Forwarded from Alimoff
Прикинь😳, Руминяда вафот этган амалдорга халқини меҳри шу даражада кучли эканки, уни шаҳар мэрлигига қайта сайлаворишибди.

Ион Алиман 17-сентабрьда 57 ёшида коронавирусдан вафот этганига қарамай, Девеселу сайловчиларидан томонидан шаҳар мерлигига сайланибди – у 1600 овоздан 1057 тасини қўлга киритибди.

Овоз беришдан олдин бюллетенларда унинг исми ёзилган бўлган ва уларни ўзгартиришга вақт бўлмаган экан. Шаҳар аҳолиси ғалабани собиқ ҳокимга ҳурмат бажо келтириб, қабристонда нишонлабди.

Амалдор шундай бўлиши керакки одамлар ундан қутилганидан ҳурсанд бўлмасликлари керак.

Шуҳрат Ғаниев: Ҳааа😌

Каналга қўшилинг👉 @nurbekalimov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sevimli jamoangizni o'yini ham, uchrashuv ham bir vaqtga to'g'ri kelib qolsa, siz qanday yo'l tutardingiz bilmadim-u, lekin mana bu videoda ajoyib va o'ziga xos yechim bor😄

Muhammadali
Bugun kanalning ham, mening ham ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz "Liverpul" muxlislarining iltimos va buyruqlari bilan to'lgan edi, so'kishlarini ham haqoratlarini ham eshitdik, o'qidik. Hozir esa ularning ahvolini tasavvur qilish oson emas. Grandlar qoqilishda davom etishyapti...
@futboltv dagi ba'zi obunachilarni tushunish qiyin. Bugun kechki payt deyarli hamma transferlarni barcha telegram kanallar orasida birinchi bo'lib biz e'lon qildik, ammo bugun 600 ga yaqin obunachi kanalni tark etdi. Transferlar oynasi yopilishiga 2 soat vaqt qoldi. Uxlavorganim yaxshi edi undan ko'ra🤦‍♂ Tong saharlab tashlardim o'sha jin urgur transferlarni. Klublar ham oooxirgi kunning ooxirgi soatiga taqagandek go'yo🤦‍♂. Lekin 500-600 tacha obunachini deb, 600k+ futbol muxlisni o'ylamaslik juda noto'g'ri. Xullas, davom etamiz...
👀👀

Дунёда икки футболчи бор: Месси ва Роналду.

Қолган ўйинчилар ё мессичи, ё роналдучи...

(с)
@xayrulla_hamidov
Bilaman, goh bitta gapdan qolmasligimni,
Ham arzirli pandga quloq solmasligimni,
Nima qilay, odamligim tutib qoladi -
Tan olaman ko‘pincha tan olmasligimni.

Xayrulla Hamidov
Шарҳловчилик ҳақида узуқ-юлуқ фикрлар:

Ушбу мураккаб соҳа актёрлар, ошпазлар ва сузиш кесимида таҳлил қилинган бўлди.

Эринмасангиз кўриб қўярсиз😊

https://youtu.be/eLVGS69m5HY
Forwarded from 𝐹𝐹𝐹
U SENMIDING? BILMASDIM...

Bir kishi 48 yil avvalgi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini xiyobonda ko‘rib qolib, xijolatlik bilan yoniga borib: Ustoz, meni tanidingizmi? dedi.
— Yo‘q, taniyolmadim,- dedi keksa muallim.
— Men boshlang‘ich sinfdagi o‘quvchingiz falonchi bo‘laman. Ustoz, sinfdosh o‘rtog‘imizning soati yo‘qolgandi. Men olgandim. Siz hamma joyidan tursin va qo‘llarini taxtaga tirasin, tintuv qilaman dedingiz. Men uyaldim va qattiq qo‘rqdim. Siz va o‘rtoqlarimning yuziga qanday qarayman, deb o‘ylaganim sari badanimdan muzday ter quyilardi. Shu payt siz yana bir buyruq berdingiz: Endi hamma ko‘zlarini yumsin!
Safning o‘rtaroqlarida edim. Tintuv navbati menga keldi. Soatni indamay cho‘ntagimdan oldingiz va tintuvni safdagi so‘ngi bolagacha izlashtirdingiz. Keyin bizni o‘rnimizga o‘tqazib, menga ham, boshqalarga ham hech narsa demasdan soatni egasiga qaytardingiz.
Ulg‘ayganim sari bu ishingiz qalbimda kattarib boraverdi. Ustoz, men hozir oltmish yoshdaman. Bu hayotdagi eng katta saboqni o‘sha kuni sizdan olgandim. Har gal eslaganimda bir seskanib ketardim va o‘zimni sizdan qolgan marhamat va bag‘rikenglik bag‘rida his etardim. O‘zingdan, vijdoningdan uyalib yashash azob, undan-da dahshatli azob esa uyalayotganingni boshqalar ham bilishi, ularni har ko‘rganingda xijolat bo‘lishing undan ham dahshatli azob.
Ustoz, siz menga hammadan uyalib yashash azobini ravo ko‘rmadingiz. Bu azobni his qilganimda unuta olarmidim, bilmayman to‘g‘risi. Lekin meni uyaltirmaganingizni hech qachon unutmadim, ustoz!
Keksa o‘qituvchi o‘rindiqda yonma-yon o‘tirgan sobiq o‘quvchisiga o‘girilib qaradi:
— U voqeani ertasi kuniyoq unutib yuborgandim. Hozir sen aytanganingda esladim.
Sizlarga ko‘zlaringizni yuming deganimda men ham ko‘zlarimni yumgandim. Shu yoshdagi har bir bola qo‘l urishi mumkin bo‘lgan yanglishga qo‘l urgan o‘quvchimga nisbatan ko‘nglimda yomon o‘y tushmasin degandim. U senmiding? Bilmasdim...

Manba: @Ehtirom_uz

••┈•┈•✿••❁📖❁••✿•┈•┈••
@FarosatdaFiltrlanganFikrlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Krishtianuni instagramdagi jonli efirida rus tilida ham "gapirtirishdi"😄

«На здоровье! Как делак? Карашо!».

@Muhammadali_Muhammadkarimov
​​🗣 Месут Озил выступил в соцсетях с официальным обращением. Текст заканчивается следующими словами:

«Я продолжу тренироваться изо всех сил, и там, где это возможно, бороться с бесчеловечностью и отстаивать справедливость».

Полный перевод письма

«Это непростое сообщение для фанатов «Арсенала», ведь за этот клуб я играл последние несколько лет. Меня глубоко разочаровал тот факт, что я не попал в заявку команды на сезон в АПЛ. Подписав контракт в 2018, я показал свою преданность и верность клубу, который я люблю, и меня расстраивает, что я не увидел взаимности. Как я только что узнал, верность - это редкость в наше время. Из недели в неделю я сохранял позитивный настрой и верил, что есть ещё шанс вернуться в команду. Вот почему я молчал до этого момента. Перед ковидом я был очень доволен тем, как развивается команда с Микелем Артетой - было позитивное настроение и мои выступления были на хорошем уровне. Но потом всё изменилось и мне больше не разрешали играть в футбол за «Арсенал». Что ещё можно сказать? Я всё ещё чувствую себя в Лондоне, как дома, у меня много хороших друзей в команде и я действительно чувствую крепкую связь с фанатами клуба. Несмотря ни на что, я буду бороться за место в команде и не позволю вот так вот закончиться восьмому сезону в команде. Могу вам сказать, что это решение ничего не изменит. Я продолжу тренироваться изо всех сил, и там, где это возможно, бороться с бесчеловечностью и отстаивать справедливость».

#Ozil @wearethearsenal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun telekanallarimiz dasturidan o'rin olgan birinchi o'yin #Turon va #Dinamo jamoalarining o'zaro bahsi edi. Bugungi super janglar orasida dasturda kamtargina turgan uchrashuv super qarama-qarshilikni taqdim etdi! Pro Ligada bunday o'yinlar tobora ko'paymoqda va bu odamni xursand qiladi. O'yinni to'liq ko'rganlar rohatlanishgani aniq. Mana shu o'yin ham shanba super o'tishidan darak bergandek, go'yo!

#El_klasiko va #UFC254 haqida ustozlar ko'p yozishdi. Ortiqcha izohga hojat yo'q. Birinchi uchrashuvni o'tkazib oldik! Davom etamiz, do'stlar🔥

Muhammadali
Qiziq holat🤔 Katta o'yinlarda e'tibor ham kattami? Yoki sabab boshqa?

Twitter ham yaxshi joy. Yuringlar))

https://twitter.com/M_Muhammadali20
Bu Barsa va Real muxlislariga xazil qilib yozsa ham bo'lmas ekan. Muxlislikdan ham chiqib ketishgan, bularning ayrimlari! Darrov sõkinadimiyee, reachikansan, barsachikansan deydimiyee. Futbol kõringlar, zavqlaninglar. Bir kun yutadi, bir kun yutqazadi. O'yin natijasini to'g'ri qabul qilish kerak. Chegaradan chiqib hech narsaga erishib bõlmaydi.

Lekin bir tomoniga qoyil qoldim. Hamma muxlislari ham unday emas. Ayrim Barsa muxlislari jamoasi yaxshi o'ynay olmaganini tan oldi. Ayrim Real muxlislari ham to'g'ri munosabat bildirdi. Bunday muxlislarni hamma hurmat qiladi.

Hakamga kelsak, bunday darajadagi, butun dunyo ko'rib turgan o'yinda uni sotildi, deb aytish uchun qanday õylash kerak, bilmadim)

Bu safar Real yutdi. Chindan ham 2-bo'limning 2-qismida mehmonlar yaxshi o'ynashdi. 1:1 hisobi qayd etilayotgan payt, jamoalar durangga mos o'yin ko'rsatishayotgan edi. Ammo keyin Real o'yiniga temp qo'sha oldi. O'z o'yinini kuchaytirishga erishdi. Modrichning goli esa menga Robbenning Ispaniyaga qarshi bahsda Kasilyasga urgan golini eslatdi.

Xullas, Real yutadimi, Barsa yutadimi menga umuman farqi yo'q. Ayrimlarga esa buni tushuntirishdan foyda yo'q.
Forwarded from Muhammadali (Muhammadali)
Futboltvning instagram storysini kõzdan kechirayotgan edim. Chiqib qoldi.
Xabaringiz bor, Bartomeu ketdi. Uning rahbarligida #Barselona 4 marta La Ligani yutdi (2014/2015, 2015/2016, 2017/2018, 2018/2019), 4 marta Ispaniya kubogida zafar quchdi (2014/2015, 2015/2016, 2016/2017, 2017/2018). Yevrokuboklarda esa MSNning eng yorqin davrida - 2014/15-yilgi mavsumda UEFA Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va Klublar o'rtasidagi JCHda g'olib bo'lishga muvaffaq bo'ldi. Ha, Neymar jamoa uchun katta yo'qotish hisoblanadi. Ammo Bartomeu deyarli har mavsum yirik xaridlarni amalga oshirdi. Xatoni to'g'rilash unga qimmatga tushdi. Qimmatga tushdi jumlasini har ikki ma'noda tushunishingiz mumkin. Neymarning o'riga kelgan futbolchilar uning o'rnini egallash tugul, o'z darajasida ham o'ynay olishmadi. Dembelening ikkinchi uyi klub bazasidan ko'ra, lazaret bo'lib qoldi. Koutinyoning "Barselona"dagi faoliyatidan ko'ra, menga uning "Bavariya"dagi o'yinlari yoqdi. Grizmann. Talant uvol bo'lyapti. Boshqa izoh topa olmadim. Grizmanndek jahon chempioni hamon klubdagi o'rinini aniq bilmaydi. Bartomeuni ketishi chiroyli bo'lmayapti. Boshqacha bo'lishi ham qiyin edi. Ammo u murabbiylar aytgan transferlarni amalga oshirib berdi, menimcha. Biroq, xatoning o'riniga olib kelingan futbolchilar, ahvolni undan battar qilishdi. Undan tashqari uning juda ko'p kirdikorlari haqida matbuot yozishdan charchamadi. Hatto uni oqlash uchun butun bir kompaniya ishlaydi, deyildi. Bartomeu matbuotni ham nazorat qilishga urindi. Jamoaning muvaffaqiyatsizlarida "Barsa"ning katta futbolchilariga ayb to'nkaldi. Murabbiy barchasiga aybdor deyildi. Xosepning dastlabki yillari shunday o'tdi. Lekin barchasining oxiri bor. Uning bu harakatlari ish bermadi. Tugadi! Uning eng foydali ishi, menimcha, Messini jamoada olib qolgani! Endi Messining keyingi yil ketishi so'roq ostida. Chunki argentinalik futbolchiga eng ko'p ta'sir o'tkazayotgan inson endi klubda yo'q! Messi va prezident o'rtasidagi jangda Leo g'alaba qozondi.

Muhammadali
Ҳакимлардан бирига: "Фалончининг ҳавода учишини биласизми?" деб айтишганида, у киши: "Бу, у муҳим нарса эмас. Масалан, пашша ва чивин ҳам уча олади", деди.
Улар: "Фалончи сув устида юра олар экан", деб айтишганида, у киши: "Бу ҳам, у ўта муҳим нарса эмас. Масалан, ёғоч бўлаги ҳам айни ишни қила олади", деб айтди.
Улар: "Ундай бўлса сизнинг назарингиздаги ҳақиқий каромат нима?" деб айтишганида, ҳаким зот:

"Ҳақиқий каромат, одамлар орасида яшаб, ахлоқ меъёрларини йўқотмасдан, ёлғон сўзламасдан, ўғирлик қилмасдан, алдамасдан, ғийбат қилмасдан ва ишончни йўқотмасдан бемалол ишониладиган ҳақиқий маънодаги инсон бўлиб юриш кароматдир", деб жавоб берди.

arabicuz kanalidan olindi.
Forwarded from 𝐹𝐹𝐹
#MUTOLAA_VAQTI

Umri taqvo libosida o‘tgan bir mo‘min o‘limini kutish taraddudida yotganida birodarlari yo‘qlab kelishibdi. Mo‘min so‘nggi nafaslarini olayotganda birodarlari: ,,La ilaha illalloh, deb kalima keltiring, – deb eslatishibdi. Bunga javoban mo‘min ,,Men bu gapni hargiz aytmasman, – deb pichirlabdiyu, jon beribdi. Buni eshitgan birodarlari ko‘p mayus bo‘lishibdi. ,, Do‘stimiz iymonsiz ketdi-ya!-degan gumonda yig‘lashibdi.
Oradan kunlar o‘tib ulardan biri tushida vafot etgan birodarini ko‘ribdi. Oppoq libos kiyib olgan birodari jannat bog‘larida yurganmish. ,,Biz sizni iymonsiz ketdi deb, armonda edik, Alloh sizni buyuk ajr bilan siylabdiku?, – deb savol beribdi. ,,Ajablanmang, do‘stim,– debdi vafot topgan banda, – sizlar uyga kirib kelganingizda men shaytoni alayhilaʼna bilan olishib yotib edim. U menga vasvasa qilib: ,,Xudo yo‘q, payg‘ambari aldamchi, – demoqlikni amr etdi. Men sizlarga emas, u laʼnati shaytonga qarab: ,,Bu gapni hargiz aytmasman,- deb edim. Jonimni iymon bilan topshirganim evaziga Alloh meni siyladi– dedi.

Tohir Malik
"Po‘rtanali ummonda suzar hayot qayig‘i"

••┈•┈•✿••❁📖❁••✿•┈•┈••
@FarosatdaFiltrlanganFikrlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Худди мана шу ҳолатга биз шарҳловчилар ҳам дуч келамиз. Четдан осон туюладиган касб. Жуда кўп шундай ноқулай вазиятлар юзага келади. Ҳамма ҳам тушунмайди.
Шарҳловчи бўлиб кўрмоқчиман, футболга жуда қизиқаман, ўқишим шартми, бир синаб кўринг, деган савол деярли ҳар куни берилади.
Ёки шогирдликка олинг дейиладию, босиб ўтган йўлимдан юришни исташмайди. Бу йўл эса шу видео охирида Беҳзод ака тушунтириб ўтганларига тахминан ўхшаш.

https://t.me/Davron_Fayziev
Forwarded from Barcashunos
​​Bolaligimizda, mahallada toshlardan darvoza qurib futbol o'ynardik. O'shanda oramizdagi eng yoshi katta birimiz barcha churvaqalarni o'z jamoasiga yig'ib olardida, qolgan o'rta yosh vakillariga qarshi o'ynardi. Biz ham churvaqa bo'lgan paytimiz asosan o'sha jamoamiz "qariyasi" uchun o'ynardik: to'pni faqat unga oshirardik, penalti bo'lsa faqat u tepardi, hattoki outdan ham to'pni unga oshirardik...
Bilasizmi, bu "taktika" ko'pincha qo'l kelib, biz o'yinda g'alaba qozonardik. Chunki, bizda bitta yetakchi bor edi va hamma unga bo'ysunardi. Raqiblarda esa hamma teng kuchlilar yig'ilib qolgani uchun ichki muhitda biroz parokandalik yuzaga kelardi.

Bugungi Milanning o'yinlarini kuzata turib o'sha olis bolalik davridagi futbol jamoamiz yodimga tushib ketdi. "Qariya" Zlatan atrofiga "churvaqalar"ni to'plab, yaxshi bir jamoaga asos solmoqda. Bu yil shu bir boshli Milan chempion bo'lib ketadiyov...

@Gr8BeK_talqini