#LiverpulLeypsig. "Liverpul" kelasi bosqichga chiqdi. Yana birinchi o'yinda urgan futbolchilar gol kiritishdi - Salah va Mane. Tabrik! Lekin juda ko'p vaziyatlarni ko'kka sovurdi jamoa. "Leypsig" yutishiga ishonish qiyin edi. Lekin bu darajada ortda yomon o'ynaydi, deb ham o'ylamagandim. Birinchi bo'limda 3-4ta gol urishi mumkin edi, Klopp jamoasi. Ishontirib aytish mumkin, APL autsayderi bo'lmish "Fulhem" "Liverpul"ni qiynab qo'ygandi, "Leypsig" bilan solishtirganda. Nagelsmann jamoasi ikkinchi o'yindan ko'ra, dastlabki bahsda tuzukroq o'ynagandi. Bu himoya bilan Bundesliga vakili kelasi bosqichga chiqqandan, muammolar ostida qolgan bo'lsa ham, "Liverpul" chiqqani afzal!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kolumbiyada, ESPN'ning mahalliy ekspertlari jonli efirda suhbatlashishyotganda, studiyadagi dekoratsiyaning katta bo'lagi mutaxassislardan biri - Karlos Ordus ustiga quladi😐

Ordusning ahvoli yaxshi, hech qayeri sinmagan va miya ham chayqalmagan, deb aytilmoqda. Lekin O'zi bir asrabdi. Videoni ko'rib, bizning studiyada shunday ko'rgilik bo'lmaganiga shukr qildim.

@Muhammadali_Muhammadkarimov
Forwarded from 𝐹𝐹𝐹
QUYOSH

Bir kun bolakay quyoshdan soʻrabdi:
- Quyoshjon, sen hech qorongʻulikni koʻrganmisan?
- Yoʻq, sirayam koʻrmaganman, debdi quyosh.
- Istaysanmi, senga qorongʻulikni koʻrsataman? Men bir joyni bilaman, u yerda zarracha ham nur yoʻq!
- Istayman, bu menga qiziq!
Bolakay quyoshni uyning yertoʻlasi tomon boshlabdi va eshikni ochibdi.
- Mana!
Quyosh ichkariga moʻralab soʻrabdi:
- Qani, oʻsha qorongʻulik?..

Siz ham hayotda quyoshdek boʻling, siz kirib borgan koʻngillarni zulmat tark etsin!

@FarosatdaFiltrlanganFikrlar
Forwarded from Temurbek Adhamov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Osmondagi bolalar" loyihasida Xurshidbek aka bilan bo'lgan suhbatda shu videoparchaning oxirida kameralardan biri o'chib qolib, suratga olish vaqtincha to'xtatildi. Shunda hayolimga birinchi kelgan narsa yaxshiyam shunday bo'ldi, bo'lmasa barchamizni "qiyin holatga" solib qo'yardi, dedim...

Xurshidbek aka Alloh sizni ikki dunyoda aziz qilsin!

Hayotingizni yaxshilik tomon o'zgartirishga turtki bo'ladigan ushbu suhbatni to'liq ko'rishingizni ich-ichimdan xohlar edim. 🙂

To'liq video: https://youtu.be/kG0MA_NY_sc
14 март куни Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Вадим Абрамов “Кун” нашрига интервью бериб, Суперлига учрашувлари 20 майдан эътиборан тўхтатилиши ҳақида айтиб ўтди.

Ўзбекистон Профессионал футбол лигаси бунга қадар ярим йиллик тақвимни тақдим этган бўлиб, унда 20-31 май оралиғида Суперлиганинг 10-11 тур учрашувлари ўтказилиши режалаштирилган. Тақвим Вадим Абрамовнинг ярим йиллик режалари асосида тузиб чиқилган. Бироқ ЎзПФЛ чемпионатнинг 20 май куни тўхтатилиши борасида расман маълумот олмаган.

Вадим Абрамов шуни режалаштираётган бўлса, мазкур масала Мураббийлар кенгаши йиғилишида муҳокама этилиши мақсадга мувофиқ бўлади. Чунки чемпионатнинг деярли бир ойга тўхтаб туриши, камида 13 та клуб режаларига жиддий таъсир кўрсатиши мумкин. Шундай экан, қолган клублар мураббийлари фикри билан ҳам қизиқиб кўриш зарар қилмайди.
Forwarded from 𝐹𝐹𝐹
Bugun ko'rgan suratlarim orasida ko'zni eng ko'p quvontirganlaridan biri shu rasm bo'ldi. MashaAlloh!
Ajab emas, endi Jahon Chempionatiga chiqib qolsak:)

@FarosatdaFiltrlanganFikrlar
Yevropa futbolidagi shiddat bizning futbolda ham bor! Pro liganing yangi mavsumi boshlangani bilan hammani tabriklayman! O'tgan mavsum ham menga qiziqarli o'yinlar tushib qolgandi, bugungi o'yin ham chempionat qanday o'tishini aytayotgandek, go'yo! Samarqandliklar g'alaba qozonishdi, biroq, raqib jamoa ham yomon o'yin ko'rsatmadi. Mavsum davomida "Yangiyer" shakllanib olsa, yetakchilarni qiynab qo'yadi. "Dinamo" esa Superliga yo'llanmasi uchun jiddiy kirishganini ko'rsatib berdi.
Forwarded from Orif Tolipov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бугун студияда қуйидаги тўртлик йиғилди:

@xayrulla_hamidov

@turdialiyev_hasan

@tolipovuz

@Muhammadali_Muhammadkarimov

Мавзулар: Про Лига, Европадаги ўйинлар ва албатта Хайрулла Ҳамидов билан мозийга назар!

⚡️Зўр бўлди.

Ютубда кўриб қўйинг: https://www.youtube.com/watch?v=bJWlu1oZiIw&t=11s
Forwarded from Orif Tolipov
Сэр Алекс Фергюсон

Автобиография

5-бўлим: Бекҳэм

Дэвид Бекҳэм тўпга биринчи тегишидаёқ ўзида мавжуд истеъдоддан максимал фойдаланиш иштиёқини намойиш этган. Биз иккимиз айни бир вақтда саҳнани тарк этганмиз. У фаолиятини “Пари Сен-Жермен”да, ҳудди мен каби ўзи танлаган кўринишда тугатди: Европа футболидаги энг йирик шахслардан бири бўлиб ва истиқболда кўплаб танловлар мавжудлигида.

Баъзан, ниманидир қаттиқ севишинги ҳис қилишининг учун, ундан айрилишинг керак бўлади. Ўйлашимча, Дэвид “Лос Анжелес Гэлакси”да ўйнаш учун АҚШга кетгач, карьерасининг ўта қадрли қисмидан воз кечганини тушуниб ета бошлади. У ўзининг энг яхши йилларидаги ўйинини қайтариш учун жуда қаттиқ, ҳатто биздаги сўнгги сўнгги мавсумларидагидан ҳам кўра кўпроқ меҳнат қилди.

2007 йилда Мадриднинг “Реал” клубидан MLS томон кетар экан Девиднинг танлови тушунарли эди. Менимча, уни ўзига чорлаган нарса бу Голливуд ва у келажакда тақдим этиши мумкин бўлган майдондан ташқаридаги каръера. Ахир қанча изламанг Лос-Анжелесга кўчиб ўтиш қароридан ҳеч қандай футболга оид сабабни топмайсиз. Шу тариқа у энг буюк клублардан бирини ўзининг халқаро фаолиятини қурбон қилароқ тарк этди. Кейинчалик у терма жамоага қайтиш учун борини бериб ҳаракат қилгани рост. Айни шу ҳаракатнинг ўзи ҳам менинг юқоридаги, унинг кейинчалик футболчи сифатидаги фаолиятининг якунидан афсуслангани борасидаги фикрларимни тасдиқлайди.

Дэвид мен учун ўз ўғлимдек эди. Гиггз ва Скоулз каби кўз ўнгимда катта бўлди. 1991 йил “Манчестер”га келиб қўшилар экан у 16 ёшдаги лондонлик содда бир ўспирин эди. Бир йил ўтиб Никки Батт, Гари Невиль ва Райан Гиггз билан бирга Англия кубогида ғалаба қозонган “Класс-92”нинг бир қисмига айланди. У “қизил иблислар” таркибида 394 ўйинда майдонга тушиб, 85 та гол урди. Улар орасида унга машҳурлик олиб келган “Уимблдон” дарвозасига, майдоннинг ўзига қарашли томонидан урилган гол ҳам бор.

Мен 2013 йил мураббийлик фаолиятимни якунлар эканман, Гиггз ва Скоулз ҳали тўп тепишарди. Бу вақтда Бекҳэмнинг Испанияга кўчиб ўтганига 10 йилдан ўтиб улгурганди. 2003 йил 18-июнь, чоршанба. Биз фонд бозорида Дэвид “Реал”га 24,5 млн фунт эвазига ўтганини эълон қилдик. Бу вақтда у 28 ёшда эди. Трансфер ҳақидаги хабар зум ўтмай бутун дунёни айланиб чиқди ва бу футбол тарихидаги эътиборли воқеалардан бирига айланди.

-------------
Давоми бор..

Каналга ўтиш: t.me/tolipovuz
Forwarded from FUTBOL TV | RASMIY
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eldor Shomurodov “Jenoa” safiga qanday o’tdi?

Uning Italiyadagi hayoti qanday kechyapti?

Eldorga “Yuventus”dan qiziqish bo’lgani rostmi?

Uning Valeriy Karpin bilan suhbati odatda qanday o’tadi?

Shu va boshqa savollarga javobni 4-aprel kuni soat 21:00da UzReport TV’da topasiz!

📌 https://t.me/FUTBOLTV
"Real" - "Liverpul" bahsining birinchi bo'limi men uchun o'zgacha o'tdi. Yo'q, maydondagi vaziyatlar emas, sharh haqida aytmoqchiman. Tanaffusda hayolga kelgan fikrlarni yozdim, lekin kanalga joylamadim. Ammo, ancha vaqtdan beri kuzatib kelinayotgan ijobiy holatni o'z qarashim bilan ersa-da, e'tirof etishim kerak, deb hisobladim.

Tanaffus payti yozilgan fikrlar:

Davron aka yangi "jamoa"ga (FutbolTv) o'tganlaridan keyin, shogird yetishtirish, kadrlarni ko'paytirish kerak bo'ldi. Yangi ovozlarni tinglay boshladik. Hasan aka Sport telekanalida ishlagan bo'lsalar-da, rosti, sharhlarini ko'p eshitmaganman. Lekin, FutbolTv orqali ularning sharhlarini tinglay boshladik. So'ng "Face Sport" orqali ancha tanish bo'lib ulgurgan Orif akani ham orzusiga yetgani odamni xursand qilgandi. Ich-ichimdan quvonganim esimda. Maqsad sari tinimsiz mehnat bilan intilish va unga erishishning yaqqol misolini ko'rgandim, o'shanda. Sharhlashga qiziqish Davron akaga havas bilan boshlangan bo'lsa-da, Hasan aka va Orif akalar bilan birga ishlash ham "niyatlar javoni"dan o'rin olgandi. Huddi shunday bo'ldi ham. (Hatto ortig'i bilan. Sababi Xayrulla akaning ham kanalimizga kelishlari men uchun super voqealik bo'lgan. Bu boshqa hikoya.) Aytmoqchi bo'lganim boshqa. Ayni dam "Real" - "Liverpul" uchrashuvining birinchi bo'limi yakunlandi. Uchrashuvni Hasan aka va Orif akalar tandemda sharhlashmoqda. Sharh zo'r bo'lyapti. O'yin bir tomonda tura tursin, men ko'proq sharhga e'tibor beryapman. O'rganishim kerak bo'lgan jihatlarni belgilab olyapman. Ha, ular ham shogird, lekin, ancha tajriba to'plashdi, to'plashyapti. Markazda o'ynaydigan futbolchilarni maqtayotganimizda "maydonni yaxshi ko'ra biladi", deya ta'rif beramiz, e'tirof etamiz. Hasan akada ham shu qobiliyat bor. Qobiliyatmi bu yo tajriba natijasimi bilmadim. Sharhda "maydonni yaxshi ko'ra oladilar." Uchrashuvni qiziqarli fakt va statistikalar bilan boyitishga ham ancha ustalar. Orif akada ham shu xislatlar mavjud. Qo'shimchasiga, o'tkir fikrlashlarini ham aytib o'tish mumkin. So'zlarni tanlashda ham o'rganadigan tomonlarim anchagina. Baribir so'zboyligi sharhni ham ancha go'zallashtiradi, rang-barang qiladi. Shiddatli futbol sharhsiz ham tomoshabinni o'zida ushlab qola oladi, ammo sharh unga yanada chiroy baxsh etishi shubhasiz. Katta sharhlovchilarning o'gitlarini doim yodda saqlashga harakat qilaman: "Siz hech qachon bir-ikki yil ichida futbol muxlislarining sevimlisiga aylana olmaysiz. Sevimli bo'lish uchun avval, yaxshi bo'lish kerak, yaxshi bo'lish uchun esa kamida 4-5 yil sarflashingiz lozim. Ya'ni, muxlislar qulog'iga tanish ovoz bo'ling, "kim ekan bu?", "yomon emas sharhlashi", "eshitsa bo'ladi, bu bolani ham" deyishsin, keyin esa o'sha yuqorida aytilgan yillar o'tib, "yaxshi sharhlovchi" ta'rifini oling, muxlislar tomonidan albatta". Agar bu holatga futbol "ko'zoynagi" orqali qarasak va butun sharhlovchilik faoliyatini bir uchrashuvga qiyoslasak, birinchi bo'limdan ular yaxshi o'tib olishdi. Ya'ni, "yaxshi" ta'rifini olishdi, deb o'ylayman. Lekin, bilasiz, futbol bir bo'limdan iborat emas. Demak, hali o'yin tugagani yo'q. Aksincha, endi boshlandi hammasi! Navbat... ha, navbat "sevimli" bo'lishga keldi! Buning uchun esa so'nggi "daqiqalar"gacha kurash olib borish kerak. Asosiysi to'xtab qolmaslik! Men esa ularga ishonaman, ular, hozirda biz "sevimli" deb aytaydigan sharhlovchilarimiz darajasiga chiqishlariga ishonchim komil!

@Muhammadali_Muhammadkarimov
​​Футбол мураббийи бўлишни истовчи, аммо бунинг учун дастлабки қадамларни қандай қўйишни билмайдиган ёшларимиз кўп. Улар бу борада одатда ЎзПФЛ билан боғланишга ҳаракат қилишади. Аслида эса мураббийларни тайёрлаш, уларни ўқитиш билан ЎФА шуғулланади.

Сизда мураббий бўлиш истаги бор бўлса, мана шу сайтни ва албатта мана шу канални кузатиб боришни тавсия қиламиз. Сервер Жепаров бошчилигидаги мутахассислар секин-аста замонавий тизимга ўтишга интиляпти. Шундай экан, сизда ким билан боғланиш, мураббийлик учун илк қадамларни қандай ташлаш борасидаги саволларга жавоб топиш учун эндиликда аниқ манзиллар бор. Уларни сизни йўналтиришга ёрдам беради.

Сиз чиндан ҳам мураббий бўлишни истасангиз, телеэкран қаршисида мураббийлар хатоларини топишга кетказадиган вақтингизни, ўқиш учун сарфланг. Ва умуман ўқимай туриб ҳам шарҳловчи, мураббий, мутахассис бўлиш мумкинми қабилидаги саволлардан тийилинг. Бешикдан қабргача ўқинг, изланинг, ўрганинг.