Bu Barsa va Real muxlislariga xazil qilib yozsa ham bo'lmas ekan. Muxlislikdan ham chiqib ketishgan, bularning ayrimlari! Darrov sõkinadimiyee, reachikansan, barsachikansan deydimiyee. Futbol kõringlar, zavqlaninglar. Bir kun yutadi, bir kun yutqazadi. O'yin natijasini to'g'ri qabul qilish kerak. Chegaradan chiqib hech narsaga erishib bõlmaydi.

Lekin bir tomoniga qoyil qoldim. Hamma muxlislari ham unday emas. Ayrim Barsa muxlislari jamoasi yaxshi o'ynay olmaganini tan oldi. Ayrim Real muxlislari ham to'g'ri munosabat bildirdi. Bunday muxlislarni hamma hurmat qiladi.

Hakamga kelsak, bunday darajadagi, butun dunyo ko'rib turgan o'yinda uni sotildi, deb aytish uchun qanday õylash kerak, bilmadim)

Bu safar Real yutdi. Chindan ham 2-bo'limning 2-qismida mehmonlar yaxshi o'ynashdi. 1:1 hisobi qayd etilayotgan payt, jamoalar durangga mos o'yin ko'rsatishayotgan edi. Ammo keyin Real o'yiniga temp qo'sha oldi. O'z o'yinini kuchaytirishga erishdi. Modrichning goli esa menga Robbenning Ispaniyaga qarshi bahsda Kasilyasga urgan golini eslatdi.

Xullas, Real yutadimi, Barsa yutadimi menga umuman farqi yo'q. Ayrimlarga esa buni tushuntirishdan foyda yo'q.
Forwarded from Muhammadali (Muhammadali)
Futboltvning instagram storysini kõzdan kechirayotgan edim. Chiqib qoldi.
Xabaringiz bor, Bartomeu ketdi. Uning rahbarligida #Barselona 4 marta La Ligani yutdi (2014/2015, 2015/2016, 2017/2018, 2018/2019), 4 marta Ispaniya kubogida zafar quchdi (2014/2015, 2015/2016, 2016/2017, 2017/2018). Yevrokuboklarda esa MSNning eng yorqin davrida - 2014/15-yilgi mavsumda UEFA Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va Klublar o'rtasidagi JCHda g'olib bo'lishga muvaffaq bo'ldi. Ha, Neymar jamoa uchun katta yo'qotish hisoblanadi. Ammo Bartomeu deyarli har mavsum yirik xaridlarni amalga oshirdi. Xatoni to'g'rilash unga qimmatga tushdi. Qimmatga tushdi jumlasini har ikki ma'noda tushunishingiz mumkin. Neymarning o'riga kelgan futbolchilar uning o'rnini egallash tugul, o'z darajasida ham o'ynay olishmadi. Dembelening ikkinchi uyi klub bazasidan ko'ra, lazaret bo'lib qoldi. Koutinyoning "Barselona"dagi faoliyatidan ko'ra, menga uning "Bavariya"dagi o'yinlari yoqdi. Grizmann. Talant uvol bo'lyapti. Boshqa izoh topa olmadim. Grizmanndek jahon chempioni hamon klubdagi o'rinini aniq bilmaydi. Bartomeuni ketishi chiroyli bo'lmayapti. Boshqacha bo'lishi ham qiyin edi. Ammo u murabbiylar aytgan transferlarni amalga oshirib berdi, menimcha. Biroq, xatoning o'riniga olib kelingan futbolchilar, ahvolni undan battar qilishdi. Undan tashqari uning juda ko'p kirdikorlari haqida matbuot yozishdan charchamadi. Hatto uni oqlash uchun butun bir kompaniya ishlaydi, deyildi. Bartomeu matbuotni ham nazorat qilishga urindi. Jamoaning muvaffaqiyatsizlarida "Barsa"ning katta futbolchilariga ayb to'nkaldi. Murabbiy barchasiga aybdor deyildi. Xosepning dastlabki yillari shunday o'tdi. Lekin barchasining oxiri bor. Uning bu harakatlari ish bermadi. Tugadi! Uning eng foydali ishi, menimcha, Messini jamoada olib qolgani! Endi Messining keyingi yil ketishi so'roq ostida. Chunki argentinalik futbolchiga eng ko'p ta'sir o'tkazayotgan inson endi klubda yo'q! Messi va prezident o'rtasidagi jangda Leo g'alaba qozondi.

Muhammadali
Ҳакимлардан бирига: "Фалончининг ҳавода учишини биласизми?" деб айтишганида, у киши: "Бу, у муҳим нарса эмас. Масалан, пашша ва чивин ҳам уча олади", деди.
Улар: "Фалончи сув устида юра олар экан", деб айтишганида, у киши: "Бу ҳам, у ўта муҳим нарса эмас. Масалан, ёғоч бўлаги ҳам айни ишни қила олади", деб айтди.
Улар: "Ундай бўлса сизнинг назарингиздаги ҳақиқий каромат нима?" деб айтишганида, ҳаким зот:

"Ҳақиқий каромат, одамлар орасида яшаб, ахлоқ меъёрларини йўқотмасдан, ёлғон сўзламасдан, ўғирлик қилмасдан, алдамасдан, ғийбат қилмасдан ва ишончни йўқотмасдан бемалол ишониладиган ҳақиқий маънодаги инсон бўлиб юриш кароматдир", деб жавоб берди.

arabicuz kanalidan olindi.
Forwarded from 𝐹𝐹𝐹
#MUTOLAA_VAQTI

Umri taqvo libosida o‘tgan bir mo‘min o‘limini kutish taraddudida yotganida birodarlari yo‘qlab kelishibdi. Mo‘min so‘nggi nafaslarini olayotganda birodarlari: ,,La ilaha illalloh, deb kalima keltiring, – deb eslatishibdi. Bunga javoban mo‘min ,,Men bu gapni hargiz aytmasman, – deb pichirlabdiyu, jon beribdi. Buni eshitgan birodarlari ko‘p mayus bo‘lishibdi. ,, Do‘stimiz iymonsiz ketdi-ya!-degan gumonda yig‘lashibdi.
Oradan kunlar o‘tib ulardan biri tushida vafot etgan birodarini ko‘ribdi. Oppoq libos kiyib olgan birodari jannat bog‘larida yurganmish. ,,Biz sizni iymonsiz ketdi deb, armonda edik, Alloh sizni buyuk ajr bilan siylabdiku?, – deb savol beribdi. ,,Ajablanmang, do‘stim,– debdi vafot topgan banda, – sizlar uyga kirib kelganingizda men shaytoni alayhilaʼna bilan olishib yotib edim. U menga vasvasa qilib: ,,Xudo yo‘q, payg‘ambari aldamchi, – demoqlikni amr etdi. Men sizlarga emas, u laʼnati shaytonga qarab: ,,Bu gapni hargiz aytmasman,- deb edim. Jonimni iymon bilan topshirganim evaziga Alloh meni siyladi– dedi.

Tohir Malik
"Po‘rtanali ummonda suzar hayot qayig‘i"

••┈•┈•✿••❁📖❁••✿•┈•┈••
@FarosatdaFiltrlanganFikrlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Худди мана шу ҳолатга биз шарҳловчилар ҳам дуч келамиз. Четдан осон туюладиган касб. Жуда кўп шундай ноқулай вазиятлар юзага келади. Ҳамма ҳам тушунмайди.
Шарҳловчи бўлиб кўрмоқчиман, футболга жуда қизиқаман, ўқишим шартми, бир синаб кўринг, деган савол деярли ҳар куни берилади.
Ёки шогирдликка олинг дейиладию, босиб ўтган йўлимдан юришни исташмайди. Бу йўл эса шу видео охирида Беҳзод ака тушунтириб ўтганларига тахминан ўхшаш.

https://t.me/Davron_Fayziev
Forwarded from Barcashunos
​​Bolaligimizda, mahallada toshlardan darvoza qurib futbol o'ynardik. O'shanda oramizdagi eng yoshi katta birimiz barcha churvaqalarni o'z jamoasiga yig'ib olardida, qolgan o'rta yosh vakillariga qarshi o'ynardi. Biz ham churvaqa bo'lgan paytimiz asosan o'sha jamoamiz "qariyasi" uchun o'ynardik: to'pni faqat unga oshirardik, penalti bo'lsa faqat u tepardi, hattoki outdan ham to'pni unga oshirardik...
Bilasizmi, bu "taktika" ko'pincha qo'l kelib, biz o'yinda g'alaba qozonardik. Chunki, bizda bitta yetakchi bor edi va hamma unga bo'ysunardi. Raqiblarda esa hamma teng kuchlilar yig'ilib qolgani uchun ichki muhitda biroz parokandalik yuzaga kelardi.

Bugungi Milanning o'yinlarini kuzata turib o'sha olis bolalik davridagi futbol jamoamiz yodimga tushib ketdi. "Qariya" Zlatan atrofiga "churvaqalar"ni to'plab, yaxshi bir jamoaga asos solmoqda. Bu yil shu bir boshli Milan chempion bo'lib ketadiyov...

@Gr8BeK_talqini
Forwarded from Zokirjon Kholikov
Фрэнк Лэмпарднинг "Sky Sports"га берган интервьюсини кўриб чиқдим:
Қайси мураббий қўл остида ўнашни хохлардинг деган саволга Пеп Гвардиола деб жавоб берди ҳамда Гвардиола машғулотларини кузатиб боргани ва унга жуда ёққанлиги айтди.
Футболчилик даврингда ўйинлардан сўнг ўзаро алмашган футболкалар ичида энг қадрлиси деган саволга Мессиники деб жавоб берди.

Умуман олганда, Лэмпард Круиффнинг тотал футболига бефарқ эмаслигини бир неча марта қайд этган.

Инглиз тилини билсангиз 👆тепадаги интервьюни тўлиқ кўриб чиқишингизни тавсия қиламан.


@ZokCoaching
Forwarded from N_Farhod_Official
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Trendga aylangan kalla qo'yganlar 😬🤔🙄

Eng sara audio video va dublyajlar shu kanalda
👇🏼👇🏼👇🏼👇🏼
https://t.me/n_farhod_official
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlatdan yordam soʻragandim, hokimyatdagilar “shundoq ham senga yordam beryapmiz”, deyishdi. “Qanaqasiga?”, desam, “senga xalaqit bermayapmiz”, deyishdi.


Ketidan "shunisiga ham rahmat", degan javobni kutishgandir😂🤦‍♂
Do'stlar, IT sohasi rivojlanayotgani hech kimga sir emas. Ammo uni o'rganish uchun barchamizga mablag' kerak bo'ladi. Lekin oramizda shunday ko'ngilli insonlar borki yoshlarning qiziqishini yanada orttirish maqsadida tekin videodarsliklar tayyorlamoqda. Bu kanalda siz komputerda animatsiya yaratish, multfilmlarni ishlab chiqish, yangilik yaratish maqsadida yangi o'yinlar yaratishni maqsad qilib qiziqqanlar uchun ADOBE FLASH va ADOBE ANIMATOR dasturini birga o'rganing.

Kanalga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAFbm2MCl3lNnW9rigw
Мне просто интересно.
Если самого Черчесова спросить про какого-то игрока, например, хоть бы про Кудряшова, или про Джанаева: он что, Станислав Саламович, ваш сын внебрачный?
Как Станислав Саламович отреагирует на такую шутяру?
Вы вот как думаете? Побагровеет весь или частично?
У Сафонова Матвея Евгеньевича (не Дмитриевича) что, родителей нет, или их можно вот так позорить на волне своей дремучести и несдержанности? Это такая у нас сборная-семья? На Кавказе теперь так о старших, о родителях разговаривают? Вот жизнь-то поменялась!
Это даже не трамвайное, это какое-то хамство на уровне повозки с осликом.
Р.S. Или слова тренера национальной сборной неверно записаны? Я просто поверить не могу. Правда.
https://www.sports.ru/football/1090941530-cherchesov-pro-safonova-ili-on-vash-syn-vnebrachnyj-ili-pochemu-vy-vse.html?sl=1
Forwarded from Диванная Италия 🇮🇹 (Ilya Egorov)
​​У Стефано Пиоли коронавирус. Скорее всего, в ближайшем матче против «Наполи» «Миланом» будет руководить Джакомо Мурелли.

Итальянские журналисты шутят: разницу никто не заметит. Оба лысые, оба появляются во время матчей в одной и той же одежде. И у того, и у другого седая борода. Пиоли разве что повыше Мурелли.

Пиоли и Мурелли начинали в «Парме», а дальше их пути разошлись. Первый стал звездой Серии А. Мурелли же поиграл за аутсайдеров. Они вновь воссоединились лишь в 2003-м, когда оба оказались в «Модене». С тех пор Пиоли всегда брал Мурелли с собой, когда путешествовал по командам.

За 17 лет совместной работы Мурелли и очень сдружились. Вот что Пиоли говорит об их дружбе: «Мне нравится компания Джакомо. Он очень начитанный и образованный человек. Он помогает мне отойти от футбола в выходные. Но, знаете, все темы все равно сводятся к обсуждению футбола.

Помню как-то в «Болонье» после болезненного поражения я никак не мог прийти в себя. Он сказал мне: «Черт, Стефано, у нас так много тем для обсуждений, а мы все еще два часа обсуждаем это поражение. Давай хотя бы поговорим о кулинарии».

Так через разговоры о капкейках мы вернулись к провалу с «Болоньей».
Бугун бўлиб ўтадиган Ироқ - Ўзбекистон ўртоқлик учрашувини ЎФА медиа бўлимининг YouTube канали орқали трансляция қилишни режа қилганмиз. Шарҳлашга ҳам тайёргарлик олиб боряпман.
Ўзбекистонда ва юртимиз ташқарисида миллий жамоа ўйинини кўриш истагида бўлган ҳамюртларимиз мана бу ссылка орқали каналга киришлари мумкин 👇🏼

https://youtu.be/uHK0iAkf5So
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun YCHL o'yinlari oldidan super bahs bo'lib o'tdi🔥 O'yin darajasi, harorati YCHLdan qolishmaydi! Kõrganlar bilishadi. Shunchaki super!!! Turon 2:0 Sho'rtan. Sharhda kasal ekanligim ham esimdan chiqib ketdi!) Yaxshisi, vaqtingiz bo'lsa, YouTube'da ko'rganingiz ma'qul. Bu bahsning muhimligi haqida ortiqcha to'xtalib o'tirmayman. O'yinning avvalida aynan shu mavzu haqida gap ketgan👇

https://youtu.be/OfG9SoTybsM 🔥

t.me/Muhammadali_Muhammadkarimov
"Ҳа, мен Рим Папасига қарши чиққанман. Бу мен Ватиканга ташриф буюрганимда рўй берган. У ерда тилладан қилинган томни кўрганман. Кейин эса, Папа христиан черкови муҳтожликдаги болаларнинг аҳволидан қаттиқ қайғуда эканини айтган. Эй, жин ургур, унда ўша томни сот. Ёрдам қил уларга!"

Диего Армандо Марадона
Modul 5 loyihasining bir nechta sonlarini YouTube kanalida tomosha qilganman. Zõr loyiha! Siz ham mana bu havola orqali ko'rishingiz mumkin. Kelgan mehmon-mutaxassislar o'zlarining tajribalarini sodda, xalqona tilda, samimiy tushuntirib berishadi. Ochiĝi, o'zim ko'rib mazza qilganman.

Bu safargi mehmonlar orasida bizning sevimli sharhlovchimiz - Davron aka Fayziyev ham bor ekanlar. Bugun (28-noyabr) soat 14:00 da Toshkentdagi INHA universitetiga borib, jonli tomosha qilishingiz mumkin. Buning uchun esa ro'yxatdan o'tish kerak ekan:

👉Ro'yxatdan o'tish👈

Imkoni bo'lmaganlar esa menga o'xshab Modul5'ning YouTube kanalidan ko'ramiz😐 Зато, кўрамиз.
__________

Meni borishga imkonim yo'q😐 Soat 17:30 da "Brayton" - "Liverpul" bahsi boshlanadi. Ayrim sabablarga ko'ra, o'sha uchrashuvda ishlashim kerak (bahsni men sharhlamayman, xavotir olmang:). Uchrashuv 17:30 da boshlangani bilan ancha avvaldan ofisda bo'lish kerak... Xullas, o'zim borolmaganimga yarasha sizga ilindim. Imkoningiz bo'lsa, boring. Shubhasiz, o'zingizga kerakli ma'lumotlarni, motivatsiyani olasiz! Umumiy 5 mutaxassis tashrif buyuradi. Turli soha vakillari, albatta.

(Bu reklama emas😄 Menga kim ham reklama berardi?:) Shunchaki yaxshi yangiliklarni ulashishni istayman, bunga har doim ham vaqtim bo'lmasa-da)
- Наҳот тарқаганман мен ҳам маймундан? -
Дарвиндан сўради бир чиройли қиз.
Дарвин жавоб берди ўйланиб обдон:
- Чиройли маймундан тарқагансиз сиз!)

Хайрулла Ҳамидов
Футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳамда Локомотив клуби бош шифокори Аброр Пирриев билан соатлаб суҳбатлашиш мумкин. Тиббиётми, футбол, илм-фан, адабиёт, сиёсат бўладими, ҳар мавзуда Докторимиз ўз фикрларини қизиқарли тарзда билдирадилар. Муҳим воқеаларни эса ҳикоя ёки шеър шаклида ёзиб борардилар.

Аброр ака телеграм канал очиб, блог юритишни бошлабдилар. Энди уларнинг фикр-мулоҳазаларию ижодлари билан сиз ҳам танишишингиз мумкин.
Манзилни қолдираман 👇🏼

@abrorpirmuhammad
Men ham shu kanalni yaqinda kuzata boshladim. Chindan ham futbol ahli uchun qiziq bo'lgan ma'lumotlar berib boriladi. Sizga ham #tavsiya qilaman👌