MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI
8.47K subscribers
1.06K photos
328 videos
104 files
1.41K links
Bilaman, taxminan shunday o'ylaysiz,
Shoirlar devona, tuzalmaydilar.
Shoirning sevgisi o'tkinchi deysiz,
Shoirlar odamday sevolmaydilar...
𝘔𝘶𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢𝘥 𝘠𝘶𝘴𝘶𝘧

Guruximiz: @Muhammad_Yusuf_ijodii
Download Telegram
XAYOL
Xayol qanday yaxshi,
Akangga o‘xshar.
O‘ynatar yelkaga ko‘tarib olib.
Bu parvoz so‘ngida yig‘lashing mumkin,
Sog‘ingan onangning oldida qolib.

Xayol qanday yaxshi,
Xayol qanday soz.
Qo‘shiqlar sochadi bosgan izingga.
Bir kechada borib aytishing mumkin
Izhori dilingni suygan qizingga.

Beg‘ubor bolalik yulduzday olis,
Ammo xayol uchun u ham bir qadam.
Tarsillab qovunlar yorilgan poliz.
Sen yolg‘iz yotibsan ostida bodom.

Gullari to‘kilar o‘sha bodomning,
Kapalakday kelib yuzingga qo‘nar.
Xayol ham tug‘ishga n ukasi odamning
Qayoqqa yuborsang g‘ing demay jo‘nar.

Ko‘ksida xayoling tursa yig‘ilib,
Quyoshni uyg‘otib kelsa bo‘ladi.
Shoirlarning bari yerda tug‘ilib,
Osmonu falakda o‘ladi.

Muhammad Yusuf
T.me/Muhammad_yusuf_ijodi
Kutaman
O'lmas Olloberganov
Yurakda yashirgan gapim bor.)
#zerikmaymiz

Ba'zilar ish izlab yuribdi. Ba'zilar maosh ololmay yuribdi. Ba'zilar esa ishdan bo'sholmayapti.
Zerikmaymiz ishqilib...))


@S_S_S_Nizomovna
Said Ahmad

Yil bo'shatar yilga navbatni,
Charxpalagi aylanadi arsh.
Saidasiz Said Ahmadni
Farishtalar aylar parvarish.
Chorbog' kezar chol, ma'yus ammo,
Nimanidir qo'msab, axtarib.
Qaylardasiz Saida momo,
Sizsiz bu kun bog'lar ham, g'arib!
Yo'lchalarda yo'lga egilar,
Suvlar tinib qolar sukutda.
Saidani so'rab behilar
Yig'lab yotar yer bilan bitta.
Ketar keyin dardi bir tugun, 
Yig'lay desa tushunmas daha.
Kulay desa, o'zidan oldin
Ajinlari otar qahqaha.
Boshiga tosh yog'ilsa agar,
Bildirmaydi bu metin odam.
Yil bo'shatar yilga navbatni,
Charxpalagi aylanadi arsh.
Saidasiz Said Ahmadni
Farishtalar aylar parvarish.
U jilmayar, ko'zda yosh qalqib,
Shivirlaydi lablari besas:
Saidalar farishta, balki
Farishtalar Saida emas!..

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
SHOIR

G'arib demang shoirni, g'arib,
Yetti ko'kka uchishi mumkin.
Yetti qavat yerni ag'darib,
So'zni-qizdek quchishi mumkin!..

Butun emas shoirning noni,
Shoirlarning yuragi butun.
Qarzin uzmay uzilmas joni,
Haqqini unutishi mumkin.

Dardin tilga ko'chirmas shoir,
Shoir dardin yutishi mumkin.
Hech kimni zor kuttirmas shoir,
Shoir yuz yil kutishi mumkin.

Shoir agar suysa birovni,
Sevilmasa-suyar sevgisin.
Yorga o'zi topib kuyovni,
To'yda o'yin tushishi mumkin...

Hech kimsaga o'xshamas shoir.
Bor sevganin yurakdan lekin.
Ko'zyoshini ko'rsatmas shoir-
Shoir faqat... "ichishi" mumkin!

Muhammad Yusuf

@Muhammad_Yusuf_ijodi
YOQUB MERGAN

Yoqub cholga "Zaporojes" berishmadi,
Arizalar yozib bersa ko'rishmadi.
Ko'rgach esa ko'rmagandek yelka qisib,
Ko'nishmadi...

Yoqub cholning ko'ksi to'la orden edi,
Qayga borsa o'rni tayin to'rdan edi.
Nima deysiz-ikki urush ko'rgan edi,
Berlinda suratga tushgan mergan edi.

Bittagina oyog'i ham toldan edi,
Bittasini do'xtir kesib olgan edi.
Urushdan so'ng shunday bo'lib qolgan edi,
Gurs-gurs qilib yurishlari yo'lg'on edi!

Boshliq cholga "Zaporojes" bermadi,
Arizalar yozib borsa ko'rmadi.
Ko'rgach esa ko'rmagandek yelka qisib,
Ko'nmadi...

Yoqub cholning raysabesdan ko'ngli qoldi,
Yoqub cholning boshliq-bezdan ko'ngli qoldi.
Mendan, sizdan-hammamizdan ko'ngli qoldi,
Mashinasin boshqa olg'ir kimsa oldi.

Endi ul zot yallo qilib yuraverar,
Invalidning mashinasin suraverar.
Uni ko'rsam chol esimga kelaverar,
G'ildiragi yuragimniezaverar...

Yoqub cholga berishmagan "Zaporoj"ning!

Muhammad Yusuf

@Muhammad_Yusuf_shoir

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
#Ana_xolos

Bu ketishda o'tganlarni mana bunday eslamasak bo'ldi:

— Xudo rahmat qilgur doim onlayn edi;
— umrida birovga spam bosmagan;
— birortasini kommentda xafa qilmagan;
– hayotida hech kimdan layk qizg'onmagan;
— doim yaxshi kanallarning postini ulashar edi;
— joyi jannatda bo'lgur telegramda o'tirganda joni uzildi.

@S_S_S_Nizomovna
#dunyo_va_sen

O‘zingdan boshla, dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘lsang.
O‘zingda yo‘q narsani o‘zgalardan kutma.
Avval o‘zgar, keyin yaxshi namuna bo‘l.
Insonlarga uqtirma, faqat yaxshi andoza bo‘l!
Forwarded from BAXT haqida...ت
#nazm

Sevadi kuyadi qiladi alam.
Dorga osing, ammo aytmas
birovga,
Aytmay sevishini sevganiga ham
Tegib ketaverar boshqa birovga...

© Muhammad Yusuf

P/S:😊😊😊

@baxt_xonimning_sarguzashtlari
Forwarded from 𝐀𝐃𝐈𝐁𝐋𝐀𝐑 𝐗𝐈𝐘𝐎𝐁𝐎𝐍𝐈📚 (Admin_Muhammadmurodovbot)
​​#Senga sevgim beraymi?

– Сенга севгим берайми?
– Бер қани.
– У тупроққа беланган.
– Беравер.
– Мен фол кўрсам дегандим.
– Кўр, қани.
– Савол сўрасам дегандим.
– Сўрайвер.
– Эшик қоқсам не дерсан?
– Кир, дейман.
– Мен билан юр, десам-чи?
– Юр, дейман.
– Йўлда кулфат кутса-чи?
– Бораман.
– Агар мен алдасам-чи?
–Кечираман.
– Қўшиқ айтгил, десам-чи?
– Айтаман.
– Дўстингдан кеч десам-чи?
– Кечаман.
– Одамни от, десам-чи?
– Отаман.
– Ўзинг ўлгин, десам-чи?
– Ўламан.
– Бўғилиб қолсам нетарсан?
– Қўллайман.
– Жонинг оғрир бўлса-чи?
– Чидайман.
– Йўлингдан ғов чиқса-чи?
– Бузгайман...
– Севги берайми, сенга?
– Севги.
– Асло бермайман!
– Нега?!
– Чунки, мен қулларни севмайман.

Muhammad Yusuf

@adiblar_xiyoboni
Qo‘yavering...

Shamol sabab, ehtimol,
Tunda eshik g‘ichirlar.
Boshlanadi qishloqda,
Sekin pichir-pichirlar

Sizga nima?
Siz uxlang,
Hech ishingiz bo‘lmasin.
Kimda kimning ko‘ngli bor,
Qo‘yavering, o‘ynasin...

Oshiqlarim oshiqdek,
Mayli, ko‘ngil xushlashsin,
Ikki oshiq istasa,
Shamol bilan mushtlashsin.

O‘ksimasin qiz qalbi,
Yigit ra'yi o‘lmasin-
Kimda kimning ko‘ngli bor,
Qo‘yavering, o‘ynasin...

G‘iybat qilmang yigitni,
Uyaltirmang qizni ham.
Shunda o‘tli muhabbat
Siylar bo‘lsin sizni ham,

Bir sovuq so‘z tufayli,
Sevgi bog‘i so‘lmasin.
Kimda kimning ko‘ngli bor,
Qo‘yavering, o‘ynasin...

Ilk sevgidan iymanib,
So‘ng pushaymon yonsa ham,
Sepli qizga suykanib,
Epli qizdan tonsa ham-

Nasib etmay yor vasli,
Endi hajri qiynasin!..
Kimda kimning ko‘ngli bor,
Qo‘yavering, o‘ynasin...

Ikki yorti bosh uzra
Porlasin ishq quyoshi.
Qizga hayo, yigitning
G‘urur bo‘lsin yo‘ldoshi.

Diydoriga bir-birin
Termulishib to‘ymasin.
Kimda kimning ko‘ngli bor,
Qo‘yavering, o‘ynasin.

Muhammad Yusuf

@muhammad_yusuf_shoir
@muhammad_yusufsherlari

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
Forwarded from 𝐀𝐃𝐈𝐁𝐋𝐀𝐑 𝐗𝐈𝐘𝐎𝐁𝐎𝐍𝐈📚 (Admin_Muhammadmurodovbot)
Mensiz ham kunlaring o'tmoqda, erkam,
Qayga qo'l uzatsang yetmoqda, erkam,
Yurishlaring qaysi malikadan kam,
Faqat qiyin bo'ldi sho'rlik yurakka...

Mening ham hajringda yonganim yolg'on,
Yasharman o'zimcha, saroyda sulton.
Go'yoki yo'q mendan baxtli bir inson,
Zo'rlik bo'lsa bo'ldi zo'rlik yurakka.

Endi ko'rishib ham ko'rishmasmiz biz,
Go'yo men yot yigit, sen begona qiz,
Na qo'llar titramas, na qizarmas yuz,
Evoh, bu qandayin xo'rlik yurakka!..

Qoshing o'sma o'psin, ko'zingni surma,
Buni taqdir derlar, yor, labni burma,
Eslama, eslatib tushimga kirma,
Jonimni rishtalab ming bir bo'lakka.

Garchi bo'lmasam ham u kun to'yingda,
Yoningda yor-u men bo'ldim o'yingda,
Alpomish o'g'illar o'stir uyingda,
Muhammading qurbon shu bir tilakka!

Muhammad Yusuf

@Adiblar_Xiyoboni
@Muhammad_Yusuf_ijodi
QIYOMAT

Qiyomatda qorayar quyosh,
Osmon qora dudga to‘ladi.
Munofiqlar mushukday yuvosh,
Fohishalar otin bo‘ladi.

Qiyomatda qurbaqa bulbul,
Qamishzorlar aylanar toqqa.
Qo‘ng‘izchalar bo‘ladi duldul,
O‘g‘rilar qorovul chorboqqa...

Qiyomatda qullar qorni to‘q,
Xojalari bo‘lar nonga zor.
Shoir bilan shohning ishi yo‘q,
Zindonbonlar qo‘shiqlar yozar.

Qiyomatda bo‘lmaydi hiyla,
Yomg‘ir-sharob, gazagi-ilon.
Hech kim qusmas do‘stlari ila
Bir qadah may ichib, bir jom qon.

To‘rt faslning bo‘lmaydi qishi,
Qiyomatda afsona bo‘lmas:
Yusufini quduqqa pishib,
Akalari tortib oladi...

Qiyomatda hamma cho‘k tushib,
Muhammadni(s.a.v) eslab qoladi!

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
[@kitoblar_apk] Muhammad Yusuf. Saylanma.apk
6.1 MB
👤 Muhammad Yusuf
📙 Saylanma (to‘plam)

Barchamiz sevgan xalq shoiri Muhammad Yusufning "Saylanma" kitobi.
Bu dasturda atoqli shoirimiz Muhammad Yusufning «Saylanma» kitobi joy olgan. Muhammad Yusufning o‘ziga xos tarzda, hamma tushunadigan, sodda tilda yozilingan she’rlaridan bahramand bo‘ling… o‘qing… yod oling… Dasturni oila ahillaringiz va do‘stlaringiz bilan ulashing.
Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she'rlari bilan minglab muxlislar qalbini zabt etgan shoir Muhammad Yusuf tomonidan bitilgan go'zal she'rlar o'ziga xosligi bilan o'quvchilar qalbini zabt eta olgan.
Ushbu to'plamga shoirning kitobxonlar tomonidan samimiy qarshilangan eng sara she'rlari kiritildi.


📚 @Muhammad_Yusuf_ijodi
Baland jardan tashlandi,
Tillo sandiq daryoga.
Yoringman deb yuzlandi,
Qorabotir Zuhroga.
Tohir emas, bag'ri xun,
Oqib ketdi muhabbat.
Bu dunyoga etagin
Qoqib ketdi muhabbat...
Qaysni quvg'in qilishdi,
Ul oshig'i shaydoni.
Ermak qilib kulishdi,
Qon yig'lagan Layloni.
Majnun emas, sahroda,
Sarson bo'ldi muhabbat.
Ikki ko'zi samoda,
Hayron bo'ldi muhabbat.
Afsona bo'ldi, yohu,
Armon bo'ldi muhabbat.
Odamdan bezgan ohu,
Jayron bo'ldi muhabbat.

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
Yoqimli musiqa hamohangligida... 😊
....

Faqat uch kunlik umri bo‘lgan kapalak moychechakka oshiq bo‘lar ekan.
Lekin o‘lishiga soatlar qolganda Seni sevaman der ekan...
Moychechak faqat men ham deya olar.
Va kapalak o‘lar.
Uni sevishimni nega vaqtida so‘zlamadim deya moychechak qayg‘usidan hasta bo‘lib, yaproqlarini to‘kishni boshlar.
To‘kkan har yaprog‘ida Seni Sevaman der va so‘ng o‘lar.
O‘sha kundan buyon sevishini so‘zlamagan har kim moychechak so‘rar...

Sevarmi, sevmasmi deya...


@S_S_S_Nizomovna