Taqdirni qarangki, "Liverpul" ayni dam Angliya Kubogida bechora "Aston Villa" bilan o'ynayapti😄 7:2 ni hali yodidan chiqarmagan Klopp "Villa"ning hech kim tanimaydigan tarkibiga qarshi asosiy tarkibning bir qator o'yinchilarini maydonga tushirgan... Qiziq o'yin bo'lishi aniq. Men hammasidan ham ko'ra, "Liverpul" nechta gol urishiga qiziqyapman😅 "Villa" yutishi haqida hech kim o'ylamayapti ham. Men ham shular qatoridaman. Ammo kuni kecha xabaringiz bo'lsa, "Atletiko"ni Ispaniyaning 3-divizioni vakili Kubokdan chiqarib yubordi...😕

t.me/Muhammadali_Muhammadkarimov
Ўтган йили Ливерпуль айнан Астон Виллага қарши кубок ўйинида академиядаги таркибни, ёшларни қўйишга мажбур бўлганди. Асосий таркиб клублар ЖЧсига кетгани учун. 0:5 ютқазган.

Тақдирни қарангки, ковид туфайли, «Астон Вилла»да ўйинчи қолмади ва бугун кубокда «Ливерпуль» билан академияни қўйяпти.
Aytgancha, bugun Studiyada kunning asosiy mavzusi ko'tarildi. Eldorning "Yuve"ga o'tishi haqidagi xabarga to'xtaldik. Barchamiz hamyurtimiz uchun qayg'urib gapirdik, fikr bildirdik. Ich-ichimizdan albatta, agar, chindan ham "Yuve"dan taklif bo'lsa, Shomurodov ismini Turin klubidagi yulduzlar bilan birga aytishni istaymiz. Lekin, uning foydasini o'ylab, zinama-zina cho'qqiga chiqish to'g'riroq bo'ladi, deb hisobladik. Ko'rsatuv o'zi yarim soat bo'ldi, vaqtingiz va sizga qiziq bo'lsa, kõrib qõyarsiz😉

https://youtu.be/RDtjjsgxQWc 🤝

@Muhammadali_Muhammadkarimov
"Bavariya" comeback" qurboniga aylandi!
Bugungi futbol kunini "Atletiko" - "Atletik" o'yini bilan boshlashimiz kerak edi. Ammo Madriddagi nuqulay ob-havo sabab uchrashuv qoldirildi. Endi esa kunni hamyurtimiz to'p surayotgan "Jenoa"ning bahsi bilan boshlaymiz. Genuyaliklar o'z uyida A Seriya turnir jadvalida 12-o'rinda borayotgan "Bolonya"ni qabul qilishadi. "Bolonya" tarkibdagi o'yinchilaridan ham ko'ra bosh murabbiyi bilan mashhurroq - Sinisha Mihaylovich. Mihaylovichni shaxsan o'zim 2015/16-yilgi mavsum "Milan"da murabbiylik qilganida taniganman. Lekin klubdagi faoliyati qoniqarsiz natijalar sabab uzoqqa cho'zilmadi. Biroq, yaxshi darajadagi murabbiy sifatida taasurot uyg'otgan. "Bolonya"da Mihaylovich yaxshi jamoa shakllantira oldi. Ayniqsa, hujumda teng darajadagi futbolchilari bor: tajribali Roberto Soriano va yosh, kuchga to'la Musa Barrou. O'ng qanotda esa Rikardo Orsolini Sorianodan keyin jamoaning bu mavsumdagi eng yaxshi ikkinchi assistenti bo'lib turibdi. Undan tashqari biroz yoshi katta bo'lsa-da, Gari Medel ham ayni dam "Bolonya" futbolchisi hisoblanadi. Chililik futbolchini haqiqiy jangchi sifatida e'tirof etsak bo'ladi. Xullas, "qattiq jamoa".

"Jenoa"ni esa so'nggi o'yinlarda siz bilan birga tomosha qilyapmiz va yaqindan bilib boryapmiz. Kecha FutbolTv Studiyasida ham jamoa transferlar mavsumida tarkibini kuchaytirishi lozimligi haqida
gapirgandik. So'nggi xabarlarga ko'ra, klub yangi xaridlar bo'yicha ish boshlagan. Jamoaning himoyasiga tajribali futbolchi kelishi kutilmoqda - Sokratis Papastatopulos yoki Mehdi Benatiya. Undan tashqari Kevin Strotman bilan ham muzoraka o'tkazilayotgani haqida xabar bor.

Asosiysi, yangi futbolchilardan ham ko'ra, jamoaning yangi bosh murabbiyi Ballardini jamoaga hujumkorlikni olib kirgani bo'ldi, menimcha. Yarim himoya va hujumda yaxshi ijrochilari bo'la turib, mavsum avvalidan beri himoyaviy o'yin ko'rsatib kelgan "Jenoa" Ballardini qo'liga o'tishi bilan "ochilib ketdi". Bo'larkan-ku hujumga o'tsa (!), deb yubordik sharh davomida ham.

Statistikaga qarasak, "Jenoa" A Seriyada "Bolonya"ga qarshi so'nggi 4 o'yinda mag'lub bo'lmagan ekan: 2 g'alaba, 2 durang.

Ikki jamoaning o'zaro so'nggi 14 o'yinidan 2 tasida ikki klub ham gol urgan. Bugun ham menimcha, gollar ko'p bo'lmasa kerak.

"Bolonya" safarda o'tkazgan so'nggi 12 o'yinida atigi 1 marta g'alaba qozongan. Bugun ham Mihaylovich jamoasi "Luiji Ferraris" o'yingohida mehmon bo'ladi.

🖥UzReportTv

🕰22:00

Sharhda:
Davron Fayziyev

@Muhammadali_Muhammadkarimov
La Gazzetta dello Sport "Jenoa" - "Bolonya" uchrashuvi uchun o'zining tahminiy tarkibini e'lon qildi. Tabiiyki, so'nggi 2 o'yinda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Eldor asosiy tarkibda ko'rsatilgan. Juftlikda esa Destro. Biz xohlagan tarkib, ko'ramiz, Ballardinining xohishi ham bizniki bilan o'xshashmikin?:)

@Muhammadali_Muhammadkarimov
Eldor asosiyda🔥🔥

@Muhammadali_Muhammadkarimov
Aytganimdek, "Bolonya" "qattiq" jamoa. Mihaylovich jamoasiga "jangchilar"ni yig'ib olgan. To'g'ri, hozircha mehmonlar aytarli vaziyatlar hosil qilishmadi. Ammo, genuyaliklarga nisbatan yaxshiroq o'ynashyapti. O'zi umuman olib qaralganda, ikki klub ham birinchi jamoa bo'lib o'ynamayapti. Ya'ni biriga ustunlik berish qiyin. Chunki, bu ikki klub deyarli har doim ikkinchi darajali jamoa bo'lib maydonga tushadi. Turgan gapki, o'yindan ajoyib hujumlar ketma-ketligini kutish noo'rin. Eldor A Seriyaning oddiyroq bir jamoasiga o'tganidan keyin, muxlislar "Jenoa" bilan birga chempionatidagi o'rtamiyona jamoalarning ham o'yinini ko'rishdi. Ko'rishdi-ki, jamoalar himoyaviy va zerikarli o'yin namoyish etishadi. Eng yomoni esa, o'sha kuchsiz, "alla aytadigan" jamoalar ichidagi eng zaifi aynan hamyurtimiz o'tgan "Jenoa" bo'lib chiqdi😐

@Muhammadali_Muhammadkarimov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Osasuna" - "Real Madrid". Bilasiz, bu uchrashuv bugun soat 01:00 da boshlanishi kerak. Lekin ob-havo nafaqat Madrid shahrida balki, Pamplonada ham yaxshi emas. Shu sabab, o'yin qoldirilishi yoki biroz kechroq boshlanishi haqida xabarlar chiqdi.

Mana shu bahs sharhi ayrim sabablarga ko'ra, menga berilgan edi. Men esa bir yarim soat avval ishga kelib, tayyorlanib o'tiribman😄🤦‍♂️ ha, mayli. Bu inson faktori emas. Kutamiz. "Real" futbolchilarining esa kayfiyati yaxshi😄

@Muhammadali_Muhammadkarimov
"Real"ning o'yini qoldirilishi mumkin bo'lgan bir vaqtda, Messi jarimadan chiroyli gol uribdi va La Ligada ketma-ket 15 mavsum 10+ gol urgan birinchi futbolchi bo'libdi!

@Muhammadali_Muhammadkarimov
O'sha gap, g'alaba muhim edi, g'alabaga erishildi ham! A Seriyadagi keyingi raqib esa - "Atalanta". Gasperini shogirdlari so'nggi uch o'yinda 12 ta gol urishdi. Dahshat! Faqat hujum uyushtiradigan jamoaga qarshi bahs doim qiyin bo'ladi...

@Muhammadali_Muhammadkarimov
#Live. Hakimi super zarbasi orqali "Roma" bilan o'yinda "Inter"ning 2-golini kiritdi🔥 To'p avval to'singa, so'ng ustunga tegib, darvozadan joy oldi! Xayrulla aka bahsni sharhlab borish jarayonida katta ehtimol bilan "14-hudud"dagi gollar o'nligi uchun g'olibni ham aniqlab oldilar!

Bundanda chiroyli golni ko'rarmikinmiz yana?!

@Muhammadali_Muhammadkarimov
​​GAZZETTA DELLO SPORT о ШОМУРОДОВЕ: «ДЖЕНОА» НАШЛА СВОЕ ЭЛЬДОРАДО»

Итальянцы хвалят Элдора и много пишут о нем, а Карп добавляет инсайдности (спойлер — интерес от «Ювентуса» действительно есть!)

Карп в тюбетейке докладывает: итальянская пресса без ума от Шомуродова и его скилов. «Социальный феномен на поле и последняя надежда красно-синих на спасение и лучшее будущее», — восторгается La Gazzetta dello Sport. Ей вторит тренер Баллардини: «Элдор - никогда себя не жалеет, даже на тренировках. Он очень хорош, но сейчас я предпочитаю не говорить ему об этом».

Автор газеты Гримальди подготовил свое описание Шомы. В первую очередь он обращает внимание на развитые соцсети игрока: в инсте 25-летнего узбека пикчи с Салахом и Моуриньо, 133к подписоты и по 30к лайков за пост. Там отлично восприняли, когда первый гол он посвятил своему первенцу — Мустафе. Отдельно журналист сообщает о всплеске интереса к «Дженоа» из России и Узбекистана в последних матчах. Из Москвы за Шомуродовым следит маленький ютубер Истомин, который комментирует матчи итальянцев в красно-синей футболке, подаренной футболистом.

С первых дней в клубе Шома берет уроки итальянского — бытового английского ему не хватает, чтобы вникнуть в тактические нюансы игры команды. В этом ему помогает молдованин Думбравану. В Генуе не готовят плов, который Шомуродов называет «лучшим блюдом в мире». Он недоволен этим, но потихоньку привыкает. Ждет семью в феврале, тогда и наестся своего любимого кушанья. Гримальди также отмечает, что парень вырос на футболе Дрогба и Ривалдо (и даже подавал мячи бразильцу, когда тот играл с «Бунедкором») и, по мнению автора, остается предан ему.

В клубе очень довольны футбольными качествами Шомуродова. По мнению генуэзцев, он играет элегантно, часто меняет направление движения, умело контролирует мяч. При этом этот игрок выполняет большой объем работы, что особо подчеркнул Баллардини после игры с «Сассуоло»: «У Элдора есть не только качество, но и количество». По моим данным, в команде к нему тоже отношение хорошее — хорваты Пьяцца и Бадель позвали его отпраздновать новый год вместе.

В общем, в карьере Шомы наметился очевидный подъем. И не зря, думаю, пошли слухи об интересе со стороны больших итальянских клубов. По моей инфе после «Болоньи» — с клубом и представителями игрока связался спортдир «Ювентуса» Паратичи. Речь о немедленном трансфере, конечно, не шла. Но внимание к бывшему футболисту «Ростова» есть и оно, безусловно, льстит футболисту и его окружению. Как думаете, Шомуродов зарекомендовал себя с наилучшей стороны и заслуживает похвалы — или мы рано радуемся?

@karpinside
Nufuzli nashrlar Eldor zaxirada qolishini tahmin qilishgan edi. Chindan ham, Ballardini uni zaxirada olib qoldi. Muhim o'yinchilarni A Seriyaga asrash kerak-ku, axir😉

@Muhammadali_Muhammadkarimov
Bugun qiziq natijalar qayd etildi. Keling, birinchi o'zim sharhlagan "Tottenhem" - "Fulhem"dan boshlasak. 1:1. APL turnir jadvalida 19-o'rinni band etib turgan Skott Parker jamoasi haqli ravishda bir ochko oldi. Imkoniyati, kuchi bo'la turib, o'z uyida autsayder jamoani yuta olmagan Mourinyo shogirdlariga esa "qoyillarimiz"! Chempionlik uchun kurashayotgan jamoalar aslida katta o'yinlarda emas, balki mana shunday bahslarda misqollab ochko yig'gani uchun ham g'olib bo'lishadi. Ma'lum bir uchrashuvga istalgan jamoa kuchli tayyorlanishi mumkin, ammo davraviy turnirda har bir o'yin muhim. Xullas, gapni cho'zmay, o'yinni ko'rganlar bilishadi, "Fulhem" zo'r o'ynab yuborgani uchun emas, "shporlar" raqibni mensimagani uchun durang qayd etildi. Tamom.

"Bavariya" Germaniya kubogi 2-bosqichi doirasida "Holshtayn Kil" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2-divizion klubi penaltilar seriyasida Yevropaning hozirdagi rasmiy eng kuchli jamoasini taslim etdi. O'yinning asosiy vaqtida 2:2 hisobi tabloda yonib turgandi. Qoyil qolish kerak, "Holshtayn" irodali jamoa ekan, hisobni tenglashtiruvchi gol 90+5' daqiqada kiritildi!

Messisiz "Barselona" esa Ispaniya Superkubogida "Real Sosedad" bilan to'qnash keldi. Bu o'yinning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida darvozabonlar katta sahnaga chiqishdi. "Barselona" finalda! El-klassikoga yaqinlashyapmiz...

"Yuve" - "Jenoa". Ko'pchilik kutganidek, Turin klubi yutdi. Ammo, "Jenoa" yetarlicha qarshilik ko'rsata olgan bo'lsa kerak-ki, uchrashuv qo'shimcha bo'limlarni talab qildi. Eldor o'ynamadi. Pirlo esa Ronalduni tushirishga majbur bo'ldi. Balki hamyurtimiz ham maydonga tushganida vaziyat boshqacha tus olishi ham mumkin edi. 3:2. Meni xursand qilayotgan tomoni Ballardini qo'l ostida jamoa qo'rqoqlikni tashlagani! Qolgani sekin-asta bo'laveradi. Asosiysi yaxshi o'yin namoyish etib, futbolchilar ham A Seriyadagi ahvolni o'nglay olishlariga ishonishyapti, ishontirishyapti. Kubok esa menimcha, "Jenoa" uchun, ayni damdagi holatidan kelib chiqsak, muhim emasdi. E'tiborni A Seriyaga qaratmoq lozim.

@Muhammadali_Muhammadkarimov
Яхши ният қилиб твиттерда ўз саҳифамни очдим. Замон барча ижтимоий тармоқларда фаол бўлишни талаб қилмоқда. Шу сабабли, твиттерда бўлсангиз ва қизиқсангиз мана шу менинг аккаунтим 👇🏼

https://twitter.com/fayziev_davron
"Manchester Siti"ning o'yinini sharhlash osonmas, o'rtoqlar. Sababi o'yin davomida faqat "Siti"ni maqtashga to'g'ri keladi. Ayniqsa, raqiblar "Kristal Pelas" singari klub bo'lsa😄

@Muhammadali_Muhammadkarimov