Muslim Mind
322 subscribers
154 photos
72 videos
12 files
572 links
Аллоҳ таолонинг изни билан Ислом динининг ҳақиқатларига мафкуравий тажовузлардан огоҳ қилишга ва илм-фан-у маърифат улашишга бағишланади.

***
Фаолияти тўхтатилган❗️
Download Telegram
#ақлни_ишлат

Har bir jon o'limni totguvchidir.

(Oli Imron surasi. 185-oyat)

Turritopsis Nutrisula orqali oyatni xato deya isbotlashga urinayotgan harxilistlar, juda qiziqarli xatolarga yo'l qo'ymoqdalar.
1) Meduzaning hayot sikli.
Meduza suvda erkin harakatlanib yuradi, so'ng organizmni yangilab polipga aylanadi.
•Muammo shundaki, polip bu endilikda klondir. Yani, bu aynan o'sha meduzani o'zi emas. Genetik klon. Aynan o'zi bo'lganda edi, bu o'lmaslikka davo bo'la olar edi.
•Muammo, aynan davogarlarning evolutsion nazaryasiga bu meduzaning abadiy ekanligi zid, chunki barcha mavjudodlar evolutsion nazariyaga ko'ra genetik yangilanishni olishi kerak, ammo bu meduza genetik yangilanmaydi.
Balki klonlar hosil qilaveradi. Bu esa genetik yangilanmaydi degani.
Bu haqida batafsil buyerda:
(https://rg.ru/2019/05/28/zachem-priroda-sozdala-bessmertnuiu-meduzu.html )
•Muammo, meduza jismoniy jihatda o'ladi yangi yirtqichlarga va tabiat ofatlariga chidamsiz va uni hayotiy siklini tugatish mumkin.
O'lim bu organizmning biokimyoviy , fiziologik jihatdan barcha jarayonlarning yakunlanishi , meduzani bossangiz shunaqa hodisa sodir bo'ladi.
•Oli imron surasida har bir jonzod o'ladi deyilgan, faqat biologik o'lim deyilmagan . Aynan bu oyatda o'limning har qanday turi nazarda tutilgan , istisno jihatlar yo'q.

@Muslim_mind
👍20
Oxirizamonda fitnalar koʻpayadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Fitnalar koʻpaymagunicha Qiyomat boʻlmaydi”, dedilar.
Fitna koʻpaygani sayin, ilmga ehtiyoj kuchayib boradi. Zero, fitna sarosimaga soluvchi zulmatdir.
Ilm esa zulmatni yorituvchi nurdir!


©Shayx Abdulaziz Tarifiy

@Muslim_mind
👍18
#iqtibos

Agar siz bularning barchasini birlashtirsangiz ya'ni Qurʼonda Yer, uning paydo boʻlishi va umuman, fanga aloqador tarzda berilgan xabarlarning barchasini birlashtirsangiz, albatta siz u
yerda berilgan xabarlarning koʻp jihatlardan haq ekanligini, ularning endilikda ilmiy uslublar bilan tasdiqlanishi mumkinligini ayta olasiz... Qurʼonda keltirilgan koʻplab
xabarlar oʻsha paytlarda isbotlana olmas edi, ammo zamonaviy ilmiy uslublar endilikda Muhammad (Solollohu alayhi va sallam)ning 1400 yil ilgari aytganlarini isbotlash holatidadir.


©Alfred Kroner. Germaniyadagi Maynz universitetining geofanlar boʻlimi professori.

@Muslim_mind
👍21👎1
Kim mamlakatga yaxshilikni xohlasa, tarbiyani mukammal yoʻlga qoʻysin. Shundan keyin u istagan hamma narsa amalga oshaveradi.

©Shayx Muhammad Abdulloh

@Muslim_mind
👍11
Adolatsiz tinchlik, aslo tinchlik emas.

©Shayx AbdulHakim Murod

#FreePalestine

@Muslim_mind
👍12
Ahmad Diydot Rohimahulloh va Jimmi Sveggert janoblari o'rtasidagi bahs!🔥

https://youtu.be/0kFnKueg2as
👍12🤔1
Men harxilistlarni tushunmay o'lib ketaman shekilli.

#ақлни_ишлат

Biri facebookda "Beruniy biz kabi daxriy (ateist) bo'lgan" deb qoldi. Keyin esa, men unga "Osor al - boqiya" kitobidan uning musulmon bo'lganini keltirdim.
So‘ngra esa u "Nuh to‘fonini inkor etganini va bu bilan Allohning Nuh voqeasida aytganlarini yolg‘onga chiqargan. Shu sababdan u daxriy (ateist) bo‘lgan" dedi. So‘ngra men unga, yana ayni kitobdan Beruniy Nuh to‘foni haqidagi bayoni, unga inonchini va qay yo‘sin o‘z inonchini dalillar bilan quvvatlaganini suratga olib ko‘rsatdim.
Shunda ham qaytmadi nomard va dediki: "U shia bo‘lgan va bu sababdan u ahli sunnada kofir hissoblanadi". Bunga ham yana o‘sha kotobdan va "Hindiston" asaridan uning ahli sunnadan ekanini isbot qildim.
Ishongan "Titanigi" cho‘kayotganini bilgan daxriy hasga osila boshladi va "Nega unda Sulton Mahmud uni o‘limga hukm etgan? Demak u daxriy bo‘lgan!" Ehh... yana kitob, yana suratlar va aniq sabablari keltirildi. Oqibatda yengildi dersiz? Ha, faqat mani bloklaganidan so‘ng uyog‘i qorong‘u bo‘lib qoldi... Shunisiga aminman-ki, endi tepadagi iddaolarni boshqa musulmonga qiladi, uyalishmaydi ham.

Harxilistlarning bir odati bor: Agar musulmon yurtda biror inson tabiatan ahloqi buzuq bo‘lsa, bu inson Islomning yaqqol namunasi deb, boshqa bir inson ilmda yuksak martabaga erishsa "O‘sha davrda bunga majbur edi, yo‘qsa o‘ldirishar edi. Aslida u ham biz kabi ateist" deb jar solishadi. Nega ahloqi yomon bo‘lsa Islomning oqibati va yaqqol namunasi-yu, ilmda va ahloqda yuksalsa bu inson Islom oqibatida va namunasi emas?

Xulosa o‘rnida:

Yuqoridagi gap, ularni tushunmay o‘lib ketsam kerak!

©El'Er

@Muslim_mind
👍35😁3👎2🔥1
#иқтибос

Insonning rivojlanishi haqida Qurʼonda keltirilgan xabarlarga aniqlik kiritishga yordamim tekkanidan juda mamnunman. Menga shu narsa ayon-ki, bu xabarlar Muhammad (Solollohu alayhi va sallam) ga Allohdan kelgan, chunki bu bilimlarning koʻpchiligi keyingi asrlarga qadar kashf qilinmadi.
Bu menga shu narsani isbotlab beradi-ki, Muhammad (Solollohu alayhi va sallam) Allohning elchisidir. Va yana, Inson embrionining rivojlanish bosqichlari murakkab boʻlganligi, rivojlanish
mobaynida uzluksiz oʻzgarish jarayoni kechishi tufayli, Qurʼon va Sunnatda qayd etilgan atamalarni qoʻllash orqali yangi bir tasniflash tizimi ishlab chiqilishi mumkin, degan taklif bor. Taklif etilgan bu tizim sodda, tushunarli va amaldagi embriologiyaga oid bilimlarga mos keladi.

Dr. Keyt Moor. Toronto universiteti anatomiya va hujayra biologiyasi boʻlimi professori. Taniqli embriolog va bir qancha tibbiy darsliklar muallifi.

@Muslim_mind
👍10
#табрик

Bir darveshga "Xayrli Jumalar" deyishibdi.
U esa "Juma shundoq ham xayrli" debdi.
Keyin "Juma muborak" deyishibdi.
U esa "Juma shundoq ham muborak kun" debdi.
Unda nima deylik, sen ayt deb so‘rashibdi.
U "Jumaning xayri va barokati senga bo‘lsin" deng, degan ekan.

Jumaning xayri va barokati sizga bo‘lsin !

@Muslim_mind
👍9
#антиДокинз
#атеизм

Richard Dokinzning "Xudo bu hayolot" asari bo'yicha xulosalar.
(Birinchi qism)

Birinchi bobda Olim Richard Dokinz dinlarning absurd va ertak ekaniga shama qilmoqchi bo'ldi. Ammo dalillar yo'q, shuncaki ateist va panteist olimlarning so'zlaridan (internet saytlardan olingan) ko'chirmalar bor edi, holos. Muallifning gaplari asosan Islomni rad etishga emas, balki, birinchi bobda Enshteynni gaplarini dalil qilishga urinish bilan o'tdi. Ammo Enshteynning deistligini Dokinz tilga ham olib o'tmadi. Bu esa Dokinzning shunchaki teofob(dindan nafratlanuvchi) ekaniga dalil emasmi? Men, Dokinzning ba'zi fikrlariga qo'shilib o'taman. Deizm bu suyultirilgan teizmdir, ya'ni iymonning eng sust ko'rinishi. Dokinz ateizmga to'g'ri ta'rif berdi. Uning aytishi bo'yicha, ateizm bu ilohiyotga ishonmaslik. Oddiy qilib aytganda, u haq. Bu shunchaki ishonmaslik, xolos. Boshqa hech narsa emas. Hali biror bir ateist dinning to'liq absurdligini isbotlayolmagan. Chunki, bunchalik aqlga ega bo'lgan odamlar dinga nafrat bilan o'ralashib qolmaydi. To'g'ri, din deganda siz yahudiylik, nasroniylik, buddaviylikni tushunishingiz mumkin, ammo unday emas.
Budda bu dinsiz va Xudosizlikni tarqib qilgan sharq faylasufi hisoblanadi. Uning ta'limoti keyinchalikgina din sifatida qabul qilingan. U oddiy odam edi, hatto shaxzoda deyish mumkin. Uning ta'limoti g'arbda Geraklit, O'rta Osiyoda Zardushtning ta'limotiga yaqin bo'lgan. Shu sabab mantiqan buddaviylik bu falsafiy yo'nalishdir.(huddi konfutsiylik kabi) Yahudiylikka kelsak... Bu din faqat yahudiy xalqiga, Alloh tomonida Muso Alayhissalom orqali yuborilgan , ammo ularni dini unchalik muhokama qilinmaydi. Chunki u, milliy mahalliy dindir.
(Ya'ni, yahudiylik dinida bo'lish uchun, yahudiy ota-onani farzandi bo'lish shart).
Nasroniylik... Bu, Iso Alayhissalomni xochga osilishidan keyin paydo qilingan sun'iy dindir.
Bibliya yani injil aslida Alloh tomonidan tushirilgan, ammo uning hozirda bir qismi 4 ta ruhoniy tomonidan yozib chiqilgan( soxta). Bu qismini "yangi ahd" deyishadi. Shu sabab bu ahdni Yahudiylar tan olmaydi, soxtaligi sabab. Bu Qur'onda batafsil yoritilgan. Nasroniylik soxta din ekani ochiq-oydin ma'lum bo'lgach, menimcha janob Dokinz soxta dinlarga vaqtini bekor sarfladi.

Xo'sh, men nega yuqoridagi dinlarga Islomni qo'shmadim?

Chunki islom na sun'iy din va na mahalliy. Siz mendan isbot talab qilishga haqlisiz.
Buni ko'pchilik bilmaydi, arablar Allohga Muhammad (Solollohu alayhi va sallam) payg'ambar bo'lishidan ancha oldin ham ishonishgan. Lekin, arablar adashib budparastlikka ruju qo'ydilar va "Allohning farzandlari bor", deya "manat" , "lot" , "uzzo"ni unga farzand qilishgan. Albatta ular adashuvchan va gunohkor xalq edilar.
Ammo ateistlarning , Allohni Muhammad Alayhissalom
o'ylab topganligi haqidagi bir iddaosi endi ertak. Ka'ba islomdan avval ham bo'lgan, Alloh Taolo Muhammad Solollohu alayhi va sallam'ga nozil qilgan Islomdan avval ham Islom mavjud edi, deyaolaman. Chunki, Ibrohim Alayhissalom aynan Allohning dinida edi va Kabani ul zod(ya'ni Ibrohim Alayhissalom) o'g'illari Ismoil Alayhissalom bilan Allohning inoyati ila qurdi.
Men eski Nasroniylik manbalarini ko'p o'qiganman. Unda Ibrohim, Iso, Muso(Alayhissalom'lar)ning bir zot tomonidan yuborilgani aytiladi, ammo Nasroniylar bilmaydilar-ki, Bibliyada Iso ergashish haqida aytilgan ammo ular o'zlari ko'tarib yurgan kitobga zid ravishda uni xochga osib yana uning nomidan din yasadilar bu qanchalik mantiqqa to'g'ri keladi? Hech qanday mantiq yo'q bu yerda.
Alloh Taolo Qur'oni karimda dalilsiz keltirilgan narsalarga ishonmaslik kerakligini, faqat kuchli ilm orqali Allohning dinini tushunish mumkinligi aytgan. Alloh taolo hatto Islomga ham ko'r ko'rona ergashmaslikni buyurgan va uni o'rganishni farz qilgan.
Menimcha shuni o'zi, Dokinz hali ham soxta dinlar bilan o'ralashib yurganligini anglatmaydimi?
Uning o'rinli dalillari bo'la isbot qilsin?
Alloh Taolo Qur'onda aytganidek, agar uning dini yolg'on bo'lsa isbotlashlari kerak emasmi?

©Elyor Fayzulla

@Muslim_Mind
👍19
​#антиДокизм
#атеизм

Richard Dokinzning "Xudo bu hayolot" asari bo'yicha xulosalar.
(Ikkinchi qism)

Dokinz janoblari 1-qismda bo'lgani kabi hech qanday mantiqiy, dinni yolg'onga chiqaruvchi dalil keltirmadilar va Allohning inoyatiga ko'ra o'z kitoblariga amal qilmayotgan xristianlarga raddiya bermoqdalar. Janob Dokinzning faraziga ko'ra, Bibliyani yuborgan zot shavqatsiz va yovuz, ammo Iso Alayhissalom mehribon ekan. Endi menda shu joyida savol tug'iladi. Yovuz Xudo qanday mehribon payg'ambarni yuboradi bu qaysi mantiq qoidalarga to'g'ri keladi?
Dokinz janoblari yana Bibliyaning soxtalashtirib tashlangan oyatlariga e'tibor berdi va Xudoni "evolutsiya natijasidagi ijodiy fikrlash maxsuli", deya ketdi(Yana hech qanday isbotsiz, shunchaki quruq gap). Barcha evolutsionerlar albatta shu fikrda, ammo ularga ham savolim shu-ki, nega o'z nazariyalari asosi, abiogen sintezning bo'lganini isbot qila olmayabdilar?
Chunki hech narsa o'z-o'zidan bo'lmaydi o'rtoqlar!
Kimyogarlar buni yaxshi bilishadi...
Ikkita aminokislotani idishga solish natijasida, undan dipeptit kelib chiqmaydi, sizlar esa butun bir tizimni o'z-o'zidan paydo qilmoqchsizlar? Biologlar esa elementlarni qorishtirib murakkab organik moddalar yasash shunchaki ertak bo'lganini isbotlashgan(Oparin va Xoldeynlar tajibalari).
Hali chala nazariya bilan Dokinz janoblari olam qonunlarini tushuntirmoqchi bo'lmoqdalar. Bu esa siniq ko'zguga qarab, "men xunuk ekanman", degan gapning aynan ma'nodoshi-ku?

Politeizm.
Dokinz janoblari nega monoteizm politeizmdan afzalroq deb qaraladi, degan savolni bermoqda. Albatta o'rinli savol. Endi e'tibor beramiz, politeizmda bir necha xudolar bor va bu xudolar ertaklar-u, afsonalarda albatta. Odatda bu "Xudolar" bir biriga qarindosh aka-uka bo'ladi, ammo bu yerda mantiq yo'qolib ketadi. Xo'sh ularning yaratuvchisi kim ? Katta Xudomi? Uning o'gillari bor ekan, demak uning o'zini ham aka ukalari va otasi bo'lishi kerak? Bu mantiq degan narsani iniga kiritib tashladi. Keyingi mantiqsizlik, xo'sh quyosh mabudi, yer mabudi va yana balo battar mabudlar bo'lsa.. Savol!? Ular o'sha o'zlari bilan ataladigan narsalarni yaratganmi?
G'irt be'maniku?
Masalan avestoda aytilishicha, eng go'zal narsalarni, Ahuramazda.. Chayon, chumoli, bo'ri kabi zararli narsalarni Axriman yaratgan(mantiq level 999). Chayon eng foydali
hasharotlardan, u faqat odamga zarali. Bu esa faqat odam manfaati uchun ishlaydigan narsalar odam tomonidan o'ylab topilganiga isbot emasmi?
Dokinzni olim ekaniga shubha
qila boshladim. U yana Xristianizmga qaytdi va uni xatolarini isbotlay ketdi. Albatta u xato ekanini Alloh Taolo Qur'oni Karimda bayon etgan, Dokinzdan 1400 yil oldin.
Islomda esa hatto hayvonlar ham Allohning ummati ekanligi aytiladi. (An'om surasi. 38-oyatga qaralsin)
Islomda hayvonlarning maqsadsiz o'ldirilishi, ko'ngilxushlik uchun o'ldirishi qoralangan.
Mana nega yagona din Islom, haq din!

Monoteizm.
Dokinz janoblari endilikda Ibrohimiy dinlar, deya uchta asosiy dinni aytmoqda, ya'ni Yahudiylik, Nasroniylik, Islom.
Ammo janob Dokinz adasha boshladi. Bu uch din Xudosida odamlarga xos jirkanch hususiyatlar bor emish(Qur'onni o'qimagan). Alloh tug'magan, tug'ilmagan, u nafaqat insonlar, balki moddiyat olamidagi hech narsaga o'xshmasligi haqida bir qancha oyatlar turganda, Dokinz janoblari oddiy narsalarni tushunmay o'tdilar. Xo'sh, ular Islomni urush orqali yoyilgan demoqda, ammo ul janob bilmaydi-ki, dunyo bo'ylab dastlab sahobiylar tinch yo'llar bilan yuborilgan va ular Islom tarqatish chog'ida halok bo'lganlar, elchilar qatl qilingan. Bizni diyorlarda otashparastlar sahobiylarni o'ldirib yuborishgan, bu voqeani ortidan esa fath uchun qo'shinlar kelgan. Albatta bundan bosh maqsad imperiya tuzish emas edi, bo'lmasa eng yaxshi dastlab-ki ilm maskanlari Bog'dodda, Iroqda, Misrda bo'lmay (hozirgi)Saudiyada bo'lar edi.
Bizda esa Mamun akademiyasi bo'lmas edi.
Dokinz janoblari yana Xristianizmga qaytadilar. Menimcha, xatosi isbotlangan dinga bekor shuncha vaqt o'tkazganlar!

©Elyor Fayzulla

@Muslim_mind
👍15
#табрик

Qurbon hayit bayramingiz muborak bo'lsin!

🌙 MUSLIM MIND jamoasi, barcha musulmon ahlini muborak Qurbon hayit ayyomi bilan chin yurakdan tabriklaydi!
Xonadoningizga tinchlik, osoyishtalik, oilangizga totuvlik, dasturxoningizga qut baraka tilaymiz.
Bu oddiy bayram emas, balki barcha ezgu niyatlaringiz ushaladigan, ikki dunyo yaxshiliklari jamlangan kundir. In Shaa Allah kelgusi hayit bayramlariga ham yetib yurish nasib qilsin!

Alloh Taolo bu ummatni yana aziz va dunyoga ustoz qilsin! Amiyn Ajma'iyn!

@Muslim_mind
👍4
Bugun Imom Buxoriyning tavallud kuni!

#буйукларимиз

Bugun, 20-iyul muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning milodiy sana boʻyicha tavallud topgan kuni. Buyuk muhaddis milodiy 810-yil 20-iyul, hijriy 194-yil shavvol oyining 13 kuni Buxoro shahrida dunyoga kelgan.

Imom Buxoriy “hadis uchun tugʻilgan Allohning yerdagi moʻjizasi” deb eʼtirof etilgan.

Alloh taolo barchamizga buyuk bobomizning maʼrifatini oʻrganib, unga amal qilishni nasib etsin.

©Ixtiyor Margʻiloniy

@Muslim_mind
👍10
#назм

Buxoriy bobom.

Tushimga kiradi Buxoriy bobom,
Tur, deydi, namuncha uxlading, bolam.
Jon tikib to‘plagan hadisim o‘qi,
Sheʼr yozsang, tuzukroq satrlar to‘qi.

Muncha ham bo‘lmasang ayolingga mast,
Ayoling past qilgan xayolingga mast.
Tur, deydi, o‘rningdan, muncha uxlaysan,
Bugun yig‘lamasang, erta yig‘laysan!

Namuncha dunyoning quliga do‘nding,
Ozgina zo‘rlasa, indamay ko‘nding.
Qo‘y endi yot eldan qaxrlanishni,
Buxoriy bobom, deb faxrlanishni.

Undan ko‘ra tafsir kitoblarni tit,
Arzimas matoni egningdan irg‘it.
Rosulim, rosulim, deysanu, ammo
Amallaring riyo, ko‘zlaring aʼmo.

Qandoq manga sirdosh degaysan Bilol,
Tushingda zinolar qilsang bemalol.
Termiziy yurtida tug‘ildim, dema,
G‘amdan tashkil dunyo g‘amini yema.

Agar ajratmasang oqu, qorani,
Yodlab o‘tirmagin o‘ttiz porani.
Uzatgandi, ushlading yolg‘on qo‘lin,
Hadis o‘qib tanlading tamaʼ yo‘lin.

Chiroyli so‘zlarni chiroyli so‘zlab
Chiranding chiqolmay chiroyni ko‘zlab...
Guldan haykal bitma o‘zingga o‘zing,
Qilgan amalingga mos kelsin so‘zing,

Innamal ʼamolu binniya, debon
Xohlagan ishingga qo‘l urma, nodon.
Ushbu hadis asli maʼnosi o‘zga,
Sira ham mos kelmas sen aytgan so‘zga.

Amalga intilgin, hadislar yodla,
Tunlari gunohim ko‘p deya, dodla.
Ko‘ngling xohishini xohish, demagil,
Farqi yo‘q xoh gunoh, xoh ish, demagil.

Agar bolam bo‘lsang, bobongga mos bo‘l,
Yolg‘on tana bo‘lma, ozgina rost bo‘l.
Hech kim ko‘rmas joyda aylagin taqvo,
Sukunat riyoviy taqvodan aqvo.

Tushimga kiradi Buxoriy bobom,
Xalqimga bir so‘zni yetkazgin, bolam
Tunov kun qabrimga boribdi xalqim,
Maqsadi ziyorat qasdida balkim...

Turli marosimlar uyushtiribdi,
Yoshimni falon deb sanab yuribdi.
Yo‘q, hayxot, bu holat dinda bidʼatdir,
Bidʼatsiz yashamak chin saodatdir.

Qabrimda muqaddas narsa yo‘q aslo,
Bu holni his qilar har aqli raso.
Bu ishlar o‘rniga ahli farosat
Go‘zal hadislardan izlar nafosat.

Rosuli Akramning har bir so‘zlarin
Shior aylagay va surtgay ko‘zlarin.
Garchi ul zot uchun borim berganman
Payg‘ambar qabriga topinmaganman.

Jami qudusiyat Allohga mutlaq,
Bu yo‘ldan o‘zgasin istagan – nohaq!
Qabrimga ko‘zmunchoq kelganlar taqib
Jaholat qaʼriga ketgan uloqib.

Xalqim, turkiy zabon, istasa javob
Hadisni o‘qisin, menga shu savob!
O‘tgan kunlarini aylabon nosih,
Sahihga ergashsa hayoti sahih!!!

Tushimga kiradi Buxoriy bobom,
Ko‘chada gullabdi nihoyat bodom.
Tur deydi, bolam-a, uxlading ko‘pam,
Bugun hadisga yot men o‘sgan supam.

Borib ul supani sidirib qaytgin,
Kam sonli mo‘minga salomim aytgin.
Buxoroning nomi “bu xoro”midi,
Men ko‘rgan shahar shu Buxoromidi?

Hadis yodlovchiga sig‘magan shahar
Bugun bir hadisdan tamom bexabar.
Qizlari yalong‘och, erlari beor,
Yo o‘zgarib ketdi ilohiy shior?

Agarchi Islomning dardin yemaslar
Buxoriy nomiga haqli emaslar.
O‘zlarin Buxoriy yurtidanmiz, deb
Tanishtirmasinlar o‘zidan ketib.

Undan ko‘ra dinga bo‘lsinlar tobeʼ,
Ilohiy amrga hamisha someʼ!
Aytgan so‘zlarimga bolam, amal qil:
Shunda men ulardan rozi bo‘lgum, bil!

Istasalar ruhim bo‘lishini shod
Hadisga muvofiq kechirsin hayot!!!
Bolam, bolaginam, Turkiston kezgin,
Abu Abdullohning so‘zin yetkazgin.

©Xayrulla Hamidov

@Muslim_mind
👍7
#антиДокизм
#атеизм

Richard Dokinzning "Xudo bu hayolot" asari bo'yicha xulosalar.
(Uchinchi qism)

Agnostiklik haqida.
Janob Dokinz agnostiiklik haqida ikki og'iz gapirib o'tganlar. Ularning fikricha, agnostiklik ham ikki va undan ortiq toifaga bo'linar, balki. Ammo u agnostiklarni uncha yoqtirmasligi ma'lum bo'ldi, nega? Chunki ular, javob izlashni istaydian odamlar toifasidandir? Agnostik, "Xudo borligini ham, yo'qligini ham bilmayman" deydigan odamdir. Ateist, Xudo yo'qligiga ishonuvchi
odam. Teist esa, Xudo borligiga ishonadi. Bu uch firqa ham fan borasida hech narsaga ega emas. Fan orqali Xudo yo'qligini isbotlab bo'lmaydi, ammo uning borligiga dalillar ko'p...
Dunyoda juda ko'p mistik hodisalar bo'ladi, ammo bronta ateist ularni o'rganishni istamaydi. Chunki ular bunga ishonmaydi va bu narsaga nisbatan nafrati bor. Bu juda bolalarcha qarash. Masalan bu huddi, havoda argon gazi borligiga ishonmayman deyishga o'xshaydi. Afsuski, buni 20-asrgacha aniqlash imkonsiz edi, chunki bu uchun havoni juda past haroratgacha sovitish kerak. Men doim takidlayman va ateistlar doim aytman agar ishonmasang, men senga "kislorod bor" deb isbot qilsam ham, meni qilgan isbotimni "fake(soxta)" deya aytasan yoki G.Shtall kabi, kislorodni flogiston degan materiya edi, deb turib olasan. Chunki, men kimgadir biror narsani o'rgatishim uchun, u avvalo menga, meni dalillarimga va men o'rgatmoqchi bo'lgan narsaga ishonishi kerak, yo'qsa u o'rganish bo'lmaydi... faqat kitob varaqlashday bo'lib qoladi. Natijada
hatto Xudo borligiga dalolat qiladigan katta dalillar bilan ham, "Xudo yo'q" deb yuraverasiz. Agnostiklar ham bu borada ateitlarga yaqin. Ular hech narsani bilmaydi, izlamaydi va qiziqmaydi.
Hayotga nega kelganini tayinli sabab izlamaydigan va faqat hayvoniy extiyojini qondirib yuraveradigan odam bilan qanday baxslashish mumkin? U o'zining odam ekanini ham tan olmaydi. Odam bo'lish uchun odam tanasi kifoya emas, balki, uning izlanuvchanligi murakkab fikrlashi ham kerak.
Xo'sh matematik ateist bilan matematik maymunning nima farqi bor? farqi yo'q! Ikkalasi ham hech narsaga ishonmaydi, fanning kuchi hali yer yadro tarkibi aniqlashga yetmaydi. Hali piramida qurishga kuchi yetmaydigan fan orqali koinot yaratuvchisini rad etishda foydalanish qanchalik oqilona?

#oyat

Yoki ular hech narsadan (ya'ni, Yaratuvchisiz) yaralib qolganmilar?! Yoki ular o'zlari yaratuvchimilar?!
Yoki osmonlar va Yerni ham ular yaratganmilar?!
Yo'q, ular ishonmaslar!


(Tur surasi. 35-36-oyatlar)

©Elyor Fayzulla

@Muslim_mind
👍5🔥3
#анти_Докизм
#аиеизм

Endi biz Richard Dokkinz o'z kitobida namoyish etgan falsafa darajasining halokatli zaifligini isbotlovchi bir necha misollarni keltiramiz.

Bizning zamonamizning eng yirik analitik faylasuflaridan biri, amerikalik Alvin Plantiga (hatto uning talabalari bugungi kunda uni eng buyuk faylasuf deb hisoblanmoqda) Times uchun "Xudo bu xayolot" kitobiga berilgan bahoga ko'ra, uning fikri:

- Ushbu kitob tubdan falsafiy bo'lsa-da, Dokkinz faylasuf deb hisoblanmaydi (aksariyat falsafalar haqida aytish mumkin bo'lgan eng yaxshisini hisobga olgan holda), biolog hisoblanadi. Kitobda uning yuzaki ekanligi va uning ushbu kitobdagi falsafiy hukmlari haqida aytish mumkin bo'lgan eng yaxshi narsa shundaki, ularning darajasi zaif, birinchi kurs talabalari darajasiga teng. Aslida, uning dalillarining aksariyatini olib, universitetda falsafashunoslik fakultetida chiqish qilganida, o'sha zahotiyot muvaffaqiyatsizlikka uchrashi tayin bo'lardi. Agar bunga uning takabburligi va kitobda kuzatilgan, "Men sendan aqlliroqman" uslubini qo'shsak, unda barchasi yanada dahshatli ko'rinadi.

Toms Nagel –Nyu-York universiteti professori va zamonamizdagi ateistlarning eng muhim faylasuflaridan va Qo'shma Shtatlardagi ilm-fanning asosiy faylasuflaridan biri. U bir qator ajoyib kitoblar yozgan va fanatik ateizmdan uzoqlashishga harakat qilgan. Garchi u, "Xudoga ishonmayman, chunki unga ishonishni xohlamayman" deb tan olgan bo'lsa ham, Richard Dawkins kitobi haqida gapiradi:
- Bu kitob konstruktiv bo'lmaga yuzaki (jiddiy qarashsiz), din haqidagi kitob. Ilmiy va kosmologik dalillar o'rniga, xurofot, tarixiy, zamonaviy qo'rqinchli hikoyalar, antropologik taxminlar bilan boyitilgan. Shu tariqa Dokkinz iymonliklarni sindirib, ateistlarni ilhomlantirmoqchi. Shu bilan birga haddan tashqari darvinist va ochiqdan-ochiq ateistdir. (deyarli fanatic). Dokinz ilm fan tarixi bu yoqda tursin, falsafani tushunmasligidan uyalmay, uni bizga tushuntirmoqchi bo'ladi. Richard Dokinz o'z kitobida falsafa yoki dinning kirish qismidayoq muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. U mag'rurlik bilan, o'zi bilmagan narsani tanqid qiladi.

Ateist, biolog Allen Or.
–Hayotimda birinchi marta ontologik bahsga achinaman, ya'ni, Dokinzning ontologik misollari juda zaif. Dokinzni dalili zaifligining sabablaridan biri aniq va u falsafada unchalik yaxshi tishi o'tmasligidandir. Shubhasiz u, falsafaga tegmoqchi bo'lganida, juda ko'p muammolarga duch kelmoqda. Shuningdek, u oldindan javob tayyorlab va tayyorlagan javoblari juda zaif bolishiga ahamiyat bermaydi. Chunki uning nazlida faqat shular javob bo'ladi.
Ya'ni oldindan tayyorlagan javoblariga savol izlaydi, savollariga javob emas.

Bular, Xudoga ishonuvchi(Iymonli)lar bilan hech qanday aloqasi bo'lmagan, bir guruh faylasuflar va bir guruh ateist biologlarning guvohligidir.

@Muslim_mind
👍6
#эслатма

Bugungi musulmonlar din haqiqatlarini chuqur tushunmaganlari sababli, dushmanlariga qarshi Allohdan moʻjiza kutib yashashadi. Dushmanlarining esa kuch-quvvati ziyoda boʻlib boraveradi.
Bu soddalikdir.

Alloh azza va jalla aytadi:

Ular uchun qoʻlingizdan kelganicha kuch-quvvat va egarlangan otlarni tayyor qoʻyingiz, bu bilan Allohning dushmanini, oʻz dushmaningizni va ulardan boshqa oʻzingiz bilmaydiganlarni qoʻrqitasiz. Ularni Alloh biladir. Alloh yoʻlida nimani sarf qilsangiz, sizga toʻliq qaytarilur. Sizga zulm qilinmas”.
(Anfol surasi, 60-oyat)

Ularga qarshi sen yetarlicha qurol-aslaha va boshqa lozim narsalarni hozirlaganingdan soʻng duo qil:
“Allohim! Sen nusrat berguvchisan, Sen tavfiq beruvchisan, Sen muhofaza qiluvchisan, Sen quvvatlovchisan”.

Sabablarni goʻyo ular hamma narsadek tutish lozim. Soʻngra Allohga goʻyo sabablarning foydasi yoʻqdek tavakkul qilish kerak.
Bugun musulmonlar bu darsga kechagidan koʻra koʻproq muhtojdirlar!

© Shayx Muhammad Rotib Nobulsiy

@Muslim_mind
3🔥3👍1
#iqtibos

Qurʼonda koʻplab aniqliklar mavjud va xuddi Doktor Moor kabi, men ham buning ilohiy bir ilhombaxsh gʻoya yoki vahiy ekanligiga ishonaman.

©Dr T. Persaud.
Manitoba universiteti anatomiya, pediatriya va bolalar salomatligi, akusherlik, ginekologiya va urchitish fanlari professori.

@Muslim_mind
👍6
Live stream started
Live stream finished (1 hour)