Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
🎤 Yahyobek Mo'minov - Begoyimlar (Bor Boʻlsin) (Video)
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
🎤 Yahyobek Mo'minov - Begoyimlar (Bor Boʻlsin) (Video)
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф
Voice message
BOR BO‘LSIN
________________________________________
Qiz bor uyning fayzi bo‘lak deydilar.
Jannat yo‘li — qiz bor yo‘lak deydilar.
O‘ngirimda o‘g‘lim yo‘q deb o‘ksimang,
Tog‘ bo‘lmasa qir ham tirgak deydilar.
________________________________________
Elning baxti botirlarga yor bo‘lsin.
Ominalar, Xolidalar bor bo‘lsin!..
Qiz yo‘q yurtga ko‘klamlar sep to‘sharmi?
Kelini yo‘q to‘ylar to‘yga o‘xsharmi?
________________________________________
Qiz borki, o‘lka omon, qo‘rg‘on but,
Qiz kutmasa yigit olov kecharmi?
Jonlar ilhaq, ilinjlar tumor bo‘lsin.
Ma’sudalar, Mahzunalar bor bo‘lsin.
________________________________________
Qizi yo‘qning oysiz xomush osmoni,
Qizi borning qasrdir xonadoni.
Shu munglig‘u shu mushtipar parvonang,
Yigit yo‘lning, qiz —ko‘ngilning sultoni.
________________________________________
Ota uyda har kuni bahor bo‘lsin,
Mavludalar, Ma’sumalar bor bo‘lsin!
Ey Muhammad, olti og‘a-ining bor,
Birda yaxshi, birda yomon kuning bor.
________________________________________
Bir kun boshing botar bo‘lsa bolishga,
Qizlaringdan yaqin yana kiming bor?!
Sovchilari eshigida zor bo‘lsin —
Nozimalar, Madinalar bor bo‘lsin.
________________________________________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
🎤 Yahyobek Moʻminov ijrosi

Forwarded from MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф
Muhammad Yusuf qalamiga mansub Yur Muhabbat sheʼrini qaysi honanda maromida ijro etgan? Siz qaysi honandaga ovoz berasiz?
Anonymous Poll
46%
Nuriddin Haydarov
17%
Sevara Nazarxon
9%
Alisher Fayz
13%
Farhod va Shirin
13%
Hojiakbar Haydarov
2%
Zoirjon Madrahimov
MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф
Voice message
IQROR
_________________________________________
O, ota makonim,
Onajon o‘lkam,
O’zbekiston, jonim to‘shay soyangga. Senday mehribon yo‘q,
Seningdek ko‘rkam.
Rimni alishmasman bedapoyangga.
_________________________________________
Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha qirlar,
Qancha yurtni ko‘rdim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
Tog‘laring ortimdan ergashib yurar.
_________________________________________
Ko‘rdim suluvlarning eng faranglarin.
Yo xudbinman men, yo bir sodda kasman men –
Parijning eng go‘zal restoranlarin
Bitta tandiringga alishmasman men.
_________________________________________
Na gapga ko‘nayin,
Na til bilayin,
Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan halovat -
Uch kunda sog‘insam nima qilayin,
Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat.
_________________________________________
Bildimki, baridan ulug‘i o‘zing,
Bildimki, yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tug‘ilgan qo‘zing,
Arab ohusidan azizroq menga.
_________________________________________
Sen bilan o‘tgan har kun bayramdir - bazm,
Sensiz bir on qolsam, vahmim keladi.
Seni bilganlarga qilaman ta’zim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi.
_________________________________________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
🎤 Muhammad Yusuf

MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф pinned «IQROR _________________________________________ O, ota makonim, Onajon o‘lkam, O’zbekiston, jonim to‘shay soyangga. Senday mehribon yo‘q, Seningdek ko‘rkam. Rimni alishmasman bedapoyangga. _________________________________________ Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir…»
Forwarded from MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф
JUMA kuni haqida...
_______________________________________
Rivoyat qilinishicha, Molik ibn Dinor zamonasida majusiy aka ukalar bo‘lib, biri olovga 73 yil, ikkinchisi esa 35 yil ibodat qilibdi. Kunlarning birida kichigi kattasiga: «Ey aka, mana falon yildan beri olovga ibodat qilyapmiz, keling, uni bir sinab ko‘ramiz. Agar bizni boshqa odamlarni kuydirgandek kuydirsa, unga ibodat qilmaymiz. Agar kuydirmasa, o‘lgunimizcha unga ibodat qilamiz», dedi. Keyin olov yoqishdi. «Birinchi bo‘lib sen qo‘lingni olovga tiq», dedi kattasi. Kichigi qo‘lini tiqqanida, olov uni kuydirdi. U qo‘lini tortib olib: «Ey olov, falon yildan beri senga ibodat qilyapman. Sen esa menga aziyat berding!» dedi va akasiga: «Ey aka, keling shunga ibodat qilmaylik», desa, akasi: «Men unga ibodat qilishni tark qilmayman», deb javob berdi. Ukasi olovga ibodat qilishni tashlab, Molik ibn Dinorning oldiga keldi. U va'z qilib turgan edi. Molik unga va ahli baytiga Islomni tushuntirgach, hammalari Islomga kirishdi. Molik unga: «Oldimga o‘tirgin, men senga do‘stlarimdan mol yig‘ib beraman», deganida u: «Men dinimni dunyo evaziga sotishni xohlamayman», deb qaytib ketdi. Shahardagi xarobalardan biriga borib, oilasi bilan birga u yerda qo‘nim topdi va Allohga ibodat qila boshladi. Tong otgach, ayoli: «Bozorga borib ishlang va yeyishga taom sotib oling», dedi. U bozorga bordi, ammo biron kimsa uni ishga olmadi. Shunda u o‘ziga: «Alloh uchun amal qilgin», dedi-da, masjidga kirib namoz o‘qiy boshladi. Kech kirgach, uyiga quruq qaytdi. «Biron narsa topmadingizmi?» deb xotini so‘raganida, u: «Bir odamnikida ishladim, u ish haqimni ertaga berishni va'da qildi», deb javob berdi. Ular kechani och holda o‘tkazishdi. Ertasi kuni yana shu holat takrorlandi. Kechasi uyiga hech narsasiz qaytdi. Xotini sababini so‘raganida kechagidek javob qildi. Uchinchi kuni - juma kuni ham bozorga bordi. Yana biror ish topolmadi. Masjidga borib, juma namozini o‘qigach, qo‘lini osmonga ko‘tarib, «Yo Parvardigor, bu dinning hurmati, bu kunning hurmati bilan so‘raymanki, qalbimdan ahli oilam nafaqasining g‘amini ko‘targin. Albatta, men ayolimdan hayo qilyapman va ularga ochlik g‘alaba qilib, akamning diniga qaytib ketishlaridan qo‘rqyapman», deb duo qildi. Shu payt bir kishi ularning eshigini taqillatdi. Ayoli chiqib qarasa, chiroyli yigit usti ro‘molcha bilan yopib qo‘yilgan oltindan yasalgan tovoqni qo‘lida ushlab turibdi. Yigit ayolga: «Buni olgin va eringga aytgin: «Bu eringning juma kuni Alloh uchun qilgan amalining haqqidir. Bu kundagi ozgina amalning ajri Allohning huzurida ko‘pdir», dedi. Ayol tovoqdagi ro‘molni olsa, unda ming dinor bor ekan. Bu dinorni olib zargarning oldiga bordi. Zargar uni o‘lchab ko‘rsa, dunyo oltinidan ikki barobar og‘ir ekan. Dinorning naqshlariga qarab bu dunyo dinorlaridan emasligini angladi. «Qaerdan olding?» deb so‘radi. Ayol bo‘lgan voqeani aytib berdi. Zargar ham Islomga kirdi va ayolga ming dinor berdi. Eri esa namoz o‘qib bo‘lgach, uyiga qaytdi. U ro‘moliga tuproq solib: «Xotinim un olib keldim, deyman», deb xayol qildi. Uyiga kirgach, taomning hidini sezdi. Ro‘molni eshikning oldida qoldirib, xotinidan bu hodisaning sirini so‘radi. Xotini bo‘lgan voqeani aytib berdi. Yigit bu ne'matlar uchun Allohga shukrona sajdasini qildi. Xotini undan: «Nima olib keldingiz?» deb so‘raganida u hijolat bo‘lib: «So‘ramagin», dedi. Xotini ro‘molni ochib qarasa, juma namozining hurmatidan tuproq unga aylanib qolgan edi.

SOG‘INCH SATRLARI
_________________________________________
Singlim mening,
Rangpargina singlim mening,
Seni kutar tor uyingda to‘qqiz bola,
Keng uyingda poyoni yo‘q dashtu dala,
Sen ko‘nikding,
Ko‘nikmas hech ko‘nglim mening...
_________________________________________
O, yonimda bir nozanin shod kuladi,
Unga hamma yozganlarim yod, kuladi.
Parvonadek jonimdan ming o‘rguladi,
Seni o‘ylab bag‘rim tilim-tilim mening.
_________________________________________
Shodon shahar sahargacha yalla aytar...
Olislarda qirda to‘zon — poda qaytar.
Yelinlari sutga to‘lgan bizning jaydar
Sigirimiz chiqmas kesib yo‘lim mening.
_________________________________________
Bu yerlarda bilishmaydi biya nima,
Adir nima, ang‘iz nima, qiya nima.
Akam shoir bo‘lib mendan kechdi dema,
Qo‘shiq aytsam bir yelkangda qo‘lim mening.
_________________________________________
Quyosh chiqar, quyosh botar, sog‘inaman,
Ko‘kragimda bir tosh yotar, sog‘inaman.
Tokay chiday bu judolik dog‘ina man,
Qani o‘sha qoziqdagi to‘nim mening!..
_________________________________________
Singlim mening,
Xushro‘ygina singlim mening.
Seni kutar tor uyingda to‘qqiz bola,
Keng uyingda poyoni yo‘q dashtu dala,
Sen ko‘nikding,
Ko‘nikmadi ko‘nglim mening.

SURAT
________________________
Mening kimligimni,
Bilmaydi hech kim.
Men bir g‘alatiman,
Men alohida.
________________________
Ko‘zimning yoshini
Keladi ichgim,
Tilimni chaynagim,
Kelar gohida.
________________________
Oy mening yelkamga
O‘tirib olgan,
Oftob g‘avg‘o solar
Yurgan yo‘limga.
________________________
Xayol tushovidan
Chiqolmay qolgan
Umrimni topshirib
Qo‘ydim ko‘nglimga.
________________________
Endi toshni tepsam,
O‘par izimni,
Yerga ag‘anasam —
Yer ham devona.
________________________
Barmog‘in o‘pgandim
Suygan qizimni,
Qo‘li yonib ketdi
Gurillab, mana.
________________________
Yondi,
Yonaverdi
Kokillari, so‘ng,
Charsillab yuragi
Yondi bearmon.
________________________
Yarmi yonib bo‘lgan
Ko‘ylagi bir yeng
Ishqning bayrog‘iga
Aylandi alvon!..
________________________
Va o‘pdim bayroqni
Men o‘sha alvon,
Olov tan,
Olov jon,
Olov his-havas.
________________________
Qizil cho‘g‘ to‘shalgan
Chimildiq tomon
Otdim men o‘zimni
Misli o‘tparast.
________________________
Uyg‘onsam — ko‘rpam kul,
Yig‘lar sevgilim.
Men seni yig‘la deb
Quchgan edimmi?
________________________
Ayiq bosgan gulday
Ezildi ko‘nglim,
Yovvoyi o‘rdakka
Berdim sevgimni!..
________________________
O‘rdak uchdi-ketdi,
Mung‘ayib qoldim.
Hayratim obketdi
Qanotida u.
________________________
Kim meni aldasa —
Xudoga soldim,
Mayli, aldanmasin,
Hayotida u.
________________________
Qoldim kulko‘rpamda
To‘shagim — tuproq.
Yumalab yotaman
Ilonlar bilan.
________________________
Ularga ishondim
Bir yordan ko‘proq,
Ilon chaqar,
Ammo
Gapirmas yolg‘on!..
________________________
Mening kimligimni
Bilmaydi hech kim.
Men bir g‘alatiman,
Men — alohida.
________________________
Kiyiklar qonini
Keladi ichgim,
Chayonni chaynagim
kelar gohida.
________________________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
________________________
Mening kimligimni,
Bilmaydi hech kim.
Men bir g‘alatiman,
Men alohida.
________________________
Ko‘zimning yoshini
Keladi ichgim,
Tilimni chaynagim,
Kelar gohida.
________________________
Oy mening yelkamga
O‘tirib olgan,
Oftob g‘avg‘o solar
Yurgan yo‘limga.
________________________
Xayol tushovidan
Chiqolmay qolgan
Umrimni topshirib
Qo‘ydim ko‘nglimga.
________________________
Endi toshni tepsam,
O‘par izimni,
Yerga ag‘anasam —
Yer ham devona.
________________________
Barmog‘in o‘pgandim
Suygan qizimni,
Qo‘li yonib ketdi
Gurillab, mana.
________________________
Yondi,
Yonaverdi
Kokillari, so‘ng,
Charsillab yuragi
Yondi bearmon.
________________________
Yarmi yonib bo‘lgan
Ko‘ylagi bir yeng
Ishqning bayrog‘iga
Aylandi alvon!..
________________________
Va o‘pdim bayroqni
Men o‘sha alvon,
Olov tan,
Olov jon,
Olov his-havas.
________________________
Qizil cho‘g‘ to‘shalgan
Chimildiq tomon
Otdim men o‘zimni
Misli o‘tparast.
________________________
Uyg‘onsam — ko‘rpam kul,
Yig‘lar sevgilim.
Men seni yig‘la deb
Quchgan edimmi?
________________________
Ayiq bosgan gulday
Ezildi ko‘nglim,
Yovvoyi o‘rdakka
Berdim sevgimni!..
________________________
O‘rdak uchdi-ketdi,
Mung‘ayib qoldim.
Hayratim obketdi
Qanotida u.
________________________
Kim meni aldasa —
Xudoga soldim,
Mayli, aldanmasin,
Hayotida u.
________________________
Qoldim kulko‘rpamda
To‘shagim — tuproq.
Yumalab yotaman
Ilonlar bilan.
________________________
Ularga ishondim
Bir yordan ko‘proq,
Ilon chaqar,
Ammo
Gapirmas yolg‘on!..
________________________
Mening kimligimni
Bilmaydi hech kim.
Men bir g‘alatiman,
Men — alohida.
________________________
Kiyiklar qonini
Keladi ichgim,
Chayonni chaynagim
kelar gohida.
________________________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
ONAMGA
______________________________________
Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Har baloni ko‘rib yorug‘ dunyoda,
Toshkanni ko‘rmagan bechora onam,
Bolang bo‘lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga o‘g‘il bo‘ldimmi!..
______________________________________
Garchi bisotingda «bayram» so‘zi yo‘q,
Bilaman, kutasan sandal to‘la cho‘g‘,
Menda yurak deganlarin o‘zi yo‘q:
Men sovg‘a bermagan qiz yo‘q bu oqshom,
Senga na gul berdim, na shirin kalom,
Endi men ham senga o‘g‘ilmi, onam?..
______________________________________
Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo‘qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi havas...
Axir, mening dardim She’r emas faqat,
Men mashhur shoirmas — mashhur beshafqat,
Endi men ham senga o‘g‘ilmanmi, ayt?..
______________________________________
Sha’ningga she’r bitdim. U seni topsin,
Poyingga tiz cho‘kib, qo‘lingni o‘psin.
Undan ham ulug‘im borligin ko‘rsin,
Men uchun ham aziz holingni so‘rsin,
Sensiz g‘arib ko‘nglim ko‘ngilmi, onam,
Endi men ham senga o‘g‘ilmi, onam

BAG‘ISHLOV
______________________________________
Bu shunday bevafo dunyo, bu hayot,
Tunda tug‘ishganing tongda yetti yot.
Balki taqdir shudir, balki shu qismat,
Bizdan rozi bo‘ling ruhi notinch zot.
______________________________________
Boringizda bizga bo‘ldingiz Ota,
Yo‘g‘ingizda yo‘qdan qidirdik xato.
Beayb Parvardigor, deydilar hatto,
Bizdan rozi bo‘ling ruhi notinch zot.
______________________________________
Hali tuprog‘ingiz sovimay turib
Ruhingiz qaqshatdik qabringiz surib.
Chig‘atoy tomonga ketdingiz yurib,
Bizdan rozi bo‘ling ruhi notinch zot.
______________________________________
Qabr uchun dildan joy topganlar boshqa
Qul bo‘lib shoh qo‘lin o‘pganlar boshqa,
O‘lganning ustidan tepganlar boshqa,
Bizdan rozi bo‘ling ruhi notinch zot.
______________________________________
Sizni alqaganlar bir xalq, bir dengiz
Sizni qarg‘aganlar jo‘ralaringiz.
Sizni ado qildi to‘ralaringiz,
Bizdan rozi bo‘ling ruhi notinch zot.
______________________________________
Sizni zolim desak ranjir adolat,
Farishta desak ham ko‘ngil xijolat.
Insonsiz — omadli, gohi beomad,
Bizdan rozi bo‘ling ruhi notinch zot.
______________________________________
Kim bo‘lmang sizdan shu yurt bizga meros,
Yo‘qchilik, to‘qchilik, ne bo‘lsa ro‘y-rost.
Endi tuproq sizni aylasin e’zoz,
Bizdan rozi bo‘ling ruhi notinch zot...
______________________________________
Shohlarga hamisha xushomad zomin,
Ko‘zin yog‘in yalab, sotarlar nomin.
She’rim ham tugadi, o‘zbekcha omin,
Bizdan rozi bo‘ling, ruhi notinch zot!

OQ TULPOR
___________________________
Oq tulporim bor edi,
Beklar unga zor edi.
Og‘aynilar, ot menga
Ham do‘stu ham yor edi.
___________________________
Yolin o‘psam tiz cho‘kib,
Kaftimdan suv ichardi.
Chuh, desam yer changitib,
Osmonlarga uchardi.
___________________________
Uyimizga bir oqshom,
Qarindoshlar to‘lishdi.
To‘y bahona otimdan
Ayirmoqchi bo‘lishdi.
___________________________
Otam, yigitsan, o‘g‘lim,
Uylanmasang, or, dedi.
Qiz yarashar quchoqqa,
Otga nima bor, dedi...
___________________________
Ot oldidan boshlandi
Chimildiqqa yo‘lakcha.
Kechir, yorim, na qilay,
Otga mehrim bo‘lakcha...
___________________________
Qoldim ikki o‘t aro,
Go‘shangada — dildorim.
Kelin kelgan kechadan
Arazladi tulporim.
___________________________
Bormi bizdek oshiqlar,
Bahorimda kuz yig‘lar.
Qizni o‘psam, ot yig‘lar,
Otni o‘psam, qiz yig‘lar.
___________________________
Bir bor o‘psam xotinni,
Uch bor o‘pdim otimni...
Jonni qiynab yashadim,
Kimga aytay dodimni.
___________________________
Yordan kechdim otni deb,
Elga bo‘ldim ermaklar.
Qaydan bilsin ot qadrin,
Ot minmagan erkaklar!?
___________________________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
🎤 Toshpoʻlat Matkarimov ijrosi
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
___________________________
Oq tulporim bor edi,
Beklar unga zor edi.
Og‘aynilar, ot menga
Ham do‘stu ham yor edi.
___________________________
Yolin o‘psam tiz cho‘kib,
Kaftimdan suv ichardi.
Chuh, desam yer changitib,
Osmonlarga uchardi.
___________________________
Uyimizga bir oqshom,
Qarindoshlar to‘lishdi.
To‘y bahona otimdan
Ayirmoqchi bo‘lishdi.
___________________________
Otam, yigitsan, o‘g‘lim,
Uylanmasang, or, dedi.
Qiz yarashar quchoqqa,
Otga nima bor, dedi...
___________________________
Ot oldidan boshlandi
Chimildiqqa yo‘lakcha.
Kechir, yorim, na qilay,
Otga mehrim bo‘lakcha...
___________________________
Qoldim ikki o‘t aro,
Go‘shangada — dildorim.
Kelin kelgan kechadan
Arazladi tulporim.
___________________________
Bormi bizdek oshiqlar,
Bahorimda kuz yig‘lar.
Qizni o‘psam, ot yig‘lar,
Otni o‘psam, qiz yig‘lar.
___________________________
Bir bor o‘psam xotinni,
Uch bor o‘pdim otimni...
Jonni qiynab yashadim,
Kimga aytay dodimni.
___________________________
Yordan kechdim otni deb,
Elga bo‘ldim ermaklar.
Qaydan bilsin ot qadrin,
Ot minmagan erkaklar!?
___________________________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
🎤 Toshpoʻlat Matkarimov ijrosi
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
🎤 Ohunjon Madaliyev - Fargʻonamning Parivashlari
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
🎤 Ohunjon Madaliyev - Fargʻonamning Parivashlari
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
🎤 Sardor Mamadaliyev - Fargʻonamning Parivashlari
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
🎤 Sardor Mamadaliyev - Fargʻonamning Parivashlari
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
🎤 Qilichbek Madaliyev - Fargʻonamning Parivashlari
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
🎤 Qilichbek Madaliyev - Fargʻonamning Parivashlari
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф
Voice message
O‘TINCH
_________________________________
Farg‘onamning parivashlari,
Ey, jonimning qarindoshlari,
Bo‘yningizga marvarid bo‘lsin,
Marjon-marjon ko‘zim yoshlari!..
_________________________________
Muhabbatdan aytishib o‘lan,
Quvalashib o‘sdik siz bilan.
Ketdim keyin bulutday ko‘chib,
Qaytay endi kaysi yuz bilan?..
_________________________________
Yodimda sof tuyg‘ularingiz,
Jaranglagan kulgularingiz.
Hayotimda bo‘lmasangiz ham,
Xayolimda yurdilaringiz.
_________________________________
Siz men uchun o‘sha-o‘sha sho‘x,
O‘sha-o‘sha erka bo‘ldingiz.
Qo‘rg‘onimga kelmasangiz ham,
Armonimga beka bo‘ldingiz.
_________________________________
O‘yin dedik bu yorug‘ olam,
O‘yin qildik muhabbatni ham.
Qizlar, o‘lan aytib gohida,
Eslab qo‘ying Muhammadni ham.
_________________________________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
🎤 Ohunjon Madaliyev ijrosi
🎤 Sardor Mamadaliyev ijrosi
🎤 Qilichbek Madaliyev ijrosi
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
_________________________________
Farg‘onamning parivashlari,
Ey, jonimning qarindoshlari,
Bo‘yningizga marvarid bo‘lsin,
Marjon-marjon ko‘zim yoshlari!..
_________________________________
Muhabbatdan aytishib o‘lan,
Quvalashib o‘sdik siz bilan.
Ketdim keyin bulutday ko‘chib,
Qaytay endi kaysi yuz bilan?..
_________________________________
Yodimda sof tuyg‘ularingiz,
Jaranglagan kulgularingiz.
Hayotimda bo‘lmasangiz ham,
Xayolimda yurdilaringiz.
_________________________________
Siz men uchun o‘sha-o‘sha sho‘x,
O‘sha-o‘sha erka bo‘ldingiz.
Qo‘rg‘onimga kelmasangiz ham,
Armonimga beka bo‘ldingiz.
_________________________________
O‘yin dedik bu yorug‘ olam,
O‘yin qildik muhabbatni ham.
Qizlar, o‘lan aytib gohida,
Eslab qo‘ying Muhammadni ham.
_________________________________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
🎤 Ohunjon Madaliyev ijrosi
🎤 Sardor Mamadaliyev ijrosi
🎤 Qilichbek Madaliyev ijrosi
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi