my.gov.uz
193K subscribers
1.45K photos
109 videos
2 files
2.33K links
Расмий телеграм канали

Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱 @eGovUz

Youtube: link.egov.uz/yt
Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/mig
Download Telegram
Abituriyentlar diqqatiga❗️

⚡️Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish boʻyicha yakuniy natijalar (mandat) eʼlon qilindi!

📱Hoziroq 2024-2025-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari natijalarini bilish uchun my.gov.uz portali yoki
uning mobil ilovasi (MyGov)dagi “Abituriyent test sinovlari natijasi bilan tanishish” xizmatidan foydalaning.

🌐
  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Hurmatli tadbirkorlar

🎉 Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi nomidan sizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – Tadbirkorlar kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!

🇺🇿 Sizning fidoyiligingiz, tashabbuskorligingiz va mehnatingiz yurtimiz ravnaqi va farovonligining mustahkam poydevoridir.

🔵Biz sizlarning hayotingizni osonlashtirish va biznesingizni rivojlantirishga ko‘maklashish uchun doimo yangi imkoniyatlar yaratishga intilamiz.

📱Shu munosabat bilan, sizlarni my.gov.uz portalida tadbirkorlar uchun yaratilgan keng qamrovli xizmatlar bilan tanishishga chorlaymiz.

💻Portal orqali siz:

O‘z biznesingizni ro‘yxatdan o‘tkazishingiz;
Litsenziya va ruxsatnomalar olishingiz;
Soliqlar va boshqa to‘lovlarni amalga oshirishingiz;
Davlat xaridlarida ishtirok etishingiz;
va yana ko‘plab boshqa imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin.

my.gov.uz – vaqtingizni tejab, biznesingizni yuksaltirishda eng yaqin ko‘makchingiz!

▶️https://www.youtube.com/watch?v=SvFOFCAL5-Q

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infografika

❗️Yoz jaziramasida “tonirovka”ga talab yuqori boʻldi: 200 mingga yaqin ruxsatnoma rasmiylashtirildi

☀️ Oʻzbekiston yozi bu yil yanada qaynoq keldi. Quyosh nurlari, ayniqsa, avtomobillar ichini qizdirib, yoʻlda yurishni sinov darajasiga yetkazdi. Shuning uchun haydovchilar 🚗 avtotransport oynalari tusini oʻzgartirishga har qachongidan koʻproq murojaat qilishdi.

📊 my.gov.uz portali orqali jami 199 036 ta ruxsatnoma onlayn taqdim etildi. Bu oʻtgan yillarga nisbatan sezilarli darajada koʻpdir.

📱Ushbu koʻrsatkich, avvalo, xizmatdan my.gov.uz orqali oson va qulay foydalanish imkoniyati yaratilgani bilan bogʻliq.

👉 my.gov.uz orqali ruxsatnoma olganlarning:
182 215 nafari jismoniy shaxs;
16 821 nafari yuridik shaxs boʻldi.

⚡️ Yengil avtomobillar ustunlik qilmoqda

Ruxsatnomalarning aksariyati yengil avtomobillarga tegishli boʻlib, ular soni 199 011 tani tashkil etdi. Avtobus va mikroavtobuslar uchun esa 45 ta ruxsatnoma taqdim qilindi.

⚡️ Eng koʻp ruxsatnoma Toshkent shahriga toʻgʻri kelgan

📍Hududlar kesimida eng koʻp ruxsatnoma Toshkent shahrida (78 615 ta) berilgan. Undan keyingi oʻrinlarni Samarqand (17 443) va Fargʻona (14 832) viloyatlari egalladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
my.gov.uz orqali qaysi ma’lumotnomalarni bepul olish mumkin?

💻Bugungi kunda ish haqi, pensiya, mehnat daftarchasidan ko‘chirma yoki yashash joyi bo‘yicha ma’lumotnoma olish uchun vaqt ham, naqd ham sarflamaysiz.

📱 Shunchaki, internetga ulangan qurilma (kompyuter, mobil telefon) orqali my.gov.uz dan ro‘yxatdan o‘tasiz. Xizmat uchun ariza yuborgan zahotingiz esa ma’lumotni ko‘rasiz.

👉 Quyida mutlaqo bepul va bir zumda taqdim etiladigan xizmatlar bilan tanishing:

Ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma
Unda fuqaroning ish haqidan olgan daromadi, to‘langan daromad solig‘i miqdori aks etgan bo‘ladi.

Jamg‘arilgan pensiya to‘g‘risidagi ma’lumotnoma
U orqali shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga majburiy va ixtiyoriy tartibda undirilgan pul mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin.

Pensiya (nafaqa) haqidagi ma’lumotnoma
Fuqaroning pensiya fondi hisobida turish-turmasligi, to‘langan pensiyalar (nafaqalar) miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinadi.

Doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi bo‘yicha ma’lumot
Fuqaroning doimiy va vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha ma’lumot olish.

Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish
Fuqaroning mehnat faoliyati va ish staji bilan bog‘liq ma’lumotlarni olish mumkin.

🧑‍💻my.gov.uz bilan vaqtingiz va naqdingizni tejang!

Biz bilan har doim oson, tez va qulay ekanligini unutmang!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️my.gov.uz orqali yuklab olingan “bolnichniy”lar soni 400 mingdan ortdi 

📆 2024-yilda fuqarolar tomonidan "my.gov.uz" portali orqali jami 414 698 ta mehnatga layoqatsizlik varaqalari yuklab olindi.

💻 Eng ko'p kasallik varaqalari turli xastaliklar (335 465 ta) hamda homiladorlik va tug'ruq ta'tili (50 485 ta) munosabati bilan olingan. 

Gender tahlil

👩‍⚕️ Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini yuklab olishda erkaklar ayollarga nisbatan ko'proqni tashkil etgan:

👩‍💼 158 458 nafar ayol
👨‍💼 256 240 nafar erkak

👉 Bu ko’rsatkich erkaklar salomatligiga ham alohida e’tibor qaratish kerakligini eslatadi.

📍Hududlar kesimida eng ko'p mehnatga layoqatsizlik varaqalarining yuklab olinishi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan (72 290 ta). Toshkent viloyati (64 169) va Farg'ona viloyati (38 562) quyi o'rinda, eng kami esa Sirdaryo viloyatida (13 492 ta) yuklab olingan.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧑‍💻 “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech bir ovoragarchiliksiz olish mumkin

💻 Jarayon juda oddiy: my.gov.uz orqali kerakli xizmatni tanlab, toʻlovni amalga oshirish kifoya. Qolgan ishni my.gov.uz ning oʻzi bajaradi. Avtomatik ravishda arizangizni toʻldiradi va barcha kerakli tekshiruvlarni amalga oshiradi.

👍 Vaqtingizni behuda sarflamang, my.gov.uz qulayliklaridan foydalaning!

▶️ https://youtu.be/Rny5q42ik5Q

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infografika

⚡️Oʻzbekistonda chet tillarini bilishga boʻlgan qiziqish tobora ortib bormoqda

📱 2024-yilning yanvar-avgust oylarida my.gov.uz orqali “Chet tilini bilish darajasini aniqlash” davlat xizmatiga jami 166 408 ta ariza topshirildi. Shundan 126 383 nafar talabgor chet tillari boʻyicha sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

🌐Kutilganidek, ingliz tili – 142 280 ta ariza bilan yetakchilikni qoʻlga kiritdi. Keyingi oʻrinni turk tili – 17 127 ta ariza bilan egalladi. Arab tiliga esa 3 144 ta ariza topshirildi.

📍Hududlar kesimida sertifikat olish boʻyicha Toshkent shahri (24 438 ta ariza) yetakchi ekanligini koʻrsatdi. Undan keyingi oʻrinda Samarqand viloyati (14 792 ta ariza) boʻldi. Fargʻona ham chet tillarini oʻrganish boʻyicha faol (11 645 ta ariza) viloyatlardan biriga aylandi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕 Yangilik!

👮‍♂️ Yoʻl harakati bilan bogʻliq notoʻgʻri chiqarilgan qaror yuzasidan shikoyat yoʻllash tartibi osonlashadi!

🚓 Endilikda yoʻl harakati qoidalari buzilishi bilan bogʻliq chiqarilgan qaror va xabarnomalar boʻyicha eʼtirozingizni ortiqcha ovoragarchiliksiz va hujjatlarsiz onlayn bildirishingiz mumkin boʻladi!

Qanday qilib deysizmi?

🔵 my.gov.uz portaliga kirasiz (yoki mobil ilovani yuklab olasiz);
🔵 “Yoʻl harakati qoidalari buzilishi bilan bogʻliq holatlar yuzasidan chiqarilgan qaror va yuboriladigan xabarnomalar yuzasidan murojaat yuborish” xizmatini topasiz;
🔵 Eʼtirozingizni asoslovchi maʼlumotlarni kiritib, yuborish tugmasini bosasiz.

📆 Mazkur xizmat hozircha sinov tariqasida ishlamoqda, 1-sentyabrdan toʻliq yoʻlga qoʻyiladi!

▶️https://youtube.com/shorts/1Alyz-FlFt4?si=PHdCia7iclGyD4Ce

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 my.gov.uz: Bizda barchasi ochiq va shaffof!

📊 Avgust oyida my.gov.uz portaliga 296 484 nafar yangi foydalanuvchi qoʻshildi!

👨‍💻 Bu har kuni 10 200 dan ortiq fuqaro my.gov.uz imkoniyatlaridan foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtayotganini anglatadi.

❗️Bizga ishonganingiz uchun rahmat!

🔔 my.gov.uz haqida yaqinlaringizni ham xabardor etib, raqamli hukumat afzalliklaridan foydalaning!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi

📆 Demak:

31-avgust, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;

1-sentyabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami;

2-sentyabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);

3-sentyabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

❗️Bayram va qo‘shimcha dam olish kunlari munosabati bilan aksariyat davlat muassasalari ishlamaydi.

📱 Aynan shu 4 kunlikda elektron davlat xizmatlarini olishga yoki to‘lov amaliyotlarini bajarishga to‘g‘ri kelib qolsa, my.gov.uz imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etamiz.

🟡 Unutmang!
My.gov.uz – dam olishsiz, haftaning 7 kunida 24 soat davomida siz bilan birga.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣E’lon!

⚙️ Soliq qo‘mitasining veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 30-avgust soat 22:00 dan 3-sentabr 18:00 gacha profilaktika ishlari o‘tkaziladi. Shu sabab my.gov.uz portalidagi soliq va soliqqa tortish borasidagi ayrim elektron davlat xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Oʻzbekiston Mustaqilligining 33 yilligiga bagʻishlanadi

📱 my.gov.uz - hammamiz uchun birdek!

🌐 Koʻp millatli yurtimizda yashayotgan har bir inson oʻz huquq va imkoniyatlaridan birdek foydalanish huquqiga ega. Yangi Oʻzbekistonda barchamiz tengmiz!

❗️Mustaqillik bayramingiz muborak boʻlsin!

▶️https://youtu.be/4x4jfFzsgZc

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi muborak bo‘lsin!

🎉 Aziz my.gov.uz foydalanuvchilari, barchangizni eng ulug‘ va qutlug‘ bayram bilan muborakbod etamiz!

Xonadoningizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

❗️Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏠 Uy ijarasiga talab oshmoqda!

💻 Uyni my.gov.uz orqali ijaraga berish oson va qulay! Bu qanday amalga oshiriladi?

Ariza beruvchi my.gov.uz da roʻyxatdan oʻtadi.
Koʻchmas mulk ijara shartnomasini soliq organlarida hisobga qoʻyish” xizmatini tanlaydi.
Ijaraga beruvchi sifatida maʼlumotlarni toʻldirgach, ijaraga oluvchiga shartnoma loyihasi uchun identifikatsiya kodini yuboradi.
Ijaraga oluvchi shartnoma loyihasini identifikatsiya kodi yordamida tasdiqlash orqali ariza toʻldirishni davom ettiradi.
Ijara shartnomasi avtomatik ravishda tuziladi va roʻyxatdan oʻtgan shartnomani yuklab olish mumkin.

