Ustoz Shifudan 100 ta dars
2-dars: Tarmoqdagi firibgarlar
Panda!
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanar ekansan, har har zamon Tanzaniyadan tog'ang, Tailanddan amaking, Madagaskardan esa katta xolang paydo bo'lib qolishi mumkin:
-Salom Panda!
Sizni topish oson bo'lmadi.
Men Madagaskardagi Katta xolangizning advokati bo'laman. Xolangiz vafot etdi va 1,2 million dollar pulini Sizga vasiyat qilib ketdi.
Visa card yoki hisob raqamingizni jo'natib, ozgina pul o'tkazish foizlariga xarajat qilsangiz
Bla bla bla...
Ikkala qulog'ing bilan eshitib ol Panda!
Agar go'llik qilib nefrit saroyimizning hisob raqamini, berib, tranzaksiya uchun pul o'tkazib yoki shaxsiy ma'lumotlar berib yuboradigan bo'lsang, o'sha kuniyoq seni Ganalik tobut ko'taradigan amakilaringga topshirib yuboraman!
Sodda bo'lma.
Ular qip-qizil firibgarlar.
#UstozShifu
@Muhammadali_Eshonqulov

"Avval matematika, keyin hammasi" — Siz kutgan kitob nashrdan chiqdi!
Al Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada maktabi va Respublika ta’lim markazi hamkorligida o‘zbek va rus tilidagi jami 600 ta test va video yechimlarni o'zida jamlagan "Mantiqiy matematika testlari" to‘plami nashrdan chiqdi.
📚 Kitob uch bo‘limdan iborat;
A-bo‘lim: Nisbatan osonroq 200 ta savol;
B-bo‘lim: Nisbatan qiyinroq 200 ta savol;
C-bo‘lim: 200 ta IQ test.
🎞 Kitobning ahamiyatli tomoni shundaki, har bir test yakunida uning javobi va video yechimlarini ko‘rish uchun maxsus QR kod berilgan.
🪙 Shoshiling, dastlabki 100 xaridorga KUNTESTI mobil ilovasi uchun 100 tanga sovg‘a qilinadi!
🎓 Kitob Prezident va ixtisoslashgan maktab imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchi va ularning ustozlari uchun ajoyib qo'llanma tarzida xizmat qiladi.
🥇 To‘plam Xalqaro matematika olimpiadalari g‘oliblari tomonidan yaratilgan.
🧗♂️ Maqsadingiz sari yana bir qadam qo‘ying!
📝 Murojaat uchun +998939290006 (@khiso_lc_admin)
👉 Telegram kanal

3-dars: Mentalitet
Panda!
Agar senga kimdir suhbat oxirida ''Uyga o'ting! Choylashamiz!'' desa go'llik qilib orqasidan uyiga borib yurma.
O'zbeklarning ''Bir choy qiberay, bafurja o'tirardik'' degani, ''Gapim tugadi, endi bizga ruxsat'' degani.
Tushundingmi?!
- Endi tushundim Ustoz.😊
- Tushungan bo'lsang uyga o't, bir choylashamiz.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Javohir Rasulov ukamizning jamoasi Rizvon do'stimiz haqida juda samimiy ijod qilishibdi.
Sizlarga ham ilingim keldi.
@Muhammadali_Eshonqulov
Sizlarga ham ilingim keldi.
@Muhammadali_Eshonqulov
Eshitdingizmi?! Ibrahim Gulyamovning "Biznes Kouching 16" dasturi 2-iyul kuni boshlanar ekan.
Dasturda biznesini 2 oyda tizimlashtirib, sotuvini bir necha barobarga oshirmoqchi bo'lgan tadbirkorlar ishtirok etishmoqda.
So‘nggi, "Biznes Kouching 15" dasturini 700 dan ortiq tadbirkor bitirib, sof foydasini umumiy hisobda $2,500,000 ga oshirishga muvaffaq bo‘lishgan.
— Biznesda barcha ishni o‘zingiz bajarasizmi?
— Ko‘p ishlab, kam natija ko'ryapsizmi?
— Oilaga va sog‘liqqa vaqt ajrata olmayapsizmi?
Unda siz ham "Biznes Kouching 16" dasturida ishtirok eting!
Batafsil ma'lumot:
clck.ru/rfSfb
clck.ru/rfSfb
Reklama

Muhammad Ali | Rasmiy Blog
Photo
Ustoz Shifudan 100 ta dars
4-dars: Mehmondorchilik
Panda!
O'zbeklar dunyodagi eng mehmondo'st xalq:
O'zlari eski idish-tovoq ishlatishsa ham, mehmonlarga yangi, chiroyli va qimmat idish-tovoq, vazalarni servantga terib qo'yishadi.
O'zlari har kuni yemaydigan noz-ne'matlarni mehmonga qo'yishadi.
Shuning uchun mehmon kelsa bolajonlarga bayram. Aniqrog'i ketsa bayram.😊
Panda!
Mehmonga borsang oldindan ogohlantirib bor. Yaxshilab bozorlik qil, iloji bo'lsa bir kiloday go'sht sotib ol. Chunki o'zbeklar borganingdan ovqatga unashadi.
Uyga kirsang mezbon ko'rsatgan joyga o'tir. Ahli ayoliga ko'zing tushmasin, o'zbeklar juda or-nomusi baland, hamiyatli xalq.
Mezbon oling demaguncha dasturxonga qo'l uzatma.
Sabr qil. Bilaman, qorning ochsa jahling chiqadi.
Ovqatni chiroyli suhbat bilan yegin.
Telefoningni kavlama.
Keyin Kungfu Panda 1-qismimizdagidek og'zingni to'ldirib, chapillatib yema. U paytlar hali yosh eding.
Iloji bo'lsa odatiy ovqatlanishingni o'zing tasvirga tushirib, keyin bir tomosha qilib chiq. Kamchiliklarni tashqaridan ko'rish oson. Isloh qilishing tezlashadi.
Juda qiynalsang, Yuksalishga bor. Dasturxon odobi degan darslari bor. Qoshiq, sanchqi, pichoq, likopcha, salfetkadan foydalanish-u hammasini o'rgatishadi.
Savollar bormi?
-Ustoz Shifu, bilasiz ba'zan qornim to'ymay qolishi mumkin. Shunaqa paytda nima qilaaay?
-Uni yo'li oson. Mezbonga ''Ovqat biram ajoyib bo'libdi! Bay bay bay, anchadan beri bunaqa shirin taom yemagandim'' desang, mezbon ''Yana quyib kelishsinmi?'' deb so'raydi.
Shunda uyalibgina ''Qanday bo'larkin'' deb qo'yasan.
O'zbeklar juda farosatli xalq.
Avvalo qorningni ko'rib, kattaroq kosaga suzib kelishsa kerak.

Forwarded from ABDUKARIM MIRZAYEV | Расмий канал
Aziz, doʻstlar!
Bugun "HUZUR" radiosida jonli efirda boʻlib oʻtadigan suhbatimiz telegram kanalimizda ham toʻgʻridan toʻgʻri efirga uzatiladi.
Fursatdan foydalanib, telegram orqali kuzatuvchilarimizga kichik eslatmani ilova qilmoqchimiz.
Suhbat davomida telegramda qoʻl koʻtarish orqali 🙋♂ jonli efirda savol berishingiz mumkin.
Suhbatimizga qoʻshiling va albatta oʻz savolingiz bilan ishtirok eting!
Suhbatga quyidagi havola orqali qoʻshilishingiz mumkin👇
https://t.me/abdukarim_mirzayev_kanali?livestream
Bugun "HUZUR" radiosida jonli efirda boʻlib oʻtadigan suhbatimiz telegram kanalimizda ham toʻgʻridan toʻgʻri efirga uzatiladi.
Fursatdan foydalanib, telegram orqali kuzatuvchilarimizga kichik eslatmani ilova qilmoqchimiz.
Suhbat davomida telegramda qoʻl koʻtarish orqali 🙋♂ jonli efirda savol berishingiz mumkin.
Suhbatimizga qoʻshiling va albatta oʻz savolingiz bilan ishtirok eting!
Suhbatga quyidagi havola orqali qoʻshilishingiz mumkin👇
https://t.me/abdukarim_mirzayev_kanali?livestream
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yuksalishda ochiq eshiklar kuni
Judayam ko'pchilik "Yuksalish" o'zi qanday loyiha deb so'rashadi. Shunday savollarga javob tariqasida 2-3-iyul kunlari "Yuksalish" liderlar akademiyasining barcha filiallarida "ochiq eshiklar" kuni bo'lib o'tadi.
Siz ham tashrif buyuring va "Yuksalish" haqiqiy liderlarni qanday tayyorlayotganiga o'zingiz guvoh bo'lasiz 😉
"Ochiq eshiklar" kunida ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting:
👉 Ro'yxatdan o'tish
Telegram | Instagram | Youtube

5-dars
Panda, O'zbekistonda yashar ekansan, ikkita kasb egasini yaxshilab tanib ol. Yangilikning bari ularda va eng qizig'i istalgan mavzuda suhbatni davom ettira olishadi.
Bular taksichilar va sartaroshlar.
Siyosat, iqtisod, tabobat, bashorat hammasidan xabari bor.
Ular judayam samimiy, kirishimli va xushchaqchaq odamlar bo'lishadi.
Lekin ular bilan quyidagi ikkita holatda hushyor bo'l:
1. Sartaroshga borsang (ba'zilari), boshingga uzoq tikilib, ''Qanaqa qilib olamiz?'' deb so'raydi.
Sen kuyib-pishib tushuntirasan.
Lekin baribir o'zi bilganidek oladi.
2. Pitakdagi taksichilarning ''Bitta odam olamiz, srazu yuramiz'' degan gapiga ishonib ketaverma. Borsang odatda sen birinchi odam bo'lasan.
Asabni asra Po...

🌙 JUMANING FAYZ-U BAROKATI SIZGA VA AHLINGIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN!
ALLOH TA'OLOning salomi,
Payg‘ambar ﷺning duolari,
Qur’oni Karimning nuri va fayz-u barakotli Jumaning tarovati kun davomida siz bilan birgalikda bo‘lsin!
Salovot aytishni unutmang:
📿SOLLALLOHU ALAYKA YAA ROSULALLOH

Aziz birodarlar, saxovatli insonlar sizning ko'magingizga muhtoj bo'lgan oilalar bor va bugun bu oila uchun xayriya qilishingizni iltimos qilamiz!
Ahvoli juda og'ir, reanimatsiyada.
8600120463352636
Djalalova Feruza
Bemorimiz Sharopov Nurmuhammad oq qon xastaligiga chalingan, davolatish uchun moddiy yordam kerak. Saxiy insonlar sizlar sababli bir oila xonadonida yana xursandchilik chirog'i yonadi. Alloh yaxshilik qilganlarni yaxshi ko'radi.
Allohga mahbub amallardan: "Ehsonning mukofoti, faqat ehsondir". (Rohman surasi, 60-oyat)
Bu oilaning manzili: Buxoro viloyati G'ijduvon tumani, Zarangari MFY, Abadiy qishlog'i.

6-dars
Yodingda tut Panda!
Ustozim Ugvey aytardi: "Erkak kishidan oyligini, ayol kishidan yoshini so'rashmaydi.
Yigit kishi tizzasini ko'rsatib yursa barakasi qochadi. Hayo degan narsa faqat ayollarda emas, erkaklarda ham bo'lishi kerak. Ayol kishi bilan qo'l berib so'rashish odobsizlik bo'ladi."
Yana bir nozik masalaga diqqat qil Po!
O'zbek erkaklariga ''To'lishibsizmi'' desang, ba'zan maqtov sifatida qabul qilinishi mumkin.
Odatda javob sifatida qorniga urib qo'yib, ''Avtoritetda bu'' deb qo'yishadi. Nima emish, ichiga tortganda bilinmasa qorinmas emish.
Qorinni oziyam ko'p. Sport bilan shug'ullanib, ixchamgina bo'lib yurish kerak. Zero to'ldirilishi mumkin bo'lgan eng yomon idish qorindir.
Lekin qulog'im tinch bo'lsin, uzoq yashay desang, hech qachon, qaytaraman heech qachon ayol kishiga ''Semiribsizmi?" dema!
Hatto sendan ikkita kelgan taqdirda ham!
Boshing omon bo'lsin Po...

7-dars Muomala
Panda!
Dunyo kezib o'zbeklardek xushmuomala xalqni ko'rmadim.
Nihoyat senga ularning ''Muomala sirlari'' nomasini o'qib beraman.
Panda, kim bilan suhbatlashsang, ko'ziga qarab gapir.
G'arbda buni ''Eye contact'' deyishadi.
Bizda esa ishonch belgisi.
Tik boqishga uyalsang, qoshlarining o'rtasiga qara.
Yoshi katta insonlarga, begona ayollarga o'qrayma, iymoning saqla.
Kimni ko'rsang, Sizlab gapir, tabassum qil va birinchi salom ber.
Panda, bizlarga bejizga 2 ta quloq va 1 ta og'iz berilmagan.
Bu ko'proq tinglab, kamroq gapirish kerak degani.
Vaziyatga doim suhbatdoshing tarafdan nazar sol.
Chunki sen nima deganing emas, u tomondan qanday eshitilgani muhim.
Nutqing ravon bo'lsin uchun ko'p kitob o'qi!
Ovozlaringni mashq qil. Shuhrat Qayumov, Abdukarim Mirzayev, Najot Nur kabi Ustozlarning darslarini ko'r.
Yana nutqingni tasmaga yozib, o'zing eshit.
Shunda qolganlarni qanchalik qiynab kelayotganingni o'zing ham his qilasan.😊

8-dars: Bozor
Panda!
1. Bozorga borsang, bo'shlik qilma. Aytgan narxga ko'nib olib ketaversang, lo'x ekan deb o'ylashlari mumkin.
Qancha so'rashsa, yarim narxiga 20% qo'shib savdolash.
Masalan, 500 minglik narsani 250+100=350 ming degin.
Savdolashsang baraka bo'ladi.
Lekin juda maydalashib ham ketma, himmating pasayib ketadi.
Savdoda dadil bo'l.
2. Bozorga to'yib bor. Iloji boricha bozorda ovqatlanma. Ustozim Ugvey "Bozordagi ovqatga ko'pchilikning nazari tushadi, yo'l yuzida, odam ko'p o'tadigan joyda ovqatlanish odobsizlik bo'ladi" deb aytardi.
3. Oladigan narsalaringni avvaldan ro'yxatini tuzib bor. Dunyo bo'ylab 70-80% savdo ongli ravishda emas, hissiyotga berilib qilinadi.
Ehtiyojing bo'lmagan narsani olma.
4. Do'konga kirganda salom berib kir, alik olmagan, e'tibor qilmagan sotuvchilardan narsa olma.
5. Bir narsani qimmatroq olib qo'ysang, bozordan chiqqancha narxini solishtirib, "o'zimga kelalmeppan" deb siqilib yurma.

Ustoz Shifudan 100 ta dars 8-dars: Bozor Panda! 1. Bozorga borsang, bo'shlik qilma. Aytgan narxga ko'nib olib ketaversang, lo'x ekan deb o'ylashlari mumkin. Qancha so'rashsa, yarim narxiga 20% qo'shib savdolash. Masalan, 500 minglik narsani 250+100=350…
Biror post yozsam, izohlarni o'qib chiqaman. Telegramdan to Youtube gacha. Lekin javob yozishga jismonan ulgurish qiyin.
Oxirgi postdagi bir nechta takrorlangan savollarga izoh yozib qo'yay dedim.
1. Postlarni o'zingiz yozyapsizmi?
- Ha, o'z qo'llarim bilan😊.
2. Ustoz Shifuning eski darslaridan emas, yangisini yozing.
- 2 yil oldin 13 ta dars yozgandim. Har kuni bittadan. U paytda bizni kuzatadiganlar juda kam sonli edi. Hozirgi kanalimiz obunachilarning ko'pchiligi o'qimagan. 13 tani to'ldirishlar bilan joylab bo'lgach, yangilarini yozamiz in shaa ALLOH.
Hurmat bilan,
Muhammadali Eshonqulov
Oxirgi postdagi bir nechta takrorlangan savollarga izoh yozib qo'yay dedim.
1. Postlarni o'zingiz yozyapsizmi?
- Ha, o'z qo'llarim bilan😊.
2. Ustoz Shifuning eski darslaridan emas, yangisini yozing.
- 2 yil oldin 13 ta dars yozgandim. Har kuni bittadan. U paytda bizni kuzatadiganlar juda kam sonli edi. Hozirgi kanalimiz obunachilarning ko'pchiligi o'qimagan. 13 tani to'ldirishlar bilan joylab bo'lgach, yangilarini yozamiz in shaa ALLOH.
Hurmat bilan,
Muhammadali Eshonqulov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ "YUKSALISH" jamoasi o'z safini kengaytirmoqda!
"YUKSALISH liderlar maktabi" ochilishi munosabati bilan:
✅ Loyiha boshqaruvchisi;
✅ HR menejer;
✅ Pedagog;
✅ Administrator.
kabi lavozimlar bo'yicha jamoada ishlash imkoniyatini taklif qilamiz.
Quyidagi so'rovnomani to'ldiring va tegishli bosqichlardan so'ng "Yuksalish" oilasi a'zosiga aylaning.
🔥 Biz bilan birgalikda yuksaling!
⏩ So'rovnoma

MUHIM E'LON!
Ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, Facebook, Telegram)da ruxsatimizsiz bizga umuman tegishli bo'lmagan va xabarimiz bo'lmagan soxta yolg'on ma'lumotlarni joylab, insonlarni noto'g'ri ishlarga bizning nomimizdan targ'ib qilib, aldash holatlari yuz bermoqda.
Agar shu ishlarni qilayotgan "kimsalar" bizni kuzatib turgan bo'lsa, bu holatga chek qo'yishlarini so'rab, ularni ogohlantirib qolamiz.
Agar shunda ham ushbu soxtakorliklar to'xtamasa, tegishli tartibda qonuniy chora ko'rishga majbur bo'lamiz.
Soxta kanal va soxta adminlarning biz bilan hech qanday aloqasi yo’q! Bizdan hech biri ruxsat olmagan. Firibgarlarga aldanmang!
Barchaga ALLOH o'zi insof berib, to'g'ri yo'lga solsin.
Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
👉 @Muhammadali_Eshonqulov

Forwarded from Mahmudiylar oilasi
Ё АЛЛОҲ, ЎЗИНГГА ШУКУР, ОЛТМИШГА КЕЛЯПМИЗ. ЕТТИ ФОИЗ ОДАМГИНА ПАЙҒАМБАР ЁШИДАН ОШАР ЭКАН. 93 ФОИЗ ОДАМ 64 ЁШДАН ЎТМАС ЭКАН СТАТИСТИКАГА КЎРА...
Дунё аҳолиси 7,8 млрд. кишини ташкил этади.
Бу кўпчилик одамлар учун катта рақам, холос.
Бироқ, агар сиз дунёдаги 7.8 миллиард одамни 100% деб ҳисобласак янада аниқ маълумотни кўришимиз мумкин:
Ер аҳолисини 100% дан
11% Европада
5% Шимолий Америкада
9% Жанубий Америкада жойлашган
15% Африкада,
60% Осиёда жойлашган
49% қишлоқда яшайди
Шаҳарларда эса 51%
12% Хитой тилида гапиради
5% Испан тилида гапиради
5% Инглизчада гапиради
3% кўпроқ аҳоли инглизча гапиришни билади.
3% Ҳинд тилида,
3% Араб тилида гапиради
3% Португал,
2% Рус тилида
2% кўпроғи Япон тилида гапиради.
62% ер аҳолиси ўз тилида сўзлашади.
Ер аҳолисининг
77% ўз уйларига эга,
23% ўз уйи йўқ.
Одамларнинг
21% керагидан ортиқ
63% етарлича ейиши мумкин
15% очликда яшайди
87% одам тоза ичимлик сувига эга
13% да тоза ичимлик суви йўқ ёки ифлосланган сув манбаига эга.
75% mobil телефонлар бор
25% йўқ.
30% интернетга кириш имкони бор,
70% Интернетга кириш учун шароит йўқ
7% олий маълумотли,
93% одам коллежда ўқимаган.
83% ўқишда давом этиши мумкин
17% одамларнинг бошланғич саводи йўқ
33% Масиҳийлар
22% Мусулмон
Ҳиндлар 14%
Буддийлар 7%
12% бошқа динлар
12% диний еътиқодга эга эмаслар.
Ахолининг
26% 14 йилдан кам яшайди,
66% 15 ёшдан 64 ёш орасида вафот этди.
8% одамлар 65 ёшдан ошган.
Яшашга уйингиз бўлса,табиий озиқ-овқат ва тоза сув ичсангиз, Mobil telefon, Internet ва билим олиш учун шароитингиз бўлса, Сиз ер аҳолисининг 7 % дан камроғига насиб этган имтиёзлиларга эгасиз.
Дунёдаги 100% одамдан фақат 8% 65 ёшгача яшаши мумкин.
65 ёшдан ошсангиз, Аллоҳдан миннатдор бўлинг. Сиз 92% инсонлар каби 64 ёшга етгунингизча дунёни тарк этмадингиз. Сиз бахтли инсонсиз.
Karim Bahriyev
@mahmudiylar