Muslim Mind
322 subscribers
154 photos
72 videos
12 files
572 links
Аллоҳ таолонинг изни билан Ислом динининг ҳақиқатларига мафкуравий тажовузлардан огоҳ қилишга ва илм-фан-у маърифат улашишга бағишланади.

***
Фаолияти тўхтатилган❗️
Download Telegram
#iqtibos

Qurʼonda koʻplab aniqliklar mavjud va xuddi Doktor Moor kabi, men ham buning ilohiy bir ilhombaxsh gʻoya yoki vahiy ekanligiga ishonaman.

©Dr T. Persaud.
Manitoba universiteti anatomiya, pediatriya va bolalar salomatligi, akusherlik, ginekologiya va urchitish fanlari professori.

@Muslim_mind
👍6
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
#iqtibos

Ishonchim komil-ki, 1400 yil muqaddam Qurʼonda ifoda etilgan xar bir xabar haqiqatdir va ular ilmiy yoʻllar bilan isbotlanishi mumkin... Bu barcha bilimlarni bilguvchi zot Allohning ilhomidir. Demak, shuni baralla soʻzlash vaqti keldi, deb o'ylayman!
Allohdan boshqa iloh yoʻq va Muhammad Uning elchisidir.

©Professor Tejatat.T.
Tailand, Chiang May shahridagi Chiang May universitetining anatomiya va embriologiya boʻlim
boshligʻi.

@Muslim_mind
👍6
Azizlar bugun soat 22:00 da ovozli chat tashliklashtiramiz, In Shaa Allah. Spikerlar o'zimizni jamoamiz a'zolari bo'lishadi. Taklif va talablaringiz bo'lsa botga yo'naltirsangiz bo'ladi.
Mavzu:
"Islom va musulmonlarga nisbatdan harxilistlar tomonidan qilinayotgan da'volar, propagandalar qanchalar asosli?"
Mavzu doirasida savollaringizni ovozli chat davomida, postni muhokama bo'limida yozib qoldirishingiz yoki chatda aytishingiz mumkin.

Eslatma: Suhbat yozib olinadi.
👍6
Live stream started
Live stream finished (2 hours)
Ateistlarni iddaolari qanchalar asosli?
Muslim Mind
#ovozli_chat
Harxilistlarni da'volariga raddiyalar!🔥
00:02:11 Xudo mavjudmi? Borligiga sabab va dalillar.
00:07:04 Nega Xudo Qur'onda samalyot, dori vositalari, vaksina haqida gapirmadi?
00:08:08 Xudo hamma narsani yaratgan bõlsa, Xudoni kim yaratdi?
00:11:26 Ilmiy nazariyalar Qur'onda bor bo'lsa nega oshkor qilinmagan?
00:12:44 Qur'onda nas'h va mansuh oyatlar haqida.
00:17:37 Qur'ondan oldingi kitoblar va shariyatlar nega o'zgardi?
00:20:48 Usmon Roziyallohu anhu Qur'onlarni nega yoqib yubordi?
00:25:47 propaganda qilinayotgan "Jirkanch" hadislar haqida.
00:34:07 Beruniy dahriy bo'lganmi?
00:40:19 Islom olami, musulmonlar ilm-fanda rivojlanishdan to'xtashiga sababchi imom G'azzoliymi?
00:42:43 Hali-hanuz qilinayotgan da'volar haqida.
00:44:25 Sharlatan Arif Tekin haqida.
00:46:30 Qur'onda osmon va kosmologiya haqida.
01:11:37 qonuniyatlar borliqdagi tartibni shakllantirdimi?
01:20:56 Fath va bosqinchilik haqida.
01:29:32 Biz Zardushtiylik dinida edikmi?
01:34:21 Nikoh yoshi masalasi.

@Muslim_mind
👍10
#iqtibos

Menimcha, genetika va din oʻrtasida hech qanday ziddiyat yoʻq, bilaks din baʼzi anʼanaviy ilmiy yondashuvlarga yangilik qoʻshish orqali fanni yoʻnaltiradi va Qurʼonda shunday xabarlar bor-ki, ular asrlar oʻtgach asosli, deb topiladi va ular Qurʼonda Allohdan kelgan bilimni himoya qiladi.

Doktor Jou Ley Simpson.
Akusherlik va ginekologiya, molekulyar va inson genetikasi fanlari professori.

@Muslim_mind
👍7
#iqtibos

Makkaliklar hamon undan moʻjiza talab qilar edilar va Muhammad (Solollohu alayhi va sallam) ajoyib qatʼiyat va ishonch bilan, oʻz missiyasining oliy tasdigʻi sifatida Qurʼonning oʻziga murojaat qildi.
Xuddi boshqa arablar kabi, ular lison va notiqlik sanʼatida ustomon edilar. Agar Qurʼon oʻshanda uning oʻz asari boʻlganida edi, boshqa odamlar u bilan raqobat qilgan boʻlar edilar.
Mayli, ular uning kabi oʻn oyat yozsinlar. Agar yoza olmasalar va (aniqki, ular yoza olmaslar) unda Qurʼonni aniq bir moʻjiza, deb qabul etsinlar.

©Hamilton Gibb.
Oksford universitetining mashhur
arabshunosi.

@Muslim_mind
👍4
#ақл_ишлат
#саволлар

Ateizm va boshqa "izm"lar (Xaris aytganidek, "azizim"dan tashqari😁) da‘volari mantiqiy jihatdan asosga ega emas:
–Nega Xudo penitsilin haqida aytmagan (yaqindagi gap bu)?
–Nega unda samaliyot yoki vertoliyot haqida oyatlar yo‘q?
–Nega sizlar olimlar kashf qilgan narsani "Mana Qur‘onda yozib qo‘yilganku!" deb davo qilib chiqasizlar va hokazo.. va hokazo da'volari mutloq absurd.
Keling, bir boshdan ko‘rib chiqaylik.

Biror narsani yasash yoki o‘rganish uchun qo‘limizdagi bor material va/yoki manbalardan foydalanamiz. Demak boshlaymiz.
Musulmonning osmon va yaratilish haqidagi inonchi Qur‘on va u nima dedi?
#oyat
"Kufr keltirganlar osmonlar-u yer bitishgan bo‘lgan ekanini, bas, Biz ularni ochganimizni va suvdan har bir tiriknarsani qilganimizni bilmaydilarmi? Iymon keltirmaydilarmi?".
(Al-Anbiyo surasi 30-oyat)
Xo‘sh, bu yerda aytib o‘tish lozim bo‘lgan narsa shuki, Qur‘on ensklopediya emas. Unda ilm-fanga oid oyatlar borligi harxilistlarning "ensklopediya" deya atashlariga sabab bo‘layotgan bo‘lsa, demak ularning miyyalarini kimdur shunday deb "yuvgan".
Dаvom etamiz. Da‘voga ko‘ra biz bilgan yer va osmon boshlanishda bir butun bo‘lgan. So‘ngra esa "Ochish" natijasida biz xozirda ko‘rib, bilib turgan holatimizga kelgan va suvdan ilk hayot namunalari paydo bo‘lgan. Endi esa qo‘limizdagi manbaa orqali buni tekshiramiz.

Manbaa: https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Katta_portlash

Demak biz o‘sha "Ochish"ning nima ekanini "Katta portlash nazaryasi"da ko‘rdik.

Endi esa suvdan ilk hayot namunalarini paydo bo‘lganligi to‘g‘risidagi manbaalarni izlaymiz:
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Hayotning_paydo_bo%CA%BBlishi

Demak, biror bir da‘voni asoslash yoki o‘rganishda qo‘limizdagi manbaalardan foydalanamiz. Qo‘limizdagi manbalar esa yuqorida keltirilgan oyatni inkor etyabdimi? Yo‘q bo‘lsa... Demak bu, men oyatni isbot qilish uchun fanning da‘volarini birorta belgisini moslashtirganimni isbotlamaydi. Bu degani fan oyatni o‘zi isbotlab qo‘ymoqda. Shuning uchun "Olimlar topgan fan yangiliklarini Qur‘onga moslashtirishni boplaysizlar", degandek piching qilmaganingiz ma‘qul.

