Muhammadfozil Ismoilov
594 subscribers
410 photos
64 videos
1 file
181 links
Muhammadfozil Ismoilovning telegram kanali
Kanal haqida fikrlar uchun:
@Reader_chatbot
Download Telegram
Do'stim to'g'risida ko'p gapirganman. Kanalini ham gapirganman. Xullas, tug'ilgan kun muborak bo'lsin do'stim! Bunaqa tug'ilgan kunlarni yana 100 tasini ko'rib, ota-onangiz baxtiga sog' bo'ling! Tabriklamoqchi bo'lganlar https://t.me/shoxrux_officials ga yozaverasizlar.
@Muhammad_Fozil
🔥6👍1
Bugun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Insoniyat o'zida bor eng yaxshi narsalarni bolalarga berishga majbur. Fursatdan foydalanib,
barcha bolalarni bayram bilan tabriklayman! Hofizi qur'on, yengilmas harbiy, kuyunchak shifokor xullas, neki istashsa, barchasiga erishishsin.
@Muhammad_Fozil
👍3🎉3🥰1👏1
Bugun 5-iyun xalqaro otalar kuni ekan. Fursatdan foydalanib barcha otalarimizni bayram bilan tabriklayman. Baxtimizga otalarimiz doim sog' bo'lishsin!
@Muhammad_Fozil
👍3🔥1🥰1
Ota
She'r muallifi: Xayrulla Hamidov
@Muhammad_Fozil
❤‍🔥1👍1🔥1
Bugun 7-iyun xalqaro shokoladli muzqaymoq kuni. Fursatdan foydalanib, bugun hammamiz buni nishonlashimiz kerak. Yaqinlar bilan muzqaymoqxo'rlik qilishga nima yetsin a labbay?
P.s: Shunaqa payt uyga ketvorging keladida rosa...
@Muhammad_Fozil
🤩5
Gohida inson yashashda davom etish uchun shafqatli qo‘lga, iliq so‘zga muhtoj bo‘ladi. Insonlar hayotni emas o‘zlariga yoqmaydigan sharoitni ko‘proq yomon ko‘rishadi. Sharoitlar gohida insonni yutib yuboradigan dahshatli maxluqqa aylanadi. Insonning bu maxluqqa qarshi kurashadigan yagona quroli - yashashga bo‘lgan umidi hisoblanadi...
@Muhammad_Fozil
👍2👏2
Ba'zan "Hazillashdim" orasida haqiqat bor.
Ba'zan "Bilmayman" orasida bilim bor.
Ba'zan "Menga baribir" orasida keraklisi bor.
Siz shunchaki anglashni biling.
@Muhammad_Fozil
👍2
Alloh sizga ishlaringiz yaxshi bo'ladi demadi, lekin aytdiki: "Albatta Alloh sabrlilar bilandir.
Baqara surasi, 153-oyat
@Muhammad_Fozil
👍3
Dunyoda hamma narsa nisbiy. Men falonchiga nisbatan insofliman, sen esa menga nisbatan, yana bir odam senga nisbatan insofliroq. Har birimiz haqiqatni o‘zimizcha tushunamiz.

Tohir Malik, "Shaytanat"
@Muhammad_Fozil
👍1
Odamlar juda xavfli...
(Astag'firulloh)
Kunlardan birida shayton o'z bolalaridan birini yetaklagan ko'yi ko'cha aylanadi va hamma narsani shaytonvachchaga tushuntira boshlaydi.
Shunda yosh shaytonvachcha sigirni ko'rsatib so'raydi:
-Bu nima?
-Bu sigir. U sut beradi. Shoxlari bizniki bilan bir xil. Ishtahasi karnay hayvon.
-Bu nima?
-Bu echki. Uning yungi, soqoli va boshqa a'zolarini biz o'zimizga olganmiz. U ham go'sht, ham sut beradi.
Shu vaqt bir navqiron yigit ko'chadan o'tib qoladi. Shunda yosh shaytoncha yana so'raydi:
-Bu kim?
-Bu xudo yaratgan maxluqotlar ichida eng xavflisidir. Undan ehtiyot bo'lmoq darkor.
-Nega?
-Chunki bo'tam, u qilg'ilikni qilib yana hamma aybni senga to'nkaydi!
P.s: Shu darajada insonlar ham bormi oramizda nahot?!
@Muhammad_Fozil
👍3
Men "Amalga oshishi amri mahol!", degan so‘zga ishonmayman. Chunki, bunday  kalima Qur’onda zikr qilinmagan...
Men  "Albatta, Alloh har bir ishga Qodirdir!",  deya zikr qilingan kalimaga ishonaman va iymon keltiraman!
@Muhammad_Fozil
🔥4🥰2
#dialog
-Nega kechirmayapsan meni? Axir afsusdaman...
-Bir shisha idish ol va uni yerga tashla. Sindimi? Endi uzr so'rab ko'r-chi butun bo'lib qolarmikan?!
@Muhammad_Fozil
👏5
"Men hayot haqida o'rganganlarimni uchta so'z bilan ifodalashim mumkin: u davom etadi."
Robert Frost
@Muhammad_Fozil
🔥3
“Baxt kapalak kabidir; Qanchalik ko‘p quvsang, shunchalik ko‘p seni chetlab o‘tadi, lekin e’tiboringni boshqa narsalarga qaratsang, u kelib, yelkangga ohista o‘tirib oladi”.
Genri Devid Toro
@Muhammad_Fozil
🥰4
#kulgu
Bugun kichkina jiyancham bilan baliqni suvda cho'kib ketishidan qutqarib qoldik.

Hozir baliq uxlab qoldi...))
@Muhammad_Fozil
😁6
O‘GENRI. VAQT QIYMATI (HIKOYA)

Ota odatdagidek ishdan kech qaytdi. Horg‘in, hafsalasiz, pajmurda gavdasini arang sudrab ostona hatladi. Bo‘sag‘ada uni mijja qoqmay ko‘zlari to‘rt bo‘lib, intiq kutayotgan 5 yashar o‘g‘li qarshi oldi.
— Salom, dada! – dedi u quvonchdan ko‘zlari porlab.
— Salom, bo‘talog‘im, haliyam yotmadingmi?
— Yo‘q. – deya javob berdi bola va sabrsizlik bilan so‘radi. — Dada, maylimi sizga savol bersam?
— Mayli. Qani eshitaylik-chi, oromingni o‘g‘irlab, allamahalgacha senginani yo‘limga intizor qildirgan qanday savol bo‘ldi u?
— Bir soatda qancha pul ishlaysiz? – ko‘zlarini pirpiratib bolalarga xos sodda samimiyat ila so‘radi bolakay.
Horiqulodda berilgan 5 yashar bolaning kutilmagan savoli otani tong qoldirdi va turib – turib jahlini chiqardi.
— Bemahalda boshqa bo‘lmag‘ur savol o‘ylab topolmadingmi? Qalaversa, bu sening ishing emas, zumrasha.
— Dada, iltimos, men shunchaki bilmoqchi edim, ayta qoling, bir soatda qancha pul topasiz? – oyoq tirab oldi bolakay.
Bolaning hukmi poshshoning hukmidan ustun emasmi, ota qarasa javob bermasa bo‘lmaydigan, jovdirab tikilayotgan pokiza ko‘zlar bilan nigohi baqamti kelganida ko‘ngli iyidi va:
— Bir soatda 20 dollar ishlayman, qo‘zim, - deya javob qildi u bolasining boshini silab.
— Yashasin! – qichqirib yubordi kichkintoy. — Dada, menga 10 dollar qarz berib tura olasizmi?
Bunisi hammasidan o‘tib tushdi va darg‘azab otaning sabr kosasi to‘lib, ortiq jahlini yashirolmadi:
— Ie, tag‘in yana nima o‘ylab topding. Qaerdagi keraksiz o‘yinchoqlarni sotib olishing uchun dadam 10 dollar beradi, deb o‘ylasang, chuchvarani xom sanabsan. Qani hoziroq o‘z o‘rningga borib yot va oxirgi paytlarda qanchalar xudbin bo‘lib ulg‘ayotganing haqida bosh qotirib ko‘r! Men har kun betinim mashaqqatli mehnat qilaman va jonim halqumimga kelib arang uyga qaytaman. Sening xarxashalaring va injiqliklaringni ko‘tarishga tobim yo‘q!
Mo‘ltirab tikilib turgan ko‘zlarga yosh qalqdi. Bolakay indamay ortiga o‘girildi. Charchagan ota dam olgali o‘rniga cho‘zildi, biroq har qancha horigan, jismonan ezilgan bo‘lmasin, hadeganda ko‘zlariga uyqu inay demasdi. Asablari dosh bermay, bolasiga baqirgani uchun ko‘ngli buzildi. “Tun yarmigacha uxlamay, topgan savolini qarang. Qiziq, 10 dollar unga nega kerak bo‘lib qoldiykin?”. Shu yo‘sinda oradan bir soat o‘tdi. Ota u yoniga ag‘darildi, bu yoniga ag‘darildi, lekin ko‘zlari yumilmadi. Bu turishda saharga dovur uxlolmasligini anglab, o‘rnidan turdi. Hovuridan tushgan ota sokin o‘y surar ekan: “Chindan ham bolam shu 10 dollarga muhtoj bo‘lsa, men jigargo‘shamning gapini eshitmay turib, kutganini ham ro‘yxotir qilmay urishib berdim” deya ko‘ngli xijil bo‘ldi.
U o‘g‘lining xonasi tomon yo‘naldi. Eshikni sekingina ochib:
— Uxlayapsanmi, bolajonim? – deb so‘radi.
— Yo‘q, uyg‘oqman, dada.
— Senga nisbatan nohaqlik qildim, qattiqqo‘llik qilganimni tushundim. Shuning uchun chiqar chirm etganim yo‘q. Mendan ranjimadingmi? Ba’zan kattalar ham xato qiladilar. Mana senga 10 dollar, endi eski ginalarni unutamiz.
Bola pulni qo‘liga ham olmay, chopqilab borib yostig‘ining ostidan bir dasta g‘ajimlangan pullarni chiqardi. O‘g‘lining hararakatlarini sukut saqlab kuzatib turgan ota hayratda edi.
— Shuncha puling bor ekan, mendan tag‘in 10 dollar so‘raganing nimasi, bo‘talog‘im?
— Pulim borlikka bor edikuya, ammo yetmasdi-da. Mana endi 20 dollarim bor. Dada, men bir soat vaqtingizni sotib olmoqchiman. Erta uyga vaqtliroq keling, birga tushlik qilsam devdim...

Ingliz tilidan Shahnoza Rahmonova tarjimasi

@Muhammad_Fozil
👍2🥰2
#kulgu
Facebook ijtimoiy tarmog'ida bir ateist yigit o'z sahifasiga koinotga sayohat qilib, "bu yerda xudoni ko'rmayapman" degan bannerni qo'lida ushlab tushgan suratini joylab qo'yibdi. Shunda kommentlardan bir musulmon yigitning javobini o'qib qoldim. "Shlemni yechsang, albatta ko'rasan."
@Muhammad_Fozil
👍2
"Daryolar buni bilishadi: shoshmaslik kerak. Biz u yerga bir kun yetib boramiz."
Alan Aleksandr Miln
@Muhammad_Fozil
👍1🐳1
Men boshqalarga o'xshashni xohlamayman. Boshqalar menga o'xshashni xohlashsin!
@Muhammad_Fozil
👍3👏1
Haqiqat shuki, biz hammamiz yolg'onchimiz.
@Muhammad_Fozil
👍2