This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Messi qoladi, lekin qolgan 30 yoshdan oshganlarning jamoadagi o'rni haqida aniq fikr bildirish qiyin...
Video @ElGolazoTV kanalidan olindi
Muhammadali
Telegram | Instagram | Twitter
Video @ElGolazoTV kanalidan olindi
Muhammadali
Telegram | Instagram | Twitter
"Bavariya" UEFAning klublar reytingida 1-o'ringa chiqib oldi.
Myunxenliklar Chempionlar Ligasi yarim finalidan o'rin olgan "Lion"ga qarshi bahsdan (3:0) so'ng "Real"dan o'tib, reytingda liderga aylanishdi.
"Bavariya" va "Real" bir xil ochko to'plashgan, ammo myunxenliklar bu mavsumda to'plagan balllari sabab birinchi o'rinda -- 34 ga 17.
UEFA reytingni jamoalarning yevrokuboklardagi so'nggi 5 yillik ishtirokiga qarab tuzadi.
@Muhammadali_Muhammadkarimov

G'oliblar tarixda qoladi
Finaldagi mag'lubiyat doim alamli. Eng so'nggi zinaga chiqib, yiqilish, cho'qqiga so'nggi qadam qolganda, qulash.
Bugungi o'yin haqida ko'p to'xtalmayman. Bu ikki jamoaning finalgacha bosib o'tgan yo'lini yaxshi bilasiz. "Inter" ustozi Antonio Konte o'yindan oldingi intervyusida ajoyib fikrlar bildirib o'tdi. Bunga ortiqcha izoh ham shartmas: "Men futbolchilik faoliyatimda bir nechta finallarda ishtirok etdim. Ulardan ayrimlarida g'alaba qozondim va bir necha marta finalda mag'lubiyatga uchradim.
Tushunib yetdim-ki, odamlar finalda g'alaba qozonganlarnigina eslab qolishar ekan. Men Chempionlar Ligasini yutganman, ammo shu bilan birga, 3 ta finalda yutqazganman. Tarixda o'z nomini yozib qoldirgan odamlar - mana shunday o'yinlarda g'alaba qozonib, sovrin yutganlardir.
Biz so'nggi 10 yilda yana yevrokubok finaliga chiqqanimizdan faxrlanishimiz kerak. Ammo tarixni g'oliblar yozadi. Tarixga Yevropa Ligasini yutgan jamoa kiradi. Afsuski shunday, lekin bu bizga qo'shimcha motivatsiya ham beradi."
t.me/Muhammadali_Muhammadkarimov

Chempionlar Ligasining yarim finalida eng ko'p gol urgan futbolchilar
t.me/Muhammadali_Muhammadkarimov
t.me/Muhammadali_Muhammadkarimov
Bugun Yevropa ligasi finalida qaysi jamoa g'alaba qozonadi deb o'ylaysiz?
Final Results
52%
Inter
32%
Sevilya
16%
Menga farqi yo'q
Shaxsan meni tengqurlarimda kuzatilayotgan bir holat juda quvontirmoqda. Ya'ni, yosh avlod tobora xalqaro universitetlarda ta'lim olishga, dunyo kezishga ishtiyoqmand bo'lib ulg'ayishmoqda. Bu albatta, ular uchun kelajakdagi hayotlarida juda foydali qaror bo'lib xizmat qiladi. Chunki, xorijda ta'lim olgan inson eng kamida o'sha davlatning tilini o'rganadi, qolaversa, dunyoqarashi kengayadi, yangi fikrlar, yangi g'oyalar bilan kundalik hayotiga rang-baranglik olib kirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Shunday orzularga erishish uchun Xalqaro ta'lim muassasasi talabasi bo'lish istagida bo'lgan yoshlarimiz va ularning orzulari o'rtasida Toshkent shahridagi GRBS Uzbekistan Xalqaro ta'lim tashkiloti mustahkam ko'prik vazifasini bajarib bera olishiga ishonchim komil.
To'rt yillik bakalavr dasturining birinchi bosqichini O'zbekistonda, ancha qulay narxlarda o'qib, tamomlang va qolgan uch yilni Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada va Avstraliya kabi mamlakatlarning nufuzli universitetlarida, hech qanday imtihonlarsiz davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ling.
Unutmang, sifatli ta'lim kelajak uchun kiritilgan eng afzal investitsiyadir!
Murojaat uchun: @GRBS_Uzbekistan
☎️+998998133373
To'rt yillik bakalavr dasturining birinchi bosqichini O'zbekistonda, ancha qulay narxlarda o'qib, tamomlang va qolgan uch yilni Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada va Avstraliya kabi mamlakatlarning nufuzli universitetlarida, hech qanday imtihonlarsiz davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ling.
Unutmang, sifatli ta'lim kelajak uchun kiritilgan eng afzal investitsiyadir!
Murojaat uchun: @GRBS_Uzbekistan
☎️+998998133373
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
HASTEN TO SUCCESS!!!
Xalqaro universitetlarda oʻqishni istagan maktab, litsey, kollej bitiruvchilari va ularning ota-onalari diqqatiga⚡️
⠀
Endilikda siz oliy ta'limning 1-kursini Oʻzbekistonda tamomlab, qolgan 3 yilni Ingliz tilida so'zlashilinadigan mamlakatlar( English-speaking countries)ning nufuzli universitetlarida davom ettirishingiz va xalqaro bakalavrlik diplomini📜 qoʻlga kiritishingiz mumkin!
⠀
📌 Toshkent shahrida joylashgan GRBS Xalqaro Ta'lim tashkilotida 1-kursni - L3IFDHES - tamomlang, va qolgan 3 yillik bakalavriat dasturini dunyodagi 500ga yaqin xalqaro universitetlarda davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ling!
Ular orasida, mamlakatimizdagi Westminister International University(#WIUT), Management Developing Institute of Singapore(#MDIS) va Turin Polytechnic University(#TTPU) kabi nufuzli ta'lim muassasalari ham bor.
Shoshiling, orzuingizga erishish yo'lida biz bilan birga qadam tashlang⚡️
Qabul 30/08/2020ga qadar davom etadi
✅ Batafsil ma'lumot:
@GRBS_Uzbekistan @mygrbs

EY DIL!
Ey dil, o‘zgalarning xatosin bilma,
Ko‘zguda o‘zingga boqqin yaxshisi!
Hadeb qorong‘udan shikoyat qilma,
Bir sham sotib ol-da, yoqqin yaxshisi!
Hayot - daryo, maʼno izla qaʼridan,
Marvaridlar chiqsin qalbing qo‘ridan.
Shikoyat qilguncha suvning sho‘ridan,
Sohil sari ildam oqqin yaxshisi!
Ey dilim, neki bor, Xoliqdan so‘ra,
Shodlik – kelg‘usidir, armon – xotira!
Qayg‘u mevalarin tergandan ko‘ra,
Orzular daraxtin qoqqin yaxshisi!
Taqdir izmidasan, ko‘ngling bo‘lsin to‘q,
Kamondan chiqqansan, qaytmaguvsi o‘q...
Azalda yozilib bo‘lgan, chora yo‘q,
Aʼmol kitobingni uqqin yaxshisi!
... Dilim-ay, hijrondan farah dilim-ay,
Ichimda bir ko‘zga ilhaq dilim-ay,
Atrofing qorong‘u bo‘lsa, nolimay
Gugurtga aylanu, yoqqin yaxshisi!
Xayrulla Hamidov
#nazm
http://t.me/Muhammadali_Muhammadkarimov

Konte bu mavsum "Inter" bilan aslida ajoyib mavsum o'tkazdi. To'g'ri uning o'zidan so'rasangiz, uncha ko'ngli to'lmaganligini aytishi mumkin. O'zi Antonioga o'xshagan murabbiylarning bari shunday. Doim maksimumni talab qiladi, o'zidan ham, shogirdlaridan ham. Bugungi finaldan so'ng Kontening intervyusi meni biroz hayron qoldirdi: "Biz 2-3 kundan keyin uchrashib, "Inter"ning kelajagini muhokama qilamiz - uning kelajagi men bilan bo'ladimi yoki mensiz".
Klubdagi birinchi mavsumining o'zidayoq 10 yildan beri yevrokuboklar finaliga chiqolmayotgan jamoani Yevropa Ligasi finaliga olib chiqish, A Seriyada 2-o'rin, Italiya kubogi yarim finali... Agar natijaga qarasak, intervyudagi so'zlar bizni hayron qoldirishi turgan gap. Lekin so'zining davomida: "Bizning klub bilan qarashlarimizda farq bordir, balki", - deya aynan nega yuqoridagi so'zlarini aytganini ma'lum qilgandek go'yo. Ammo Konte va "Inter" "uzukka ko'z qo'ygandek" mos tushishgandi, menimcha. Mavsum yakunida rahbariyat va Konte o'rtasidagi munosabatning yaxshi emasligini bilganimizdan keyin, ko'rindi-ki, hozir ham ahvol o'zgarmagan. Bir mavsumning o'zida ajoyib jamoani shakllantirgan murabbiyni jamoada olib qolmaslik ahmoqlik bo'lardi. Oldindan nima bo'lishini bilmaymiz-u, biroq Kontening so'zlari bizga shunday taasurot bermoqda.
Menimcha, Konte "Inter"da qolsa kerak, har holda bu jamoani shakllantirishga oz-muncha mehnati ketmadi deysizmi?! Kelasi mavsum skudetto uchun kurashda "Inter"ning roli ortadi, deb turganimizda, Kontening jamoadan ketishi juda noto'g'ri yurish bo'ladi.
Voqealar rivojini kuzatamiz.

Yana Konte haqida
Konte futbol uning shaxsiy hayotiga ta'sir o'tkazayotganidan norozi: Bu yil juda og'ri o'tdi, hamma narsani chegarasi bor, lekin vaziyat mening shaxsiy hayotimga xalaqit beradigan bo'lsa, buni qabul qilishim qiyin.
Mening oilam bor va men qaysi biri muhim ekanligini tushunishim kerak - oila yoki futbol. Hamma narsada chegara bor, mening sabr-toqatimda ham", deya o'z nozoriligini bildirdi.
Ma'lum bo'lishicha, noyabrda Kontega xat jo'natishgan, konvert ichida o'q bilan unga, oilasi va murabbiylar shtabiga tahdid qilishini haqida xabar bo'lgan.
———
Agar Konte "Inter"dan iste'foga chiqsa, uning o'riniga kim olib kelishini mumkinligi ham ma'lum bo'lib qolmoqda. Sky Sport Italia nashrining xabariga ko'ra, Massimiliano Allegri "Inter"da Kontening o'rnini egallashi mumkin.
Allegri Konteni 2014/15-yilgi mavsumda "Yuventus"da ham almashtirgan edi. O‘shanda uni "Inter"ning hozirgi direktori Beppe Marotta taklif qilgandi.

Bugun kanalga hech narsa yozganim yo'q final haqida:( Lekin @futboltv ni yondiryapmiz🔥 @futboltv ga bugungi o'yinga bog'liq post qidirish vaqtida bitta zo'r video ko'rib qoldim:) Lekin uni FUTBOL TV ning telegram kanaliga qo'yib bo'lmaydi. Shuning uchun o'zimni kanalimda sizlarga ulashgim keldi:) Jiddiyga olmanglar faqat:)
Muhammadali
Telegram | Instagram | Twitter
Muhammadali
Telegram | Instagram | Twitter
Konte "Inter"da qoladigan bo'libdi⚫🔵
Rahbariyat aqlli qaror qabul qildi, desak to'g'ri bo'ladi, menimcha. Konte o'zi qurayotgan jamoaning muvaffaqiyatini ham ko'rishga haqli. Birinchi mavsum ajoyib o'tdi. Agar klub yana transferlarga qo'l urib, tarkibni kuchaytirib olsa, chempionlik uchun oxirigacha kurashadigan jamoa sifatida shakllanishi mumkin. Murabbiy yaxshi, futbolchilar unga ishonishadi, futbolchilar va murabbiy o'rtasidagi munosabat zõr. Rahbariyat ham o'ziga kelyapti deb yaxshi niyat qilamiz.

Messining ketishi haqidagi xabarlar ko'paymoqda va jiddiylashmoqda...
Final Results
23%
Baribir qolishga ko'ndirishsa kerak, bir amallab
9%
Boshida shunaqa xabarlar chiqqach oddiy holdek qabul qildim. Lekin jiddiyga o'xshayapti, ketsa kerak
12%
Messi "Barsa"da qolishi kerak deb hisoblayman
8%
Ketishi jamoaga foyda bo'lishi mumkin
12%
"Inter"ga borsa A Seriyada ham kamida 1-2 yil Ronaldu-Messi qarama-qarshiligini ko'rardik...
19%
Gvardiolaning oldiga - "Man Siti"ga ketsa kerak.
4%
PSJ yoki MYU
13%
Menga farqi yo'q
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bartomeuning "iste'foga chiqaman!" degan gapini eshitgach, qolganlarning reaksiyasi shunday bo'lsa kerak:)
https://t.me/Muhammadali_Muhammadkarimov

Bir qator manbalardan kõp ma'lumotlarni õqidim. To'g'risi, qay biriga tayanmoqni ham bilmaydi kishi. Xabarlar kõp va turli xil.
O'zim ishongan xabarlarni sizlar bilan bo'lishishni istadim.
- Messini qo'lga kiritish uchun jiddiy bel bog'lagan klub - "Manchester Siti".
- "Man Siti"ning egasi Mansur ibn Zayd Al Naxayyan va klub rahbarlaridan biri Haldun al Muborak Messining personal muxlisi ekan. Ular Gvardiola bilan birgalikda Messini "Siti"ga olib kelish ishlarini boshlab yuborishgan.
- Undan tashqari, ikki klub o'rtasida "Barsa" va "Siti"ni bog'lab turgan shaxs ham mavjud - Ferran Soriano. Soriano "Barsa"ning sobiq vitse prezidenti va hozir "Siti"da bosh direktor hisoblanadi. Aynan u Messining transferi borasidagi muzokaralarni olib boryapti va "Barsa" bilan muzokarada 700 mln yevrolik tovon pulini kamaytirishga harakat qilyapti. "Barsa" Leoni tekinga qo'yib yubormoqchi emas.
- Messining "Siti" bilan tuzilajak shartnomasi borasida nechi yillik bitim imzolanishini aytish qiyin. OAV 2-3 yillik shartnoma tuzilishi haqida yozmoqda. Lekin asosiysi bu emas. Messining ham bo'lajak klubiga sharti bor - Gvardiola "Siti"da qolishi kerak.
-Bilasiz, "Siti"ning egalarini MLSda ham klubi bor - "Nyu-York Siti". Messi "Man Siti"dan keyin aynan "Nyu-York Siti"ga o'tishi mumkin.

2019 vs 2020... Goretskani "Bavariya"da nima berib boqishyapti bilmadim-u, lekin, o'zgarish katta
http://t.me/Muhammadali_Muhammadkarimov
http://t.me/Muhammadali_Muhammadkarimov