Rekord qo'ydim. 2-3 soatni ichida 11 mingdan ziyod odam postni ulashgan. Vaqtida tashlangan post edi õzi ham. Ertalabgacha ancha oshib qolsa kerak. Buning uchun @futbolisheee adminlariga rahmat. O'zim ham shu kanalda ishlaganman, hozir ham adminman. Ammo hozir vaqt borasida barchasiga ulgurish mushkul.
Oddiy Muhammadali
Oddiy Muhammadali
Setyen ishdan ketibdi. Bu haqda Bartomeu aytdi, deb xabar berdi Tiempo de Juego
Bugungi o'yinni sharhlab mazza qildim. Kechagiga qaraganda kamroq gapirdim, ammo bu safar o'zimni erkinroq tutdim. Aslida Davron akam bilan tandemda Orif akam bo'lishlari kerak edi. Ammo so'nggi daqiqalarda o'zgarish sodir bo'ldi. "Tajribali o'yinchi o'rniga YECHLda debyutant maydonga tushdi":) Debyut har holda o'zimga yoqdi. Atmosfera butkul boshqa. Ya'ni super! Temp juda yuqori! Mas'uliyat ulkan. Sababi Yevropa Chempionlar Ligasining yarim finali!!! Butun O'zbekiston seni eshityapti! Ularning orasida mendan ko'ra futbolni yaxshi tushunadigan, statistikani biladiganlar mingdan ziyod. Xato qilishga haqqim yo'q edi umuman. Xullas, bosim kuchli edi. Ammo, yoningdan O'zbekistoning eng yaxshi sharhlovchilaridan biri, kumiring o'tirib, seni qo'llab-quvvatlasa, bosim ham kamayarkan) Baribir, kecha Yevropa Ligasida Orif akam bilan tandemda sharhlaganim bugun katta foyda berdi. Kecha Orif akam ham menga ko'p narsalarni o'rgatdilar, dars oldim. Bugun esa Davron akam. Bu baxt men uchun! Narigi kanalimda bu sõzlarni yoza olmayman. Ko'pchilik noto'g'ri tushunishi mumkin. Lekin ichimdagi sõzlarni sizlar bilan ulashgim keldi:) Asosiysi bu baxtdan ko'p ham sarmast bo'lmaslik kerak. O'z ustimda ishlashim zarur. Kamchiliklar bisyor. Bugun ham Davron akam bilan sharhlab, katta dars oldim. Har bir sharhga, har bir o'yinga õzidan kelib chiqib yondashish lozim ekanligini bugun tushunib yetdim.
Do'stlar, sizlar ham nimani maqsad qilgan bo'lsangiz, biling-ki, potensial yoki iste'dod bu muvaffaqiyat kaliti emas. Faqat mehnatgina bizni odam qiladi. Mehnat orqali o'z maqsadimizga erishishimiz mumkin. Orif akam to'g'ri yozganlar, shunday kunlar bo'ldi, barchasini tashlab, ortga qaytmoqni istagi bu ko'ngil. Ammo, ertasiga bu xayolni miyamdan chiqarib tashlashga harakat qildim. Har kuni shu holat takrorlanardi. Charchab, holdan toyib, uyqusirab yurgan kezlarim "nahot, shu menga kerak?" - deb o'ylab qolardim. Lekin ortga chekinmadim. Hozir bir ishni qoyillatib qo'ydim, demayapman, noto'g'ri tushunmang. Aymoqchi bo'lganim, faqat harakat qildim va harakat qilyapman. Tõxtamadim va tõxtamoqchi emasman ham! Bu manzilga kelganlar ancha, ammo tashlab ketmaganlar oz! Ana shu ozchilikdan ham bilsangiz bo'ladi-ki, bu kasb oson emas biz o'ylaganchalik. Ozchilik qatorida bo'lishni istayman, shunga harakat qilyapman. Barchangizga, maqsadingiz yõlida omad tilayman!

Serj Gnabrini 21 yoshida "Arsenal" sotib yuborgan🔴
20 yoshli Jeydon Sanchoni MYU 100 mln funt atrofida sotib olmoqchi🟡
Siz qaysi birini o'z jamoangizda ko'rishni istardingiz?👀
t.me/Muhammadkarimov_Muhammadali
20 yoshli Jeydon Sanchoni MYU 100 mln funt atrofida sotib olmoqchi🟡
Siz qaysi birini o'z jamoangizda ko'rishni istardingiz?👀
t.me/Muhammadkarimov_Muhammadali
Birozdan so'ng, 16:00 da Koreya chempionatidan o'rin olgan uchrashuvni sharhlayman. Vaqtinglar bo'lsa ko'rib qo'yinglar, xato-kamchiliklarni aytsangiz to'g'rilaymiz. O'zi aynan K Liga tajriba to'plash va o'ziga ishonchni oshirish uchun yaxshi chempionat ekan:)
"Kelinlar qo'zg'aloni", "Chimildiq", "Dev bilan pakana", "Devona", "Afg'on", "Oyqiz ertagi" kabi juda ko'plab filmlarda ajoyib roli bilan xalqimiz mehrini qozongan O'zbekiston xalq artisti, kino va teatr aktrisasi Dilbar Ikromova 73 yoshida vafot etibdi...
Shaxsan o'zim ham bu insonning kino va teatrdagi rollarini sevib tomosha qilardim. Yuzida nuri bor inson edi. Inna lillahi va inna ilayhi raji'un...
Shaxsan o'zim ham bu insonning kino va teatrdagi rollarini sevib tomosha qilardim. Yuzida nuri bor inson edi. Inna lillahi va inna ilayhi raji'un...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ElGolazoTVExclusive🚨 📦🧳 Мессининг уйи ёнида машиналарга йуклар ортилмоқда...
@Muhammadkarimov_Muhammadali
@elgolazotv
@Muhammadkarimov_Muhammadali
@elgolazotv
FUTBOL TV da Koreya chempionatidan o'rin olgan "Suvon" - "Pusan" o'yinini boshlayapmiz, azizlar. 15:55 da!
Forwarded from Muhammadali
Twitter'dan foydalanadigan do'stlarimiz uchun "Arsenal" - "Liverpul" bahsini online ko'rishga havola topdim👇
https://twitter.com/FDLM30/status/1299730473648828416?s=09
https://twitter.com/FDLM30/status/1299730473648828416?s=09
Forwarded from Muhammadali
Yana bitta havola, barcha uchun. 2 ta reklamasi bor ekan, shuni o'tkazib, keyin futbol ko'rishinglar mumkin:)
http://liveball7.gq/match/581019
http://liveball7.gq/match/581019