Muhammadfozil Ismoilov
592 subscribers
410 photos
64 videos
1 file
181 links
Muhammadfozil Ismoilovning telegram kanali
Kanal haqida fikrlar uchun:
@Reader_chatbot
Download Telegram
“Baxt kapalak kabidir; Qanchalik ko‘p quvsang, shunchalik ko‘p seni chetlab o‘tadi, lekin e’tiboringni boshqa narsalarga qaratsang, u kelib, yelkangga ohista o‘tirib oladi”.
Genri Devid Toro
@Muhammad_Fozil
🥰4
#kulgu
Bugun kichkina jiyancham bilan baliqni suvda cho'kib ketishidan qutqarib qoldik.

Hozir baliq uxlab qoldi...))
@Muhammad_Fozil
😁6
O‘GENRI. VAQT QIYMATI (HIKOYA)

Ota odatdagidek ishdan kech qaytdi. Horg‘in, hafsalasiz, pajmurda gavdasini arang sudrab ostona hatladi. Bo‘sag‘ada uni mijja qoqmay ko‘zlari to‘rt bo‘lib, intiq kutayotgan 5 yashar o‘g‘li qarshi oldi.
— Salom, dada! – dedi u quvonchdan ko‘zlari porlab.
— Salom, bo‘talog‘im, haliyam yotmadingmi?
— Yo‘q. – deya javob berdi bola va sabrsizlik bilan so‘radi. — Dada, maylimi sizga savol bersam?
— Mayli. Qani eshitaylik-chi, oromingni o‘g‘irlab, allamahalgacha senginani yo‘limga intizor qildirgan qanday savol bo‘ldi u?
— Bir soatda qancha pul ishlaysiz? – ko‘zlarini pirpiratib bolalarga xos sodda samimiyat ila so‘radi bolakay.
Horiqulodda berilgan 5 yashar bolaning kutilmagan savoli otani tong qoldirdi va turib – turib jahlini chiqardi.
— Bemahalda boshqa bo‘lmag‘ur savol o‘ylab topolmadingmi? Qalaversa, bu sening ishing emas, zumrasha.
— Dada, iltimos, men shunchaki bilmoqchi edim, ayta qoling, bir soatda qancha pul topasiz? – oyoq tirab oldi bolakay.
Bolaning hukmi poshshoning hukmidan ustun emasmi, ota qarasa javob bermasa bo‘lmaydigan, jovdirab tikilayotgan pokiza ko‘zlar bilan nigohi baqamti kelganida ko‘ngli iyidi va:
— Bir soatda 20 dollar ishlayman, qo‘zim, - deya javob qildi u bolasining boshini silab.
— Yashasin! – qichqirib yubordi kichkintoy. — Dada, menga 10 dollar qarz berib tura olasizmi?
Bunisi hammasidan o‘tib tushdi va darg‘azab otaning sabr kosasi to‘lib, ortiq jahlini yashirolmadi:
— Ie, tag‘in yana nima o‘ylab topding. Qaerdagi keraksiz o‘yinchoqlarni sotib olishing uchun dadam 10 dollar beradi, deb o‘ylasang, chuchvarani xom sanabsan. Qani hoziroq o‘z o‘rningga borib yot va oxirgi paytlarda qanchalar xudbin bo‘lib ulg‘ayotganing haqida bosh qotirib ko‘r! Men har kun betinim mashaqqatli mehnat qilaman va jonim halqumimga kelib arang uyga qaytaman. Sening xarxashalaring va injiqliklaringni ko‘tarishga tobim yo‘q!
Mo‘ltirab tikilib turgan ko‘zlarga yosh qalqdi. Bolakay indamay ortiga o‘girildi. Charchagan ota dam olgali o‘rniga cho‘zildi, biroq har qancha horigan, jismonan ezilgan bo‘lmasin, hadeganda ko‘zlariga uyqu inay demasdi. Asablari dosh bermay, bolasiga baqirgani uchun ko‘ngli buzildi. “Tun yarmigacha uxlamay, topgan savolini qarang. Qiziq, 10 dollar unga nega kerak bo‘lib qoldiykin?”. Shu yo‘sinda oradan bir soat o‘tdi. Ota u yoniga ag‘darildi, bu yoniga ag‘darildi, lekin ko‘zlari yumilmadi. Bu turishda saharga dovur uxlolmasligini anglab, o‘rnidan turdi. Hovuridan tushgan ota sokin o‘y surar ekan: “Chindan ham bolam shu 10 dollarga muhtoj bo‘lsa, men jigargo‘shamning gapini eshitmay turib, kutganini ham ro‘yxotir qilmay urishib berdim” deya ko‘ngli xijil bo‘ldi.
U o‘g‘lining xonasi tomon yo‘naldi. Eshikni sekingina ochib:
— Uxlayapsanmi, bolajonim? – deb so‘radi.
— Yo‘q, uyg‘oqman, dada.
— Senga nisbatan nohaqlik qildim, qattiqqo‘llik qilganimni tushundim. Shuning uchun chiqar chirm etganim yo‘q. Mendan ranjimadingmi? Ba’zan kattalar ham xato qiladilar. Mana senga 10 dollar, endi eski ginalarni unutamiz.
Bola pulni qo‘liga ham olmay, chopqilab borib yostig‘ining ostidan bir dasta g‘ajimlangan pullarni chiqardi. O‘g‘lining hararakatlarini sukut saqlab kuzatib turgan ota hayratda edi.
— Shuncha puling bor ekan, mendan tag‘in 10 dollar so‘raganing nimasi, bo‘talog‘im?
— Pulim borlikka bor edikuya, ammo yetmasdi-da. Mana endi 20 dollarim bor. Dada, men bir soat vaqtingizni sotib olmoqchiman. Erta uyga vaqtliroq keling, birga tushlik qilsam devdim...

Ingliz tilidan Shahnoza Rahmonova tarjimasi

@Muhammad_Fozil
👍2🥰2
#kulgu
Facebook ijtimoiy tarmog'ida bir ateist yigit o'z sahifasiga koinotga sayohat qilib, "bu yerda xudoni ko'rmayapman" degan bannerni qo'lida ushlab tushgan suratini joylab qo'yibdi. Shunda kommentlardan bir musulmon yigitning javobini o'qib qoldim. "Shlemni yechsang, albatta ko'rasan."
@Muhammad_Fozil
👍2
"Daryolar buni bilishadi: shoshmaslik kerak. Biz u yerga bir kun yetib boramiz."
Alan Aleksandr Miln
@Muhammad_Fozil
👍1🐳1
Men boshqalarga o'xshashni xohlamayman. Boshqalar menga o'xshashni xohlashsin!
@Muhammad_Fozil
👍3👏1
Haqiqat shuki, biz hammamiz yolg'onchimiz.
@Muhammad_Fozil
👍2
Kambag'al otam doim "pul yomon narsa" deb uqtirardi. Bora-bora ko'z o'ngimda qashshoqqa aylanib qoldi.
Boy otam esa "pul bu - kuch" derdi va u eng yaxshi milliarderga aylandi.
Robert Kiosaki "Boy ota, kambag'al ota" asaridan
P.s: siz uchun kimning fikri to'g'ri?
👍2👏1
Yaqinda musulmon boʻlgan bir yahudiy hikoya qiladi:

“Bir musulmon inson bilan sheriklikda ancha yillar tijorat bilan shugʻullandik. Ishimiz juda kattalashdi. Katta foydalar qildik. Vaqti kelib, ikkimiz ajralishga qaror qildik. Oʻrtadagi molimizni hisobladik. Ikkimizning ulushimiz aniq boʻldi. Shundan soʻng musulmon sherigim menga dedi:
— Mana shu mol ham senga boʻlsin.
— Nima uchun?
— Biz sen bilan shuncha yil ish qildik. Koʻp foydalar qildik. Bizning dinimizda «qul haqqi» degan bir gap bor. Bu jiddiy masala. Yana biror joyda sening haqqing menga oʻtib ketgan boʻlmasin. Men gʻayri muslim bir insonning haqidan qoʻrqaman. Meniki senga oʻtgan boʻlsa, men roziman.
“Qul haqqi” nima degani?
— Men bu masalani senga tafsiloti bilan tushuntira olmayman. Lekin, nozik masala ekanini bilaman. Istasang, bu masalani yaxshilab tushuntirib beradigan bir domladan soʻraymiz.

Bir ilm odamining oldiga bordik. “Qul haqqi” toʻgʻrisida maʼlumotlar oldik. Insonlarning molini nohaq yeyishlikning juda nozik tomonlarigacha anglatdi.

Men u yerdan chiqib toʻgʻri oʻz dinimning, yaʼni yahudiy olimining oldiga bordim. Undan soʻradim:
— Musulmonlarda “qul haqqi” degan tushuncha bor ekan. Musulmonlar hayotlarida bu narsadan juda ehtiyot boʻlar ekanlar. Bizda bu haqda nima deyilgan?
— Bizda agar “qul haqqi” degan tushuncha boʻlganda, hech bir ish qilolmagan boʻlardik.
Bizda har narsa “halol”.
Bir narsa, xususan, musulmonga tegishli boʻlgan bir molni agar tortib ololsang, bu sening uchun savob ish hisoblanadi....

Qanday razillik!

Musulmonlardachi?
Musulmonlarda bir mol, garchi dushmaning qoʻlida boʻlsa ham, uni himoya qilishga buyurilgan...

Qanday oliyjanoblik!

Uyga qaytib, darhol musulmon boʻldim.»

Bir gʻayri muslimni musulmon boʻlishini istasangiz, uni masjidlarga olib bormang. Maʼruzalar tinglatmang. Faqat, ular bilan tijorat qilar ekansiz, durust harakat qiling.
Birovning haqqiga rioya qiling.
Goʻzal voiz boʻlishingiz shart emas.
Islom odobi bilan bezaning!
Shuning oʻzi yetadi!

Shoolim Shomansur

@Muhammad_Fozil
👍1👏1
#kulgu
-Dunyodagi eng qiyin kasb egalari kimlar?
-Morgdagilar
-Nega?
-O'lgandan keyin ham ish joyiga qaytib boradida!
@Muhammad_Fozil
👍1
Keling qayergadir ketamiz. Va hech qachon qaytmaymiz
@Muhammad_Fozil
👍2
Kambag'al otam menga "o'g'lim doim a'lo o'qib, biror-bir korxonaga xodim bo'lib ishga joylash" deb uqtirsa, boy otam "o'g'lim doim a'lo o'qib, biror-bir korxonaning boshlig'i bo'l, yoki sotib ol" deb aytardi.
Robert Kiosaki "Boy ota, kambag'al ota" asaridan
@Muhammad_Fozil
👍3👏2
Darding bo'lsa, osmonga ayt, daraxtga ayt, tuproqqa ayt, mayli ana, hayvonga ayt insonga ham aytasanmi dardingni?!
@Muhammad_Fozil
👍5😍2
Ayrim odamlarni boshqa birovlardan yashirgan taraflari bo'ladi. Go'yoki, oyning ham boshqa bir ko'zga ko'rinmagan tomonlari kabi...
@Muhammad_Fozil
👍2🔥1
"G'alaba qozonish istagi muhim emas - bu hammada bor. Muhimi, g'alaba qozonishga tayyorgarlik ko'rish irodasi."

Pol Brayant
@Muhammad_Fozil
👍3🔥1🏆1
#english_quote
Solve the problem, or leave the problem.
Don't live with the problem.

@Muhammad_Fozil
👍2🔥1
A wise man once said:
Hate has 4 letters but so does Love
Enemies has 7 letters but so does Friends
Lying has 5 letters but so does Truth
Cry has 3 letters but so does Joy
Negativity has 10 letters but so does Positivity
LIFE IS 2 SIDED, SO CHOOSE THE BETTER SIDE OF IT
@MUHAMMAD_FOZIL
👍3
Bola edim. Onamga «Daraxtga chiqaman, yordam bering!» dedim. «Birov chiqarib qo‘ygan joydan tusholmaysan, qulaysan» dedi. Bu gapni butun umr unutmadim!
@Muhammad_Fozil
🔥2
Muvofiqlik - bu noaniqlikni moslashuvchanlik bilan hal qilganingizdir.
Noma'lum muallif
@Muhammad_Fozil
👍1🔥1
#buyuklardan_iqtibos
Har kuni biz ko'proq narsani bilamiz va kam narsani tushunamiz
Albert Eynshteyn
@Muhammad_Fozil
👍2🏆1
#kulgu
—Ertaga maktabga mo'ylovingni olib kel
—Nimaga ustoz maktabga mo'ylov qo'yib yurish taqiqlanmaganku?
—To'g'ri lekin sen qiz bolasan senga yarashmaydi...

@Muhammad_Fozil
😁5