariza berish xizmati”dan foydalanish koʻrsatkichi ortdi.

📱Shu kungacha ushbu xizmat uchun qabul qilingan arizalarning umumiy soni: 36 110 tani tashkil etdi.

🌐 Shundan:
tugallangan arizalar soni – 23 939 ta;
rad etilganlari – 9 227 ta.

📈 2023-yilning sentyabr oyida mazkur xizmat uchun ariza topshirishlar soni keskin oshib (1 oyda 2119 ta ariza), yuqori darajaga yetdi.

🎓 Xizmatdan foydalanishning bunday ortishi yangi oʻquv yili va xalqaro universitetlarga qabul jarayonlari boshlanishi bilan bogʻliq. Yaʼni koʻp talabalar va abituriyentlar oʻqishga kirish uchun yaxshi imkoniyatga ega boʻlish barobarida, xalqaro imtihon tizimlari doirasida imtihon xarajatlarini qaytarib olish xizmatidan ham foydalanishgan.

👨‍💻 My.gov.uz boʻyicha soʻnggi statistik maʼlumotlardan xabardor boʻlish uchun bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 👇

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊Статистика на my.gov.uz❗️

📆В этом году увеличился уровень использования молодежью услуги «Подача заявления на возмещение расходов, потраченных на сдачу международных экзаменов».

📱На сегодняшний день общее количество поступивших заявок на данную услугу составило — 36 110.

🌐В том числе:
количество принятых заявок – 23 939;
отклонённые – 9 227.

📈В сентябре 2023 года количество заявок на данную услугу резко возросло (2119 заявок за месяц) и достигло высокого уровня.

🎓 Такой рост использования услуги связан с новым учебным годом и началом процессов приема в международные университеты. То есть многие студенты и абитуриенты, чтобы иметь хорошие шансы на поступление, также воспользовались услугой возмещения расходов на экзамен в рамках международных экзаменационных систем.

👨‍💻Следите за нами на наших официальных страницах в социальных сетях, чтобы быть в курсе о последних новостях на My.gov.uz! 👇

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❄️ Tashqarida qor. Hujjat ishlarini deb sovuqda yurishingiz shart emas!

🌨 Bugun yurtdoshlarimiz hujjat ishlarini deb sovuqda yurishlari shart emas. Elektron davlat xizmatlaridan my.gov.uz orqali uydan chiqmagan holda foydalanishlari mumkin.

💁🏻‍♂️ Masalan, davlat tashkilotlariga bormasdan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ga kirish uchun ariza berish yoki hisoblangan ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish mumkin.

📝 Pensionerlar va nogironlar sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanma olishga onlayn ariza topshirish imkoniyatiga ega.

🚕 Haydovchilar avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashishga litsenziya olish, avtotransport boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma berish kabi xizmatlardan onlayn foydalansalar bo‘ladi.

🏢 Onalar masofadan turib bolani bog‘chaga navbatga qo‘yish va navbatni tekshirishlari mumkin.

💍 Turmush quradigan yoshlar keraksiz hujjatlarga ortiqcha vaqt sarflamay, nikohdan o‘tishga onlayn ariza topshirib qo‘yib, FHDYoga faqat to‘ydan oldin borsalar ham bo‘ladi.

🌐 My.gov.uz – har qanday ob-havoda qulay!

💻 Elektron davlat xizmatlaridan oson va tez foydalaning!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

👨‍💻 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 16-17-dekabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 18-23-, 25-29-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz portalining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-12-13

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Объявлены даты экзаменов по иностранному языку

👨‍💻 Объявлены даты проведения тестов на определение уровня знания иностранного языка, которые пройдут в декабре.

📆 Согласно которому, письменная часть теста пройдет 16-17 декабря, а разговорная часть – 18-23, 25-29 декабря.

💻 Абитуриенты могут узнать место, дату и точное время проведения экзаменов в разделе «Мои заявления» портала my.gov.uz и скачать разрешение.

От кандидатов требуется прийти на экзамен не менее чем за час до назначенного времени с документом, удостоверяющий личность (паспорт и ID-карта).

📍 Места проведения экзаменов и адреса (геолокация): https://telegra.ph/Chet-tili-12-13

Примечание: результаты тестирования будут объявлены через неделю после окончания экзаменов в соответствии с постановлением Кабинета Министров.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM