MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф
1.34K subscribers
405 photos
102 videos
1 file
207 links
Haqiqiy Shoirning Qabri Boʼlmaydi,
Yurakka Koʻmilar Asl Shoirlar!


Aloqador !
https://t.me/QordaQolgan_Atirgul
Download Telegram
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎤 Orinbay Tairov - Muhabbat Yoʻq Ekan (Bir Qiz Yigʻlar)

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
BIR QIZ YIG‘LAR
___________________________________
Bir qiz yig‘lar buloq boshida,
Ma’yus majnuntollar qoshida,
Ko‘ngil ohi ko‘zin yoshida:
Bevafo ko‘p ekan dunyoda...
___________________________________
Nigohida oftoblari bor,
Nolishlarin javoblari bor,
So‘ngan sevgi azoblari bor,
Bevafo ko‘p ekan dunyoda...
___________________________________
Tovoniga tushgan kokillar,
Qizginaga qo‘shilib yig‘lar,
Bir so‘z dilga sanchadi tig‘lar —
Bevafo ko‘p ekan dunyoda...
___________________________________
Dildan ko‘chib ketsa xayollar,
Yomonga yo‘q ekan jazolar,
Yolg‘on dunyo ekan dunyolar,
Bevafo ko‘p ekan dunyoda...
___________________________________
Ermak ekan endi Laylolar,
Majnun g‘arib kezgan sahrolar,
Ertak ekan Tohir-Zuhrolar,
Bevafo ko‘p ekan dunyoda.
___________________________________
Bir qiz yig‘lar buloq boshida,
Ma’yus majnuntollar qoshida.
Ko‘ngil zori ko‘zin yoshida:
Bevafo ko‘p ekan dunyoda.
___________________________________
Qo‘y yig‘lama, mening jon singlim,
Men ham sendek bag‘ri qon, singlim
Menga ham yo‘q mehribon, singlim,
Bevafo ko‘p ekan dunyoda,
Muhabbat yo‘q ekan dunyoda!
___________________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎤 Gʻiyos Boytoyev ijrosi
🎤 Umida Mirhamidova ijrosi
🎤 Orinbay Tairov ijrosi

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎤 Andijon viloyati Ulug'nor tumani 2-maktab 7-Sinf oʻquvchisi Hayrullayeva Mushtariybonu - Xalq shoiri Muhammad Yusuf xotiralariga atab qoʻlda chizilgan suratlari (Video)

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
🎤 Andijon viloyati Ulug'nor tumani 2-maktab 7-Sinf oʻquvchisi Hayrullayeva Mushtariybonu - Xalq shoiri Muhammad Yusuf xotiralariga atab qoʻlda chizilgan suratlari (Foto)

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
OSMONNING OXIRI 📚 3-qism

🎤 Navoiy viloyati Navoiy shahar 6-maktab o'qituvchisi Qodirova Durdona

Muhammad Yusuf 📚

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
OSMONNING OXIRI 📚 3-qism
_________________________________________
Men hozir Yerni ushlab toʻxtataman.
Nega tinmay aylanaveradi u?
Nahot zerikmagan boʻlsa?
Yerning oxiri qayda?
Tasavvurning-chi?..
Aniq raqamlarni jinim suymaydi. Uchburchaklar – tasavvur qafaslaridir.
Mashaqqatning oxiri rohat.
Rohatning oxiri yana mashaqqat.
Kunning oxiri tun.
Tunning esa oxiri yoʻq.
Bir ogʻiz sovuq soʻz bilan diling yana zimiston.
Loaqal, bir kungina kechgacha baxtli boʻlib yurgan odamni topib bering menga!
Siz ming mashaqqat bilan chiqqan choʻqqida kapalak ham bor.
Qumursqa ham yashaydi.
Sizning bu yutugʻingiz ular uchun oddiy bir turmush tashvishi.
Ular kunda-shunda.
Men hidlab toʻymagan bedani biya qarsillatib chaynaydi.
Yalpizni suv oqizib ketadi.
Men koʻzimga surtgan suvda qurbaqa choʻmiladi.
Momaqaldiroq dunyoni boshiga koʻtarib hayqiradi.
Yulduzlar qoʻrqib qochib qolishadi.
Bulutlar yigʻlashga tushadi.
Yer yuzida qoʻziqorinlar tugʻiladi.
Har qanday hayqiriq soʻnggida nimadir dunyoga keladi.
Nimadir dunyodan ketadi.
Kulib gul ochiladi – yigʻlab shabnam toʻkiladi.
Daryo toshadi – togʻ nuraydi.
Kelin xoʻrsinadi – yanga ermak qiladi…!
_________________________________________
🎤 Navoiy viloyati Navoiy shahar 6-maktab o'qituvchisi Qodirova Durdona

Muhammad Yusuf 📚

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MuhammadYusufIzdoshlari

🎤 Andijon Viloyati 24-maktab 4-F sinf o'quvchisi Xursandbekova Durdona - Onamdan Xat

ONAMDAN XAT Sheʼrini oʻqish uchun 👉
https://t.me/Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi/867

Muhammad Yusuf Sheʼri📚

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
SEVGI BU...
____________________________________
Sevmoq, bu
Kechirmoq degani asli,
Toki bu dunyoda quyosh bor, gul bor.
Yalpizlar gullagan shu bahor fasli,
Sodiq hamdam bo‘lgin sen menga, dilbar.
____________________________________
G‘iybatlar tingladim, aylandi boshim,
Ho‘l tuproq kuydirdi tovonlarimni.
Va mana men unga ko‘nglimdan yulqib
Ko‘mdim beor do‘stdek gumonlarimni.
____________________________________
O‘ylar suraverdim kechalar tanho,
Goho jiqqa yoshga to‘lganda ko‘zim.
Va seni sevmoqdan oldin bir kuni
Dildan sevib qoldim o‘zimni o‘zim...
____________________________________
Sevmoq bu o‘zingni anglamoq asli,
Toki zamin aro quyosh bor, gul bor.
Rayhonga ko‘milgan shu bahor fasli,
Sadoqatli yor bo‘l sen menga, dilbar.
____________________________________
Sevgilim, men seni sevaman, tamom,
G‘amgin ko‘zing, hadik to‘la ko‘zingni.
Sevmoq, bu kunda bir ko‘rmoq baxtidir
Ozg‘in qo‘llaringni, sepkil yuzingni...
____________________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎤 Akmal Sadixonov - Qiz Bor Uy

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
QIZLAR QO‘SHIG‘I
________________________________________
Qiz yo‘q uyda sarin sabo esmaydi,
Qiz yo‘q uyda jambil-rayhon o‘smaydi.
O‘g‘illarning ota bilan ishi yo‘q,
Qiz otasin har qadamda eslaydi.
Ko‘zlariga surgay yurgan izingiz,
Qay o‘g‘ildan kamdir, ayting qizingiz...
________________________________________
Qiz yo‘q uyda tonglar erta otmaydi,
Tomda oftob, ayvonda oy yotmaydi.
O‘g‘il qanday do‘st bo‘ladi, bilmadim,
Qiz do‘st bo‘lsa — siringizni sotmaydi.
Og‘ir kunda javdiratmas ko‘zingiz,
Qay o‘g‘ildan kamdir, ayting qizingiz...
________________________________________
Umr daryo, tolega kim kafildir,
Qizning borar joyi bo‘lak sohildir.
Qiz dardiga yetmaganlar g‘ofildir,
Qiz bor uyda yorug‘ bo‘lar yuzingiz,
Qay o‘g‘ildan kamdir, ayting, qizingiz...
________________________________________
Dunyo ko‘rki — shu ko‘zlari shahlolar,
Qizlar bilan chamanzordir sahrolar.
Bir qayrilib Qaysni Majnun aylagan,
Tohirlarni Tohir qilgan — Zuhrolar.
Qiz tufayli butdir rizqu ro‘zingiz,
Qay o‘g‘ildan kamdir, ayting qizingiz...
________________________________________
Ayting kimning paymonasi to‘lmagan,
Qiz bor — ota yot bag‘irda o‘lmagan.
O‘g‘lim yo‘q deb o‘kinganlar — johillar,
Hatto, Payg‘ambarning o‘g‘li bo‘lmagan!..
Bilib ayting aytganda har so‘zingiz,
Qay o‘g‘ildan kamdir, ayting, qizingiz?!.
________________________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎤 Akmal Sadixonov ijrosi

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
OʼZBEKMАN
_____________________________________
Oq yaktagi yangligʼ oppoq murodi,
Har yaxshiga joni qurbon Oʼzbekman.
Nasli ulugʼ Sohibqiron zuryodi —
Dovrugʼi dunyoga doston Oʼzbekman.
_____________________________________
Yurt yoʼllasa tulporlari qir oshgan,
Oʼttiz oʼlka atrofida birlashgan.
Yulduz bilan fuqarodek sirlashgan —
Hazrati Ulugʼbek sulton Oʼzbekman.
_____________________________________
Ziyo oqqan men yurgan yoʼl — yoʼlakka,
Shomu Iroq zor termulgan Oʼzbekman.
Dunyolarni oʼrantirgan ipakka —
Tilla qoʼngʼiroqli karvon Oʼzbekman.
_____________________________________
Shohlikni umrguzarlikda oʼtkazgan,
Navkar bilan nihol ekkan, yer qazgan.
Janglar aro fursat topib sheʼr yozgan,
Tojmahallar qurgan giryon Oʼzbekman.
_____________________________________
Oq yaktagi yangligʼ oppoq murodi,
Har yaxshiga joni qurbon Oʼzbekman.
Nasli ulugʼ Sohibqiron zuryodi —
Dovrugʼi dunyoga doston Oʼzbekman.
_____________________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф pinned «OSMONNING OXIRI 📚 3-qism _________________________________________ Men hozir Yerni ushlab toʻxtataman. Nega tinmay aylanaveradi u? Nahot zerikmagan boʻlsa? Yerning oxiri qayda? Tasavvurning-chi?.. Aniq raqamlarni jinim suymaydi. Uchburchaklar – tasavvur qafaslaridir.…»
Amir Temur (1336-1405)

9-aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun
AMIR TEMUR

(Qirq birinchi yil, saratonning o‘n sakkizida Buyuk Jahongirni qabridan qo‘zg‘atishgan. Xo‘sh, oqibati ne bo‘ldi...)
_______________________________________
Jahongirning qabrin ochgan kazzoblar,
Biri olim, yana biri arboblar,
Xondek yashab o‘tdilaru olamdan,
Amir Temur ruhi meni azoblar.
_______________________________________
O‘shal kun sen qayda eding, bolam, der,
Qulog‘ingga yetmadimu nolam, der.
Meni qo‘zg‘ab nima topdi olam, der?..
Amir Temur ruhi meni azoblar.
_______________________________________
Tirik ersam tinmasdi-ku yarog‘im,
O‘lik jondin na istarlar, qarog‘im.
Qo‘lim qayda der, qayda bosh chanog‘im,
Amir Temur ruhi meni azoblar.
_______________________________________
Bu qandayin ko‘rgulik, yo rabbanoh,
Yovuz yotdan yer ostida yo‘q panoh,
Bobur qayda der, qayda der Mironshoh,
Amir Temur ruhi meni azoblar.
_______________________________________
Dunyo topdim deydi, dunyo yig‘madim,
Men el uchun ot ustida uxladim,
Nahot endi o‘z go‘rimga sig‘madim,
Amir Temur ruhi meni azoblar...
_______________________________________
Men ne qilay,
Men bir ojiz bandaman.
Ruhlar bilan bir jonu bir tandaman,
Uzr so‘rab har kun Samarqanddaman,
Amir Temur ruhi meni azoblar...
_______________________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
ELIM
______________________________________
Koʼzing ochgan kundan ketmonni tanib,
Umring uvatlarda oʼtdi kuymanib.
Yer tinsa tindiki, tegrang aylanib,
Sening savil joning tinmadi, elim.
______________________________________
Ekkanlaring undi, oʼrganing undi,
Engashib yerlarga terganing undi.
Hamisha qoʼshkoʼllab berganing undi,
Hamisha topganing unmadi, elim.
______________________________________
Xirmoning osmonga yetdi yuksalib,
Paxtangta yulduzlar oldi yuz chayib.
Oʼzing zoʼrgʼa tursang beling bukchayib,
Yelkangga ne zotlar minmadi, elim.
______________________________________
Peshonang yot ekan halovatlarga,
Ter toʼkib yoqmading vallomatlarga.
Mehnat qilib qolding malomatlarga,
Boshingda ne kaltak sinmadi, elim.
______________________________________
Paykaldan chiqmasang ham yozu qishin,
Yelkangga sanchdilar nomardlar nishin.
Olamga jar boʼldi "Oʼzbekning ishi",
Shu boʼldi senga doʻst minnati, elim.
______________________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
XALQONA
____________________________________
Qiz deganning ko‘ksi to‘la o‘y bo‘ladi,
Yigit bir kun yetilib bo‘y bo‘ladi.
Bir tandir non o‘rtada, bir kosa suv,
O‘nta o‘zbek yig‘ilsa — to‘y bo‘ladi...
____________________________________
Ro‘yoblarga chiqadi shirin tushlar,
Kelinchakning yengidan kuyov ushlar...
Beshiklarni bo‘shatib bir-biriga,
Tug‘iladi To‘maris, Alpomishlar.
____________________________________
Suyungandan onalar ko‘zida yosh,
Otalar yuzida porlar quyosh.
Nabiralar to‘ladi hovlilarga,
Bari bir xil — qorasochu qoraqosh.
____________________________________
Bola gapin yoqtirmas qaytganini,
Bizda bola qildirar aytganini.
Mayli, sodiq o‘ssa bas, yurtiga u
Boshlariga ko‘tarib Vatanini...
____________________________________
Dabdabasiz davrada nur bo‘ladi,
Kuyov — to‘ra, kelinchak — hur bo‘ladi.
Qayda yalla yangrasa kelavering,
O‘zbegimning to‘ylari zo‘r bo‘ladi.
____________________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
#AllohYolidaSizgailindim

Osmondan momaqaldiroq guldirab, yashin tushsa ham Istig'for aytuvchiga nuqson yetmaydi. Umar Ibn Hattob roziyallohu anhu.
_________________________________________
Аbdulloh ibn Аbbos roziyallohu anhu Rasululloh Sollallohu Alayhi va Sallamdan rivoyat qiladi: “Kimda-kim koʼp istigʼfor aytsa, Аlloh oʼsha (banda) uchun har qanday gʼam-tashvishdan qutulish, tanglikdan chiqish yoʼlini (paydo) qiladi, uni oʼzi oʼylamagan tomondan rizqlantiradi” (Аbu Dovud, Аhmad, Tabaroniy, Hokim rivoyat qilgan ).
_________________________________________
Azizlar, shuning uchun ham biz istig‘forni ko‘paytiruvchi bo‘lishimiz kerak. Payg‘ambarimiz (s.a.v)dan alohida “Sayyidul istig‘for” duosi qolgan. Istig‘forning qisqasi, uzuni, mukammali va, albatta, tilga osoni bor. “Astag‘firulloh” deyishning o‘zi ham istig‘for. Yoki “Astag‘firulloha va atuvbu ilayh” ham istig‘for sanaladi. Eng afzali va mukammali esa “Sayyidul istig‘for”ni aytishlikdir. 
_________________________________________
Salovotlar. Istig'for duolari👇

Saloti munjiya 

Allohumma solli ‘ala sayyidina Muhammadin va ‘ala ali sayyidina Muhammad, salatan tunjina biha min-jami’il ahvali val afat. Va taqzi lana biha jami’al hajat va tutohhiruna biha min-jami’is-sayyiat. Va tarfa-’una biha ‘alad-darojat va tuballig‘una biha aqsol-g‘oyoti, min-jami’il xoyroti fil-hayati va ba’dal mamat.

Manosi: Allohim! Janobi Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga beadad salot va salom bo‘lsin. Bu salotlar, salomlar va duolar bizni har turli balo va musibatlardan xalos etsin, barcha ehtiyojlarimizni ketkizib, bizni gunohlardan poklasin. Bizni yuksak daraja va martabalarga ko‘tarsin. Allohim! Bu salot va salomlar tufayli o‘lgandan keyin xayr (yaxshilik)larga noil bo‘laylik. 
_________________________________________
Saloti fathiyya 

Allohumma solli va sallim va barik ‘ala sayyidina Muhammadinil-fatihi lima ug‘liqo val-xotimi lima sabaqo, Nasiril-haqqi bilhaqqi val hadi ila sirotikal-mustaqim va ‘ala alihi haqqo qadrihi va miqdarihil-’aziym.

Manosi: Allohim! Suyukli Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga salot va salomlar bo‘lsin. Bizga Sening yashirin xazinalaringni ochib bergan Udir. Payg‘ambarlar halqasining oxiri Udir, Haqning eng katta yordamchisi Udir, insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgan Udir Unga va yaqinlariga so‘ngsiz salot va salomlar bo‘lsin. 
_________________________________________
Sayyidul istig‘for 

(Rivoyat qilinishicha istig‘forlarning eng afzali ushbudir):

Allohumma anta Robbi va ana ‘abduka, xolaqtani va ana ‘ala ‘ahdika va va’dika mastato’tu, a’uzu min sharri ma sona’tu abu’u laka bini’matika ‘allayya va abu’u ‘ala nafsi bi zanbi, faqod zolamtu nafsi va’taroftu bi zanbi, fag‘firli zunubi, ma qoddamtu minha va ma axxortu, fa innahu la yag‘firuz-zunuba illa ant.

Manosi: Allohim! Sen mening Rabbimsan! Men esa Sening qulingman. Meni Sen yaratding. Men kuchim yetguncha Senga bergan ahd va va’damda sobitman. Bilaman, bergan ne’matlaringga muqobil (shukr qilishda) nuqsonga yo‘l qo‘ydim, nafsimga zulm qildim. Gunohlarimni tan olaman, o‘tmish va kelgusi gunohlarimni kechirishingni O‘zingdan so‘rayman. Meni kechirgin, Allohim! Sendan o‘zga kechirguvchi yo‘qdir (Termiziy. «Da’vat», 3393-hadis). 
_________________________________________
Yana bir istig‘for duosi 

Astag‘firulloh, astag‘firulloh, astag‘firulloh al-’aziym, al-Kariym, allaziy la ilaha illa hu, al-Hayyul-Qoyyum va natubu ilayh va nas’aluhut-tavbata val-mag‘firota val-hidayata lana innahu huvat-tavvabur-rohiym. Tavbata ‘abdin zolimin linafsihi la yamliku linafsihi mavtan vala hayatan vala nushuro.

Manosi: Ulug‘ Allohdan mag‘firat so‘rayman!
Azim va Karim bo‘lgan O‘zidan boshqa hech bir iloh bo‘lmagan, Hayy va Qayyum bo‘lgan Allohdan mag‘firat so‘rayman Unga qaytamiz. Tavbamizni qabul etib mag‘firat va hidoyat nasib qilishini tilaymiz, chunki U tavbalarni qabul qilguvchi rahmli, mehribondir. Nafsiga zulm (haqsizlik) qilgan o‘ldirish yoki qayta tiriltirishga va (Qiyomat kuni) to‘plashga ojiz bo‘lgan bandaning tavbasi kabi tavba
qilamiz.
__________________________________________

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
#AllohYolidaSizgailindim
__________________________________________
Italiya kasalxonalarining biridan tuzalib chiqqan 93 yoshli kishidan industrial sunʼiy nafas berish jihozining badalini talab qilishganida u yigʼlay boshlabdi.
Doktor hisob varagʼi tufayli yigʼlamasligini tavsiya qilibdi.

Keksa kishi:
- Toʼlashim lozim boʼlgan pul tufayli yigʼlamayapman.
Bu toʼlovlarning hammasini toʼlashga kuchim, imkonim bor.
Menga alam qilayotgani – 93 yildan buyon Tangrining havosidan nafas olmoqdaman va buning badali (haqi)ni hech toʼlamadim.
Vaholanki, birgina nafas beruvchi jihoz uchun bugun har kuniga 500 yevro toʼlab turibman.
Tangridan qanchalar qarzdorman, bilasizmi?
Bu neʼmat uchun bir bor boʼlsa ham tashakkur aytmabman, shukur qilmabman!...

Azizlar uyda qolib Duoda boʻlaylik🤲 Allohdan Gunohlarizni kechirishini soʻrab iltijo qilaylik.
__________________________________________

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Andijon Viloyati, Shahrixon tumani 18-maktab 11-sinf o'quvchisi Tojiboyeva Mo'minaxon - Xalq shoiri Muhammad Yusuf xotiralariga atab qoʻlda chizilgan suratlari 😊

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
#MuhammadYusufIzdoshlari

🎤 Navoiy Viloyatidan Mahbuba Majidova - Tushunmaysan

TUSHUNMAYSAN Sheʼrini oʻqish uchun 👉
https://t.me/Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi/888

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi