MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI
7.93K subscribers
1.08K photos
333 videos
105 files
1.42K links
Bilaman, taxminan shunday o'ylaysiz,
Shoirlar devona, tuzalmaydilar.
Shoirning sevgisi o'tkinchi deysiz,
Shoirlar odamday sevolmaydilar...
𝘔𝘶𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢𝘥 𝘠𝘶𝘴𝘶𝘧

Guruximiz: @Muhammad_Yusuf_ijodii
Download Telegram
BIR QIZ YIG'LAR

Bir qiz yig'lar buloq boshida,
Ma'yus majnuntollar qoshida.
Ko'ngil ohi ko'zin yoshida :
Bevafo ko'p ekan dunyoda...

Nigohida oftoblari bor,
Nolishlarin javoblari bor,
So'ngan sevgi azoblari bor,
Bevafo ko'p ekan dunyoda...

Tovoniga tushgan kokillar,
Qizginaga qo'shilib yig'lar.
Bir so'z dilga sanchadi tig'lar-
Bevafo ko'p ekan dunyoda...

Dildan ko'chib ketsa xayollar,
Yomonga yo'q ekan jazolar.
Yolg'on dunyo ekan dunyolar,
Bevafo ko'p ekan dunyoda...

Ermak ekan endi Laylolar,
Majnun g'arib kezgan sahrolar
Ertak ekan Tohir-Zuhrolar,
Bevafo ko'p ekan dunyoda.

Bir qiz yig'lar buloq boshida,
Ma'yus majnuntollar qoshida.
Ko'ngil ohi ko'zin yoshida,
Bevafo ko'p ekan dunyoda.

Qo'y yig'lama, mening jon singlim,
Men ham sendek bag'ri qon singlim.
Menga ham yo'q mehribon, singlim.
Bevafo ko'p ekan dunyoda,
Muhabbat yo'q ekan dunyoda!


✍🏻Muhammad Yusuf


@muhammad_yusuf_ijodi
Бухоро шаҳри рамзи - Минораи Калон минораси.

@Muhammad_Yusuf_ijodi
ZEBI, ZEBI...
_______________________________
Suzilma oy osmonda,
Sendan to‘lin yuzlar bor.
Surxon degan tomonda
Oydan oydin qizlar bor.
_______________________________
Zebi deyman, Zebona,
Ishqingda men devona,
Bolalikda do‘st qizlar,
Bo‘yga yetgach — begona!..
_______________________________
Chog‘im yetmas chog‘lasam,
Oftob erir taftidan.
Kechagina xohlasam,
Suv ichardim kaftidan.
_______________________________
Zebi derdim, Zebona,
Ishqingda men devona.
Bolalikda do‘st qizlar,
Bo‘yga yetgach begona...
_______________________________
Na u menga elandi,
Na men unga qayrildim.
Do‘stim unga uylandi,
Do‘stimdan ham ayrildim.
_______________________________
Zebi dedim, Zebona,
Sevganim sen yagona.
Bolalikda sog‘ qizlar
Bo‘yga yetgach — devona!..
_______________________________
Muhammad Yusuf

@Muhammad_Yusuf_Ijodi
Baxt - bu abadiy davom etuvchi holatmas.
Muhammad Yusuf "menga hech bo‘lmasa kechgacha baxtli yurgan odamni topib bera olasizmi?"
deganda naqadar haq edi!..
Bilasizmi, baxt - soniyalarda mavjud! Baxt - aynan hozir mavjud!
Ayni soniyalardagi baxtingizdan bahra oling! Xotirangizga muhrlang!

@muhammad_yusuf_ijodi
Forwarded from MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI (Fazliddin Murod)
OʻZBEK HAQIDA BALLADA

Qiyosi yo'q uning mehri bir daryo,
O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek.
Boshqa millatlarni bilmadim, ammo,
Dunyoda bolam deb yashaydi O'zbek!
__________________________________
O'nta bo'lsa o'rni boshqa uning-chun,
O'g'lim otashimdan yaralgan uchqun.
Qizim parilardan chehrasi gulgun,
Qoshlari qalam deb yashaydi O'zbek!
__________________________________
Bir qo'lda belanchak, bir qo'lda Qur'on,
Bir yelkada ketmon, birida iymon.
Barchaga barobar bir oftobsimon,
Yashnasin olam deb yashaydi O'zbek!
__________________________________
Bobolari qaysi yigitlardan kam,
Momolari xushro'y yuzdan oshsa ham.
Zurriyotlari bo'lsa bitta uyga jam,
To'shak yetmay to'nin to'shaydi O'zbek!
__________________________________
Ehtirom etganga ehromlari bor,
Kekkayganga bo'yin egmaydi zinhor.
Beshik to'la jajji Islomlari bor,
Tosh o'tmas qo'rg'onga o'xshaydi O'zbek!
__________________________________
Qiyosin topdingmi aytgin Muhammad?
O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek.
Yomon she'r yozsang ham, betingdan o'pib,
Kam bo'lma bolam, deb yashaydi O'zbek!
__________________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri📚
@Muhammad_Yusuf_ijodi
DO‘PPI
__________________________________
Do‘ppi kiymay qo‘ydi odamlar,
Bir shoir, bir nosirdan boshqa.
Sochlar silliq,
Silliq qadamlar,
U og‘irlik qilyapti boshga...
__________________________
________
Rost do‘ppilar,
Yolg‘on do‘ppilar,
Kinolarda qolg‘on do‘ppilar.
Chust do‘ppilar,
Anjon do‘ppilar,
Munchoqdek Marg‘ilon do‘ppilar...
______________________
____________
Do‘ppi kiymay qo‘ydi odamlar,
Bir shoir, bir nosirdan o‘zga,
Men ham sizga berdim savollar,
Shlyapamni bostirib ko‘zga.
__________________
________________
Do‘ppi kiymay qo‘ydi odamlar,
Ko‘ngil esa ko‘rmoq tusaydi.
Madaniyat gullagan damlar,
Kallaga e’tibor susaydi.
______________
____________________
Do‘ppi kiymay qo‘ydi odamlar,
Na uyda va na ko‘chada.
Mirtemirlar, G‘afur G‘ulomlar
Yechgan do‘ppi qoldi tokchada...
__________
________________________
Bu qandayin ko‘rgulik savdo,
Do‘ppi kiymay qo‘ydi xaloyiq.
Boshga loyiq do‘ppi yo‘qdir yo —
Bosh qolmadi do‘ppiga loyiq.
______
____________________________
Muhammad Yusuf

@Muhammad_Yusuf_ijodi
TANISH TERAKLAR

Tanish terak. Ariq yoqasi.
Bo‘tana suv, shirin loyqa suv.
Tol ko‘chada otlar taqasi...
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga...
___________________
Yalpiz hidi tutgan dalalar,
Gapga chechan boqchaxolalar,
Belanchakda yotgan bolalar...
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga.
___________________
Tog‘ ortidan mo‘ralagan kun,
Shiyponlardan o‘rlagan tutun,
Tut shoxiga osilgan tugun...
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga.
___________________
O‘qariqdan yolg‘izoyoq yo‘l,
Menga ilhaq, menga mushtoq yo‘l,
O, qadrdon bir juft qadoqqo‘l...
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga.
___________________
Yog‘och eshik ochilar sekin...
Toshmehrman men juda, lekin
Hozir yig‘lavorishim mumkin —
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga...
___________________
Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh.
Azizlarim, barchangizga Qutlug' oy muborak bo'lsin.

@Fazliddin_Murod
TUG‘RUQXONADA
_____________________________________
Mana qanday ekan otalik baxti,
Turibman gullarim bilan panada.
Bir mahalla bo‘lg‘usi faylasuflar,
Olimlar chinqirar tug‘ruqxonada...

Aprel, aylanayin yalpizlaringdan,
Aylanayin osmon ko‘zlari zangor.
Dunyo bugun menga tuyuldi birdan,
Chaqaloqlardan ham mo‘min, beozor.

Hamshira imlaydi: keling yaqinroq,
Ana u, o‘g‘ilmi-qizmi bilmayman...
Oynadan termulib sochingni silayman,
Yuzingdan o‘paman dokadek oppoq.

Keyin jim ketaman ismlar izlab,
Taqdiringni o‘ylab yo‘qdir oromim.
Mayli o‘g‘ilmisan-qizmi bari bir,
Yulduzing yorug‘mi mening davomim?..

Tongim kulgu edi,
Shomim xavotir.
Dunyoda nima gap deya bo‘ylayman.
Atomlar asrida kun bo‘yi shod yurmoq -
Juda katta bir baxtligin o‘ylayman...

Yana sen yodimning oyinasida,
Qo‘lingda bolamiz — Mo‘min Chaqaloq.
Olam tinch. Xo‘rsinib sochingni silayman,
Yuzingdan o‘paman paxtadek oppoq.

Muhammad Yusuf

@Muhammad_Yusuf_Ijodi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Sog'inch" Muhammad Yusufni sog'inib
Gunohlardan poklanish oyi muborak....!
MAKTUB
_______________________________________
Sevgilim,
Sevgilim,
Og‘riydi dilim.
Jonim og‘riyverar sizni o‘ylasam.
Gulday yuzingizni silar endi kim,
Meni eslarmisiz — yo‘qmi o‘shal dam...
_______________________________________
Bulutlar ko‘k kezar kunda piyoda
Ufqqa oftob botar qizil gulxanday.
Armonim ekansiz yorug‘ dunyoda,
Sizni o‘ylamasdan yasharman qanday?
_______________________________________
Ko‘nglim ayvonida kuz hushtak chalar,
Ko‘zimdan yosh bo‘lib yog‘adi yaprok.
Do‘stlarim — takabbur shoirvachchalar
O‘zlarin sevishar yoridan ko‘proq.
_______________________________________
Kunlarning kaftida sevgi xanjari,
Bag‘rimda begunoh bir gul so‘ladi.
Toychoqqa aylanib goh kechalari.
Tuproqqa ag‘anab yotgim keladi!..
_______________________________________
Sevgilim,
Sevgilim,
Og‘riydi dilim.
Jonim yomon og‘rir sizni o‘ylasam.
Sunbul sochingizni silar endi kim,
Meni eslaysizmi-yo‘qmi o‘shal dam.
_______________________________________
Bilmayman.
Bilishni istamayman ham.
Bilganim — menga baxt nasib etmadi.
Yillar o‘taverdi, ko‘zim o‘ngidan,
Sizning oydek ruxsoringiz ketmadi...
_______________________________________
Dunyo omon bo‘lsin,
Siz bo‘ling omon,
Omadli bo‘ling siz.
Baxtli bo‘ling siz.
Lekin,
Bilib qo‘ying,
bilib qo‘ying, hamon
Sizni unutolmas Muhammadingiz!
_______________________________________
Muhammad Yusuf

@Muhammad_Yusuf_Ijodi
TALABALAR MADHIYASI
_________________________________________
Alp o‘g‘lonlar o‘lkasi bu ko‘hna Turon
Qalqonlari, qanotlari, ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari, ilm istang!

Taxtdan tushganda ham otdan tushmay yurgan,
Ajdodingiz uy qurmagan — Davlat qurgan.
Yurti uchun yelkasida tog‘lar surgan,
Rustamlari, Farhodlari, ilm istang.

Ko‘z ochgandan kezib yetti bahri ummon,
Yetti tilda so‘ylashgan biz tili biyron.
Vatanida Tojmahallar tiklar sulton —
Boburlari, Behzodlari, ilm istang.

Haq yo‘lida siz ilmning ummatlari,
Xalq yo‘lida hidoyati, himmatlari.
Madad bo‘lsin Yassaviyning hikmatlari,
Bobo Mashrab bayotlari, ilm istang.

Ilm istang, izingizdan ibrat yog‘sin,
Ixlosingiz, shahdingizdan shiddat yog‘sin.
Ortingizdan mag‘rur-mag‘rur millat yog‘sin
Mulki Turon najotlari, ilm istang!..

Alp o‘g‘lonlar o‘lkasidir O‘zbekiston,
Erkli elning qanotlari, ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari, ilm istang.
Muhammad Yusuf

@Muhammad_Yusuf_Ijodi
Forwarded from She'riyat sohillari (Fazliddin Murod)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Muhabbat oyatlari 2" filmi ikkinchisi ham yoqadi degan umiddaman.

(O'zbekcha subtitr tarjima)

T.me/Fazliddin_Murod
YOLG‘ONCHILAR
_________________________________________
Suluvlardan suluv bir qiz sochim silar,
Mening esa ko‘zlarimdan yosh tomchilar.
Sevaman deb aldar meni yolg‘onchilar,
Yuragimni yo‘lbarslarga yediraman.
_________________________________________
Bag‘ri-dilim kuydiradi yolg‘onlari,
Yonlariga chorlar mohi tobonlari.
Bo‘lsam agar men bitta qurbonlari,
Yuragimni yo‘lbarslarga yediraman.
_________________________________________
Ko‘hna dunyo, bu qizlaring buncha go‘zal,
Qarab tursam, ko‘klarda oy-kuncha go‘zal.
Qancha go‘zal bo‘lsa, aldar shuncha go‘zal!..
Yuragimni yo‘lbarslarga yediraman.
_________________________________________
Hozir ko‘zim yumamanu yerga yotib,
Yuragimni sug‘uraman qon yig‘latib.
Yo‘lbarschalar yesin uni kasirlatib —
Yuragimni yo‘lbarslarga yediraman.
_________________________________________
Kimni suysam suyganimdan kuygan dilim,
Ko‘z o‘ngimda bo‘laqolsin tilim-tilim.
Harom bo‘lsin muhabbatsiz ko‘rgan kunim,
Yuragimni yo‘lbarslarga yediraman!..
_________________________________________
Muhammad Yusuf

@Muhammad_Yusuf_Ijodi
Audio
Zahro Vafoqulova
Muhammad Yusufning "Uzr" she'ri