#дарвинизм
Siz, Xudo haqida gapirishni boshlaganingizda, u (harxilist)lar tomonidan bu so’zlarga qilinadigan (johilona) reaksiyalarning biri bunday izohlanadi: Darvindan keyin Xudoning mavjudligiga kim ham ishonardi… Biz evolyutsiyaga ishonamiz!
Men bugun biologik evolyutsiya, Darvinning evolyutsion nazariyasi, asosiy dunyoviy ilm-fan tomonidan tushunilganidek, hech qanday tarzda, Xudoga qarshi dalil yoki Xudoning mavjudligini inkor etadigan narsa emasligini tushuntirmoqchiman. Aksincha men, bu to'g'ri va qabul qilinadigan ilmiy nazariyaning ba'zan Muqaddas Yozuvlarga zid kelishini ta'kidlayman. Chunki qabul qilinishi mumkin bo’lgan ilmiy nazariyalar asl haqiqatni ifodalamaydi. Chunki fan mutlaq haqiqatga davo qilmaydi.
©Ahmad Subboor
Marhamat sizdan, qilinadigan ilmiy maruza Islom, darvinizm va evolyutsiya mavzusi uchun, ozod aql va diqqatli quloq kerak.
@Muslim_mind

YouTube
Ахмад Саббур - Ислoм, Эволюция ва Дарвинизм
Kreatsionizm - Kreatsionizm (lotinchadan Creatio, genus creatis "yaratilish" dan) - diniy va falsafiy tushuncha bo’lib, unga ko'ra organik dunyoning (hayotning), insoniyatning, Yer sayyorasining, shuningdek butun olamning asosiy shakllari to'g'ridan-to'g'ri…
👍2😢1
Forwarded from Iymona's blog
Hijob
Farzkim, muslima uchun gavhari dur ul hijob
E`tiqodi, iffatidur, qalbda shuur ul hijob
Berk etib zulf-ziynatin, nomahram kishilardan
Shaytonni daf aylagan, rahmati nur ul hijob
Tabarruj qilib beor qadrin to`kma ey G`ofil!
Saqlagay dayuslikdan elga g`urur ul hijob
Demanglar oddiy mato, etmoqda erkdan mahrum,
Yo`q! Bil`aks mudofadir, aylagay hur ul hijob
Dushmani faxshdir uning, bo`lmang sharafsizlardan
Izzati dengiz misoli, qiymati-Tur ul hijob
Robbimdan kelgan oyat, aziz bo`ldi soliha
Ki, kimlarga tashakkurdir, kimga tafakkur ul hijob
Ta`rifiga so`z axtarib, kezdi sarson Iymona
Islom berdi go`zal ne`mat, etdi mag`rur ul hijob
©️Daughter of islam
Kamchilik yoki xatolari uchun uzur, to`g`risi janri nomalum, shaklan g`azalga o`xshaydi
🌝🍃🍃

❤3👍2
#fahm
Bir nasroniy jurnalist Islomni qabul qilibdi va undan doʻstlari negaligini soʻrashganda, u shunday javob beribdi:
–Isoni yerga tushishiga ishonasizlarmi?
–Ha albatta, deyishibdi.
–Agar Iso yerga tushsa cherkovga boradimi yoki masjidgami desa, cherkovga deyishibdi...
–Oʻziga oʻzi sigʻinganimi, degan ekan.
@Muslim_Mind

👍6
#hidoyatdagilar
Bir ateistni bilardim. Judayam aqlli, zoʻr inson edi. Koʻp kitob oʻqirdi. Dunyoga xirs qoʻymagan, devonasifat, tarki dunyo qilgan odam edi. Fargona viloyati kutubxonasiga 8 km dan piyoda kelardi. Kir, sochlari oʻsgan yurardi. Shox asarlarni oʻqirdi, fizikaga qiziqardi. Bir soʻz bilan aytganda oʻzini dunyosida yashardi. Bir kuni o'quv zalida unga yaqinroq borib oʻtirib , savollar berdim. Qisqa-qisqa javoblar berdi. Rusiy zabon edi. –Nasroniymisan?
–yoʻq.
–Musulmonmisan?
–Dinsizman.
–Musilmon boʻlishni hoxlaysanmi?
–Yoʻq.
–Nega?
–ehtiyojim yoʻq, manga hech narsa kerak emas. Duo qilib soʻrashga ehtiyojim yoʻq. Tavbaga ham. Hech kimga zarar bermaganman, bermayman ham.
–Din gunohkorlar uchunmi faqat, yoki biror narsa tilaydigan "tilla baliqcha"mi desam, u kuldi va men davom etdim.
–Oʻz holatingdan doim qoniqasanmi?
–Ha albatta.
–Bizda buni "Shukur" deydi dedim. Sinovlarga chidaganing esa sabr deyiladi, dedim.
–agar Alloh yoʻq boʻlsa, sanlar nima qilishasan?
–agar Alloh yoʻq boʻlsa ham biz hech narsa yutqazmaymiz. Agar Alloh bor boʻlsachi , sanlar nima qilishasan, deganimdan keyin u ancha oʻylanib qoldi...
14 kun oʻtib oʻsha oʻquv zalida uchrashdik. Man musulmon boʻldim, dedi. Sababini so'raganimda, Paygʻambar xaqida oʻqidim, savodsiz , necha asr ilgari yashagan odam, odam anatomiyasini deyarli bilgan ekan dedi. Suvni oʻtirib ichishni ahamiyatini yaqin yillarda kashf qilingan boʻlishiga qaramay, bu amalni u kishi yettinchi asrlardayoq sunnatlarida namoyon qilganlar. Masjid imomi yordamida kalima keltirdim. Odamlar tez-tez uyimga kelishib manga oziq-ovqat va pul berishadi, dedi. Bizda esa buni Alloh bergan rizq deyiladi, dedim. Unga havasim kelardi. U onadan tugʻilgandek pok boʻlganiga va Alloh uni benazar qoldirmaganiga havas qildim.
Bu xayotimda boʻlgan real voqea edi.
©Maftunaxon
#hadis
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Birortangiz tik turib suv ichmasin”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).
Doktor Abdurazzoq Kilyaniy aytadi: “Suvni oʻtirib ichish sogʻliq uchun foydalidir. Bunda insonning oshqozoni tinch va boʻshashgan holatda boʻladi, bu esa oʻz navbatida suvni oshqozonga hech qanday toʻsiqlarsiz toʻgʻri kelib tushishini taʼminlaydi. Oʻtirib ichilganda suv avval oshqozonga tushib, kislotali muhit bilan qorishadi, soʻngra organizmdagi mikroblarni tozalaydi va oʻn ikki barmoq ichakka oʻtadi. Bu inson organizmini turli kasalliklardan himoyalanashiga sabab boʻladi. Inson tik turib suv ichganda esa, suv toʻgʻridan-toʻgʻri oʻn ikki barmoq ichakka oʻtib ketadi. Bu inson salomatligi uchun zararlidir”.

👍3
#афзал_китоб
Qurʼonn matniga birinchi marta tahliliy koʻz bilan nazar tashlar ekanman, menda bu kitobga nisbatan oldindan biron-bir ijobiy qarash shakllanmagan edi. Bu kitobni zamonaviy ilm-fan maʼlumotlari bilan solishtirish uchungina Qurʼon matni bilan tanishdim, xolos. Qurʼon maʼnolari
tarjimalaridan bildim-ki, u yerda barcha turdagi tabiiy hodisalar haqida maʼlumotlar bor, ammo bu toʻliq tasavvur hosil qilishim uchun yetarli boʻlmadi. Arab tilini oʻrganib,
kitob bilan oʻsha tilda yaxshilab tanisha boshlaganimdan keyingina Qurʼon matni koʻz oldimda bor fasohati bilan namoyon boʻldi. Uni qayta-qayta oʻqir ekanman, shakllanayotgan yakuniy xulosa meni hayratga sola boshladi. Qurʼonda ilm-fan nuqtai nazaridan tanqid qilsa boʻladigan birorta ham jumla yoʻq edi.
Men xuddi shu kuzatishni keyin Eski Ahd va Injil kitoblari bilan ham amalga oshirdim va oʻz ishimda xolislikka zarracha xiyonat qilganim yoʻq.
©Morris Bukay
P.s. Moris Bukayning yahudiylik va nasroniylik kitoblari hamda Qurʼon matni ustida olib borgan akademik izlanishlari ushbu kitobda aks etgan bo'lib, Doktor Moris Bukay 1982-yilda musulmonlikni qabul qilgan. O'qing, ilmingiz ziyoda bo'lsin!

#атеизм
Fan bizni qanday paydo bõlganimizni tushuntirib berishi mumkin, ammo hech qachon nega paydo bõlganimizni tushuntira olmaydi...
©Fizik, kimyogar Alister Makgrat esdaliklaridan.
-Meni otam shifokor bo'lib onam hamshira edi . Bu meni tibbiyotga qiziqiqishimda muhim ro'l o'ynagan. Men ancha yosh vaqtimda bitta mis mikroskopda mikrozarralarni ko'rdim va men endi shifokor emas balki olim bo'lishim zarurligini tushundim. 60- yillarda men ham ko'p yoshlar qatori Xudo va din ertak ekaniga va ularning insoniyat tamadduniga jiddiy zarar ekaniga ishonib qoldim.
Men dogmatik ateizm tarafdoriga aylandim va ateistlardan boshqalarni ahmoq deb hisoblay boshladim. Men fan barcha savollarga javob berishiga ishonardim va eng yaxshi insonlar ateistlar, faqat kuchli olimlargina ateist bo'la olishiga ishonardim.
Bir kuni men eski kutubxonadan "fan va falsafa tarixi" asarini topib oldim, bu asar meni g'oyalarimni chil parchin qildi. Bu asarda fanning eng nozik joylari keltirilgan edi ya'ni nazaryalarni ishonchsizligi, kamchiliklari va o'zgaruvchnaligi va fanning o'zgaruvchan ekanligigi. keyinroq 70-yillarda men Oxfordda kimyo yo'nalishi bo'yicha stipendiyani qo'lga kiritdim.
Men Xudoga ishonish orqali jismoniy dunyoni qayta tushunish va qabul qilishni kashf etdim. Men yoshligimda juda kalta o'ylaganimni, materializm bu juda tor doiradagi narsa ekanini tushundim. Men dahriyligim Oxfordga borib yakunlandi, mening Xudoga ishonchim fanni o'rganishga halaqit bermadi balki aksincha...
Alister Makgratning "olamni kim yaratdi" asaridan.
©Elyor Fayzulla

#Ezoterika
Men doim bu dunyoda materializm qonunlarini eng muhimi deb hisoblab kelganman, ammo uncha ko'p vaqt o'tmadiki bu fikrimdan qaytaruvchi savol menda paydo bo'ldi.
Men hali ham sarhadi ma'lum bo'lmagan koinotda yashab turib, unda material jismlardan boshqasi yo'q deyishga qodirmanmi?
Ushbu savol meni qattiq o'ylantirib qo'ydi...
Rad etish orqali ko'pchilik haqiqatlarga e'tibor bermay ketgan menday ahmoq odamlar juda ko'p.
Ammo rad etishdan oldin bu haqda o'ylab ko'rish kerakligini men keyinchalik tushundim.
Hozir menga kimdir kelib 2+2=5 desa men uning gaplarini rad etmayman, balki uning gaplari qaysi mantiq qonunlariga zid va qaysi mantiq qonunlariga to'g'ri kelishini tekshiraman.
Nega endi 2+2=5 bo'la olmaydi?
Aslida hamma narsa bo'lishi mumkin chunki sonlarni odamzod o'ylab topgan. Hayotda matematika g'oyatda muhim emas aslida. Dunyoni matematika boshqarmaydi. Shunchaki siz o'sha qonunlarni o'zingizning matematika deb atalmish qolipingizga solib ko'rasiz. Biz o'zimiz yaratgan ba'zi narsalar domiga tushib qoldik. Ammo biz yaratgan hamma narsa ham mantiqli emas.
Masalan, Buyuk portlashda atom kattaligidagi zarra portlab butun koinotni paydo qiluvchi zarralar hosil bo'ladi deb hisoblaymiz. Ammo o'sha portlashni keltirib chiqargan kuch qayerdan keldi, deb savol bermaymiz...
Koinot kengaymoqda, ammo u kengayishi uchun joylashadigan qandaydir narsa borligini e'tiborga olmaymiz.
Barcha narsalarni tasodifan sodir bo'lishiga ishonamiz, ammo hayotda aniq rejaga ko'ra yashaymiz. Aslida esa tasodiflar bo'lmaydi. Faqat hodisa, uning kompanentlari va uni keltirib chiqargan kuchlar mavjud.
Umrimizni befoyda narsalarga sarflashni odat qilib olganmiz , ammo bu jonning egasi biz emas.
Bu hayotda hammamiz omonatmiz. Hech kim abadiy emas. Umrni uzaytirish mumkin ammo muqarrar o'limdan hech narsa sizni qutqara olmaydi.
Foniylik va siz, bu dunyo shu ikki asosiy narsadan iboratdir. Olamda foniylikni unuttiradigan hissiyot bu mehrdir. Bu olamga uning ne'matlariga bo'lgan mehr sizni yashashga undaydi. Aslida bu olam mehrsiz oddiygina ko'rimsiz sayyoradir.
Endi qarang sizni yashashga undab turgan narsalarni o'zi nomaterialdir.
Men nimani aytmoqchi bo'ldim? Nimanidir tasdiqlash uchun ham, uni rad etish uchun ham bizda bilim yetarli emas ekan shoshilmaylik!
Menga ba'zi odamlar: "Olamdan ma'no izlama, uni shunchaki qabul qil", deb aytishadi.
Ammo, ular bugun "fan" deb atalgan narsa aynan olamdan ma'no qidirib o'ylab topilganini tushunishmaydi va ular hayvonday o'lib ketishni afzal bilishadi. Yuksak mavjudodmiz nega aytaymi ? Chunki biz yaratuvchimizni izlaymiz, hayvonlar esa shunchaki yashaydi...

Odamlar menda doim bir narsa ko'p so'rashadi.
Xudoni biz na ko'z na texnologiyalar bilan aniqlay olmadik demak mavjud emas.
Xudoni yo'qligini isbotlash uchun oddiy bilib bo'lsa yetarli kabi iddaolar ko'p bo'ladi.
Men bugun uzoq vaqtdan beri endi post yozyabman ammo savollar 5000 yildan beri o'zgarmadi.
Insoniyat paydo bo'lganiga ancha bo'lgan bo'lsa aniq sivilizatsiyalarga bog'liq belgilar 5000 yil avvalga ishora qiladi.
Demak dastlabki qadimgi savollarga e'tibor qaratsak.
Xudoni nega ko'rmayabman.
Yunon faylasuflarning bir gapi bor:
"Inson haqiqatni sezgi a'zolari orqali idrok eta olmaydi va faqat aqli orqaligina ko'ra olishi mumkin."
Umuman bu to'g'ri falsafa deya olamiz.
Keling ozgina fanga to'xtalsak.
Ko'rish deganda nimani tushunamiz?
Ko'rish bu biron jismga quyosh nuri , oy nuri umuman nurni tushishi orqali undan qaytgan nurni ko'z orqali qabul qilishimizdir.
Ko'zimiz juda ajoyib tuzilgan avval u tasvirni teskari holda qabul qiladi so'ng to'g'irlaydi.
Ko'zimizda ko'r nuqta bor bu nuqtaga nur tushmaydi shu sabab biz ko'rayotgan tasvirda qora nuqta kabi dog' joy bor aslida. Ammo ko'rishning miyadagi markazi ko'zdan kelgan ma'lumotni qayta ishlaydi.
Bu ko'rish a'zomizning unchalik ishonchli a'zo emasligini anglatadi.
Undan tashqari men giyohvand moddalar orqali istagan vaqtim soxta tasvirlarni miyada yarata olaman. Ularni haqiqat desam neyrobiologlar hafa bo'lishi mumkin.
Demak ko'z unchalik ishonchli emas ekan.
Agar Xudo nur qaytarmaydigan bo'lsa demak hatto yoningda turgan taqdirda ham ko'rib bo'lmaydi.
U qora bo'lib ko'rinadi agar nurni yutsa. Misol uchun aytdim.
Endi texnologiyaga kelsak.
Nega texnologiya orqali aniqlay olmaymiz.
Biz biladigan texnologiyadagi parametrlarni o'sha dastlab bizni aldagan miya qabul qilishini doim unutib qo'yamiz.
Miyaning analiz sintez qiladigan zonalari odamni ba'zida dovdiratib qo'yadi.
Demak yunonlar qisman haq ekan.
Sezgilar pand beradi ammo aql emas.
Texnologiyani to'g'ridan to'g'ri miyaga ulashni yo'lini topdik ham deylik unda nima bo'ladi?
Endi Xudoning tarifiga o'tsak .
Bu falsafiy tarif.
Buni yunonlardan Aristotel aytib o'tgan.
"Olam materiya va material bo'lmagan shakldan iborat. Va bu shakl material bo'lgan jismlarni boshqaradi "
Endi bu Xudoni tarifi emas. Bu Ideal falsafaning eng klassik tarifi.
Ha falsafaga ko'ra olam material jismlardan va material bo'lmagan ideal olamdan iborat.
Texnologiyalar material tarkibli jismlarni tekshirishga moslashgan.
Ideal jismlarning tarkibi ma'lum bo'lmagani sabab ularni texnologiya orqali tekshirish imkonsiz .
Ideal jism bu Xudo deyishimiz mumkin.
Umuman Robert Anton Uilson o'zining kvant psixologiyasi asarida aytganidek
" Biz ko'rayotgan va his etayotgan o'rganayotgan jamiki narsalar neyronlarning sintezidan o'tgan ma'lumotlardir , biz qayta ishlangan axborot bilan ishlaymiz va bu olamning asl ko'rinishi emas. "
Oddiy miya haqida kitoblar o'qigan odam buni tushunib yetadi.
Hamma narsani aniqlay olmaymiz , ammo kun kelib hammasi aniqlay olamiz deydigan odam ahmoq bo'lsa kerak. Chunki kashfiyotlar doim yana boshqa jumboqlarga yo'l ochadi.
Oxiri Suqrot aytgan gap yana aktual bo'lib chiqadi.
" Hech narsa bilmasligimni bilaman , boshqalar shuni ham bilmaydi "
Menimcha ko'rish haqida yetarli tushunchaga ega bo'ldik.
Texnologiyalar borasida ham.
Ilm fan aqlni charxlash uchun zarur , shu sabab uni o'rganing azizlar.
#ақлни_ишлат
© Elyor Fayzulla

👍2
#Fahm
Qasam ichib aytaman-ki Qurʼon bu, ilm-fan bir ming toʻrt yuz yil orqada qolayotgan Buyuk Yaratuvchining soʻzlaridir.
©Kusto
Okeanshunosning mazkur soʻzlari uning AQSHdagi barcha mol-mulkidan ayrilishiga sabab boʻlgan. Chunki oʻsha davrda AQSH hukmron tabaqalari Kustoni Islom tarafida boʻlishini hech qachon hazm qilolmasdilar.
Olim lafzan iymon keltirmagan.
Ammo Islom dushmanlari uchun bunday soʻzlar uning islomga kirishidan dahshatliroq edi. Aslida olim dunyo okeanlarini kezib yurib Qurʼonni moʻjiza ekanini anglab yetgan oddiy bir dengizchi edi, xolos.

Oʻzbek yozuvchilari ateistmi?
#ақлни_ишлат
Ateistik kanallarda oʻzbek yozuvchilarini hikoyalarini, asarlaridan parchalarni post qilib, bu yozuvchi ham ateist boʻlgan yoki mana bu hikoyada Alloh yoʻqligiga ishora qilingan, din ustidan kulgan degan gʻoyani ilgari surishadi. Adabiy jamiyatda ham koʻpchilik ateist va millatchi deb tamgʻa qoʻyadigan qalami oʻtkir tanqidchi va yozuvchi Abdulla Qahhorning " Bemor " hikoyasi eng koʻp tilga olinadi, ateistik ruhdagi asar, deya. Keling, bugun mana shu mavzuga toʻxtalamiz.
Abdulla Qahhorning " Bemor" hikoyasi eng mashhur asarlaridan biri hisoblanadi. Maktab darsligiga ham kiritilgan! Kimga kerak boʻldi ekan ateistik ruhdagi hikoyani maktab darsligiga kiritish😅? Esimda, bu hikoyani adabiyot darsida oʻtganimizda oʻqib chiqgandim ilk marta. Menda iliq taassurot qoldirgan. Yozuvchining mahoratini tan olmay ilojimiz yoʻq. Aniq, qisqa, loʻnda va odamni yuragiga yetib boradigan soʻzlardan foydalanilgan. Oʻshanda oʻqituvchimiz bilan bu asarni muhokama qilganmiz. Xulosamiz shu edi-ki, bu hikoyada asl bemor Sotiboldining xotini emas, balki butun bir jamiyat. Oʻsha vaqtdagi "qoʻli kaltalik" esa Sotiboldining xotinini oʻlimiga sabab boʻlgandi. Bu ham taqdir... Ha, ana, u ayolni qizi Xudodan soʻradi duo qilib, lekin onasi oʻldi, demak Xudo yoʻq, deyishga shoshilmang, hurmatli harxilistlar))
Bunday asarlar oʻzbek adabiyotida koʻplab topiladi.
Togʻay Murodning "Oydinda yurgan odamlar" qissasida er-xotin bir umr Allohdan farzand soʻrab yashaydi. Hatto, eri Xizr alayhissalom bilan uchrashadi va bosh barmogʻini siqib farzand tilaydi. Xizr Alayhissalom esa sabr qilishini va Allohdan noumid bo'lmasligini aytadi. Lekin ular farzandsiz oʻtishadi dunyodan... Chunki asarda ikki insonning chin muhabbati aks etgandi. Bu har qanday sinovga qaramasdan bir-biriga tirgak boʻla olgan chol-kampir qissasi edi. Ular hamma murod-maqsadiga yetsa, asar bunchalik qadrli boʻlmasdi. Agar asar qahramoni boshqaga uylanganida edi, unda sizlarga yana gap topilardi😅.
Xudoyberdi Toʻxtaboyevning "Sariq devni minib" romanida ba'zi bir chalamullalarning dinni niqob qilib, oʻz manfaatiga burayotgani aks ettiriladi va bunga satirik tus beriladi. Bunga nisbatan ham janob harxilistlar "ana falon yozuvchi dinni ustidan kulib yozgan" deb, jar solishadi.
Xoʻsh, Siz qanday asarlar xohlaysiz, hurmatli harxilistlar)
Balki, bu dunyoda hammasi zoʻr, ogʻzimizdan chiqqani muhayyo, hech kim kasal ham boʻlmaydi, oʻlib ham qolmaydi, och ham qolmaydi, deyishimiz kerakdur, asarlarimizda?
Hayotiy voqealarni yozgan adiblar, shoirlar ateist degan nom olaveradimi?
Agar hamma orzularimiz ushalaversa, bu dunyoni jannat deb e'lon qilar edik! Bu dunyo jannat emas, unutmang. Aksincha jannatga eltuvchi yoʻldir!
#oyat
Yoki (ey, mo’minlar,) sizlardan ilgari o'tganlarning kuni (boshlaringizga) kelmay turib, jannatga (osongina) kiramiz, deb o'yladingizmi? Ularga balo va musibatlar kelib, shunchalik larzaga tushgan edilar-ki, hatto payg'ambar va imonli kishilar: "Allohning yordami qachon (kelar ekan)?" deganlar (betoqat bo'lishgan). Aslida esa Allohning yordami yaqindir.
(Baqara surasi. 214-oyat)
©Shahlo. Toshkent Davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti talabasi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oyat
Albatta bunda, qalbi borlarga va zehn bilan quloq osganlarga eslatma bordir.
Qof surasi 37-oyat (50:37)

👍1
Hayot va o'lim. Ajoyib tasalsul.
Bizni erkinlikdan bitta narsa to'sib turadi, bu ham bõlsa o'limdir.
Õlimni qabul qilish qiyin, ammo, siz buni qabul qilishga majbursiz.
Hayotning davomi o'limdir. Bu narsa esa, o'ziga xos paradoks. Hayot bor joyda o'lim bor. Demak, o'lim bor joyda ham hayot bo'ladi.
Siz tug'ilganingizdan boshlab o'la boshlaysiz, demak, o'lganingizdan keyin ham yashay boshlaysiz.

🥰4👍2
Suhbat Dorul islom Dorul Kufr
<unknown>
Foydali ilmiy suhbat.🔥
0:00:01 Xalifalik va Sultonlik.
0:04:48 dorul Islom va dorul kufr.
0:18:05 Abdulloh Zapalni jinniligi¹.
0:52:02 Abdulloh Zapalni jinniligi².
1:01:42 Oteyist To'lqin Qorayevni qovunlari.
01:03:40 maktab formasi va qaror haqida.
1:08:02 muhokamalar va g'iybat masalasi.
1:10:50 Shayx Ramazon Butiy o'limi.
1:18:00 havorijlarda hadis ilmi haqida.
1:22:00 Islomda qullik masalasi.

👍2🏆1
#murojaat
Azizlar, bizga qilingan ko'plab murojaatlarni inobatga olib, endilikda kanaldagi postlarni krilcha variantini postni muhokama bo'limida qo'yib borishga qaror qildik.
Xayrli bo'lsin!
---------
Азизлар, бизга қилинган мурожаатларни инобатга олиб, эндиликда каналдаги постларни крилча вариантини постни муҳокама бўлимида қўйиб боришга қарор қилдик.
Хайрли бўлсин!
Hurmat ila @Muslim_Mind jamoasi.

Somalilik bir ayol Britaniyada yashar, nihoyatda kambagʻal edi. Uning kichkina oilasi bor edi. U qiynalib qolib, yordam soʻrab, radiostansiyaga telefon qildi.
U eshittirishni Britaniyalik bir mulhid(ateist) ham eshitib oʻtirgan edi. U muslimani masxara qilmoqchi boʻlib uning manzilini aniqladi. Soʻngra kotibasidan u-bu yegulik narsa xarid qilib, berib yuborayotib, tayinladi:
–agar ovqatni kim berganligini soʻrasa , "shayton berib yubordi” degin...
Kotiba muslima ayolning manziliga bordi. Muslima nihoyatda xursand boʻldi. Kichkina kulbasiga ovqatlarni olib kira boshladi.
Kotiba: ” Bu ovqatlarni kim berib yuborganini soʻramaysizmi?“ dedi.
Muslima: ” Yoʻq, bu bilan mening ishim yoʻq. Agar Alloh xohlasa, shaytonni ham xizmatkor qilaveradi", dedi.
Bu oddiy muslima ayolning ismi Fotima edi. U, unga yordam joʻnatgan Britaniyalik ateist mutafakkir olimning musulmon boʻlishiga sabab boʻldi.

👍4🔥1
#iqtibos
Umuman olganda, Qur’onda eng zukko insonlar, eng buyuk faylasuflar va eng yetuk siyosatdonlar e’tirof etadigan donolikning bir to‘plamiga duch kelamiz... Ammo, Qur’onning ilohiy ekanligiga boshqa bir dalil ham bordir. Vahiy kelgan kundan boshlab to bugungi kunga qadar o‘tgan butun davr mobaynida uning buzilmasdan saqlanib qolganligi ayni haqiqatdir... Musulmon dunyosi tomonidan takror va takror o‘qiladigan bu kitob iymon keltirgan kishida hech qanday horg‘inlikni yuzaga keltirmaydi, aksincha, takrorlash orqali har kun yanada ko‘proq sevib boriladi. Uni tinglagan yoki o‘qigan kishida chuqur bir hayrat va hurmat hissi uyg‘onadi... Shu sababdan, Islomning buyuk va tezkor bir tarzda yoyilishiga sabab bo‘lgan narsa, birinchi navbatda, bu kitobning Allohning kitobi ekanligidadir.
©Laura Vektsiya Vagleri. "Apologie de l’Islamisme" nomli kitobidan.

👍4
"Olam tirik hayotsiz qolishi juda oson edi. Biz omadli tasodif tufayli shuyerdamiz."
©Richard Dawkins. Ateist, Biolog-evolutsionist.
Omad qanchalar ishonchli narsa?
Biz bugun omad haqida gaplashamiz.
Omad qadim zamondan beri odamlarni taqib etuvchi psixologik ertakdir.
Odamlar omad keltirishi uchun turli toshlarni , tishlarni va yana shunga o'xshash narsalar taqib yuradilar.
Aslidachi, omad mavjudmi?
Matematiklar uchun omad juda kulgili tushuncha .
Olimlar omad borasida tajribalar qilishgan.
O'zini omadli hisoblaydigan odamlar va omadsiz hisoblaydigan odamlarga latareya o'ynashni taklif qilishgan.
Ammo, afsuski omadlilar rivoyatlari parchalandi.
Omadli va omadsizlarning 9 sonli latareyada yutish extimollari bir xil nisbatni ko'rsatdi.
Bu esa, omad shunchaki psixologik tushuncha ekanini anglashga imkon berdi.
Ammo hayotda omadlar mavjudmi?
Aynan nega ba'zi holatlarni omadga to'nkashga odatlanganmiz?
Masalan, ikki odam yo'lda turgan bo'lsa bu yo'lda turgan odamlarni birini mashina urib ketdi , boshqasi omon qoldi.
Birini A boshqani B deb bilgilaylik.
Deylik A halok bo'ldi..
Ammo, nega B emas?
Bunga sabab bor deylik bunday:
1) B odam havfsiz joyda turgan
2) B odam A odamdan chaqqon bo'lgan
3) mashina aynan A odam turgan joyni nishonga olgandir.
4) boshqa sabablar, deylik.
Bunga mantiqiy taxminlar keltirdik , omad yo'q ekan, demak sabab bor.
Sabablar doim oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Ammo, nega olam yaralishida sabablar bo'lmasligi kerak?
Nega buyuk portlashni sodir bo'lishida sabablar yo'q ?
Nega ba'zi biologlar omadga ishonadi?
Men evolutsion psixologiya , kosmologiya , biologiya ga oid asarlarni yoqtiraman.
Bu kitoblarni aksar qismida ma'lum holatlar, deylik omadga taqaladi.
Masalan, tabiiy tanlanish:
Men tabiiy tanlanishga uchrab, Eshmatga aylandim.
Toshmat ham huddi mendak, ammo, u tabiiy tanlanishga uchramadi nega?
Menga qiziq tarafi bor...
Olamda oqsil birinchi yaraldimi yoki DNK mi degan savol bor edi.
Biologlar RNK deb javob berishdi.
Ammo qanaqasiga?
RNK oqsil va DNKdan kam bo'lmagan murakkablikka ega modda.
U hozirda organizmlarda faqar RNK polimeraza vositasida sintezlanadi.
Boshida u qayerdan keldi?
U omad orqali dengizda "piq" etib hosil bo'ldimi?
Bunga biologlar, "hamon tagiga yetilmagan sir", deb qarashmoqda.
Nazarya isboti RNKli viruslar ekan.
Qiziq tarafi virus o'zi parazitlik qiluvchi organizmsiz mavjud bo'lolmaydi.
Shu sabab u hujayra genetik elementi deb ataladi.
Fandagi nazaryada hujayralar bilan birga kelib chiqqan.
Ammo endi mavzu boshiga qaytsak...
Demak omad, mavjud bo'lmagan narsa.
Shaxsan men, sabablarsiz hech narsa mavjud bo'lmasligiga ishonaman. Doim sabablar bor, ular doim mavjud.
Evolutsion bir kitobda Butlerovni suniy shakar olganini (aldegiddan)
Abiogen usul bu iloji bor narsa ekanligi isbotlandi, deb qo'yganini ko'rdim.
Ha, Butlerov u yerda nima vazifani bajargan?
U jarayonni nazorat qildi , olib bordi.
Bu yerda Butlerovni omad deb atash mumkindir, balki?
Ammo dastlabki hujayra yaralishi uchun mos sharoit , oziqlar , muhit qanday sodir bo'ldi?
Tasodifmi?
Tasodif deb ataladigan tushuncha bu, aslida biga ma'lum bo'lmagan kombinatsiyaning nomidir.
Omad bo'lmas ekan, tasodiflar haqida gapirish kulgili bo'ladi.
Manbalar
#Oyat
Balki ular, hech narsadan hech narsa yo'q, o'zlari yaralgandirlar?!
Yoki ular yaratuvchilarmi?
Yoki osmonlar va Yerni ham ular yaratganmilar?!
Yo'q, ular ishonmaslar!
(Tur surasi. 35-36-oyatlar)

👍3😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ақлни_ишлат
Azizlar, biz Xudoni nima uchun ko‘z bilan ko‘rolmasligimiz va texnologiya bilan aniqlay olmasligimiz haqida video tayorladik va e'tiboringizga taqdim qilamiz.🔥
Video matni muallifi: Elyor Fayzulla.
Video muallifi va ovozlashtiruvchi: Abdurahmon Production.

👍10