Muhammadzokir Shomirzayev
144 subscribers
30 photos
8 videos
43 links
O'qigan ma'lumotlarim va o'rganyatgan bilimlarimni ulashib boraman.
Download Telegram
Xodimlarni ishonchini qozonish uchun nima qilish kerak?

O'zim o'qib, amalda ham sinab ko'rgan bir nechta usullardan birini senga ham ulashdim.
Bu odatlar faqatgina rahbar bo'lganingda emas balik hayotda ham asqotadi.

— Samimiy bo'lish
— O'z xatolaringni tan ola bilish
— Xodimlarni tushunishga harakat qilish
— Ochig'ini aytishdan qo'rqmaslik
— Xodimlar bilan doimi fikr mulohazada bo'lib turish
— Muammolar chiqganida birgalikda hal qila olish

Haqiqiy rahbar shunchaki "boss" bo'lishi shart emas. U insoniylik va samimiy muloqot orqali jamoasining hurmatini qozonadi.

@Muhammadzokir_Blog
👍16🏆1
Bilish bu tushunish emas.

Max Plank Nobel mukofotini olgach, uni Germaniya bo'ylab ma'ruzalar qilishga chaqirishadi.

Haydovchi uni tashib, ma'ruzlalarni ham eshitib o'tirardi.

20 marta bitta narsani eshitgach haydovchi professordan iltimos qildi:

Professor Plank, zerikib ketdim, ma'ruza yod bo'lib qoldi. Endi bu safar siz haydovchi bo'lib o'triring, men ma'ruza qilay, iltimos?

Haydovchi Max Plankning Fizika bo'yicha ma'ruzasini o'qidi.

Bitta professor turib qiyin savol berib qoldi.

Shunda haydovchi, shunday katta va rivojlanagan shaharda odamlar bunday sodda savollar beradi deb kutmagandim. Bu savolingizga haydovchim javob beradi dedi :)

Bu hikoyani ko'pchilik eshitgan bo'lsa kerak?

Xulosa. Yodlash bu tushunish emas ekan. Hattoki bilish ham tushunish emas.

Bilgan odam aytib bera oladi xolos. Amal qilishni boshlash uchun esa tushunish kerak.

@Muhammadzokir_Blog
10👍15🏆1
Eng yaxshi natijalarga odamlarga buyruq berish orqali emas, balki ularni ilhomlantirish orqali erishiladi.

@Muhammadzokir_Blog
6👍18👎1🏆1
Loyiq bo'lishni o'rgan.
*Ustozlarimdan olgan eng yaxshi saboqlarim.

Hayotda biror narsaga erishishning eng oson yo'li — erishmochi bo'lgan narsangga loyiq bo'lish kerak.

Itoatli, soliha qizga uylanish yo'li — Shunday qizlar tegadigan yigit bo'lish.

Yaxshi ko'rgan ishidan ko'p pul topish yo'li — Odamlar ko'p to'lashga tayyor bilim, tajribani olish.

O'ta ajoyib insonlar bilan do'st bo'lish yo'li — O'zimiz ham ajoyib do'st bo'lishimiz.

Eng yaxshi ustozlarga shogirt tushish yo'li — Nomzodlar ichida eng arziydigani bo'lish.

Ro'yxat davom etaveradi. Xulosa qilsak, loyiq bo'lishlik erishmoqchi bo'lgan ishlarni osonlashtiradi ekan.

Lekin, loyiq bo'lishlikni o'zi oson emas.

Solih bo'lish, ilm va tajriba yig'ish, ishonadigan do'st bo'lish albatta qiyin, uzoq vaqt talab qiladi bu aniq.

Biror yaxshi natijaga erishishni xohlaganingda, qiyin, (aslida oson) yo'lini tanlayver.

Zero

Albatta, har bir qiyinchilik bilan osonlik bor. (94:5)

@Muhammadzokir_Blog
👍14🏆2
Forwarded from Alloh buyuk
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Suratda Toshkent shaxrida yashovchi Abdivokhapova Umidaning farzandi - Qodirov Muhammadjon.

2018-yilda tug’ilgan

Qodirov Muhammadjonga Salomiy Sudirgi tashxisi qo’yilgan.

Endilikda Muhammadjonda miya yemirilishi boshlangan

Kasalning Hindistonda davosi topildi. Muhammadjon sahovatpesha insonlarning ko’magiga muhtoj. Hindistonda davolanishiga 20000$ ketadi aperetsaga yig"ildi 16000💲

Karta raqami:

Uzkart: 8600 3329 9440 2091

Humo kart: 9860 0201 1341 1159

Ushbu kartalar onasi Abdivokhapova Umidaning nomida.

Onasining Telefon raqami:
+998998105027

Sizlardan Muhammadjonning holatiga befarq bo’lmasligingizni so’rab qolamiz.

Beminnat, beg’araz qilingan yaxshilikni Robbimiz mukofotlasin!
Robbimiz qalblarimizni ulfat etsin. Himmatimizni baland aylasin.

Har kim qo’lidan kelgancha (10.000 so’m) bo’lsa ham yordam bersa edi…
1👍12🏆2
O'zinga tegishli bo'lgan narslar doim qimmat narx berigin keladi.

1990-yilda Richard Thaler, Daniel Kahneman va Jack Knetsch tomonidan ajoyib tadqiqot o'tkazilgan.

Cornell Universiteti tomonida universitet logosi tushurilgan chashka chiqarishgan edi.

O'sha chashkani bir guruh talablarga taqdim qilgan, ular o'sha chashkani sotishi kerak edi. Shunda talablar 5 -10 dollargacha narx qo'yishgan edi.

Yana bir guruh talabalr uchun logo tushurilgan chashkani sotib olishlarni aytadi, talablar ularga 2 - 4 dollargacha narx aytishadi.

Bu tadqiqotni nomi Endowment Effect deb nomlanadi. Bunday psixologik hodisa hammamizda bo'ladi.

Doim kimdir biror narsa sotmoqchi bo'lsa baland narx qo'yadi. Va shu o'rinda kimdir biror narsa olmoqchi bo'lsa pastroq narx qo'yadi. Shunday payitda Endowment Effectni eslab qo'yaverasiz.

@Muhammadzokir_Blog
8👍14🏆2
Insonlar zaif gullar emas!

Ba'zida kimningdir ishidan qoniqmaydigan bo'lseng qanday aytsam ekan deb o'ylanib o'tirma.

Ishiga qara muammo bormi sen to'g'rilashga urin, o'ziga aytishni o'rgan.

Bu fikirni aytsam hafa bo'lib qolsachi degan fikir mulohazadan chetroq yurish kerak.

Chunki sening himmating qimmatga tushishi mumkin. Biznesda, do'stlar orasida, oilavi hayotda...

Bermoqchi bo'lgan fikringni aniq va faktlar bilan yetkazib to'g'ri yo'lini ko'rsatib qo'yseng bas. ( Hafa bo'lish, seni aytganingni qilish, o'zgarish o'ziga havola).

Google’ning sobiq menejeri va "Radical Candor" kitobi muallifi Kim Skott shunday yozgan:

Kimnidir xatosini yuziga aytish juda qiyin. Chunki biz birovni xafa qilmoqchi emasmiz. Bizni bolaligimizdan "agar yoqimli gap aytolmasang, hech narsa demagin" deb o‘rgatishgan. Lekin menejer bo‘lsangiz, bu vazifangizga aylanadi. Endi butun umr davomida o‘rgangan odatlaringizni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi
.

@Muhammadzokir_Blog
1👍18🏆2
Sen bizga keraksan
O'quv markazimizga administrator/kassir qidiryapmiz.

O'quv markaz sohasida doim ishlaging kelardi, lekin imkoniyat bo‘lmaganmidi? Endi bor.

Bizni o'quv markazimizga chaqqon, xushmuomala administrator/kassir kerak.

Talablar:
Jinsi: Ayol
Yoshi: 18 dan - 30 gacha
Xarakter: Kirishimli, halol, epchil-chaqqon bo‘lish, uyatchang bo‘lmaslik.

Sharoitlar:
Ish vaqti: 08:00 dan - 18:00 gacha
Oylik: Kelishamiz :)

Ishning afzalligi:

- Ofis sharoitida, qo‘lingni sovuq suvga urmasdan, faqat pul sanab, kelgan mijozlarga ma'lumot berib, maza qilib kofe ichib (va damlab) ishlash.

- Faqat taʼlim yuzasidan odamlar bilan muloqot qilish

Ish haqida suhbat davomida to‘liq gaplashiladi.

Ma'lumotlarni: @Muhammadzokir19 yuborishing kerak.
👍13🏆2
Barcha ishlar kichik amalardan boshlandi.

Namozda fokus qilishga qiynalardim.

Bir blogda o'qib qolgan edim. Namoz sanodan boshlanadi. Ma'nosi biling. Dona dona qilib o'qing, sanoda fokus qila olmasangiz, butun namozda ham qila olmaysiz degan ekan.

Keyin tilovatda fokus qiling. Keyin rukuda. Butun namozda fokus qilish emas, kichik amallarda fokus qilishga harakat qiling deb takidlagan ekan.

Keyin shu maslahadan qoida chiqarib oldim o'zim uchun:

Katta ishlarni sifatli qilish uchun, ichidagi kichik ishlarni sifatli qilish kerak deb o'zimga qoida qildim.

Kitob o'qishda qo'llab ko'rishni boshladim, o'qiydigan kitobni yaxshilab tanlab olib. Zeriksam o'sha joyida to'xtataman ( foydali ma'lumot zeriktirmas ekan, o'qigan sarin o'qigin kelaveradi).

Yangi ma'lumotlar olsam belgilab ketishni boshladim, belgilagan joyalarimni orasidan foydalilarni tanlayman, amalda qo'llashga harakat qilaman. Keyin boshqalarga o'qiganlarimni yozib, gaprib beraman.

Oxirida qarasam bitta kitobdan max daraja foydali va sifatli bajargan bo'lib qolyapman.

Xohlagan ishga qo'llasa bo'ladi.

@Muhammadzokir_Blog
👍19🏆2
Risk (tavakkalchilik) qilish haqida.

Bugun o'ylanib o'tirib hayolimga tavvakal qilish kerak bo'lgan ishlar kelib qoldi.

Biznes boshlab ko'rish, boshqa davlatga ko'chish, kasb almashtirish bular hammasi risk. Riskda nima olishimiz aniq emas, lekin yo'qotadiganimiz aniq.

Shu sababdan ham ko'pchilik bu ishlarda qiynalar. Qarorlarni yillarga cho'zadi balkim.

Menimcha eng katta risk bular emas. Eng katta risk hayotini bekorga yashab yuborish. Bu dunyoga nega kelaganini, rosdan nimalar xohlaganini, qilishi mumkin bo'lgan ishlarni bila olmaslik risk bo'lsa kerak.

O'zimcha bundaylarni hayot riski deb atadim. Aynan shu yerda xato qilmaslik uchun ham, biznes boshlashga, ko'chib ketishga, kasbni almashtirishga qo'rqmaslik kerak.

Qolgan boshqa kichik risklar ham shunday. O'zingni topishing uchun qilyapsanmi? Qo'rqma, tavakkal qilaver jigar. Vaqtingni, hayotingni isrof qilish riski oldida bu hech narsa emas.

@Muhammadzokir_Blog
👍11🏆2
Suhbatlarimiz

"Yo'q" degandan ko'ra, telefon ko'tarmaslikni tanlaymiz.

Yuziga aytgandan ko'ra, boshqalarga aytib yuramiz.

O'zi bilan gaplashib olgandan ko'ra, miyamizda gaplashib yuramiz.

Noqulay suhbatlardan o'zimiz qochamiz, natijasida yomonlik bo'lsa, boshqalarni ayblaymiz.

Gapirsam xafa bo'ladi deymiz, uyalamiz. Xafa bo'lishi unga foydali bo'lishi mumkinligini bilmaymiz.

Bu muammolar juda ham meni qiynaydi, va o'zim o'rgatishga harakat qilyapman.

Men tanigan eng kulchli odamlar noqulay suhbatlardan qochmaydigan odamlar ekan.

Ichkaridagisi tashqarida. Haqiqatni ayta oladi. ( Hammani oldida emas balkim o'zi bo'lgan payitda).

Savollarni ochiq berishni o'rganish kerak ekan. Tanqidlarni ochiq qabul qilishni ham.

Noqulay suhbatlar hayot haqiqati. Hech qachon qochib ketib bo'lmaydi. O'zi bilan bir marta noqulay suhbat qurasiz, yoki butun umr o'zingiz bilan.

*Hozircha tushunib yetganlarim shular.

@Muhammadzokir_Blog
👍21🏆6
Jahling chiqsa jim bo'lishni o'rgan!

So'ngi paytlarda jahlim juda ham tez chiqib ketadigan bo'lib qolibman.

O'ylab qarasam bu mening zararimga ishlayapti, chunki oldindegi insonlarga o'zing bilmagan holatda ozor berishing mumkin.

Axir bejiz aytilmagan " Jahling kelganida aqil ketadi deb"

Jahling chiqganida eng yaxshi yechim bu jim bo'lish yoki o'sh zaxodi muzdek suv ichib olish kerak.

Sovuq suv ichingdegi olovni o'chiradi va tinchlantiradi, jimlik esa aqlni faollashtiradi.

Iyya endi nima biz jahlimiz chiqqanida jim bo'lib ketaverish kerakmi deb ichingda o'ylayatgandirsan.

Yo'q unday emas shunchaki hissiyotlaringni balansda ushlashni o'rgan demoqchiman.

O'rni kelganida harkateringni ham ko'rsata olishing kerak.

Unutma! Hissiyotlarni boshqarish, hayotni boshqarish kalti!

@Muhammadzokir_Blog
👍21🏆2
Nima uchun qilyatganini tushuntir.

Nima qilishni aytib, nima uchun qilishni tushuntirmasak.

Meni xodimlarim "Ko'zi yonib" ishlamayapti deb siqilib yuraveramiz ekan.

O'quvchilarga dars qilishni aytib, nima uchun qilishni tushuntirmasek.

O'quvchilarim dars qilmayapti deb siqilib yuraveramiz ekan.

Ota-onalarga farzandi ilim olishi kerakligni aytamiz, nima uchun ilim o'qitish keraklingi tushuntirmaymiz.

Nima qilishni aytish yetarli emas. Nima uchun qilyatganimizni tushunish muhim.

@Muhammadzokir_Blog
👍12🏆9
Kurasha olish muhim.

Ishni, o'qishni endi boshlagan payitimda eng muhim kurash bu raqobat, eng zo'ri bo'lish uchun kurash deb o'ylardim.

Manager bo'lib ishlashni boshlaganimda boshqalar fikri bilan kurashish, uni o'zgartirish deb o'ylardim.

Eng muhim kurash o'zimiz bilan ekan.

Nafsim bilan, noto'g'ri fikrlarim va niyatim bilan, shaytonim bilan.

Kurash har kuni erta tongda bo'ladi deb o'ylardim.

Har daqiqa, har bir so'z, har bir ishdan oldin ekan.

Ilm olsam, yutishim osonlashadi deb o'yladim.

Yutqazishim ham osonlashar ekan.

Solih insonlar bilan tanishdim, ular ham shu kurashda ekan.

Ba'zan mag'lub, ko'pincha g'olib bo'lishar ekan.

Ustozlar oldiga bordim, dardimni aytim.

Ular ham yutish yo'qligini aytishdi.

Bu kurash o'limgacha davom etishni tushunib yetdim.

@Muhammadzokir_Blog
👍12🏆7
Hammani o'zni Mental dunyosi bor

Yaqini vafot etgan odamga: "hamdardman" deysiz. Dardini his qila olmasligingizni bilib aytasiz.

"Buni qara shirinlgini" deb 3 oylik bolasini rasmini ko'rsatadi. Boladaka bola deb o'ylaysiz. Odob jihatidan "vuuy" deb qo'yasiz.

Shu kitob/kino hayotimni o'zgartirdi deydi, sizga ta'sir ham qilmaydi.

Odamlar dunyoda yashashidan tashqari,o'z mental dunyosida ham yashaydi.

Mental dunyo - xotiralar, genetika,bolalikdagi og'riqlar, o'ylar kombinatsiyasi. Har bir odam uchun unikal. Bir dona Mental dunyosidan kelib chiqib bir ish kimgadir yomon, kim uchundir yaxshi.

Menga mos ish degani sizga mos degani emas. Hammaga yoqadi degani sizga yoqadi degani emas. Menga qadrli inson, sizga hech kim.

Mental dunyoyimizga qarshi chiqsangiz siqilishni boshlaysiz. Yolg'on o'rab olgandek bo'ladi.

O'zingizga o'zingiz savol berasiz, "nega men boshqachaman" deb? meni tushunishmaydi degan insonlarni ko'p eshitaman bunday deman. Hamma boshqacha. Shunchaki qolganlar ko'rsatishga uyalib, bir xil tutishadi xolos.

@Muhammadzokir_Blog
👍11🏆8
Muhammadzokir Shomirzayev
Video
Yuragim ezilib ketdi bu videodagi gaplarni eshitib...

Meniyam musofirchilikda yurgan do'stlarim,akam, yaqinlarim bor. Oilasini, vatanini tashlab, rizq deb ketishgan.
Borma, shu yerda ham yaxshi ishlab o'sha pulni topsa bo'ladi desam ham baribir ketishadi. Mayli, men ularni ayblamayman, hammani o'ziga ma'lum bo'lgan dardi, sabablari bor. Muhimi, xalqimiz qayerda bo'lsayam omon bo'lsinlar!

Oilasidagi chetga ishlagani ketib, ulardan pul qabul qiladiganlarga aytadigan gapim bor: ular yuborayotgan pullarni faqat qorniga, kiyimiga, to'yiga va yana boshqa allambalo keraksiz orzu havaslarga sarflab yubormanglar. Qancha bo'lsayam ilmga tikinglar! Uy, mashina, kiyimlar, bu sizdan tortib olsa bo'ladigan narsalar.

Faqatgina sizlarda olalmaydigan birgina narsa bu ilm! Nega bunday deyapman o'zim ta'lim sohasida yurganim uchun ko'p ota-ona, o'quvchilar bilan gaplashib turaman. Musofirchilikda insonlar farzandlari shunchaki o'qishmaydi vaqtlarni behudaga sarflab yuboradi. Shunday ekan yaqinlaringiz musofirchilikda yuribtimi har bir o'tkazyatgan vaqtni qadrlanglar azizlar! Sizga berayotgan imkoniyatdan tog'ri foydalanishni biling!

In sha Alloh, hali bizga keladi ular ishlagani. Dunyo charxpalak, bir zo'r bo'lganni, bir xor bo'lishi va aksincha bir xor bo'lganni bir zo'r bo'lishi bor!

@Muhammadzokir_Blog
👍18🏆8
“Tovuqmi yoki Tuxum”paradokslari

1) Ish topish uchun tajriba kerak, tajriba olish uchun ish topish kerak.

2) O’quv markazga yaxshi ustoz topish uchun ko’p studentlar bo’lishi kerak, ko’p studentlar bo’lishi uchun yaxshi ustoz kerak.

3) Biznesni daromadli qilish uchun marketingga pul tikish kerak, marketingga pul tikish uchun biznes daromad olib kelib turgan bo’lishi kerak.

4) Iqtisodiyot kuchayishi uchun kuchli ta’lim kerak, ta’lim kuchayishi uchun investitsiyalar kerak, investitsiyalar bo’lishi uchun iqtisodiyot kuchli bo’lishi kerak.

@Muhammadzokir_Blog
👍14🏆6
To'g'ri joy tanlash.

Bir tanishimni uyda musicha in quryatgan ekan. Kirish darvozasi tepasiga.

Tanishim aytib qoldi shu muschalar inini 3 marta qaytadan quryapti dedi. 2ta tuxumini ham sindirib qo'yibti.

Sababi oddiy eshik ustiga qurayapti. Har eshik ochilganda qushlar uchib ketib, in to'kilib tushyapti.

Qattiq mehnat qilishyapti. Noto'gri joyda bo'lgani uchun natija bo'lmayapti.

Keyin menga ajoyib xulosa keldi:

Qanday ishlashimiz ikkinchi darajada ekanligni tushundim. Nima qilishimiz, qayerda qilishimiz. to'g'ri joyda qilishimiz muhimroq ekan.

@Muhammadzokir_Blog
👍13🏆8
Lifehack

Ishlashni xohlagan, yo'l qidiradi.
Ishlashni xohlamagan, bahona qidiradi.

@Muhammadzokir_Blog
🏆21
Harakat bilimni nonushtaga yeydi

Ko’p bilib, kam harakat qiladigan odamlarni tushunmayman. Aytishlari bo’yicha, ular teoriyada katta odam bo’lishi mumkin edi va tepadagilar ular uchun ahmoq. Lekin erkaklar dunyosida haqiqatdan qilingan ishlar baholaydi va potensial ag’darilishi mumkin bo’lgan tog'lar bir tiyin.

Bilim zahar bo’lishi ham mumkin, chunki ko’p biladigan odamlarda ko’p qorquvlar bor. Nima noto’g’ri ketishi mumkinligi haqida ular o’ta ko’p biladi. Agar bizni kutayotgan hamma qiyinchiliklar haqida bilganimizda, biz qiyin yo’llarni tanlamagan bo’lar edi, bu dunyoni tavakkalchilar boshqaradi.

Bu degani endi hamma ishga tavakkal qilishim kerak degani emas. Halqimizda bir ma'qol bor: yetti o'lchab bir kesish kerak degan. Shu ma'qolga amal qilib bosaverish kerak.

Xulosa qiladigan bo'lsam:
— Faqat bilim yetarli emas.
— Harakat qilmasang, bilim foydasiz.
— Juda ko‘p bilish, ba’zida, qo‘rquvni ko‘paytiradi.
— Natijani faqat amaliy ish ko‘rsatadi.

@Muhammadzokir_Blog
🏆18