💰Agar ijaraga turuvchi talaba boʻlsa, ijara toʻlovining 50 foizi qoplab beriladi (lekin qaytariladigan summa 1 BHM dan oshmasligi kerak). Uy egasining esa ijaraga berishdan olinadigan daromadiga soliq solinmaydi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Diqqat, abituriyentlar!

❗️2024-2025-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalarining yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi!

🧑‍💻Ya’ni kollej va texnikumlarga qabul bo‘yicha mandat chiqdi.

📱 Natijalarni hoziroq uydan chiqmagan holda my.gov.uz portalidagi “Abituriyentni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish” xizmati orqali bilib olishingiz mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infografika

❗️MyGov ilovasini yuklab olishlar soni 3 milliondan oshdi!

📱 MyGov ilovasi tobora ko'proq yurtdoshlarimiz e'tiborini qozonmoqda. So'nggi bir necha oy ichida yuklab olishlar soni 3 milliondan oshdi! Bu o'sishning 83% Android, 17% iOS qurilmalariga to'g'ri keladi.

👍Foydalanuvchilarimiz fikri biz uchun muhim. Ilovaning qulay va foydali ekanligi ular tomonidan yuqori baholanmoqda: Androidda 4,7 va iOSda 4,8 ball!

📱MyGov ilovasini nafaqat O'zbekistonda, balki xorijda ham faol yuklab olishlar kuzatilmoqda. Eng ko'p yuklab olishlar – Rossiya (129 ming), Qozog'iston (15,6 ming) va Turkiya (15 ming)da.

📊 Ilovaning ommalashishi undagi keng imkoniyatlar bilan bog'liq. 330 dan ziyod elektron xizmatlar, 3800 dan ortiq to'lov turlari, 10 dan ortiq xabarnoma turlari, biometrik identifikatsiya, kommunal to'lovlarni amalga oshirish va 40 dan ziyod ma'lumotnomalarni yuklab olish imkoniyati – bularning barchasi fuqarolar hayotini osonlashtirish uchun yo‘lga qo‘yilgan!

📱 my.gov.uz – bu davlat xizmatlaridan foydalanishning eng qulay va tezkor usuli!

👉 Siz ham mobil ilovani yuklab oling: Android / iOS

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👮‍♂️ Yoʻl harakati bilan bogʻliq notoʻgʻri chiqarilgan qaror yuzasidan shikoyat yoʻllash tartibi (video)

🚓 Yoʻl harakati qoidalari buzilishi bilan bogʻliq chiqarilgan qaror va xabarnomalar boʻyicha eʼtirozingizni ortiqcha ovoragarchiliksiz va hujjatlarsiz onlayn bildirishingiz mumkin!

👉 Buning uchun:

🔵 my.gov.uz portaliga kirasiz (yoki mobil ilovani yuklab olasiz);
🔵 “Yoʻl harakati qoidalari buzilishi bilan bogʻliq holatlar yuzasidan chiqarilgan qaror va yuboriladigan xabarnomalar yuzasidan murojaat yuborish” xizmatini topasiz;
🔵 Eʼtirozingizni asoslovchi maʼlumotlarni kiritib, yuborish tugmasini bosasiz.

▶️https://youtube.com/shorts/gAqjqjvNsMc?si=QObiu_o0P9JDf3Fc

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talabalar turar joylariga 122 mingdan ortiq ariza kelib tushdi!

📆 Yangi o'quv yili boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi va respublikamiz bo'ylab minglab talabalar turar joy haqida o’ylayotgani aniq.

📱Buni my.gov.uz orqali “Talabalar turar joyiga joylashish” xizmatiga kelib tushayotgan arizalar sonidan ham bilish mumkin.

❗️Bugungi kun holatiga ko’ra, ushbu davlat xizmatiga 122 mingdan ortiq ariza kelib tushdi! Ularning qariyb 20 mingtasi iimtiyozga ega talabalar tomonidan topshirilgan.

🪪 Hozirgi vaqtga qadar jami 73 125 nafar talabaga yotoqxonaga qabul qilinganligi to’g’risida QR kodli yo‘llanma yuborilgan.

📱Agar siz hali javob kutayotgan bo'lsangiz, "Talabalar turar joyiga navbatni tekshirish" xizmati orqali arizangiz holatini kuzatib borishingiz mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM