“MUNIS” World Bank Project
674 subscribers
482 photos
32 videos
1 file
182 links
MUNIS is a unique development project implemented jointly by the World bank and the Ministry of Higher Education, Science and Innovations of the Rupublic of UZB.

Website:
https://wbgrants.uz
Download Telegram
Jahon banki granti doirasida Termiz tumanida Tibbiyot va tibbiy texnologiya loyihasi amalga oshirilmoqda

📄Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida bosqichma-bosqich moliyalashtirilayotgan “ZARTEPA GRAND” oilaviy korxonasi tomonidan Termiz tumanida “Tibbiyot va tibbiy texnologiya startap loyihasining monitoringi o‘tkazildi.
📍 Manzil: Termiz tumani, “Yangi hayot” mahallasi
👤 Loyiha rahbari: B.T.Abdurahimov Bobir Toshtemirovich
📐 Maydoni: 0,120 gektar. Hududda klinika binosi, 35 m³ sig‘imli yong‘inga qarshi suv hovuzi, yordamchi binolar qurilishi 100 foizga uddalangan.
🛏 Klinika quvvati: 60 o‘rinli
💰 Grant qiymati: 0,64 mlrd so‘m Jahon banki hisobidan
🏦 Xizmat ko‘rsatuvchi bank: ATB “Biznesni rivojlantirish” banki
🩺 Rejalashtirilgan faoliyat: Zamonaviy tibbiy uskuna va jihozlar xarid qilinadi
👥 Yaratiladigan ish o‘rinlari: 15 ta

📌 OTFIV | Surxondaryo viloyati rasmiy kanali
👍3
#diqqat_tanlov

Eslatib o‘tamiz, yosh olimlarni xorijga stajirovkaga yuborish uchun e’lon qilingan quyidagi tanlovlarga hujjatlar qabuli davom etmoqda!


📥Qozon Federal universiteti yosh olimlarimizga eshiklarini ochishga tayyor! Muddat: 31.05.2025

📥 Stajirovkani Innopolisda o‘tang! Muddat: 31.05.2025

📥 “Sultan Idris” universiteti sizni kutmoqda! Muddat: 31.05.2025

📥 Eronda stajirovka! Muddat: 31.05.2025

📥 “Xalqaro kvant optikasi va kvant texnologiyalari” tashkilotida stajirovka o’tash Muddat: 31.05.2025

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ботаника боғида Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси томонидан “Формула-2025” очиқ осмон остидаги кенг кўламли илмий-оммабоп фестиваль ташкил этилди


📌 Жорий йил 17 май куни Тошкент Ботаника боғида Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси томонидан ташкил этилган Жаҳон банкининг “MUNIS” лойиҳасининг “Public Research Institutes Modernization” (PRIM) грант дастури кўмагида “Формула-2025” очиқ осмон остидаги кенг кўламли илмий-оммабоп фестиваль бўлиб ўтди.

🟢 “Формула-2025” Ўзбекистондаги биринчи йирик миллий очиқ осмон остидаги илмий алоқа платформаси бўлиб, у олимлар, ихтирочилар, ўқитувчилар, талабалар, мактаб ўқувчилари ҳамда илм-фан ва келажакка қизиқувчи барчани бирлаштирди.

🟢 Фестиваль давомида турли викториналар, маҳорат дарслари ва илмий стендлар, олимларнинг очиқ ва қизиқарли маърузалари, илм-фанда аёлларнинг ролига бағишланган панель сессия ҳамда Фанлар академияси олимлари ўртасида “Заковат” интеллектуал ўйини каби кенг кўламли тадбирлар ўтказилди.

_______________

В Ботаническом саду Академией наук Республики Узбекистан организован масштабный научно-популярный фестиваль "Формула-2025" под открытым небом

📌 17 мая текущего года в Ташкентском ботаническом саду Академия наук Республики Узбекистан при поддержке грантовой программы "Public Research Institutes Modernization" (PRIM) проекта Всемирного банка "MUNIS" провела масштабный научно-популярный фестиваль под открытым небом "Формула-2025".

🟢 "Формула-2025" - первая крупная национальная платформа для научного диалога под открытым небом в Узбекистане, которая объединила ученых, изобретателей, учителей, студентов, школьников и всех, кто интересуется наукой и будущим.

🟢 В ходе фестиваля были проведены различные викторины, мастер-классы и научные стенды, открытые и интересные лекции ученых, панельная сессия, посвященная роли женщин в науке, а также интеллектуальная игра "Заковат" среди ученых Академии наук.

📱 https://t.me/Munis_Project

📱
www.youtube.com/@MUNISProject

🌐
https://wbgrants.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#diqqat_tanlov

🔤🔤🔤🔤🔤🔤

Umumiy mukofot jamg‘armasi $1 000 000 bo‘lgan “President Tech Award” tanlovining uzoq kutilgan mavsumi boshlandi!
Bu sizning bilim va tajribangizni namoyish etish hamda jamiyatga foyda keltiradigan innovatsion IT yechimlarni taqdim etish imkoniyatingizdir.


Tanlovning yo'nalishlari:
🚀Sun’iy intellekt texnologiyalari;
🚀ljtimoly yo'nalishda raqamli texnologiyalar;
🚀Axborot va kiber xavfsizlik texnologiyalari;
🚀Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
🚀Kompyuter va mobil o‘yin dasturlari;
🚀Maxsus yo'nalish - Hakaton;

Tanlovda qatnashing, O‘zbekistonga o‘z startapingizni taqdim etib moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ling!

📥Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting: https://awards.gov.uz/login

☎️ Ma’lumot uchun telefon: +99871 238-43-74.

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#MUNIS

Growz fermerlarning raqamli yordamchisi


Growz sun’iy intellekt asosida fermerlarga tanlangan yer maydonlari bo‘yicha zararkunandalar va kasalliklar yuzasidan ma’lumot taqdim etadi.

🌐Batafsil



❗️Platformaga oid statistika:
🟢Yuklab olishlar - 10,000+
🟢Ro‘yxatdan o‘tgan fermerlar - 2,600+
🟢Chatbotdagi murojaatlarga javob - 200+
🟢Agro-ta’minotchilar - 300+

Growz – bu barqaror qishloq xo‘jaligining raqamli kelajagi!

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👎1
#MUNIS

O‘zbekiston tadqiqotchi-olimlari uchun sun’iy intellekt texnologiyalari orqali akademik ilmiy izlanishlarni takomillashtirish bo‘yicha bepul
o‘quv dasturiga start berildi.

Innovatsion rivojlanish agentligi tashabbusi bilan Jahon Bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasining moliyaviy ko‘magi doirasida respublikamizning tadqiqotchi olimlari uchun bepul “AI-Enhanced Academic Research and Writing Assistant” o‘quv dasturining saralash bosqichlari boshlandi.

🌐 Batafsil

Batafsil ma’lumotlarni quyidagi raqamlar orqali olishingiz mumkin.
+998933225689
+998951705995
📧:englishforscience@gmail.com

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
1👍1
#MUNIS

Shahrisabzda “Iqtisodiy rivojlanish va raqobatbardoshlikni oshirishda kichik va o‘rta biznesni keng qo‘llab-quvvatlash” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

Unda “MUNIS loyihasi natijalari va istiqbollari: startap ekotizimi ishtirokchilari bilan ochiq muloqot” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🌐 Batafsil

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
👍3
#MUNIS

📢 ICP dasturi ishtirokchilari e’tiboriga!

MUNIS Akseleratsiya dasturi va Demo Day uchun arizalar qabul qilinmoqda!
Bu (innovasion yondashuv yoki mahsulotga ega bo‘lgan) ishtirokchilar uchun investisiyalarga tayyorgarlik ko‘rish va mutaxassislardan amaliy yordam olish uchun ajoyib imkoniyatdir.

3 oylik dastur
Xalqaro mentorlar va shaxsiy trekerlar
Yo‘qori darajadagi Demo Day tadbirida ishtirok etish imkoni

🔗 Ariza yuborish muddati: 2025 yil 17 iyungacha
Ariza shakli
(https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc0fmPz-oyCDE4SprJ92WIEamE1lmPMiRRldVhnfbfwgIndZw/viewform)

MUNIS 2da 40 ta tanlangan startapdan biri bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🚀

Google Docs
MUNIS Acceleration program and DemoDay
Selection of participants; ICP

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🟢Growz: Eco Expo Central Asia 2025 ko‘rgazmasida zamonaviy AgriTex yechimlarini namoyish etdi.

➡️ Kichik fermerlar uchun mo‘ljallangan raqamli platforma — Growz 2025-yil 19–21-iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Eco Expo Central Asia xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Startap zonada joy olgan Growz o‘zining mobil ilovasini taqdim etdi — bu yechim qadam-baqadam agrotexnik tavsiyalar, sun’iy intellekt orqali kasallik va zararkunandalarni aniqlash, hamda o‘g‘itlar va agroxizmatlar uchun raqamli bozorni birlashtiradi. Ushbu tadbir Growz uchun mintaqada barqaror va yashil qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi vazifasini keng ommaga namoyish qilish imkonini berdi. Loyiha Jahon banki va Innovatsion rivojlanish agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan MUNIS loyihasi doirasida qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Growz vakillari BMT Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tashkiloti (FAO) tomonidan o‘tkazilgan rasmiy sessiyada ham ishtirok etdi. Loyihaning asoschisi va texnik direktori Murod Xusanov qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish, va sun’iy intellekt yordamida fermerlarga yanada samarali va barqaror faoliyat yuritishga qanday imkon yaratishi haqida so‘z yuritdi.
Ko‘rgazma davomida Growz xalqaro hamkorlar, agrar ekspertlar va davlat tashkilotlari bilan aloqalarni mustahkamladi. Kelgusida platforma mintaqadagi fermerlar uchun raqamli, iqlimga mos va iqtisodiy jihatdan foydali yechimlarni taqdim etishda davom etadi.

📱 https://t.me/Munis_Project

📱 www.youtube.com/@MUNISProject

🌐 https://wbgrants.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54👎1
Yoshlar kuni bilan tabriklaymiz!

Yoshlik — mardonavor g‘oyalar, yorqin his-tuyg‘ular va katta yutuqlar davri.

Siz — shahrimiz va mamlakatimiz kelajagi bunyodkorisiz. Sizning shijoatingiz, ishtiyoqingiz, ijodkorligingiz va yaxshilik sari intilishingiz bizni ilhomlantirib, kelajagimiz yanada yorug‘ ekanligiga ishontiradi. Sizning faolligingiz va Vatanimizga cheksiz sadoqatingizdan faxrlanamiz.

Bayramingiz muborak!

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
👍31
#diqqat_tanlov

🏆🏆🏆

Eng yaxshi ixtirochi va ratsionalizatorlar tanlovida ishtirok eting!

📢 Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi va unda O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridan 16 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan ixtirochi va ratsionalizatorlar qatnashishi mumkin.

⚠️ G‘oliblar “InnoWeek – 2025” – Innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi doirasida taqdirlanadi.

❤️‍🔥 Tanlovga taqdim etiladigan ishlanmalar ixtirochilik va ratsionalizatorlik ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha elektron platforma (ixtiro.ilmiy.uz) orqali 2025-yil 14-sentabrga qadar (shu kuni ham 23:55gacha) elektron shaklda qabul qilinadi.

☎️ Ma’lumot uchun: +99871 203-32-23 (244 / 416).

🌐 Batafsil

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
“AI-Enhanced Academic Research and Writing Assistant” loyihasining o'quv mashg'ulotlari bo'lib o'tmoqda.

Ushbu o'quv dasturning asosiy maqsadi - Business Finance, Agriculture Enviromental, Medicine & Biology, IT Engineering & Math yo'nalishlari bo'yicha saralab olingan 200 nafar tadqiqotchi olimlarning, sun’iy intellekt texnologiyalari orqali akademik yozuv, adabiyotlar va ma’lumotlar tahlilini tizimlashtirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirgan holda, tadqiqotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Mashg'ulotlar muntazam ravishda joriy yilning 2-avgust sanasidan boshlab haftaning har shanba kuni Innovatsion Rivojlanish agentligi binosida oflayn shaklda amalga oshirilmoqda.

Ma'lumot uchun: Loyiha Innovatsion rivojlanish agentligi tashabbusi bilan Jahon Bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasining moliyaviy ko‘magi doirasida amalga oshirilmoqda.

Batafsil ma’lumotlar:
+998933225689
+998951705995
📧:englishforscience@gmail.com
8🔥1