☆ ☆ ☆
Qalbning qizil gulxani so'ldi,
Kultepada qolmadi bir cho'g',
Bu qiz bilan ishim yo'q endi,
Bu qizning men bilan ishi yo'q...
Endi menga ikki dunyo bir,
Sig'mam na yer, na osmoniga.
Tomga chiqib ketarman endi,
Men ham qizg'aldoqlar yoniga.
Hey, yulduzlar yurtida chaman,
Bulutman deb yurgan tutunlar
Ko'ksim yonib ketmoqda yomon.
Mendan nariroqdan o'tinglar!
Qalbda sevgi gulshani so'ldi,
Qoldi faqat lovullagan cho'g'.
Bu qiz bilan ishim yo'q endi,
Bu qizning men bilan ishi yo'q...
Kel yuragim, bag'rimni o'yib,
Sevgimni suvlarga otamiz.
Maysalarga boshimni qo'yib,
Kapalak yopinib yotamiz.
✍ Muhammad Yusuf
@Muhammad_Yusuf_ijodi
Qalbning qizil gulxani so'ldi,
Kultepada qolmadi bir cho'g',
Bu qiz bilan ishim yo'q endi,
Bu qizning men bilan ishi yo'q...
Endi menga ikki dunyo bir,
Sig'mam na yer, na osmoniga.
Tomga chiqib ketarman endi,
Men ham qizg'aldoqlar yoniga.
Hey, yulduzlar yurtida chaman,
Bulutman deb yurgan tutunlar
Ko'ksim yonib ketmoqda yomon.
Mendan nariroqdan o'tinglar!
Qalbda sevgi gulshani so'ldi,
Qoldi faqat lovullagan cho'g'.
Bu qiz bilan ishim yo'q endi,
Bu qizning men bilan ishi yo'q...
Kel yuragim, bag'rimni o'yib,
Sevgimni suvlarga otamiz.
Maysalarga boshimni qo'yib,
Kapalak yopinib yotamiz.
✍ Muhammad Yusuf
@Muhammad_Yusuf_ijodi
ONAIZOR
_________________________________________
Ko‘nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo‘lsam bir kun axir tildan ham...
Agar bir zot yig‘lasa chin dildan ham —
Onam yig‘lar, onam yig‘lar, onam u...
_________________________________________
Sig‘may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo‘lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona —
Onam yig‘lar, onam yig‘lar, onam u...
_________________________________________
Tonar bo‘lsa qo‘limdagi tor, dunyo,
Uch kun o‘tmay unutgay do‘st-yor, dunyo.
Yeru ko‘kni titratib zor-zor, dunyo —
Onam yig‘lar, onam yig‘lar, onam u...
_________________________________________
Gulday kulib yurmasmidi o‘g‘lim deb,
Ko‘rib ko‘nglim to‘lmasmidi, o‘g‘lim deb,
Onang o‘lsa bo‘lmasmidi o‘g‘lim, deb
Onam yig‘lar, onam yig‘lar, onam u...
_________________________________________
Ko‘nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo‘lsam bir kun axir tildan ham.
Agar bir zot yig‘lasa chin dildan ham —
Onam yig‘lar, onam yig‘lar, onam u...
✍ Muhammad Yusuf
@Muhammad_Yusuf_Ijodi

SINGILLARIM
Ota uyda oʻtar umr tushdaygina,
Xudo sizga sabr bersin, singillarim.
Bir kun uchib ketarsizlar qushdaygina,
Xudo sizga sabr bersin, singillarim.
_________________________________
Koʻpga kelgan toʻyda – koʻngil soʻramaymiz,
Rostmi-yolgʻon, yigʻingizga qaramaymiz.
Ogʻa boʻlib hol soʻrashga yaramaymiz,
Xudo sizga sabr bersin, singillarim.
_________________________________
Siqilsangiz koʻz yosh topgan davlatingiz,
Beshik bilan boʻlar endi suhbatingiz.
Qizil gulday oʻtib ketar qiz paytingiz,
Xudo sizga sabr bersin, singillarim.
_________________________________
Baxtli boʻling Sizsiz dilda hikmat qayda
Ayol aziz boʻlmas joyda izzat qayda.
Ona yayrab yashamasa millat qayda,
Xudo sizga sabr bersin, singillarim.
_________________________________
Ota uyda oʻtar umr tushdaygina,
Xudo sizga sabr bersin, singillarim.
Bir kun uchib ketarsizlar qushdaygina,
Xudo sizga sabr bersin, singillarim.
_________________________________
✍ Muhammad Yusuf
👇👇👇
https://t.me/Muhammad_Yusuf_ijodi

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Osmonning oxiri
✍ Muhammad Yusuf
🎤 Feruzabonu
✍ Muhammad Yusuf
🎤 Feruzabonu
Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O’rta maktabni tugatgach, Respublika Rus tili va adabiyoti institutida o‘qib, uni 1978 yilda bitirdi. Shoir 1978-1980 yillarda Kitobsevarlar respublika jamiyatida, 1980-1986 yillarda «Toshkent oqshomi» gazetasida, 1986-1992 yillarda G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, 1992-1995 yillarda «O’zbekiston ovozi» gazetasida, O’zbekiston Axborot agentligida ishladi, 1995-1996 yillarda Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o‘qidi. 1997 yildan boshlab O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisi o‘rinbosari lavoshmida ishladi.
M. Yusuf O’zbekistondagi eng yosh xalq shoiri (1998) hisoblanadi. Uning dastlabki she’rlari «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» ro‘znomasida 1976 yilda chop etilgan edi. Bevaqt o‘lim shoirni oramizdan olib ketdi.
Kitoblari va she’rlari: «Tanish teraklar» (1985, birinchi to‘plami), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz» (1989), «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (1990), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992), «Osmonimga olib ketaman», «Kumush», «Kokilingni kim kesdi», «Aldov», «Turkman qiz», «Yur, Muhammad, ketdik bu yerdan», «Yolg‘onchi yor», «Qora quyosh» (doston) va boshq.
Muhammad Yusuf «Men o‘z bilganimdan qolmadim» she’rida she’r va shoirlikni shunday anglaydi.
Quvroq bo‘l deyishdi. Yolg‘on ham kerak,
Jindak xushomad ham, quloq solmadim.
Oqni oppoq ko‘rdim, qorani - qora
Men o‘z bilganimdan qolmadim.
Hozirgi davr o‘zbek milliy' adabiyotining ko‘zga ko‘ringan iste’dodli shoirlaridan biri Muhammad Yusufdir. U 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani, Qovunchi qishlog’ida oddiy oilada tavallud topdi. O’rta maktabni tugatgandan so‘ng respublika Rus tili va adabiyoti institutini (1978) tamomladi. 1978—1980 yillarda respublika Kitobsevarlar jamiyatida, 1980—1986 yillarda «Toshkent oqshomi» ro‘znomasida, 1986—1992 yillarda esa G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, hozir esa «O’zbekiston ovozi» ro‘znomasida faoliyat ko‘rsatmoqda.
U o‘nga yaqin she’riy to‘plamlarning, o‘nlab qo‘shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalb kirib ulgurgan. Uning dastlabki she’rlari birinchi bor «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» ro‘znomasida 1976 yilda chop etilgan. Shundan so‘ng «Tanish teraklar” (1985), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo” (1988), «Uyqudagi qiz» (1989) «Halima enam allalari” (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor” (1990), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992) kabi jozibali she’riy to‘plamlari nashr etildi. 1989 yilda esa «Uyqudagi qiz» nomli she’riy to‘plami uchun unga respublika Yoshlar mukofoti berildi.
U rostgo‘y shoir, halol va pokiza qalb egasi. Shuning uchun ham uning she’riyati butun ma’naviyatga to‘la, muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo‘shiq to‘qiydimi yoki tariximiz, taqdirimiz haqida kuylaydimi hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi. Uning she’rlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og’zaki ijodiga hamohang ko‘rinadi. Shoirnig «Mehr qolur» she’rini eslang-a:
O’tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Shoir she’riyati ham shunday. Mehringizda, qalbingizda qo‘shiq bo‘lib qoladi.
Ona diyor va istiqlol kuychisi
… Muhammad Yusuf noyob iste’dot egasi, odamlarni mehribon, sofdil, mard va kamtarin inson edi…
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Андижонда Муҳаммад Юсуф таваллудига атаб флешмоб санъат даражасида олинибди
26 апрель - Ўзбекистон халқ шоири Муҳаммад Юсуф таваллуд топган кун.
Сана муносабати билан Андижонда эл суйган шоирга бағишланган флешмоб суратга олинибди.
Унда турли соҳа вакиллари, таниқли актёрлар, олимпиа чемпионлари иштирок этишган.
Ғоя муаллифи - Kun.uz сайти мухбири Элмурод Эрматов. Режиссёр - Ғайрат Аҳмедов. Бўларканку мана!
Видеони кўриб қаттиқ таъсирландим. Биздан чиққан буюк шахслар борлигини ўйлаб ўзбеклигимдан фахрландим. Шоир таваллуд топган юрт Мархаматга кўп борганман. Ажойиб жойлар. Одамлари ҳам ғаройиб.
Ўзбек қишлоқларидан яна кўп интеллектуаллар чиқишига умид қиламан. Буюк шоир таваллуди билан ўзбек халқини табриклайман!
T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi

MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI pinned «Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O’rta maktabni tugatgach, Respublika Rus tili va adabiyoti institutida o‘qib, uni 1978 yilda bitirdi. Shoir 1978-1980 yillarda Kitobsevarlar…»
МУҲАММАД ЮСУФ ХОТИРАЛАРИ
Халқимизнинг ардоқли шоири Муҳаммад Юсуф 1954 йил 26 апрелда Марҳамат туманининг Қовунчи қишлоғида дунёга келган.
У ўзининг бетакрор, халқчил шеърлари билан миллионлаб мухлислар қалбини забт этган. Муҳаммад Юсуф ҳақиқий ижодкор, ростгўй инсон, ҳалол ва покиза қалб эгаси эди.
Қуйида шоирнинг яқинлари билан уюштирилган суҳбатни эътиборингизга ҳавола қиламиз:
Мадина Юсупова,
шоирнинг кенжа қизи.
- Мадина опа, дадангиз ҳақида ширин хотираларингизни ёдга олсангиз?
- Биласизми, дадажоним билан боғлиқ ширин хотираларим жуда кўп. Аксарият қизлар онаси билан сирлашса, бизнинг оилада акси эди. Дадамдан яширадиган ҳеч бир сиримиз бўлмаган. У киши фарзандларига меҳрибон ота бўлиш билан бир, энг яқин дўст ва сирдош ҳам бўла олганлар. Мен оилада кенжа фарзанд бўлганим учунми кўпинча дадам ўзи билан олиб юрарди. Отларга бўлган муҳаббат ҳам дадамдан ўтган бўлса керак, деб ўйлайман. Чунки жуда ёшлигимдан от мингани олиб борардилар. Ҳамиша ёмғир остида бирга сайр қилардик. Ёшликларида бўлиб ўтган ажойиб воқеаларни сўзлаб берардилар. Мен эса мириқиб тинглардим. Ҳар баҳор оиламиз билан Марҳаматга йўл олардик. Дадажонимнинг суюкли синглиси Муҳаббат аммамнинг уйларига тушар эдик. У киши жуда сариштали, пазанда аёл эдилар.
Дадам қишда бизларни чанага солиб учирар, ёш боладек қор бўрон ўйнардилар. Ҳаттоки боғчада, мактабда бўладиган кичик тадбирларда ҳам иштирок этиб, бизни қўллаб-қувватлаб турардилар. Бир куни онам: “Сизга нима зарил дадаси, ахир ишдан чарчаб келасиз, озгина дам олинг”, деганларида дадамнинг кўзида ёш қалқиб: “қўявер Нозжон, мен бу дунёдан ўтиб кетганимда қизларимни эслашга арзирли хотиралари бўлади”, дегандилар. Эслашга арзирли хуш дамларимиз жуда кўп бўлган. Дадажоним бу дунёдан ўтганларида мен 15 ёшли қизалоқ эдим. У билан ўтган шу қисқа фурсатда мен дадамдан асрларга татигулик меҳр-муҳаббат, эътибор кўрганман.
Назира ас-Салом,
шоиринг рафиқаси.
- Опажон, Муҳаммад Юсуф билан ўтган дамларингиз қандай кечган, қай тарзда танишгансизлар? Айтингчи, шоирнинг “Ижарада” номли шеъри айнан Сиз ҳақингизда ёзилганми?
- Муҳаммад ака билан бизларни қисмат учраштирди, десам тўғри бўлади. Негаки, мени илк марта кўрганларидаёқ ўртоқларига шу қизга уйланаман, деб айтган эканлар. Айтилган ҳар бир сўзнинг ҳаммаси ҳам амалга ошиб кетавермайди. Бу – қисмат.
Аллоҳга шукр, Муҳаммад ака билан 18 йил бирга бахтли ҳаёт кечирдик. 4 қизни вояга етказдик. Бир-биримизни яхши тушуниб яшадик.
Яна бир томони Муҳаммад акада аёлларга нисбатан ҳурмат-эътибор ҳамда уларга бўлган меҳр-оқибат, инсонийлик фазилатлари жуда ҳам кучли бўлган.
Энди “Ижарада” деб номланган шеърга келадиган бўлсак, бу асарнинг менга дахли йўқ. Чунки, ҳали у билан танишмасимиздан олдин ўзлари ижарада турганда ёзган бўлишлари мумкин.
Суҳбатдош:
Аббос СУЛТОНОВ.
Facebookdan

Telegram
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI
Bilaman, taxminan shunday o'ylaysiz,
Shoirlar devona, tuzalmaydilar.
Shoirning sevgisi o'tkinchi deysiz,
Shoirlar odamday sevolmaydilar...
𝘔𝘶𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢𝘥 𝘠𝘶𝘴𝘶𝘧
Guruximiz: @Muhammad_Yusuf_ijodii
Shoirlar devona, tuzalmaydilar.
Shoirning sevgisi o'tkinchi deysiz,
Shoirlar odamday sevolmaydilar...
𝘔𝘶𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢𝘥 𝘠𝘶𝘴𝘶𝘧
Guruximiz: @Muhammad_Yusuf_ijodii
Assalomu alaykum, azizlar.
Muhammad Yusuf qalamiga mansub yana bir dostonning mutolaasiga tayyormisizlar?!
@Muhammad_Yusuf_ijodi
Muhammad Yusuf qalamiga mansub yana bir dostonning mutolaasiga tayyormisizlar?!
@Muhammad_Yusuf_ijodi
Муҳаммад Юсуф тилидан
(Битилмаган сўнгги шеър)
ВИДО.
Ризқим узилганга ўхшайди, чоғи,
Излама, ҳеч қандай ташҳису, малҳам.
Тобора авжланар дарднинг ўчоғи,
Етолмасам керак Тошкентгача ҳам.
Тек қўй, кузатмагин, вужудим оғрир,
Элликқалъа деган юртда не гуноҳ
Ватаннинг шарқида туғилиб, охир,
Ғарбида ўлмоқни битибди, Аллоҳ!
Иғво тарқатманглар маза-бемаза,
Мабодо, юз берса бирор бир кор-ҳол.
Тошкентда очмасин, ҳеч қандай аза,
Сим қоққин, Абдулла Орифга дарҳол!
Тўхта, айтиб қолай, жон пишмасидан,
Ҳаммаси жойида: сейф, стол, палос...
Фақат Ёзувчилар уюшмасидан,
Бир варақ ариза қарзим бор, холос.
Айтганча, столим чап тортмасида,
Бир шоир йигитнинг қўлёзмаси бор.
Адашмасам, эди юртга қасида,
Шуни нашриётга-тақризга юбор.
Оғзим қурияпти, сув бер, бир қултум,
"Руҳ ўзин улфати жондан туймоқда".
Оҳ, ота бўлиб мен, нима ҳам кўрдим,
Юрагим куймоқда, ичим куймоқда!
Тўрт боламдан бирин менда кўнгли йўқ,
Нима қилай ахир, Худойим айтсин.
Назира ўгаймас, унинг ўғли йўқ,
Бобурга айтинглар, Дархонга қайтсин!
Шоирнинг шеърлари-тақдири, дерди,
Рости ишонмасдим, босмасди титроқ.
Наҳот, Роббим менга шундай дард берди,
Тақдирим бўлдими "Лолақизғолдоқ"!?
Жонсиз жигаримга ботмоқда тикан,
Қорайтириб борар юзларимни ғам.
Аслида, шеърларим пешонам экан,
Тўйин кўролмадим қизларимни ҳам.
Ўлсам, уч қизимга бўлади оғир,
Эҳтимол, улар ҳам қилишар тоқат.
Йиғлашиб, йиғлашиб кўнади охир,
Онамни кўндириб бўлмайди фақат!
Кор қилмайди унга ҳеч ҳимматингиз,
Ўзин адо қилар, жонини ея
Айтинг секингина-Муҳаммадингиз,
Кетди Муҳаммаднинг ёнига-дея.
Соат неччи бўлди, қош қорайдими,
Жонга тегди дерсан, шу шоири ҳам.
"Менга ҳаво етмас...", жон торайдими,
Бунча ҳаяллади, Азроили ҳам.
Келишин кутамиз энди начора,
Бир шоир жонида интиқоми бор.
Айтганча, уч кундан кейин, бечора,
Нозима қизимнинг имтиҳони бор.
Эҳ, нима бўлар-а, ректорга боргин,
Бир илтимос қилгин, учраб ўзига.
Тегса, тегибдида, ёрдами ахир,
Муҳаммад Юсуфнинг битта қизига.
Ана келаётир, ажал пишқириб,
Узмоқ бўлар ризқу-саодатимни.
Қайси бир сўзимда олар...ишқилиб,
Айтишга улгурай Шаҳодатимни.
Оҳ, нима дейсан-а, Назирамга айт,
Шўрликни ёз қолиб, қиши тушмасин.
Яна тилга чиқар, ўзим битган байт:
"Номард одамларга иши тушмасин!"
Унга шон керакмас, унвон керакмас,
Етади хилқату-хаёли деган.
Унвон бериб кетай мен унга, абас,
Муҳаммад Юсуфнинг аёли деган!
Ичим ачияпти Адабиётга,
Арзирли бўлмади, ўгитларим ҳам.
Сўзини муҳрлаб абадиятга,
Одам бўлармикан шогирдларим ҳам?
Биламан, ёзади қаламин ўпиб,
Сирожиддинлару, Азим Суюнлар.
Қўрқаман, қўшиқчи шоирлар қўпиб,
Босиб келмасмикан қаро қуюнлар!
Наҳот ўз-ўзимдан кўнглим тўлмаса,
Чала қолди сабоқ, бўлди энди кеч!
Фақат бир ўгитим: дарди бўлмаса,
Шогирдман демасин Муҳаммадга, ҳеч!
Муҳаммаддан иймон, Юсуфдан жамол,
Яшадим, лек шоир жисми билан, мен.
Гуноҳ ҳам қилганим ростдир, эҳтимол,
Икки пайғамбарнинг исми билан, мен!
Ўзи кечиргувчи, истиғфор айтгум,
Дариғ тутма мендан муҳаббатингни.
Ўзингдан яралдим, ўзингга қайтгум,
Ўзинг кечир содда Муҳаммадингни! "
ЎЛИМ НИМА, БУ ҲАМ БИТТА САЙР, ОНА,
ЎҒЛИНГ ҚАРО ЕРГА КЕТДИ ХАЙР, ОНА..."
Ўлмасбек Самарқандий.
2017 йил, 4-май. Марҳамат. Андижон.
PS: Бугун кун давомида сизга турли хил телеграм канал ва гуруҳларидан айнан мана шу шеъримнинг видеоси келган бўлса, ажабмас...
Илтимос, устоз Муҳаммад Юсуф ижодини тўғри талқин қилайлик! Энди сиз ҳам бу шеъримни ўзингиз билган барча канал ва гуруҳларга тарқатинг, зотан Муҳаммад Юсуф ижодига нисбатан берилаётган нотўғри талқинлар тўхтасин!
_____________________________
@Muhammad_Yusuf_ijodi
_____________________________
Manba:
t.me/Samarqandiy77 telegram kanali

89-yilda sovet armiyasida harbiy ustavga xilof ishlar natijasida 6527 askar Vataniga tobutda qaytgan😢
Bu insonni gaplariga tan berdim👍
Video 1990-yil aynan 26-aprelda olingan.
Bu insonni gaplariga tan berdim👍
Video 1990-yil aynan 26-aprelda olingan.
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI
89-yilda sovet armiyasida harbiy ustavga xilof ishlar natijasida 6527 askar Vataniga tobutda qaytgan😢 Bu insonni gaplariga tan berdim👍 Video 1990-yil aynan 26-aprelda olingan.
ARMON
(Аfgʼonistonda halok boʼlgan oʼzbek oʼgʼlonlari xotirasiga)
Hindikushdan taraladi bir nola,
Yuraklarni titratib zer-zir nola
Qarang, qonga botib yotar bir dala,
Mangu armon boʼlib ketgan oʼgʼlonlar.
Аlpomishday kelbatidan gapirmay,
Oʻn sakkiz yoshga ham kirib yo kirmay.
Oʻn gulidan bir guli ham ochilmay,
Umri xazon boʼlib ketgan oʼgʼlonlar.
Mehnatdan bosh koʼtarmagan dehqon el,
Urushdan hech koʼkarmagan, dehqon el.
Yoʼqlar sizni koʼzdan yoshin toʼkib sel,
Oʻqqa qalqon boʼlib ketgan oʼgʼlonlar.
Bir daryoga ulanmagan irmoqlar,
Bir qiz sochin silamagan barmoqlar,
Bir tuproqqa toʼkilgan qizgʼaldoqlar,
Bevaqt qurbon boʼlib ketgan oʼgʼlonlar.
Аslida-ku baringiz bir Oʻzbeksiz,
Bir yurt oʼgʻli, bir uzukka koʼzdeksiz,
Boʼgʼzimda tosh qotib qolgan soʼzdeksiz,
Mardi maydon boʼlib ketgan oʼgʼlonlar.
Bu dunyoda balki, bir onaning siz,
Tilab olgan yolgʼiz oʻgʻli edingiz,
Qaytmas boʼlib qaro yerga ketdingiz,
Mulki afgʻon boʼlib ketgan oʼgʼlonlar.
Botirmidi, Qodirmidi otingiz,
Qoldi dilga muhrlanib yodingiz.
Jaloliddin axir, sizning zotingiz,
Oʼzbekiston boʼlib ketgan oʼgʻlonlar!
Muhammad Yusuf
T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
(Аfgʼonistonda halok boʼlgan oʼzbek oʼgʼlonlari xotirasiga)
Hindikushdan taraladi bir nola,
Yuraklarni titratib zer-zir nola
Qarang, qonga botib yotar bir dala,
Mangu armon boʼlib ketgan oʼgʼlonlar.
Аlpomishday kelbatidan gapirmay,
Oʻn sakkiz yoshga ham kirib yo kirmay.
Oʻn gulidan bir guli ham ochilmay,
Umri xazon boʼlib ketgan oʼgʼlonlar.
Mehnatdan bosh koʼtarmagan dehqon el,
Urushdan hech koʼkarmagan, dehqon el.
Yoʼqlar sizni koʼzdan yoshin toʼkib sel,
Oʻqqa qalqon boʼlib ketgan oʼgʼlonlar.
Bir daryoga ulanmagan irmoqlar,
Bir qiz sochin silamagan barmoqlar,
Bir tuproqqa toʼkilgan qizgʼaldoqlar,
Bevaqt qurbon boʼlib ketgan oʼgʼlonlar.
Аslida-ku baringiz bir Oʻzbeksiz,
Bir yurt oʼgʻli, bir uzukka koʼzdeksiz,
Boʼgʼzimda tosh qotib qolgan soʼzdeksiz,
Mardi maydon boʼlib ketgan oʼgʼlonlar.
Bu dunyoda balki, bir onaning siz,
Tilab olgan yolgʼiz oʻgʻli edingiz,
Qaytmas boʼlib qaro yerga ketdingiz,
Mulki afgʻon boʼlib ketgan oʼgʼlonlar.
Botirmidi, Qodirmidi otingiz,
Qoldi dilga muhrlanib yodingiz.
Jaloliddin axir, sizning zotingiz,
Oʼzbekiston boʼlib ketgan oʼgʻlonlar!
Muhammad Yusuf
T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
Telegram
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI
Bilaman, taxminan shunday o'ylaysiz,
Shoirlar devona, tuzalmaydilar.
Shoirning sevgisi o'tkinchi deysiz,
Shoirlar odamday sevolmaydilar...
𝘔𝘶𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢𝘥 𝘠𝘶𝘴𝘶𝘧
Guruximiz: @Muhammad_Yusuf_ijodii
Shoirlar devona, tuzalmaydilar.
Shoirning sevgisi o'tkinchi deysiz,
Shoirlar odamday sevolmaydilar...
𝘔𝘶𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢𝘥 𝘠𝘶𝘴𝘶𝘧
Guruximiz: @Muhammad_Yusuf_ijodii
***
Qoʼlim tegmay toʼkildi gulim,
Suvga tushdi oqdiyu ketdi.
Omadim yoʼq ekan Sevgilim,
Boʼlsa ham bir boqdiyu ketdi.
Ayting-ayting, koʼnglimni soʼrab,
Lazzatlanmoq istar endi kim?..
Men sevgimni gulbargga oʼrab,
Kuyib ketgan jonimga koʼmdim.
Muhabbatim - mening shoh baytim,
Oqu qarosi sen koʼzimning.
Men dardimni osmonga aytdim,
Yulduzlarga bosib yuzimni.
Nechun endi gʻamgin nigohim,
Ayting bilmoq istagan kimdir?
Oftob mening bir chekkan ohim,
Oq yomgʻirlar koʼzyoshlarimdir...
Qoʼlim tegmay toʼkildi gulim,
Suvga tushdi, oqdiyu ketdi.
Omadim yoʼq ekan, sevgilim,
Boʼlsa ham bir boqdiyu ketdi.
✍ Muhammad Yusuf
@Muhammad_Yusuf_ijodi
Qoʼlim tegmay toʼkildi gulim,
Suvga tushdi oqdiyu ketdi.
Omadim yoʼq ekan Sevgilim,
Boʼlsa ham bir boqdiyu ketdi.
Ayting-ayting, koʼnglimni soʼrab,
Lazzatlanmoq istar endi kim?..
Men sevgimni gulbargga oʼrab,
Kuyib ketgan jonimga koʼmdim.
Muhabbatim - mening shoh baytim,
Oqu qarosi sen koʼzimning.
Men dardimni osmonga aytdim,
Yulduzlarga bosib yuzimni.
Nechun endi gʻamgin nigohim,
Ayting bilmoq istagan kimdir?
Oftob mening bir chekkan ohim,
Oq yomgʻirlar koʼzyoshlarimdir...
Qoʼlim tegmay toʼkildi gulim,
Suvga tushdi, oqdiyu ketdi.
Omadim yoʼq ekan, sevgilim,
Boʼlsa ham bir boqdiyu ketdi.
✍ Muhammad Yusuf
@Muhammad_Yusuf_ijodi
Sahibin qızı gəlir,
Səssiz girir, sakitcə çıxır.
Ürəyimi sındırır, gedir...
İndi çəksəm siqaretimdən
Güllərin qoxusu gəlir.
_____
Хўжайиннинг қизи келади,
Жим кириб, жим чиқиб кетади,
Юрагимни сиқиб кетади...
Энди чексам сигаретамдан
Атиргулни иси келади.
Do'stimiz Rahmat Bobojon Muhammad Yusuf she'rlaridan Ozor tiliga tarjimalar qilibdi.

Sahibin qızı gəlir, Səssiz girir, sakitcə çıxır. Ürəyimi sındırır, gedir... İndi çəksəm siqaretimdən Güllərin qoxusu gəlir. _____ Хўжайиннинг қизи келади, Жим кириб, жим чиқиб кетади, Юрагимни сиқиб кетади... Энди чексам сигаретамдан Атиргулни иси келади.…
Telegraph
Tarjima she'rlar.
Muhammad Yusuf hammamiz uchun sevimli shoir. Sodda kulgan, sodda yig‘lagan, sodda sevgan, soddagina yozgan, ammo, ammo degan bir joyi borki, samimiy, juda pok yozgan. She’r yozishni boshlagan havaskor borki, albatta Muhammad Yusufga o‘xshagisi keladi. Men…
Kundoshli uy
Mushtipar-u munglig' sensan,
Ko'zingda yoshlar shashqator.
Na beva, na qalliq sensan,
Oylar chiqib oylar bitta.
Xoh Kumush bo'l, xoh bo'l Zaynab,
Baxtliman deb aytolmaysan.
Kundoshli uyda sen yayrab
Yasholmaysan, yasholmaysan.
Bek bo'lmasa cho'pon - boring,
Bag'ri diling to'lsin ekan.
G'arib bo'lsa hamki yoring,
O'zingniki bo'lsin ekan.
Kundoshli uy vayronalar,
Osh o'rniga - ayron tatir.
Koshonang bo'lsa ham qasr,
G'amxonadir, g'amxonadir.
Xoh Kumush bo'l, xoh Zaynab,
Baxtliman deb aytolmayman.
Kundoshli uyda sen yayrab
Yasholmaysan, yasholmaysan.
Muhammad Yusuf
T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
Mushtipar-u munglig' sensan,
Ko'zingda yoshlar shashqator.
Na beva, na qalliq sensan,
Oylar chiqib oylar bitta.
Xoh Kumush bo'l, xoh bo'l Zaynab,
Baxtliman deb aytolmaysan.
Kundoshli uyda sen yayrab
Yasholmaysan, yasholmaysan.
Bek bo'lmasa cho'pon - boring,
Bag'ri diling to'lsin ekan.
G'arib bo'lsa hamki yoring,
O'zingniki bo'lsin ekan.
Kundoshli uy vayronalar,
Osh o'rniga - ayron tatir.
Koshonang bo'lsa ham qasr,
G'amxonadir, g'amxonadir.
Xoh Kumush bo'l, xoh Zaynab,
Baxtliman deb aytolmayman.
Kundoshli uyda sen yayrab
Yasholmaysan, yasholmaysan.
Muhammad Yusuf
T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
Telegram
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI
Bilaman, taxminan shunday o'ylaysiz,
Shoirlar devona, tuzalmaydilar.
Shoirning sevgisi o'tkinchi deysiz,
Shoirlar odamday sevolmaydilar...
𝘔𝘶𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢𝘥 𝘠𝘶𝘴𝘶𝘧
Guruximiz: @Muhammad_Yusuf_ijodii
Shoirlar devona, tuzalmaydilar.
Shoirning sevgisi o'tkinchi deysiz,
Shoirlar odamday sevolmaydilar...
𝘔𝘶𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢𝘥 𝘠𝘶𝘴𝘶𝘧
Guruximiz: @Muhammad_Yusuf_ijodii