IQROR
#шер
Moʻminlik nimadir, musulmonlik ne,
Oʻylab koʻrmadik hech, koʻngilchogʻ boʻldik.
Sharaf ne unutdik, qahramonlik ne,
Kimlarning qoʻlida oʻyinchoq boʻldik.
Keling, rost boʻlaylik, bu zoʻr yoʻl, demang,
Manov oʻynatuvchi menga qoʻl, demang.
Shuncha tomoshabin, qoʻying, aldamang,
Sahnada aynan biz qoʻgʻirchoq boʻldik.
Abo Bakrlarni ardoqlagancha,
Buyuk mashvaratin ortiqlagancha,
Moziy kitobini qoʻltiqlagancha
Asotir ilkida ovunchoq boʻldik.
Tan bering, dil uchun taʼqib qoʻyilgan,
Buyuk taʼlimotlar yoqib qoʻyilgan –
Dinimiz boʻyniga taqib qoʻyilgan
Yolgʻon asraguvchi koʻzmunchoq boʻldik.
Endi yashayapmiz xitoblar bilan,
Ertakka aylangan kitoblar bilan.
Qiyos aylasangiz asʼhoblar bilan,
Boʻridan tugʻilgan qoʻzichoq boʻldik.
Aka-uka edik bir-birimizga,
Bugun begonamiz taqdirimizga.
Oh, isnod tegishli har birimizga –
Bedastu bebagʻr, bequchoq boʻldik.
Suyanib sharafdor, sobiq u kunga,
Obroʻ topayapmiz asli tekinga.
Yashamoq navbati kelsa bugunga,
Keling, tan olaylik, erinchoq boʻldik?!
Tushuning, u – tarix, qaytmagay aslo,
Kelib fath qoʻshigʻin aytmagay aslo.
Sharaf quyoshimiz botmagay aslo
Magarki oʻtmishga yalinchoq boʻldik.
Qachon hamma bilgan shartga qaraymiz –
Ortga yoʻl yoʻq, debon ortga qaraymiz,
Koʻmilib tugagan yurtga qaraymiz,
Yurtsiz va yupunsiz shahanshoh boʻldik.
Yomonlash urf bugun bechora gʻarbni,
Bizga koʻzgu tutgan hazora – gʻarbni...
Toʻgʻri, tan olishlik ogʻirdir aybni –
Oʻzlikka qaytolmas bir qochoq boʻldik.
Amallar bisyordir, savob topilmas,
Nedir sharaf uchun sabab topilmas.
Savollar yogʻilgan... javob topilmas,
Judayam, judayam erinchoq boʻldik.
©Xayrulla Hamidov
#nazm
@Muslim_mind

👍5🔥1
DEBAT
#ақлни_ишлат
#атеизм
Ateist va Nasroniy,
Ateist va Musulmon,
Ateist va Creationist,
Ateist va Ateist (Positive atheism vs Negative atheism)
…
va boshqa versus debatlarni ko'rganman. Bir paytlar bu qaysidir ma'noda hobbyimga ham aylangan edi. YouTube taklif qilgan Abror Muxtor Aliy ga qarshi boshqa ateistlar o'rtasidagi baxsni ko'rib, ta'limdagi muammo umumiy ekanligini o'zim uchun xulosa qildim.
SAVIYA
Aksar o'zbek ateistlarning (kuzatganlarim va bahsda fikr bildirgan) Darvinizm haqidagi fikrlari tarqoq. Dinlar tarihi va umumiy moral haqidagi ayrim fikrlarini esa mashxur ateistlar (Dawkins, Hitchens va boshqalar) ham inkor qiladi.
O'zbek ateistlar o'rtasidagi bilim (tarih, mantiq, solishtirma dinlar, va sotsiologiya), bahs etikasi - madaniyat va umumiy dunyo qarash haminqadar, nari borsa 1 yoki 2 manbaa natijasida yuzaga kelganini ko'rdim.
SABAB
Ateistlikni bular "Xudo bormi yoki yo'q?" degan mantra orqasidan izlanib emas, balki hayotdagi muammolarga mantiqiy yechim topa olmasdan, kimnidir aybdor qilish orqali yoki o'zining joriy hayot tarziga tushuntirish izlash oqibatida topganini anglash qiyin emas.
Deyarli kuzatgan barcha o'zbek ateistlarimda kredo, ya'ni dinning umumiy nazariyasini akademik tomonidan o'rganmasdan (tarih, manbaa tomonidan), udumlar va dinga ergashuvchilar harakati orqali baholash biasi mavjud ekan.
SHAXSIY QARASHLARIM
Akademik debat - dindor va ateist uchun foydali ammo tomonlar obyektiv qarashlar bilan darajalar teng bo'lib (manbaa borasida) bahsga kirishsa. Bu juda qiyin. Agar facebookdagi do'stlarim orasida ateistlar bo'lsa, yuqoridagi fikrlarimga qarshi qarashlari mavjud bo'lsa, shaxsi sir qolgan holda, suhbat ommaga chiqarilmaslik vadasi bilan, gaplashishim mumkin.
©Xurshid Maroziqov–Fikrbank.

👍6
#iqtibos
Qurʼondan haqiqiy astronomik faktlarni topganimdan juda hayratda ekanligimni aytmoqchiman va bizning nazarimizda zamonamiz astronomlari koinotning juda kichik bir qismini tadqiq qilayotgan koʻrinadi. Biz oʻz harakatlarimizni juda kichik bir qismni tushunishga qaratmoqdamiz. Chunki, teleskoplardan foydalanib, butun koinot haqida oʻylamasdan osmonning faqat eng kichik qismlarinigina koʻra olamiz.
Shu sababdan, Qurʼonni oʻqish orqali va undagi maʼlumotlarga javob topish orqali, men koinotni oʻrganish uchun oʻz kelajak yoʻlimni topa olaman, deb oʻylayman.
©Professor Yushidi Kusan. Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan Tokio rasadxonasi direktori.

👍2🔥1
Evolutsiyaga qaramlik yoki Din.
#дарвинизм
Eslatib o’tganimday, Darvin evolutsion nazariyasi juda noyob. Noyobligining sababi shundaki, u ilmiy asoslangan nazariyadan siyosiy, ahloqiy va diniy tizimga aylangan jahon tarixidagi yagona ilmiy nazariyadir.
Balki o’ylayotgandirsiz, u qanday qilib diniy tizimga aylanib qoldi?
Birinchidan din deganda Xudoga ishonchdan ko’ra ko’proq narsani tushunish mumkin.
Masalan buddizm din bo’lishiga qaramay, aksariyat buddaviylar Xudoga ishonmaydi.
Maykl Rouz, u fan faylasufi. U daxriy. U ikki yarim yil oldin Oksford universitetida nashr qilingan “Darvizinizm misoli din” nomli kitob yozgan. Va u ta’kidlaydiki, eng boshidan boshlab, darvin evolyutsiyasi nazariyasi dahriylik dunyoqarashiga mos kelganligi sababli u ateistik diniy turga aylanib qoldi. Mafkuraning ateistik ko’rinishi.
Julian Haksli. Juda katta va ahamiyatli evolyutsiyachi biolog va faylasuf. O’ta ketgan daxriy. U o’zining 1927 yilda yozilgan kitobi, siz bu paytda hali tug’ilmagandingiz… Xullas Julian Haksli “Vahiysiz din” kitobini yozdi. Shu kitobda aytadi-ki, bizda butun odamzot uchun mavjud bo’lgan yangi din paydo bo’ldi. Men uchun siz uchun hech qanday vahiysiz. Ya’ni bu dinda Xudo kerak emas. Bu dunyoviy din.
Va u odam dunyoviy dinni evolyutsion gumanizm deb hisoblagan. Ya’ni siz umringizni Xudosiz yashab o’tishingiz mumkin. Siz axloqni evolyutsiyadan olishingiz mumkin va hokazo. U buni aniq ifodaladi. XX asrning evolyutsion biologiyasidagi asosiy figuralaridan biridir. U BMTning ilmiy ta'lim va madaniy sohadagi tashkiloti YuNESKOning birinchi prezidenti bo'lgan. Bu esa sizga ta’sir qilish uchun, barchangizga ta’sir o’tqazish uchun, uning ilmiy ma’noda juda kuchli pozitsiyasi bo’lganligini bildiradi. U Darvin evolyutsiyasiga asoslangan ushbu diniy harakatni boshqarishda jonbozlik ko’rstagan jangari ateist edi.
XX asrning saksoninchi yillaridagi eng mashxur kitoblardan biri - “Ko'zi ojiz soatsoz”. Richard Dokinz, yana bir e’tiborli Daxriy, o’sha kitobida qiziq bir narsa yozadi.
"Darvin bizga intellektual jihatdan mamnun ateist bo’lish imkonini berdi."
Endi aniq ko’ryapsizki, ushbu ta’kidda noto’g’ri narsalar ham bor. •Birinchidan bu ilmiy ta’kid emas. •Ikkinchidan esa agar Darvin haqida u bu narsa bilsangiz, unda u hech qachon intellektual jihatdan mamnun daxriy bo’lganligiga ishonmaysiz ham. U hech qachon ateizm bilan kifoyalanmagan. •Uchinchidan esa siz aytishingiz mumkin, agar kimdir shaxsiy fikriga ko’ra, uning dunyoqarishiga mos kelgani uchun biron bir g’oyani qo’llab quvvatlasa, bu uning tarafkashligini va ushbu o'ziga xos nazariyaga qaramligini anglatadi.
©Ahmad Subboor.
Islom, evolutsiya va Darvinizm maruzasidan olindi.

👍9🔥2❤1
Azizlar bugun soat 21:00 da ovozli chat tashkillashtiramiz, In Shaa Allah.
Bugungi spiker Jahongir aka Ostonov bo'ladilar.
Mavzu: Tolibon.
Mavzu doirasida savollaringizni botga yoki shu postni muhokama bo'limida yozishingiz mumkin.
Eslatma: Suhbat yozib olinadi.

👍3
Jahongir ostonov bilan suhbat
Muslim Mind
#ovozli_chat
Tolibon🔥
00:04:48 Afg'oniston tarixi.
00:13:28 Afg'oniston mustaqilligi.
00:18:01 Revolutsiya va monarxiya tugatilishi. Ilk parlamentar tizim o'rnatilishi.
00:19:45 Mamlakatga Komunizm va g'arbona g'oya kirib kelishi va qarshiliklar.
00:22:53 Komunizmga qarshi urush va uning tugatilishi. Afg'oniston Islom davlati tiklanishi.
00:23:53 hokimiyat talashish va Tolibonni vujudga kelishi.
00:27:00 Konstitutsion boshqaruv davrida dinni o'rni va markazlashganligi.
00:35:58 Tolibon kimlar, qanday tashkil topdi va maqsadi nima?
00:46:46 Tolibon davridagi ijtimoiy vaziyat.
00:53:00 Sentabr voqealari va Tolibonni tugatilishi.
00:55:14 Tolibon rahbatiyati tarkibi.
00:59:55 IShID va Tolibon o'rtasidagi farqlar. Tolibonning ayollar huquqlari masalasiga munosabatini iqtisodiyotiga ta'siri.
01:07:41 Tolibon, o'zbeklar uchun qanday xavf va qanday manfaatlar bo'lishi mumkin?
01:13:55 Avvalgi va hozirgi Tolibon.
01:18:40 Sobiq hukumat qaytish ehtimoli haqida.
01:21:19 Tolibonga nisbatan simpatiya
@muslim_mind

#hidoyatdagilar
Assalom aleykum va rahmatullohi va barakotuh.
Men o‘tkan yili yoz oylarida ijtimoiy tarmoqlarda ateistik postlarga ko‘zim tushib qoldi. Meni hayron qoldirgan narsa bu postlar o‘zbek tilidaligi edi. Undan avval ham ateizm va boshqa dinlardan xabarim bor edi. Ammo o‘zbek tilidagi ateistik postlarni uchratish men uchun yangilik edi. Bu postlarda asosan din ustidan kulishardi. Avvaliga bu narsalar meni jahlimni chiqardi, lekin keyinchalik qalbimga shubha urug‘ini sochdi. Kuzning oxirlariga kelib esa o‘zimni deist deb hisoblay boshladim. Ateist bo‘lmay deist bo‘lganimga sabab esa ich-ichimdan Xudoni borligini sezardim, shunday katta koinot sayyoralarni yaratuvchisi bo‘lishi kerak deb o‘ylardim. Qish va bahor oylarida bo‘lsa barcha diniy va ateistik kanallarni o‘chirib tashladim. Umuman bu narsalardan uzoq bo‘lmoqchi edim. May oyining oxirlarida esa ba'zi guruhlarga kirdim. U yerda ateistlar va dindorlar baxslashar, ateistlar dindorlarni ustidan kulishardi va o‘zim ham ularga qo‘shilib dinning ustidan kuldim(qattiq afsusdaman). Keyin esa menga shu guruhdagi bir musulmon yozdi, u ham sobiq ateist ekan. To‘g‘risi o‘sha paytda menga uning sobiq ateistligi g‘alati tuyulgan, chunki ateizmdan ortga yo‘l yo‘q deb hisoblardim. Men undan nima sababdan Islomga qaytganini so‘radim va agar yetarlicha dalil isbot bo‘lsa men ham Islomga qaytishimni aytdim. U menga Qur‘onda: "Biz osmonni kuch qudrat ila barpo etdik va darhaqiqat, Biz uni mutassil kengaytirib boruvchimizdir" (Zaariyat surasi, 47-oyat) deyilgan va koinotning kengayib borishi fanda ham isbotlanganini aytdi. Men esa uning bu gaplariga qarshi argumentlar qidirardim va bu oyatda osmon deyilgan koinot emas deb bu dalillarni rad etdim. Ammo shu kundan boshlab din va fan haqida ko‘roq ma‘lumotlar o‘qidim, izlandim. Iymonga kelishimga turtki bo‘lgan yana bit oyat "Alloh yetti osmonni va yerdan ham o‘shancha miqdorni (yetti qavatni) yaratgan zotdir. (Allohning) amri (farmoni) ularning (osmon va Yer) o‘rtasida nozil bolib turar. Toki sizlar Allohning barcha narsaga qodir ekanini va Alloh barcha narsani (O‘z) bilimi bilan ihota qilib olganini bilishlaringiz uchun (U shunday qildi). (Taloq surasi, 12-oyat) va fanda ham yerning yetti qatlamdan tashkil topganligi aytilgan. Bu oyatni o‘qiganimda men uni rad etishga qarshi argument topolmadim. Keyin Youtubedagi Dorul Islom kanalidagi videolar ham islomga qaytishiga turtki bo‘ldi.
Avvalo hidoyat Allohdan.
©Anonim muslima.

👍4🏆2
Forwarded from 𝗞𝗔𝗞𝗧𝗨𝗦𝗖𝗛𝗜𝗟𝗔𝗥🌵
Ислом дини 8 соат ухлаш ҳақида қандай фикрда?
8 соат ухлашнинг олимлар келтирган фойдаларига ишонмаган бўлишингиз мумкин. Келинг, бу борада дин нима дейишини кўриб чиқамиз.
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратларининг "Мукаммал саодат йўли" китобида бундай гаплар боради:
"Уламоларимиз ухлаш борасида ҳам бир қанча тавсияларни айтганлар. Имом Ғаззолий (р.а.) бу борада жуда нодир тарзда ажойиб фикрларни баён қилганлар.
«Билки, бир кеча-кундуз 24 соатдан иборатдир. Унинг учдан бирида, яъни 8 соат ухлаш мўтадилликдир. Ким бундан оз ухласа, бадани учун изтиробдан омон бўла олмайди. Ким бундан кўп ухласа, дангасалиги зиёда бўлади. Кечаси етарли ухлаган киши кундузи ухламайди. Кечаси уйқуси кам бўлган одам наҳорда камини тўлдириб олади»".
P.S. Агар уйқудан қўшимча фойда олиш ниятида уни ибодатга ҳам айлантирмоқчи бўлсангиз, "Мукаммал саодат йўли" китобидаги уйқуга доир бобни ўқиб чиқишни тавсия қиламан.
@suqrot17

👍9❤1
Ilm o'rganish orqali biz, Allohning qudratini his etishimiz haqida.
#илм_ол
#ақлни_ишлат
Bugun biz bu olam haqida ancha ma'lumotlar to'plamoqdamiz, ammo to'playotgan bilimlarimizning kamligi bizni orqaga tortmayabdi, aksincha, bu bizga motivatsiya bo'lmoqda. Olimlar izlanishdan charchamayabdilar.
Koinot kengaymoqda...
Fizik olimlar koinot kengayishi va gravitatsiya o'rtasida bog'liqlikni aniqlashdi. Bu bog'liklik koinotdagi hayotning garovidir deydi fiziklar. Olamda kengayishni nazorat qiladigan kuch borki , biz bu kuchi qora materiya deb ataymiz. Biz ko'ra oladivan koinotning 23% i qora materiyadan iboratligi aniqlandi.
Ammo hozircha olimlar bu materiyaning tarkibini aniqlay olishmayabdi.
Ammo biz olimlarga ishonamiz Allohni irodasi ila ular tez orada buni aniqlaydilar degan umiddamiz. Biz ko'ra oladigan koinotning 4% i gina o'rganilgan ekanligi olamning qanchalar sirli bo'lib qolayotganini anglatadi menimcha.
Fan hech qachon to'xtamaydigan soxadir. U doim rivojlanadi va insonlarga foyda keltiradi. Islomda ham ilm olish kerakligi aytiladi.
Ilm olish nafl namozidan afzal, farz darjasida kabi gaplarni albatta uchratganmiz va bu bejizga emas. Ilm o'rganish orqali biz Allohning qudratini his etamiz va jamiyatga yanada foydali shaxs sifatida namoyon bo'lamiz.
U zot yaratgan mo'jizalar ko'lamini anglashda bizga fan katta yordam beradi. Odam tanasining naqadar murakkabligini o'rganish orqali bunday murakkablik o'z o'zidan paydo bo'lib qolmaganini anglamiz.
Biolog Nik Leynni "Imkon bor" asarida juda ajoyib gap aytgan:
"Biz g'ishlarni bir joyga qo'yib kutish orqali uy qura olmaymiz".
Albatta bu rost gap. Biz atomlarning tiriklikni hosil qilish uchun qanday kombinatsiyada yig'ilishini bilamiz ammo nega bu kombinatsiya amalga oshishini aniqlash muammo.
Shunday ekan to'g'ri bilim bizni yaratganga tomon eltadi, deya olamiz.
Shunday ekan biz o'z oldimizga eng katta maqsad sifatida fanni o'rganishni qo'ymas ekanmiz iymonimiz mustahkam bo'lmaydi.
#Oyat
Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko'tarur. Alloh
qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
(Mujodala surasi. 11-oyat)
©Elyor Fayzulla

👍7
Ey insonlar! Siz qay zamon tugashi sizga noma’lum bir umr ichida kun va tunlaringizni o‘tkazmoqdasiz. Agar ko‘lingizdan kelsa, bu hayotingizni solih amallar bilan o‘tkazing. Buni ham faqat Alloh taoloning yordami bilan amalga oshira olasiz. Ajalingiz sizdan ishlash fursatini olib qo‘ymasdan turib, imkoniyatlaringizni ishga soling, xayrli amallarga shoshiling. Zero, ajallarini unutgan, amallarini boshqalarga tashlagan kimsalar ham bordir. Zinxor ular kabi bo‘lmang. Tezrok bo‘ling, gaflatda qolmang... Yashayotgan kishilarga emas, o‘lganidan so‘ng ular ortda qoldirayotgan go‘zal narsalarga havas qiling!
©Abu Bakr Siddiq Roziallohu Anhu
@Muslim_mind
©Abu Bakr Siddiq Roziallohu Anhu
@Muslim_mind
👍2
Ustoz
Dindor va dinsiz
#ovozli_chat
🔥Shubuhotlarga javoblar!🔥
0:01:44 nega payg'ambar alayhi salamga xazinani qaydaligi vahiy qilinmagan?
0:06:39 Qur'onda 25ta payg'ambar zikr qilingan bo'lsa, 124000 payg'ambar haqida nima bilamiz?
0:15:15 Ahli fitrat haqida.
0:16:50 "Alloh bilishi uchun"ga izoh.
0:21:44 Islomda ayollarning uyda o'tirishi haqida.
0:25:16 Islomda hijob masalasi va jamiyat.
0:28:35 hamma e'tiqod vakili o'zini haq deb bilgan masalaga izoh.
0:30:15 mushriklarni o'ldirish, yahudiy va nasorolarni do'st tutmaslik va tavba surasi 123-oyat haqida.
0:41:56 Islom va Samarqand.
0:49:26 Islom dinining yo'q bo'lib ketmaslik siri.
1:13:20 Darvinizm va siyosat.
1:25:00 kiyimga tegib qolgan maniy(hadisdan)
1:32:00 Tolibon.
1:41:28 Rosulollohni dadalari haqida.
1:44:21 Allohning yer yuziga tushishi.
1:50:11 namoz o'qimasa urish haqida.
1:52:44 Qadar haqida.
2:05:24 Dajjol haqida.
2:09:05 "Dahaha" haqida.
2:16:38 masihiyani savoliga javob.
2:19:10 Taloq masalasi.
2:25:35 Ateistlar dinimizni so'ksa..

