Muhammadzokir Shomirzayev
144 subscribers
30 photos
8 videos
43 links
O'qigan ma'lumotlarim va o'rganyatgan bilimlarimni ulashib boraman.
Download Telegram
Yangi yil tushunchasi qayerdan kelgan?
Menga bu savol juda ham qiziq bo'ldi va ajoyib javoblar topib oldim va senga ham ulashdim.

1. Tarixga qaytamiz.

2. Dekabr yilning o’ninchi oyi, deka yunonchadan o’n degani. (Oktabr — sakkizinchi). Ya’ni boshida yil dekabrda tugamas edi. 20-Martda tugardi.

3. Miloddan avvalgi 46-yili Sezar o’z kalendarini ommalashtiradi. Quyosh ritmiga yetib olish uchun Kalendarga ikkita oy qo’shadi: Januarus va Februarus.

4. Ikki yuzli Rim Xudosi Janus sharafiga 1-Yanvarni yangi yilning birinchi kuni deb e’lon qiladi.

5. XII (12 ) - asr Yevropa Xristian liderlari Yangi yilni 1 hafta oldin, 25-dekabrda nishonlashga o’tishadi (Iso ibn Maryam tu’gilgan kun bilan bog’lash uchun). Bayramga Christmas deb nom berishadi.

6. 1582-yili Pop Gregory XIII (13) 1-Yanvarni qayta yangi yil deb e’lon qiladi. Nishonlanish an’analari esa Christmasdagi kabi qolib ketadi.

7. Biznes uchun Yangi yil eng daromadli bayram hisoblanadi. Sovg’alar, tortlar, sayohatlar, ovqatlanishlar. Aholini bayramni nishonlashga undashda ularda doim qiziqish bor.

8. Bayramning amaliy foydasi kam (Bolalarni aldash, 4 kunlik bekorchilik, ko’chada shovqin, isrofgarchilik, 2haftalik pulni 1 kunda ishlatib qo’yish, archalarning kesib tashlanishi)

9. Shu kuni Alkogol bilan bog’liq jinoyatlar 30% ga ortadi. (Oxygen nashriga ko’ra)

10. Yuqoridagi izlanishlardan kelib chiqib, yangi yilni nishonlash uchun o’zimda birorta ham sabab topa olmadim. Bundan keyin ham topa olmasam kerak.

Tarixiy manba (https://www.history.com/topics/holidays/new-years)

@Muhammadzokir_Blog
👍6🏆1
Bugun o'zim uchun foydali bo'lgan ilovalar va sayitlar haqida aytib beraman.

1. Obsidian Bu ilova mening ikkinchi miyam desam ham bo'ladi, chunki barcha ma'lumotlarim, o'rganyatgan kurslarim, o'qiyatgan kitoblarim, kerak bo'lgan linklarim, jamiki hammsi shu ilovada saqlayman.

2. Focus booster Bu ilovada odatda dars qilyatganimda yoki biror ish qilyatganimda foydalanaman. Pomodoro timer, ish qilyatganimda biror ishga chalg'imasligim uchun.

3. Notion Bu ilova mening ishlarimni tartiblashga juda ham foyda beradi. Ishxonada kunlik hayotimda foydalanib boraman.

4. Money manager Bu ilova meni oylik daromatim qayerga va qancha sariflayatganimni bilib borishim uchun. Juda ham foydalik, shunga qarab xarajatlaringni kamaytirasan yoki ko'paytirasan.

5. Lucid chart Bu sayit mening ishlarimni rejalashga juda ham foydasi tegyapti. Ishlatishni boshlaganimga ko'p bo'lmadi hali, lekin ancha yaxshi sayit ekan.

6. Kindle books Istalgan kitobingni topishing mumkin. Faqat o'zbek tilida emas.

7. Asaxiy books bu joyda ham ajoyib kitoblar bor odatda shu yerdan kitoblar xarid qilaman.

Tepada yozib o'tgan ilovalar va sayitlar men uchun juda foydali bo'lyapti, senga ham foydasi tegib qolar.

@Muhammadzokir_Blog
👍6🏆1
O'zingni bos jigar, bu shunchaki tasodif.

1. Yomg'irli kunlarda senga loy sachiratib ketgan moshina ataylabdan qilgani yo'q. Shunchaki ko'lmak bor joyga kelib qolgansan.

2. Qo'pollik qilgan sotuvchi seni yomon ko'rmaydi, shunchaki bugun jarima to'lagan, kayfiyati yo'q.

3. Telefon qilgan payitingda ko'tarmagan tanishing ataylab senga javob bermay qo'ygani yo'q. Ish, namoz, balkim telefoni oldida bo'lmagandir.

4. Ba'zida qarzimiz bo'lmasa ham internet yoki svetni o'chirib qo'yishdi, yaramas ochko'zlar pullingni shilmoqchi emas, shunchaki remont yoki adashib ketishgan.

5. Bizga bo'lgan yomonliklarni ataylab deb qarashimiz tabiy. Chunki o'zimizni koinot markazidamiz deb o'ylaymiz. Unday emas jigar. Maqsad yo'q joyda uni ko'rish kerak emas. Tasodifni ko'rish kerak.

@Muhammadzokir_Blog
👍6🏆1
Hayotda oliy maqsad

Oliy maqsad tushunchasi haqida o'qib qolgan edim. Xulosalarimni senga ham ulashdim.

Ba'zi kompanyalar odamlarni marsga uchiramiz, elektorkarlar orqali tabiatni asrab qolamiz deyishadi.

Qilyatgan ishingizda oliy maqsad bo'lsa, ertalab turishingiz oson bo'ladi, hech qachon charchamaysan deydi biznes kitoblarda.

Kompanyada oli maqsad bo'lmasa, xodimlarnig pul uchun ishlayatgan bo'ladi, sening biznesingda ham rohat ololmaysan deydi biznes trenerlar.

Keling birga real hayotga qaraymiz aslini olganda faqatgina 5% odamlarni to'g'ridan to'g'ri puldan tashqari oli maqsadi bor. Ba'zi shifokorlar,o'qituvchilar, tadbirkorlar, askarlar misol uchun.

Qolganlar oliy maqsadini qanday o'ylab topishini na kitoblar, na trenerlar aytadi negadur. Misol uchun bozorda meva, sabzavot sotuvchi yoki cho'ponlarni maqsadini kim topib beradi?

Aslida oliy maqsadni yo'qligidan siqilish, ishini almashtirish shart emas. Qilyatgan ishimiz orqali oilamizni ta'minlashimiz ham eng oliy maqsa ekan aslida. Qolgan narsalar biz uchun bonus.

Bu postni shu yergacha o'qidingmi tabriklayman. Keyingi safar qilyatgan ishingdegi oliy maqsadingni so'rashsa cho'chimay:

Odamlarga xizmat qilish va oilamni halol ta'minlash deb javob beraver.

Biz uchun butun umrlik maqsad bo'lishiga yetadi.

@Muhammadzokir_Blog
👍7🏆1
Barchaga hayrli kun! Orada biroz kanalimda postlar chiqaraolmadim bir nechta sabablar tufayli: Oxirgi payitlarda postlarimga amal qila olmay qoldim, keyin o'quv markaz uchun CRM tizimini ishlab chiqayatgan edim. Endi muntazam foydali post chiqarishga harakat qilaman in sha alloh.

👍,👎 Bu stickerlarni qo'shib qo'ydim. Yoqsa like yoqmasa dislike deyishar ediku bloger akalarimz :)
👍26🏆1
Siqilishdan ko'ra o'zgarish yaxshiroq.

Ko'p narsalar meni asabibni buzar edi. Siqilishdan o'zgarishgacha bo'lgan bosqichlarni tushunib yetmagunimcha, bugun shular haqida gaplashamiz.

— Odamladagi kamchiliklarni ko'rardim. Ba'zilariga e'tibor bermasdim. Ba'zilari asabimga tegardi. Siqilardim. Ayblardim. Qanday qilib shunday yashash mumkinligiga tushunmasdim. Yaqin kunlargacha.

— Kamchiliklarni yo'qotish uchun maslahatlar berardim. Ba'zida o'zimga ham. Ba'zilar qabul qildi, xursand bo'ldi. Ko'pchilik xafa bo'ldi, o'zini oqladi,talashib ketdi.

— Oxiri gapirmay qo'ydim. Odamlarda xatolar bo'lishini qabul qildim. Kamchiliklar asabimga tegsa ham bildirmadim.

— Asabimga tegayotgan kamchiliklarga diqqat bilan qaradim. Ular o'zimda ham bor ekan. Boshqalarni o'zimdagi kamchiliklarni topish uchun oyna qilib oldim. O'zgarishim tezlashdi. Siqilmay qo'ydim.

Odam o'zidegi kamchilikni boshqa odamda ko'rganda asabiylashadi degan xulosaga keldim.

Va bunga yechim oxtarishga kirishtim va topdim degan umitdaman.

1. Shunday kamchiligi bor insonlardan uzoqda yurish ( Omadingni bersin jigar deb).
2. O'sha insonni ko'zgu bilib o'zimni to'g'irlash.

Senga qaysi biri ma'qul 1 yoki 2 tanlov o'zingda.

@Muhammadzokir_Blog
👍18🏆1
Tushkunlikka tushishning eng oson va sinalgan usullari.

1. Doim yangiliklarni kuzatib borish. Iloji bo'lsa har kuni.

2. Yashashi o'zinikidan yaxshiroq bo'lganlarga obuna bo'lish. O'zi umuman odamlarni fikiri uchun emas, yashash tarzi uchun kuzatish.

3. Kontent yaratish emas, kontent ko'rish bilan vaqt o'tkazish. Kontent olayotganlarni esa tanqid qilib turish.

4. O'zi hal qila olmaydigan, harakat ham qilib ko'rmaydigan muammolar haqida o'ylash, suhbatlashish, gapirib yurish.

5. Odamlar nima der ekan deb o'ylayverish.

6. Hozir qilyatgan ishini yaxshilab qilish o'rniga, yana boshqa ish qilib ko'rish haqida o'ylash.

Davom etaveradi....

Shu ishlarni qilish aniq siqilishga olib boradi.

@Muhammadzokir_Blog
👍20🏆1
Manager bo'lib tug'ulmaydi hech kim, manager bo'lib shakilanadi.

20 yoshimdan to'liq manager bo'lib ishlashni boshladim. Lekin juda ham qiyin vaqt bo'lgan men uchun.

Deyarli hech narsani bilmas edim manager kim, nima qiladi o'zi. Keyin sekin asta muammolarni hal qilish uchun rahbaryat ishlarni ishonib topshirishdi.

Ba'zida xatolar qildim, ba'zida qilgan ishimni ko'rib yanada quvondim :)

Lekin menda bitta muammo bor edi, boshqa insonlarga ish buyursam ko'nglimdegidek chiqmas edi.

Shu sababdan biroz qotib qoldim ya'ni jarayondegi ishlar bilan o'ralashib. O'zim qilishim kerak bo'lmagan ishlarni qilganim uchun.

Keyin sekin asta ishlarimni jamoa a'zolariga o'rgatib ishimni taqsimlab bordim. Boshida qiyin bo'ldi tepada aytganimdek ko'ngildegidek ish bo'lmagani uchun.

Menga o'rgatishdi, ularga ham o'rgatamiz dedim va o'rgatib ishlarni bosqichma bosqich topshirdim.

Bo'sh vaqtimda o'zimni rivojlantirishga harakat qildim: kitoblar o'qidim, videolar ko'rdim, xatolarimdan o'rganishga harakat qildim.

Hozirgi kunga kelib natija yomon emas. Ochig'i Management ni juda yaxshi ko'rib qoldim. O'rganishim kerak bo'lgan narsalar hali juda ham ko'p.

Shu sababdan managementda o'rganyatgan o'qiyatgan kitoblarimdan ham bo'lishib boraman.

@Muhammadzokir_Blog
👍18🏆2
Manager vazifasi nima?

Daslab, men managerni vazifasi quydagilar deb o'ylar edim.

• Xodimlar bilan uchrashib, ularni muammolarni hal qilishga yordam berish.

• Ish qanday ketyatgan haqida fikir-mulohaza bildirish.

• Kimni lavozmimini ko'tarish yoki bo'shatish kerakligni aniqlash.

Oradan vaqtlar o'tdi men esa adashgan ekanman. Biroz tajriba va izlanishlardan keyin javobim quydagilarga o'zgardi.

• Jamoani shakilantirish va uni samarali ishlashga yo'naltirish

• Xodimlarni o'z kasbiy, maqsadlariga yetishish uchun qo'llab-quvvatlash.

• Ish jarayonini silliq va samarali yuritish uchun tizim yaratish.

Biz o'ylayatgan fikirlar hozircha to'g'ri deb o'ylaymiz, lekin xato bo'lishi ham mumkin. Tepada yozib o'tgan fikirlarim keyinchalik to'g'rimi yo'q bilmayman.

Biz izlanishda davom etamiz va o'zgarishlar kiritib boraveramiz.

@Muhammadzokir_Blog
👍14🏆1
Yaxshi lider – bu e’tiborni o‘ziga tortishga intilmaydigan, balki jamoasini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish uchun kuch va energiyasini sarflaydigan insondir.
Buning evaziga esa jamoa a’zolari o‘z rahbarining maqsadini ro‘yobga chiqarish uchun bor kuchini berishga tayyor bo‘lishadi.

Simon Sinek "Leaders Eat Last" (Liderlar oxirida ovqatlanadi) kitobidan.

@Muhammadzokir_Blog
👍16🏆2
Men rulni boshqaraman, rul esa mashinani.

Mashinada to'rtta g'ildirakni alohida boshqarish bilan uzoqqa borib bo’lmaydi. Ayniqsa yuqori tezlikda. Buni tushunganlar rulni o’ylab topishgan. Mashina ixtirosidan 20 yil o’tib.

Biznesda ham hamma narsani qo’lda boshqarish uzoqqa olib bormaydi. Ideal holatda tadbirkor tizimni boshqarishi kerak, tizim esa biznesni boshqaradi.

Telefon ko’tarmagan xodimni urushib qo’yish — qo’lda boshqarish, ko’tarmagan holatda bonus yozilmasligi — tizim.

Tizimni hamma ham tuza olmaydi. Buning uchun odam:

-Keng qamrovli fikrlay olishi

-Tizimlash instrumentlarini ishlata olishi

-Tizimning maqsadlarini tushunishi kerak.

Biz ham o'quv markazimizni tizimlashtirish maqsadida ERP, CRM sistemasini qurib chiqdik. Deyarlik 2.5 oy shu sistema uchun vaqt sariflandi. Yakunda natija yomon emas.

Bu qilingan sistema to'liq o'quv markaz sistemasini avtomatlashtirgan va o'quvchilar, ota-onalar uchun juda ham qulay. Bularni keyingi postlarimda ulashaman.

@Muhammadzokir_Blog
👍16🏆2
Agar ishlarimiz oson bo'lganida.

Biznes qilayotgan bo'lsang, sinovlar, risklar tez charchatadi.

Ba'zan sen bilan birga yashayotgan, ishlayotganlar e'tiqodingga tosh otadi.

Ishing eng ko'paygan payt, oilang uchun ham eng kerakli payting bo'ladi.

Foydali bo'lsin deb kontent qilasan, noto'g'ri tushunilib, ustingdan kulinadi.

Qiynalasan.

Lekin bir narsa yupatadi

Amal qiluvchi musulmon bo'lish, omadli biznes qurish, foydali kontent qilish = qiyin ishlar.

Agar oson bo'lganida hamma qilayotgan bo'lardi.

Hamma qila olardi.

Qiyin bo'lgani uchun ham mevasi shirin. Natijasi sezilarli.

Qaysi ishlar oson ishlar?

Prinsiplarsiz yashash, bo'sh vaqtda youtube shorts, facebook, instagram, tiktokdan ortmaslik, pul to'laydigan ishlarni qilib ketaversh, atrofni tanqidlarga ko'mib tashlash, oilaga emas nafsga vaqt ajratish...

Bular ortida ham qiyinchiliklar bor. Noto'g'ri qarorlar, ilmsizlik, uvol bo'lgan vaqt...

Qiyinchilik borku, natija yo'q.

Har qanday holatda ham qiynalar ekanman, unda men qiyin ishlarni tanlayman. U yerda har holda natija bor...

@Muhammadzokir_Blog
👍15🏆1
Xodimlarni ishonchini qozonish uchun nima qilish kerak?

O'zim o'qib, amalda ham sinab ko'rgan bir nechta usullardan birini senga ham ulashdim.
Bu odatlar faqatgina rahbar bo'lganingda emas balik hayotda ham asqotadi.

— Samimiy bo'lish
— O'z xatolaringni tan ola bilish
— Xodimlarni tushunishga harakat qilish
— Ochig'ini aytishdan qo'rqmaslik
— Xodimlar bilan doimi fikr mulohazada bo'lib turish
— Muammolar chiqganida birgalikda hal qila olish

Haqiqiy rahbar shunchaki "boss" bo'lishi shart emas. U insoniylik va samimiy muloqot orqali jamoasining hurmatini qozonadi.

@Muhammadzokir_Blog
👍16🏆1
Bilish bu tushunish emas.

Max Plank Nobel mukofotini olgach, uni Germaniya bo'ylab ma'ruzalar qilishga chaqirishadi.

Haydovchi uni tashib, ma'ruzlalarni ham eshitib o'tirardi.

20 marta bitta narsani eshitgach haydovchi professordan iltimos qildi:

Professor Plank, zerikib ketdim, ma'ruza yod bo'lib qoldi. Endi bu safar siz haydovchi bo'lib o'triring, men ma'ruza qilay, iltimos?

Haydovchi Max Plankning Fizika bo'yicha ma'ruzasini o'qidi.

Bitta professor turib qiyin savol berib qoldi.

Shunda haydovchi, shunday katta va rivojlanagan shaharda odamlar bunday sodda savollar beradi deb kutmagandim. Bu savolingizga haydovchim javob beradi dedi :)

Bu hikoyani ko'pchilik eshitgan bo'lsa kerak?

Xulosa. Yodlash bu tushunish emas ekan. Hattoki bilish ham tushunish emas.

Bilgan odam aytib bera oladi xolos. Amal qilishni boshlash uchun esa tushunish kerak.

@Muhammadzokir_Blog
10👍15🏆1
Eng yaxshi natijalarga odamlarga buyruq berish orqali emas, balki ularni ilhomlantirish orqali erishiladi.

@Muhammadzokir_Blog
6👍18👎1🏆1
Loyiq bo'lishni o'rgan.
*Ustozlarimdan olgan eng yaxshi saboqlarim.

Hayotda biror narsaga erishishning eng oson yo'li — erishmochi bo'lgan narsangga loyiq bo'lish kerak.

Itoatli, soliha qizga uylanish yo'li — Shunday qizlar tegadigan yigit bo'lish.

Yaxshi ko'rgan ishidan ko'p pul topish yo'li — Odamlar ko'p to'lashga tayyor bilim, tajribani olish.

O'ta ajoyib insonlar bilan do'st bo'lish yo'li — O'zimiz ham ajoyib do'st bo'lishimiz.

Eng yaxshi ustozlarga shogirt tushish yo'li — Nomzodlar ichida eng arziydigani bo'lish.

Ro'yxat davom etaveradi. Xulosa qilsak, loyiq bo'lishlik erishmoqchi bo'lgan ishlarni osonlashtiradi ekan.

Lekin, loyiq bo'lishlikni o'zi oson emas.

Solih bo'lish, ilm va tajriba yig'ish, ishonadigan do'st bo'lish albatta qiyin, uzoq vaqt talab qiladi bu aniq.

Biror yaxshi natijaga erishishni xohlaganingda, qiyin, (aslida oson) yo'lini tanlayver.

Zero

Albatta, har bir qiyinchilik bilan osonlik bor. (94:5)

@Muhammadzokir_Blog
👍14🏆2
Forwarded from Alloh buyuk
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Suratda Toshkent shaxrida yashovchi Abdivokhapova Umidaning farzandi - Qodirov Muhammadjon.

2018-yilda tug’ilgan

Qodirov Muhammadjonga Salomiy Sudirgi tashxisi qo’yilgan.

Endilikda Muhammadjonda miya yemirilishi boshlangan

Kasalning Hindistonda davosi topildi. Muhammadjon sahovatpesha insonlarning ko’magiga muhtoj. Hindistonda davolanishiga 20000$ ketadi aperetsaga yig"ildi 16000💲

Karta raqami:

Uzkart: 8600 3329 9440 2091

Humo kart: 9860 0201 1341 1159

Ushbu kartalar onasi Abdivokhapova Umidaning nomida.

Onasining Telefon raqami:
+998998105027

Sizlardan Muhammadjonning holatiga befarq bo’lmasligingizni so’rab qolamiz.

Beminnat, beg’araz qilingan yaxshilikni Robbimiz mukofotlasin!
Robbimiz qalblarimizni ulfat etsin. Himmatimizni baland aylasin.

Har kim qo’lidan kelgancha (10.000 so’m) bo’lsa ham yordam bersa edi…
1👍12🏆2
O'zinga tegishli bo'lgan narslar doim qimmat narx berigin keladi.

1990-yilda Richard Thaler, Daniel Kahneman va Jack Knetsch tomonidan ajoyib tadqiqot o'tkazilgan.

Cornell Universiteti tomonida universitet logosi tushurilgan chashka chiqarishgan edi.

O'sha chashkani bir guruh talablarga taqdim qilgan, ular o'sha chashkani sotishi kerak edi. Shunda talablar 5 -10 dollargacha narx qo'yishgan edi.

Yana bir guruh talabalr uchun logo tushurilgan chashkani sotib olishlarni aytadi, talablar ularga 2 - 4 dollargacha narx aytishadi.

Bu tadqiqotni nomi Endowment Effect deb nomlanadi. Bunday psixologik hodisa hammamizda bo'ladi.

Doim kimdir biror narsa sotmoqchi bo'lsa baland narx qo'yadi. Va shu o'rinda kimdir biror narsa olmoqchi bo'lsa pastroq narx qo'yadi. Shunday payitda Endowment Effectni eslab qo'yaverasiz.

@Muhammadzokir_Blog
8👍14🏆2
Insonlar zaif gullar emas!

Ba'zida kimningdir ishidan qoniqmaydigan bo'lseng qanday aytsam ekan deb o'ylanib o'tirma.

Ishiga qara muammo bormi sen to'g'rilashga urin, o'ziga aytishni o'rgan.

Bu fikirni aytsam hafa bo'lib qolsachi degan fikir mulohazadan chetroq yurish kerak.

Chunki sening himmating qimmatga tushishi mumkin. Biznesda, do'stlar orasida, oilavi hayotda...

Bermoqchi bo'lgan fikringni aniq va faktlar bilan yetkazib to'g'ri yo'lini ko'rsatib qo'yseng bas. ( Hafa bo'lish, seni aytganingni qilish, o'zgarish o'ziga havola).

Google’ning sobiq menejeri va "Radical Candor" kitobi muallifi Kim Skott shunday yozgan:

Kimnidir xatosini yuziga aytish juda qiyin. Chunki biz birovni xafa qilmoqchi emasmiz. Bizni bolaligimizdan "agar yoqimli gap aytolmasang, hech narsa demagin" deb o‘rgatishgan. Lekin menejer bo‘lsangiz, bu vazifangizga aylanadi. Endi butun umr davomida o‘rgangan odatlaringizni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi
.

@Muhammadzokir_Blog
1👍18🏆2
Sen bizga keraksan
O'quv markazimizga administrator/kassir qidiryapmiz.

O'quv markaz sohasida doim ishlaging kelardi, lekin imkoniyat bo‘lmaganmidi? Endi bor.

Bizni o'quv markazimizga chaqqon, xushmuomala administrator/kassir kerak.

Talablar:
Jinsi: Ayol
Yoshi: 18 dan - 30 gacha
Xarakter: Kirishimli, halol, epchil-chaqqon bo‘lish, uyatchang bo‘lmaslik.

Sharoitlar:
Ish vaqti: 08:00 dan - 18:00 gacha
Oylik: Kelishamiz :)

Ishning afzalligi:

- Ofis sharoitida, qo‘lingni sovuq suvga urmasdan, faqat pul sanab, kelgan mijozlarga ma'lumot berib, maza qilib kofe ichib (va damlab) ishlash.

- Faqat taʼlim yuzasidan odamlar bilan muloqot qilish

Ish haqida suhbat davomida to‘liq gaplashiladi.

Ma'lumotlarni: @Muhammadzokir19 yuborishing kerak.
👍13🏆2