my.gov.uz
190K subscribers
1.44K photos
107 videos
2 files
2.31K links
Расмий телеграм канали

Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱 @eGovUz

Youtube: link.egov.uz/yt
Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/mig
Download Telegram
​​🏘 Ko‘chmas mulk bo‘yicha aholimiz uchun yaxshi qulaylik

📑 Yaqin-yaqingacha uy-joy, yer-mulk hujjatlari bilan bog‘liq muammolar eng og‘riqli nuqtamiz edi. Bitta mulkka ikkita ega chiqib qolishi holati ko‘pchilikni qiynardi.

🛃 Bugun raqamlashtirish tufayli mazkur muammoga ham bosqichma-bosqich barham berilmoqda.

🧑🏻‍💻Yagona portalda ishga tushgan “Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish” xizmati ham aholimiz uchun yaxshi qulaylik bo‘layotgani shubhasiz.

🌐 Endi my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tganlar “Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish” xizmatidan foydalanish barobarida uning javobini tekshirish imkoniyatiga ham egadirlar.

💁🏻‍♂️ Buning uchun havola orqali "Xizmatdan foydalanish”ga o‘tish kifoya.

Xizmat to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, foydalanuvchidan hech qanday hujjat talab etilmaydi.

📲 @MyGovUz
Forwarded from e-gov.uz
#Xorij_tajribasi

Osiyo yetakchilari: Janubiy Koreya, Singapur, Yaponiya va Xitoy elektron hukumatni qanday rivojlantirmoqda?

Osiyoning yuksak taraqqiy etgan mamlakatlari — Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (E-Government Development Index, EGDI) bo‘yicha ham (reytingda 2, 11 va 14-o‘rinlarni egallagan) jahon yetakchilari sanaladi. Xitoy esa 2020 yilda EGDI ko‘rsatkichi juda yuqori guruhga Osiyoning yetti mamlakati qatorida birinchi marotaba qo‘shildi.

Batafsil: 👉 link.egov.uz/3fc4

👉@eGovUz
Forwarded from e-gov.uz
📹 Forum taassurotlari: “Elektron hukumat”dan “Aqlli hukumat” boshqaruvi sari qadam tashlagan Janubiy Koreya tajribasi O‘zbekiston uchun katta maktab

Yaqinda o‘tkazilgan “O‘zbekiston – Koreya elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot hamkorlik forumi” taassurotlari, unda olingan bilim va ko‘nikmalar soha xodimlarining bundan keyingi faoliyatida ham qo‘l kelishi shubhasiz.

Anjumanda O‘zbekiston va Koreyaning elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlikda olib borilayotgan ishlari haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, koreyalik mutaxassislarning bugungi kunda dolzarblik kasb etayotgan Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi, BMTning elektron hukumat rivojlanishi reytingida O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash, IT o‘quv markazlari boshqarish tizimini takomillashtirish va integratsiyalashtirilgan tizim yaratish masalalari bo‘yicha taklif va mulohazalari ham tinglandi.

Forumning ikkinchi qismida esa Zoom orqali chiqqan Chungbuk milliy universiteti kompyuter texnologiyalari kafedrasi professori Aziz Nasriddinov Koreya Respublikasining sun’iy intellekt siyosati, sun’iy intellektga asoslangan xizmatlar va ularning amaliyotda qo‘llanilishi borasidagi qiziqarli ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bu kabi anjumanlar O‘zbekistonda elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot rivoji yo‘lida yangi g‘oya va takliflar, yirik loyihalar yaratilishiga turtki bo‘lsa ajab emas...

https://youtu.be/iHow4kIsg9c
“Ishonchli va qulay” — vazir o‘rinbosari my.gov.uz dan foydalanishni tavsiya qildi

📩 Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanmagan fuqaroga vaksina olganlik to‘g‘risida SMS-xabarnoma kelgani haqida video tarqaldi. Unda murojaat egasi “Siz bugun vaksina oldingiz, keyingi vaksinangiz dekabr oyida” degan mazmunda xabarnoma olganini aytib, yurtimizda emlangan aholining umumiy statistikasi oshirib ko‘rsatilayotgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

➡️ Mazkur holat bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abdulla Azizov izoh berdi.

🦠 “Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19ga qarshi emlanish statistikasi sun’iy oshirilishidan hech qanday manfaatdor emas. Aksincha, har bir fuqaro emlash jarayonlarida faol ishtirok etib, bu orqali mamlakatimizdagi epidemik vaziyatning barqaror bo‘lishi tarafdoridir.

🧑🏾‍⚕️Hozirda emlanayotgan aholining shaxsiy ma’lumotlarini elektron tizimga kiritayotgan tibbiyot xodimi katta hajmdagi axborot bilan ishlashiga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bois, mas’ul xodimning xato qilish ehtimoli yo‘q emas.

👨🏻‍💻Bunday holatlarning oldini olish uchun JSh ShIR (jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsion raqami) hamda my.gov.uz portali orqali JSh ShIR va pasport ma’lumotlaridan foydalangan holda fuqarolarga vaksina olish uchun elektron navbatga yozilish va emlanganlik sertifikatini yuklab olish imkoniyati yaratilgan. Bu esa har tomonlama ishonchli va xavfsizdir” — dedi u.

📲 @MyGovUz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🚗 Haydovchi yonida ID-kartasi boʻlganida transportni boshqarishga oid hujjatlarni olib yurishi talab etilmaydi

“Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun (OʻRQ–734-son, 30.11.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi

📌 Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, haydovchilar transportni boshqarishda telefondan quloqchinlar orqali va qoʻllarini ishlatmasdan gaplashish imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanishi mumkin.

Haydovchilar belgilangan tezlikni oshirib yuborganida qayd etilgan tezlikdan 5 km chegirib tashlab jazo qoʻllaniladi.

Haydovchi yonida pasporti yoki ID-kartasi boʻlganida transportni boshqarish, roʻyxatdan oʻtkazganlikka oid hujjatlarni, ishonchnomani, sugʻurtani yonida olib yurishi talab etilmaydi (mazkur tartib 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi).

➡️ Shuningdek, transport salonining old qismiga monitor (displey) oʻrnatganlik uchun javobgarlik bekor qilindi.

🔘 Valyutalarni noqonuniy olganlik uchun jarima miqdori BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha etib belgilandi (ilgari qatʼiy BHMning 20 baravari edi).

☑️ Avtomobilda yoʻlovchilarni litsenziyasiz tashiganlik uchun fuqarolarga jarima BHMning 30 baravari etib belgilandi (ilgari BHMning 20 baravaridan 100 baravarigacha edi).

📲 @MyGovUz
​​📰 Endi yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasini tiklashda ham Yagona portaldan foydalanish mumkin

✍🏻 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 271-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasini tiklash uchun imtihonga ariza yuborish” xizmati ishga tushirildi.

💁🏻‍♂️ Afzalligi nimada?

🛃 Mazkur xizmatning qulayligi shundaki, endi fuqarolar yo‘qotilgan guvohnomani tiklash uchun Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalariga tashrif buyurmagan holda tegishli hujjatlarni elektron ilova qilishlari mumkin.

☝️ Bunda aholining ham vaqti, ham naqdi tejaladi.

Qanday hujjatlar talab etiladi?

📑 Ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati:

1. Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tugatganlik to‘g‘risidagi guvohnoma.
2. 083 shakldagi tibbiy ma’lumotnoma (amal qilish muddati 3 oydan o‘tmagan bo‘lishi lozim).
3. Oxirgi bir yil davomida avtotransport vositasini boshqarganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (ishonchnoma, haydovchilik bilan shug‘ullansa, ishxonadan ma’lumotnoma, texpasport va boshqalar).
4. Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasi (nusxasi mavjud bo‘lsa).

♻️ Keyingi jarayonlar

📥 Taqdim etilgan hujjatlar tekshirilgach, murojaatchiga Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalariga tashrif buyurish, imtihonlardan o‘tish uchun qonunchilikda belgilangan to‘lovlarni amalga oshirish hamda nazariy va amaliy imtihondan o‘tishi mumkinligi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.

☝️ Eslatib o‘tamiz: Yagona portal foydalanuvchilari yuborilgan arizalar holatini ham my.gov.uz manzilida masofadan kuzatib borish imkoniyatiga ega.

📲 @MyGovUz
​​📰 Теперь восстановить утерянное водительское удостоверение можно с помощью Единого портала

✍🏻 В целях обеспечения исполнения Постановления Кабинета Министров №271 от 4 мая 2021 года на Едином портале интерактивных государственных услуг запущена услуга «Подача заявления на экзамены для восстановления утерянных водительских прав».

💁🏻‍♂️ В чем преимущество услуги?

🛃 Удобство данной услуги заключается в том, что теперь граждане могут в электронном виде предъявить соответствующие документы для восстановления утерянного удостоверения, не посещая регистрационно-экзаменационный отдел ГИБДД.

☝️Экономия времени и денег населения.

Какие документы требуются для получения услуги?

📑 Список прилагаемых документов:

1. Свидетельство об окончании курсов подготовки и переподготовки водителей.
2. Медицинская справка формы 083 (срок действия не более 3 месяцев).
3. Документ, подтверждающий разрешение на управление автомобильным средством в течение последнего года (доверенность на вождение автотранспортном средством, если работает водителем, то справку с места работы, техпаспорт и т.д.).
4. Утерянное водительское удостоверение (при наличии копии).

♻️ Последующие процессы

📥 После проверки представленных документов заявителю будет направлено уведомление о посещении регистрационно-экзаменационного отдела ГИБДД, внесении установленных законом платежей для сдачи экзаменов и допуске к теоретическим и практическим экзаменам.

☝️ Примечание: пользователи Единого портала также могут удаленно отслеживать статус поданных заявок на сайте my.gov.uz.

📲 @MyGovUz
​​#Loyiha

🚙 “Avtomobil tarixi” xizmati yo‘lga qo‘yilmoqda

✍🏻 “Avtomobil tarixi” ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

💁🏻‍♂️ Loyihaga ko‘ra, Davlat xizmatlari markazi, YaIDXP (my.gov.uz) hamda turli veb-sayt va onlayn platformalar orqali avtomototransport vositalariga berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi orqali “avtomobil tarixi”ga oid quyidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda olish xizmati joriy etilmoqda, jumladan:

▪️avtotransport vositasining agregat ma’lumotlari, taxminiy yurgan masofasi;

▪️avtotransport vositasining garovda ekanligi yoki unga nisbatan taqiq mavjud/mavjud emasligi to‘g‘risidagi;

▪️fuqarolik-huquqiy shartnomalar (ishonchnoma, ijara, hadya, oldi-sotdi shartnomasi, meros va boshqalar) tuzilganligi;

▪️yo‘l transport hodisasi sodir etilganligi;

▪️avtotransport vositasiga yo‘lovchi tashish bo‘yicha litsenziya varaqasi olinganligi (olinmaganligi) haqidagi ma’lumotlar;

▪️bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligi to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlar.

📝 Qayd etish kerakki, berilayotgan ma’lumotlar axborot xarakteriga ega bo‘lib, kelgusida rasmiy harakatlarni amalga oshirish uchun asos bo‘lmaydi.

🧏🏻‍♂️ Shaxsga doir ma’lumotlarning kafolatlanishini ta’minlash maqsadida, ma’lumotlarda mulk egasi haqidagi shaxsiy ma’lumotlar, shuningdek tezkor-qidiruv, mudofaa va xavfsizlikka oid avtotransport vositalariga oid ma’lumotlar aks ettirilmaydi.

💰 Xizmat ixtiyoriy ravishda, muayyan haq evaziga (BHMning 20 foizi) ko‘rsatiladi.

♻️ Ushbu xizmat ikkilamchi bozorda avtomobil savdosida firibgarlik holatlarining oldini olishda yordam beradi.

Loyiha muhokamasida faol ishtirok eting!

📲 @MyGovUz
Forwarded from e-gov.uz
Koreyalik konsultant: “Yaxshi mahsulotlar ishlab chiqilgani bilan fuqarolar uni ishlatishni bilmasa, hammasi befoyda”

50-yillarda qashshoqlikka yuz tutgan Koreya davlati qanday qilib bunchalik tez rivojlanishga muvaffaq bo‘ldi ekan? Ehtimol, bu ularning o‘sha paytdayoq istiqbolli kelajak raqamli texnologiyalarni eng birinchi o‘zlashtirganlar qo‘lida bo‘lishini anglab yetgani bilan bog‘liqdir. Nima bo‘lganda ham Koreya bugun kuchlilar orasida. U ko‘p marotaba dunyo e’tirofiga sazovor bo‘lgan mamlakat. BMTning elektron hukumat rivojlanishi reytingida esa 3-o‘rindagi davlatdir.

Bugun biz uch oy davomida mamlakatimizda bo‘lib, BMTning elektron hukumat reytingida O‘zbekiston o‘rnini ko‘tarish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borgan koreyalik konsultant An Xi Chul janoblari bilan suhbatlashdik.

📹 Video

➡️ Batafsil

👉@eGovUz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha YIDXPda davlat xizmati ko‘rsatiladi

Hukumat qarori (732-son, 03.12.2021-y.) bilan Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

📌 Ma’muriy reglamentga ko‘ra, rasmiy hujjatga apostil qo‘yish, murojaat etuvchining o‘z xohishiga ko‘ra, an’anaviy yoki elektron tarzda amalga oshiriladi.

Murojaat etuvchi davlat xizmati olish uchun DXMga o‘zi kelib yoki YIDXPda (my.gov.uz) ro‘yxatdan o‘tgan holda elektron tarzda murojaat etadi.

💰 So‘rovnoma to‘ldirilib, uni ko‘rib chiqish uchun tegishlicha yig‘im undiriladi:

ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha – BHMning 20 foizi miqdorida;
adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha – BHMning 20 foizi miqdorida;
boshqa hujjatlar bo‘yicha – BHMning 10 foizi miqdorida.

YIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

➡️ So‘rovnoma rasmiy hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

🚫 Quyidagilarga apostil qo‘yilmaydi:

🔸 chet elda O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga;
🔸 tijorat yoki bojxona operatsiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘lgan rasmiy hujjatlarga;
🔸 O‘zbekiston fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, harbiy biletga.

☑️ Rasmiy hujjatga apostil qo‘yish bilan bog‘liq barcha jarayonlar “E-App” va “E-register” dasturlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

🔰 Shuningdek, quyidagi hollarda apostil qo‘yish rad etiladi:

rasmiy hujjatda zarur rekvizitlarning hech bo‘lmaganda biri mavjud bo‘lmasa yoki mansabdor shaxslarning imzolari hamda muhr, shtamplarning haqiqiy emasligi aniqlansa;
rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxs uni imzolash vakolatiga ega bo‘lmasa.

❗️Mazkur tartib 2022-yil 1-martdan amalga kiritiladi.

📲 @MyGovUz
​​📱 Mobil qurilmangiz orqali 70 dan ziyod xizmatlardan foydalanish mumkinligini bilasizmi?

📲 Buning uchun smartfoningizga mobil ilovani o‘rnatib olsangiz bas. Elektron xizmatlardan istalgan joyda va xohlagan vaqtingizda foydalanasiz.

Ilovani mashhur Google Play, App Store platformalaridan yuklab olish mumkin.

🛃 Bosh sahifadayoq mavjud imkoniyatlar bilan tanishing.

🧑🏻‍💻 Elektron hukumat yangiliklaridan muntazam ravishda xabardor bo‘ling.

🔹 Ommabop xizmatlar
🔹 Sohalar
🔹 Hayotiy vaziyatlar
🔹 Tashkilotlarga ajratilgan bo‘limlardan o‘zingiz uchun qulay deb bilganingizdan foydalaning.

🔰 “Yordam va ko‘mak” sahifasi orqali Yagona portal bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ling.

Yana bir yangilik!

💁🏻‍♂️ Endi fuqarolarimiz elektron raqamli imzo (ERI) talab qiladigan xizmatlardan ham mobil ilova orqali foydalanishlari mumkin.

🛂 Shunday ekan, ilovani o‘rnatishga shoshiling va Yagona portal xizmatlaridan foydalaning.

📲 @MyGovUz
​​ Bu bir kun kelib turli muammolarga sabab bo‘lishi mumkin

🚙 Xabaringiz bor, shu yilning 1-oktyabridan avtomobil oynalari tusini qoraytirish uchun ruxsatnomani faqat Yagona portal orqali rasmiylashtirish boshlandi.

💁🏻‍♂️ Biroq ayni kunlarda xizmat ko‘rsatishga umuman aloqasi bo‘lmagan shaxslar tomonidan ham “tonirovka” ruxsatnomasini pul evaziga (20 mingdan 200 minggacha) rasmiylashtirib berish holatlari ko‘paymoqda.

👨‍✈️ Shu o‘rinda “Avtotransport oynalari tusini o‘zgartirish” xizmati faqat YIDXP orqali ko‘rsatilishini yana bir bor eslatib o‘tish barobarida belgilagan yig‘imdan tashqari qo‘shimcha pul undirilmasligini alohida ta’kidlab o‘tamiz.

📝 Shaxsiy ma’lumotlarning begonalar qo‘lida qolib ketishi esa bir kun kelib turli muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuni inobatga olib, yurtdoshlarimizga “tonirovka” ruxsatnomasini rasmiylashtirishda quyidagi videoqo‘llanmadan foydalanishlarini tavsiya etamiz.

Muhim eslatma!

🧑🏻‍💻 Xizmatdan foydalanishda Elektron raqamli imzo (ERI) talab qilinmaydi.

☝️Unutmang! Xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda.

📲 @MyGovUz
🎉 Yagona portalda ro‘yxatda o‘tganlar soni 1 milliondan oshdi!

🙏🏻 Bizga ishonch bildirganingiz uchun rahmat!

🌟 Bu bizni faqatgina ruhlantiradi va yanada takomillashgan xizmatlar yaratishga undaydi!

📲 @MyGovUz
Forwarded from Digital.uz
🌐🏛 O‘zbekiston va Qozog‘iston: “Elektron hukumat”ni rivojlantirish yo‘lidagi yangi hamkorlik

Xizmat safari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlanitirish vazirligi delegatsiyasi va “Xolding Zerde” AJ vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/3464

🔹🔹🔹

🌐🏛 Узбекистан-Казахстан: новое сотрудничество в рамках развития электронного правительства

Cостоялась встреча между представителями делегации Министерства по развитию информационных технологий и коммуникаций Республики Узбекистан и АО «Холдинг Zerde».

Подробно: 👉 https://mitc.uz/ru/news/view/3464

#mitc
#egov
#hamkorlik

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Diqqat, e‘lon❗️

⚙️ Soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida joriy yil 8-dekabr 9:00dan 23:00gacha Davlat soliq qo‘mitasi Ma'lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

🛠Profilaktika ishlari davomida portaldagi ayrim elektron soliq xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
__________
Внимание❗️

⚙️ В целях повышения качества оказания электронных услуг налогоплательщикам с 9:00 до 23:00 часов 8 декабря текущего года в Центре обработки данных Государственного налогового комитета будут осуществляться профилактические работы.

🛠В связи с профилактикой возможны сбои в работе некоторых электронных налоговых услуг портала.

📲 @MyGovUz
Forwarded from e-gov.uz
🇺🇿Farovon hayotimiz kafolati

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi bugun 29 yilligi keng nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan siz aziz yurtdoshlarimizni chin dildan muborakbod etadi!

🙏🏼Niyatimiz, Vatanimiz mustaqilligining yorqin ramzi, jamiyat taraqqiyotining mustahkam tayanchi va huquqiy kafolati bo‘lgan Konstitutsiyamiz qadri hamisha yuksalaversin!

➡️ Batafsil: https://egov.uz/oz/news/farovon-hayotimiz-kafolati-157

👉@eGovUz
🇺🇿 Davlat madhiyasi – bizni birlashtiruvchi daʼvatkor kuch

Hur va ozod O‘zbekistonimizning istiqlol kuyi mangu yangrasin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi

📲 @MyGovUz

https://youtu.be/ExcTZ90AvRg
❗️E’lon!

🛠Yagona integrator “Uzinfocom” MChJning Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida rejadan tashqari texnik ishlar olib borilayotganligi tufayli Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Elektron hukumatning Yagona billing tizimi va Elektron hukumatning Idoralararo integratsion platformasida uzilishlar kuzatilmoqda.

⚙️Hozirda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha texnik ishlar olib borilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

📲 @MyGovUz