Muhammadfozil Ismoilov
590 subscribers
409 photos
64 videos
1 file
180 links
Muhammadfozil Ismoilovning telegram kanali
Kanal haqida fikrlar uchun:
@Reader_chatbot
Download Telegram
Forwarded from Bridgin.uz
🌉 Bridgin — Katta imkoniyatlar sari shaxsiy ko'prigingiz!
Salom, talaba! 🎓 Grant yutishni, nufuzli stipendiya sohibi bo'lishni yoki orzuingizdagi karyerani boshlashni xohlaysizmi? Ammo qayerdan qidirishni bilmayapsizmi?
Sizga zo'r yangiligimiz bor! Bridgin — bu sening barcha maqsadlaringni bir joyda birlashtiruvchi aqlli yordamching.

Platformamizda seni nimalar kutyapti? 👇

💰 Stipendiya va Grantlar Milliy va xalqaro dasturlarni bir joydan topasan va hech qanday ovoragarchiliksiz, to'g'ridan-to'g'ri ariza topshirasan.

🤖 AI Mentor «Qaysi grantga mosman? Nima yetishmayapti? Qanday tayyorlanish kerak?» — Sun'iy intellekt barcha savollaringga aniq va shaxsiy yo'l-yo'riq ko'rsatadi.

📄 AI CV Generator Atigi 2 daqiqa ichida professional rezyume yarat! 6 xil zamonaviy shablondan birini tanla va tayyor PDF faylni yuklab ol.

📁 Hujjatlar kutubxonasi Diplom, sertifikat va transkriptlaringni xavfsiz saqla hamda kerakli arizalarga bir zumni o'zida biriktir.

📢 E'lonlar va Tadbirlar Konferensiyalar, olimpiada va xakatonlar — eng so'nggi va qaynoq imkoniyatlardan birinchilardan bo'lib xabardor bo'l.

💬 Messenger O'z ustida ishlaydigan, izlanuvchan talabalar bilan bog'lan, networking qil va tajriba almash.

🚀 Va eng muhimi — bularning barchasini mutlaqo bepul boshlash imkoniga egasan!

Hoziroq ro'yxatdan o't va o'z imkoniyatlaringni kashf et: 👉
📌 P.S. Keyingi postlarda har bir funksiyani 0 dan, ipidan-ignasigacha batafsil tushuntirib boramiz. Bizni kuzatishda davom et! 🔔 https://bridgin.uz/
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥32🏆2🎉1
Bridgin.uz
🌉 Bridgin — Katta imkoniyatlar sari shaxsiy ko'prigingiz! Salom, talaba! 🎓 Grant yutishni, nufuzli stipendiya sohibi bo'lishni yoki orzuingizdagi karyerani boshlashni xohlaysizmi? Ammo qayerdan qidirishni bilmayapsizmi? Sizga zo'r yangiligimiz bor! Bridgin…
Hurmatli do'stlar, yangi boshlangan bu loyihani qo'llab-quvvatlashda bizga yordam bersangiz xursand bo'lamiz. Sizdan bitta xabarni o'zingiz bilgan shu narsaga muhtoj odamga yuborib qo'yish evaziga na sizdan pul yechamiz, na sizga ziyonimiz tegadi bu xabar bilan. Sizlardan shunchaki dalolat qilishni so'raymiz. Zero hadisi sharifda to'g'ri yo'lga dalolat qilish ham bir savob deyilgan.

Yordamingiz uchun xursandmiz va sizga oldindan rahmat aytib qolamiz!
🔥9🏆21🎉1
📲 BridgIn ilova sifatida ham mavjud!

Endi BridgIn’ni telefoningizning bosh ekraniga o’rnatib, platformadan yanada tezroq va qulayroq foydalanishingiz mumkin. 🚀

O’rnatish tartibi (iPhone/iPad):

1️⃣ BridgIn saytini oching va brauzer pastidagi (yoki tepasidagi) 📤 Ulashish (Share) tugmasini bosing.

2️⃣ Ochilgan ro’yxatdan “Bosh ekranga qo’shish” (Add to Home Screen) bandini tanlang.

3️⃣ Yuqori o’ng burchakdagi “Qo’shish” (Add) tugmasini bosing.

Tayyor! BridgIn endi telefoningizda oddiy ilova kabi ishlaydi.

📱 Hoziroq o’rnating va BridgIn’dan foydalanishni boshlang! ➡️ https://bridgin.uz

💙 Bizni kuzatishda davom eting. Eng yaxshi yangilanishlar hali oldinda!

📢 Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆21🔥1
📱 Endi BridgIn doimo siz bilan!🙂

Har safar brauzer ochib, sayt manzilini yozishga hojat yo’q. Endi BridgIn’ni telefon yoki kompyuteringizga ilova sifatida o’rnatishingiz va unga birgina bosish orqali kirishingiz mumkin.

BridgIn’ni telefon yoki kompyuteringizga ilova sifatida o’rnatish uchun avvalo https://bridgin.uz saytiga kiring va profilingizga kiring.

So’ng qurilmangizga mos quyidagi amallarni bajaring:

🍎iPhone/iPad

1️⃣Profil bo’limidagi “Ilova sifatida o’rnatish” tugmasini bosing.
2️⃣Share (Ulashish) tugmasini tanlang.
3️⃣Add to Home Screen (Bosh ekranga qo’shish)Add (Qo’shish).

🤖Android

1️⃣Profil bo’limidagi “Ilova sifatida o’rnatish” tugmasini bosing.
2️⃣Brauzer menyusidan () Install App yoki Add to Home Screen ni tanlang.
3️⃣Tasdiqlang.

💻Kompyuter

1️⃣bridgin.uz saytini oching.
2️⃣Profil bo’limidagi “Ilova sifatida o’rnatish” tugmasini bosing yoki brauzer manzil satridagi Install belgisini tanlang.
3️⃣Install tugmasini bosing.

🚀Bir necha soniyada BridgIn’ni ilova sifatida o’rnating va undan yanada qulay foydalanishni boshlang! ➡️ https://bridgin.uz/

💙 Bizni kuzatishda davom eting!
📢Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2👏2
Miyani 100% ishlatsa nima boʼladi?
- Epileptik tutqanoq boʼladi

"Odam miyasining faqat 10 foizidan foydalanadi, agar 100 foizini ishlatsa, superqobiliyatlarga ega boʼladi", degan gap ilmiy jihatdan notoʼgʼri ekanligini aytganmiz. Аslida sogʼlom inson miyasining deyarli barcha qismlari turli vaqtlarda va turli vazifalar uchun faol ishlaydi.

Аgar miyadagi qoʼzgʼalish va tormozlanish oʼrtasidagi nozik muvozanat buzilib, barcha neyronlar bir vaqtning oʼzida haddan tashqari faollashsa, bunda superqobiliyat emas, balki xavfli holat - epileptik tutqanoq rivojlanishi mumkin.

Normal holatda miya qoʼzgʼalish va tormozlanish oʼrtasidagi muvozanatni doimiy saqlab turadi. Kelayotgan signallarning bir qismi neyronga yetib kelishidan oldinoq susaytiriladi, yana bir qismi esa neyron ichida qayta ishlanish jarayonida cheklanadi. Shu mexanizmlar tufayli miya muhim maʼlumotlarni ajratib oladi va ortiqcha axborot oqimi bilan yuklanib qolmaydi.

Miya doim tashqi muhitdan ulkan hajmdagi maʼlumotlarni qabul qiladi. Koʼz, quloq, teri va boshqa sezgi aʼzolaridan har soniya millionlab signallar keladi. Аgar miya ularning barchasini bir xil ahamiyat bilan qayta ishlasa, inson diqqatini jamlay olmaydi va axborot oqimi ostida qolib ketadi.

Shuning uchun miyada sensor filьtratsiya tizimi mavjud. Bu tizim muhim boʼlmagan signallarni erta bosqichdayoq toʼxtatib, faqat eng zarur maʼlumotlarni yuqori markazlarga uzatadi. Bu jarayon ham tormozlovchi neyronlar orqali amalga oshiriladi.

Аgar tormozlovchi mexanizmlar samaradorligi pasaysa, sensor filьtratsiyasi izdan chiqadi. Natijada miyaga haddan tashqari koʼp signallar oʼtadi, neyronlar esa muhim va ahamiyatsiz axborotni ajrata olmay qoladi. Bu esa maʼlumotni samarali qayta ishlash oʼrniga neyronlarning patologik darajada qoʼzgʼalishi va ularning bir vaqtning oʼzida sinxron faollashishiga olib keladi.

Аynan shu jarayon epileptik tutqanoqning asosiy mexanizmlaridan biri hisoblanadi.

Professional orkestrda ham barcha musiqachilar bir vaqtning oʼzida baland ovozda chalsa, goʼzal musiqa emas, shovqin hosil boʼladi. Miya ham xuddi shunday, uning kuchi barcha neyronlarning maksimal faolligida emas, balki ularning aniq muvofiqlashtirilgan va nazorat qilingan ishida

Qisqacha aytganda, miyaning samarali ishlashi uning koʼproq ishlashiga emas, balki qoʼzgʼalish va tormozlanish oʼrtasidagi aniq muvozanat saqlanishiga bogʼliq. Shuning uchun kuchli intellekt ham, sogʼlom fikrlash ham faqat faollik emas, balki kerak boʼlganda neyronlarning oʼz vaqtida jim turishi bilan ham taʼminlanadi.

@Muhammad_Fozil
👍54👏4🎉1
Ratsional egoist

Harvardda bir tadqiqot o'tkazilgan.
Talabalardan so'rashgan: "Siz uchun eng qimmatli resurs nima?"
Pul. Vaqt. Salomatlik.
Ko'pchilik pul degan.
To'g'ri javob esa vaqt edi. Chunki pulni qaytarib topsa bo'ladi. Vaqtni esa yo'q.
Lekin biz bugun ham vaqtimizni eng arzon narxda sotib yuramiz.

Kecha uyga mehmon keldi - dars qoldirildi.
Bugun qandaydir to'y bor - yana bir kun ketdi.
Ertaga birov xafa bo'lmasin deb - yana bir soat yo'qoldi.
Sabab topish oson. Vaqt esa hech kimni kutmaydi.

Nima uchun shunday bo'ladi?
Biz bolaligimizdan bir narsani o'rganib kelganmiz: Hammaga yoqimli bo'lish va omma e'tiborida bo'lish yaxshi, muhim.
Yaxshi o'quvchi - o'qituvchiga yoqqan o'quvchi.
Yaxshi do'st - hamma chaqirganda keladigan do'st.
Bu yomon emas. Lekin bu odatning bir tomoni bor - u sekin-asta o'z irodangizni o'ldiradi.
Yillar o'tib qarasangiz: hamma yoqimli, hammaga qulay, hamma uchun bor - faqat o'z kelajagi uchun yo'q bo'lib qolgan odam bilan yuzma-yuz kelasiz.
O'sha odam - o'zingiz.

Egoist deganda yomon odam ko'z oldingizga keladi. Boshqalarni mensimaydigan, faqat o'zi uchun yashaydigan.
Lekin ratsional egoist boshqa narsa.
U boshqalarga zarar yetkazmaydi. U shunchaki o'z maqsadini boshqalarning kutilmalaridan ustun qo'yishni biladi.
Farq katta.

Biz ko'pincha vaqtni katta bo'laklarda yo'qotmaymiz.
Yo'qotish mayda-mayda bo'ladi.
Yarim soat bu yerda. Bir soat u yerda. "Faqat bir daqiqa" bu yerda.(Ozgina reels ko'ray keyin qilamanda degan va'dalaringizni eslang)
Hafta oxirida qarasangiz - qayoqqadir ketgan, lekin qayerga ketgani noma'lum.
Bir yil o'tib qarasangiz - yana o'sha joydasiz.
O'n yil o'tib qarasangiz - o'sha "mayda-mayda" yo'qotishlar umrning katta bir bo'lagini yeb qo'ygan.

"Yo'q" deyish madaniyati bizda shakllanmagan.
Bu oddiy so'z. Lekin uning og'irligi ko'pchilikka chidab bo'lmas tuyuladi.
Chunki "yo'q" deganingizda kimdir xafa bo'ladi.
Kimdir: "O'zgarib ketdi" deydi.
Kimdir: "Manman bo'lib qoldi" deydi.
Kimdir: "Avval bunday emasdi" deydi.
Bularning hammasi to'g'ri. Siz o'zgardingiz.
O'zgarish - o'sishning boshqa ismi. O'zgarish bo'lmasa o'rganish bo'lmabdi.

O'z hayotingiz, o'qishingiz, kelajagingiz, vaqtingizga nisbatan egoist bo'lavering.
Imtihon varaqasida sizning natijangiz yoziladi.
Diplomda sizning ismingiz turadi.
Kelajakdagi kasbingizda sizning bilimingiz ishlaydi.
O'sha payt hech kim: "Lekin u hamma chaqirganda kelardi" demaydi.
Hech kim: "U hech kimni xafa qilmasdi" demaydi.
Natija so'raladi. Faqat natija.

Vaqtni himoya qiling.
Keraksiz takliflarga "yo'q" deyishni o'rganing.
Uzoq muddatli maqsadni qisqa muddatli zavqdan ustun qo'ying.
Hammaga yoqishga urinmang.
Chunki hammaga yoqishga uringan odam - oxir-oqibat hech kimga, hatto o'ziga ham yoqa olmay qoladi.

O'z vaqtiga nisbatan talabchan bo'lishda omad tilayman do'stlar!

@Muhammad_Fozil
🔥21👏2🎉2
Hammamiz duo qilaylik, bu yilgi barcha abituriyentlar oʻqishga kirib ketsin. Aks holda bular yo bloger, yo tiktoker boʻlib ketadi-da, ertaga 10 ta follower yigʻib olib, "Muvaffaqiyatga erishish uchun OTM da oʻqish shart emas" deb yurishadi..

@Muhammad_Fozil
🔥4011👍8🏆4
Qachondir farzandli bo'lsak o'qib berishli gaplar

Atrofingdagi hamma narsa sening pulingni olishga harakat qiladi deb o‘ylaysanmi? Yo‘q, bolam. Hozirgi zamonda pul ikkinchi darajali narsaga aylangan. Sening pulingdan ham qimmatroq, qaytarib bo‘lmaydigan bir xazinang bor — bu sening diqqating. Bugun sen bilan diqqatning aslini ko‘rishni o‘rganamiz.

Katta bo‘larkansan, qo‘lingdan telefon, qarshingdan kompyuter tushmaydi. Chiroyli ekranlar, tinimsiz chalingan bildirishnomalar, sekundiga almashadigan qisqa videolar (Shorts, Reels deysan) seni o‘ziga ohangrabodek tortadi. Bular shunchaki ko‘ngilochar narsalar emas. Bu ortida minglab aqlli muhandislar, psixologlar va neyrobiologlar o‘tirgan ulkan sanoat. Ularning yagona maqsadi — sening diqqatingni o‘g‘irlash. Chunki sen ekranga tikilib turgan har bir sekunding uchun kimdir milliarder bo‘lyapti.
Ijtimoiy tarmoqlardagi "Lenta" (tasma) degan joyni ko‘rasan. Uni pastga qarab tortganingda yangi ma’lumot chiqadi. Aslini bilasanmi nima bu? Bu qimorxonalardagi avtomat o‘yinlar (Slot-machine) bilan bir xil mexanizm. Tortasan — yutasanmi yoki yutqazasanmi, bilmaysan. Miyangga arzon dofamin portlashi kerak. Senga u yerdagi videolar qiziq emas, senga shunchaki "keyingisida nima chiqarkin" degan soxta qiziqish kerak, xolos. Sen telefon o‘ynayapman deb o‘ylaysan, aslida telefon sening miyangni o‘ynayotgan bo‘ladi.

Miyangni cheksiz axborot bilan to‘ldirasan. "Dunyo yangiliklaridan xabardor bo‘lishim kerak", deysan. Aslida esa, miyangni axlatxonaga aylantirasan. Ertalabdan kechgacha kim qayerda o‘ldi, kim kimga xiyonat qildi, qaysi bloger yangi mashina oldi — sening hayotingga zarracha ta’siri bo‘lmagan milliardlab bayt ma’lumot. Ko‘p axborot — kam diqqat degani. Ma’lumot ko‘paygan sayin, miyang bitta kitobni o‘qib, mag‘zini chaqish qobiliyatini yo‘qotadi. Ikki sahifa kitob o‘qisang, iching qisilib, telefoningni qidirib qolishing — miyangning o‘sha arzon "shirinliklar"ga o‘rganib qolganidandir.
Internetda "bepul" ilovalar, bepul o‘yinlar bor. Shuni doim yodda tut, bolam: agar biror mahsulot uchun pul to‘lamayotgan bo‘lsang, demak, mahsulotning o‘zi sensan. Sening ko‘zlaring, sening vaqting, sening diqqating o‘sha bepul ilovaning asosiy tovaridir. Sening diqqatingni ulgurji narxda sotib olib, reklama beruvchilarga chakana narxda pullashadi.

Multitasking (bir vaqtda bir nechta ishni qilish) bilan maqtanadigan odamlarni ko‘rasan. Ham dars qiladi, ham musiqa eshitadi, ham yozishadi. Buni zamonaviylik deb o‘ylama. Aslini olganda, bu diqqatning nogironligidir. Miyang hech bir ishni mukammal qilmayapti, shunchaki har soniyada u ishdan bu ishga sakrab, charchab boryapti. Natijada yuzaki odamlar armiyasi yetishib chiqyapti — hamma narsadan bir shingil biladigan, lekin hech bir narsaning tubiga yeta olmaydigan yuzaki avlod.

Jimir-jimirlarga aldanma, bolam. Dunyodagi eng buyuk kashfiyotlar, buyuk asarlar, haqiqiy bilimlar telefon ekraniga tinimsiz termulib o‘tirgan odamlar tomonidan yaratilmagan. Ular telefonini o‘chirib, dunyoni shovqinidan uzilib, o‘z diqqatini bitta nuqtaga jamlay olgan donolar tomonidan qilingan.

Diqqat — bu sening hayoting. Hayotingni kimlardir ishlab chiqqan algoritmlarga tekinga topshirib qo‘yma. Narsalarning aslini ko‘r. Shunda sening vaqtingni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan har bir bildirishnoma senga dushman bo‘lib ko‘rinishni boshlaydi.

@Muhammad_Fozil
👍17👏11🔥52🏆2
Kanalimiz a'zosi bo'lib kamtarona auditoriya kengayishiga yordam bergan va yordam bermoqchi bo'lgan barchaga rahmat. O'zimiz uchun manfaatli narsalarni shu yerga qoralab qo'yamiz va xursandmiz agar bu sizlar uchun ham manfaatli bo'lsa
🔥357👍3
Forwarded from The Ismoilov (lifestyle)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14🎉3👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥22👏5🎉41
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥19👏5
Gabriel Garsia Markes. Xayrlashuv maktubi

Agar Tangrim meni lattali qo‘g‘irchoq tarzida ko‘rib bir lahzagina men haqimda unutganda va menga ozgina hayot tiriklik onlarini tuhfa etganda edi, ayni paytda tilga olayotganlarim haqida ko‘proq xayol surgan bo‘lardim. Narsalarning qancha turishiga qarab emas, ma’no-mazmuniga qarab baholardim. Kamroq uxlagan, ko‘proq orzu qilib, yumuq ko‘zlarimda dunyoni kashf etardim. Yumuq ko‘zlar bilan kechayotgan har bir daqiqa – olamning boy berilayotgan oltmish soniyasidir. Kimlardir oyoqlarini yurishdan tiyganda men to‘xtovsiz qadam urgan, boshqalar uxlaganda uyg‘ongan, o‘zgalar gapirganda jim turib quloq solgan bo‘lardim. Va shokoladli muzqaymoqdan huzurlanib tamaddi qilardim.!
Agar Parvardigor menga bir ozgina hayot tuhfa etganida edi, odmi kiyingan, jismimnigina emas, ko‘nglimni ham to‘q qilib, ilk quyosh nurlari bilan birga o‘rnimdan turardim.
Yo Parvardigorim, agar mening yana jindakkina vaqtim bo‘lganida edi, nafratimni muzga kishanlab, quyoshning jamoli yuz ko‘rsatishini intiqib kutardim. Van Gog kabi yulduzlar soyasida rasm chizgan, Benedetti she’rlarini o‘qib orzu qilgan, Serra kuylari mening oyli Serenadamga aylanardi. Atirgullarning gulbarg¬laridagi alvon o‘pichlar va tikanaklardan tortayotgan og‘riqlarini terib olish uchun ko‘z yoshlarim bilan ularni cho‘miltirib qo‘yardim.
Biru borim mening, men yana ozgina, bir ozgina yashashim mumkin bo‘lganda edi... Men sevgan insonlarimga ularni sevishimni aytishni kanda qilmagan bo‘lardim. Har bir erkak va har bir ayolni ularni sevishimga ishontirar, muhabbatning ichida muhabbat bilan nafas olardim. Odam qarigan sari sevishdan to‘xtaydi, degan fikrlar naqadar noto‘g‘ri ekanligini isbot qilardim: aksincha ular sevishdan to‘xtaganlari bois qariydilar! Go‘dakka qanot sovg‘a qilib, uni o‘zim parvoz qilishga o‘rgatardim. Qariyalarga esa o‘lim qarilik oqibatida emas, beparvolik sabab qadam ranjida qilishini aytardim. Axir juda ko‘p narsalarni men sizlardan o‘rgandim, ODAMLAR. Angladimki, haqiqiy baxt bizni pastda kutayotganligini payqasak ham har birimiz tog‘ning qoq cho‘qqisida yashashga intilamiz.
Shuni tushundimki, qachonki, yangi tug‘ilgan chaqaloq otasining barmoqlarini o‘zining ushoqqina qo‘lchalari bilan ushlab olar ekan, bu butun bir umrga yetadi. Yana shuni tushundimki, har bir inson kimningdir oyoqqa turishi uchun boshqa bir cho‘qqidan pastga qarashga haqli. Axir men sizlardan juda ko‘p narsalarni o‘rgandim. To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, bulardan naf jindakkina, negaki ularni sandiqqa liq to‘latib, men ketib boryapman...

@Muhammad_Fozil
🔥13👏7
Dam olish uchun ham sabab kerak bo'lgan paytmi hozir?


Bir paytlar dam olish — dam olish edi. Hech qanday izohsiz.
Endi esa har bir bo'sh daqiqa "asoslanishi" kerak.
Kino ko'rasizmi? — "Bu rejissyor haqida bilim olish uchun ko'raman."
Uxlab qolasizmi kechqurun erta? — "Ertaga produktiv bo'lish uchun."
Bekorchilik qilib, osmonga qarab yotasizmi? — "Mental health uchun kerak" deb izoh berasiz.
Go'yo dam olishning o'zi yetarli sabab emas. Go'yo har bir soniya "foyda" keltirishi shart.

Lekin savol tug'iladi: qachondan beri tinchlik o'ziga o'zi yetarli asos bo'lmay qoldi?
Biz "productive bo'lish" bilan "qadrli bo'lish"ni chalkashtirib yubordik.

Kuni davomida hech narsa "ishlab chiqarmagan" odam — o'zini aybdor his qiladi. Hatto kasal bo'lganida ham, "hech bo'lmasa bir podcast eshitay" deb o'zini ovutadi.
Ijtimoiy tarmoqlar bunga yordam berdi: "5 AM Club", "Har kuni 1% yaxshi bo'l", "Dam olish — zaiflik belgisi emas, lekin..." — degan minglab "motivatsion" postlar.

Natijada odamlar dam olishni ham ish kabi rejalashtirishga o'tdi. "Self-care Sunday" degan narsa paydo bo'ldi — go'yo dam olish ham jadval asosida bo'lishi kerak.
Vaholanki, tabiatning o'zida ham tsikl bor: kunduz — kecha, yoz — qish, ish — dam olish. Hech qaysi daraxt "men nega bargimni to'kayapman, buning foydasi nima" deb o'ylamaydi.
Muammo dam olishning o'zida emas. Muammo shundaki, biz "bo'sh vaqt"ni ham samaradorlik tiliga tarjima qilishga majbur bo'lib qoldik.
Charchagan miya — ijodkor miya emas. Charchagan tana — kuchli tana emas.
O'zi aslida eng katta yutuq — hech narsa qilmaslikka ruxsat berishdir.

Dam oling. Hech qanday sababsiz. Hech kimga hisob bermasdan.

@Muhammad_Fozil
🔥11👍71🎉1🏆1
AI hamma narsani qila oladigan davrda, odam nimaga arziydi?

Yaqinda hech kim rasm chizishni o'rganmasa ham chiroyli rasm ola oladi.
Yozuvchi bo'lmasa ham "o'z" kitobini yoza oladi.
Dasturchi bo'lmasa ham ilova qura oladi.

Bir necha soniyada - bir umr mehnat qilib erishilgan narsa qo'lga kiradi. Va shu yerda savol tug'iladi: agar mashina mendan tezroq, chuqurroq, xatosizroq ishlay olsa - men nimaga kerakman? Bu savol qanchalik qo'rqinchli tuyulsa, aslida shuncha noto'g'ri qo'yilgan.

Chunki biz doim insonning qadrini uning "natijasi" bilan o'lchashga o'rgangan edik. Qancha tez ishlaysan, qancha ko'p ishlab chiqarasan, qancha samarali odamsan.

Endi mashina bu o'yinda bizdan o'tib ketdi. Va biz o'zimizni yo'qotib qo'ydik - chunki qadrimizni noto'g'ri joydan qidirgan edik.
Inson qadri - tezlikda emas edi. Inson qadri - tanlashda edi.

Rossiyalik IT mutaxassislar aytishmoqda, "Claude" berilgan va o'qilishi kerak bo'lgan matnlarni oxirigacha o'qimay ishlamoqda. Faqatgina inson tomonidan "oxirigacha o'qib chiqib, savol tuz/tahlil qil/tizim qur" kabi promptlar kiritilib, to'g'ri ko'rsatma berish orqali AI to'g'ri ishlay olmoqda, ta'bir joiz bo'lsa xato qilsa uzr so'rab, keyin ishni boshidan puxta bajarmoqda.

AI million xil variant bera oladi, lekin qaysi biri "to'g'ri" ekanini his qilib tanlaydigan - inson.
AI mukammal jumla yoza oladi, lekin nima uchun aynan shu his-tuyg'u muhim ekanini tushunadigan - inson.
Robot og'riqni tasvirlab bera oladi, lekin og'riqni his qilgan - inson.
Hozirgi davr bizga eslatib turibdi: siz qimmatlisiz - nima "ishlab chiqarganingiz" uchun emas, balki nimani his qilishingiz, kimni sevishingiz, nimaga qaror qilishingiz uchun.
Mashina javob bera oladi. Lekin savol berish - hali ham insoniy imkoniyat.
AI bizni almashtirmoqda deb qo'rqamiz. Balki u bizga eslatayotgandir - biz hech qachon faqat "natija" bo'lmagan edik.

Yana bir muhim gapni aytish yodga kelmabdi. AI ijod va yozuvchilik, she'riyat kabi inson ilhomidan yaralgan bebaho durdonalarni hech qachon inson kabi yarata olmaydi. Yaratsa ham ularda "shira" bo'lmaydi, o'qib maza qilmaysiz. Chunki, bular insoniylikka xos. Inson dardlari, sevgisi, ilhom manbaidan kelgan nodir san'at namunalaridir. Inson hech bo'lmasa bu tomonlama sun'iy idrokdan ustundir.

@Muhammad_Fozil
🔥172🎉1
"Nordon uzum" — biz hammamiz o'rgangan eng mohir yolg'on

Ezopning bir masali bor.

Tulki baland shoxdagi pishgan uzumni ko'radi. Sakraydi, intiladi, yana sakraydi - bo'yi yetmaydi. Oxiri charchab, ortiga qaytadi va shunday deydi:
" O'zi hali pishmagan, nordon edi."
Aslida uzum shirin edi. Faqat tulkining qo'li yetmagandi.

Psixologiyada bu holat "nordon uzum effekti" deb ataladi: inson erisha olmagan narsaning qadrini tushirib, o'zini shu yo'l bilan yupatadi.
Va rostini aytsak, biz hammamiz shu tulkiga o'xshaymiz.

Pul topa olmagan odam: "Boylar hammasi o'g'ri, halol pul topilmaydi."
Ishga o'tmagan odam: "Yaxshiyam olmadilar, o'sha joyda ishlash azobning o'zi."
Rad etilgan odam: "Aslida u menga mos ham emas edi, kamchiligi ko'p edi."
Har biri - sakrab yetolmagan uzum haqidagi hikoya.

Eng qizig'i shundaki, bu yolg'on emas. Aniqrog'i - biz bunga o'zimiz ham ishonib qolamiz.
Chunki miya bir ziddiyatga chidamaydi: "men buni juda xohlayman" va "men buni qo'lga kirita olmayapman" - bu ikkisi bir joyda yashay olmaydi. Kognitiv dissonans deyiladi bunga.
Va miya eng oson yo'lni tanlaydi: xohishni o'zgartirish. Chunki imkoniyatni o'zgartirish qiyin, o'zini ishontirish esa bir daqiqalik ish.

Shu yerda bir narsani aytib qo'yish kerak: bu mexanizm butunlay yomon emas.
Ba'zan u bizni saqlab qoladi. Yo'qotgan narsaning ortidan bir umr alam chekib yurish - insonni yemiradi. Ba'zan "ha, bo'lmasa bo'lmadi" deb qo'yish - davom etish uchun kerak bo'lgan dori.
Muammo boshqa joyda.
Muammo shundaki, biz ba'zan haqiqatan shirin bo'lgan uzumni "nordon" deb atab, sakrashni butunlay to'xtatamiz.
Bir marta yetolmadik va uni "arzimas" deb belgilab qo'ydik. Ikkinchi marta urinish o'rniga, o'zimizni ishontirdik.
Va yillar o'tib, boshqa kimdir o'sha uzumni uzib olganini ko'rganda - ichimizda nimadir og'riydi. Chunki ko'p inson fitrati shunday: bosh devorga tekkanda uzum nordon emasligini tushunib yetamiz, yoki kimdir qo'lga kiritsa ko'zimizga ko'rinadi.
Farq shu yerda: tulki bir marta sakradi va taslim bo'ldi.
Baland shoxdan uzum uzganlar esa - o'ntadan sakragan, narvon qidirgan, yoki shunchaki kutgan odamlar.

