Biznesda muhim qoida!
*Bugungi kundan xulosalarim
Ko’pchiligimiz aqlli ko’ringan, chiroyli nutq so’zlaganlarni ishga olishni yoki birga ishlashni xohlaymiz.
Lekin biznesda qilyatgan ishimiz tepada aytgan gaplarimizdan muhimroq ya’ni bizni gapiryatgan gaplarimiz emas, qilyatgan ishlarimiz ko’rsatadi.
Qilyatgan ishlarimiz, gapiryatgan gaplarimizdan muhimroq bo’lsin.
@Muhammadzokir_Blog

🏆19
2025-yil yakuni
Bu yil menga juda katta sabr qilishni va har qanday narsaga tayyor to'rishni o'rgatti.
POV: Bizni o'ldirib qo'ymaydigan har qanday muammo, kechagi kunimizda yaxshiroq va kuchliroq inson qiladi.
Bu yilda oldimga qo'ygan maqsadlarimdan 3tasiga erisha olmadim:
— Oilam oldidagi maqsadim: Oilam bilan O'zbekiston bo'ylab sayohatga chiqishni reja qilgan edim.
— O'zim oldimga qo'ygan maqsadim ( IELTS 7.5 olish maqsad qilgan edim) dangasaligim uchun ulgurmadim. Mayli endi 2026 ga 8.0 qilib qo'ya qolamiz In sha Alloh.
— Ishxonamdegi maqsadim( 500ta o'quvchiga olib chiqish edi) harakat qildik, natija bizdan emas ekan. Keyingi yilga bo'lar balkim.
Nima ham deyimiz bu dunyo sabablar dunyosi, sababni qilamiz erisha olsek rahmat, erisha olmasak hikmat deyimizda yo'limizda davom etaveramiz.
2026-Yil barchaga hayrli va barokatli bo'lsin hammaga omad. O'rganishdan charchamaylik.😉

21🏆17
Shaxsi rivojlanish va Kasbiy rivojlanish.
Ko'p xollarda bu ikkisni chalkashtirib qo'yamiz. Va bularning ikkalasi ham bir vaqtda bo'lmasa 1ta oyog'i yo'q stulga o'xshab qolamiz.
Qilyatgan videolaring, reklama uchun tayyorlayatgan postlaring, ovqatni shirin qilib pishirishing bu shaxsiy rivojlanish emas. Kasbiy rivojlanish deyiladi.Kasbiy rivojlanish Excel da to'g'ri jadval tuza olish, ChatGPTga to'g'ri prompt bera olish, zo'r video mantaj qila olish va hokazo...
Bularning barchasi kasbiy rivojlanish deyiladi.
Shaxsiy rivojlanish odamiylik xislatlaringni yaxshilanishi. Vaqtida kelishni boshlashing: Mehribonroq, aqlliroq, mardroq, tezroq, sabrliroq, insofliroq bo‘lib borishin bu shaxsi rivojlanish.
To'g'ri sen bir ishni zo'r qilasan, zo'r dars berasan, ishlarni zo'r tartiblab qo'yarsan shu qilyatgan ishlaring bilan sendan zo'r qila olmankuu deb, qolganlarni kamsitmasligin bu shaxsi rivojlanish.
Do'stim endi bularga qara senda qaysi biri kuchliroq va o'tirib tafakkur qilginda kuchsiz tomoningni rivojlantirishga harkat qil.
*O'zimga

🏆11
Sharoitning foydasi
Ahmad boy oiladan, Ali bo'lsa o'rtaholda yetmaydigan oiladan. Kelajakda qaysi biri boy bo'lishi yoki yaxshi ishga joylashishi ehtimoli baland.
Albatta Ahmadniki. Chunki Ali birlamchi ehtiyojlarini qondirgunigacha Ahmad o'qishni bitirib oladi.
Bu misolni xohlagan narsaga qiyoslash mumkin.
Toshkentdagi do'stlarimiz qishda kitob o'qib, kelajakdagi rejalari haqida gaplashib o'tirgan bir paytda, biz bir bog'chaning issiqligi uchun 3 mahal ko'mirga qarab yuribmiz.
Ular bolalarni qaysi uslubda o'qitishni o'ylab turgan paytda, biz qaysi ko'mir bilan uyimiz yaxshiroq isishi haqida o'ylayapmiz.
Farzandingiz Alini Ahmad bilan solishtirmang, otalar!
O'zingizni aqlingizni bizni aqlimiz bilan solishtirmang, do'stlar!
Sizdagi harakatni bizdagi harakat bilan solishtirmang, akalar.
Birlamchi ehtiyojlar qonmas ekan, ikkilanchilariga yo'l bo'lsin!
Nolish emas, solishtirib berdim xolos. Zotan har bir ishga shukr qilishga o'rgatilganmiz.
Muhammad Amin Naziraliyev

🏆14
Talab bo‘lmasa — tizim yutqazadi
So‘nggi paytlarda bitta muhim haqiqatni yana bir bor angladim.
Rahbar yaxshi odam bo‘lishi mumkin. Hammani tushunadigan, yumshoq, yon beradigan.
Lekin agar talab bo‘lmasa, tizim baribir yutqazar ekan.
Talab bo‘lmagan joyda:
— kuchli xodim o‘sish ko‘rmaydi va ketadi
— sust xodim qulaylik topadi va qoladi
— oxir-oqibat, butun tizim sekin yemiriladi va yo'q bo'lib ketadi.
Bu shafqatsizlik emas. Bu boshqaruv qonuni.
Ko‘p rahbarlar (jumladan men ham) shunday o'ylardim:
— Qattiq bo‘lsam, odamlar mendan sovib ketadimi?
— Asosiy narsa insoniy munosabat-ku?
Ha, insoniy munosabat muhim.
Lekin insoniylik talabning o‘rnini bosa olmaydi.
Adolatli talab bu bosim emas.
Adolatli talab bu aniq qoidalar, o‘lchanadigan natija va javobgarlik.
Xodim nimani bilishi kerak?
— undan nima kutilyapti
— natija qanday baholanadi
— bajarmasa nima bo‘ladi
— bajarsa qanday qadrlanadi
Rahbarning vazifasi hammaga yoqish emas.
Rahbarning vazifasi — tizimni sog‘lom saqlash.
Bugun shuni tan olib aytamanki:
talab qo‘yish — sovuqqonlik emas, mas’uliyat.
Jim turish esa mehribonlik emas, sustkashlik.
Agar talab bo‘lmasa — hatto eng yaxshi niyat ham yetarli bo‘lmaydi. Talabchan bo'lishni o'rgan Muhammadzokir.

🏆18
Forwarded from Parallel Muhit
Instagram aybdor
Chiroyli hayot tuynugi yurtdoshlarimizga qanday ta'sir qilayotgani – muddatli to'lovlar nega bu qadar oshib borayotgani – nega ba'zi xalqlar bu tuynukning zararidan omon qolayotgani – instagram eng ko'p kimga zarar berishi va odamlar eng ko'p qaysi xarid uchun qarz olayotgani haqida gaplashamiz.
parallelmuhit.uz/instagram

🏆15
Sen menga kuningni ayt men senga kimligingni aytib beraman.
Ishim davomida yuzlab o’quvchilar bilan gaplashishga to’gri kelgan. Ularning yutuqlari, natijalari va mag’lubiyatlariga guvoh bo’lganman. Tajribamdan shuni ayta olamanki bir odamning odatiy kunini qanday o’tkazishiga qarab 99% holatda qanday inson ekanligini aytib bersa bo’ladi. Ya’ni kelajagi porloqmi yoki yo’q.
Kuning qanday o’tsa hayoting shunday o’tadi. Ya’ni 8 soat uxlasang, 60 yillik umringdan 20 yilida uxlaysan, 10 soat ishlasang 22 yil umring ishlab o’tadi. Xullas tushunding. Hayotingni o’zgartirmoqchimisan, marhamat kuningni o’zgartir.
Kuniga 2 soatgina internetni titkilashing senga arzimasdek tuyuladi. Lekin 5-6 yil umring shunga ketib qoladi, undan ko’p bo’lmasa agar.
Shunday kun tartibi tuzginki, men sendan quyidagi ikkita savolni so’rasam, uyalib emas, faxrlanib javob beradigan bo’lgin:
1. Kun tartibingni aytib ber
2. Bo’sh vaqtingda nima qilasan?

🏆17
Bizga o'qituvchilar kerak
1. Har qanday biznesni kuchli kadrlar rivojlantiradi.
2. Kuchli kadrlar esa o‘sayotgan yoki o‘sish imkoniyati bor joyda ishlashni xohlashadi.
3. O‘quv markazimiz 1 yil ichida 10 dan ortiq xodim va 300 ga yaqin o‘quvchining ishonchi va mehrini qozonishga ulgurgan.
*Fevral oyidan boshlab o‘quv markazimizda yangi loyihalarni ishga tushirish arafasidamiz. Shu sababli sizning yordamingizga muhtojmiz!
4. O‘sishda davom etishimiz uchun bizga o‘z ishining ustasi bo‘lgan kadrlar kerak.
5. Agar siz o‘zingizni shunday kadr deb hisoblasangiz — ishga marhamat!
6. Bizda ishlay oladigan kadrni tavsiya qilsangiz — 200 000 so‘m bonus beriladi. (Aytgancha tavsiya qilingan kadr ishga qabul qilinganda bonus beriladi)
7. Qidirilayotgan o‘qituvchilar:
– Mental arifmetika ustoz
– Rus tili ustoz
– Informatika ustoz
8. Oylik: guruhlar soniga qarab shakllanadi (ya’ni 10 mln so‘mdan yuqori daromad topish imkoniyati mavjud), agar o‘z ustida ishlaydigan, rivojlanishga intiladigan kadr bo‘lsa, quydagi bot orqali so'ralgan ma'lumotlarni to'ldiring!
👉 https://t.me/ustozCRM_anketabot?start=aWRyb2stc2Nob29s
Yoki shu akkaunt orqali bog‘laning:
👉 @Muhammadzokir19

Qiziqishing bo'lsing do'stim!
Bir ishni qiziqib qiladigan odam, pul uchun qiladigan odamdan o'tib ketadi. Chunki 2-odam o'ziga yetarli pulni topib bo'lgach harakati kamayadi. 1-odamda doimgi qiziqish turadi.
Qiziqish motivatsiyaning o'chog'i desak ham bo'ladi. Ichingdagi xohish ishlashga majburlayveradi.
Qiziqib qilinayotgan ishdan odamni faqat uyqu va gigiyenik ehtiyojlari to'sadi ( charchoq ham mumammo emas). Demak qiziqishni topib olishga bemalol yillarni sarflasa bo'ladi. Chunki u mashinaning nitrosiga o'xshaydi. Oldinga o'tib ketganlarga tezda yetib olsa bo'ladi.
Qiziqish borligini belgisi bo'sh vaqting bo'lishi bilan o'sha ishing haqida bosh qotirishing, uni ustida ishlashing.
Odamlar ko'p ishlarni qiziqqanim uchun qilyapman deb o'ylaydi. Buni tekshirishni usuli oddiy: Qilyatgan ishing haqida hechkimga gapirib bermaseng ham shu ishing bilan shug'ullangan bo'larimiding?
Javobi "yo'q" bo'lsa bu ish odamlar uchun qilinyapti, qiziqqaning uchun emas.

🏆10
Imkoniyatlardan o‘z vaqtida foydalanishni o‘rgan!
Imtihondan past ball olganing uchun kuyunasan, vaqtida o‘qimaganing uchun emas.
Puling kamligidan noliysan, yetarlicha harakat qilmayotganing uchun emas.
Bajara olmagandan xafa bo‘lasan, qayta urinib ko‘rmaganingdan emas.
Har bir oqibatning o‘z sabablari bor. Bugungi natija kechagi, ertangi natija esa bugungi qilayotgan ishingga bog‘liq.
Hozirda qanday holda turibsan bilginki kecha nimadir qilgansan bugun natijasini ko‘ryapsan.
Yangi bilimlarni o‘rganishdan, yangi ko‘nikmalarni shakllantirishdan aslo to‘xtama.
O‘z sohangda mutaxassis bo‘lishing ham juda muhim. Agar haligacha o‘zinga mos kasb tanlamagan bo‘lsang, hoziroq izlan.
Yangi kasblarda o‘zingni sinab ko‘r. Yoqsa, o‘sha kasb bilan doimiy shug‘ullan. Hali ham tanlay olmayotgan bo‘lsang, zamonaviy kasblardan boshla.
Aytaylik, kompyuter savodxonligidan boshlaylik. Bu seni zamonaviy kasblarni o‘rganishing uchun poydevor bo‘ladi. Bu bilimni qayerdan o‘rganman degan savol bo‘lsa o‘ylanma.
To‘g‘ri Idrok schoolga kel. Bu yerda senga boshlang‘ich bilimni berishadi. Atiga 2 oyda, keyin senga o‘zing qiziqqan sohalarga yo'naltirishadi.
Yoki qaysdir joyga borib cho‘chimay hujjatli ishlarni qilaverasan.

Hayotdagi biz e’tibor bermaydigan oddiy prinsiplar:
1. Boshqalar haqida qancha ko‘p qiziqsang, o‘zing shuncha qiziqarli insonga aylanib borasan. Qiziqarli inson bo‘lish uchun — qiziquvchan bo‘l.
2. Eng yaxshi o‘qituvchining nomi — bajarib ko‘rish. Bajarsang, juda ko‘p narsani o‘rganasan.
3. Jamoangni bemalol boshqa ish topa oladigan darajada o‘stir, lekin shunday muomalada bo‘lki, ular hech qachon ketishni istamasin.
4. Pul bilan hal bo‘ladigan muammo — muammo emas. Bu shunchaki xarajat.
5. Ishni juda qattiq xohlayotgan odam ish topishda qiynaladi. Ish beruvchining muammolarini tushunib, ularni hal qilishni istagan odam esa tez ish topadi. Ishga kirish uchun — ish beruvchidek o‘yla.
6. Xotirjamlik — yuqumli.
7. Muvaffaqiyatga erishish uchun, boshqalar senga pul beradigan darajaga chiq. Boy bo‘lish uchun esa boshqalarni muvaffaqiyatga olib bor.
Do'stim bu hayotdagi oddiy prinsiplar. Shunchaki biz e'tibor bermaymiz holos.

Xato qilishdan qo‘rqma — muhimi, uni qanday to‘g‘rilash.
Ishlaydigan odam xato qiladi.
Faqat hech narsa qilmaydiganlargina “xatosiz” yuradi.
Muammo — xatoda emas, unga bo‘lgan munosabatda.
Kimdir xato qilsa, bahona topadi: “Shoshildim”, “Kimdir aytdi aytgan edi”, “Ko‘rmay qoldim”.
Boshqa xodim esa: “Ha, xato qildim. Uni qanday tuzatay?” deydi.
Rahbar uchun bu ikkalasi orasidagi farq juda katta.
Birinchisi mas’uliyatdan qochadi, ikkinchisi — mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.
Hech bir rahbar mukammal xodim izlamaydi.
Lekin har bir rahbar o‘z xatosini tan olib, uni to‘g‘rilay oladigan odamni qadrlaydi.
Xato — bu tugash emas.
Bu o‘sishning boshlanishi.

1🏆19
Qoidalar bilan yashash
Hayotda 3 turdagi qoidalar bo'ladi. Shariat tomonidan belgilab berilgan, qonun tomonidan o'rnatilgan va odamlar o'zlari uchun o'ylab topgan qoidalar.
Aynan shu uchinchi turdagi qoidalar meni hayotimni osonlashtirish emas qiyinlashtirish uchun xizmat qilayotganini sezsam, ularga bezlarcha amal qilmayman.
Shunday qoidalarga ba'zi misollar:
-Kostyum shim bilan krossovka kiyib bo'lmaydi
-Omma oldida gapirganda, intervyu berganda yoki ishxonada oq ko'ylak kiyish kerak
-Ayollarga faqat uy bekasi bo'lish yarashadi
-Odamlar seni hurmat qilishlari uchun qimmatroq telefon tutishing, yaxshiroq mashina minishing kerak
-Soat chap qo'lga taqiladi.
-Erkak kishi uylangandan keyin o'zgarmasligi kerak
-Supurgini tikka qilib qo'yib bo'lmaydi
Shu va shunga o'xshash, yuzlab qoidalar.
Bularni hammasi, kim o'ylab topgani noma'lum, hayotni qiyinlashtiruvchi, bemalol tupursa bo'ladigan qoidalar. Men shunday qilaman. Senga ham maslahatim shu. Shariat va qonun doirasidan chiqmasang bo'ldi, xohlagan ishingni qilaver.

🏆16
Sen qaysi turdegi xodimsan?
Har bir jamoad turli xil xodimlar bo'ladi. Ularning farqi lavozimda emas, munosabatda.
1. Soat uchun ishlaydiganlar:
Bu xodimlar uchun ish faqatgina vaqt bilan o'lchanadigan narsa. 8.00da keladilar, 18.00da ketadilar.
"Nima qilding?" desangiz, "ishda edim" deydi xolos. Bundaylar uzoqqa bora olmaydi.
2. Ko'rsatma bilangina ishlaydiganlar:
Aytilsa qiladi, aytilmasa yo'q.
Har bir qadamda "endi nima qilay?" deb so'raydi. "Bunday xodim rahbariga umuman yoqmaydi".
3. Mas'uliyat bilan ishlaydiganlar:
Bunday odamlarni kuzatib o'trish shart emas.
Ularga ishni topshirasan, o'z yo'llarni o'zlari topib olishadi.
Rahbar: "qil" deb turmasa ham, ishni bitraveradi.
4. G'oya bilan ishlaydiganlar:
Ular ishni faqat bajarbgina qolmaydilar, balki, har safar biroz yaxshilanish yo'llarni izlaydilar.
Har safar ish qilyatganida: "Bu ishni boshqacharoq qilib ko'rsachi?" degan fikr ustida o'ylashadi.
Kompaniyani oldiga tortadiganlar ham shular.
5. Yurakdan ishlaydigan xodimlar:
Ular ishni ish uchun emas, ma'no uchun qiladilar.
Ularga maosh emas, natija, jamoa, maqsad muhim.
Bunday xodimlar— har bir tashkilotning yuragi hisoblanadi.
Bundaylar kelajakda o'sha kompaniyaga sherik bo'ladi yoki o'zi ham shunday kompaniya quradi.
Do'stim o'zinga baho berib ko'r! Sen ishda soat uchun ishlaysanmi yoki ma'no, kelajak uchunmi?
#Xodimga

Xodim bu shunchaki xodim emas do'stim.
Xodim desa ko'pchilik bu so'zni oddiy qabul qiladi, aslidachi bu kompanyani butun tizmi, ishonchi va munosabatlar yotadi.
Yana xodim bu "ish joyi bor odam" emas. Bu kimningdur orzusi, maqsadi, mehnati, biznesi yoki g'oyasiga qo'shilgan inson.
Har bir boshqaruvchi, kompanya yoki loyiha aslida o'z xodimlari bilan birga yashaydi. Xodim bo'lmasa bu boshqaruvchi ham kompanya ham hechnarsa emas.
Kompaniyada havo, muhit, madaniyat bularning barchasi xodimlar qanday ishlashiga, bir-birga qanday munosabatda bo'lishiga bog'liq.
Xodim — bu kimdir senga jarayonni, vaqtini, natijani topshirganini anglatadi.
Sening qilyatgan ishlaring kompanyani kayfiyatini, jamoaning ruhi va kompaniyaning obro'sini o'zgartirib yuboradigan shaxssan.
Shuning uchun "xodim" degan so'z kichik tuyulmasin do'stim. Uning orqasida butun tizim turibdi — ishonch, sadoqat va mehnat.
Unutma xodim bo'lish oson emas, oson xodim, xodim emas. Senga berilgan ishlarga shunchaki lavozim deb qarama.
Uni orqasida shu ishing uchun vaqtini, sog'lig'ini sariflayatgan hamkasblaringa qara. Bular ham shunchaki xodim deb emas, mas'uliyat deb qaragani uchun rivojlanyapti va rivojlantiryapti.
Xodim — bu shunchaki lavozim emas.
Bu —insoniy mas'uliyat va ishonchning ramzi.

Eng yaxshisi bo'lish
1. Boshlagan biznesingizda eng yaxshi mahsulot qila olishingizga ishonchingiz yetmasa, boshlamang. Eng zo'r bo'lmagan servis/mahsulotni taklif etishdan yomonroq hissiyot yo'q.
2. Kasb, yo'nalish tanlayotganingizda eng zo'ri bo'la olishga ko'zingiz, talantingiz yetgan sohani tanlang. 2-darajali hodim bo'lishdan yomonroq hissiyot yo'q.
3. Agar siz o'zingizni eng zo'ri deb o'ylayotgan, lekin g'alati odamlar sizni tushunmayotgan bo'lsa - "g'alatilik" odamlarda emas.
4. Siz o'zingizni eng yaxshi deb e'lon qilganda emas, odamlar sizni eng yaxshi deb tan olganda shu darajaga chiqqan bo'lasiz.
5. Qizig'i - boshlaganda eng zo'ri bo'lish shart emas. Shunchaki kechagidan yaxshilanib borishni va hech qachon to'xtamaslikni xohlash yetarli.
6. Sen eng yaxshisi bo'lishga harakt qilaver qolgani vaqt masalsi bo'lib qoladi xolos do'stim.

🏆13
Har qanday xodimga kerak bo‘ladigan uchta asosiy sifat bor:
muomala, mas’uliyat va tashabbus.
Muomala — bu odamlar bilan ishlash san’ati.
Boshqaruvchi, hamkasb, mijoz — kim bo‘lishidan qat’i nazar, muomala yumshoqligi, so‘zdagi madaniyat har qanday eshikni ochadi. Ba’zan bitta to‘g‘ri aytilgan gap yuzta buyruqdan kuchliroq ta’sir qiladi.
Mas’uliyat — bu ishni “menga tegishli” deb bilish.
Yaxshi xodim “bu mening ishim emas” demaydi. U natijani o‘z zimmasiga oladi. Chunki u tushunadi: natija — bu faqat boshqaruvchining emas, butun jamoaning yuzidir.
Tashabbus — bu “aytilganda qilaman” emas, “ko‘rdimmi, qilaman” deydigan sifat.
Tashabbuskor xodimga ko‘p nazorat kerak emas. U o‘zi fikr bildiradi va yechim taklif qiladi.
Shu uchta narsa bo‘lsa — xodim nafaqat ishda, balki hayotda ham o‘sadi.
Chunki muomala — hurmat, mas’uliyat — ishonchni, tashabbus esa imkoniyatni olib keladi.

Biz Ingliz tilidan dars bera oladigan o'qituvchi qidiryapmiz. Ish haqida ma'lumot berib o'taman:
• Boshqa o'quv markazlardan ko’ra balandroq maosh
• Doimiy o’sib borish uchun motivatsiya
• Sizning yaqin qarindoshlaringiz uchun o'quv markazimizda chegirmalar
• Hech qanday qog’ozbozlikning yo’qligi
• Qulay joylashuv (Marhamat tumani markazida)
• Guruh ochilish uchun uzoq kutmaydi
Shartlarimiz juda oddiy:
• IELTS 7.0+
• Kamida 1 yillik tajriba
• Yangiliklarga intiluvchanlik va darslarni qiziqarli o'ta olish
• Full time ishlay olish kerak
Maosh: 2 - 10mln
"Xo'sh, menga nima?" deyishing mumkin, lekin eng qiziq joyi shundaki o'qituvchi topib berganga 2 00 000 suyunchi ham beraman (O'sha kadrni ishga olsak albatta). Shunday ekan barcha tanishlaringni ishga solib bitta yordam qivor endi do'stim 😉
Murojat uchun: @Muhammadzokir19
Tel: +998930627260
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆13👎1
Hayot qanday?
Agar mendan so‘rashsa, shu rasmni ko‘rsatgan bo‘lardim.
Chunki hayot — tekis chiziq emas.
U ba’zan pastga tushadi, ba’zan keskin yuqoriga ko‘tariladi.
Eng muhimi esa — shu tebranishlar.
Chunki inson tirikligi aynan shu “urishlar” bilan o‘lchanadi.
Bugun bir narsani chuqur angladim:
Agar hayot doim bir xil, sokin va o‘zgarmas bo‘lsa —
u yashash emas, shunchaki mavjudlik bo‘lib qoladi.
Ba'zida kelgan qiyinchiliklar o'tadi, ya'ni shu yurak impulsiga o'xshab bugun pastdasan ertaga tepada.
Chunki sen hali “urib turibsan”. Demak, sen hali yashayapsan.
#life

Muomala eng kuchli qurol!
Ish joyida, hayotda kimligingni avvalo kiyming yoki diploming emas, muomalang ko'rsatadi.
Ba'zan odamlar bilimli, tajribali bo'ladi, lekin qo'pol gapiradi, odobsiz yozadi, boshqalarni fikriga hurmatsizlik qiladi — natijada hech kim u bilan ishlashni, do'st bo'lishni istamaydi.
Aslida, muomala — bu kasbiy etikadan ham oldin turadigan narsa. Bu odamga hurmat bilan qarash,gapini bo'lmaslik, xatoga ham odob bilan ishora qilish.
Muomala madaniyati bor odamda, — jamiyatda "yaxshi kayfiyat" va hamma u bilan do'st bo'lgisi, shogirt tushgisi keladi.
Shunday odamlar bilan ishlash yoqmli bo'ladi. Chunki ular energiya tortmaydi, aksincha beradi.
Do'stim bu gaplarni unutma: Bu hayotda sening bilimlaring, pullaring, bitta urib uxlatib qo'yishlaring qiziq emas. Sening muomala orqali barchasini qabul qilishadi.
Agar muomalang chiroyli bo'lsa, xatoing ham yengil qabul qilinadi. Agar sen qo'pol bo'lsang — eng to'g'ri gaplaring ham "yoqmaydi"
Nima demoqchi bo'lganimni tushungandirsan😉