“MUNIS” World Bank Project
675 subscribers
482 photos
32 videos
1 file
182 links
MUNIS is a unique development project implemented jointly by the World bank and the Ministry of Higher Education, Science and Innovations of the Rupublic of UZB.

Website:
https://wbgrants.uz
Download Telegram
#InnoWeek_2025

“InnoWeek–2025” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” mavzusida panel sessiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi 172-son qaroriga muvofiq, Jahon banki moliyaviy ko‘magida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan “MUNIS” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Sessiyaning asosiy maqsadi mamlakat ilmiy-tadqiqot faoliyatini modernizatsiya qilish, ilm-fan va biznes o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish hamda innovatsion ekotizimni rivojlantirishga qaratilgan loyihaning amalga oshirilish jarayonlarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

🌐 Batafsil

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
👏3
#InnoWeek_2025

“InnoWeek-2025”: O‘zbekiston respublikasining ilmiy salohiyatini baholash natijalari e’lon qilindi.

Tadbirda O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari o‘rtasida o‘tkazilgan ilmiy audit natijalari taqdim etilib, ilmiy audit doirasida olingan xulosalar va milliy ilmiy salohiyatni rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadamlar muhokama qilindi.

🌐 Batafsil

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025

InnoWeek-2025 bugun ham o‘z ishini davom ettiradi.

Avtobuslar qatnovi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
1
#InnoWeek_2025
#MUNIS

“InnoWeek-2025” – innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi doirasida “MUNIS” loyihalari bilan 3 ta oldi-sotdi shartnoma imzolandi.


Haftalik ko‘rgazmasida “MUNIS” loyihasi tomonidan moliyalashtirilgan 38 ta innovatsion ishlanma, mahsulot va xizmatlar namoyish etildi.

“MUNIS” loyihasi tomonidan moliyalashtirilgan ishlanmalar ko‘rgazmasi davomida umumiy qiymati sal kam 1,4 mlrd so‘m miqdorida jami 3 ta oldi-sotdi shartnoma imzolandi.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
4
💠 PRIM grant dasturi doirasida Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida “Inson resurslarini boshqarish, marketing tadqiqotlari va xodimlarni rivojlantirish ehtiyojlarini rejalashtirish” bo‘yicha o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi

🌐 Joriy yilning sentyabr-oktyabr oylari davomida MUNIS loyihasining PRIM grant dasturi doirasida Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida “Inson resurslarini boshqarish, marketing tadqiqotlari va xodimlarni rivojlantirish ehtiyojlarini rejalashtirish” bo‘yicha o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.

🔹 Ushbu o‘quv kursi inson resurlari menejmenti va xodimlarni rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarini qamrab oldi, xususan, inson resurlari strategiyasiga zamonaviy yondashuvlar qo'llash, mehnat samaradorligi bilan bog‘liq moddiy va nomoddiy rag‘batlantirish tizimlarini tatbiq etish, biznesga ilm-fanni joriy etish - ilmiy ishlanmalar transferi, innovatsiyalar marketingi va grantlarni moliyalashtirish kabi mavzular yoritildi.

🔹O'quv dasturi ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ishlanmalar transferi, va ilmiy-tadqiqot sohasi uchun kadrlar tayyorlash institutning ehtiyojlari va o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirilgan holda o'tkazildi.

____________________

💠В рамках грантовой программы PRIM в Институте механики и сейсмостойкости сооружений проведен учебный курс по "Управлению человеческими ресурсами, маркетинговым исследованиям и планированию потребностей в развитии сотрудников"

🌐В течение сентября-октября текущего года в рамках грантовой программы PRIM проекта MUNIS в Институте механики и сейсмостойкости сооружений был проведен учебный курс по "Управлению человеческими ресурсами, маркетинговым исследованиям и планированию потребностей в развитии сотрудников".

🔹Данный учебный курс охватил основные направления управления человеческими ресурсами и развития персонала, в частности, такие темы, как применение современных подходов к стратегии человеческих ресурсов, внедрение систем материального и нематериального стимулирования, связанных с эффективностью труда, интеграция науки и бизнеса, трансфера научных разработок, маркетинга инноваций и финансирования грантов.

🔹Учебная программа была адаптирована к потребностям и специфике Института для реализации научных проектов, трансфера разработок и подготовки кадров для научно-исследовательской сферы.


📱 https://t.me/Munis_Project

📱 www.youtube.com/@MUNISProject

🌐 https://wbgrants.uz
2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MUNIS

Growz fermerlarning sun’iy intellekt asosida ishlovchi yordamchisi
!

“MUNIS” loyihasi doirasida moliyalashtirilgan mazkur mobil ilova yordamida dala maydonlari holatini tahlil qilish, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish yuzasidan tavsiyalar olish, hosildorlikni oshirish, shuningdek, agro-kimyo mahsulotlarini birinchi qo‘ldan xarid qilish mumkin.

Startap o‘zining har bir foydalanuvchisi uchun agronomik taqvim, onlayn agronom, real vaqt rejimida ishlovchi maslahatchi vazifasini o‘tashi mumkin.

Platformani Google Play va Apple Store orqali yuklab olish imkoniyati mavjud.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
2
💠“Agrosenozlardagi hasharotlar tur tarkibi, ularning ahamiyati va zararli turlar sonini boshqarishning zamonaviy usullari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

🌐Joriy yil 4-noyabr kuni PRIM grant dasturi doirasida O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti bilan hamkorlikda “Agrosenozlardagi hasharotlar tur tarkibi, ularning ahamiyati va zararli turlar sonini boshqarishning zamonaviy usullari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

🔹Seminarning asosiy maqsadi — agrosenozlarda hasharotlar faunasi, ularning ekologik o‘rni va zararkunandalarning sonini biologik asosda boshqarish yo‘nalishida ilmiy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

🔹Ma’ruzalar bilan Zuxra Axmedova, Qalandar Bobobekov, Zumrad G‘aniyeva, Dilshod Musaev va boshqa mutaxassislar chiqish qildilar. Ular o‘z laboratoriyalarida erishilgan ilmiy natijalar, tajribalar va zamonaviy tadqiqot usullari bilan o‘rtoqlashdilar.

_____________________________

💠Состоялся научно-практический семинар на тему "Видовой состав насекомых в агроценозах, их значение и современные методы управления численностью вредных видов"

🌐4 ноября текущего года в рамках грантовой программы PRIM состоялся научно-практический семинар на тему "Видовой состав насекомых в агроценозах, их значение и современные методы управления численностью вредных видов", организованный Научно-исследовательским институтом карантина и защиты растений в сотрудничестве с Институтом зоологии Академии наук Узбекистана.

🔹Цель мероприятия – укрепление научного сотрудничества в области биологического управления фауной насекомых в агроценозах, их экологической роли и численности вредителей.

🔹С докладами выступили ведущие ученые-исследователи Зухра Ахмедова, Каландар Бобобеков, Зумрад Ганиева, Дилшод Мусаев и другие специалисты. В ходе мероприятия участники поделились научными результатами и современными методами исследования.
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MUNIS

Sholi chiqindisidan innovatsion biologik ozuqa ishlab chiqarilmoqda

O‘zbekistonda sholi qobig‘idan foydalanilgan holda fermentatsiya texnologiyasiga asoslangan tejamkor CBFeed biologik ozuqaviy qo‘shimchasi ishlab chiqarilmoqda. Ushbu texnologiya jahon miqyosida tan olingan bo‘lib, hozirda 30 ta davlatda patentlangan.

Loyiha Jahon Bankining “MUNIS” dasturi doirasida 580 ming AQSH dollari, shuningdek, xususiy sektor tomonidan qo‘shimcha 150 ming AQSH dollari miqdorida moliyalashtirilgan. Korxonada hozirgi kunda ishlab chiqarish quvvati sutkasiga 8–10 tonnani tashkil etmoqda.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
#xalqaro_hamkorlik
#innovatsion_hududlar
#Yoshlar_texnoparklari
#MUNIS

Innovatsion ekotizim bo‘yicha Vengriya tajribasi o‘rganilmoqda

Ayni kunlarda Innovatsion rivojlanish agentligi vakillari, Respublikamizning innovatsion hududga aylantirilayotgan tuman hokimlarining innovatsion rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosarlari, hududlardagi innovatsion rivojlanish shu’balari mudirlari hamda yoshlar texnoparklari rahbarlari Vengriya davlatida xizmat safarida bo‘lib turibdilar.

Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xizmat safari innovatsion ekotizimga oid ilg‘or tajribalarni o‘rganishga qaratilgan.

🌐 Batafsil

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
2👍2