Shuning uchun har safar biror narsani "menga kerak emas" deyayotganingizda, o'zingizga bir savol bering:
Bu rostdan ham kerak emasmi — yoki men shunchaki taslim bo'ldim?

Javob halol bo'lsa mayli, yo'lingizda davom eting.
Lekin agar ichingizda kichik bir ovoz "yo'q, u shirin edi" deb turgan bo'lsa - bir marta yana sakrab ko'ring.
Ba'zan uzum baland emas. Ba'zan biz erta to'xtaymiz.

@Muhammad_Fozil
1🔥94
O'qishdan oldin kichik eslatma: agar reels va shorts ko'radigan odam bo'lsangiz bu postni o'qimang, buni matn o'qishga diqqatini jamlab, kelajakni qura oladiganlar o'qisa men buni shular uchun yozganman

Bir necha oylar ilgari gala konsertga kirdim. Yomon bo'lmadi, ancha chiqishlardan zavq oldim. Ammo chiqishlar orasida so'z ustasi Zokir Ochildiyev tomonidan aytilgan bir fikr e'tiborimni tortdi: "Bizning odamlar o'zi g'aroyib, to'g'ri va aniq tilda, manfaatli video va kontentlar ko'rishlari soni mingga ham bormaydi, ammo falon xonandani asrandi qizi, falon amaldorni 5-xotini bilan janjal videosi, piston artistni oyligi haqidagi yangiliklar Internetda uchib yuradi. Ajoyib odamlarmiz"

Konsertdan so'ng o'y bosib qoldi Rostdan ham nega halokat haqidagi video million ko'riladi, ilmiy blog esa 200 ta?

Bu savol ko'pchilikni ranjitadi. Ayniqsa, chuqur maqola yozib, uni hech kim o'qimaganini ko'rganlarni.
Odatda javob oddiy qilib beriladi: "Odamlar sayozlashib ketdi."

Lekin bu javob noto'g'ri. Aniqrog'i — juda yuzaki.
Haqiqiy sabab odamlarning didida emas. U miyaning tuzilishida.

Miya yomon xabarni birinchi o'qiydi.
Kanadalik tadqiqotchilar Mark Trussler va Stuart Soroka bir tajriba o'tkazgan. Ishtirokchilarga yangiliklar sayti berilgan va ular xohlagan maqolani o'qishi mumkin edi - ko'z harakati esa yashirin kuzatilardi. Deyarli hamma salbiy sarlavhalarni tanladi.
Tajribadan keyin esa xuddi o'sha odamlar so'rovnomada shunday yozdi: "Matbuot juda salbiy, ijobiy yangiliklar ko'proq bo'lishi kerak."
Ya'ni odamlar o'zi xohlagan narsani emas, miyasi tanlagan narsani o'qiydi.
Soroka va uning hamkasblari keyinchalik buni 17 mamlakatda, olti qit'ada takrorlashdi - teri o'tkazuvchanligi va yurak urishini o'lchab. Natija bir xil chiqdi: salbiy yangilik tanaga kuchliroq ta'sir qiladi. Madaniyatdan qat'i nazar.
Buning sababi evolyutsiyada. O'n ming yil oldin "u yerda yo'lbars bor" degan xabarni e'tiborsiz qoldirgan odam avlod qoldirmagan. "U yerda chiroyli gul o'sibdi" degan xabarni o'tkazib yuborgan odam esa omon qolgan.
Biz omon qolganlarning avlodimiz. Shuning uchun miyamiz xavfga ilmiy faktdan yuz baravar tez javob beradi.

G'iybat - bu bo'shlik emas, bu qadimiy eskirmas mavzular jamlanmasi
Shou-biznes vakillarining janjalini kuzatish "bo'sh ish" tuyuladi. Lekin antropolog Robin Danbar buni butunlay boshqacha tushuntiradi.
U odamlarning kundalik suhbatlarini yozib olib tahlil qilgan. Natija: suhbatlarning taxminan uchdan ikki qismi - boshqa odamlar haqida. Kim kim bilan, kim kimga nima qildi, kim yiqildi, kim ko'tarildi.
Danbarning fikricha, g'iybat — bu insoniyatning eng qadimiy ijtimoiy vositasi. Maymunlar bir-birining junini tozalab aloqa quradi. Odamlar esa gapirib. G'iybat orqali biz bilib olamiz: kimga ishonish mumkin, kim xoin, guruhda kuch qayerda va hokazo.

Endi televizor va Instagram bu mexanizmni "buzib" ishlatadi. Miya mashhur odamni ham "o'z qishlog'imizning odami" deb qabul qiladi - chunki uni har kuni ko'radi. Uning janjali sizga qo'shningizning janjalidek muhim tuyuladi.
Bu 1956-yilda Horton va Wohl "parasotsial munosabat" deb atagan hodisa: siz uni bilasiz, u sizni bilmaydi — lekin miya bu farqni sezmaydi.

Lifestyle bloglar - bu "hayotni ko'chirish" instinkti
Ayollarning kundalik hayoti, tashqi ko'rinishi, uy-ro'zg'ori haqidagi bloglar nega bunchalik ko'p ko'riladi?
Chunki bu - ijtimoiy taqqoslash. Leon Festinger 1954-yilda buni ta'riflagan: inson o'zining qadrini mutlaq o'lchov bilan emas, boshqalarga qarab baholaydi.
Yana bir sabab: kuzatib o'rganish. Albert Bandura ko'rsatganidek, odam ko'p narsani ko'rish orqali o'rganadi. "Qanday yashash kerak" degan savolga kitob emas, boshqa odamning hayoti javob beradi.
Bu ham bo'shlik emas. Bu — Ikkinchisi — Albert Banduraning kuzatib o'rganish nazariyasi: odam ko'p narsani ko'rish orqali o'rganadi, o'qish orqali emas.
Ya'ni birovning kuni qanday o'tishini tomosha qilish — bu bo'shlik emas. Bu miyaning eng tabiiy o'rganish usuli.

Insho/matn o'qish - bu miya uchun og'ir mehnat
Mana asosiy farq.
Halokat haqidagi videoni ko'rish uchun tayyorgarlik shart emas. Miya avtomatik ishlaydi. Ilmiy inshoni o'qish uchun esa e'tiborni ushlab turish, oldingi jumlani xotirada saqlash, tushunchalarni bog'lash kerak. Bu - kognitiv yuk.
Psixologiyada "bilishga ehtiyoj" (need for cognition) degan tushuncha bor - Kachchioppo va Petti kiritgan. Bu odamlarda turlicha. Ba'zilar murakkab fikrlashdan zavq oladi, ko'pchilik esa undan qochadi. Va bu aql darajasi emas - bu shunchaki xarakter xususiyati.
Ya'ni chuqur matn auditoriyasi kichik bo'lishining sababi - u dangasalar uchun emas, balki u kichik guruh uchun mo'ljallanganligida.

Algoritm eng kuchli hissiyotni tanlaydi
Berger va Milkman "New York Times"ning minglab maqolasini tahlil qilib, qaysilari eng ko'p ulashilganini o'rgangan.
Natija qiziq, eng ko'p tarqaladigan kontent - kuchli hayajon uyg'otadigani.
Hayrat, g'azab, xavotir. Xotirjamlik uyg'otadigan kontent esa - hatto yoqimli bo'lsa ham - kam tarqaladi.

MIT olimlari (Vosoughi, Roy, Aral) Twitterda 11 yillik ma'lumotni tekshirib, shu xulosaga kelishdi: yolg'on xabar haqiqatdan sezilarli darajada tez va keng tarqaladi. Sabab botlar emas edi - odamlarning o'zi. Chunki yolg'on ko'pincha g'aroyibroq, ya'ni hissiyotliroq bo'ladi.
Algoritm bu jarayonni faqat kuchaytiradi. U "foydali" kontentni emas, "ushlab turadigan" kontentni ko'rsatadi.

Xulosa o'rniga shuni yozib qo'ysam durust: demak, muammo odamlar ahmoq bo'lganida emas.
Muammo shundaki, biz miyasi murakkab narsalar uchun yaratilgan mavjudotlarga, cheksiz axborot oqimini quyayapmiz. Va o'sha eski miya har safar bir xil narsani tanlaydi: xavf, janjal, boshqa odamning hayoti.
Lekin bu yerda ikkita muhim narsa bor.
Birinchisi: kichik auditoriya - mag'lubiyat emas. Yuz million odam ko'radigan video ertaga unutiladi. Ikki yuz kishi o'qigan insho esa ulardan o'ntasining fikrini o'zgartirishi mumkin. Ta'sirni sonda emas, sifatda o'lchash kerak.
Ikkinchisi: chuqur fikrni qiziqarli qilib aytish mumkin. Karl Sagan, Richard Feynman, Yuval Harari - hech biri ilmni soddalashtirmagan. Ular shunchaki uni hikoya shakliga solgan. Chunki miya faktni emas, hikoyani eslaydi.
Ya'ni tanlov "chuqur yoki ommabop" emas.
Tanlov — chuqur fikrni odam eshitadigan tilda ayta olasizmi yoki yo'qmi, degan savolda.

@Muhammad_Fozil
🔥15👏42👍1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun mandat chiqar ekan, natija bo'lgan bo'lmaganidan qat'iy nazar barchaga shu Shahzod Dolimov gapidan kelib chiqib fikr yuritishlarini so'rardim. Eng pastiga rozi bo'lmang. Ishoning, davlat ko'p keyslarda sizni ishga joylashga ma'suliyati yo'q. Ishni topish uchun diplom ham emas, ko'p hollarda universtitetda o'qigan vaqtda bajargan ishlaringiz va natijalaringiz gapiradi.

Men bularni va bu videoni kimnidir o'qishdan sovitish yoki o'qishga kirmaganni ovutish uchun yubormayabman. Yurak bilan emas, aql bilan, miya bilan fikr yuritish ham kerakligini eslatmoqchiman.

Yangi o'quv yilida barchaga omad!

@Muhammad_Fozil
🔥10👍3👏1