Nufuzli nashrlar Eldor zaxirada qolishini tahmin qilishgan edi. Chindan ham, Ballardini uni zaxirada olib qoldi. Muhim o'yinchilarni A Seriyaga asrash kerak-ku, axir😉

@Muhammadali_Muhammadkarimov
Bugun qiziq natijalar qayd etildi. Keling, birinchi o'zim sharhlagan "Tottenhem" - "Fulhem"dan boshlasak. 1:1. APL turnir jadvalida 19-o'rinni band etib turgan Skott Parker jamoasi haqli ravishda bir ochko oldi. Imkoniyati, kuchi bo'la turib, o'z uyida autsayder jamoani yuta olmagan Mourinyo shogirdlariga esa "qoyillarimiz"! Chempionlik uchun kurashayotgan jamoalar aslida katta o'yinlarda emas, balki mana shunday bahslarda misqollab ochko yig'gani uchun ham g'olib bo'lishadi. Ma'lum bir uchrashuvga istalgan jamoa kuchli tayyorlanishi mumkin, ammo davraviy turnirda har bir o'yin muhim. Xullas, gapni cho'zmay, o'yinni ko'rganlar bilishadi, "Fulhem" zo'r o'ynab yuborgani uchun emas, "shporlar" raqibni mensimagani uchun durang qayd etildi. Tamom.

"Bavariya" Germaniya kubogi 2-bosqichi doirasida "Holshtayn Kil" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2-divizion klubi penaltilar seriyasida Yevropaning hozirdagi rasmiy eng kuchli jamoasini taslim etdi. O'yinning asosiy vaqtida 2:2 hisobi tabloda yonib turgandi. Qoyil qolish kerak, "Holshtayn" irodali jamoa ekan, hisobni tenglashtiruvchi gol 90+5' daqiqada kiritildi!

Messisiz "Barselona" esa Ispaniya Superkubogida "Real Sosedad" bilan to'qnash keldi. Bu o'yinning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida darvozabonlar katta sahnaga chiqishdi. "Barselona" finalda! El-klassikoga yaqinlashyapmiz...

"Yuve" - "Jenoa". Ko'pchilik kutganidek, Turin klubi yutdi. Ammo, "Jenoa" yetarlicha qarshilik ko'rsata olgan bo'lsa kerak-ki, uchrashuv qo'shimcha bo'limlarni talab qildi. Eldor o'ynamadi. Pirlo esa Ronalduni tushirishga majbur bo'ldi. Balki hamyurtimiz ham maydonga tushganida vaziyat boshqacha tus olishi ham mumkin edi. 3:2. Meni xursand qilayotgan tomoni Ballardini qo'l ostida jamoa qo'rqoqlikni tashlagani! Qolgani sekin-asta bo'laveradi. Asosiysi yaxshi o'yin namoyish etib, futbolchilar ham A Seriyadagi ahvolni o'nglay olishlariga ishonishyapti, ishontirishyapti. Kubok esa menimcha, "Jenoa" uchun, ayni damdagi holatidan kelib chiqsak, muhim emasdi. E'tiborni A Seriyaga qaratmoq lozim.

@Muhammadali_Muhammadkarimov
Яхши ният қилиб твиттерда ўз саҳифамни очдим. Замон барча ижтимоий тармоқларда фаол бўлишни талаб қилмоқда. Шу сабабли, твиттерда бўлсангиз ва қизиқсангиз мана шу менинг аккаунтим 👇🏼

https://twitter.com/fayziev_davron
"Manchester Siti"ning o'yinini sharhlash osonmas, o'rtoqlar. Sababi o'yin davomida faqat "Siti"ni maqtashga to'g'ri keladi. Ayniqsa, raqiblar "Kristal Pelas" singari klub bo'lsa😄

@Muhammadali_Muhammadkarimov
Qaysi gol chiroyliroq?
Anonymous Poll
64%
Gyundogan
36%
Sterling
Futbolchilik faoliyatini tugatgan ayrim o'yinchilarning hozirgi formasi...:)

@Muhammadali_Muhammadkarimov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Murabbiy va jamoadoshlarini tushunish uchun albatta, mahalliy tilni bilish lozim. Hamyurtimiz ham Italiyaga borganidan beri, nafaqat o'yin tomonlama o'sishga harakat qilyapti, balki, til borasida ham saboq olmoqda.

@Muhammadali_Muhammadkarimov
Kutilganidek, Eldor asosiy tarkibda! Endi gol kutamiz! Ammo undan ham muhimi turnir jadvalidagi holatni yaxshilab olish uchun - g'alaba!

@Muhammadali_Muhammadkarimov
"Chelsi" Lempardni iste'foga chiqardi. Statistikaga ko'ra, londonliklarni boshqargan murabbiylar orasida eng yomon natija qayd etganlardan orasida ekan. Menimcha, katta klublarga kelishdan oldin tajriba ham to'plash kerak. Ha, u "Derbi Kaunti"da ishladi. Lekin atigi bir mavsum. To'g'ri, hozirda sobiq futbolchisini murabbiy qilib, jamoaga olib kelish trendda, ammo bu doim ham muvaffaqiyatli bo'ladi, degani emas. Lemparddan kelajakda yaxshi murabbiy chiqishiga ishonaman. Biroq, hozircha oddiyroq jamoalarda tajriba to'plagani ma'qul.

Siz qanday fikrdasiz? Fikringizni sabablari bilan izohlarda qoldirishingiz mumkin.

@Muhammadali_Muhammadkarimov
Bugungi FutbolTv Studiyasi juda qiziq o'tdi😄 Mavzular ko'p edi, vaqt yetmay qoldi. O'zi ayrim paytlar Studiyaning vaqtini ko'paytirish kerak, deb o'ylab qolaman. Ayniqsa, mavzu ko'p bo'lganida ayrim jamoalarning muxlislari ranjib qolishyapti. Chunki ularning sevimlilariga vaqt yetmayapti. Bugungi ko'rsatuvda esa asosiy mavzu murabbiylar bo'ldi. Birinchi navbatda bir necha soat avval lavozimidan ozod etilgan - Lempard, keyin esa stabil Simeone, trendning ortidan quvmaydigan, o'z dunyosiga ega Zidan, Fergyusonlashgan Sulsher.... Zo'r suhbat. Ayniqsa, 4 kishi bo'lgani ham rang-baranglikni ta'minladi.

YouTube'da tomosha qilishingiz mumkin:

https://youtu.be/9iJl-2-etcg 👈

@Muhammadali_Muhammadkarimov