Muhammadzokir Shomirzayev
144 subscribers
30 photos
8 videos
43 links
O'qigan ma'lumotlarim va o'rganyatgan bilimlarimni ulashib boraman.
Download Telegram
Forwarded from alijanov ibrohim
Hammamizni shu qutqarib qoladi

21-asrdagi eng muhim qobiliyat.

@aiblogs
🏆9
alijanov ibrohim
Hammamizni shu qutqarib qoladi 21-asrdagi eng muhim qobiliyat. @aiblogs
1.5 soat vaqtni ajiratishga arzidigan insho ekan.

Alijanov Ibrohimga ham rahmat katta.
🏆11
O’qituvchilarni qanday ishlayotganini bilmoqchi bo’lsangiz necha foiz o’quvchilar ustoz bo’lishni xohlayotganini tekshiring.

Didro
🏆18
McDonald's

McDonald's kinosni ko'rgan bo'lsangiz kerak, bugun ham shu kinoni ko'rib chiqgan edim. Bu kinoni ko'rish jarayonida ajoyib xulosalar oldim ( Kinoni nomi Asoschi).

1) Konveyer tizimi: Aka-uka McDonaldlar birinchilardan bo'lib, konveyer tizimini ovqat segmentiga olib kirgan insonlar.

Uning asosiy maqsadi bitta xodim, bitta ishni bajarishi va ishlab chiqarish jarayoni ko'p kichkina jarayonlarga bo'linib ketilishi. Ya'ni kotlet qovuradigan odam faqat kotlet qovuradi, burger yasamaydi. Bitta odam bitta ishni bajarishi fokusni va tezlikni oshiradi.

2) Qattiyatli bo'lish: Ray Kroc oddiy mikser sotib yuradigan inson oxirida asoschisiga aylandi, ko'p joylarga bordi ishlari o'xshamadi lekin, to'xtab ham qolmadi. Oxiri o'z maqsadiga erishdi.

3) Sinash uchun oshiqcha xarajat qilmaslik: McDonald's oshxonada tezlikni oshirish uchun jihozlarni qulay joylashtirishi kerak edi, uning uchun ular basketbol maydonida yerga mel bilan jihozlarni har xil joylashuvini chizib, odamlarni u yerda virtual ravishda ishlatib kor'gan.

Nega bu jarayonni oshxonani o'zida qilib ko'rmagan?
Uning uchun og'ir jixozlarini 10-20 marta ko'chirish kerak bo'lar edi. Shuning uchun buni tasavvur orqali xodimlar bilan qilishgan va ishlaydigan jarayonni oshxonada joriy qilishgan.

4) Ma'sulyat bo'lish: McDonald’s bu borada enga yaxshi institut bo'la oladi. Har yili millionlab ishsiz o'smirlarni birinchi ishi bilan ta'minlab, ularga eng muhim narsa— Ishga o'z vaqtida, har bir berilgan ishlarni ma'sulyat bilan bajarishni o'rgatib kelyapti.

Xulosa qiladigan bo'lsam: Qobilyatlilar ko'p lekin katta natijalar qila olmagan, Diplomi bor aqllilar ham bor, ular ham katta natijlar qila olmagan. Lekin birgina narsa bor bularni barchasini disertga qo'shib yeb yuboradi: Bu narsa QATIYATli bo'lish ekan.

@Muhammadzokir_Blog
🏆19
Tugamaydigan ishlar, unutilgan do‘stlar.

Oxirgi payitlarda juda ham ko'p ishlar, o'qishlarim bo'lgani tufayli yaqin insonlar, do'stlar bilan aloqam uzilib qolyapti.

Bunday holat bo'lyatganini o'zim sezib yuribman, lekin biroz ishlarimni bitiray deb kunlarni yo'qotishni boshladim.

Bu dunyoni ishlarni tugataman deb do'slikni, silai rahman tugatib qo'yish mumkin ekan, lekin ishlar tugamas ekan.

Va bugundan boshlab o'zim uchun yangi intizom shaklinatirishni boshladim, har Juma do'stlarni va qarindoshlarni yo'qlayidigan kun deb.

Birodarlar do'stlik abadiy qolmasligi mumkin, lekin ish davom etaverar ekan. Yaqinlarni va do'stlarni asraylik.

@Muhammadzokir_Blog
1🏆24
Bu hayotda ikki narsaga sarflangan vaqt va energiyaga hech qachon achinmaslik kerak:

1. Aqliy salohiyatni rivojlantirishga sarflangan vaqt.
Aqling o‘sgani sari sen to‘g‘ri insonlar orasiga kirib borasan va ko'piroq insonlarga ilim ulasha boshlaysan.

2. Tana kuchini oshirishga sarflangan vaqt.
Jismoniy kuching ortgani sari o‘z-o‘zingga bo‘lgan ishonching mustahkamlanadi. Bu esa atrofingdagi odamlarga yanada ko‘proq foyda keltirish imkonini beradi.

Qolgan barcha ishlarimiz o'zimizni aldash uchun qilingan harakatlar yig'indisi xolos.

@Muhammadzokir_Blog
🏆16
Yilning 50% maqsadlar sar xisobi.

2025-yilining iyul oyi ham keldi, va 50% ni bosib o'ttik, bu yilda nimlar bo'ldi, nimlarni o'rgandim.

1. No coding dasturida ishlashni o'rgandim, va o'quv markazim uchun ERP dasturi ham qildim(buni albatta bir o'zim qilmadim,ustozlar yordamida). Yil oxirigacha yana ham mukammal qilib boshqa bizneslar uchun ham dastur qiladigan bo'lishni maqsad qildim.

2. Sotuv bo'limini tizimlashtirishni o'rgandim. Va sotuv bo'limi uchun o'rgangan va o'rganyatgan CRM dasturlari ( AmoCRM, Bitrix 24 sotuv bo'limi uchun CRM qilamand degan bizneslar uchun ancha foydali).

3. Marketingni o'rganishni boshladim: bulardan birinchi qilgan ishim Target yoqishni o'rgandim, va yana o'rganishda davom etmoqdaman. Barcha biznes egalarni marketingni o'rganishi kerak.

4. Canva sayitini to'liq o'rganib chiqtim. Va bu sayitda ko'plab shablonlar bor shuning uchun hamma o'rgana oladi. ( Sizga qandaydir dizayn kerakmi qimmatga qildirmaysizda o'zingiz qila olasiz). Albatta buni ham batafsil tushuntirib o'raman keyingi postlarda.

Bularni aytishilar mumkin 6 oyda o'rganish mumkinmi deb, yo'q albatta yillar davomida qilib kelyatgan ishlarim. Lekin bu yilga aniq maqsad qilgan edim eng yaxshisi bo'laman deb, tepada aytgan ko'nikmalarimda.

Bulrani aytib maqtanish emas, aksincha kelajakda biznes qilmoqchi bo'lganlar uchun shunchaki lifehack ulashib qo'ydim. Aytgancha kimlar nimalarni o'rgandi shu kungacha?

@Muhammadzokir_Blog
🏆16
Biznes boshqaruvi qanday ishlaydi?

Xodim — ishxonadegi haqiqi jangchi, barcha ishlarga ma'sul shaxs.

Menejer — Jangni strategiyasni tuzuvchi shaxs, xodimlar qayerda jang qilishiga ma'sul shaxs.

Direktor — Menejer qayerda qanday strategiya bilan ishlashiga ma'sul shaxs.

Natijalarga javob beriuvchi, eng ko'p ishni xodim bajaradi.

Boshqaruvchi esa ishni bajarishga sharoit yaratadi, qanday bajarishni o'rgatadi va jarayonni nazorat qiladi.

Xodimda doim ishlarni qanday usulda va qachon qilishi aniq, oldindan belgilangan bo'ladi.

Menejerga ko'pincha nima qilishi aytiladi, lekin qanday, qachon qilish masalasini o'zi taklif qiladi.

Direktordan nima kutilishi aytiladi, qolgani noma'lum, o'zi topishi kerak.

Boshqaruvchilarning vazifasi qo'l ostidagilarga noma'lum narsalarni ma'lum qilish.

Yaxshi boshqaruvchi bo'lish uchun avval yaxshi xodim bo'lishni o'rganish kerak.

*Abdulloh akadan o'rgangan bilimlarim.

@Muhammadzokir_Blog
🏆13
Ijobiy odatni istash, aslida,salbiy odatdir.
Salbiy odatni qabul qila bilish esa ijobiy odatdir.

@Muhammadzokir_Blog
🏆16
Mijozi bo'lishimiz kerak.

Ishlayotganlar o'z ishxonalarining mijozi bo'lganlari yaxshi. O'zlari sotayotgan narsani oladilarmi? Oshxonada ishlab ovqatni boshqa joydan chaqirish, kolbasa zavodda ishlab, mahsulotini sotib olmaslik, kiyim do'konda ishlab, qo'shni do'kondan kiyinish sog'lom belgi emas.

Bunday joyda katta ehtimol xodimlar aksari pul uchun yurgan bo'ladi. Eng zo'rlar esa faqat pul uchun ishlay olmaydi. Zo'rlar orasida ishlamasak, biz ham zo'r bo'lishimiz qiyin kechadi.

Bundan kelib chiqadiki, hamkasblarimiz kimligiga ham qarashimiz kerak. Eng koʻp vaqt oʻtkazadigan odamlarimiz shular.

Oilamizdan ham. Doʻstlarimizdan ham. Kimlar bilan ishlasak, oʻsha odamlarga oʻxshab ketamiz. Demak, oʻxshagimiz kelganlar bilan ishlasak, oʻzgarishimiz ham oson boʻladi.
🏆12
1 so’mlik xodim

1 so’mlik xodim aytilgan ishni qiladi. 10 so’mlik xodim aytilmagan ishni ham qiladi.

1 so’mlik xodimga nima qilishni, qachon qilishni, qanday qilishni va nima uchun qilishni aytib turishimiz kerak. 10 so’mlik xodim bu savollarga o'zi javob topishga qodir.

1 so’mlik xodim soat 6 bo'lishi bilan suradi. 10 so’mlik xodim ishni tugatib keyin suradi.

1 so’mlik xodim o'rganmaydi. 10 so’mlik xodim o'rganishdan tinmaydi.

1 so’mlik xodim hamma narsada boshqalarni ayblaydi. 10 so’mlik faqat o'zidan ko'radi.

1 so’mlik xodim "o'yligimni oshirib bering" deb so'raydi. 10 so’mlik "nima qilsam oyligim oshadi" deb so'raydi.

Shuning uchun ham,

1 so’mlik xodimni oyligi faqat inflyatsiya bilan teng osadi.

—Street MBA
1🏆18
Xabar berishni o'rganing.

Jamoa a'zosisiz, sizda doimiy ma'sulyat bo'ladi, vazifa beriladi. Berilgan vazifa tugatsangiz yoki biror sabab tufayli to'xtab qolsa vazifa beruvchiga tezda xabar berishingiz kerak.

Menejer siz kabi o'nlab insonlarga ma'sul shaxs, doim ham ulgura olmaydi chunki har biriga o'nlab vazifalar bergan bo'lishi mumkin, bu degan kamida 100ta vazifa bo'ladi.

Shuning uchun darxol qilyatgan ishingizda muammo bo'lsa menejirga xabar berishni o'rganing. Ovqatni ko'p olovda qizdirishlik, uni tagiga olishga sabab bo'ladi unutmang!

@Muhammadzokir_Blog
5🏆15
Teach, don't tell

Gapirma o'rgat, ba'zida ko'pchiligimiz shunchaki aytib ketishni afzal ko'ramiz.

Kuzatuvlarimda kelib chiqb shuni ayta olamanki. Kimgadir biror ish tayinlaganda, biror xodimimiz muammo olib kleganida shunchaki aytib qo'ymang,qanday qilishni ham o'rgatishni biling.

O'zim bu usldan ko'p foydalanaman, ishxonada biror muammo chiqsa shunchaki uni o'zim tog'rlamayman balki uni qanday qilishni ham o'rgatib qo'yaman. Keyingi safar shunday muammo bo'lsa, mensiz ham o'zi eplab ketaveradi.

Shuning uchun ham Islom dinimiz 1400 yildan oshiq vaqtdan beri o'rgatilib kelinyapti.

Xullas do'stlar o'rgatishdan to'xtamaylik.

@Muhammadzokir_Blog
🏆14
Qaror chiqarish usullari

Qaror qabul qilish – eng muhim vazifangiz.

Bu jarayonda demokratik, meritokratik va avtokratik usullar keng tarqalgan.

Demokratik usul:

- Har bir kishi eshitiladi, ko‘pchilik tanlovi qaror bo‘ladi;

- Murakkab bilim talab qilmaydigan mavzularda qo‘llaniladi;

- Masalan, 1-oktyabr ustozlar bayramini qanday tashkil qilamiz?

Meritokratik usul:

- Eng chuqur bilimga ega mutaxassislar fikri muhim bo‘ladi;

- Xos bilim talab qiladigan masalalarda ishlatiladi;

- Masalan, shaxmat to‘garagini qaysi vaqtda o‘rgatish ma’qul?

- Bu yerda pedagogning fikri hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Avtokratik usul:

- Eng vakolatli shaxsning qarori hal qiluvchi bo‘ladi;

- Kompaniya qadriyatlari va tamoyillari bo‘yicha qaror qabul qilishda qo‘llaniladi;

- Masalan, yolg‘on gapirgan xodimni ishdan bo‘shatish kerakmi?

- Bu yerda ta’sischilar qadriyatlari hal qiluvchi ro’l o’ynaydi.

Xulosa, avval masalani qaysi usulda yechishni aniqlash kerak.

Boshqaruvchiga
🏆13
Boy ko'rinish, boy bo'lishga xalaqit qiladi ekan.

Aqlli ko'rinish, aqlli bo'lishga xalaqit qiladi ekan.

Kuzatuvlarim
1🏆17
Javob bermasang o'qima!

Telegramda senga xabar keldi, ochasan, javobing yo'q masala.

Javob bermasang yozuvchi seni noto'g'ri tushunishi mumkin.

Masalan: "Mensimayapti" yoki "Jiddiy olmadi" deb biladi.

To'g'ri seni ishing ko'p bo'lishi mumkin, yoki keyinroq yozaman degan bo'lishing ham mumkin.

Agar javob kutyatgan jamo a'zoing bo'lsa, javob berish ikki karra muhim bo'ladi.

Chunk aksar holatda sendan qaror kutishadi yoki muhim vazifa. Shuning uchun javobni kechiktirma.

Muammoga yechim:
har 30/60 daqiqada telegraminga kirib tur. Yoki like bosib bo'lsa ham tasdiqlab qo'y.


Oxirgi payitlarda o'zimda shundek muammolar bo'lyapti va yechim tariqasida har 30/60 daqiqada telgramga kirishga o'zimning kunlik vaziflarimdan biriga aylantiryapman.

@Muhammadzokir_Blog
🏆20
Fidbek berishni kechktirma

Ishidan qoniqdingmi, o'rnida maqta yoki hech bo'lmasa ma'qullab qo'y — ishiga ishtiyoq oshadi va sendan mamnun bo'ladi.

Shaxsiyatida kamchilik ko'rdingmi, o'ziga teziroq ayt bu o'ziga bilnmaydi — teziroq o'sishiga ham sabab bo'ladi.

Qilyatgan ishida to'g'rlaydigan yoki yaxshilaydigan joylarni ko'rdingmi, joyida aytaver — esida oson qoladi keyingi safarga e'tiborli bo'lib qiladi.

Muammosi bormi teziroq aytaver, to'plama. Qabul qilishi qiyin bo'ladi.

Ustozimiz Abdulloh aka aytgandilar: Bir vaqtda o'n darra tayoq tegsa badan qattiqroq og'riydi, jarohat olishi mumkin.

Ora kunda bir darra tayyoq tegsa joni kamroq og'riydi, tiklanish ham oson bo'ladi.

Shuning uchun fidbek berishni kechktirma, senga yoqmagan joyi bo'lsa tezda uni o'ziga ayt. Seni tushunishi va qabul qilishi osonlashadi.

@Muhammadzokir_Blog
🏆11👎1
Birgalikda kuchliroqmiz

Bugun ajoyib bir kino ko'rdim. Kinoning nomi “Yetimlar” edi. Unda bobosi bir bolaga 30–40 ta cho‘p terib kelishni buyuradi.

Bolakay cho‘plarni terib keladi va bobosiga beradi. Keyin bobosi unga bitta cho‘pni beradi va uni sindirishni aytadi.

Bolakay cho‘pni qo‘liga oldi-da, darrov sindirib tashlaydi. Keyin bobosi qolgan 39 ta cho‘pni birga beradi va uni ham sindirishni so‘raydi. Ammo bolakay ularni sindira olmaydi.

Shunda bobosi maslahat beradi: “Oila doim birgalikda bo‘lsa, kuchli bo‘ladi”, deydi.

Men bu kinodan shunday xulosa oldimki: oila, do‘stlar, jamoa, biznes – baribir qaysi sohada bo‘lmasin, birgalikda bo‘lish orqali katta cho‘qqilarni egallash mumkin.

Shuning uchun ham xalqimizda shundek maqollar bor:

“Yakka otning changi chiqsa ham, dong‘i chiqmas”.
“Bitta kalla yaxshi, ikkita undan ham yaxshi”.


Xullas, qiladigan ishlarimizda birgalikda bo‘lishimiz eng to‘g‘ri yo‘ldir.

@Muhammadzokir_Blog
🏆19👎3
Ko'pchilik tan olgisi kelmaydi.  Chalg'ituvchi narsalarga berilish aslida voqealikdan nosog'lom ko'rinishida qochish demakdir. 

Ichimizdagi noqulay triggerlar bilan nima qilishimizga qarab yoki sog'lom, yoki nosog'lom kurash usullarini tanlaymiz.

Ba'zilarda qochish ijtimoy tarmoq ko'rinishida bo'ladi. Ba'zilarda ishxonada qolish ko'rinishida. Boshqalarda televizor ko'rishda, ba'zan alkogol ichish yoki moddalar iste'moli ko'rinishida ham bo'ladi.

Sodda qilib aytganda:

Qisqa video/O'yinlar/seriallarga berilishimiz ularning jozibasidan emas. Ichki qiyinchilikdan qochganimizdan.
🏆16👎1
Forwarded from Jasur Lutfillayev
“Pulini olyapti-ku, ishlaydi-da…”

Agar jamoang faqat pul uchun ishlayotganida edi, kompaniyang hech qachon bugungi darajaga chiqmagan bo‘lardi.
Hech kim qo‘shimcha mas’uliyat olmaydi, hech kim yonib ishlamaydi.

Ammo sening yoningda odamlar bor — ular o‘z kuchini, vaqtini, asabini, ba’zan sog‘ligini ham sarflayapti.
Shunchaki maosh uchun emas, balki yagona maqsad, missiya uchun.

Sen orzu qilgan yo‘ling uchun.

Shuni tushun: jamoani ushlab turgan narsa — shunchaki ish haqi emas.
Uni ushlab turgan narsa — birgalikdagi maqsad.
Missiya.
Odamning o‘zini katta narsaning bir bo‘lagi sifatida his qilishi.

Lider bo‘lish — oylik tarqatish emas.
Lider bo‘lish — odamga “Men bu joyda shunchaki pul uchun emasman” degan tuyg‘uni berish.

@jasur_lutfullayev
🏆15👎1
Sarafan marketing (Og'izdan—Og'izga o'tadigan marketing turi)

Sarafan marketing hozirgi kunda eng kuchli marketing turidan birga aylanib ulgurgan, buni amalda juda ham ko'p kuzatyapman.

Kecha tanishlarimiz bilan birga 5,6 kishilik guruhda o'tirgan edik, bir joyni maqtab qolishdi. U yerga borguncha shunga o'xshagan 4ta joydan o'tishar ekan, lekin ularning hech biriga kirmay o'sha joyga do'stlarni olib boribti.

Keyin men sababni so'radim nega aynan o'sha yerni tanladingiz? Javobu odiy men bilgan joylarni ichida eng zo'r xizmat va sifatli maxsulot qilishyapti dedi. Va surishtirib ko'rsam maxsulotidan foydalanish uchun navbatda turish kerak ekan. Albatta sifat bor joyda navbat bo'ladi deb qo'yaverdim :)

Bular 5,6ta davrada aytishti qolganlarni ham shunga o'xshaga tanishlari bor. Ular ham yig'ilishganida shu joyni tavsiya qilishadi, bu degani sizning mijozingiz 10x ga oshib boradi. Bunday natija kuchli xizmat ko'rsatish va sifatli maxsulot yetkazib berish orqali keladi.

Men o'ylanib qoldim, ishimizni zo'r qiladigan bo'lsek va sifatli maxsulot yetkazib beradigan bo'lsek bizni o'zlari topib kelishaveradi ekan, ya'ni "Sarafan marketing" ishlaydi.

Bu haqida oldin ham yozgan ekanman, o'sha kuni bu postimga bitta misol bo'ldi.

@Muhammadzokir_Blog
🏆16