Muhammadfozil Ismoilov
590 subscribers
410 photos
64 videos
1 file
181 links
Muhammadfozil Ismoilovning telegram kanali
Kanal haqida fikrlar uchun:
@Reader_chatbot
Download Telegram
Birinchi millioningni ishlab topguncha odamlar bilan xushmuomalada bo'l. Keyin esa sen bilan xushmuomalada bo'lish navbati ularga keladi.
https://t.me/+_zbVN8XBlFZlOWIy
🔥2🏆1
Nega yoshlik bir pasda o’tib ketdi?

30 yoshga kirasiz. Oilangiz, farzandingiz bor. Kuchingiz avvalgidek emas. Vaqtingiz avvalgidek emas.

Do’ppini qo’yib, o’tirib o’ylaysiz:

Nimani xato qildim? Nega yoshlik bir pasda o’tib ketdi?

Bor vaqtingizni ajratib, oxirigacha birgamiz degan ulfatlaringiz - o’z hayoti bilan bo’lib ketdi.

Kechalaringizni sarflagan serial, futbollaringiz - ishingizda ham, daromadingizda ham befoyda bo’lib chiqdi.

O’yinlarda yutganlaringiz, hayotda yutishingizga yordam bermadi.

Yoshlikda vaqtlari ko’p bekor ketganiga afsusda edilar Hasanxon Yahyo

Bekor o’tgan daqiqalariga(!) achingandilar Yusuf Qarzoviy. 

Biz ham ustozlardan hoziroq o’rganib, vaqtimizni tejashni boshlashimiz mumkin.

Yoki

Vaqtni uvol qilib, o’ttizga kirib, boshimiz devorga urilishini kutishimiz mumkin.
https://t.me/+_zbVN8XBlFZlOWIy
👍2
"Hech qachon mahzun bo'lma! Chunki qayg'u seni o'tmishingdan bezovta qilib, kelajakni qayg'uga soladi. Oqibatda sen bugungi kuningni yo'qotasan.Hech qachon mahzun bo'lma,chunki qalb qayg'u bilan ovora bolib qolganda, ruhing sinib, ko'zingdan nur ketadi. Orzu umidlaring yo'q boladi.
Ey mo'min banda, mahzun bo'lma,chunki qayg'u dushmaningni hursand qilib do'stingni mahzun qiladi."
          Hazrati Umar roziyallohu anhu

Har doim kulishga kuch va bahona toping!
https://t.me/+_zbVN8XBlFZlOWIy
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Odamlar nima deydi?" degan so'zni ishlatganda biz aynan qaysi odamlarni nazarda tutamiz? Men o'ylayman-ki, atrofdagi eng yaqin deb bilgan insonlarni nazarda tutamiz! Chunki o'ylab ko'ring, biz umuman tanimaydigan odamlarning dilni xira qiladigan gaplari bizga ta'sir qiladimi yoki ko'proq yaqinlarimizniki? Menimcha javobni siz ham bilasiz...

Allohim, menga va odamlarga (yaqinlarimga) o'zing to'g'ri yo'lni ko'rsat. Sendan umidvorman. Sendangina so'rayman...
https://t.me/+_zbVN8XBlFZlOWIy
👍2
"Va biringizga o'lim kelib: "Ey robbim, agar meni o'limimni yaqin muddatga orqaga sursang, bas, sadaqa qilib solihlardan bo'lsam" demasingizdan avval, biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan nafaqa qiling."
Munafiqun surasi 10-oyat
P.s: Keyin hech nima ortga qaytmaydi...
https://t.me/+_zbVN8XBlFZlOWIy
👍3
Rivoyat qiladilarki, agar birovga musibat yetganida kiyimlarini pora-pora qilib, ko‘kraklariga ursa, huddi nayza olib, o‘z Rabbisi bilan jangu-jadal qilgandek bo‘lar ekan
Imom G'azzoliy "Jannatga yo'l yoxud qiyomat xabarlari" asaridan
https://t.me/+_zbVN8XBlFZlOWIy
🔥1
Sen hali kichkinasan, senga hali erta deb, boladan hech narsani berkitish kerak emas. Qanday maʼyus va nochor fikr! Otalari ularni juda ham yosh, hech nimani tushunmaydi deb hisoblashlarini bolalar juda yaxshi fahmlaydilar, ular hamma narsani yaxshi fahmlaydilar. Bola eng mushkul vaziyatda ham haddan ziyod foydali maslahat berishi mumkinligini kattalar bilmaydilar.
Fyodor Dostoyevskiy - Telba
🔥2
“Menga Yo'q javobini berganlardan mamnunman chunki ular tufayli hammasini o'zim bajardim!”
🔥3
Qadimda Kavkaz taraflarda uzoq yillar birga yashashgan boʼlsalar-da, biron bir janjal nimaligini bilmaydigan chol-kampir oʼtgan edilar.
Juda ahil boʼlgan bu oilaga odamlar xavas bilan qarashar edi.
Bir kuni shuncha yil hech bir nizo janjalsiz kechirilgan turmushning sirini soʼrashdi.
Momo xikoya qiladilar:
- Qizligimda meni soʼrab qoʼshni qishloqdan sovchilar kelishdi. Ota-onam rozi boʼlishdi. Toʼy boʼldi. Kuyov meni ot-aravada oʼz qishlogʼiga olib ketdi.
Yoʼlda ketar ekanmiz, ot bir marta tepindi. Erim:
- “Bir”, dedi.
Yana bir oz yoʼl yurganimizdan soʼng ot yana tepindi. Erim gʼazablanib:
- “Ikki”, dedi.
Yoʼlda davom etdik.
Manzilga yetay degan edik. Ot uchinchi marta tepindi.
Erim:
- “Uch” deb, darxol aravani toʼxtatdi. Jahl bilan miltigʼini olib otni otib tashladi.
Men erimning bu joxilligidan xayratda qoldim. Unga baqirdim:
- Sen qanday shafqatsiz insonsan? Shu ish uchun jonivorni oʼldirish shartmidi?
Erim menga qarab:
- “BIR”, dedi.
- ...
Bu soʼz menga bir umrga yetarli boʼldi.
Shundan soʼng oramizda hech nizo chiqmadi.


P.s: Kelajakda oila qurmoqchi bo'lganlarga "lifehack"
https://t.me/+_zbVN8XBlFZlOWIy
😁3👍1
Men endi baribir uxlolmayman. Sizdan ham bir kechalik uyquning bahridan oʻtishingizni soʻrayman. Faqat gaplashishimiz uchun emas, meni yolgʻiz qoldirmasligingiz uchun. Negadir oʻzimni juda yolgʻiz va notavon his etyapman. Sizga dardimni aytib, ichimni boʻshatganim uchunmi, bilmadim. Har qalay hech qachon bunday ahvolga tushmaganman.
Nurali Qobul - Unutilgan sohillar

https://t.me/+_zbVN8XBlFZlOWIy
👍3
O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe’lingga, fe’ling taqdiringga nuqs etadi. Go‘zal o‘yla, go‘zal yasha.

#JaloliddinRumiy
https://t.me/+_zbVN8XBlFZlOWIy
👍2
Men haqimda sizga gapirayotgan odamlar, siz haqingizda menga ham gapiradilar
👍2
ZOLIMNING JАZOSI
(Ibratli voqea)

Shayx Ibrohim Haqqiy yoshligida avliyoullohlardan boʼlgan Ismoil Faqirulloh hazratlarining qoʼllarida tahsil va tarbiya koʼrgan edi. Bir kuni ustozi uni chaqirtirdi. Ibrohim yugurib keldi:
— Labbay, ustoz?
— Shu koʼzada buloqdan suv olib kelgin.

Ibrohim koʼzani olib buloqqa bordi. Koʼzani toʼldirayotganida bir otliq keldi va:
— Qani, nari tur, — deb Ibrohimni itarib yubordi. Ibrohimning koʼzasi yerga tushib, sindi. U yigʼlab ustozining huzuriga keldi.
— Nima boʼldi, oʼgʼlim? — deb soʼradi ustozi.
— Buloqdan suv olayotuvdim, bir otliq kelib, itarib yuborganida, koʼza qoʼlimdan tushib, sindi.
— Koʼzani sindirgan odamga biron nima dedingmi?
— Yoʼq, hech nima demadim.
— Bir ogʼiz ham gapirmadingmi?
— Yoʼq.
— Tezda u yerga borib, otliqqa biror narsa degin-da, ortga qayt.

Ismoil faqirullohning bunday buyruq berishlaridan hamma hayron qoldi. Ibrohim yugurib buloq boshiga keldi. Haligi kishi otini yuvar edi. Ibrohim anchagacha talmovsirandi, lekin hech narsa deyolmay, qaytib keldi. Ustozi:
— Gapirdingmi? — deb soʼradi.
— Yoʼq.
— Vaqt oʼtkazmay yugur. Unga biror yomon gap aytib kel!

Ibrohim yana yugurib buloq boshiga keldi. Qarasa, uni itargan otliq yerda yotibdi. Unga yaqin keldi. Otliq boshi yorilgan holda behush yotardi. Bu holatdan yuragi yorilayozgan Ibrohim ustozining yoniga keldi. Ustozi yana suradi:
— Biror narsa dedingmi, Ibrohim?
— Yoʼq, ustoz. Bu safar borganimda uning boshi yorilgan, qonga belanib yotgan ekan. Peshonasida ot tuyogʼining izi koʼrindi, — dedi. Ismoil hazratlari:
— Ey oʼgʼlim, birgina koʼza uchun bir odamni oʼldirtirding!
— Bu endi qandoq boʼldi?!
— Unga bir ogʼiz javob, bir ogʼiz yomon soʼz aytganingda, bu hodisa roʼy bermasmidi, — dedilar.

Ismoil Faqirulloh hazratlarining atrofidagilar:
— Ustoz, aytgan gapingizga uncha yaxshi tushunmadik, — deyishdi.
— Ha, — dedi Ismoil Faqirulloh hazratlari, bir zolim biror kishini xafa qilib yigʼlatsa-yu, mazlum u zolimga qarshi hech narsa qilolmasa, mazlumning koʼngli ozor topgani uchun Haq taolo zolimdan uning qasdini oladi. Ibrohim ham koʼzasi singach, u otliqqa hech boʼlmasa:
"Nima qilib qoʼyding?" deganida otining tepkisidan omon qolarmidi...
https://t.me/+_zbVN8XBlFZlOWIy
👍4
Don't judge a book by its cover. So be careful, I have enough bullets in my pistol. The time will come when I will destroy you all. You hear me?! I will kill you all! Because you can't judge me correctly. For saying "no" to me. You don't know me. I will take revenge. Anyway. God willing.
👍3🔥1
Ikki yoʻl bor:

1. “Meni eslanglar, Men ham sizlarni eslayman”. Baqara surasi, 152-oyat

2. “Ular Allohni unutdilar, U ham ularni unutdi”. Tavba surasi, 67-oyat

Boshqa yoʻl yoʻq!
👍5
Yaxshisi...
🔥5👏1
Yo yolg'onmi?!
🔥5👏1
O'zingdagi bor qobiliyatlar va hayot bergan imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanmasang, qolgan umringni nima qizig'i qoldi?! Barcha imkoniyatlardan maksimal foydalanish kerak. Shunda barchasi boshqacha bo'ladi. Aytaylik, bugungi kuningdan maksimal foydalan.
https://t.me/+_zbVN8XBlFZlOWIy
👍3🔥1
O'zingiz haqingizda bilishingiz kerak bo'lgan 25 ta narsa.
1.Siz uchun ideal kun qaysi?
2.Sizning ishtiyoqingiz nima?
3.O'zaro munosabatlar va do'stlikdagi "kelishilmaydigan" tomonlaringiz qanday?
4.Sizning hayot falsafangiz qanday?
5.Sizning kuchli tomonlaringiz nimada?
6.Sizning zaif tomonlaringiz nimada? 7. Odamlarga nima yoqadi?
8.Siz uchun nima muvaffaqiyatli?
9.Siz soatlab nima bilan xursandchilik qila olasiz?
10.Boshqa odamlar sizga nima bilan yordam so'rab kelishadi?
11.Qaysi mashg'ulotlar sizni zeriktiradi?
12.Sizning energiyangizni nima sarflaydi?
13.Qaysi faoliyatda yordam kerak?
14.Sizga qanday odamlar yoqadi?
15.O'zingizni qanday rag'batlantirasiz?
16.Siz boshqalardan qaysi jihatlari bilan yaxshiroqsiz?
17.Sizni nima xursand qiladi?
18.Siz nimani qurbon qila olasiz?
19.Sizning qadriyatlaringiz qanday?
20.Nima sizni dangasa qiladi?
21.Siz qanchalik kuchlisiz?
22.Siz stressga qanday javob berasiz?
23.Sizda qancha narsa bor?
24.O'zingiz haqingizda qanday o'zini o'zi tasavvur qilasiz?
25.Sayohatingizda qancha masofani bosib o'tdingiz?

https://t.me/+_zbVN8XBlFZlOWIy
P.s: Javob yozmang, pul yechib oladi bu xabar. Linkniyam tarqatmang xohlasangiz...
🔥2