Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎤 Abdurauf Olimov - Xotira (Qaydasiz Muhammad, Muhriddin, Ohunjon) (Video)
Ushbu video Oʻtib ketgan Muhammad Yusuf, Muhriddin Holiqov, Ohunjon Madaliyev, Xojiboy Tojiboyev, Obid Asomov, Nuriddin Haydarov Soʻnmas Oʻzbek Yulduzlarining Yorqin Xotiralariga bagʻishlanadi!
(Videoda ularning birgalikda Oʻtkazgan unutilmas onlari Muhrlangan)
Joylari jannatda boʻlsin🤲
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi

AYT
______________________________________
Gulday umring kulday to'zib ketmoqda,
Kimni kutib yoshing qirqdan o'tmoqda.
Yolg'izmisan endi sen bu chorbog'da,
Endi yo'qlab kelmasmu u aldagan?..
______________________________________
O't ham o'sar bir - biriga suykalib,
Sen na yorsan sen na tulsan ey g'arib.
Xech bo'lmasa ko'ngil uchun axtarib,
Bir bor kelsa bo'lmasmu u aldagan.
______________________________________
Ochil gulim, ayt o'zimga dardingni,
Gulfurushlar qaydan bilsin qadringni.
Yomg'irman deb yuzing silab, bargingni
To'kib ketgan do'lmasmu u aldagan.
______________________________________
Ne munchoq u, tenggi yo'qdir, tizimsiz,
Ne olchoq u, ruhi jonsiz jismsiz.
Yillar bilan ich - ichingga ismsiz
Cho'kib ketgan ko'lmasmu u aldagan...
______________________________________
Gulday umring kulday to'zib ketmoqda,
Kimni kutib yoshing qirqdan o'tmoqda.
Yelkangdagi yetti qator sirtmoqda
Osilibgina o'lmasmu u aldagan...
______________________________________
Yuzlaringni ko'rgandayman qaydadir,
Qo'l ushlashib yurgandayman qaydadir.
Neki qilsang bir kun axir qaytadir,
Ayt! mobodo menmasmu u aldagan?!.
______________________________________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
______________________________________
Gulday umring kulday to'zib ketmoqda,
Kimni kutib yoshing qirqdan o'tmoqda.
Yolg'izmisan endi sen bu chorbog'da,
Endi yo'qlab kelmasmu u aldagan?..
______________________________________
O't ham o'sar bir - biriga suykalib,
Sen na yorsan sen na tulsan ey g'arib.
Xech bo'lmasa ko'ngil uchun axtarib,
Bir bor kelsa bo'lmasmu u aldagan.
______________________________________
Ochil gulim, ayt o'zimga dardingni,
Gulfurushlar qaydan bilsin qadringni.
Yomg'irman deb yuzing silab, bargingni
To'kib ketgan do'lmasmu u aldagan.
______________________________________
Ne munchoq u, tenggi yo'qdir, tizimsiz,
Ne olchoq u, ruhi jonsiz jismsiz.
Yillar bilan ich - ichingga ismsiz
Cho'kib ketgan ko'lmasmu u aldagan...
______________________________________
Gulday umring kulday to'zib ketmoqda,
Kimni kutib yoshing qirqdan o'tmoqda.
Yelkangdagi yetti qator sirtmoqda
Osilibgina o'lmasmu u aldagan...
______________________________________
Yuzlaringni ko'rgandayman qaydadir,
Qo'l ushlashib yurgandayman qaydadir.
Neki qilsang bir kun axir qaytadir,
Ayt! mobodo menmasmu u aldagan?!.
______________________________________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
#MuhammadYusufIzdoshlari
Muhammad Yusuf Hotirasiga Bagʻishlanadi!..
______________________________________
Muhammading ketdi, erkang endi yo'q,
Menga nasb qilmadi yuzin bir ko'rish.
O'ziga xos edi, o'zgacha to'liq,
So'z bilan jon olib so'zga jon berish.
Mana quchib yotar og'amni tuproq,
Lola lolajonim lolaqizg'aldoq.
______________________________________
Yuragi bor edi, u uyg'oq edi,
Shasht bilan gursillab tepa olardi.
Qalamni o'ynatib, parilar o'ynab,
Vatan peshonasin o'pa olardi.
Yozish mumkinmikan undan-da ko'proq,
Lola lolajonim lolaqizg'aldoq.
______________________________________
Tushunish mushkul jon, telbacha fikr,
Hazillar joyladi, kulgu yuziga,
O'zbek qizlarini qo'rqitib bir-bir,
Uylanib ketmadi turkman qiziga.
Turkman qizlarichi istadi o'pmoq,
Lola lolajonim lolaqizg'aldoq.
______________________________________
Faqat she'r qoldirdi o'zi aytgandek,
Kitoblar qoldirdi jovon to'ldirib.
Ketaman, ketaman yana bilgandek,
O'shni o'polmasdan yer quchib o'ldi.
Qabriga soya qil yoyginda yaproq,
Lola lolajonim lolaqizg'aldoq.
______________________________________
Yuragin yo'lbarslar yedilarmi yo?
Ana quchib yotar allalab tuproq.
Misralari uzra haqiqatlar jo,
Menmi? meni ko'rib turibsan qo'rqoq.
Muhammaddek bormi? javobsiz so'roq.
Lola lolajonim lolaqizg'aldoq.
______________________________________
Qizlari o'rnini ketdilar topib,
To'ylar sadosidan yayradi hovli
Turnalar qaytdilar, yana qaytdilar,
Ayvon qo'lin qoqar farzanddan holi.
Tiriklar hali ham nahotki mudroq.
Lola lolajonim lolaqizg'aldoq.
______________________________________
Bugun har honadon oziqlar she'rin,
Yig'laydi, tushunib oqdil yaxshilar.
Kuylarga solishib oldinma ketin,
Qo'shiqlar kuylashdi hofiz, baxshilar.
Ruhiyatin topsang sharafdir mutloq,
Lola lolajonim lolaqizg'aldoq.
______________________________________
Xudodan so'rab ber, senga o'tinay,
Ko'nglimga Muhammad o'ylarin solsin.
Muhammad yozolmay ketganin yozay,
His qilib jannatda o'ynasin kulsin.
Kechir ko'p narsani so'radim bundoq.
Lola lolajonim lolaqizg'aldoq!
______________________________________
✍ Nuriddin Ziyo Turaqulov

OSMONNING OXIRI 📚 4-qism
🎤 Navoiy viloyati Navoiy shahar Qodirova Durdona
✍ Muhammad Yusuf 📚
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
🎤 Navoiy viloyati Navoiy shahar Qodirova Durdona
✍ Muhammad Yusuf 📚
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
OSMONNING OXIRI 📚 4-qism
_________________________________________
Odam dunyoga bir marta keladi.
Shu bir kalima soʻz bilan qancha savob ishlar qilish mumkin.
Shu bir kalima soʻz pinjida qancha gunohga botish mumkin.
Bu gapni agar qariqiz aytsa, yigʻlaging keladi.
Satanglar aytsa, ensasi qotadi odamning.
Qoʻy, oʻsha sevgi-pevgingni, ajrashinglar, deydi boyvuchcha ona qiziga.
Odam dunyoga bir marta keladi!
Seni bir haftada onasi oʻpmaganiga uylantirib qoʻyaman-e, deydi takabbur ota oʻgʻliga:
Ajrash. Odam dunyoga bir marta keladi!
…Olisga qatnovchi avtobus haydovchisi yoʻl boʻyi xayol surib kelayotganimni koʻrib, meni gapga soladi.
Ha, yigit. Buncha oʻychansiz, sevib qoldingizmi?
Men indamayman.
Sevgi yoʻq, deydi u jahlim chiqqanidan huzur qilib.
Sevgi suvga choʻkib ketgan.
Tohirning sandigʻida…
“Qalay, bopladimmi?”
Bu – uning qovoq yuzidagi nim tabassum.
Men undan qutulish uchun jilmaygan boʻlaman.
U buni oʻzicha tushunadi.
Endi nasihatga oʻtadi:
Xafa boʻlmagin-u, boʻshang yigit ekansan, ogʻayni.
Shunaqa xayol surib yuraversang, xotinsiz qolasan.
Sevgi harakatning asiri, deydi.
– Oʻzingiz sevib uylanganmisiz?
Savolim unga yoqmaydi.
Shubhalanib bir qarab oladi.
Va iddao bilan: Boʻlmasam-chi!
Sevgan qizimga uylanganman, deydi.
– Axir, sevgi suvga choʻkib ketgan-ku, deyman.
Tohirning sandigʻida.
U endi eshitmaganga oladi.
Men hozir chambarakni sherigimga berdim, dam olmoqchiman, deydi.
Keyin yana qulogʻimga shivirlaydi: xafa boʻlma, Student, hazillashdim.
Osmonning oxiri qayerda, deyman unga jiddiy.
U, hech narsani tushunmadim, degandek yelka qisadi.
Mana, u shunday yuragimning yonboshida xurrak otmoqda.
Men uning uygʻonib qolishidan qoʻrqaman!
Mudroq bosgan dilim,
Aytaman bir sir,
Tangri uyquni-da
Pallada tortar.
Uyqu – ham
Nasiyaga berilgan umr,
Uyqung ortgan sayin
Qarzing ham ortar…
_____________________________________
🎤 Navoiy viloyati Navoiy shahar Qodirova Durdona
______________________________________
OSMONNING OXIRI 1-QISMINi OʻQISH UCHUN 👉 https://t.me/Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi/1180
OSMONNING OXIRI 2-QISMINI OʻQISH UCHUN 👉 https://t.me/Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi/1189
OSMONNING OXIRI 3-QISMINI OʻQISH UCHUN 👉 https://t.me/Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi/1203

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🕌 Kirib kelgan mohi Ramazon oyi muborak!
Diyorimizga oylarning sultoni, mehr-shafqat, saxovat ramzi bo‘lgan, Qur’oni karim nozil bo‘lgan, fazilati jihatidan boshqa oylardan afzal rahmat, mag‘firat oyi sanalmish muborak mohi Ramazon tashrif buyurdi.
Ramazoni sharif mo‘min-musulmonlar uchun eng muqaddas oy hisoblanadi. Bu oyning fazilati haqida Qur’oni karim va Payg‘ambarimiz Muhammad Sollallohu Alayhi Vasallamning sahih hadislarida ko‘p aytilgan.
“Ey, imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro‘za tutish farz qilindi, shoyad (u sababli) taqvoli bo‘lsangiz” (Baqara surasi, 183-oyat).

#AllohYolidaSizgailindim
RAMAZON OYI FAZILATLARI
_________________________________________
Ramazon oyi odamlar uchun hidoyat (manbai) va to’g’ri yo’l hamda haq bilan botilni ajratuvchi ochiq oyatlardan iborat Qur’on nozil qilingan oydir.
Ramazon oyi har doim oylarning sultoni, sayyidi, eng yaxshisi bo’lib kelgan va hamisha shunday bo’lib qolaveradi.
Ramazon oyi ro’za, tarovih va tilovat oyi bo’lib, uning ro’zasini tutish farz, tarovih namozini o’qish sunnat, Qur’oni karimni xatm qilish esa fazilatdir.
Ramazon shunday qadrli va g’animat oydirki, unda tutilgan ro’zaning savobini bevosita Alloh taoloning O’zi beradi.
Ramazon oyida jannat darvozalari ochiladi, jahannam qopqalari yopiladi, itoatsiz jin-shaytonlar zanjirlar bilan bog’lanadi.
Ramazon oyi gunohlar mag’firat qilinadigan, rahm-shafqat ko’rsatiladigan va do’zaxdan ozod qilinadigan oydir.
Ramazon oyi Alloh va Rasulining buyruqlarini bajarishda, qaytariqlaridan qaytishda va sinov-imtihonga uchraganda sabr-toqatli va chidamli bo’lishni o’rganadigan oydir.
Ramazon oyi o’zaro birdamlik, mehribonlik ko’rsatiladigan, insonlar bir-birlari haqida qayg’urib, xato-kamchiliklarini kechiradigan oydir.
Ramazon oyi xayrli ishlarda hamkorlik qilinadigan, musulmonlar bir-birini qo’llaydigan oydir.
Ramazon tenglik oyi bo’lib, bu oyda qariyalar ziyorat qilinadi, bemorlardan xabar olinadi, muhtojlarga yordam beriladi, musibatzada insonlardan ko’ngil so’raladi va yetimlar ovutilib, yupatiladi.
Ramazon yutuqlar oyi bo’lib, ulkan savoblar qo’lga kiritiladi hamda nafs va shaytonlar mag’lub etiladi.
Ramazon oyida musulmonlarning Alloh huzuridagi martabalari yuqori ko’tariladi, xayrli ishlarining mukofotlari ko’paytiriladi va kichik gunoh ishlari kechiriladi.
Ramazon oyining oxirgi o’n kunligining toq kechalaridan birida Qadr kechasi yashirilgan bo’lib, u Qadr kechasi bo’lmagan qamariy ming oydan yaxshiroqdir. Kim o’sha kechaning yaxshiligidan mahrum bo’lsa, demak u ko’p mahrum bo’libdi.
Barchamizga Ramazon oyi muborak bo’lsin. Ro’zasini tutishda, tarovih namozlarini o’qishda, Qur’oni karimni xatm qilishda va boshqa xayrli ishlarni ado etishda Alloh taolo muvaffaqiyatlar ato etsin. Bu ishlarni ixlos ila bajarib taqvo hosil qilgan kishilarga xushxabar yor bo’lsin.

🎤 Andijon Viloyati Oltinkoʼl Tumani
12-umum ta'lim maktabi
7-A sinf oʼquvchilari. Muhammad Yusuf tavalludining 66 yilligiga bagʻishlanadi

🎤 Andijon Viloyati Ulugʻnor Tumani 21-Maktabi 1-A sinf oʻquvchisi Rahimberdiyeva Mushtariybonu - Mehr Qolur
MEHR QOLUR Sheʼrini oʻqish uchun
➡️ https://t.me/Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi/725
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
🎤 Andijon Viloyati Ulugʻnor Tumani 21-Maktabi 1-A sinf oʻquvchisi Rahimberdiyeva Mushtariybonu - Mehr Qolur
MEHR QOLUR Sheʼrini oʻqish uchun
➡️ https://t.me/Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi/725
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MuhammadYusufIzdoshlari
🎤 Buxoro viloyati G'ijduvon tumanidagi 24-MTM "Bahor" bolalar bog'chasi tarbiyalanuvchisi Hojiyeva Malika - Ona Tilim
ONA TILIM Sheʼrini oʻqish uchun
➡️ https://t.me/Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi/1041
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
🎤 Buxoro viloyati G'ijduvon tumanidagi 24-MTM "Bahor" bolalar bog'chasi tarbiyalanuvchisi Hojiyeva Malika - Ona Tilim
ONA TILIM Sheʼrini oʻqish uchun
➡️ https://t.me/Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi/1041
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MuhammadYusufIzdoshlari
Fargʻona Viloyati 4-B sinf o‘quvchisi Ismoiljonova E'zoza - Amir Temur
AMIR TEMUR Sheʼrini oʻqish uchun ➡️ https://t.me/Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi/1213

Andijon Viloyati Bo'ston tumani 26-maktab 1-sinf o'quvchisi Erkinova Muslimaxon - Andijon
ANDIJON Sheʼrini oʻqish uchun
➡️ https://t.me/Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi/1258

Muhammad Yusuf Xotirasiga Bagʻishlanadi!
______________________________________
Muhammad Yusufning sen qadrdoni
Saratonda boshiga sen soyaboni
Uning yonida sen, sen sharaf shoni
Eding bagʻri alvon lolaqizgʻaldoq!
______________________________________
Mitti joning uchun achinguvchi kim
Muhammad Yusufdan boshqa bir hech kim
Shoir qabri uzra hiqqilab sen jim
Koʻz yoshlari daryo lolaqizgʻaldoq!
______________________________________
Dardu alamlardan dili boʻzlardi
Koʻnglidagi dardin senga soʻzlardi
Hatto uni koʻrib oy suzulardi
Qani oʻsha chehra lolaqizʼaldoq!
______________________________________
Mitti yaprogʻingni yuziga bosib
Sen haqingda koʻplab ashorlar yozib
Maysadek sochlari yurardi yozib
Qani hassos shoir lolaqizgʼaldoq!
______________________________________
Uning yolgʻiz boshi sigʻmay olamga
Seni aylantirsam derdi odamga
Soʻzlari burkangan edi alamga
Oʻsha oxang qani lolaqizgʻaldoq!
______________________________________
Hatto oydan seni, seni soʻrardi
Tushlarida har kun seni koʻrardi
Tirik boʻlganida davron surardi
Diydor gʻanimatdur lolaqizgʻaldoq!
______________________________________
Murgʻak vujudingni shamoldan asrar
Yaprogʻingga hatto qondirmas haslar
Ziyon bermasin der senga nokaslar
Mehriboning qani Lolaqizgʻaldoq!

Oʻzbekiston Xalq Shoiri Muhammad Yusufning Turmush oʻrtogʻi Nazira as-Salom bilan Suhbat (Video)
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Muhammad Yusuf Xotirasiga bagʻishlanadi (Men dunyoga yana qaytaman)
_________________________________
O'tkinchidir umr ham, vaqt ham,
Har qandayin omad-u baxt ham,
Mansab, davlat va toj-u taxt ham,
Men dunyoga yana qaytaman.
_________________________________
Bulbullarning nag'ma, soʼzida,
Irmoqlarning sho'x ovozida,
Oshiq ko'ngillarning rozida
Men dunyoga yana qaytaman.
_________________________________
Qir-adirda gul-lola bo'lib,
Yo ko'kdagi hilola bo'lib,
Tag'in g'azalxon bola bo'lib
Men dunyoga yana qaytaman.
_________________________________
"O'ldi,"- desa qaysidir nodon,
Xato qilar, so'zim begumon.
Kimdir she'rim o'qigan zamon
Men dunyoga yana qaytaman.
_________________________________
Qolib ketmay mangu qabrda,
Bosh ko'tarib nayson abrday,
Hech bo'lmasa Sahro Kabirda
Men dunyoga yana qaytaman.
_________________________________
Qudratidan jon olib so'zning,
Tuproq ichra yo'qotib o'zni.
Nafasida har bir xofizning
Men dunyoga yana qaytaman.
_________________________________
Men dunyoga qaytmayin nechun,
Gard ko'rgaymi men bilan Ochun.
Tiriklikni kuylamoq uchun
Men dunyoga yana qaytaman.
_________________________________
Xayolimda Muhammad Yusuf
Qabri uzra bir epkin esib,
Qulog'imga shivirlar o'ksib:
- Men dunyoga yana qaytaman.
- Men dunyoga yana qaytaman.
_________________________________
✍ Maqsuda Karimova
🎤 Navoiy viloyati Navoiy shahar Qodirova Durdona ijrosi

Muhammad Yusuf Xotirasiga bagʻishlanadi
Nukus davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 1- kurs talabasi Asqarova Dilnoza
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Nukus davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 1- kurs talabasi Asqarova Dilnoza
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi