Mushtariy Developer | Blog
40 subscribers
56 photos
17 videos
13 links
•Frontend 👩🏻‍💻
•Backend ⚙️
•Github
•Web developing 💻
•coding 🗂
•marketing 📈
•React ⚛️

Savol va takliflar uchun @yourmushtar1y

"Front-end magic, back-end logic."
Download Telegram
🎨 CSS Colors – Ranglar bilan ishlash
CSS da ranglar bilan ishlashning bir nechta usullari mavjud. Har bir usul o‘ziga xos va turli maqsadlarda qo‘llaniladi.

1️⃣ Rang nomlari (Color Names)

"red", "blue", "green", "purple" va boshqa standart rang nomlari.

💡 Misol:
h1 {
color: blue;
}


2️⃣ HEX KODLAR (Hexadecimal Colors)

🔹 #RRGGBB formatida, har bir juftlik qizil, yashil va ko‘k (RGB) rang qiymatlarini bildiradi.

🔹 #000000 – qora, #FFFFFF – oq.

🔹 Qisqartirilgan format: #FFF (oq), #000 (qora)

💡 Misol:

p {
color: #ff5733; /* To‘q apelsin rangi */
}


3️⃣ RGB va RGBA (Red, Green, Blue, Alpha)

🔹 RGB – rgb(255, 0, 0) – qizil
🔹 RGBA – rgba(255, 0, 0, 0.5) – shaffof qizil

💡 Misol:
div { background-color: rgba(34, 193, 195, 0.5); /* Yarim shaffof */
}


4️⃣ HSL va HSLA (Hue, Saturation, Lightness, Alpha)

🔹 HSL(0-360, % to‘yinganlik, % yorqinlik)
🔹 HSLA() versiyasida oxirgi qiymat shaffoflik uchun.

💡 Misol:
button {
background-color: hsl(200, 100%, 50%); /* Yorqin moviy*/
}

💡 Ranglarni tanlashda UX dizayniga e’tibor bering!
👍4🔥3👏1🎉1
🖼 CSS Background – Fon bilan ishlash

CSS da background xususiyati yordamida elementlarning orqa fonini sozlash mumkin. Keling, eng asosiy xususiyatlarni ko‘rib chiqamiz:

1️⃣ Background Color – Orqa fon rangi

🔹 Elementning fon rangini o‘zgartirish:
body {
background-color: lightblue;
}


2️⃣ Background Image – Fon rasmi

🔹 Elementning orqa foniga rasm qo‘yish:

div {
background-image: url('background.jpg');
}

3️⃣ Background Size – Rasm o‘lchami

🔹 Rasmni ekranga moslashtirish yoki qay tarzda ko‘rsatishni sozlash:

div {
background-size: cover; /* Butun ekran bo‘ylab */
}

cover – ekran to‘liq qoplanadi.
contain – rasm o‘z o‘lchamini saqlaydi.

4️⃣ Background Position – Rasm joylashuvi

🔹 Fon rasmi qayerda joylashishini belgilash:
div {
background-position: center center;
}

top left, bottom right, center kabi qiymatlar ishlatiladi.

5️⃣ Background Repeat – Takrorlanish
🔹 Rasmning takrorlanishiga ta’sir qiladi:

div {
background-repeat: no-repeat;
}

repeat – takrorlanadi.
no-repeat – takrorlanmaydi.
repeat-x yoki repeat-y – faqat gorizontal yoki vertikal takrorlanadi.

6️⃣ Background Attachment – Harakatlanish

🔹 Foydalanuvchi skroll qilganda fon rasmning harakatlanishini belgilaydi:

div {
background-attachment: fixed; }

fixed – fon harakatsiz qoladi.
scroll – sahifa bilan birga harakat qiladi.

💡 Fonni to‘g‘ri sozlash UI/UX dizaynda juda muhim!

Keyingi post – CSS Box Shadow haqida! 🚀
👏3🔥2🎉21👍1
📦 CSS Box Shadow – Soyalar bilan ishlash

CSS da box-shadow xususiyati yordamida elementlarga soya berish mumkin. Bu elementlarni yanada chiroyli va chuqurroq ko‘rinishda chiqarishga yordam beradi.

1️⃣ Oddiy soya berish
🔹 Eng sodda ko‘rinishdagi soyani yaratish:
div {
box-shadow: 5px 5px 10px gray;
}


🔹 Bu yerda:
5pxX o‘qi bo‘ylab siljish
5pxY o‘qi bo‘ylab siljish
10pxTumanlik (blur)
graySoya rangi

2️⃣ Tarqalgan (spread) soya
🔹 Soyani element atrofida kengaytirish:
div {
box-shadow: 5px 5px 10px 5px black;
}

Oxirgi qiymat (5px) – soyani qancha tarqalishini belgilaydi.

3️⃣ Ichki soya (Inset Shadow)

🔹 Ichkariga tushuvchi soya yaratish:
div {
box-shadow: inset 5px 5px 10px gray;
}


inset – soyani ichkariga yo‘naltiradi.

4️⃣ Bir nechta soyalar

🔹 Bir nechta soyalarni bir vaqtning o‘zida ishlatish mumkin:
div {
box-shadow: 5px 5px 10px gray, -5px -5px 10px lightgray;
}


Vergul orqali ajratilgan har bir box-shadow alohida ishlaydi.

💡 Box-shadow UI elementlarini aniqroq ko‘rsatish uchun juda foydali!
👍6🔥1
✍️ CSS Text Shadow – Matnga soya berish

Matnni yanada chiroyli ko‘rsatish uchun text-shadow xususiyatidan foydalaniladi. Bu matn atrofida soya hosil qiladi.

1️⃣ Oddiy text-shadow
h1 {
text-shadow: 2px 2px 5px gray;
}


Bu yerda:
🔹 2px – gorizontal siljish
🔹 2px – vertikal siljish
🔹 5px – tumanlik darajasi
🔹 gray – soya rangi

2️⃣ Rangli soya bilan o‘ynash
p {
text-shadow: 1px 1px 3px red;
}


🔸 Ranglar matnni yorqinroq yoki chuqurroq ko‘rsatadi.

3️⃣ Bir nechta soya qo‘llash
h2 {
text-shadow: 2px 2px 4px blue, -2px -2px 4px green;
}


🔹 Har bir soya vergul bilan ajratiladi
🔹 Har xil yo‘nalishdagi soyalar dizaynga ko‘rk beradi

Bonus: text-shadow effektlari bannerlar, logolar, sarlavhalarda ko‘p ishlatiladi.

Keyingi post: Gradient – o‘tish ranglari haqida! (Background gradient)
👍4🔥3🤯2👏1
Hayrli tong 🌞
🔥4👏32🥰1
Forwarded from Webmakon | AI
#kimiai #deepseek

Xitoyliklar yangi DeepSeek ya'ni Kimi k1.5 neyron tarmog‘ini taqdim etishdi va u barcha uchun bepul.

- 50 tagacha (!) faylni yuklash imkoniyati bor va neyron tarmoq hammasini qayta ishlaydi;
- Darhol qidiruv va "fikrlovchi rejim" mavjud - sun’iy intellekt barcha dolzarb ma’lumotlarni biladi va matematik masalalarni a’lo darajada yechadi;
- OpenAI o1 testlarida yuqori natijalarni ko‘rsatmoqda;
- 200 000 ta belgilik ulkan kontekst oynasiga ega.


@webmakon
🥰5🤯2🎉1🐳1
Eid Mubarak 🌙
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉8🔥2
Eid Muborak
🔥54
Selectorlar haqida gaplashamizmi?🚀
🔥5
🌟 ID va Class - Asosiy CSS Sehrgarlarimiz!


🆔 ID Selektori
ID – bu faqat bitta maxsus element uchun tanilgan narsa, xuddi "VIP chipta" kabi! 🎫 Har bir ID noyob bo’lishi kerak va sahifada bir marta ishlatiladi.
Qanday foydalanamiz? # belgisi yordamida!

<div id="vip-box">VIP Kontent</div>


#vip-box {
  background-color: #FFD700; /* Oltin! 💛 */
  font-weight: bold;}

💼 Class Selektori
Class – bu bir nechta elementlarga qo‘llanadigan oddiy selektor. Bu esa "cheksiz kirish" kartasi 🎟️, shuning uchun istalgancha elementga bitta class berishimiz mumkin!
Qanday foydalanamiz? . (nuqta) belgisi bilan!

<div class="normal-box">Konteyner A</div>
<div class="normal-box">Konteyner B</div>


.normal-box {
  background-color: #87CEEB; /* Osmonday ko'k! 💙 */
  padding: 10px;
}


📌 Oson qoidalar bilan esda tuting:

ID = Yagona, Noyob (VIP)

Class = Bir nechta, Cheksiz qo'llanadi (Hamma kirish kartasi)

@Mushtariydeveloper
👍3🥰2💯2👏1🤯1😇1
Front-end magic, back-end logic.

Assalomu aleykum.
IT dunyosiga qiziqqan do'stlar Bu yerda frontend, dasturlash, texnologiyalar, trendlari haqida eng qiziqarli va foydali postlarni topasiz. 😎🔥


🔥 Sizni oldinda ajoyib kontentlar kutmoqda! Obuna bo‘ling, qiziqarli postlarni o‘tkazib yubormang! Kanaldan chiqib ketmang, faqat oldinga! 🚀

@Mushtariydeveloper👩‍💻
👍4🔥2👏2
🔥 FRONTEND VS BACKEND – FARQI NIMADA? 🔥

Front-end magic, back-end logic.

Dasturlash olamida Frontend va Backend tushunchalari juda muhim! Lekin, ularning farqini hamma ham to‘g‘ri tushuna olmaydi. Bugun aniq farqlarni tushuntirib beraman! 🎯

🔹 FRONTEND – Foydalanuvchi ko‘radigan qismi

Sayt yoki ilova dizayni
HTML, CSS, JavaScript yordamida yaratiladi
Animatsiyalar, tugmalar, sahifalar Texnologiyalar: React.js, Vue.js, Angular, Bootstrap


🛠 BACKEND – Server tomoni, ma’lumotlar bazasi

Saytning ishlashi, ma’lumotlarni qayta ishlash
Serverlar, ma’lumotlar bazasi, autentifikatsiya
Texnologiyalar: Node.js, Python (Django), PHP, Java, MySQL

🎯 O‘xshatish: Frontend – restoran dizayni, menyu va ofitsiant. Backend esa oshpaz va oshxona! 🍽️

🧐 Qaysi birini tanlash kerak?
👉 Vizual dizayn va interaktiv elementlarni yoqtirsangizFrontend
👉 Kod orqali ma’lumotlarni boshqarishni yoqtirsangizBackend 👉 Ikkisini ham o‘rganib, Full-Stack dasturchi bo‘lish mumkin!

💬 Sizga qaysi yo‘nalish qiziqroq? Fikrlaringni izohda yozib qoldir!

🚀 Ertaga: "HTML, CSS – Boshlovchilar uchun yo‘l xaritasi!"
🥰5🔥3🎉21👏1
📌 HTML va CSS – Boshlovchilar uchun yo‘l xaritasi 🛤️

Agar dasturlash olamiga qadam qo‘yayotgan bo‘lsangiz va frontend bo‘yicha yo‘nalishni tanlagan bo‘lsangiz, unda HTML va CSS ni o‘rganishingiz shart! 😎
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42🕊2🤯1
📌 HTML – Asos Bu veb-sahifaning tuzilishini yaratish uchun ishlatiladi. Bu bino qurishda fundament qo‘yishga o‘xshaydi. Asosiy teglar: <div>, <p>, <h1>, <img>, <a> va boshqalar. Formalar, jadval va semantik teglarni o‘rganing.

🎨 CSS – Chiroy Bu saytingizning dizayni va bezagi. Uni stil beruvchi sifatida tushunish mumkin. Ranglar, shriflar, fonlar. Flexbox va Grid – layout uchun eng muhim tushunchalar. Responsiv dizayn: mobil va desktop versiyalar.

🔥 Bu yo‘l xaritasi bo‘yicha harakat qilib, kuchli frontendchi bo‘lishingiz mumkin!
👍4🎉3🔥2
📌 HTML asosiy teglar bilan tanishing!
Veb-sahifa yaratishda ishlatiladigan eng muhim HTML teglar bilan tanishing!

1. <html> – Hujjatning boshlanishi.
2. <head> – Meta ma'lumotlar (title, link, style). 🧠
3. <body> – Ko‘zga ko‘rinadigan asosiy qism. 👁️
4. <h1> dan <h6> gacha – Sarlavhalar. 🏷️
5. <p> – Paragraf. ✍️
6. <a> – Havola (link). 🔗
7. <img> – Rasm qo‘shish. 🖼️
8. <ul>, <ol>, <li> – Ro‘yxatlar.
9. <div> – Blok konteyner. 📦
10. <span> – Inline konteyner. 🧩

Bu teglar – har bir dasturchining ilk qurollari!
Ularni yaxshi tushunish – HTMLni zabt etish sari birinchi qadam!
👍4🔥2👏21🥰1
HTMLda a tegini ishlatish

📎 A tеgi (anchor tag) — bu gipermurojaat (havola) hosil qiluvchi teg.
Bu teg orqali:
➡️Biror boshqa saytga o'tishingiz mumkin
Sahifa ichida pastga yoki yuqoriga harakat qilishingiz mumkin
✉️E-mail manzilga yozish uchun ochiladigan havola yaratishingiz mumkin

Sintaksisi:
<a href="https://example.com">Bu havola</a>

Muhim atributlar:
😀 href – manzilni ko‘rsatadi
😀 target="_blank" – yangi oynada ochish
😀 title – kursor ustiga borganingizda ko‘rinadigan matn
😀 download – faylni yuklab olishga mo‘ljallangan havola

Masalan:html
<a href="https://mushtariy.uz" target="_blank" title="Saytga o'tish">Saytimga o'ting</a>
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏2
Forwarded from Daler Axtamov | Channel (Daler Axtamov)
🚀 Shift Academy - Xalqaro dasturchilar maktabi!

@daleraxtamov ⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4🤯2🤩1🏆1
🖼 HTMLda RASM joylash — <img> tegi

📌 Rasm qo‘shish uchun biz <img> tegidan foydalanamiz. Bu teg "self-closing", ya’ni yopilmaydi.

Sintaksisi:
<img src="manzil" alt="Tavsif">

Muhim atributlar:
🖼 src — rasmning manzili (URL yoki lokal)
🔡 alt — rasm ochilmasa chiqadigan matn (SEO uchun foydali)
📐 width va height — o‘lchamlarini belgilaydi

Misol:
<img src="https://example.com/photo.jpg" alt="Chiroyli rasm" width="300">
Diqqat:
Rasm URLsi to‘g‘ri bo‘lmasa, alt yozuvi chiqadi!

🧲 Kanalda qoling — Obuna bo‘lishni unutmang!
@MushtariyDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3🤯2👏1