O'yin payti Davron akam bilan mendan boshqa barcha sharhlovchilar o'z kanalini portlatishdi. Lekin men bugun @FUTBOLTV ni portlatdim. Kamida 5-6 k ga ko'paydik, 2-3 soat ichida
​​Futbol haqidagi maqolalarni o'qish ham maroqli. O'qish davomida, "chindan ham shunday" jumlasini ko'p ishlatasiz, xuddi-ki, maqola muallifi sizga ko'ringan narsalarni yozgandek. Lekin nega siz shuni yozmadingiz? Bunga ham mahorat kerak, tajriba esa bu mahoratni charxlaydi. Oxir oqibat maqolada ortiqcha sõzni topolmaysiz va qoyil qolib o'tirasiz.

Kechagi o'yin, "Barsa"ning asosiy muammosi haqida Qahramon aka maqola yozibdilar. O'qib mazza qildim. Sizlarga ham #tavsiya qilaman. Aslida bu ular qalamiga mansub eng zõr maqola emas, bilamiz, ammo aynan kechagi bahs bilan bog'liq bo'lgani uchun #tavsiya qilyapman. Shunday maqolalarni o'qish davomida bizda ham ular kabi yozish shakllanadi, nasib qilsa. Hozir esa "ustalar"ning ishlaridan bahramand bo'lib turamiz)

Maqolani o'qish 👈

Muhammadali

Telegram | Instagram | Twitter
Forwarded from Футболищеее ⚽️ (#FrαηcHεsK๐๐ 🔥)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sheyx Mansur bugungi uchrashuvdan so'ng.😂

👉🏻 @futbolisheee — eng so‘nggi futbol yangiliklar va qiziqarli videolar kanaliga obuna bo‘ling!
​​Kutganmidingiz? O'zi qay bir taxminimiz o'xshayapti? Bu kutilmagan voqealarni birinchi "Atalanta" boshlab berdi. Oxirida shunchaki daraja hal qildi. "Leypsig"niku, umuman gapirmasa ham bo'ladi. "Atletiko"ni kuch jihatidan taslim eta oldi. Yirtqich "Bavariya"ning g'alabasini kutganlar bo'ldi, hatto ayrim barsachi do'stlarim, faqatgina Messidan umid qilishayotganini, boshqa umid beradigan omil yo'qligini aytishdi. Kutilganidek, "Bavariya" yarim finalga chiqdi, ammo hech kim bu tankning barcha yerni portlatib yuborishini kutmagan edi.

Xo'sh, chorak finalning so'nggi o'yini. Shuncha kutilmagan voqealardan keyin, bular yana davom etishini baribir tasavvurimizga sig'dirolmadik. Sababi "Pepning "Siti"si "Yuve"dan yaxshiroq, "Lion" ham ketma-ket muvaffaqiyatga erishmasa kerak", deb o'yladik. Biroq, "Lion" bugun "Yuve" bilan javob bahsidan farqli o'laroq, "Siti"ni o'zining yaxshi o'yini bilan yutdi. Darvozabon Lopeshning mahoratini turinliklar bilan o'yinlarda ham ko'rgandik. Himoyada Marselo, Marsal, Denayer ham yaxshi o'ynashdi. Lekin ko'p hujumlarni o'tkazib yuborishdi. Sterlingni bo'sh darvoza bilan qoldirishdi. O'rtada Korne va Auar eng faol futbolchilar bo'lishdi. Dembele esa bugungi o'yinda Garsiyaning zaxiradagi quroli ekanligini isbotladi.

Zarbalar borasida 19-7. Aniqlari 8-6. Ikkisi ham "Siti" foydasiga. "Lion"da esa 6 zarbaning 3 tasi gol: Gvardiolaning "qimmatbaho" himoyasi va Ederson.

Futbolda "agar" yo'q. Ammo Sterling bo'sh darvozaga to'pni aniq yo'llaganida ssenariy boshqacha bo'lishi mumkin edi. O'tgan yili ham "Tottenhem" bilan o'yinda Sterling edi. Ammo u yerda biroz boshqacharoq vaziyat. Xullas, aytmoqchiman-ki, "Siti" muxlislari Sterlingga barchasini bog'lamasinlar. "Siti" shu o'yini bilan "Bavariya"ga qarshi chiqolarmidi? Shu himoya bilan Levandovski, Gnabri, Myullerlarni ushlab qola olarmidi? "Barsa"ning ahvolini istashmasa, shu yerda to'xtaganlari ma'qul emasmi?! Gvardiolaning taktikasi endi eskirdimi? Savollar bisyor. Jamoa Gvardiola qo'l ostida yana chorak final bilan cheklandi.

"Lion" ham xuddi "Bavariya" singari "Siti"ga oyna bo'lib berishi kerak...

Muhammadali

Telegram | Instagram | Twitter
"Barselona"ning "Bavariya"dan uchralgan mag'lubiyatidan keyin, klubda tubdan o'zgarish kutilayotgani haqida barcha yozdi. Birinchi navbatda bosh murabbiy Kike Setyen o'z lavozimidan olinishi lozimligi, rahbariyatda ham o'zgarishlar bo'lishi kutildi. Klub prezidenti Bartomeu rahbariyatda ham o'zgarishlar bo'lishini intervyusida shama qildi. So'ng OAVda yangi bosh murabbiy bo'lishga davogarlar paydo bo'la boshladi.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Niderlandiya terma jamoasi ustozi, "Barselona"ning sobiq o'yinchisi Ronald Kuman "Barsa"ga bosh murabbiy bo'lishi mumkinligi haqidagi xabarlar kuchaydi. U Kataloniyaga keldi! O'zgarishlar boshlandi?! Asosiysi "Barsa" "Bavariya" bilan o'yindan keyin to'g'ri xulosa chiqarayotgani! Chunki Kumanning "Barsa"ga kelishi jamoani tubdan o'zgaritishi aniq! U o'z falsafasi bilan keladi va uning jamoasiga mos keladigan futbolchilarni sotib oladi, kerak emas o'yinchilarga chiqish eshiklarini ko'rsatib qo'yadi.

Kataloniyaga keldi, degani "Barsa"ga murabbiy bo'ldi degani emas, albatta. Lekin bu jiddiy yurish, jiddiy qadam. Ammo Kuman "Niderlandiya termasi bilan Yevropa chempionatini o'tqazib olmagunimcha, jamoadan ketmayman" deb intervyu bergan edi.

Voqealar rivojini kuzatamiz...

Muhammadali

Telegram
| Instagram | Twitter
U aslida yomon murabbiy emas. Lekin "Barsa" darajasidagi klub bilan ishlash ham osonmas. Uning ustiga qulay payt keldi, deb aytish ham qiyin. Mavsum oralig'ida Valverdedan jamoani qabul qilib oldi. Menimcha, "Barsa" muxlislari ham undan ko'p narsa kutishmagan edi. Setyen xayr!
Messining ketishi haqidagi gap sõzlarga esa ishonmagan bo'lardim. U qoladi. Lekin klubda o'zgarishlar vaqti keldi. Unga murabbiydan ham ko'ra, "tepadagilar" ketishi muhim.
Forwarded from Zokirjon Kholikov
Rauldan ham yahshi murabbiy chiqadi: Real Madrid yoshlari bilan UEFA Yoshlar Ligasida hisobda ortda borib hamda 84 minut davomida 10 kishi bo'lib o'ynab, Juveni yoshlarini 3:1ga yutibdi va chorak finalga yo'l olibdi.

@ZokCoaching
Forwarded from Orif Tolipov
Тандем

Тунда “Интер” - “Шахтёр” ўйини бор. Лекин, ҳозир бу ҳақда ёзмоқчи эмасман. Кечроқ кичик анонс қилишга ҳаракат қиламан, албатта. Ҳозир ёзмоқи бўлганим, бугун шарҳда шеригим бўладиган Муҳаммадали Муҳаммадкаримов ҳақидаги қисқа фикрлар.

Жуда кўп десам муболаға бўлар, аммо, ҳафтада икки-уч маротаба умуман бегона одамлар Футбол ТВга ишга кириш, шарҳловчи бўлиш истагида ёзишади менга. Аксари самимий фикрлар. Аммо, орасида ишга жойлашиш учун бирор манфаат таклиф қилувчилари ҳам бор. Масалан, тунов куни бириси – “ака, ишга киришимга ёрдам берворсез, сизга атаган совғам бор”, - деб қолди. Кайфиятим йўқмиди, хуллас тутоқиб кетдим. Ундан аввалги – “Сизлардан яхши етказиб бера оламан фикрларимни, студияда бундай дедиз, ўзи ундаймас, бундай” – каби гапларига сабр қилаётгандим, табиий. Аммо буниси ўтиб тушди. Айтдимки, “манзилда адашаяпсиз, бу телеканал Сиз аввал ишлаган ёки тасаввур қилган жой эмас. Таниш-билиш, қандайдир соядаги манфаатлар устига қурилмаган бу тизим”.

Ўз мисолимда гапиришим ноқулай. Муҳаммадали ҳақида эса ёзсам бўлар. У мақсад сари тинимсиз ва сидқидилдан интилишнинг мен кўрган энг ёрқин ҳаётий намунаси. Шарҳловчи бўлиш орзусидаги ёшлар кўп. Улар орасида ўта истеъдодлилари ҳам борлигига ишонаман. Аммо, аксарлар бу ишни шунчаки қоронғу хонага кириб, қулоқчинни тақиб, кўрганини гапириш деб тушунади. Мен сўз юритаётган ёш йигит эса офисда ухлаб қолар даражада меҳнат қилди. Футбол ТВнинг телеграм канали ўз йўналишидаги энг йириги бўлишида асосий ишни бажарди. Ўз устида ишлади. Хатоларидан уялмади, улар билан юзма-юз туриб, битта-битта тўғрилаб борди ва боряпти. Баъзида ўта чарчаган ва умидсизланганда тўхтагиси келган вақтлари ҳам бўлди. Бироқ, куч топиб курашди. “УзРепорт” АА эса чин дилдан меҳнат қилганларни қадрлайдиган манзил. Якунда шарҳ кабинасигача етиб бора олди.

Унда мен ҳавас қиладиган нуқталар кўп. Ўз устида ишлашда тўхтаб қолмаса кўп нарсага эришади. Бугун у билан тандемда ишлаймиз. Энг ёш футбол шарҳловчиси номини мендан олиб қўйган укам – Муҳаммадали билан!😊

Кузатингчи, қандай бўларкан?

👉 https://t.me/tolipovuz

👆 Мухбир, журналист ва шарҳловчи Ориф Толипов канали!

🌐 UzReport AA ходими
Bugungi uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Di Mariya deb topilibdi. Sharh davomida bir necha bor Neymarni maqtagan bo'lsakda, Di Mariya bugun 3 golda ishtirok etdi (1 gol, 2 assist). Bu unchalik muhim emas. Neymar jamoaning lideri, u gol urmasa ham ajoyib formada ekanligini, jamoani torta olishini isbotlamoqda. Asosiysi, Parij klubi "Atalanta" bilan o'yindan to'g'ri xulosa chiqardi. Bugun chindan ham har tomonlama yaxshi o'ynadi. Raqibni õrgangan ekanligi "Leypsig"ning hujumlarida sezildi. To'g'ri, nemis klubi bir necha bor bu himoyadan o'tishga muvaffaq bo'ldi va hamyurtlari "Bavariya"ga PSJning himoyasidagi kamchiliklarni ko'rsatdi, desak ham bo'ladi.

Bu tarkibga Navas qaytsa, PSJ finalda o'zining eng yaxshi tarkibi bilan maydonga tushgan hisoblanadi. Agar "Bavariya" finalga hech qanday jarohatlarsiz yetib kelsa, ajoyib final guvohi bo'lamiz. Baribir ikki jamoaning optimal tarkib bilan finalni o'tqazishi muhim. "Lion"ga hurmatni saqlagan holda, finalga "Bavariya"ning chiqishi mos variant, deb o'ylayman. Uning ustiga jamoa hozir super formada!

Muhammadali

Telegram | Instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Messi qoladi, lekin qolgan 30 yoshdan oshganlarning jamoadagi o'rni haqida aniq fikr bildirish qiyin...

Video @ElGolazoTV kanalidan olindi

Muhammadali

Telegram
| Instagram | Twitter
"Bavariya" UEFAning klublar reytingida 1-o'ringa chiqib oldi.

Myunxenliklar Chempionlar Ligasi yarim finalidan o'rin olgan "Lion"ga qarshi bahsdan (3:0) so'ng "Real"dan o'tib, reytingda liderga aylanishdi.

"Bavariya" va "Real" bir xil ochko to'plashgan, ammo myunxenliklar bu mavsumda to'plagan balllari sabab birinchi o'rinda -- 34 ga 17.

UEFA reytingni jamoalarning yevrokuboklardagi so'nggi 5 yillik ishtirokiga qarab tuzadi.


@Muhammadali_Muhammadkarimov
G'oliblar tarixda qoladi

Finaldagi mag'lubiyat doim alamli. Eng so'nggi zinaga chiqib, yiqilish, cho'qqiga so'nggi qadam qolganda, qulash.

Bugungi o'yin haqida ko'p to'xtalmayman. Bu ikki jamoaning finalgacha bosib o'tgan yo'lini yaxshi bilasiz. "Inter" ustozi Antonio Konte o'yindan oldingi intervyusida ajoyib fikrlar bildirib o'tdi. Bunga ortiqcha izoh ham shartmas: "Men futbolchilik faoliyatimda bir nechta finallarda ishtirok etdim. Ulardan ayrimlarida g'alaba qozondim va bir necha marta finalda mag'lubiyatga uchradim.

Tushunib yetdim-ki, odamlar finalda g'alaba qozonganlarnigina eslab qolishar ekan. Men Chempionlar Ligasini yutganman, ammo shu bilan birga, 3 ta finalda yutqazganman. Tarixda o'z nomini yozib qoldirgan odamlar - mana shunday o'yinlarda g'alaba qozonib, sovrin yutganlardir.

Biz so'nggi 10 yilda yana yevrokubok finaliga chiqqanimizdan faxrlanishimiz kerak. Ammo tarixni g'oliblar yozadi. Tarixga Yevropa Ligasini yutgan jamoa kiradi. Afsuski shunday, lekin bu bizga qo'shimcha motivatsiya ham beradi.
"

t.me/Muhammadali_Muhammadkarimov
Chempionlar Ligasining yarim finalida eng ko'p gol urgan futbolchilar

t.me/Muhammadali_Muhammadkarimov
Bugun Yevropa ligasi finalida qaysi jamoa g'alaba qozonadi deb o'ylaysiz?
Final Results
52%
Inter
32%
Sevilya
16%
Menga farqi yo'q
Shaxsan meni tengqurlarimda kuzatilayotgan bir holat juda quvontirmoqda. Ya'ni, yosh avlod tobora xalqaro universitetlarda ta'lim olishga, dunyo kezishga ishtiyoqmand bo'lib ulg'ayishmoqda. Bu albatta, ular uchun kelajakdagi hayotlarida juda foydali qaror bo'lib xizmat qiladi. Chunki, xorijda ta'lim olgan inson eng kamida o'sha davlatning tilini o'rganadi, qolaversa, dunyoqarashi kengayadi, yangi fikrlar, yangi g'oyalar bilan kundalik hayotiga rang-baranglik olib kirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Shunday orzularga erishish uchun Xalqaro ta'lim muassasasi talabasi bo'lish istagida bo'lgan yoshlarimiz va ularning orzulari o'rtasida Toshkent shahridagi GRBS Uzbekistan Xalqaro ta'lim tashkiloti mustahkam ko'prik vazifasini bajarib bera olishiga ishonchim komil.
To'rt yillik bakalavr dasturining birinchi bosqichini O'zbekistonda, ancha qulay narxlarda o'qib, tamomlang va qolgan uch yilni Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada va Avstraliya kabi mamlakatlarning nufuzli universitetlarida, hech qanday imtihonlarsiz davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ling.

Unutmang, sifatli ta'lim kelajak uchun kiritilgan eng afzal investitsiyadir!

Murojaat uchun: @GRBS_Uzbekistan
☎️+998998133373
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
HASTEN TO SUCCESS!!!

Xalqaro universitetlarda oʻqishni istagan maktab, litsey, kollej bitiruvchilari va ularning ota-onalari diqqatiga⚡️

Endilikda siz oliy ta'limning 1-kursini Oʻzbekistonda tamomlab, qolgan 3 yilni Ingliz tilida so'zlashilinadigan mamlakatlar( English-speaking countries)ning nufuzli universitetlarida davom ettirishingiz va xalqaro bakalavrlik diplomini📜 qoʻlga kiritishingiz mumkin!

📌 Toshkent shahrida joylashgan GRBS Xalqaro Ta'lim tashkilotida 1-kursni - L3IFDHES - tamomlang, va qolgan 3 yillik bakalavriat dasturini dunyodagi 500ga yaqin xalqaro universitetlarda davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ling!
Ular orasida, mamlakatimizdagi Westminister International University(#WIUT), Management Developing Institute of Singapore(#MDIS) va Turin Polytechnic University(#TTPU) kabi nufuzli ta'lim muassasalari ham bor.

Shoshiling, orzuingizga erishish yo'lida biz bilan birga qadam tashlang⚡️

Qabul 30/08/2020ga qadar davom etadi

Batafsil ma'lumot:
@GRBS_Uzbekistan @mygrbs
☎️
+998998133373
EY DIL!

Ey dil, o‘zgalarning xatosin bilma,
Ko‘zguda o‘zingga boqqin yaxshisi!
Hadeb qorong‘udan shikoyat qilma,
Bir sham sotib ol-da, yoqqin yaxshisi!

Hayot - daryo, maʼno izla qaʼridan,
Marvaridlar chiqsin qalbing qo‘ridan.
Shikoyat qilguncha suvning sho‘ridan,
Sohil sari ildam oqqin yaxshisi!

Ey dilim, neki bor, Xoliqdan so‘ra,
Shodlik – kelg‘usidir, armon – xotira!
Qayg‘u mevalarin tergandan ko‘ra,
Orzular daraxtin qoqqin yaxshisi!

Taqdir izmidasan, ko‘ngling bo‘lsin to‘q,
Kamondan chiqqansan, qaytmaguvsi o‘q...
Azalda yozilib bo‘lgan, chora yo‘q,
Aʼmol kitobingni uqqin yaxshisi!

... Dilim-ay, hijrondan farah dilim-ay,
Ichimda bir ko‘zga ilhaq dilim-ay,
Atrofing qorong‘u bo‘lsa, nolimay
Gugurtga aylanu, yoqqin yaxshisi!

Xayrulla Hamidov

#nazm

http://t.me/Muhammadali_Muhammadkarimov