Muhammad Ali | Rasmiy Blog
51.2K subscribers
2.68K photos
2.4K videos
19 files
2.74K links
😊 Foydali ilmga tikilgan sarmoya, ikki dunyoda ham foyda beradi!
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ASSALOMU ALAYKUM, qadrli do'stlar!

"YUKSALISH" liderlar akademiyasining Qashqadaryo filialidamiz 🔥


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok
Har qanday muammoning yechimi ilm
@Muhammadali_Eshonqulov
🎙 Har qanday muammoning yechimi ilm

Hajmi: 09:28 minut 8.7 mb

@Muhammadali_Eshonqulov
Mustaqilligimizning 30 yilligi bilan barcha vatandoshlarimizni muborakbod etamiz!

🇺🇿 Yurtimiz doimo tinch, xalqimiz hamisha sogʼ-omon boʼlsin!


Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok
Bor yo'g'i 90 kun ichida siz ijtimoiy tarmoqlarda akkauntlarni samarali yuritishning barcha sirlarini o'zlashtirasiz va online biznesni rivojlantirish sirlarini bilib olasiz. 🚀

Yaqin vaqtda boshlanadigan darslar:

3- sentabrdan boshlab❗️
Dars jadvali: Haftada 3 kun

O'quv jarayoni haqida ko'proq ma'lumot:

▪️yigit va qizlar uchun alohida guruhlar
▪️mutaxassislar foydalanadigan barcha kerakli vositalarni bilib olasiz;
▪️o'qishning 80% amaliyot bilan o'tkaziladi;
▪️kurs davomiyligi - 90 kun;
▪️dars 90 daqiqa davom etadi;
▪️12 kishigacha bo'lgan guruhda offline o’qish;
▪️offline va online o'qish imkoniyati;
▪️yakka tartibda o’qish imkoniyati.

Hammasi @Apple_academy o'quv markazida

Kurs boshlanishidan oldin bepul ochiq dars bo'lib o’tadi, bu darsda siz kurs haqida batafsil ma'lumot olasiz!

Kursga yozilish uchun izohlarda "+" belgisini qoldiring

Biz bilan bog'laning 👇👇
📬 @Apple_academy_uz
📞 55-500-71-71
☎️ 90-545-21-02
Ayollar erkaklardan ko'ra ilmga chanqoq
@Muhammadali_Eshonqulov
🎙 Ayollar erkaklardan ko'ra ilmga chanqoq

Hajmi: 04:06 minut 3.8

@Muhammadali_Eshonqulov
Kutubxonachi loyihamiz haqida o'g'irlangan g'oya degan maqolani o'qigach, maqola muallifi Asliddin aka Kamalovga aloqaga chiqdim.

40 daqiqacha suhbat qildik. Ishga professional yondashadigan, ilmli va dangal-dangal gapiradigan Inson ekan.
Ular o'ylagan loyiha bilan bizniki tamoman boshqa 2 ta g'oya bo'lib chiqdi.
Asliddin aka bilan nasib qilsa Buxorodagi filialimizga qiladigan tashrif vaqtida ko'rishadigan bo'ldik.

Xulosa: Dedi-dedi gaplar bilan orani buzadigan, ko'rmagan odami haqida ko'rgandek gapiradigan va ko'rgan odamini ko'rmadim deb guvohlik beradigan odamlar jamiyatni buzyapti. Odamlar orasida o'zaro ishonchga putur yetkazishyapti.

P.S. Yaqin kunlarda in shaa ALLOH 2 ta loyihamizni amalga oshiryapmiz:

1. Restoranlarda ish yuritishni osonlashtiruvchi va yetkazib berish xizmatini ham o'z ichiga olgan Niat.uz nomli IT loyihamizni ommaga taqdim qilmoqchimiz.

2. Nasib qilsa "Dunyoning 100 muvaffaqiyatli kompaniyalari tarixi" nomli kitobimizni nashrdan chiqarib xalqimizga yetkazish niyatidamiz.

U bu kim avval shunga o'xshash ikkita ish haqida avval o'ylab qo'ygan bo'lsa yana o'g'riga chiqib yurmaylik.
Biz haqimizda ko'rmay post qo'yguncha Messenjerdan o'zimizga yozsinlar.

@Muhammadali_Eshonqulov
Kutubxonachi loyihasi haqida

Yoshligimizdan uyimizda ikkita kutubxona bo'lgan.
Ota-onamiz bizlarni kitobga oshno qilib voyaga yetkazishdi.
Juda ko'p manfaat ko'rganimiz uchun bolaligimizdan "Qani endi har bir oilada kutubxona bo'lsaydi" deb niyat qilardik.

Ikki oy avval qadrli do'stimiz Abdulaziz Muhammad aka bilan suhbat chog'ida "Kutubxonachi" loyihasi Istanbulda tug'ildi. G'oya esa sal oldinroq, 10-iyul kuni Seyshel orollarida zoom meeting vaqtida kelgandi.

Qaytib kelib Yoshlar ishlari agentligi rahbari Sadullaev Alisher akamizga loyiha haqida aytdim.
Juda xursand bo'ldilar. Ular ham shu kabi bir ijtimoiy loyiha ustida ishlashayotgani haqida aytishdi.

"Siz boshlayvering, xalqimizga odat tusiga kirsin kitob o'qish, uylarida katta-katta televizorlari bor odamlarning kutubxonasi ham bo'lsin. Qizlarning sepiga qo'shilsin bu kutubxona, odamlar bayramlarda bir biriga sovg'a qiladigan darajada trendga chiqaraylik" dedilar.
Xursand bo'ldim.

Xayolimizga bir g'oya kelsa va u jamiyatga manfaatli bo'lsa ko'p cho'zib yurmaymiz. Yaxshilab tayyorlanib shartta bajaramiz.

5 kishilik ishchi guruh, 1 oy tayyorgarlik, MVP va loyiha xalqqa taqdim qilindi.
Yurtdoshlarimiz uchun foydali deb hisoblagan 100 ta kitobni ro'yxatini tuzib, kitob javoni bilan uygacha yetkazib, o'rnatib "Pod klyuch" topshiradigan bo'ldik.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir ikki o'rinli izohlar yozildi. Kimdir xursand, kimdir buncha qimmat deb yozgan.
Eng qizig'i muhokama qilayotganlar hali loyiha haqida to'liq ma'lumotga ega emas.
Facebookda ko'rmagan, bilmagan narsalar va odamlar haqida fikr bildirish trendda ekanligi uchun bu holatni normal deb qabul qilamiz.

1. 100 ta kitobning ro'yxatini e'lon qilganmiz. Istagan odam xohlagan kitob do'konidan sotib olishi mumkin.
Jami 100 ta kitob 450$ ga tushadi.

2. Kitob javoni, kitob o'qish uchun lavh, buyurtmachi nomiga shaxsiy kutubxona muhri va sovg'alar to'plami + yetkazib berish 250$.


Tannarx 700$. Shu qiymat ham o'zi o'rtahol yoki kam ta'minlangan oilalar uchun qimmatlik qiladi.
Biz loyiha qiymatini 1000$ qilib belgiladik va har 3 ta kutubxona sotilganda foydaning hisobiga to'rtinchisini kitobga ehtiyoji bor oilalarga, tashkilotlarga bepul yetkazib berishni reja qilganmiz.
Va in shaa ALLOH bizning birinchi sovg'amiz Jizzax shahrida joylashgan "Mening baxtli uyim" nomli mehribonlik uyi bo'ladi.

Izohda ortib qolgan 200$ ni muhokama qiladiganlar diqqatiga:
Kutubxonachi loyihasida ishtirok etadigan, uni sotib olgan odamlar bilan ishlash uchun alohida kordinatorlar yollaganmiz.
100 ta kitobni 300 kunda o'qishingizni nazorat qilishadi, savol-javob qilishib doimiy aloqada bo'lishadi.
Video montaj, adminstatsiya va kordinatorlar oyligi va kitoblar o'qib bo'lingach musobaqalar tashkil qilish uchun in shaa ALLOH sarflanadi.

PUBG degan o'yinda qahramoniga 50.000$ ga virtual kiyim sotib olgan, 1xbet da qimor o'ynash uchun 5-10 ming$ qarz olgan odamlar Sizlarni xavotirga solmaydi.
Sizlarga bitta Iphone ni puli ham turmaydigan kutubxona Jamiyat uchun katta xavf bo'lib ko'rinyaptimi?

Boshqalarni tarafkashlikda ayblaydiganlar, o'zidan boshqa hammani xatokor deb biladigan, birovlarning kistasidagi pulini omma bilan muhokama qiladiganlar, hayotda asosiy qiladigan ishi qolib, hatto oilasi davrasida ham izohda bir birini urib so'kadiganlar, Siz birovning go'shtini chaynayotganingizda ko'z oldingizda ota-onangiz keksaymoqda, bolalaringiz ulg'aymoda. Ularga ham vaqt ajrating.

ALLOH hammamizning oxirimizni baxayr qilsin.

P.S. Moliyalashtirish Yoshlar ishlari agentligi tomonidan emas. Birinchi bosqichda 20.000$ atrofida o'z yonimizdan tikyapmiz.
Kimdir hamkorlik qilmoqchi bo'lsa marhamat.

Siz bemalol 700$ ga o'zingiz kutubxona qilishingiz yoki bu loyihada ishtirok etib ham shaxsiy kutubxonangizga ega bo'lishingiz, ham qaysidir ehtiyojmand oila Siz tufayli kutubxonalik bo'lib qolishi mumkin.
Unutmang beruvchi qo'l oluvchi qo'ldan yaxshiroqdir.

@kutubxonachi_uzb
Yoningizda shunday yelkadosh do'stlaringiz, Ustozlaringiz bor ekan qushdek uchasiz.
Rahmat Sizga Yaxshilar!

@kutubxonachi_uzb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko'zlar bir go'zallik ko'rsin...
Baxmal tumanimizning Novqa qishlog'idagi manzara.

@Muhammadali_Eshonqulov
YouTube sahifamiz obunachilari 300K'dan oshdi!

🎉 Shu munosabat bilan barchangizga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. In Sha ALLOH kelgusida ham siz, azizlarimiz uchun yanada manfaatli bo‘lgan kontentlar qo‘yib borishda davom etamiz!

🤲 Doimo sog' - salomat bo'ling. Alloh ilmingizni va darajangizni bundanda ulug' qilsin! Bizga ishonch bildirayotganingiz uchun tashakkur.

Siz mediani egallamasangiz, media sizni egallaydi!

YouTube sahifamiz 👉 https://www.youtube.com/c/MuhammadaliEshonqulov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hamma ayollar shu kitobni o'qishini istar edim

Nozik xilqat vakillari bo'lgan ayollarning yaqinlariga ko'rsatadigan yuksak e’tibori e'tirofga loyiq. Ayol kishi turmush o‘rtog‘i va farzandlariga e’tiborli bo'lib, hamisha ularning kamchiliklarini to‘ldirib tursa, bunday oilada, albatta, baxt va baraka hukmron bo‘ladi.

😊 "Osmondagi bolalar" loyihasining navbatdagi mehmoni, jurnalist, "Registon TV" madaniy-ma'rifiy, onlayn telekanali bosh rejissyori Abdukarim Mirzayev ayollarning turmushdagi o'rni, vazifalari va turmush o'rtog'iga ko'rsatadigan hurmat-e'tibori haqida so'zlovchi kitoblardan birini tavsiya qildilar.

Suhbat premyerasi 3-sentabr juma kuni soat 21:00 da "Osmondagi bolalar" YouTube kanalida bo'lib o'tadi! bo'lib o'tadi!

"Osmondagi bolalar" loyihasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
YouTube | Instagram | Telegram | Facebook | TikTok
🎓 Sen ham talaba bo'lasan, ey abituriyent!

😊 Yoshlarning sevimli motivatori Muhammadali Eshonqulov bir guruh abituriyentlar bilan muloqot qilar ekan, shunday deydi:
— Erta turing. Saharlab uyg'oning. Shunda kuningizda baraka bo'ladi. Yaxshilab o'qing. Joningizni qiynab ta'lim oling. Shunda mehnatingizga yarasha ajrini beradi. Yaxshilikdan umid qiling. Natijangizga ishoning. Ana shunda haqiqiy yaxshilik o'ngingizdan keladi.
— Tibbiyot yo'nalishiga tayyorlanish uchun COLBA Ta'lim markazi eng ishonchli o'quv markazlardan biridir. Siz kimyo, biologiya, ona tili, matematika va tarix fanlarini shu joyning o'zidayoq o'qib, ikkilanishsiz talaba bo'lishingiz mumkin.

🙂 Shunday ekan, Siz ham faqat maqsad sari intiling. Talabalik baxti Sizni kutmoqda!

COLBA — jarayon va natija kesishgan nuqta.

☎️ Quyidagi raqamlarga qo'ng'iroq qiling va ro'yxatdan o'ting:
+998712000720

Instagram | You Tube | Telegram
Har qanday buyuk ishni tezlik bilan bajarish mumkin
@Muhammadali_Eshonqulov
🎙Har qanday buyuk ishni tezlik bilan bajarish mumkin

Hajmi: 05:13 minut, 4.8 mb

@Muhammadali_Eshonqulov
Agar inson yo'lga maqsadsiz chiqsa, qadam bosar-bosmasdanoq falokatga yo'liqur.

- Konfutsiy

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Men orzu qilgan jamiyatda...

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok