Muhammad Yusuf sara she'rlar
1.77K subscribers
72 photos
29 videos
12 files
176 links
🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁
🦋Ushbu kanalda Muhammad Yusufning sara 🦋she'rlari berib boriladi. Admin bilan muloqot 🦋orqali shoirning o‘zingizga yoqqan she'rini 🦋topish imkoniga ega bo‘lasiz. Biz bilan birga 🦋bo‘ling!!!
Admin: https://t.me/oraximova
Download Telegram
* * *
O‘ksimagin, o yurak,
Bo‘lma xomush, bo‘lma lol:
Mening otam - oqterak,
Mening onam - majnuntol.

Osmonda oy yolg‘izdir,
Yolg‘izman men ham, axir.
Mening opam yalpizdir,
Singlim - lola, qon bag‘ir.

To‘shagim shu sho‘r tuproq,
Ko‘rpam ko‘kda bulutdir.
Mening akam - ulug‘ tog‘,
Mening ukam - burgutdir.

Tabassumim chaqmoqlar,
Yomg‘irlar - ko‘z yoshimdir.
Arslon meni ardoqlar,
Qoplon qarindoshimdir.

Yov hisobin qilmayman,
Mard bo‘lsa jon fidodir.
Do‘stlarim kim bilmayman,
Mening yorim - Xudodir!

Muhammad Yusuf

@muhammad_yusuf_shoir
MEHR QOLUR

O‘tar qancha yillar to‘zoni,
Yulduzlar — ko‘zyoshi samoni.
O‘tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Qorachug‘da porlagan o‘sha,
Iqboliga chorlagan o‘sha.
Dunyoni tor aylagan o‘sha —
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Anor sening yuzlaring, suluv,
Xumor sening ko‘zlaring, suluv,
Yodda qolmas so‘zlaring suluv,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Oqib ketdi suvlarda Tohir,
Zuhro yig‘lab qoldi qon bag‘ir.
Kelganda ham qiyomat oxir,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Nima deysan, ey, g‘ayur inson?
G‘iybatlaring qildi meni qon.
Sen ham bir kun o‘tursan, inon,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

✍️ Muhammad Yusuf

📚Kitoblar.PDF kanaliga ulanish
☆☆☆
Muhabbatim, qaydasan qalb ardog'im,
Jayron ko'zim, qirlarda qolgan ohum.
Qo'lim tegmay to'kilgan qizg'aldog'im,
Endi seni izlab qaydan toparman...

Kelar bo'lsang, yo'lingga gul to'shardim,
Sen Layliga, men Majnunga o'xshardim,
Bu dunyoda hijron yo'q deb yashardim,
Endi seni izlab qaydan toparman...

Tushlarimda yig'larsan goh bag'ri qon,
Ohlaringdan dud chiqib osmon-osmon,
Menga senu senga men bo'ldik armon,
Endi seni izlab qaydan toparman...

Muhammad Yusuf

@muhammad_yusuf_shoir
ТИРИК БЎЛГАНИДА...

Йиғлар бу гулшанда дардли орият,
Недир фалокатни олдиндан сезиб.
Бошқача бўларди бугун шеърият,
Тирик бўлганида Муҳаммад Юсуф.

Сатрларнинг қоши сузук бўларди,
Кўзига мос тушган узук бўларди.
Ҳеч қурса қўшиқлар тузук бўларди,
Тирик бўлганида Муҳаммад Юсуф.

Қалбнинг чанқоғига сўз боли томиб,
Шеър тинглай олардик кўзларни юмиб.
Бош эгиб турарди тоғлар ҳам жимиб,
Тирик бўлганида Муҳаммад Юсуф.

Қатағонга кетган журъату азми,
Навоийга мосроқ яшарди назми.
Тугарди ёлғончи қофия базми,
Тирик бўлганида Муҳаммад Юсуф.

Ҳис қилиб яшардик дардли тунларни,
Чимилдиқни кўмган ўшал унларни...
Давомин ўқирдик “Ўткан кунлар”ни,
Тирик бўлганида Муҳаммад Юсуф.

Эрка кийикларга тилашиб шафқат,
Гуллар сўзлар эди навбатма-навбат.
Жайронлар биз билан қурарди суҳбат,
Тирик бўлганида Муҳаммад Юсуф.

Бир кунгина яшар гўзал капалак
Шеър уза йиғлаблар бўлганда халак,
Бинафша оҳидан топардик дарак,
Тирик бўлганида Муҳаммад Юсуф.

Сўзларнинг бўйини ямламай едик
Ва кейин ўзимиз зўр шоир дедик.
Ўзбекча севишни ўрганар эдик,
Тирик бўлганида Муҳаммад Юсуф.

Тўғриси, шу бугун қилди хўп алам,
Ғариб бўлиб қолди бу назмий олам.
Мен ҳам қўлларимга олмасдим қалам...
Тирик бўлганида Муҳаммад Юсуф!!!

@muhammad_yusuf_shoir
ҲАММА ҲАР ҲИЛ АТАЙДИГАН УЧ ШЕЪР

МЕН

Йиғладим.
Елкамдан кўтармади ғам,
Қолдим ёлғизликда ёди - фаромуш.
Кўзларим инграниб олий севгидан,
Кўзларингга қараб турарди ҳомуш.
Ўпдим, билганимча умрбод надим,
Қуюқ сочим аро кезган кафтингни.
Оқшомлар ичикдим, унутолмадим,
Лабларимга босган қайноқ тафтингни...
У дамлар хотирдан ўчмас ҳеч қачон,
Гарчи, гуноҳ дедик бизлар муҳаббат,
Юзимга юз босиб турарди бир тонг,
Бағримда ўйнарди кесилган зулмат.
Мен ўйлар сурмадим, сенку фаришта,
Қанотлар қоқасан, айбдор атаб.
Ахир, чарчаганман ҳар дам, ҳар ишда,
Минглаган гуноҳни бағримга қадаб...
Ёнимга бахт истаб келишдан олдин,
Руҳингда изтироб йиқилганини,
Сўнг бирдан термулдинг, англолмай қолдим,
Қайси гуноҳ учун туғилганимни?

СЕН

Оғир келмайди ҳеч дардга борлигинг,
Маъсум кечаларнинг поқиза қизи.
Бормиди, билмайман хабардорлигинг,
Кўксимда армоннинг бир ўчмас изи.
Қаттиқроқ қучасан аритмоқ истаб,
Лабингдан чиққан сўз юракка жазо.
Қарашим сукунат ичра оҳиста,
Кўксингга урилиб қилади қазо.
Мангу мен билан қол, гулим, қисматим,
Қўйнимда титроғинг ўрлаган маҳал.
Худо бизга берган гуноҳлар - қадим,
Худо бизга берган гуноҳлар - гўзал.
Кўзёшлар - гуноҳлар каби дея соф,
Сен унда, мен бунда кўзни ёшлаймиз,
Гуноҳли онларни қиламиз исроф,
Гуноҳли кунларни яшай бошлаймиз.
Фурсатлар ичинда ҳисларинг завол,
Йиғламоқ нимадир, кулмоқлик надир?
Сени қийнай бошлар, кейин бир савол,
Қайси гуноҳ учун ўламан ахир?

ХУДО

Мен тутган дийдорлар гуноҳ эмасдир,
Кечирмам, ким-кимга тутса гар азоб.
Сўзларим кўнгилга сўроқ эмасдир,
Қайтаргум, ишқи бор одамга жавоб.
Гуноҳлар яратдим улкану майда,
Гуноҳлар яратдим оқу ҳамда тим.
Кечираман албат, ким бўлсин, қайда,
Чин дилдан сўраса кечирим...
Яшайди ўксиниб, яшайди бўзлаб,
Яратиб умрида олий зорларни.
Гуноҳкор яратдим, сизлар этинг авф,
Ўзидан ҳам катта қалби борларни...
Майли, ҳатарлидир, майли бехатар,
Суяман, асраса мендек ким-кимни.
Аммо, ҳеч замонда, беишқ бўлса гар,
Кечирмам, гуноҳсиз бандаларимни...

18. 2. 2020

Р. Б.
"Сўнг бирдан термулдинг, англолмай қолдим,
Қайси гуноҳ учун туғилганимни?"

"Сени қийнай бошлар, кейин бир савол,
Қайси гуноҳ учун ўламан ахир?"

"Аммо, ҳеч замонда, беишқ бўлса гар,
Кечирмам, гуноҳсиз бандаларимни..."
BIR QIZ BOR

Bu bahaybat hovlida
Nozikkina qiz yashar.
Bir kun ko‘zim tushgan, u
Bizlar tengi, biz yashar.

Oydek desam-to‘lin oy,
Guldek desam-guldek bor,
Lekin juda erkatoy,
Lekin juda dimog‘dor.

Bu erkatoy qizgina,
Meni pisand qilmaydi.
Bu dunyoda birgina
Men gapirsam kulmaydi...

Hashamatli bu uyga,
Qaydan tushdi nigohim?
O‘sha mening azobim,
O‘sha mening gunohim.

O‘sha-o‘sha men yurgan
Yo‘limga o‘y to‘shayman.
Qari onam ko‘ziga
Qarolmasdan yashayman...

http://T.ME/MUHAMMAD_YUSUF_shoir
Muhammad Yusuf
📚Qora quyosh dostoni

…Uning uchun qamoqxonada eng tansiq narsa qog’oz edi. U hamma joydan faqat qog’oz qidirardi. Bir daqiqa sayrga olib chiqishsa, devorlar tagida sarg’ayib, g’ijim bo’lib yotgan bir parcha qog’oz topib olib, boshi osmonda, yana zax xonaga qaytardi. Tergov paytida ham ilinji shu. Ovqat payti ham.

Ana shunday ming mashaqqatlar bilan yiqqan qog’ozlari bir kuni qo’lyozmaga aylandi. Endi uni nima qilib bo’lsa ham tashqariga, odamlarga yetkazish zarur edi. Lekin qanday qilib?

U turma boshlig’iga murojaat qildi. Meni qabul qilishingizni so’rayman, deb qayta-qayta so’rayverdi. Nihoyat boshliq zerikdi. Qahraton qish kunlarining birida boshliq issiq pechka oldida, oyoqlarini chalishtirib o’tirib, uning arzini tingladi.

— Sizdan o’tinib so’rayman. Shu qo’lyozmani odamlar o’qisin. Mayli, keyinroq, oqlanib ketsam yoki…
— Bu yoqqa ber, — dedi boshliq o’rnidan turmay.

Soddadil adib, unga qo’lyozmani uzatdi. Boshliq qo’lyozmani oldiyu gurillab yonib turgan pechkaning ichiga otdi… U yana o’sha zax va qorong’i xonada o’ziga keldi. «Bu ablahning oldiga meni kim boshlab bordi? Oyoqlarimmi? Men ularni hoziroq kesib tashlayman. Nahot shuncha xo’rliklarni ko’rib ham ko’zim ochilmadi! Nahot, bu boshda zarra aql bo’lmasa! Nahotki, u meni jalloddan yordam so’rab borishga undadi! Hozir… Hozir!…» U dast o’rnidan turib, yugurib borib, zarb bilan boshini devorga urdi. Urdi va yana uraverdi. Joni chiqib ketguncha uraverdi!..

Kim edi bu adib? Qodiriymi?.. Cho’lponmi? Yoki Usmon Nosirmi?!.

@muhammad_yusuf_shoir
SEVGI BU...

Sevmoq, bu
Kechirmoq degani asli,
Toki bu dunyoda quyosh bor, gul bor.
Yalpizlar gullagan shu bahor fasli,
Sodiq hamdam bo‘lgin sen menga, dildor.

G‘iybatlar tingladim, aylandi boshim,
Ho‘l tuproq kuydirdi tovonlarimni.
Va mana men unga ko‘nglimdan yulqib
Ko‘mdim beor do‘stdek gumonlarimni.

O‘ylar suraverdim kechalar tanho,
Goho jiqqa yoshga to‘lganda ko‘zim.
Va seni sevmoqdan oldin bir kuni
Dildan sevib qoldim o‘zimni o‘zim...

Sevmoq bu o‘zingni anglamoq asli,
Toki zamin aro quyosh bor, gul bor.
Rayhonga ko‘milgan shu bahor fasli,
Sadoqatli yor bo‘l sen menga, dilbar.

Sevgilim, men seni sevaman, tamom,
G‘amgin ko‘zing, hadik to‘la ko‘zingni.
Sevmoq, bu kunda bir ko‘rmoq baxtidir
Ozg‘in qo‘llaringni, sepkil yuzingni...

http://T.ME/MUHAMMAD_YUSUF_shoir
Assalomu alaykum hurmatli yosh ijodkorlar!

Samarqand yosh ijodkorlar Kengashi tashabbusi bilan chop etiladigan yosh ijodkorlarning almanaxiga ijod naʼmunalaringiz kiritilishini hohlaysizmi?
Nazm va nasrda ijod qiladiganlar uchun yaxshi imkoniyat!
Almanaxga kiritiladigan sheʼrlar va hikoyalar saralab olinadi.
Murojaat uchun:

@Abbos_Shodmonqulov
+998901929042
Biz bilan ijodiy barkamollik sari!

@samarqand_ijodkorlar_kengashi
#Muhammad Yusuf zamondoshlari xotirasida

Said Ahmad
O‘zbekiston Qahramoni, Xalq yozuvchisi

Muhammad Yusuf pokiza inson edi. U odamlarni o‘ylatgan, kuldirgan, yig‘latgan, topgan-tutganini odamlar ustidan sochgan saxiylik timsoli edi.
Muhammad hammani o‘ziga do‘st deb bilardi. Hech kimni begona qilmasdi. Qo‘lida borini do‘stlariga tarqatmaguncha, cho‘ntagi bo‘shab qolmaguncha ko‘ngli to‘lmasdi.
Muhammad Yusuf tez og‘izga tushdi. Birorta shoir uningdek tez nom chiqarmagan, nomdor bo‘lmagan. Ochig‘ini aytsam, Muhammadga ko‘z tegdi. Aslini olganda, asl shoirlar uzoq yashamaydilar. Ammo ortidan abadiy yashaydigan meros qoldirib ketadilar. U mana shunday o‘lmas meros qoldirdi.
Muhammad muhlislarining yuragini o‘rtab ketdi. Endi shoirning o‘zi yo‘q. Ammo Muhammad Yusuf deb atalmish She'riyat bor.
Bu she'riyat aslo zavol bilmaydi.
BOR BO‘LSIN

Qiz bor uyning fayzi bo‘lak deydilar.
Jannat yo‘li-qiz bor yo‘lak deydilar.
O‘ngirimda o‘g‘lim yo‘q deb o‘ksimang,
Tog‘ bo‘lmasa qir ham tirgak deydilar.
Elning baxti botirlarga yor bo‘lsin.
Ominalar, Xolidalar bor bo‘lsin!..

Qiz yo‘q yurtda ko‘klamlar sep to‘sharmi?
Kelini yo‘q to‘ylar to‘yga o‘xsharmi?
Qiz borki, o‘lka omon, qo‘rg‘on but,
Qiz kutmasa yigit olov kecharmi?
Jonlar ilhaq, ilinjlar tumor bo‘lsin.
Ma'sudalar, Mahzunalar bor bo‘lsin.

Qizi yo‘qning oysiz xomush osmoni,
Qizi borning qasrdir xonadoni.
Shu munglig‘-u shu mushtipar parvonang,
Yigit yo‘lning, qiz-ko‘ngilning sultoni.
Ota uyda har kuni bahor bo‘lsin,
Mavludalar, Ma'sumalar bor bo‘lsin!

Ey Muhammad, olti og‘a-ining bor,
Birda yaxshi, birda yomon kuning bor.
Bir kun boshing botar bo‘lsa bolishga,
Qizlaringdan yaqin yana kiming bor?!
Sovchilari eshigida zor bo‘lsin-
Nozimalar, Madinalar bor bo‘lsin.

http://T.ME/MUHAMMAD_YUSUF_shoir
ONAM

Oh, mening ortimda ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Har baloni ko‘rib yorug‘ dunyoda,
Toshkanni ko‘rmagan bechora onam,
Bolang bo‘lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga o‘g‘il bo‘ldimmi!..

Garchi bisotingda "bayram" so‘zi yo‘q,
Bilaman, kutasan sandal to‘la cho‘g‘,
Menda yurak deganlarin o‘zi yo‘q:
Men sovg‘a bermagan qiz yo‘q bu oqshom,
Senga na gul berdim, na shirin kalom,
Endi men ham senga o‘g‘ilmi, onam?..

Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo‘qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi havas...
Axir, mening dardim she'r emas faqat,
Men mashhur shoirmas-mashhur beshavqat,
Endi men ham senga o‘g‘ilmanmi, ayt?..

SHa'ningga she'r bitdim. U seni topsin,
Poyingga tiz cho‘kib, qo‘lingni o‘psin.
Undan ham ulug‘im borligin ko‘rsin,
Men uchun ham aziz holingni so‘rsin,
Sensiz g‘arib ko‘nglim ko‘ngilmi, onam,
Endi men ham senga o‘g‘ilmi, onam!..

http://T.ME/MUHAMMAD_YUSUF_shoir
Assalomu alaykum azizlarim, munisa ayollar, qizlar. Bayramingiz muborak bo‘lsin, siz hayotning mazmuni, so‘nmas yuragi. O‘ynang, kuling, quvnang, bu kun sizga atalgan, faqat siz uchun🌷🌷🌷
Assalomu alaykum kanalimizning go‘zal malikalari! Sizlarni bugungi bayramingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Uzoq umr baxt-soadat tilayman.
Yuz-ko'zlaringizdan quvonch hech qachon arimasin!!! Lablaringiz qirg‘oqlarida tabassum chechaklari mudom barq ursin! Unutmang, siz bizlarga keraksiz, o‘zingizni asrang! Baxtli oilaning baxtli bekasi bo‘lish nasib qilsin! Ishlaringizda zafarlar yor bo‘lsin, doimo e‘tibor va e‘zozda bo‘ling! 8-mart muborak bo'lsin!!!🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁 go‘dak tabassumiday sof va ezgu tilaklarni tilab kanalimiz ahil jamoasi nomidan

F.MUROD

T.ME/F_MUHAMMADMURODOV
Forwarded from She’riy lahzalar
​​АЁЛ

Ерга тушиб фаришта тунда,
Кезар эди сурганча хаёл,
Дуч келди у аёлга.
Бунда –
Ором олиб ухларди аёл.

Кўрдики, бир хилқат – покиза,
Малак Кўкка айлади хитоб:
– О, Худойим, бу не мўъжиза?..
Шунда...
Кўкдан янгради жавоб:

– Бу аёлдир. Молик кўп сирга,
Бежирим ва мушфиқ-меҳрибон,
Нозиккина... Шу билан бирга,
Соҳибқудрат яратилган жон.

Қилолмассан ҳатто тасаввур
Унинг метин, чўнг саботини...
Лекин сира эмас такаббур,
Пахтадан оқ, юмшоқ ботини.

– Минг тасанно! – алқади малак, –
Сифатлари шунча нодирми?
Айтгил, Тангрим,
Айтгил, эй Фалак,
Фикрлашга у ҳам қодирми?

Фариштанинг ҳайратин олиб
Самоватга етаркан нидо,
Садо берди аршидан Холиқ,
Тушунтирди меҳрибон Худо:

– Нафақат бир ўйламоқликка,
Қодир фикрин далиллашга ҳам,
Ширин-ширин сўйламоқликка
Ҳатто қалбин кемирганда ғам...

Шу пайт...
Малак кўзи аёлнинг
Юзидаги жилога тушди –
Томчи экан...
Шунда саволи
Яна арши аълога учди:

– Бўлсин дебсан ҳикматда танҳо,
Бўлсин дебсан баркамол, бекам,
Эримоқда... Қарагин, ҳайҳот!
Ошиб кетмиш раҳматинг, Эгам!?

– Эримайди, – таскин берди Ҳақ, –
Бу – шунчаки, кўздаги ёши...
– Нега йиғлар, – сўради малак, –
Тоғдан ортиқ бўлса бардоши?

Тушунтирди шунда Яратган:
– Аёл йиғлар туйганда сурур;
Ёлғизликдан, ишқий ярадан...
Йиғлайди у, топталса ғурур.

Йиғлайди зор, фарзанди учун,
Йиғлайди гоҳ қадрига ўксиб.
Оилам, деб сарф этар кучин,
Ҳар офатга қалқондир кўкси...

Ҳайрат ичра қолди фаришта,
Ҳамду сано айтди:
– Даҳосан!
Тангрим, Ўзинг мутлақ ҳар ишда
Тенги йўқсан!
Ҳа, Бебаҳосан!..

Сен бергансан бани Одамга
Нозил қилиб ҳусну камолни,
Тортиқ этиб ёруғ оламга
Мўътабар зот – мунис Аёлни!

2016
Алишер Сабрий
Forwarded from Orif Tolib
Баҳодирнинг қиличи

Баҳодирнинг қиличи синди…
Сўнгги нуқта.
Тугади эртак.

Пастак ҳовли четида дилхун
Бир бола йиғлайди —
қўлида китоб.
Баҳодирнинг қиличи синди,
Баҳодирнинг қиличи синди.
Ёвники бутун!

Қайга кетди япроқдек бола,
Бўта каби қайда бўзлайди?
Учиб юрган варақлар, ана,
Шамолларга эртак сўзлайди.
Бола қани?.. Билмайман, аммо,
Ишонаман, қайлардадир у
Баҳодирга қилич излайди...


Азим Суюн

1978
Forwarded from She'rlar olami
Sеn sаri bоrаyapmаn
mаnzilingni qоrаlаb.
Go‘yoki hеch tаp tоrtmаy
shаmоl, yomg‘ir оrаlаb.

Qаdаmim o‘ktаm, аmmо
yurаgim bеzоvtаdir.
Тip-tikkа nigоhingdа
mеni nimа kutаdir?

Таndirning lоyi yanglig‘
yozuq ezg‘ilаdi ko‘p.
Qаlbimning tub-tubidа
ishqu nаfrаt qоrishiq.

Таg‘in rаd jаvоb, nаhоt,
sеn sаri ildаmlаtmаy,
Shаmоl, yomg‘ir sаvаlаr
chаvаndоz qаmchisidаy.

Egni-bоshim shаlоbbо,
tаngа inаr оg‘irlik.
Kuchаyar-ku tоbоrа
ismi-jismi yo‘q оg‘riq.

О, muhаbbаt sеni mеn
yurаkdа оpichlаdim.
Qаnchа kаttа bo‘lsаng sеn,
o‘zim kichrаyib bоrdim.

Dоd sоlmаdim оlаmgа,
tildа qilmаdim qo‘shiq.
Fаqаt tundа yostiqqа
ko‘zyoshlаrim qo‘shildi.

Оsmоn yuzi yo‘q, tаmоm,
оsmоn yuzi - o‘mbаlоq.
Yomg‘ir qоrgа аylаndi,
mаnzilim hаmоn yirоq.

Маdаd bеrgil-о, Таngrim,
qаytmаyin yarim yo‘ldаn.
Аnqоning urug‘ini
so‘rаmаyapmаn sеndаn.

Таnаdоshim, ruhdоshim,
yolg‘izginа ishq, ахir.
...sеn sаri bоrаyapmаn
qоru yomg‘ir аrаlаsh...

Azim Suyun
Buni qarangga
Tinib tinchimas #XITOYLIKLAR faqat kasallik qolgan edi ishlab chiqarilmagan.😂😂😜😜😜

T.me/F_MUHAMMADMURODOV