Muhammadzokir Shomirzayev
133 subscribers
32 photos
8 videos
45 links
O'qigan ma'lumotlarim va o'rganyatgan bilimlarimni ulashib boraman.
Download Telegram
Tashabbus — o‘sishning boshlanishi

Tashabbus — bu “rahbar aytmasa ham” harakat qilish, “balki shunday qilsak yaxshiroq bo‘lar” deb o‘ylash.

Bu o‘zingni muhim his qilishning, ishga befarq bo‘lmaslikning belgisi.

Ish joyida hammasi rejaga ko‘ra ketayotgan bo‘lsa ham, tashabbuskor xodim baribir o‘ylaydi:
“Qanday qilib bu ishni tezroq, soddaroq, arzonroq, foydaliroq qilish mumkin?”
Aynan shunday odamlar kompaniyani o‘zgartiradi.

Lekin ko‘p hollarda biz jim qolamiz:
— “Bu mening vazifam emas”,
— “Rahbar aytmasa, aralashmay qo‘yaqolaman”,
— “Xato qilsam yomon ko’rinaman.”

Aslida esa, harakat qilmagan odam hech qachon xato qilmaydi — lekin o‘smaydi ham.
Tashabbus — bu rivojlanishning yagona yo‘li.
Bugun taklif bildirgan, g‘oya aytgan, kichik o‘zgarish taklif qilgan xodim — ertangi rahbar.

Shuning uchun:
- G‘oyangni ayt;
- Taklifingni yoz;
- “Men sinab ko‘rmoqchiman” deyishdan uyalma.

Tashabbus – bu jasorat.
Va aynan jasoratli xodimlar tufayli kompaniya o‘zgaradi va o’sadi.
#Xodimga

@Muhammadzokir_Blog
🏆14
PAEI Modeli: Har qanday biznesni ushlab turuvchi 4 ta ustun

Adizes har qanday tashkilot muvaffaqiyatli ishlashi uchun rahbarlikda 4 ta asosiy rol bajarilishi shart deb hisoblaydi. Kitobni o'qib, ushbu rollarni va o'zin qaysi turga mansubligini tushunib olasan

P – Producing (Natija berish / Ishlab chiqarish): Bu rol "Nima qilish kerak?" degan savolga javob beradi. Maqsad – mijoz kutgan yakuniy mahsulot yoki xizmatni yetkazib berish. Bu xislatga ega rahbarlar mehnatkash va natijaga yo'naltirilgan bo'ladi.

A – Administering (Ma'murchilik / Boshqarish): Bu rol "Qanday qilish kerak?" degan savolga javob beradi. Tizim yaratish, qonun-qoidalarga rioya qilish, tartib va byudjetni nazorat qilish.

E – Entrepreneuring (Tadbirkorlik / Tashabbuskorlik): Bu rol "Nega va qachon?" degan savolga javob beradi. Bu – strategik fikrlash, yangi g'oyalar yaratish, tavakkal qilish va kelajakni ko'ra bilish qobiliyati.

I – Integrating (Integratsiya / Birlashtirish): Bu rol "Kim bilan?" degan savolga javob beradi. Jamoada sog'lom muhit yaratish, odamlarni umumiy maqsad yo'lida birlashtirish va korporativ madaniyatni shakllantirish.

Kitobdan oladigan asosiy xulosangiz: Bitta odamda ushbu 4 ta xislatning hammasi birdek kuchli bo'lishi imkonsiz. Chunki ular bir-biriga zid (masalan, tartibni sevuvchi Ma'mur (A) va doim o'zgarishlar xohlovchi Tadbirkor (E) bitta odam ichida doimiy urushadi).

Ushbu kitobni kelajakda rahbar bo'laman yoki rahbar bo'lib turgan insonlarga tavsiya qilaman.

#frombook

@Muhammadzokir_Blog
🏆17
Suv va Olov

Bittasi ikkinchisini yashashga qo'ymaydi, ramantikaga, berilganlar ham huddi shundek desak bo'ladi.

Qizlar va bollar bilan gaplashib vaqtini o'tkazadiganlar, karyera, o'qish, o'zini ustida ishlashga vaqti bo'lmaydi.

O'zini ustida ishlagan, karyerasini qurish uchun harakat qilyatgan bollar yoki qizlarda esa ramantikaga vaqti bo'lmaydi.

Chunki tepada aytganimdak suv va olovga o'xshaydi.

Romantikaga yoshligini sarflagan tengdoshlarim,tanishlarim bor edi. Gullar tashib yurishardi. Doimiy sms almashishar edi.

Kontaktlarida hamma qiz bola ismlari bor edi. O'n yil o'tadi nima bo'ladi bilmayman. Hozir ko'rinib turibtiki holati yaxshi emas. Vaqtlari bekor ketgani uchun karyerani ham zo'r qila olishmayapti, ilim olishga kelganda umuman miyyam ko'tarmayapti deyishadi.

Ilm va romantika – suv va olov. Bittasi ikkinchisini yashashga qo'ymaydi. Buni o'quv markazimizda ko'raman. Eng dangasalar, romantikaga eng ko'p berilganlar bo'lib chiqadi.

Shuni tushunib yettimki ramantika shunchaki vaqtinchlaik xisyot xolos, o'qishingni va karyerangni quraver ramantikani zo'ri keyin bo'ladi do'stim😉
#life

@Muhammadzokir_Blog
🏆21
Xato qilishdan qo‘rqma — muhimi, uni qanday to‘g‘rilash.

Ishlaydigan odam xato qiladi.
Faqat hech narsa qilmaydiganlargina “xatosiz” yuradi.

Muammo — xatoda emas, unga bo‘lgan munosabatda.
Kimdir xato qilsa, bahona topadi: “Shoshildim”, “Kimdir aytdi aytgan edi”, “Ko‘rmay qoldim”.
Boshqa xodim esa: “Ha, xato qildim. Uni qanday tuzatay?” deydi.

Rahbar uchun bu ikkalasi orasidagi farq juda katta.
Birinchisi mas’uliyatdan qochadi, ikkinchisi — mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.

Hech bir rahbar mukammal xodim izlamaydi.
Lekin har bir rahbar o‘z xatosini tan olib, uni to‘g‘rilay oladigan odamni qadrlaydi.

Xato — bu tugash emas Mirjamol unutma!
Bu o‘sishning boshlanishi.

@Muhammadzokir_Blog
🏆18👎1
Yo'qotadigan narsa yo'q!

Hammamiz yoshmiz hozir yoshlikda hamma ishni qilib oladigan payitdamiz.

Bu albatta (yomonlikni emas) o'qish uchun, ishlash uchun hammamizda vaqt imkonyat bor.

Ba'zida men ham shu vaqtimni va imkonyatimni havoga uchraman. (Kino,o'yin,bekorchi narsalar).

Hozir qilsak qilib qoldik, keyin kech bolishi mumkin "bilmadim".

Tasavur qil seni biznes qilishga imkonyating bor, qilishing kerak, yo'qotadigan narsang bo'lmaydi 20-26 yoshgacha. (Ustozlardan maslahat olib, yoki imkonyatga qarab).

Keyin qilaman desang mas'ulyati og'ir bo'lishi mumkin.

Hozir vaqt! O'xshasa senga katta pul, o'xshamasa katta dars bo'ladi.

Shuning uchun hozir boshla yo'qatadigan narsamiz yo'q do'stim.
#o'zimga

@Muhammadzokir_Blog
🏆20
24ga ham kirdim

Hayotimning 3/1 qismini yashab bo‘ldim deyarli. Umr tez o‘tmoqda...

Shu yoshga kirib ko‘p narsalarni tushundim:

— Hayotda hech qachon birovlarning sen haqingda gapirayotgan gaplariga e’tibor qilmaslikni o'rgatti. Qilayotgan ishlarimizni ota-onamizdan duo olib qilyapmizmi — tamom.

— Sog‘liq hamma narsadan ustun turishini tushundim: yaqinda biroz mazam bo‘lmay qoldi. Shuncha qilayotgan ishlarim umuman ko‘z oldimga kelmadi, faqat bitta narsa — qanday qilib bu og‘riqni yo‘qotsam bo‘ladi, degan xayol bilan yurdim. Alhamdulillah, hozir ancha yaxshiman. Bularning bariga yechim kunlik sport bilan shug‘ullanish va to‘g‘ri ovqatlanish ekan.

—Vaqtimni behuda narsalarga sarf qilmaslik kerakligini. Shundoq ham o‘zi vaqt juda tez o‘tib ketmoqda, to‘g‘ri insonlarga va foydali ishlarga sarflashni o‘rganib boryapman. (To‘g‘ri, ba’zida chalg‘ishlar, shunga o‘xshagan holatlar menda ham bo‘ladi).

— Qancha ko‘p pul topmagin, sening xarajatlaring, muammolaring ham shunga yarasha ko‘payib boraverar ekan. Yoshligimda ko‘p pul topsam, muammolarimni, xarajatlarimni yopaman deb o‘ylar edim. Hammasi barobar, teng bo‘lib boraverar ekan. Zalga chiqib bugun 15 kg tosh ko‘tarsak, keyingi yili 30 kg tosh ko‘tarar ekanmiz. Muammolar ham shunday: bugun 10 mlnlik muammoni ko‘tara olgan bo‘lsang, keyingi yili 100 mln bo‘lishi mumkin.

— Atrofingga faqat qiziquvchan, izlanuvchan insonlarni yig‘ishni o‘rgandim: bunday insonlar bilan birga bo‘lar ekansan, sen hech qachon vaqtingni behuda narsalarga sarf qilmaysan. Doim biror muammoni hal qilishga qiziqib yoki o‘rganib o‘tirasan.

—24 yoshgacha imkoniyating boricha ilmni bosib o‘rganish kerak ekan keyin vaqt topshing qiyin bo'ladi mas'ulyating ortgani sari.
Shu yoshgacha o'rganish kerak bo'lgan ilimlar:
— Diniy ilm: halol va harom nima ekanligini o‘rganish, Qur’on o‘qishni o‘rganish, uzstoz topgan bo'lishing kerak.
— Dunyoviy ilm: ona tili, rus tili, ingliz tillari, matematika, fizika, tarix, kompyuter bilimlarini o‘rganish kerak.
To‘g‘ri, o‘zim ham hammasini o‘rganib olmaganman, lekin o‘rganishim kerakligini tushunganim uchun yozib qo‘yyapman.

— Xato qilishdan qo‘rqmaslikni o‘rgandim. Lekin xatolarimni tafakkur qilib, xato ekanligini bili shu xatolarni takrorlamaslikni o'rgandim . Buning uchun taftish qilishni o‘rganish kerak. Bu haqida post yozgan edim.

Hayot og'riqlardan iborat ekan, lekin bu hayot ichida kichik kichik lahzalar bor shu og'riqlarga malham bo'ladigan. Shu malhamdan taskin topasanda yo'lingda davom etaverasan.

Xullas, do‘stim, vaqt juda tez o‘tmoqda. Bilmadim, kim bo‘lamiz, qo‘ygan maqsadlarimizga erisha olamizmi-yo‘qmi — bunisi menga qorong‘i. Lekin shu qo‘ygan maqsadimiz sari olg‘a qadam bosaveramiz, buyog‘ini yo‘l ko‘rsatadi.

Shu postni o‘qib bo‘lgan bo‘lsang, "menga nima qizig‘i bor", deyayotgandirsan? To‘g‘ri, senga qizig‘i yo‘q. Kelajakda kimdir o‘qib yoki farzandlarim o‘qib, bulardan xulosa olib, o‘z ustida ishlashga undasa, bu post o‘z vazifasini bajargan bo‘ladi.

🫡 Rahmat hammaga, shuncha paytdan beri kuzatib kelayotganlariz uchun!
#life

@Muhammadzokir_Blog
1🏆24👎2
Filtringni yoqib ko’r, zarar qilmaydi do'stim

Har qanday nasihat yoki xato haqida gapni o’qiganingda avval ichingda: “Men-chi? Menda ham shunaqa xato yo‘qmikan?”, “Menga atalmaganmikan” degan filtrdan o‘tkazib ko’r, zarar qilmaydi. Ba’zan foydasi shunchalik kuchli bo‘ladi-ki, o‘zing ham hayron qolasan.

O‘qib:
— “Bu kimga aytilgan ekan?” deb atrofga qarashning foydasi yo‘q. Xatto shu postda ham, bu o'zim uchun yozilgan, boshqalar uchun emas.

Boshqalarning xatosini ko‘rish oson.
O‘zingdagi xatoni topish esa murakkabroq, lekin aynan shundan o‘sasan.

Shuning uchun har qanday nasihatni avval o‘zingga “yopishtirib” ko‘r.
Eng yomon variantda — biroz noqulay bo‘lasan.
Yaxshisida — o‘zingni yaxshiroq qilib, o’stirib olasan.

@Muhammadzokir_Blog
🏆22👎2
Hurmat qilsen hurmat topasan!

Hurmat — bu lavozim bilan emas, munosabat bilan topiladigan narsa.
Ko‘pchiligimiz: “Rahbarni hurmat qilish kerak” deb o’ylaymiz. To‘g‘ri. Ammo hurmat faqat tepaga emas — yoningdagilarga ham, pastdagi odamlarga ham bo‘lishi kerak.

Ishxonada hurmat degani — odamni qadrlash, uning fikrini eshitish, gapini bo‘lmaslik, o‘z fikringni to‘g‘ri, lekin odob bilan aytish.

Hurmat — bu ohangda, ko‘z qarashda, hatto jim turishda ham bilinadi.
Masalan:
• Kimgadir “iltimos” deyish, “ber” demaslik;
• Telefonda gaplashayotganda atrofdagilarning tinchligini o‘ylash;
• Kimdir xato qilsa, uni kamsitmaslik.

Hamkasb, shuni eslab qol:
Hurmat talab qilib olinmaydi — u qozoniladi.
Kim boshqalarga hurmat bilan qarasa, o‘zi ham shuni ko’radi.

Biz asosiy vaqtimizni ishda o‘tkazamiz. Va bu vaqtni yoqimli, samimiy muhitda o‘tkazishning yagona yo‘li — bir-birimizni hurmat qilishdir.
Rahbarni, hamkasbni, tozalovchini, qorovulni, mijozni — farqi yo‘q.

Hurmat — bu jamoaning madaniyati, uning yuzidir Va shu yuzni har kuni, biz chizamiz.
#life

@Muhammadzokir_Blog
22🏆23
Rahbaring senga ishonadi — Rahbaring ko'rmayapti emas

Hamkasb, bir narsani yodingda tut: yaxshi rahbar doimiy nazorat qilib emas, ishonch berib boshqaradi.

Har bir qadamda tekshirib turadigan rahbar xodimni o‘sishdan to‘xtatadi. Chunki odam faqat qo‘rquvdan emas, ishonchdan kuch oladi.
Ishonch — bu “sen uddalaysan” degan jim signal.
U aytilmaydi, lekin seziladi.

Xodimga ishonch berilgan joyda tashabbus paydo bo‘ladi.
Xodim fikr bildiradi, g‘oya aytadi, o‘zini foydali his qiladi.
Doimiy nazorat ostidagi joyda esa odam “xatoga yo‘l qo‘ymaslik” haqida o‘ylaydi, “natija qiliish” haqida emas.

Shuning uchun, hamkasb, rahbaring senga ishonayotganini ko‘rsang — bor kuching bilan shunga loyiq bo’lishga harakat qil.
Bu nazorat yo‘qligi emas, bu ishonch borligi.
Rahbar har narsani “tekshirib” emas, ba’zan “ishonib” hal qiladi.
Va aynan shu ishonch — jamoani kuchli qiladi.

Shuning uchun ham katta kompanyalarni kuchli jamolar qurishadi. To'xtab qolma!

@Muhammadzokir_Blog
1🏆19
Hayotning ma'nosi berishda

​Hammada kimgadir yordam berish uchun imkoniyat bor.

​Ko'chada ketyapsan, yoshi ulug' insonning yuki og'ir, yordamlashsang bo'ladi.

​Mashinadasan, kimdir yo'lda burila olmay turibdi, mashinalar sekinlashishini kutib, yo'l bersang bo'ladi.

​Kimgadir puldan yordam kerak, bersang bo'ladi (imkoniyating yetsa).

​Xullas, shunga o'xshash holatlar.
​Bularni bajarding, ich-ichingdan xursand bo'lasan. Bu lazzatni xis qilgan biladi.

​O'zimda ko'p bo'ladi yuqorida aytgan ishlarim, gohida men, gohida boshqalar yordamlashadi.

​Keyin tafakkur qilib ko'rdim, hayotning ma'nosi berishda ekan. Qanchadir katta pullar topishda emas.

​Yaxshilik qilishdan to'xtasak, hayotdagi ma'nodan to'xtar ekanmiz. Yaxshilik qilishdan to'xtamaylik!

@Muhammadzokir_Blog
🏆14
Kutulmani pastroq qo'yaver

Hamma o'zi xohlagan ishda ishlashni, xohlagan pulini topishni xohlaydi. Lekin hayotdda undek emas.

Ba'zida rejalarni qo'ya boshlaymiz. Mindek qilsam bundek bo'ladi deymiz. Oxirda undek bo'lmay chiqadi.

Kimdir bilan planlar rejalar qo'yasan, lekin oxirga borib o'sha qo'ygan rejalaring barbod bo'ladi yoki bir o'zing qolasan.

Qaysidur rahbarni qo'lida rossa ishlashni xohlaysa, lekin sen xavas qilgan rahbar bo'lib chiqmaydi.

Qaysidur joyga borsam, ishlasam men kattaroq pul topaman deb o'ylaysan, lekin oxirda undek bo'lib chiqmasligi mumkin.

Yoki qaysidir qiz yoki bola haqida fikring juda ham "yaxshi yoki yomon" bo'ladi ko'rishganingda yoki gaplashganingda esa aksi bo'lib chiqadi.

Xullas bularni bari, qilishimiz kerak bo'lgan ishlarimizdan kutulmamizni baland qo'yganimizdan.

Shuning uchun bu hayotdegi ishlarimizdan, qilyatgan rejalarmizdan kutulmamizni pastroq qo'yaverish kerak. Shunda oxirida strees, deppressa bo'lmadyi.

Ustozlar aytishar edi: Bu hayotda qilyatgan ishlaring yo yaxshi bo'ladi yoki yaxshilikka bo'ladi deyishar edi.


@Muhammadzokir_Blog
🏆17
Shaxmat o'yni shunchaki o'yin emas!

3-sinifdan shaxmat o'ynab kelaman, mukammal emas lekin o'ynashni bilmagandan yaxshiroq.

Bu o'yin men uchun shunchaki o'yin emas, chunki hayotta ham har bir jabhada menga yordam berib kelgan.

Qanday deysanmi? Buni shaxmat o'ynaganlar juda yaxshi bilishadi, doim sen qaysidir toshingni ximoya qilib yurishing kerak.

Bu hayotta ham shundek, sen bir ishni qilishing uchun ortidan reja va yutqazmaslik uchun ximoyachi va rejalaring bo'lishi kerak.

Hayot o'ynini men shaxmatga o'xshataman va shuning uchun ham shaxmat o'ynab turaman.

Muammolarga uchradingmi? Reja qilasan, yechim berasan olg'a oldinga intilib borasan. Muhimi maqsadinga erishish uchun harkat qilasan.

Shoh i mot bo'lmaguningcha harkatdan to'xtamaysan, mot bo'lish og'riqli lekin seni sindirib qo'ymaydi, keyingi o'yinga yaxshiroq tayyorlanasan tamom!

@Muhammadzokir_Blog
🏆12
Qarorlar og‘irligidan keladigan charchoq

Ba’zan kichkina tanlov ham haddan tashqari katta tuyuladi: qaysi kiyimni kiyish, nima yeyish, kimga javob yozish...

Bu dangasalik emas. Bu qaror charchog‘i.

Ilmiy tadqiqotlar kun davomida qanchalik ko‘p qaror qabul qilinsa, miyadagi charchoq ham shunchalik ortishini tasdiqlaydi. Kun so‘ngida qabul qilinadigan qarorlar ko‘pincha yuzaki, impulsiv va sustlashgan bo‘ladi. Har bir tanlov miyadan energiya talab qiladi. Bu energiya esa cheklangan. Har bir kichik qaror ongni asta-sekin yemiradi.

2011-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda sudyalar tomonidan qabul qilingan qarorlar tahlil qilingan. Natija hayratlanarli: kun boshida sudyalar tomonidan berilgan ijobiy qarorlar foizi 65% bo‘lsa, tushlik vaqtiga yaqinlashib bu raqam 0% gacha tushadi. Tushlikdan keyin esa yana ko‘tariladi.

Bu shunchaki ochlik emas. Bu qaror charchog‘i. Odamlarning mantiqiy fikrlash qobiliyati kun davomida pasayishini va qarorlar hissiy charchoqdan ta’sirlanishini ko‘rsatadi.

Ko‘p tanlov, ko‘p variant, ko‘p javobgarlik - miya uchun yuk.

Shuning uchun ko‘plab muvaffaqiyatli insonlar oddiy qarorlarni avtomatlashtirishga harakat qiladi.

Kiyim tanlash, nonushta menyusi, ish vaqtiga o'xshash mayda qarorlar kunlik e’tiborni o‘g‘irlovchi yashirin yukdir. Ularni soddalashtirish orqali ichki erkinlik yaratiladi.

Zamonaviy charchoq ish ko‘pligidan emas, tanlov ko‘pligidan keladi.


Abdusattor akadan o'rgandim.

@Muhammadzokir_Blog
🏆10
Nimadirni o'zgartirish uchun yangicha fikrlashni kashf etish kerak.

Uzoq vaqtdan beri tanish bo'lgan fikrlar va his-tuyg'ular bizni o'zgarmas holatda ushlab turadi va ular eski hayotingizda hech narsa o’zgarmasligiga kafolat beradi.

Shunday qilib, agar siz haqiqatdan biror narsani o'zgartirmoqchi bo'lsangiz, siz eski narsalarga yangi tarafdan qarashingiz, his qilishingiz va harakat qilishingiz kerak bo'ladi. Voqealarga odatiy reaksiya bildirishdan voz keching.
Yangi natija uchun siz boshqa odamga aylanishga majbursiz.

Sizga yangi ruhiy holat va yangi natijalar haqida yangicha fikrlash qobiliyati kerak. Boshqa resurslar emas.

@Muhammadzokir_Blog
🏆10