MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI
8.26K subscribers
1.06K photos
328 videos
104 files
1.41K links
Bilaman, taxminan shunday o'ylaysiz,
Shoirlar devona, tuzalmaydilar.
Shoirning sevgisi o'tkinchi deysiz,
Shoirlar odamday sevolmaydilar...
𝘔𝘶𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢𝘥 𝘠𝘶𝘴𝘶𝘧

Guruximiz: @Muhammad_Yusuf_ijodii
Download Telegram
Forwarded from MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI (Farangizxon Muxammadaliyeva)
* * *
"Olamda nima gap" bo‘lyapti.
Xira yog‘du sochar televizor.
Ayvonda sholchada bir bola
O‘ltirar cho‘nqayib... ko‘ylaklari kir.

Hovlida har kungi yumushlar.
Hovlida yomg'ir yer mushtlar.
Momosi darg'azab, bearqon
Buzoqchani tutolmay bu on.

Buzoqni qarg‘aydi harsillab,
Qoziqni o‘qtalar: "Bo‘yning uzilgur!"
Ayvonchada esa bir bola
O‘ltirar cho‘nqayib, ishtoni ham kir.
Olamda nima gap bo‘lyapti?..

Muhammad Yusuf
T.me/Muhammad_yusuf_ijodi
Forwarded from MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI (Fazliddin Murod)
Suratda kimlar? Topingchi?

1979-yil. Uzoq Sharq

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
"MEHR QOLUR"

O'tar qancha yillar to'zoni,
Yulduzlar — ko'zyoshi samoni.
O'tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Qorachig'da porlagan o'sha,
Iqboliga chorlagan o'sha.
Dunyoni tor aylagan o'sha —
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Anor sening yuzlaring, suluv,
Xumor sening ko'zlaring, suluv,
Yodda qolmas so'zlaring suluv,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Oqib ketdi suvlarda Tohir,
Zuhro yig'lab qoldi qon bag'ir.
Kelganda ham qiyomat oxir,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Nima deysan, ey, g'ayur inson?
G'iybatlaring qildi meni qon.
Sen ham bir kun o'tursan, inon,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

— Muhammad Yusuf
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI
Suratda kimlar? Topingchi? 1979-yil. Uzoq Sharq T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
DARYO (Bahodir Isoga)
__________
Daryo qo‘ygan edim bolam ismini,
U daryoga cho‘kib ketdi bir kuni...
Ajdar bo‘lib suvlar yutdi jismini,
Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar.
__________
Bilganimda qo‘ymasdim hech yelkamdan,
Tovonchasi endi yerga tekkanda —
Soyning toshi bolish bo‘ldi erkamga,
Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar.
__________
Qo‘lchalarin silkitib u bemajol,
Yig‘lab-yig‘lab oqib ketdi ehtimol,
Qirg‘oqqa zor boqib ketdi ehtimol,
Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar.
__________
Qonxo‘r daryo qaro qildi kunduzim,
Ko‘zim nuri o‘sha edi, yolg‘izim,
Bu dunyoda qolmadi endi izim,
Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar.
__________
Ot qo‘yganda nechun ko‘nglim sezmadi:
Ismi bilan ekan inson qismati!..
O‘z bolam-ku o‘z bag‘rimda o‘smadi,
Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar.
__________
O‘g‘lim desam o‘rtanadi vujudim,
Suvni ko‘rsam seskanadi vujudim!..
Qum ustida qoldi mening umidim,
Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar.
Daryo qo‘ygan edim bolam ismini.
__________
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

@Muhammad_Yusuf_Ijodi
*  * *

Осмон чўкиб қолди бу  оқшом,
Юлдуз бўлиб ёғилди бир  сас.
Бир маҳалла нигоҳни  кўрдим:
Яшаш керак,  севиш  шарт эмас.

Садоқатми? Кимга керак у?..
Беҳудадир  кўз ёшинг  сели.
Юлдуз бўлиб ёғилди бир  сас:
У бегона.  У энди  келин...

Тўй  — бу асли баджаҳл ота,
Бахтли бўлсин қизим дегани.
Уни сенга бермасман,  бўтам,
Тирик экан  кўзим,  дегани.

Осмон чўкиб қолди бу  оқшом,
Қонимда бир  ғашлик ўрмалар.
Мен оловга отарман энди,
Юрагимни қийма-қиймалаб...

Ёқа ушлаб қолсин кўрганлар,
Оловларга отгум  уни,  бас.
Ёниб кетсин чирсиллаб қалбим,
Севиш керак...  яшаш  шарт эмас!

Муҳаммад Юсуф


@MUHAMMAD_YUSUF_IJODI
Forwarded from MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI (MUHAMMADMURODOV)
#Obunachimizdan

O'ngdan yurib kelamiz: Nosir Fozliov, Bahodir Iso, Anvar Obidjon, Muhammad Yusuf, Dadaxon Xasanov, afsuski keyingi insonni tanimadim. So'nggi inson Dadaxon Nuriy

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
JANGCHI

Yovquvlar,
yovqurlar,
kurashing har on,
Kuchlilar hukmron sher to'dasida.
Yusufdek begunoh ilohiy isyon,
Yashaydi yuragim yerto'lasida.

Hurlik deb hurriyat ichimni yeydi,
Sabr va shukurdan kuchga to'lar - u.
"Ozodlik, ozodlik, ozodlik!" - deydi,
Va nihoyat bir kun ozod bo'lar - u.

Jangchiman, fath etay zolim zulmini,
Dovuddek temirni xamirdek qoray.
Karbalo dashtining qasos qumini,
Ilonning iniga uchirib boray...

Shamolman, ezgulik tomon esguvchi,
Quldirman, imonga, qudratga, to'lib...
Mazlumni xo'rlagan qo'lni kesguvchi,
Yashayman "Adolat qilichi" bo'lib.

Chopaman, "ochko'z nafs"- xoindir, xatar,
Iblisning fitnasi — holi bo'lsin tang.
Toki davom etar qiyomat qadar,
Inson va shaytonning o'rtasida jang.

Zafar yor bo'lg'usi Haqdan har nafas,
Mag'lub bo'lsam ortar yurakning ranji.
Ayovsiz kurashda jonini emas,
Jonlarni asraydi haqiqiy jangchi.

Ne-ne zolimlarga kelgan jazodek,
G'animning ko'ksiga borib sanchilar.
"Dajjolni" yenguvchi masih Isodek,
Xaloskor bo'ladi asl jangchilar !

Jangchiman !!!



             AZIZ   XO'JA   NUR
                 Sirdaryo  Sayhun

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
📝Biz baxtli bo'lamiz...
Muhammad Yusuf
🎤Ergashev Dilshod Ilhom o‘g‘li

@Muhammad_Yusuf_ijodi
* * *

Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go'zalsan.
Tag'in bir zum turaylik,
Gapirmayman, uyalsang...

So'ng ketarmiz. Sezdimki
Men orzuga yetmadim.
Seni shunday sevdim-ki
Qo'lingdan ham tutmadim.

Qo'ling... sening qo'llaring,
Muloyimdir ehtimol.
Ayri tushdi yo'llarim,
Sevar yorim, yaxshi qol.

Muhabbat, unut meni,
Va men ham... unutgayman.
Tushlaringda kut meni,
Tushlaringga kirgayman...

Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go'zalsan.
Kel, ko'rishib turaylik,
Salomlashmay, uyalsang.

Muhammad Yusuf
Uzr. (M. Yusuf)
Baxtning Sevari
Uzr
Shox asar bo'lsaxam tupurdim o'sha
Bolamni yig'latib yozgan she'rimga

Muhammad Yusuf

🎙Baxtning Sevari
TANISH TERAKLAR

Tanish terak. Ariq yoqasi.
Bo‘tana suv, shirin loyqa suv.
Tol ko‘chada otlar taqasi...
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga...
___________________________
Yalpiz hidi tutgan dalalar,
Gapga chechan boqchaxolalar,
Belanchakda yotgan bolalar...
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga.
___________________________
Tog‘ ortidan mo‘ralagan kun,
Shiyponlardan o‘rlagan tutun,
Tut shoxiga osilgan tugun...
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga.
___________________________
O‘qariqdan yolg‘izoyoq yo‘l,
Menga ilhaq, menga mushtoq yo‘l,
O, qadrdon bir juft qadoqqo‘l...
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga.
___________________________
Yog‘och eshik ochilar sekin...
Toshmehrman men juda, lekin
Hozir yig‘lavorishim mumkin —
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga...
___________________________
Muhammad Yusuf
@Muhammad_Yusuf_ijodi
#sheʼrparcha


(((Sen o'choq odida chaqqan gugurtni-
-Uchida lovullab tursa yuragim...

©️Muhammad Yusuf

@Muhammad_Yusuf_ijodi
MARSIYA

Muhammad Yusuf…
Muhammad Yusuf…
Labimda qoldi
Taronam mening.
Havoda qoldi
Qo‘lim gul uzib.
Endi kerakmas
Bahonam mening.

Bunchalar qalin
Dunyoning po‘sti.
Bug‘doyday xoksor
Bir shoir o‘sdi.
Nogoh bir xabar
Tongimni to‘sdi.
Titradi olam,
Yig‘ladi onam:
— Bolamning do‘sti…
— Bolamning do‘sti…

Senmi, she’riyat,
Senmi jon qadar.
Dildagi so‘nggi
Tomchi qon qadar.
Tuproqday aziz
Ham osmon qadar.
Ko‘kni o‘sha kun
Qaldirg‘och bosdi
Xorazmdan to
Andijon qadar.

Hayot – goh bir baxt,
Bir omadgacha.
Yo mingta nomard
Yo bir mardgacha.
Toshkentdan toki
Marhamatgacha,
Keta ketguncha,
Qiyomatgacha –
Teraklar, tollar
Qoldi bo‘y cho‘zib,
Muhammad Yusuf…
Muhammad Yusuf…

Kuylari qoldi
Tog‘-u toshida,
O’ylari qoldi
Oy – quyoshida,
Buloq boshida,
Xirmon boshida,
O’zbekning qora
Ko‘z-u qoshida.
Bir shoir ketdi,
Bir shoir o‘tdi
Bobur yoshida,
Bobur yoshida.

Ey bulbullarga
Kuy-g‘azal, Vatan.
Sen – abad Vatan,
Sen – azal Vatan.
Kim sendan yuldi,
Kim – o‘sal, Vatan.
Gul, asal Vatan,
Sen yuksal, Vatan,
Sen yuksal, Vatan,
O’yladi bolang,
Kuyladi bolang,
Ey, go‘zal Vatan!
Ey, go‘zal Vatan!

Biz uni – yoshu –
Tuproqqa qo‘ydik.
Tuproqni qosh-u
Qaboqqa qo‘ydik.
Tushmi, deb avval
Ro‘yoga yo‘ydik.
O’zi suygan shu
Tuproqqa qo‘ydik
So‘nggi sabr bu,
So‘nggi safar bu –
Ko‘proqqa qo‘ydik,
Ko‘proqqa qo‘ydik.

Chirqirab qo‘nmay
Makonlariga –
Otadin yodgor
Ayvonlariga
Singillari ham
Rayhonlariga.
Armonlariga,
Hijronlariga –
Qo‘shib jo‘natdi
Ruh, jonlariga.
Olib ketdilar
Qaldirg‘ochlari
Osmonlariga,
Osmonlariga.

Aylanar charxning
Charxpalaklari
Almashib rang-u
Kamalaklari.
Qoldi ona uy
Sumalaklari,
Majnuntollarning
Jamalaklari.
Nozima qoldi,
Madina qoldi –
Kapalaklari,
Handalaklari.

Do‘st-u yor yo‘li
Doim yirog‘dir.
Gohi diydor-u,
Gohi firog‘dir.
Dilbandlariga
Vatan qarog‘dir.
Chin farzandlar ham
O’chmas chirog‘dir.
Hozir ham balki
Jim o‘ylayotir.
Yurtiga sha’n-u
Shavkatlar yog‘dir,
Yo, qodir Olloh,
Tuproqlariga
Rahmatlar yog‘dir,
Rahmatlar yog‘dir.

Muhammad Yusuf…
Muhammad Yusuf…

2001, avgust. Sirojiddin Sayyid.

T.me/Muhammad_Yusuf_Ijodi
O‘lsamu unutsang menday yigitni,
Yog‘ar yo‘llaringga afsus-anduhim.
Oq tulporday minib oppoq bulutni,
Uyingning ustidan o‘tadi Ruhim...

Unga nima deysan, bevafo yorim?

O‘lsamu unutsang menday yigitni,
Qaro tuproq silab yotsa kuragim,
Sen o‘choq oldida chaqqan gugurtni
Uchida lovillab tursa yuragim...

Shunga nima deysan, bevafo yorim?

Sen Xudo emassan axir, o‘ylanma,
Jonimning rishtasi qo‘lida uning,
Ammo Muhammadsiz o‘tmaydi kuning,
Kel, mayli men o‘lmay, sen ham qiynalma-
Shunga nima deysan, bevafo yorim?..

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
Boshqacha
Bahtiyor Rahmanov
Бир кун хурсанд яшаш қанчалар қийин,
Бир кунгина - тонгдан шомгача...

Муҳаммад Юсуф
🎤Бахтиёр Раҳмонов
Forwarded from MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI (Fazliddin Murod)
#foto_estalik
Chapdan o'ngga Ohunjon Madaliyev, Muhammad Yusuf, Bahodir Iso, Sobirjon Otaboyev

@Muhammad_Yusuf_ijodi

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI
ТАЪЗИЯ

   Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси жамоаси Ўзбекистон халқ шоири Усмон Азимга ўғли Улуғбек Азимовнинг вафоти муносабати билан чуқур ҳамдардлик билдиради.  
   Жаноза намози 2 февраль куни пешин намозидан сўнг "Минор" масжидида ўқилади.
   Маълумот учун: адибнинг уй манзили – Шайхонтоҳур тумани "Баҳор" кўчаси 16-уй.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси
Инна лиллаҳи ва инна Илайҳи рожиъун.
Аллоҳ севимли шоиримиз Усмон Азим ва аҳли оиласига сабри жамиийлдан берсин.
Ўтганларни охиратлари обод бўлсин 🤲🤲🤲
ОҒИР МУСИБАТ,
ДАРДЛИК ТАЪЗИЯ


Улуғбекжон Азимов – атоқли ўзбек  шоири Усмон Азимовнинг ўғли, атоқли олим Нурислом Тўхлиевнинг куёви ҳижрий 1444 йил муқаддас ва муборак Ражаб ойининг 11-куни пайшанба кечаси кирганида; милодий 2023 йил 1-февраль, чоршанба куни оғир беморликдан сўнг вафот этди.

Улуғ устоз Усмон Азимовга, муҳтарама янгамиз, фидойи таржимон Раънохон Азимовага, фидойи олим Нурислом Тўхлиевга дилдан ҳамдардлик билдирамиз. Барча оила аъзолари ва яқинларига сабри жамил сўраймиз. Улуғбекжонга Аллоҳнинг раҳматини тилаймиз!

Ассалому алайкум, азиз ва
меҳрибон устозим Усмонхон ака!


Оғир ва улуғ мусибат онида сизга ва муҳтарама Раънохон янгамга сабри жамил тилайман. Жисман ёнингизда бўла олмасам-да, маънан ёнингиздаман.

Ўғлингиз, бизнинг ёш, севимли дўстимиз Улуғбекжон кўз олдимизда ўсиб улғайган. У – бизнинг умримизнинг бир парчаси.

Сизнинг хонадонингиз – ўзбек адабий муҳитининг ёниқ марказларидан бири, Ўзбекистон бахши-шоирларининг мусобақа минбари эди. Улуғбекжон у даргоҳга қатнайдиган ёш ижодкорларнинг ардоқли укажони эди. 1-синфга борадиган бўлганида эрталаблари Раънохон янгамиз уни чиройли кийинтириб, пешонасидан ўпиб қўйиб, мактабга кузатар эди. Улуғбекжон тўғрисўз, хушфеъл, самимий, қувноқ йигит бўлиб етишди. Ўкинч ва қалб йиғиси билан эслаяпман.

Аллоҳ таоло Улуғбекжонни раҳматига олсин, чеккан дардларини саҳвларига каффорат қилиб, Жаннати Фирдавси аълога дохил айласин!

Қалби йиғловчи дўстингиз
Мирзо Кенжабек.