Muhammadfozil Ismoilov
592 subscribers
410 photos
64 videos
1 file
181 links
Muhammadfozil Ismoilovning telegram kanali
Kanal haqida fikrlar uchun:
@Reader_chatbot
Download Telegram
Sajda - shu qadar mo'jizakor-ki, yerga pichirlaysan, osmonga yetib boradi va albatta amalga oshadi
@Muhammad_Fozil
🥰1
Faqirlik - chiroyli javonlarga terilgan, lekin biror marta oʻqilmagan kitoblardir.

Sayyid Abdulaziz Yusupov
@Muhammad_Fozil
Ilm yoʻlidan borgan inson oxiri Jannat ostonasidan chiqadi..

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh
@Muhammad_Fozil
🔥2❤‍🔥1
Shunday bo'lib chiqdiki, mening ishimni meni aralashtirmay ko'rishdi. Hamma narsa mening ishtirokimsiz bo'ldi. Taqdirim hal qilinyapti, lekin mendan hech kim o'zing bu haqida qanday fikrdasan, deb so'ramadi. Ba'zan ularning gapini bo'lib: "Aytinglar-chi, aybdor, oxir-oqibat kim o'zi? O'zingni ayblashsa, qarab turasanmi?" demoqchi ham bo'ldim. Lekin chuqurroq o'ylasam, aytadigan gapim yo'q ekan. Qolaversa, odamlarning sen bilan shug'ullangani qiziqarli mashg'ulot bo'lsa ham, tezda ko'ngilga urib qolar ekan.

Alber Kamyu,
Begona 📚

@Muhammad_Fozil
👍1
Agar shaharga dunyoning ilmi jamlangan olim kelibdi, ammo odobi sal kamroq ekan deb eshitib qolsam o'sha odam bilan uchrashmaganimga shukr qilaman. Aksincha, bir odobli odam shaharga keldi. Ilmi ozroq bo'lsa ham, odobi sevdiradigan darajada ekan, deb eshitsam, o'sha odam bilan uchrashmaganimga nadomat qilaman, chunki men odobni o'ttiz yil, ilmni yigirma yil o'rgandim.

Ahadquli Xolmuhammad o'g'li - Haqiqiy omad kaliti yoxud savdogarlar ustozi 📚
@Muhammad_Fozil
👍1
Yonma-yon ketib borayotgan uch kishi orasida bilimlarni qo'lga kiritish mumkin bo'lgan odamni hamma vaqt topish mumkin.

Konfusiy
@Muhammad_Fozil
👍1
Oqil kishilarga qafas muhiti
Zarar berolmagay, boʻldik shohidi:
Mushkni bir shishaga qamab qoʻysalar,
Chiqaverar ekan baribir hidi.


Xayrulla Hamidov
@Muhammad_Fozil
👍2
Yana jilmaydim, aksim badqovoq va ma'yusligicha qolaverdi. Kech kirayotgan, qamoqxonaning barcha qavatlaridan bo'g'iq shom shovqinlari dilgir ohangda balandlab, yana shu ko'yi sekin pasayadigan, men aytib berishni sira yoqtirmaydigan bir kez edi. Tuynuk oldiga borib, so'nayotgan shom shu'lalari yog'dusida yana bir marta aksimga termildim. Yuzim boyagiday juda jiddiy edi, nachora, o'zim endi jiddiylashib qolganimdan keyin, buning nimasi ajablanarli? Lekin ayni shu payti, bir necha oydan beri ilk marta o'z ovozimni aniq eshitib qoldim..

Alber Kamyu,
Begona 📚

@Muhammad_Fozil
👍1
Kitob o'qish uchun 2 xil asos bor:
1. Sen bundan rohatlanasan
2. Sen bu bilan maqtanishing mumkin
Bertren Rassel
@Muhammad_Fozil
👍3
30 yoshimdan qo'ng'iroq
Balki sizda ham bo'lgandir, yoki hech ham bo'lmagan voqea. Siz kelajakdagi o'zingizga qo'ng'iroq qilganmisiz? Masalan, 20yosh yoki 26 yosh deganday. Bu gapni hijjalab tushuntirib o'tirmayman. Siz ayta olasizmi, "Men mana bu yoshda, shu miqdorda pulim bo'ladi" deb? Aytishga oson, taqdirning yo'li qo'limizda-yu, baribir hammasini Alloh biladi.
Lekin, men 30 yoshimdan tez-tez qo'ng'iroq olib turaman. Gohi bekor qolib ketsam, gohida tinmay o'qisam...
Uning gaplari vaziyatga qarab har xil, vaqtim bekorga ketganini eshitsa, xafa bo'ladi va "Meni boy holatimni tushingda ko'rasan" deb go'shakni qo'yadi. Modomiki, men faqat qattiq harakat qilsam, u mendan mamnun bo'ladi va: "Sen to'g'ri yo'ldasan, davom et, menga yetib kelishing uchun seni yana buyuk ishlar kutyabdi." deb tavoze' bilan xayrlashadi. Men ko'proq ikkinchi holatga tushishni yoqtiraman. Chunki, rostdan ham 30 yoshimda o'zimni badavlat ko'rishni istayman. Shak-shubhasiz bu faqat mehnat evaziga bo'ladi.
Siz necha yoshingizga qo'ng'iroq qilgansiz, yoki maktub yozgansiz?
Javobi qanday bo'lgan?
@Muhammad_Fozil
👍3🥰1
Men Xudbinman!
Istaklarim ham.
Menikilar —
Menga bo'lishsin.
Meni demas, menikimaslar —
Mendan nari o'ynab-kulishsin.
Men Xudbinman,
Men sevgan inson —
Mensiz nafas ololmay qolsin!
Yo'qligimdan qulasa osmon
Borligimdan quvonchga to'lsin.
Nigohidan sig'masin o'zga,
Mehrin menga bersin bus-butun!
Shiringina jonidan kechsin
Bittagina qarashim uchun!..
Yuzlarimni tilasin oydan,
So'zlarimsin tatimasin bol.
Mensiz bir kun yashay oldimi —
Ana eshik!
Ketsin!
Bemalol!

Xudbinman, a?..
Bilaman!
Ammo,
Chorasizman.
Hayron turibman.
Shundayligim tufayli balki
Qarang...
Hamon yolg'iz yuribman.
@Muhammad_Fozil
👍3
#kulgu
Hurmatli meni yomon ko'radiganlar! Menda uzoq turing. Yerga tupursam ham yelkangizga tushyabdi😁😁
@Muhammad_Fozil
😁4👏1
Buyuklik bilan g'alatilik orasi - bir qadam.
Napoleon Bonapart
@Muhammad_Fozil
🔥3
Odam bolasi odamlarsiz yaosholmaydi, yana odamlarga toqat ham qilolmaydi.
Chingiz Aytmatov "Qiyomat" asaridan
@Muhammad_Fozil
👍3
Сейчас мне нужно деньги, а не чувство
D. Ergashev
@Muhammad_Fozil
🔥3
Forwarded from Izohlar uchun
#gap
So'nggi kunlarda odamlar tarjimayi hol degan Telegram funksiyasida (o'zi rostdan tarjimayi hol yozilishi kerak) o'tadigan o'quv dargohi yoki mandatni kutyabman degan mazmundagi gaplar yozib qo'yilgan, yoki, profiliga ana shu oliygohni joylab, yana kalima ham yozib qo'ygan bo'ladida tagiga. E'tibor berganmisiz? Bir haftadan keyin, mandat chiqib, o'tolmagan bo'lsa bioda "Hammasi yaxshilikka" profil surati yo'q...
Buni nima ahamiyati bor o'zi?!
@Muhammad_Fozil
🔥3👍1
#kulguli_maslahat
Kun kelib kutmagandim, demasligingiz uchun mendan hamma narsani kuting!
@Muhammad_Fozil
👍5
#rostda
Ayrim odamlarni shunchaki quchish kerak... bo'ynidan...
arqon bilan...
@Muhammad_Fozil
👏5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tez orada mandatdan so'ng...
P.s: Temur Alixonov rosa boplab qo'yganda o'ziyam
@Muhammad_Fozil
😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun mandatdan keyin... "O'qishdan foyda yo'q"
P.s: Kimni otasi shunaqa?
@Muhammad_Fozil
4
Bir otaxon ayoli bilan 60 yil birga yashagandan so'ng ayoli vafot etibdi. Otaxon shu bo'yi ko'zoynak taqmabdi. "Nega ko'zoynak taqmaysiz" deya so'raganlarida "U o'lgandan keyin qarashga arzirli hech narsa qolmadi" deb javob beribdi.
@Muhammad_Fozil
👍3