Multi-level test | Teacher Khushnoza
17.9K subscribers
5.66K photos
114 videos
1.31K files
606 links
🚀 Imtihonda tushgan va tushish ehtimoli bor materiallar
🚀 Eng sara materiallar
🥇 10.000+ muvaffaqiyatli o’quvchilar

🏆 Sizning muvaffaqiyatingiz – bizning maqsadimiz! @Khushnoza_teacher
Download Telegram
SAMPLE TOPICS AND QUESTIONS.pdf
521.7 KB
Chet tilini bilish daraja aniqlash imtihoni (Multi-level) Speaking bo'limi namunaviy mavzu va savollari
@Multi_level_test
👍6🔥6👏1
writing @Multi_level_test.pdf
585.4 KB
Multi-level writing baholash mezoni
@Multi_level_test
👍6😁2
speaking @Multi_level_test.pdf
341.6 KB
Multi-level Speaking baholash mezoni

@Multi_level_test
👍10👏2
⚡️ Akademik litseylarda o‘tkazilgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2022-yil 28-29-aprel (yozma) va 17-25-may (gapirish) kunlari o‘tkazilgan akademik litseylar bitiruvchi bosqich o‘quvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

🏫 Test natijalari maxsus platforma orqali akademik litseylarga taqdim etilgan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlar test natijalarini o‘zlari tahsil olayotgan akademik litsey ma’muriyatidan bilishlari mumkin.

📋 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilarning sertifikatlari elektron shaklda maxsus platformaga joylashtirilgan bo‘lib, akademik litsey ma’muriyati tomonidan o‘quvchilarga yetkaziladi.

📌 Mazkur sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda chet tili fanidan (fanlar majmuasida chet tili mavjud bo‘lsa) imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Davlat test markazi
@Multi_level_test
👏7👍5🔥1🤔1
Multi-level ko'nikmalarining baholanish tartibi🔥
👍18👏6🔥4
16-18 kunlari examga kirganlar😄😁👍
👍24👏3🤩2
Kasbiy-ijodiy sample.pdf
1.1 MB
Kasbiy-ijodiy imtihon topshirilishi belgilangan OTMlar abituriyentlari uchun ingliz tili 4ta ko'nikma bo'yicha savollar namunasi
👍10⚡2❤‍🔥1🍓1
Audio
Kasbiy-ijodiy Listening ko'nikmasi audiosi
👍3🤩2❤‍🔥1🍓1
Chet tilini bilish darajasini baholashning ko‘p darajali (multilevel) formati

Mazkur formatning maqsadi chet tilini bilishning B1, B2 va C1 darajalarini aniqlash uchun qo‘llaniladigan test variantlari tarkibi va unga qo‘yiladigan talablarni belgilashdan iborat.

Mazkur hujjatga aprobatsiyalar natijasida qo‘shimchalar, o‘zgartirishlar va tuzatishlar kiritilishi mumkin.

Imtihon 3 soat davom etadi va quyidagi bo‘limlardan iborat:

1-bo‘lim: Tinglab tushunish (45 daqiqa / 6 qism / 35 savol)

2-bo‘lim: O‘qish (60 daqiqa / 5 qism / 35 savol)

3-bo‘lim: Yozma ish (60 daqiqa / 2 topshiriq)

4-bo‘lim: Gapirish (15 daqiqa / 3 qism)

Kanalga ulanish:
@Multi_level_test
👍36🤩8⚡5👏5🌚2❤‍🔥1
TINGLAB TUSHUNISH BO‘LIMI (LISTENING)

Ushbu bo‘limning maqsadi autentik va yarim autentik audiomatnlarning umumiy mazmunini, ulardagi asosiy fikrlar va detallarni tushunishni, aniq ma’lumot olish, ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish ko‘nikmalarini tekshirishdir. Tinglab tushunish bo‘limida har bir matn ikki martadan eshittiriladi va matn eshittirilishidan oldin matnga oid savollar bilan tanishib chiqish uchun 15-30 soniya vaqt beriladi. Audiomatnlarning umumiy davomiyligi tahminan 35 daqiqani tashkil etadi. Javob varaqasini to‘ldirish uchun qo‘shimcha 10 daqiqa vaqt belgilanadi.

1-QISM (8 SAVOL)

Matn turi: davomiyligi 5-10 soniyali matn, dialogning birinchi qismi.
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: nutqning umumiy mazmunini tushunish.
Savollar turi: muqobil javobli test topshiriqlari (savol va 3 ta javob varianti).

2-QISM (6 SAVOL)

Matn turi: davomiyligi 2-3 daqiqali ommabop tanish mavzularda monolog.
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: muayyan ma’lumotlar olish uchun tushunish.
Savollar turi: bo‘shliqlarni to‘ldirish (bitta so‘z va/yoki raqam).

3-QISM (4 SAVOL)

Matn turi: ommabop tanish mavzularda 4 ta qisqa monologlar, har bir monologning davomiyligi 30 soniya.
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: nutqning umumiy mazmunini tushunish.
Savollar turi: moslashtirish (6 ta javob variant, ikkitasi ortiqcha).

4-QISM (5 SAVOL)

Matn turi: davomiyligi 2-3 daqiqali ommabop tanish mavzularda monolog yoki dialog.
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: muayyan ma’lumotlar olish uchun tushunish.
Savollar turi: moslashtirish (8 ta javob variant, uchtasi ortiqcha).

5-QISM (6 SAVOL)

Matn turi: ommabop tanish mavzularda 3 ta qisqa dialoglar, har bir dialogning davomiyligi 60 soniya. Har bir dialog uchun 2 savol.
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: matnni batafsil tushunish, ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish.
Savollar turi: muqobil javobli test topshiriqlari (savol va 3 ta javob varianti).

6-QISM (6 SAVOL)

Matn turi: davomiyligi 3 daqiqali ma’ruza.
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: muayyan ma’lumotlar olish uchun tushunish.
Savollar turi: bo‘shliqlarni to‘ldirish (bitta so‘z va/yoki raqam). Kanalga ulanish:
@Multi_level_test
👍22🎉13🐳4🤩1
O‘QISH BO‘LIMI (READING)

Ushbu bo‘limning maqsadi ommabop, ilmiy-ommabop hamda ilmiy matnlarning umumiy mazmunini, ulardagi asosiy fikrlar va detallarni tushunishni, aniq ma’lumot olish, ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish ko‘nikmalarini tekshirishdir. Ushbu bo‘lim uchun ajratilgan vaqt javob vaqarasini to‘ldirish bilan birga 60 daqiqani tashkil etadi.

1-QISM (6 SAVOL)

Matn turi: ommabop materiallar - gazeta, jurnal, internet maqolalari (matn hajmi - 150 so‘z)..
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: gaplar o‘rtasidagi mazmuniy bog‘lanishlarni tushunish va yaxlit matn shaklida tasavvur qilish.
Savollar turi: bo‘shliqlarni to‘ldirish (bitta so‘z).

2-QISM (8 SAVOL)

Matn turi: 8 ta gazeta, jurnal, internet reklama matnlari (matn hajmi - 300 so‘z).
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: muayyan ma’lumot olish uchun o‘qish.
Savollar turi: moslashtirish (10 ta javob variant, ikkitasi ortiqcha).

3-QISM (6 SAVOL)

Matn turi: ommabop materiallar - gazeta, jurnal, internet maqolalari (matn hajmi - 600 so‘z).
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: ommabop matnlardagi asosiy fikrlarni tushunish.
Savollar turi: sarlavhalarni paragraflarga moslashtirish (8 ta javob variant, ikkitasi ortiqcha).

4-QISM (9 SAVOL)

Matn turi: ommabop materiallar – gazeta, jurnal, internet maqolalari (matn hajmi - 600 so‘z).
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: matnni batafsil tushunish, matndagi aniq detallarni va ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish.
Savollar turi: 21-24-savollar – muqobil javobli test topshiriqlari (savol va 4 ta javob varianti).
Savollar turi: 25-29-savollar – to‘g‘ri/noto‘g‘ri/berilmagan.

5-QISM (6 SAVOL)

Matn turi: ommabop materiallar – gazeta, jurnal, internet maqolalari (matn hajmi - 600 so‘z).
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: matnni batafsil tushunish, matndagi aniq detallarni va ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish.
Savollar turi: 30-33-savollar – bo‘shliqlarni to‘ldirish (bitta so‘z va/yoki raqam).
Savollar turi: 34-35-savollar – muqobil javobli test topshiriqlari (savol va 4 ta javob varianti). Kanalga ulanish:
@Multi_level_test
👍12🔥10👏2
YOZISH BO‘LIMI (WRITING)

Yozma nutq bo‘limining maqsadi nomzodning fikrini chet tilida yozma ravishda to‘g‘ri va ravon ifodalay olish qobiliyatini tekshirishdir. Ushbu bo‘lim ikkita topshiriqdan iborat bo‘lib, ajratilgan vaqt javob vaqarasini to‘ldirish bilan birga 60 daqiqani tashkil etadi.

1-TOPSHIRIQ: berilgan vaziyat va tayanch savollar asosida rasmiy xat yozish (150 so‘z).

2-TOPSHIRIQ: : berilgan muammoli mavzu yuzasidan esse yozish (250 so‘z). Kanalga ulanish:
@Multi_level_test
👏18👍4
GAPIRISH BO‘LIMI (SPEAKING)

Og‘zaki nutq bo‘limining maqsadi nomzodning fikrini chet tilida og‘zaki tarzda to‘g‘ri va ravon ifodalay olish qobiliyatini tekshirishdir. Ushbu bo‘lim uchun ajratilgan vaqt 15 daqiqani tashkil etadi.

1-QISM (1-6 SAVOLLAR):

shaxsiy qiziqishlarga oid yoki tanish, kundalik mavzularda tayyorgarliksiz suhbat; ommabop masalalar boyicha ma’lumot bera olish va fikrni bildirish. Bunda suhbat tarzida talabgorga kundalik mavzularda, shaxsiy hayotiga oid savollar beriladi va talabgor berilgan savollarga tayyorgarliksiz javob bera olishi lozim.
Bu qism 4 daqiqa davom etadi.

2-QISM (7-SAVOL):

Talabgorga berilgan muammoli vaziyat asosida 2 daqiqali monolog tuzishi talab qilinadi. Talabgor nutqi davomida muammoga o‘z yondashuvi (muammoga yechim)ni ifodalashi kerak. Savollar nomzodning shaxsiy hayotiga oid mavzulardan olinishi kerak.
Talabgorga tayyorgarlik uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.

3-QISM (8-12 SAVOLLAR):

Talabgorga 2-qism (monolog) mavzusidan kelib chiqqan holda qo`shimcha savollar beriladi. Talabgorga tayyorgarlik uchun vaqt berilmaydi.
Kanalga ulanish: @Multi_level_test
👍28🔥4