Muhammadzokir Shomirzayev
144 subscribers
30 photos
8 videos
43 links
O'qigan ma'lumotlarim va o'rganyatgan bilimlarimni ulashib boraman.
Download Telegram
Barcha ishlar kichik amalardan boshlandi.

Namozda fokus qilishga qiynalardim.

Bir blogda o'qib qolgan edim. Namoz sanodan boshlanadi. Ma'nosi biling. Dona dona qilib o'qing, sanoda fokus qila olmasangiz, butun namozda ham qila olmaysiz degan ekan.

Keyin tilovatda fokus qiling. Keyin rukuda. Butun namozda fokus qilish emas, kichik amallarda fokus qilishga harakat qiling deb takidlagan ekan.

Keyin shu maslahadan qoida chiqarib oldim o'zim uchun:

Katta ishlarni sifatli qilish uchun, ichidagi kichik ishlarni sifatli qilish kerak deb o'zimga qoida qildim.

Kitob o'qishda qo'llab ko'rishni boshladim, o'qiydigan kitobni yaxshilab tanlab olib. Zeriksam o'sha joyida to'xtataman ( foydali ma'lumot zeriktirmas ekan, o'qigan sarin o'qigin kelaveradi).

Yangi ma'lumotlar olsam belgilab ketishni boshladim, belgilagan joyalarimni orasidan foydalilarni tanlayman, amalda qo'llashga harakat qilaman. Keyin boshqalarga o'qiganlarimni yozib, gaprib beraman.

Oxirida qarasam bitta kitobdan max daraja foydali va sifatli bajargan bo'lib qolyapman.

Xohlagan ishga qo'llasa bo'ladi.

@Muhammadzokir_Blog
👍19🏆2
Risk (tavakkalchilik) qilish haqida.

Bugun o'ylanib o'tirib hayolimga tavvakal qilish kerak bo'lgan ishlar kelib qoldi.

Biznes boshlab ko'rish, boshqa davlatga ko'chish, kasb almashtirish bular hammasi risk. Riskda nima olishimiz aniq emas, lekin yo'qotadiganimiz aniq.

Shu sababdan ham ko'pchilik bu ishlarda qiynalar. Qarorlarni yillarga cho'zadi balkim.

Menimcha eng katta risk bular emas. Eng katta risk hayotini bekorga yashab yuborish. Bu dunyoga nega kelaganini, rosdan nimalar xohlaganini, qilishi mumkin bo'lgan ishlarni bila olmaslik risk bo'lsa kerak.

O'zimcha bundaylarni hayot riski deb atadim. Aynan shu yerda xato qilmaslik uchun ham, biznes boshlashga, ko'chib ketishga, kasbni almashtirishga qo'rqmaslik kerak.

Qolgan boshqa kichik risklar ham shunday. O'zingni topishing uchun qilyapsanmi? Qo'rqma, tavakkal qilaver jigar. Vaqtingni, hayotingni isrof qilish riski oldida bu hech narsa emas.

@Muhammadzokir_Blog
👍11🏆2
Suhbatlarimiz

"Yo'q" degandan ko'ra, telefon ko'tarmaslikni tanlaymiz.

Yuziga aytgandan ko'ra, boshqalarga aytib yuramiz.

O'zi bilan gaplashib olgandan ko'ra, miyamizda gaplashib yuramiz.

Noqulay suhbatlardan o'zimiz qochamiz, natijasida yomonlik bo'lsa, boshqalarni ayblaymiz.

Gapirsam xafa bo'ladi deymiz, uyalamiz. Xafa bo'lishi unga foydali bo'lishi mumkinligini bilmaymiz.

Bu muammolar juda ham meni qiynaydi, va o'zim o'rgatishga harakat qilyapman.

Men tanigan eng kulchli odamlar noqulay suhbatlardan qochmaydigan odamlar ekan.

Ichkaridagisi tashqarida. Haqiqatni ayta oladi. ( Hammani oldida emas balkim o'zi bo'lgan payitda).

Savollarni ochiq berishni o'rganish kerak ekan. Tanqidlarni ochiq qabul qilishni ham.

Noqulay suhbatlar hayot haqiqati. Hech qachon qochib ketib bo'lmaydi. O'zi bilan bir marta noqulay suhbat qurasiz, yoki butun umr o'zingiz bilan.

*Hozircha tushunib yetganlarim shular.

@Muhammadzokir_Blog
👍21🏆6
Jahling chiqsa jim bo'lishni o'rgan!

So'ngi paytlarda jahlim juda ham tez chiqib ketadigan bo'lib qolibman.

O'ylab qarasam bu mening zararimga ishlayapti, chunki oldindegi insonlarga o'zing bilmagan holatda ozor berishing mumkin.

Axir bejiz aytilmagan " Jahling kelganida aqil ketadi deb"

Jahling chiqganida eng yaxshi yechim bu jim bo'lish yoki o'sh zaxodi muzdek suv ichib olish kerak.

Sovuq suv ichingdegi olovni o'chiradi va tinchlantiradi, jimlik esa aqlni faollashtiradi.

Iyya endi nima biz jahlimiz chiqqanida jim bo'lib ketaverish kerakmi deb ichingda o'ylayatgandirsan.

Yo'q unday emas shunchaki hissiyotlaringni balansda ushlashni o'rgan demoqchiman.

O'rni kelganida harkateringni ham ko'rsata olishing kerak.

Unutma! Hissiyotlarni boshqarish, hayotni boshqarish kalti!

@Muhammadzokir_Blog
👍21🏆2
Nima uchun qilyatganini tushuntir.

Nima qilishni aytib, nima uchun qilishni tushuntirmasak.

Meni xodimlarim "Ko'zi yonib" ishlamayapti deb siqilib yuraveramiz ekan.

O'quvchilarga dars qilishni aytib, nima uchun qilishni tushuntirmasek.

O'quvchilarim dars qilmayapti deb siqilib yuraveramiz ekan.

Ota-onalarga farzandi ilim olishi kerakligni aytamiz, nima uchun ilim o'qitish keraklingi tushuntirmaymiz.

Nima qilishni aytish yetarli emas. Nima uchun qilyatganimizni tushunish muhim.

@Muhammadzokir_Blog
👍12🏆9
Kurasha olish muhim.

Ishni, o'qishni endi boshlagan payitimda eng muhim kurash bu raqobat, eng zo'ri bo'lish uchun kurash deb o'ylardim.

Manager bo'lib ishlashni boshlaganimda boshqalar fikri bilan kurashish, uni o'zgartirish deb o'ylardim.

Eng muhim kurash o'zimiz bilan ekan.

Nafsim bilan, noto'g'ri fikrlarim va niyatim bilan, shaytonim bilan.

Kurash har kuni erta tongda bo'ladi deb o'ylardim.

Har daqiqa, har bir so'z, har bir ishdan oldin ekan.

Ilm olsam, yutishim osonlashadi deb o'yladim.

Yutqazishim ham osonlashar ekan.

Solih insonlar bilan tanishdim, ular ham shu kurashda ekan.

Ba'zan mag'lub, ko'pincha g'olib bo'lishar ekan.

Ustozlar oldiga bordim, dardimni aytim.

Ular ham yutish yo'qligini aytishdi.

Bu kurash o'limgacha davom etishni tushunib yetdim.

@Muhammadzokir_Blog
👍12🏆7
Hammani o'zni Mental dunyosi bor

Yaqini vafot etgan odamga: "hamdardman" deysiz. Dardini his qila olmasligingizni bilib aytasiz.

"Buni qara shirinlgini" deb 3 oylik bolasini rasmini ko'rsatadi. Boladaka bola deb o'ylaysiz. Odob jihatidan "vuuy" deb qo'yasiz.

Shu kitob/kino hayotimni o'zgartirdi deydi, sizga ta'sir ham qilmaydi.

Odamlar dunyoda yashashidan tashqari,o'z mental dunyosida ham yashaydi.

Mental dunyo - xotiralar, genetika,bolalikdagi og'riqlar, o'ylar kombinatsiyasi. Har bir odam uchun unikal. Bir dona Mental dunyosidan kelib chiqib bir ish kimgadir yomon, kim uchundir yaxshi.

Menga mos ish degani sizga mos degani emas. Hammaga yoqadi degani sizga yoqadi degani emas. Menga qadrli inson, sizga hech kim.

Mental dunyoyimizga qarshi chiqsangiz siqilishni boshlaysiz. Yolg'on o'rab olgandek bo'ladi.

O'zingizga o'zingiz savol berasiz, "nega men boshqachaman" deb? meni tushunishmaydi degan insonlarni ko'p eshitaman bunday deman. Hamma boshqacha. Shunchaki qolganlar ko'rsatishga uyalib, bir xil tutishadi xolos.

@Muhammadzokir_Blog
👍11🏆8
Muhammadzokir Shomirzayev
Video
Yuragim ezilib ketdi bu videodagi gaplarni eshitib...

Meniyam musofirchilikda yurgan do'stlarim,akam, yaqinlarim bor. Oilasini, vatanini tashlab, rizq deb ketishgan.
Borma, shu yerda ham yaxshi ishlab o'sha pulni topsa bo'ladi desam ham baribir ketishadi. Mayli, men ularni ayblamayman, hammani o'ziga ma'lum bo'lgan dardi, sabablari bor. Muhimi, xalqimiz qayerda bo'lsayam omon bo'lsinlar!

Oilasidagi chetga ishlagani ketib, ulardan pul qabul qiladiganlarga aytadigan gapim bor: ular yuborayotgan pullarni faqat qorniga, kiyimiga, to'yiga va yana boshqa allambalo keraksiz orzu havaslarga sarflab yubormanglar. Qancha bo'lsayam ilmga tikinglar! Uy, mashina, kiyimlar, bu sizdan tortib olsa bo'ladigan narsalar.

Faqatgina sizlarda olalmaydigan birgina narsa bu ilm! Nega bunday deyapman o'zim ta'lim sohasida yurganim uchun ko'p ota-ona, o'quvchilar bilan gaplashib turaman. Musofirchilikda insonlar farzandlari shunchaki o'qishmaydi vaqtlarni behudaga sarflab yuboradi. Shunday ekan yaqinlaringiz musofirchilikda yuribtimi har bir o'tkazyatgan vaqtni qadrlanglar azizlar! Sizga berayotgan imkoniyatdan tog'ri foydalanishni biling!

In sha Alloh, hali bizga keladi ular ishlagani. Dunyo charxpalak, bir zo'r bo'lganni, bir xor bo'lishi va aksincha bir xor bo'lganni bir zo'r bo'lishi bor!

@Muhammadzokir_Blog
👍18🏆8
“Tovuqmi yoki Tuxum”paradokslari

1) Ish topish uchun tajriba kerak, tajriba olish uchun ish topish kerak.

2) O’quv markazga yaxshi ustoz topish uchun ko’p studentlar bo’lishi kerak, ko’p studentlar bo’lishi uchun yaxshi ustoz kerak.

3) Biznesni daromadli qilish uchun marketingga pul tikish kerak, marketingga pul tikish uchun biznes daromad olib kelib turgan bo’lishi kerak.

4) Iqtisodiyot kuchayishi uchun kuchli ta’lim kerak, ta’lim kuchayishi uchun investitsiyalar kerak, investitsiyalar bo’lishi uchun iqtisodiyot kuchli bo’lishi kerak.

@Muhammadzokir_Blog
👍14🏆6
To'g'ri joy tanlash.

Bir tanishimni uyda musicha in quryatgan ekan. Kirish darvozasi tepasiga.

Tanishim aytib qoldi shu muschalar inini 3 marta qaytadan quryapti dedi. 2ta tuxumini ham sindirib qo'yibti.

Sababi oddiy eshik ustiga qurayapti. Har eshik ochilganda qushlar uchib ketib, in to'kilib tushyapti.

Qattiq mehnat qilishyapti. Noto'gri joyda bo'lgani uchun natija bo'lmayapti.

Keyin menga ajoyib xulosa keldi:

Qanday ishlashimiz ikkinchi darajada ekanligni tushundim. Nima qilishimiz, qayerda qilishimiz. to'g'ri joyda qilishimiz muhimroq ekan.

@Muhammadzokir_Blog
👍13🏆8
Lifehack

Ishlashni xohlagan, yo'l qidiradi.
Ishlashni xohlamagan, bahona qidiradi.

@Muhammadzokir_Blog
🏆21
Harakat bilimni nonushtaga yeydi

Ko’p bilib, kam harakat qiladigan odamlarni tushunmayman. Aytishlari bo’yicha, ular teoriyada katta odam bo’lishi mumkin edi va tepadagilar ular uchun ahmoq. Lekin erkaklar dunyosida haqiqatdan qilingan ishlar baholaydi va potensial ag’darilishi mumkin bo’lgan tog'lar bir tiyin.

Bilim zahar bo’lishi ham mumkin, chunki ko’p biladigan odamlarda ko’p qorquvlar bor. Nima noto’g’ri ketishi mumkinligi haqida ular o’ta ko’p biladi. Agar bizni kutayotgan hamma qiyinchiliklar haqida bilganimizda, biz qiyin yo’llarni tanlamagan bo’lar edi, bu dunyoni tavakkalchilar boshqaradi.

Bu degani endi hamma ishga tavakkal qilishim kerak degani emas. Halqimizda bir ma'qol bor: yetti o'lchab bir kesish kerak degan. Shu ma'qolga amal qilib bosaverish kerak.

Xulosa qiladigan bo'lsam:
— Faqat bilim yetarli emas.
— Harakat qilmasang, bilim foydasiz.
— Juda ko‘p bilish, ba’zida, qo‘rquvni ko‘paytiradi.
— Natijani faqat amaliy ish ko‘rsatadi.

@Muhammadzokir_Blog
🏆18
Birinchi qadamni tashlashni boshla

Tepalikka qardim. Quyosh ostida, shag'al yo'lda aravada narsa olib chiqishim kerak edi.

"Nima qilasan qiynalib?. Mashinada chiqsangchi" dedi ichki dangasam.

Bitta qadam bosdim. Keyin ikkinchisini. Yuzlab qadamdan keyin tepalikka chiqib bo'ldim.

Qo'rquv birinchi qadamni o'zidan yo'qolib bo'ldi. O'ninchi qadamdan dangasalik o'rnini, davom ettrish xohishi egalladi.

Bitta bitta qadam tashlab qanchalar uzoqqa yetib borish mumkinligini tasavvur ham qila olmaysiz.

Til o'rganishda, sport bilan shug'ullanishda, yangi biznes boshlashda, va hokazo. Muhimi mantiqni tushunding.

O'zimda ko'p uchraydigan muammolarimga yechim topdim:) senga ham ulashib qo'ydim.

Tepalikka qarab turavermang. Qadam tashlashi boshlang, uyog'ini yo'l ko'rsatadi.

@Muhammadzokir_Blog
🏆13
Holatga qarab o'qigan afzalroq.

Nima kitob o'qishni bilmayman degan do'stlarim va o'zimga tavsiya.

Holatga qarab kitob o'qish eng to'g'ri yechim, har birimiz istalgan vaqtda har xil holatda bo'lamiz. O'sha holatni ilimini o'rganmay turib " Internetda sho‘v-shuv kitoblar" o'qilmaydi.

Talaba bo'lsek, effektiv o'rganish haqida o'qigan afzal.

Hodim bo'lsak, qilayotgan ishimiz haqida, ishxonamizni o'stirish haqida o'qiganimiz afzal.

Vaqtimiz ko'p bo'lsa, vaqtni samarali ishlatish haqida o'qiganimiz afzal.

Pulimiz bo'lmasa, pul topish yo'llari haqida o'qiganmiz afzal.

Musulmon bo'lsak, dinimizga amal qilish haqida o'qiganimiz afzal.

Jamoamiz bo'lsa, boshqaruv haqida o'qiganimiz afzal.

10ta kitob o'qiganimizdan keyin, "Kitob bormi?" emas, "Kitob o'qishga vaqt bormi?" deb so'raydigan bo'lamiz.

50ta bo'lganidan keyin, o'zingizni aqlli hisoblab, kitoblar tavsiya qilishga o'tamiz.

* 100ta bo'lganidan keyin, kitoblar odamni o'zgartirmaslgi, davomi kitob o'qish o'zgartirishni tushunamiz.

Xullas kitobni holatingdan kelib chiqib o'qiyverasan.

@Muhammadzokir_Blog
🏆18
Jahl haqida

Jahl nimaligi va uning zararlari – qachon xafa bo'lishni, qachon jahlni tanlashimiz – jahlni boshqarish uchun nimalar qilishimiz mumkinligi – nizolarni yechish uchun eng yaxshi usul va jahl kerak bo'ladigan joylar haqida gaplashamiz.
🏆13
Forwarded from alijanov ibrohim
Hammamizni shu qutqarib qoladi

21-asrdagi eng muhim qobiliyat.

@aiblogs
🏆9
alijanov ibrohim
Hammamizni shu qutqarib qoladi 21-asrdagi eng muhim qobiliyat. @aiblogs
1.5 soat vaqtni ajiratishga arzidigan insho ekan.

Alijanov Ibrohimga ham rahmat katta.
🏆11
O’qituvchilarni qanday ishlayotganini bilmoqchi bo’lsangiz necha foiz o’quvchilar ustoz bo’lishni xohlayotganini tekshiring.

Didro
🏆18
McDonald's

McDonald's kinosni ko'rgan bo'lsangiz kerak, bugun ham shu kinoni ko'rib chiqgan edim. Bu kinoni ko'rish jarayonida ajoyib xulosalar oldim ( Kinoni nomi Asoschi).

1) Konveyer tizimi: Aka-uka McDonaldlar birinchilardan bo'lib, konveyer tizimini ovqat segmentiga olib kirgan insonlar.

Uning asosiy maqsadi bitta xodim, bitta ishni bajarishi va ishlab chiqarish jarayoni ko'p kichkina jarayonlarga bo'linib ketilishi. Ya'ni kotlet qovuradigan odam faqat kotlet qovuradi, burger yasamaydi. Bitta odam bitta ishni bajarishi fokusni va tezlikni oshiradi.

2) Qattiyatli bo'lish: Ray Kroc oddiy mikser sotib yuradigan inson oxirida asoschisiga aylandi, ko'p joylarga bordi ishlari o'xshamadi lekin, to'xtab ham qolmadi. Oxiri o'z maqsadiga erishdi.

3) Sinash uchun oshiqcha xarajat qilmaslik: McDonald's oshxonada tezlikni oshirish uchun jihozlarni qulay joylashtirishi kerak edi, uning uchun ular basketbol maydonida yerga mel bilan jihozlarni har xil joylashuvini chizib, odamlarni u yerda virtual ravishda ishlatib kor'gan.

Nega bu jarayonni oshxonani o'zida qilib ko'rmagan?
Uning uchun og'ir jixozlarini 10-20 marta ko'chirish kerak bo'lar edi. Shuning uchun buni tasavvur orqali xodimlar bilan qilishgan va ishlaydigan jarayonni oshxonada joriy qilishgan.

4) Ma'sulyat bo'lish: McDonald’s bu borada enga yaxshi institut bo'la oladi. Har yili millionlab ishsiz o'smirlarni birinchi ishi bilan ta'minlab, ularga eng muhim narsa— Ishga o'z vaqtida, har bir berilgan ishlarni ma'sulyat bilan bajarishni o'rgatib kelyapti.

Xulosa qiladigan bo'lsam: Qobilyatlilar ko'p lekin katta natijalar qila olmagan, Diplomi bor aqllilar ham bor, ular ham katta natijlar qila olmagan. Lekin birgina narsa bor bularni barchasini disertga qo'shib yeb yuboradi: Bu narsa QATIYATli bo'lish ekan.

@Muhammadzokir_Blog
🏆19
Tugamaydigan ishlar, unutilgan do‘stlar.

Oxirgi payitlarda juda ham ko'p ishlar, o'qishlarim bo'lgani tufayli yaqin insonlar, do'stlar bilan aloqam uzilib qolyapti.

Bunday holat bo'lyatganini o'zim sezib yuribman, lekin biroz ishlarimni bitiray deb kunlarni yo'qotishni boshladim.

Bu dunyoni ishlarni tugataman deb do'slikni, silai rahman tugatib qo'yish mumkin ekan, lekin ishlar tugamas ekan.

Va bugundan boshlab o'zim uchun yangi intizom shaklinatirishni boshladim, har Juma do'stlarni va qarindoshlarni yo'qlayidigan kun deb.

Birodarlar do'stlik abadiy qolmasligi mumkin, lekin ish davom etaverar ekan. Yaqinlarni va do'stlarni asraylik.

@Muhammadzokir_Blog
1🏆24