Dindor va dinsiz – Ustoz
#эслатма
Tolibon mavzusida adashib Saddam Husayn Qatarni bosib olishi bilan urush boshlangan devordim. Aslida Quvayt edi, deydilar ovozli chatdagi moderator Elyorbek.

Siz, Xudo haqida gapirishni boshlaganingizda, u (harxilist)lar tomonidan bu so’zlarga qilinadigan (johilona) reaksiyalarning biri bunday izohlanadi: Darvindan keyin Xudoning mavjudligiga kim ham ishonardi… Biz evolyutsiyaga ishonamiz!
Men bugun biologik evolyutsiya, Darvinning evolyutsion nazariyasi, asosiy dunyoviy ilm-fan tomonidan tushunilganidek, hech qanday tarzda, Xudoga qarshi dalil yoki Xudoning mavjudligini inkor etadigan narsa emasligini tushuntirmoqchiman. Aksincha men, bu to'g'ri va qabul qilinadigan ilmiy nazariyaning ba'zan Muqaddas Yozuvlarga zid kelishini ta'kidlayman. Chunki qabul qilinishi mumkin bo’lgan ilmiy nazariyalar asl haqiqatni ifodalamaydi. Chunki fan mutlaq haqiqatga davo qilmaydi.
©Ahmad Subboor
Marhamat sizdan, qilinadigan ilmiy maruza Islom, darvinizm va evolyutsiya mavzusi uchun, ozod aql va diqqatli quloq kerak.

YouTube
Ахмад Саббур - Ислoм, Эволюция ва Дарвинизм
Kreatsionizm - Kreatsionizm (lotinchadan Creatio, genus creatis "yaratilish" dan) - diniy va falsafiy tushuncha bo’lib, unga ko'ra organik dunyoning (hayotning), insoniyatning, Yer sayyorasining, shuningdek butun olamning asosiy shakllari to'g'ridan-to'g'ri…
👍2😢1
Forwarded from Iymona's blog
Hijob
Farzkim, muslima uchun gavhari dur ul hijob
E`tiqodi, iffatidur, qalbda shuur ul hijob
Berk etib zulf-ziynatin, nomahram kishilardan
Shaytonni daf aylagan, rahmati nur ul hijob
Tabarruj qilib beor qadrin to`kma ey G`ofil!
Saqlagay dayuslikdan elga g`urur ul hijob
Demanglar oddiy mato, etmoqda erkdan mahrum,
Yo`q! Bil`aks mudofadir, aylagay hur ul hijob
Dushmani faxshdir uning, bo`lmang sharafsizlardan
Izzati dengiz misoli, qiymati-Tur ul hijob
Robbimdan kelgan oyat, aziz bo`ldi soliha
Ki, kimlarga tashakkurdir, kimga tafakkur ul hijob
Ta`rifiga so`z axtarib, kezdi sarson Iymona
Islom berdi go`zal ne`mat, etdi mag`rur ul hijob
©️Daughter of islam
Kamchilik yoki xatolari uchun uzur, to`g`risi janri nomalum, shaklan g`azalga o`xshaydi
🌝🍃🍃

❤3👍2