©El'Er

@Muslim_mind
👍10
Forwarded from Elyor Fayzulla
O'zi bizdagi bugungi kunda mavjud buyrak kasalliklari sababi sovet davrida ayollar va erkaklarning uzun kiyimlarini yechganidir.
Undan oldin aholi orasida bunday kasalliklar juda kam uchragan

Sifilisni oldin fransuz kasalligi deyishgan. Chunki bu sevgi muhabbatga o'ch xalq hech qanday gigiyena qoidalarisiz sevishib ketavergan. Natijada butun dunyoga tarqaldi bu kasallik.
Islom dini yaxshi narsa silarga aytsam.
👍11
O’xshamagan “O’xshatishlar”

#ақлни_ишлат

Xalqimizda bir voqea yoki hodisaga nisbatan ma’lum bir iboralar qo’llanilishini hammamiz bilamiz. Misol uchun, biror ish ustida hafsala bilan ishlayotgan kishining ishi o’xshamay qolsa “Tarvuzi qo’ltig’idan tushdi” yoki bo’lmasam qo’rqan kishiga nisbatan esa “Kapalagi uchib ketdi” degan iboralar. Bu bilan biz voqelikdagi hodisaning holatini ifodalaymiz. Agarda qo’rqqan kishiga nisbatan men “Kambag’alni tuya ustida ham it qopadi” desam bu hodisaga zid bo’lgan iborani qo’llagan bo’laman. Demak, iboralar voqelikdagi hodisani ifodalash uchun ishlatiladi. Bu degani, man biror voqelikka nisbatan ibora ishlatmoqchi bo’lsam, o’sha voqelik avvalda sodir etilgan bo’lishi kerak.

Iboralar ham o’z o’rnida ma’lum bir maqsadga va bo’lgan voqelikni ifodalashga hos bo’lishi lozim. Lekin yuqorida misol qilingani kabi qo’llanilgan ibora voqelikka mos tushmasa demak, o’sha iborani qo’llagan kishi voqelikni anglamagan yoki uni tariflashda ADASHGAN bo’lib chiqadi.

Bizga taqdim qilinayotgan maqolalarda “Chirib borayotgan G’arb” iborasiga ko’p xollarda duch kelib qolamiz. Bu ibora ko’pincha g’ayri insoniy qonunlar va jamiyatning inqiroziga sabab omillarga nisbatan ishlatiladi. Misol tariqasida LGBT ning qonuniylashishi va ko’pchik g’arbliklarning bunday xolatlarga nisbatan ko’z yumishi va/yoki targ’ib qilishini aytish mumkin.

Ba’zi maqolalarda kesatiq tariqasida qo’yilgan “Chirib borayotgan G’arb” nomi ostidagi ma’lumotlarni o’qir ekanmiz, unda keltirilayotgan G’arbning (Yevropa) ilmiy va madaniy rivojlanayotganini dalillarini ko’ramiz. “Xo’sh, G’arb rivojlanib borayotgan bo’lsa, nega unda “Chirib borayotgan G’arb” iborasi qo’llaniladi? Demak, bu ibora xato bo’lib chiqadimi?” degan savol paydo bo’lishi tabiy. Bunga mavzu boshida javob berib o’tdim. Agar maqola muallifi o’z maqolasini “Kesatiq”dan holi deydigan bo’lsa demak bu maqoladagi hodisotga nisbatan qo’llanilgan ma’lum ibora xato bo’lib chiqadi. Chunki bu ibora sodir bo’lgan voqelikka nisbatan tariflashda qo’llanilib bo’lingan va avvalda takidlaganimdek bu ibora ko’pincha g’ayri insoniy qonunlar va jamiyatning inqiroziga sabab omillarga nisbatan ishlatiladi!

Xulosa shuki, iboralarning qo’llanilish maqsadi va qaysi voqelikni ifodalashiga qarab maqola yozishgani ma’qul. Chunki ushbu postda takidlab kelinayotgan “Chirib borayotgan G’arb” iborasi voqelikda sodir bo’lib bo’lgan hodisani ifodalashda qo’llanilib kelinadi va bu ba’zilar targ’ib qilganidek “Xato” ibora emas!

©El'Er

@Muslim_mind
👍8
#Iqtibos

Men Qurʼondagi tabiat hodisalari tafsilotlariga oid koʻplab oyatlarni diqqat bilan oʻrgandim. Meni ajablantirgani – tabiat hodisalariga oid maʼlumotlar Qurʼonda bugungi kun kashfiyotlariga uygʻun tarzda aks ettirilgan boʻlib, oʻn uch asr oldin biron odamning bu tafsilotlarni taxmin qilishi hech qanaqasiga aqlga toʻgʻri kelmasdi. Keyin men hatto Islom olimlari tomonidan
yozilgan va Qurʼon matnlarining ilmiy jihatlariga oid boshqa bir qancha kitoblar bilan ham tanishdim. Bu Qurʼonni teranroq tushunishimda katta yordam berdi.

©Dr.Morris Bukay.
Fransiyalik jarroh. Ko'plab ilmiy-ommabop kitoblar muallifi.

@Muslim_mind
👍6
Forwarded from Said Komil (Said Komil)
#ақл, #қадар ва #ирода

ЁХУД "ХОМО САПИЕНС" ДИНИЙ АТАМАМИ?

Бу уч тушунча атеистик дунёқарашни тупикка тиқадиган тушунчалардир.

Материалистик дунёқарашга кўра, эмпирик дунёда бирор нарса ўзи-ўзидан, тасодифан бўлмайди, балки унга ўзидан аввалги ҳодиса сабабчи бўлади. Ўша сабаб таъсирида иккинчи воқеа содир бўлади.

Мисол учун, сув ҳарорат кўтарилгани учун қайнайди. Ўз-ўзидан (мўжиза билан 🙂 ) қайнамайди. Ҳароратнинг кўтарилиши сувни қайнашга мажбур қилади. Бу сув фалон кун фалон соатда ҳарорат кўтарилгани учун қайнашга мажбур бўлиб қайнаганини билдиради.

Ҳудди шу масалани инсонларга татбиқ қилсак, инсоннинг ўғрилик, зино, қотиллик қилиши каби жиноятлари ҳам, ўз-ўзидан аввалги воқеалар таъсирида (еган нарсасининг миясига таъсирида мажбуран) қилганини англатади.

Бундан, инсон ҳам ўзининг қилиб қўйган иши аввалги бирор нарсанинг сабабидан мажбуран қилгани, маъноси келиб чиқади.
Агар инсон материалистик тушунчага кўра, ҳар бири ишини бирор бир нарсанинг сабаби билан қилгани, ихтиёри ўзида бўлмагани, балки табиат қонунига тобеъ ҳолда қилган бўлса, унда нимага жиноятлар учун жазо берилмоқда, деган савол биринчи тупикка сабаб.

Агар инсоннинг ақли бор эди, дейилса, ақл нима? У табиий ҳодисаларни, табиий қоидаларни ва сабабият қонунини ўзгартириб ташлайдиган даражадаги қудратми, ақл қарорни ўз-ўзидан тасодифан қарор берадими ёки у ҳам сабабият қонунига тобеъми деган иккинчи савол берилади. Бу иккинчи тупикка сабаб.

Учинчи, "ирода" тушунчаси эса, ўлганнинг устига тепган бўлади. Савол шундай: инсон хоҳиш-иродага эгами? Инсон ҳеч қандай табиат шартлари ва сабабият қонуниятига бўйсунмаган ҳолда, ихтиёрий равишда у ёки бу ишни қилиш қудратига эгами?

Мисол учун инсон ҳеч бир сабабсиз стол устида турган стакандаги сувни ичиши ёки ичмаслик ихтиёрига эга, ва улардан бирортасини ўз-хоҳиши билан қиладими?

Агар "ҳа" дейилса, атеизмнинг фундаменти бўлган "сабабият қонуни" қонун бўлмай қолади. Чунки қонун ҳаммага баробар, жумладан инсонларга ҳам.

Агар "йўқ, инсон маълум бир сабаб таъсирида мажбуран танлов қилади" дейилса, унда инсоннинг ақлий мавжудот эканлигини инкор қилиб, инсоннинг ҳар бир ҳаракати табиат қонунлари оқибати, инсон шунчаки табиатнинг ўйинчоғи - марионет эканлиги келиб чиқади.

Хатто шу постни ёзишим ҳам, уни сиз ўқиётганингиз ҳам табиат қонунлари сабабидан мажбуран бўлганини англатади.
Бу тушунча атеистларнинг "хопо сапиенс" тушунчаси, яъни ақлли мавжудот тушунчасини атеизмнинг ўзига зид бўлиб қолади. Чунки ақлли жонзот мукаллаф бўлади. Агар мукаллаф бўлмаса, ўргатилган кучук ёки компютер каби ақлли амалиётларни мажбуран бажаради. Аслида амаллари ақл эмас, табиат қонуни натижаси бўлади. Бундан ақлли мавжудот йўқ, хомо сапиенс тушунчаси "туфта" деган маъно келиб чиқади.

Хуллас, бугунги кунда атеизм кўз юмиб, тилга олмаётган ва тупикка тушиб қолаётган тушунчалар мана шулардир.
Аслида атеистик дунёқараш жуда мўрт дунёқарашдир. Фақат диндорлар орасида ўзининг ақидасини ва атеистик дунёқарашни баравал чуқур ўрганмагани ва тадқиқ қилмагани учун уларга жавоб беролмайдилар.

Атеистлар ҳам ўзининг ақидаси ва диний ақида ҳақида чуқур ўрганиб солишитирма таҳлил қилиб кўрмагани учун одатда тақлидан атеист бўлишади, бунга эса, диний талабларнинг уларнинг нафсига ёқмагани асосий сабабдир. Агар чуқур ўрганса исломнинг ҳақлиги аён бўлиб қолади, кейин унга бўйсунишни ақл талаб қилади.

Умуман олганда Аллоҳ таоло рост сўзлайди:

А фа лаа таъқилуун?

АҚЛ ИШЛАТМАЙСИЗЛАРМИ?
👍12
Forwarded from Elyor Fayzulla
Bugun audiochat qilamiz:

Mavzular :
1) qarish nazaryalari qarishni to'xtatish mumkinmi?
2) covid-19 tasir mehanizmi va vaksinalar
3) tibbiyot muammolari
👍2
Chat
Elyor Fayzulla
Birodarimiz Elyor Fayzulla tashkillashtirgan ovozli chatni yozib olingan varianti.
Ancha foydali va ilmiy suhbat uchun tashakkur!
@Elyor_Fayzulla
@Muslim_mind
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bizga nima buyurilgan edi va biz nimalar bilan o'ralashib qoldik?
Tushunishimiz kerak bo'lgan mavzu haqida ajoyib gaplar.

@Muslim_mind
👍5
Iymon bilan ilm, egiz aka-uka va bir-biridan ayrilmaydigan birodar kabidir.

Hazrati Ali Karammallohu vajhu

@Muslim_mind
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu, بِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲِالرَّحْمَنِ الرَّحِيم
kalimasi haqida hech fikrlab, tafakkur qilib ko'rganmisiz?

©Voiz Numon Ali Xon

Ps. Dublajchiga respect😁

@Muslim_mind
👍2🔥1
#hidoyatdagilar

Anonim'dan xat!

Assalomu alaykum aka, yaxshimisiz? Bezovta qilganim uchun uzur. Men "Anonim"man eslasangiz kerak. Meni shubha qilganimda, dinga qaytishimga sababchi bo'lgansiz. Ateistlarni guruhiga qo'shilganimda qaytargandiz, Iyun oylaridan edi...

Dinni o'rganyapman...
Aqida risolasini organyapman...
Qur'on tafsirini boshlamoqchiman bugun...
Ushandagi hamma savolimga javob topdim!

Kechagi baxsni ham eshittim. Abror Muxtor Aliydan Alloh rozi bo'sin. Ularni negadur ayollarni buyumdek koradilar deb, xafa bolardim.

Xullas, o'rganaverganim sabab, dinimizni yanayam yaxshi ko'rib qolyapman. Faqat shu nega 4ta xotingacha mumkin deyilgan ekan? Bu erkaklar baribir adolat qilolmidiku? Ayollar va ularni bolalari sarson boladi, deb hisobliman xolos haligacha. Bu meni fikrim va menda muammoli narsa shu qoldi. Qur'ondan javob qidirmoqchiman.
(Bu mavzu ham tushuntirildi, tushundilar, alhamdulillah!)

Sizni eski kanalizdan aqidada chunmiy qolgan savolimga javob topdim. Ya'ni yomonlik ham Allohdanligiga. Gunoh qilsak, buni Alloh avvaldan bilganiga imon keltirish. Va kanalizni oqib chiqyotib, javobini topdim.

In Shaa Alloh. Men o'rganmoqchiman. Hech nimani bilmay turib, ilmim yo'q holida shubha qilishga haqqim yoq edi!

Lekin avvalgi "Anonim"dan ko'ra, ancha narsani bilib oldim hozir☺️ Alhamdulilloh! Sizdaka yaxshi musulmonlar borligi uchun ham dunyo o'rnida turibdi. To'g'risi☺️.

Siz va yana bir musulmon bola(ismi Mustafo), menga to'g'ri chuntroldilar, do'zax bilan qo'rqitmasdan. Mustafo o'rgatyapti menga, aqida ilmini. Maruzalar ham tashlab beradi. Ko'p odamni dinga qaytargan, ular ham. Sizni ham juda hurmat qiladilar. Siz haqqingizda ham gapirib turadilar. Sizlardan Alloh rozi bo'lsin!

@Muslim_mind
👍71