This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MuhammadYusufIzdoshlari
Andijon Viloyati Bo'ston tumani 26-maktab 1-sinf o'quvchisi Erkinova Muslimaxon - Andijon
ANDIJON Sheʼrini oʻqish uchun
➡️ https://t.me/Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi/1258
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi

Muhammad Yusuf Xotirasiga Bagʻishlanadi!
______________________________________
Muhammad Yusufning sen qadrdoni
Saratonda boshiga sen soyaboni
Uning yonida sen, sen sharaf shoni
Eding bagʻri alvon lolaqizgʻaldoq!
______________________________________
Mitti joning uchun achinguvchi kim
Muhammad Yusufdan boshqa bir hech kim
Shoir qabri uzra hiqqilab sen jim
Koʻz yoshlari daryo lolaqizgʻaldoq!
______________________________________
Dardu alamlardan dili boʻzlardi
Koʻnglidagi dardin senga soʻzlardi
Hatto uni koʻrib oy suzulardi
Qani oʻsha chehra lolaqizʼaldoq!
______________________________________
Mitti yaprogʻingni yuziga bosib
Sen haqingda koʻplab ashorlar yozib
Maysadek sochlari yurardi yozib
Qani hassos shoir lolaqizgʼaldoq!
______________________________________
Uning yolgʻiz boshi sigʻmay olamga
Seni aylantirsam derdi odamga
Soʻzlari burkangan edi alamga
Oʻsha oxang qani lolaqizgʻaldoq!
______________________________________
Hatto oydan seni, seni soʻrardi
Tushlarida har kun seni koʻrardi
Tirik boʻlganida davron surardi
Diydor gʻanimatdur lolaqizgʻaldoq!
______________________________________
Murgʻak vujudingni shamoldan asrar
Yaprogʻingga hatto qondirmas haslar
Ziyon bermasin der senga nokaslar
Mehriboning qani Lolaqizgʻaldoq!

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Xalq Shoiri Muhammad Yusufning Turmush oʻrtogʻi Nazira as-Salom bilan Suhbat (Video)
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Muhammad Yusuf Xotirasiga bagʻishlanadi (Men dunyoga yana qaytaman)
_________________________________
O'tkinchidir umr ham, vaqt ham,
Har qandayin omad-u baxt ham,
Mansab, davlat va toj-u taxt ham,
Men dunyoga yana qaytaman.
_________________________________
Bulbullarning nag'ma, soʼzida,
Irmoqlarning sho'x ovozida,
Oshiq ko'ngillarning rozida
Men dunyoga yana qaytaman.
_________________________________
Qir-adirda gul-lola bo'lib,
Yo ko'kdagi hilola bo'lib,
Tag'in g'azalxon bola bo'lib
Men dunyoga yana qaytaman.
_________________________________
"O'ldi,"- desa qaysidir nodon,
Xato qilar, so'zim begumon.
Kimdir she'rim o'qigan zamon
Men dunyoga yana qaytaman.
_________________________________
Qolib ketmay mangu qabrda,
Bosh ko'tarib nayson abrday,
Hech bo'lmasa Sahro Kabirda
Men dunyoga yana qaytaman.
_________________________________
Qudratidan jon olib so'zning,
Tuproq ichra yo'qotib o'zni.
Nafasida har bir xofizning
Men dunyoga yana qaytaman.
_________________________________
Men dunyoga qaytmayin nechun,
Gard ko'rgaymi men bilan Ochun.
Tiriklikni kuylamoq uchun
Men dunyoga yana qaytaman.
_________________________________
Xayolimda Muhammad Yusuf
Qabri uzra bir epkin esib,
Qulog'imga shivirlar o'ksib:
- Men dunyoga yana qaytaman.
- Men dunyoga yana qaytaman.
_________________________________
✍ Maqsuda Karimova
🎤 Navoiy viloyati Navoiy shahar Qodirova Durdona ijrosi

Muhammad Yusuf Xotirasiga bagʻishlanadi
Nukus davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 1- kurs talabasi Asqarova Dilnoza
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Nukus davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 1- kurs talabasi Asqarova Dilnoza
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
🎤 Malika Egamberdiyeva - Muhammad Yusuf (Muhammad Yusufning Qizgʻaldoqlari)
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Muhammad Yusufning hayoti va ijodi
O'zbek xalqining sevimli farzandi, otashqalb shoir Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani Qovunchi qishlog'ida tug'ilgan. 1971-yili o'rta maktabni tugatgach, Respublika rus tili va adabiyoti institutida tahsil oladi.

Ijodiy faoliyati 1980-yildan boshlangan. Muhammad Yusuf turli nashriyot va tahririyatlarda, turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 1997-yildan umrining so'nggi kun-lariga qadar esa O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash bo'yicha o'rinbosari lavo-zimida ishlagan.

Muhammad Yusufning dastlabki she'rlari «O'zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasida 1976-yilda e'lon qilingan. Shundan so'ng «Tanish teraklar», «Bulbulga bir gapim bor», «Iltijo», «Uyqudagi qiz», «Halima enam allalari», «Erka kiyik», «Saylanma» kabi juda ko'plab she'riy to'plamlari nashr etildi. 1989-yilda «Uyqudagi qiz» she'riy to'plami uchun unga Respublika Yoshlar mukofoti berildi.

JAYRON
Qon yig‘latdi qaysi bag‘ritosh,
Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh?
Oyog‘ingga qo‘yib yotay bosh,
Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh?..
Yurak qoning to‘kilgan so‘qmoq
Bag‘ri alvon lolaqizg‘aldoq,
Senga toshlar otdi qay gumroh,
Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh?..
Zor yig‘lading buncha ham hayhot,
Menda ham bor sendagi sayyod...
Ey beozor, ey mo‘min jonzot,
Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh?..
Bu dunyoning nokaslari bor,
Ezgulikni ko‘rolmaydilar.
Meni ham qon qildilar ular,
Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh?..
Labim bilan yarang silayman,
Senga dardi shifo tilayman,
Kel, tug‘ishgan og‘ang bo‘lay man,
Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh?..
U rostgo'y shoir, halol va pokiza qalb egasi. U muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo'shiq to'qiydimi yoki tariximiz va taqdirimiz sahifalarini qalamga oladimi, ularda hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi. Uning she'rlari ravon va sod-daligi bilan xalq og'zaki ijodiga hamohangdir.

Muhammad Yusuf adabiyotimiz va xalqimizga qilgan fidoyi xizmatlari uchun «Do'stlik» ordeniga, «O'zbekiston xalq shoiri» faxriy unvoniga sazovor bo'lgan. Muhammad Yusuf 2001-yil 31-iyulda vafot etgan.
JAYRON Sheʼrini oʻqish uchun ➡️ https://t.me/Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi/724
Muhammad Yusuf haqida Toʻliqroq Maʼlumot olish uchun ➡️ https://t.me/Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi/720

Qarshi shahar 43- maktab 4-V sinf o‘quvchisi Muhammadrahimov Muhammad Aziz.
ULUGʻIMSAN VATANIM Sheʼrini oʻqish uchun ➡️ https://t.me/Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi/961

MUHAMMAD YUSUF Xotirasiga bagʻishlanadi
XOTIRA
______________________________________
Dunyodan shundayin buyuk insonni ,
Erta ketganiga qilamiz afsus.
Dunyolardan baland ishq dunyosini,
Ziyoga to'ldirdi MUHAMMAD YUSUF.
______________________________________
Balki uchib yurar kapalak bo'lib,
Kiyik so'qmoqlarda qolgandir izi.
Qancha kuzlar o'tdi, qancha ko'klamlar,
Usiz uzatildi uchala qizi.
______________________________________
Ozoda, Zebojon, Nasibam deya,
Qizlarga she'r bitsa yarashar edi.
Olifta qizlarga yoqmasa she'ri,
Gullarga murch sepib, ulashar edi.
______________________________________
Anor yuzlaringdan aylanib seni,
Peshonangdan o'pdi Lolaqizg'aldoq.
Biror dil qolmadi nolang kirmagan,
Demak ruhing mangu, xotirang uyg'oq.
______________________________________
MUHAMMAD - Allohning yerdagi quli,
Har bitta oshiqning do'sti, habibi.
Ishq-u muhabbatdan kuygan yurakning,
Sendan o'zga endi yo'qdir tabibi.
______________________________________
She'rlaring o'qisam nega yig'layman,
Nega ko'zim yoshin keladi ichgim?
Barcha so'zlarini takror aytsa ham,
MUHAMMAD YUSUFDEK BO'LMAYDI XECH KIM.
______________________________________
✍ Sirdaryo, Xovos tumani
11-maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi Mahammadqulova Oygul.
ERKA KIYIK Sheʼrini oʻqish uchun
➡️ https://t.me/Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi/1151
OZODA Sheʼrini oʻqish uchun ➡️ https://t.me/Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi/743
OLIFTA QIZLARGA YOQMAGAN Sheʼrini oʻqish uchun ➡️ https://t.me/Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi/995

MUHАMMАD YUSUF
Yomonga oʼlim yoʼq, yaxshiga kun yoʼq,
Tomiringga qoʼshib olishar uzib.
Bobur yoʼq, Choʼlpon yoʼq, Majnun yoʼq,
Muhammad Yusuf yoʼq, Muhammad Yusuf.
______________________________________
Bir qiz yigʼlab borar, soddagina qiz,
Yigʼlar kitob bilan yuzini toʼsib.
Balki sevgilingiz, balki singlingiz,
Muhammad Yusuf yoʼq, Muhammad Yusuf. ______________________________________
Uydan mozorgacha yuz odimcha yoʼl,
Аylanib kelamiz yurtlarni kezib.
Kimga koʼngil berib, kimga esa qoʼl...
Muhammad Yusuf yoʼq, Muhammad Yusuf. ______________________________________
Tirikka mehr yoʼq, marhumga qahr,
Nima topding, aka, tuproqqa tushib?
Uzala tushgancha boʼzlaydi qabr,
Muhammad Yusuf yoʼq, Muhammad Yusuf. ______________________________________
Qizgʼaldoq bosh egib turar bagʼri qon,
Shoir yuragidan chiqqanmi oʼsib?
“Nega yigʼlamaysan, ahli Turkiston?”
Muhammad Yusuf yoʼq, Muhammad Yusuf.
______________________________________
✍ Iqbol Mirzo

Oldingga men borolmasam, o‘t gunohim,
Bir yo‘qlab qo‘y, men dunyodan o‘tgan chog‘im,
Qabrim uzra hilpirab tur,
qizg‘aldog‘im,
Muhammaddan bo‘lak do‘sti devonang yo‘q.
❗️Suratda Muhammad Yusufning Qabri va Qizlari Madina Yusupova Tasvirlangan.
QIZGʻALDOGʻIM Sheʼrini oʻqish uchun
➡️ https://t.me/Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi/1120

OTAJON
_______________________________________
Nazm gulshanida bulbul zabonim,
Tuygʼularga gʼulu solgan ummonim.
Oʼzgalar dardini oʼziniki deb,
Opichlab oʼtolgan ogʼir karvonim.
Tangrim aziz etgan ulugʼ insonim,
Sheʼriyat atalgan yurtga hoqonim.
_______________________________________
Sizning chamanzorlar koʼrmasin ayoz,
Oʼzgaga oʼxshamas siz bitgan bayoz.
Sharaf deb atalgan baland qoyada,
Qismatdan shayxlardek topdingiz eʼzoz.
Tangrim aziz etgan ulugʼ insonim,
Yuzlab shogirdlarga temir qoʼrgʼonim.
_______________________________________
Mushkuldir siz yurgan yoʼllardan yurmoq,
Sheʼriyat yurtida binolar qurmoq.
Baxtingiz topdingiz elning mehrida,
Davlatingiz edi kamolin koʼrmoq.
Tangrim aziz etgan ulugʼ insonim,
Halqiga ming bitta joni qurbonim.
_______________________________________
Ozod yurt ilhomi boʼldi madadkor,
Savlatingiz bisyor yurtda ulugʼvor.
Kim yetdi,etmadi kimlar bu kunga,
Zamonaga behad shukronangiz bor.
Tangrim aziz etgan ulugʼ insonim,
Vatanin koʼksiga bitta qalqonim.
_______________________________________
Shohu-gadoning ham mehrin qozonib,
Dunyodan quyoshdek oʼtdingiz yonib.
Nazmingiz buloqdir asrlar osha,
Chanqagan yuraklar simirsin qonib.
Tangrim aziz etgan ulugʼ insonim,
Toabad halqiga qadri osmonim!
_______________________________________
✍ Madina Yusupova

MUHAMMAD YUSUF XOTIRASIGA BAGʻISHLANADI
JAVOB
______________________________________
Koʼp kitob oʼqidim yoshlik kezimda,
Gohi Gʼarb, gohi Sharq hushimni oldi.
Аtay yodlamadim, lekin esimda –
Muhammad akaning sheʼrlari qoldi.
______________________________________
Oʼzbekdek samimiy, oʼzidek toza,
Beshik bolasining koʼzidek toza,
Oʼspirin oshiqning soʼzidek toza
Muhammad akaning sheʼrlari qoldi.
______________________________________
Muhammad Yusufdan kuylar irmoqlar,
Togʼni tilimlagan kiyiksoʼqmoqlar,
Oq choʼgirma kiygan momqaymoqlar...
Muhammad akaning sheʼrlari qoldi.
______________________________________
Kim bor tagʼin ona xalqqa qayishgan,
Qaygʼusidan choʼkkan, baxtidan joʼshgan.
Kuychi shoir edi koʼklardan tushgan,
Muhammad akaning sheʼrlari qoldi.
______________________________________
Uzr, ey shoirman, zoʼrman deganlar,
Nomaʼqul buzoqning goʼshtin yeganlar,
Soʼzga noʼnoqlaru gapga chechanlar,
Muhammad akaning sheʼrlari qoldi.
______________________________________
Аylanib bagʼri keng Oʼzbekistonni
Sekin gapga soling moʼmin dehqonni,
Shoir desa, eslar Mahammadjonni,
Muhammad akaning sheʼrlari qoldi.
______________________________________
Sofdil inson edi shoir boʼlib ham,
Quladi paymona lim-lim toʼlib gʼam.
Endi qutilmasmi sizdan oʼlib ham,
Muhammad akaning sheʼrlari qoldi.
______________________________________
Mujmal satringizni kim yod oladi?
Eshitsa chumchuqlar ham dod soladi,
Qolsa, sizdan faqat isnod qoladi,