✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
🎙 Ozodbek Nazarbekov - Buramatol Bogʻda (2011)
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
🎙 Ozodbek Nazarbekov - Buramatol Bogʻda (2011)
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
ASAKALIK QIZGA
Buramatol bog‘da sizni ko‘rdim qaydanam,
Bir boqdimu bilmam nedir uzildi jondan,
Burgut edim bir kechada tushdim osmondan,
Buramatol bog‘da sizni ko‘rdim qaydanam.
__________________________________
Qiqirlashib qizlar o‘tar, sizdan darak yo‘q,
Qirq qiz ichra biz sog‘ingan qizdan darak yo‘q.
Qaylardasiz, bir ko‘rmoqdan o‘zga tilak yo‘q,
Buramatol bog‘da sizni ko‘rdim qaydanam.
__________________________________
Ahvolimni yo‘ying ana, nega yo‘ysangiz,
Ayb mendami, bir qayrilib ko‘nglim olsangiz,
Asakangiz ketmas-ku, bir kulib qo‘ysangiz...
Buramatol bog‘da sizni ko‘rdim qaydanam.
__________________________________
Bu qanday bog‘, tollari ham o‘sar buralib,
Butoq-butoq kokillarga qoldim o‘ralib,
Bag‘rim yonib yashar bo‘ldim, bag‘rim to‘g‘ralib,
Buramatol bog‘da sizni ko‘rdim qaydanam.
__________________________________
Kuya-kuya ketar bo‘ldim, sizni topolmay,
Kulbamda bir yelkangizga ro‘mol yopolmay,
Kumushdayin xolingizdan bitta o‘polmay,
Buramatol bog‘da sizni ko‘rdim qaydanam.
__________________________________
Endi faqat eslash boru indash yo‘q sizga,
Endi men ham o‘xshab qoldim bir akangizga,
Erka kelin bo‘ling endi Asakangizga,
Buramatol bog‘da sizni ko‘rdim qaydanam.
__________________________________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
🎙 Ozodbek Nazarbekov ijrosi
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Buramatol bog‘da sizni ko‘rdim qaydanam,
Bir boqdimu bilmam nedir uzildi jondan,
Burgut edim bir kechada tushdim osmondan,
Buramatol bog‘da sizni ko‘rdim qaydanam.
__________________________________
Qiqirlashib qizlar o‘tar, sizdan darak yo‘q,
Qirq qiz ichra biz sog‘ingan qizdan darak yo‘q.
Qaylardasiz, bir ko‘rmoqdan o‘zga tilak yo‘q,
Buramatol bog‘da sizni ko‘rdim qaydanam.
__________________________________
Ahvolimni yo‘ying ana, nega yo‘ysangiz,
Ayb mendami, bir qayrilib ko‘nglim olsangiz,
Asakangiz ketmas-ku, bir kulib qo‘ysangiz...
Buramatol bog‘da sizni ko‘rdim qaydanam.
__________________________________
Bu qanday bog‘, tollari ham o‘sar buralib,
Butoq-butoq kokillarga qoldim o‘ralib,
Bag‘rim yonib yashar bo‘ldim, bag‘rim to‘g‘ralib,
Buramatol bog‘da sizni ko‘rdim qaydanam.
__________________________________
Kuya-kuya ketar bo‘ldim, sizni topolmay,
Kulbamda bir yelkangizga ro‘mol yopolmay,
Kumushdayin xolingizdan bitta o‘polmay,
Buramatol bog‘da sizni ko‘rdim qaydanam.
__________________________________
Endi faqat eslash boru indash yo‘q sizga,
Endi men ham o‘xshab qoldim bir akangizga,
Erka kelin bo‘ling endi Asakangizga,
Buramatol bog‘da sizni ko‘rdim qaydanam.
__________________________________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
🎙 Ozodbek Nazarbekov ijrosi
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Bunga Nima deysizlar😅🤷🏽♂
Soʻzlari Ozodbek Nazarbekov qalamiga mansub ekan(mush)!
Ozodbek Nazarbekov Youtubedagi 7mln obunachisi bor Rizanova Uz kanaliga qoʻydirgan.
Ehhh...
Soʻzlari Ozodbek Nazarbekov qalamiga mansub ekan(mush)!
Ozodbek Nazarbekov Youtubedagi 7mln obunachisi bor Rizanova Uz kanaliga qoʻydirgan.
Ehhh...
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
🎙 Muhriddin Holiqov - Suzilma oy (1995-1999-yillar oraligʻi)
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
🎙 Muhriddin Holiqov - Suzilma oy (1995-1999-yillar oraligʻi)
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
ZEBI, ZEBI...
Suzilma oy osmonda,
Sendan to‘lin yuzlar bor.
Surxon degan tomonda
Oydan oydin qizlar bor.
___________________________
Zebi deyman, Zebona,
Ishqingda men devona,
Bolalikda do‘st qizlar,
Bo‘yga yetgach — begona!..
___________________________
Chog‘im yetmas chog‘lasam,
Oftob erir taftidan.
Kechagina xohlasam,
Suv ichardim kaftidan.
___________________________
Zebi derdim, Zebona,
Ishqingda men devona.
Bolalikda do‘st qizlar,
Bo‘yga yetgach begona...
___________________________
Na u menga elandi,
Na men unga qayrildim.
Do‘stim unga uylandi,
Do‘stimdan ham ayrildim.
___________________________
Zebi dedim, Zebona,
Sevganim sen yagona.
Bolalikda sog‘ qizlar
Bo‘yga yetgach — devona!..
___________________________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
🎙 Muhriddin Holiqov ijrosi
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Suzilma oy osmonda,
Sendan to‘lin yuzlar bor.
Surxon degan tomonda
Oydan oydin qizlar bor.
___________________________
Zebi deyman, Zebona,
Ishqingda men devona,
Bolalikda do‘st qizlar,
Bo‘yga yetgach — begona!..
___________________________
Chog‘im yetmas chog‘lasam,
Oftob erir taftidan.
Kechagina xohlasam,
Suv ichardim kaftidan.
___________________________
Zebi derdim, Zebona,
Ishqingda men devona.
Bolalikda do‘st qizlar,
Bo‘yga yetgach begona...
___________________________
Na u menga elandi,
Na men unga qayrildim.
Do‘stim unga uylandi,
Do‘stimdan ham ayrildim.
___________________________
Zebi dedim, Zebona,
Sevganim sen yagona.
Bolalikda sog‘ qizlar
Bo‘yga yetgach — devona!..
___________________________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
🎙 Muhriddin Holiqov ijrosi
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Shoirimiz qalamiga mansub eng yoqtirgan sheʼringizni 4 qatorini yozib qoldiringlar!👇
https://t.me/+RGA_ptN7jX2i0JJH
https://t.me/+RGA_ptN7jX2i0JJH
NE QILAY
Koʻzimdagi yoshlar tugar ham,
Yovlar otgan toshlar tugar ham.
Kakligi jim, qumrisi mulzam,
Bulbuli yoʻq bogʻni na qilay.
____________________________
Dunyo toʻqir har kun bahona,
Kunlaring qaytgay deb shahona.
Peshona shu ekan, peshona,
Devonaman, sogʻni na qilay.
____________________________
Goh oydin, goh oysizdir samo,
Hayot jumboq, hayot muammo.
Shukr, sozim bagʻrimda ammo,
Zoye ketgan chogʻni na qilay.
____________________________
Toʻrgʻayni sor olganin koʻrdim,
Mayna gʻijjak chalganin koʻrdim,
Qoʻshiq yetim qolganin koʻrdim,
Koʻksimdagi dogʻni na qilay.
____________________________
Sen bor - men qad koʻtargan edim,
Elim, sen bor, koʻkargan edim.
Uzrim bilan qoshingga keldim,
Sensiz oltin togʻni na qilay.
____________________________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Koʻzimdagi yoshlar tugar ham,
Yovlar otgan toshlar tugar ham.
Kakligi jim, qumrisi mulzam,
Bulbuli yoʻq bogʻni na qilay.
____________________________
Dunyo toʻqir har kun bahona,
Kunlaring qaytgay deb shahona.
Peshona shu ekan, peshona,
Devonaman, sogʻni na qilay.
____________________________
Goh oydin, goh oysizdir samo,
Hayot jumboq, hayot muammo.
Shukr, sozim bagʻrimda ammo,
Zoye ketgan chogʻni na qilay.
____________________________
Toʻrgʻayni sor olganin koʻrdim,
Mayna gʻijjak chalganin koʻrdim,
Qoʻshiq yetim qolganin koʻrdim,
Koʻksimdagi dogʻni na qilay.
____________________________
Sen bor - men qad koʻtargan edim,
Elim, sen bor, koʻkargan edim.
Uzrim bilan qoshingga keldim,
Sensiz oltin togʻni na qilay.
____________________________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
🎙 Gʻiyos Boytoyev - Koʻngil uzmoq oson emas (2010)
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
🎙 Gʻiyos Boytoyev - Koʻngil uzmoq oson emas (2010)
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
OSON EMAS
Mening sevgim, mening gʼussam,
Sendan qanday koʼngil uzsam.
Ishon soʼzim yolgʼon emas,
Koʼngil uzmoq oson emas.
__________________________
Mening Majnun holimga boq -
Koʼzimning yoshlari irmoq.
Qiyin emas koʼngil bermoq,
Koʼngil uzmoq oson emas.
__________________________
Kecha biz shod edik hay-hay,
Goʼyo bizdan boʼlak yoʼqday.
Xayr deyman, senga qanday?
Koʼngil uzmoq oson emas.
__________________________
Kecha baxtli edik, jonim,
Qumlardan uy qurdik, jonim.
Qanday uyni buzdik, jonim,
Koʼngil uzmoq oson emas.
__________________________
Degaylar bu bir kam dunyo,
Omonat goh, mubham dunyo.
Uzilsa jon ne gʼam, ammo,
Koʻngil uzmoq oson emas!..
__________________________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
🎙 Gʻiyos Boytoyev ijrosi
❗️Mubham - yashirin, noaniq; shubhali.
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Mening sevgim, mening gʼussam,
Sendan qanday koʼngil uzsam.
Ishon soʼzim yolgʼon emas,
Koʼngil uzmoq oson emas.
__________________________
Mening Majnun holimga boq -
Koʼzimning yoshlari irmoq.
Qiyin emas koʼngil bermoq,
Koʼngil uzmoq oson emas.
__________________________
Kecha biz shod edik hay-hay,
Goʼyo bizdan boʼlak yoʼqday.
Xayr deyman, senga qanday?
Koʼngil uzmoq oson emas.
__________________________
Kecha baxtli edik, jonim,
Qumlardan uy qurdik, jonim.
Qanday uyni buzdik, jonim,
Koʼngil uzmoq oson emas.
__________________________
Degaylar bu bir kam dunyo,
Omonat goh, mubham dunyo.
Uzilsa jon ne gʼam, ammo,
Koʻngil uzmoq oson emas!..
__________________________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
🎙 Gʻiyos Boytoyev ijrosi
❗️Mubham - yashirin, noaniq; shubhali.
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TAQDIR
Chaqmoq chaqib, qaro osmonda.
Kimlarnidur qo'rqitgan yomg'ir.
Qolsam alam ichra zamonda.
Ko'z yoshimni berkitgan yomg'ir.
______________________________
Yig'laganim yetadi meni.
Sen yig'lama, kulib ket yomg'ir.
Tutib turay senga ko'ksimni.
Dardlarimni yuvib ket yomg'ir.
______________________________
Oqib tushding tarnovlarimdan.
Sajdagoxim tavoblaridan.
Gunoxim ko'p savoblarimdan.
Gunoxlarim yuvib ket yomg'ir.
______________________________
Yuzimga yog', kaftlarimga yog'.
Qalbimga yog' dardlarimga yog'.
Alamlar alanga, yurak to'la dog'
Yuragimni yuvib ket yomg'ir.
______________________________
Yopib qo'yolmadim o'tmish darchasin.
Doim ezaverar qalbim parchasin.
Xotiralar barcha barchasin.
Bitta qo'ymay yuvib ket yomg'ir.
______________________________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Chaqmoq chaqib, qaro osmonda.
Kimlarnidur qo'rqitgan yomg'ir.
Qolsam alam ichra zamonda.
Ko'z yoshimni berkitgan yomg'ir.
______________________________
Yig'laganim yetadi meni.
Sen yig'lama, kulib ket yomg'ir.
Tutib turay senga ko'ksimni.
Dardlarimni yuvib ket yomg'ir.
______________________________
Oqib tushding tarnovlarimdan.
Sajdagoxim tavoblaridan.
Gunoxim ko'p savoblarimdan.
Gunoxlarim yuvib ket yomg'ir.
______________________________
Yuzimga yog', kaftlarimga yog'.
Qalbimga yog' dardlarimga yog'.
Alamlar alanga, yurak to'la dog'
Yuragimni yuvib ket yomg'ir.
______________________________
Yopib qo'yolmadim o'tmish darchasin.
Doim ezaverar qalbim parchasin.
Xotiralar barcha barchasin.
Bitta qo'ymay yuvib ket yomg'ir.
______________________________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Daholarning koʻpi uzoq umr koʻrmaydi deyishadi. Ammo Muhammad Yusuf to oʻzbek degan xalq bor ekan, abadiy yashashiga shubha yoʻq. Buyuklar tirikligida koʻpam qadr topmaydi degan gap bor. Lekin Muhammad Yusuf hayotligida podshoyu faqirdan cheksiz eʼzozu hurmat topgan erka taqdir egasi. Bugun ham uning nomi, sheʼrlari tildan tushmaydi. Bugun u tugʻilgan qishloq muxlislar sayilgohiga aylangan, qizgʻaldoqqa koʻmilgan qabri sheʼrparastlar uchun ziyoratgoh.
Shoirlar yurtining feruza gumbaziga qanotlarini tegizib qaldirgʻochlar charx uradi. Qayrilma qanotlar toʻlqinidan mavjlanib, jonbaxsh navo ufqlarga taraladi:
“Men dunyoni nima qildim, Oʻzing yorugʻ jahonim...”
Yuraklar birlashadi, dunyo kengaya boshlaydi. Koʻngillarni allaqanday quvonch chulgʻaydi. Millatlar, elatlar... bir tanu bir jon boʻladi.
“Ulugʻimsan, Vatanim!” deb avjini oladi faxriyor el.
“Sen shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim...” — deb shivirlayman men.
✍ Iqbol Mirzo
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Shoirlar yurtining feruza gumbaziga qanotlarini tegizib qaldirgʻochlar charx uradi. Qayrilma qanotlar toʻlqinidan mavjlanib, jonbaxsh navo ufqlarga taraladi:
“Men dunyoni nima qildim, Oʻzing yorugʻ jahonim...”
Yuraklar birlashadi, dunyo kengaya boshlaydi. Koʻngillarni allaqanday quvonch chulgʻaydi. Millatlar, elatlar... bir tanu bir jon boʻladi.
“Ulugʻimsan, Vatanim!” deb avjini oladi faxriyor el.
“Sen shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim...” — deb shivirlayman men.
✍ Iqbol Mirzo
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
MАHZUNA
Buncha maʼyus, hazinsan,
Koʼnglingda ne ozoring:
Oʻn sakkizga toʼlsang ham
Yoʼqlamasmi bahoring?
______________________
Mahzuna qiz, Mahzuna,
Boychechakdan maʼsuma.
Silab sumbul sochingni
Bahor kelar, oʼksima.
______________________
Pok qizlarning baxtini
Oʼzi ochar Xudoyim.
Gulga qoʼshib boshidan
Oltin sochar Xudoyim.
______________________
Mahzuna qiz, Mahzuna,
Аtirguldan maʼsuma.
Erta-indin yor-yorga
Uying toʼlar, oʼksima.
______________________
Oq roʼmolda oydek sen
Chimildiqqa kirarsan.
Koʼngil uchun shunchaki
Koʼz yoshi ham qilarsan.
______________________
Mahzuna qiz, Mahzuna,
Binafshadan maʼsuma.
Qirq qozon osh damlanib
Toʼying boʼlar, oʼksima.
______________________
Sening toʼying menga oʼy -
Taqdir ekan, netarman.
Balki shu kun tonggacha
Oʼzim qoʼshiq aytarman.
______________________
Mahzuna qiz, Mahzuna,
Qizgʼaldoqdan maʼsuma.
Muhammading tutingan
Otang boʼlar, oʼksima.
______________________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Buncha maʼyus, hazinsan,
Koʼnglingda ne ozoring:
Oʻn sakkizga toʼlsang ham
Yoʼqlamasmi bahoring?
______________________
Mahzuna qiz, Mahzuna,
Boychechakdan maʼsuma.
Silab sumbul sochingni
Bahor kelar, oʼksima.
______________________
Pok qizlarning baxtini
Oʼzi ochar Xudoyim.
Gulga qoʼshib boshidan
Oltin sochar Xudoyim.
______________________
Mahzuna qiz, Mahzuna,
Аtirguldan maʼsuma.
Erta-indin yor-yorga
Uying toʼlar, oʼksima.
______________________
Oq roʼmolda oydek sen
Chimildiqqa kirarsan.
Koʼngil uchun shunchaki
Koʼz yoshi ham qilarsan.
______________________
Mahzuna qiz, Mahzuna,
Binafshadan maʼsuma.
Qirq qozon osh damlanib
Toʼying boʼlar, oʼksima.
______________________
Sening toʼying menga oʼy -
Taqdir ekan, netarman.
Balki shu kun tonggacha
Oʼzim qoʼshiq aytarman.
______________________
Mahzuna qiz, Mahzuna,
Qizgʼaldoqdan maʼsuma.
Muhammading tutingan
Otang boʼlar, oʼksima.
______________________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
#Premyera
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
🎙 Vohid Abdulhakim - Tushlarimga kir (2022)
"TUSHLARIMGA KIR" Sheʼrini
➡️ oʻqish uchun!
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
🎙 Vohid Abdulhakim - Tushlarimga kir (2022)
"TUSHLARIMGA KIR" Sheʼrini
➡️ oʻqish uchun!
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
URUSH BOʻLMASIN
Dunyo-dunyo boʼlib yaraldi qachon,
Hayot ohanglari taraldi qachon.
Zulmat yorugʼlikni koʼroldi qachon…
Nima boʼlsa boʼlsin, urush boʼlmasin.
_________________________
Bahor kelganini bilmasam mayli,
Qirlarda lolalar termasam mayli.
Mayli, xandon kulib yurmasam mayli,
Nima boʼlsa boʼlsin, urush boʼlmasin.
_________________________
Balki umrim uzun, balki qisqadir,
Mayli, bilmay huzur, halovat nadir.
Mayli, mehnat qilsam - topmasam qadr,
Nima boʼlsa boʼlsin, urush boʼlmasin.
_________________________
Nahot gʼanim bilsa odam odamni,
Kuydirib kul qilsa yorugʼ olamni?
Men kimga ishondim aziz bolamni -
Nima boʼlsa boʼlsin, urush boʼlmasin.
_________________________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Dunyo-dunyo boʼlib yaraldi qachon,
Hayot ohanglari taraldi qachon.
Zulmat yorugʼlikni koʼroldi qachon…
Nima boʼlsa boʼlsin, urush boʼlmasin.
_________________________
Bahor kelganini bilmasam mayli,
Qirlarda lolalar termasam mayli.
Mayli, xandon kulib yurmasam mayli,
Nima boʼlsa boʼlsin, urush boʼlmasin.
_________________________
Balki umrim uzun, balki qisqadir,
Mayli, bilmay huzur, halovat nadir.
Mayli, mehnat qilsam - topmasam qadr,
Nima boʼlsa boʼlsin, urush boʼlmasin.
_________________________
Nahot gʼanim bilsa odam odamni,
Kuydirib kul qilsa yorugʼ olamni?
Men kimga ishondim aziz bolamni -
Nima boʼlsa boʼlsin, urush boʼlmasin.
_________________________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
🎙 Seero7 va InTerra - Uyqudagi Qiz (2021)
Rap yoʻnalishida aytilgan ushbu Qoʻshiqqa fikringiz qanday?🤔
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
🎙 Seero7 va InTerra - Uyqudagi Qiz (2021)
Rap yoʻnalishida aytilgan ushbu Qoʻshiqqa fikringiz qanday?🤔
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi