This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun kanalga hech narsa yozganim yo'q final haqida:( Lekin @futboltv ni yondiryapmiz🔥 @futboltv ga bugungi o'yinga bog'liq post qidirish vaqtida bitta zo'r video ko'rib qoldim:) Lekin uni FUTBOL TV ning telegram kanaliga qo'yib bo'lmaydi. Shuning uchun o'zimni kanalimda sizlarga ulashgim keldi:) Jiddiyga olmanglar faqat:)

Muhammadali

Telegram
| Instagram | Twitter
Konte "Inter"da qoladigan bo'libdi🔵

Rahbariyat aqlli qaror qabul qildi, desak to'g'ri bo'ladi, menimcha. Konte o'zi qurayotgan jamoaning muvaffaqiyatini ham ko'rishga haqli. Birinchi mavsum ajoyib o'tdi. Agar klub yana transferlarga qo'l urib, tarkibni kuchaytirib olsa, chempionlik uchun oxirigacha kurashadigan jamoa sifatida shakllanishi mumkin. Murabbiy yaxshi, futbolchilar unga ishonishadi, futbolchilar va murabbiy o'rtasidagi munosabat zõr. Rahbariyat ham o'ziga kelyapti deb yaxshi niyat qilamiz.

t.me/Muhammadali_Muhammadkarimov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bartomeuning "iste'foga chiqaman!" degan gapini eshitgach, qolganlarning reaksiyasi shunday bo'lsa kerak:)

https://t.me/Muhammadali_Muhammadkarimov
Bir qator manbalardan kõp ma'lumotlarni õqidim. To'g'risi, qay biriga tayanmoqni ham bilmaydi kishi. Xabarlar kõp va turli xil.

O'zim ishongan xabarlarni sizlar bilan bo'lishishni istadim.

- Messini qo'lga kiritish uchun jiddiy bel bog'lagan klub - "Manchester Siti".

- "Man Siti"ning egasi Mansur ibn Zayd Al Naxayyan va klub rahbarlaridan biri Haldun al Muborak Messining personal muxlisi ekan. Ular Gvardiola bilan birgalikda Messini "Siti"ga olib kelish ishlarini boshlab yuborishgan.

- Undan tashqari, ikki klub o'rtasida "Barsa" va "Siti"ni bog'lab turgan shaxs ham mavjud - Ferran Soriano. Soriano "Barsa"ning sobiq vitse prezidenti va hozir "Siti"da bosh direktor hisoblanadi. Aynan u Messining transferi borasidagi muzokaralarni olib boryapti va "Barsa" bilan muzokarada 700 mln yevrolik tovon pulini kamaytirishga harakat qilyapti. "Barsa" Leoni tekinga qo'yib yubormoqchi emas.

- Messining "Siti" bilan tuzilajak shartnomasi borasida nechi yillik bitim imzolanishini aytish qiyin. OAV 2-3 yillik shartnoma tuzilishi haqida yozmoqda. Lekin asosiysi bu emas. Messining ham bo'lajak klubiga sharti bor - Gvardiola "Siti"da qolishi kerak.
-Bilasiz, "Siti"ning egalarini MLSda ham klubi bor - "Nyu-York Siti". Messi "Man Siti"dan keyin aynan "Nyu-York Siti"ga o'tishi mumkin.

Muhammadali

Telegram | Instagram | Twitter
2019 vs 2020... Goretskani "Bavariya"da nima berib boqishyapti bilmadim-u, lekin, o'zgarish katta

http://t.me/Muhammadali_Muhammadkarimov
Voqealar rivoji qizimoqda🔥

Diario Sport nashrining yozishicha, "Siti" Messi uchun moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmagan holda 100 mln yevro va 3 futbolchisini qo'shib bermoqchi emish - Gabi Jezus, Bernardu Silva va Erik Garsiya.

Bunga nima deysiz endi, do'stlar?:)

Agar bu xabar rost bo'lsa, qiziq taklif jo'natibdi, "Siti".

Muhammadali

Telegram | Instagram | Twitter
- Ҳақиқий эркак деб кимларни айтса бўлади?
- Футболчиларни.
- Нимага?
- Чунки уларнинг пайпоқлари тиззагача боради)

© Мақсаджон Носиров
Ronaldinyoni qamoqdan chiqishiga katta yordam bergan "Barsa" va "Real"ning sobiq o'yinchisi kim ekanligini bilasizmi? Unda videoni tomosha qiling.

Video @ElGolazoTV kanalidan olindi.

t.me/Muhammadali_Muhammadkarimov
Gvardiola Barselonaga keldi!

Xabarlarga ko'ra, u Messi bilan uchrashishi mumkin.

"Manchester Siti" Messini qo'lga kiritish uchun jiddiy kirishmoqda!


t.me/Muhammadali_Muhammadkarimov
Bugun Angliya Superkubogida qaysi jamoa g'alaba qozonadi deb o'ylaysiz?
Final Results
57%
"Arsenal"
43%
"Liverpul"🔥
Twitter'dan foydalanadigan do'stlarimiz uchun "Arsenal" - "Liverpul" bahsini online ko'rishga havola topdim👇

https://twitter.com/FDLM30/status/1299730473648828416?s=09
Yana bitta havola, barcha uchun. 2 ta reklamasi bor ekan, shuni o'tkazib, keyin futbol ko'rishinglar mumkin:)

http://liveball7.gq/match/581019
​​«Ливерпуль»нинг мағлубиятига (дурангига) хайрон бўлмадим. Натижа тасодиф эмас, «Арсенал» ҳисобда олдинга чиқиб олгунча, рақибга имконият бермаётганди, фақат иккинчи таймнинг ўрталарида ташаббус Клопп жамоасига ўтди, охирида эса, яна «Арсенал» яхши ўйнади - натижага мос бўлган тенг ўйин.

Хайрон бўлмаганим, «Ливерпуль» ҳали ҳам «Арсенал», «Челси» ёки «Юнайтед»дан бир бош баланд жамоадир, тўғри, лекин янги мавсумда уларга осон бўлмайди. «Ливерпуль»нинг вазифасини осонлаштирган асосий фактор - турнир жадвалидаги 20 очколик запас эди. Рақибга очко зарур, «Ливерпуль» эса, жуда кўп сет-бол, яъни, хато қилиш имкониятига эга ҳолда, босимсиз ўйнайверган. Бу катта устунлик.
Масалан, рақиб билан тенг имкониятда ва шароитда бўлган пайтдаги ўйинларга қаранг:

Лига кубогида 0:5 мағлубият, лекин майли, ёшлар ўйнагани учун қўшмаймиз.
Англия кубогида «Челси»дан мағлубият.
ЕЧЛ гуруҳ босқичида «Наполи»дан мағлубият бор.
Плей-оффда «Атлетико» билан дуранг ва мағлубият.
Бугун «Арсенал»...

Айтмоқчиманки, «Ливерпуль» ютиш шарт бўлган ўйинларда буюртма асосида ғалаба қозониб кетаверадиган, баркамол жамоа эмас. У даражада. Айниқса, йилнинг иккинчи ярмида. Фақат турнир жадвалидаги устунлик уларни босимдан халос қилиб, ғалабали серияни хотиржам босиб ўтишга шароит яратганди, балким.

Қаҳрамон Асланов

t.me/Muhammadali_Muhammadkarimov
ILINJ

Qiyin ahvol bo‘lar, turgan gap, u Kun,
O‘lchanar har bosgan qadamlarimiz:

Hisoblab chiqilgay tarozi uzra
Yaxshilik, yomonlik, yordamlarimiz...

Bashar nigohida durdek tizilar
Hayot deb atalmish bor damlarimiz.

Kino tasviridek o‘tar birma bir
Sokinlik, bayramu motamlarimiz,

Yig‘laymiz - ko‘zimiz o‘ngida najot
Ilkini tutganda xotamlarimiz,

Jahannam isidan titragay nogoh
Jurmu isyon quli - badanlarimiz.

Shunda... shunda bizni qutqarib qolgay
Hadsiz g‘iybat qilgan odamlarimiz --
Gunohimiz ilgan odamlarimiz...

Xayrulla Hamidov

t.me/Muhammadali_Muhammadkarimov
​​“Барселона” ҳужумчиси Ансу Фати 84 йил ичида Испания миллий жамоасида майдонга тушган энг ёш футболчига айланди. Гап фақат бунда эмас, пандемиянинг бир асрлик натижаларга ҳам таъсир кўрсатаётгани қизиқ.

Мисол учун Педро Регейро исмли футболчини умуман эшитмаганман – бугун билдим, у 1927 йилда, 17 ёш-у 161 кунлик пайтида Испания таркибида дебют қилган экан. Бошқа бир футболчи, Анхел Зубиета эса, 1936 йилда миллий жамоада ўйнаган – 17 ёш-у 282 кунлик эканида. Фатининг кўрсаткичи учинчи ўринда – 17 ёш, 308 кун.

Аммо масалан, агар пандемия юз бермаганда, Испания миллий жамоаси йиғинлари март ойи охирида юз бериши ва Луис Энрике ўша пайтдаёқ Фатини таркибда синаб кўриши мумкин эди. Фати айниқса, ўтган мавсумнинг биринчи қисмида яхши ўйин кўрсатганини эътиборга олсак, бу тахмин ҳақиқатга яқинроқ. Ана ўшанда, яъни тахминан 160 кун олдин Ансу Фати Испания либосини кийган ва ёш кўрсаткичи бўйича мутлақ рекордни уриб, номини тарихга мухрлаган бўларди.

Ҳа, ҳозир ҳам ёмон эмас, Ансу Фати ҳақида ҳамма ерда ёзишмоқда. Лекин айтайлик, 50 йил ўтиб, яна кимдир 17 ёшида миллий жамоада рекорд қўйса, ўша даврдагилар Педро Регейрони таниб олишади, Ансу Фатини эмас. Шуниси бироз аламли бўлса керак.