“MUNIS” World Bank Project
676 subscribers
482 photos
32 videos
1 file
182 links
MUNIS is a unique development project implemented jointly by the World bank and the Ministry of Higher Education, Science and Innovations of the Rupublic of UZB.

Website:
https://wbgrants.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MUNIS

Sholi chiqindisidan innovatsion biologik ozuqa ishlab chiqarilmoqda

O‘zbekistonda sholi qobig‘idan foydalanilgan holda fermentatsiya texnologiyasiga asoslangan tejamkor CBFeed biologik ozuqaviy qo‘shimchasi ishlab chiqarilmoqda. Ushbu texnologiya jahon miqyosida tan olingan bo‘lib, hozirda 30 ta davlatda patentlangan.

Loyiha Jahon Bankining “MUNIS” dasturi doirasida 580 ming AQSH dollari, shuningdek, xususiy sektor tomonidan qo‘shimcha 150 ming AQSH dollari miqdorida moliyalashtirilgan. Korxonada hozirgi kunda ishlab chiqarish quvvati sutkasiga 8–10 tonnani tashkil etmoqda.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
#xalqaro_hamkorlik
#innovatsion_hududlar
#Yoshlar_texnoparklari
#MUNIS

Innovatsion ekotizim bo‘yicha Vengriya tajribasi o‘rganilmoqda

Ayni kunlarda Innovatsion rivojlanish agentligi vakillari, Respublikamizning innovatsion hududga aylantirilayotgan tuman hokimlarining innovatsion rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosarlari, hududlardagi innovatsion rivojlanish shu’balari mudirlari hamda yoshlar texnoparklari rahbarlari Vengriya davlatida xizmat safarida bo‘lib turibdilar.

Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xizmat safari innovatsion ekotizimga oid ilg‘or tajribalarni o‘rganishga qaratilgan.

🌐 Batafsil

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
2👍2
Forwarded from Edu.uz
MUNIS loyihasi: erishilgan natijalar va ikkinchi bosqich istiqbollari muhokama qilindi

Joriy yilning 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Jahon banki vakillari bilan “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasini amalga oshirish natijalari hamda uning ikkinchi bosqichini ishga tushirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov, Jahon banki ekspertlari Yerali Beksultan, Anna Ubaydullayeva va Gauhar Ospanova, hamda “MUNIS” loyihasini amalga oshirish guruhi rahbari Dilshod Azgarov ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/127719

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MUNIS

O‘pka kasalliklarini soniyalar ichida aniqlaydigan aqlli tizim

Bugungi kunda radiologlar yetishmovchiligi va ish yuklamasining yuqoriligi o‘pka kasalliklarini erta aniqlash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. X-Ray AI Expert loyihasi ushbu muammoni hal qilish uchun sun’iy intellekt asosida ko‘krak qafasi rentgen tasvirlarini avtomatik tahlil qilish tizimini taklif etadi. Jahon bankining “MUNIS” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan ushbu texnologiya chuqur neyron tarmoqlari yordamida 90% dan yuqori diagnostik aniqlikka erishdi.

Loyiha doirasida shakllantirilgan klinik ma’lumotlar bazasi va amaliyotga joriy etilgan raqamli platformalar (web-portal, mobil ilova va Telegram bot) shifokorlar uchun ishonchli “ikkinchi fikr” vazifasini bajaradi. Tizim skrining jarayonlarini tezlashtirish va inson omili bilan bog‘liq xatolarni kamaytirish orqali o‘pka patologiyalarini erta bosqichda aniqlash hamda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
🔥72🤝2
#MUNIS

🚜 Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti zamonaviy agro-kombayn bilan ta’minlandi

Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti Jahon bankining MUNIS loyihasi doirasidagi PRIM granti hisobiga yangi LOVOL RG 130 agro-kombaynini xarid qildi. Ushbu texnika institutning moddiy-texnik bazasini yangilash hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va sinovlari bilan bog‘liq dala ishlarini tezlashtirish uchun xizmat qiladi.

LOVOL RG 130 kombayni yuqori unumdorlikka ega bo‘lib, hosilni turli dala sharoitlarida sifatli yig‘ib olish imkonini beradi. Bu institutga tajriba maydonlaridagi ekinlarni o‘z vaqtida yig‘ishtirish va ilmiy tadqiqotlarning aniqligini ta’minlashga yordam beradi. PRIM grant dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunday modernizatsiya ishlari ilmiy tashkilotlar infratuzilmasini yangilash bilan birga, qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadqiqotlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM