Muhammadfozil Ismoilov
589 subscribers
409 photos
64 videos
1 file
180 links
Muhammadfozil Ismoilovning telegram kanali
Kanal haqida fikrlar uchun:
@Reader_chatbot
Download Telegram
O'zini savolga tutishning foydasi haqida

Bizning odatiy kun tartibimiz qarorlar qabul qilish va uning natijasini o'sha kunning o'zida o'zimizga ta'siri bo'lishi degan aylanma jarayon ichida bo'lib o'tadi. Biz nima yeyish, nima kiyish ba'zida esa nima ko'rish yoki ko'rmaslik, kim bilandir uchrashish va ko'rishmaslik kabi mayda narsalar uchun bosh qotiramiz, miyadan 60 000 dan ko'p fikr o'tadi.

Kunlik qarorlar natijasi balki o'sha kunga ta'sir qilmas, ammo natijani oy yoki yillar o'tib ta'sir qilsa, uning ko'proq foydasi bo'lishini istaymizmi yoki zararini?

ZIyrak o'quvchi darhol, "Qiziqmisiz, kim ham yomon natijaga rozi bo'lardi?" deyishi tabiiy. Lekin yomoniga ko'nishimiz odatga aylanyabdimi yo'qmi buni bir mulohaza qilgan durust. Bugun o'zimizga savol berish haqida gaplashamiz.

Internet nashrlarida o'qidim, qorni och holda supermarketga kirsa, har qanday odam o'zi istamagan taom, snek yoki shunga o'xshash narsalar, hatto umuman ishlatmaydigan buyumlarni ham sotib olishga shoshilar ekan

Energiya va quvvat hammamizga kerak, ammo nima yeyish, nima kiyish bular ham muhim bo'lishi bizga pul bilan birga boshqa bir qator kerakli resurslarni tejab berishini bilsak, qarorlarimiz natijasi faqat foyda bilan kunimizga, boring ana yilimizga samarali ta'sir beradi.

Ishni boshlashdan oldin, qadam tashlashdan oldin, "ha" yoki "yo'q" deyishdan oldin - biz ko'pincha his-tuyg'uga(ayniqsa nafsga) shoshilishga, boshqalarning fikriga asoslanib qaror qabul qilamiz. O'z-o'zimizga savol berishni esa vaqt yo'qotish deb hisoblaymiz. Vaholanki, agar bu vaqt yo'qotish bo'lsa ham aslida "ongsiz holda kechikish" degan oqibatni boshdan kechirmasligimizga kafolat bo'ladi.

Odam ishga kirishadi, keyin "bu menga kerak edimi?" desa - ongsiz kechikish
Pul sarf qilishi ham bor gap, xaridni qilib bo'lgach, o'zi oldindan kutmagan narsani sotib olib bo'lgach kutadi, kutganidek bo'lmasa o'ylanib qoladi, keraksiz xarid haqida siqiladi.
Oqibat shunga yetib bormoqdaki, savollar hammamizda bor, ammo hozirgi vaqtda u ko'pincha kechikib kelmoqda - qaror allaqachon natija berib bo'lgandan so'ng.

Nega shunday?

Chunki, savol berish - odamlarning nazdida sekinlashish, ikkilanish demakdir. Bizning davrimiz esa tezlikni yaxshi ko'radi. Sotuv operatorlari zalni/ovqatni/onlayni kursni tezroq sotib olish uchun sizga natijalar haqida va'da berar ekan, mumkin qadar sotuvni oshirishni o'ylaydi, hatto "Savollar bo'lsa bemalol" deganida ham aslida o'zi bu savollarga odatiy sotuvga jalb qiluvchi javoblar bilan javob berib yana aniqlik o'rniga tezlik bilan ko'zingizga bog'ich bog'laydi. Xullas biz shu doiradamiz, tez qaror, tez harakat, tez natija. Lekin tezlik har doim to'g'ri tanlov emas. Tez yurib marraga ham, mag'lubiyatga ham yetib borish mumkin. Linkoln aytgan edi: "Daraxt kesishga vaqtim bo'lsa yarmini boltamni o'tkirlashga sarflardim"

Xo'sh qanday savollarni o'zimizga bersak oqilona qarorlar bizni asabimiz va vaqtimizni tejab beradi? Quyida bir necha savol turlari va ularga ergashib keladigan savollarni berib o'tdik, buni shaxsiyat va qiladigan ishlarga qarab moslab olsak yana ham durust

1. Shu menga kerakmi?( Bu menga aslida foydalimi?)
Ko'p narsalarni ochig'ini aytish kerak, foydali bo'lsagina, ayniqsa shaxsiy rivojlanishga yuqori ta'siri bor bo'lsa o'z olamimizga kiritsak bu durust qaror bo'ladi. Sotib olishimiz, investitsiya qilishimiz mumkin bo'lgan narsalarga pul sarf qilishdan oldin shu savolni berish ko'p narsalarni ochiq-oydin ko'rsatib beradi.

2. Bu qaror menga 1 hafta, 1 yil va 5 yildan keyin qanday ta'sir qiladi?
Bu savol hozirgi hissiyotlarni kelajak oqibatlari bilan solishtirishga majbur qiladi.
Keraksiz xarid oldidan "Bir haftadan keyin ham bunga xursand bo'lamanmi?" degan savol buyum qiymatini belgilab beradi.
Scrolling qilishdan oldin "Bir yildan keyin bu vaqt qayerga ketganini afsus qilmaymanmi?" degan savol bizni hech kim yurmaydigan noyob odamga aylantiradi. O'zbekistonning 42,6 qismi ijtimoiy tarmoqda bugun faol, 18 yoshdan oshgan tarmoq foydalanuvchilari 12,8 million

2. Men buni istaganim uchun qilyapmanmi yoki shunchaki hissiyot ta'siridamanmi?
Juda ko'p yomon qarorlar: zerikish, g'azab, qo'rquv, hasad, yolg'izlik, FOMO (boshqalar ortidan qolib ketish qo'rquvi) natijasida qabul qilinadi. Hissiyotga tayanib qabul qilingan qarorlar aql tomonidan jazoga sazovor bo'lishini yana bir bor o'zimizga eslatishimiz kerak.

3. Men gapirgan gaplarimni qanchasini amalda qilyabman?
Vijdonning ovozini uyg'otadigan savoldan bittasi shu. Aynan shu savol ko'p odamlarning "Saved messages" ga qachonlardir o'zgarish uchun saqlab olgan narsalarini bir marta bo'lsa ham ko'rib chiqishiga turtki bo'lsa, muallif o'z niyatiga yetdi. Axir ko'p hollarda shu savol bilan miyani uyg'otmasak, dofamin bukmark qilingan narsaga nisbatan faol ishlashi ortidan bizni qilmagan ishimizni ham qilgandek ko'rsatadi

Savollarning murakkab bo'lishi ham muhim.

Oddiy savollar bizni hozirgi onga qaytaradi. Chuqur savollar bizni kelajakdan turib, hozirga qarashga majburlaydi va aynan shu — yo'nalishni o'zgartiradigan narsa.

Chunki inson ko'pincha yomon qarorni bilib turib qabul qilmaydi. U shoshilib qabul qiladi. Savol berishga vaqt ajratmaydi. Va keyin "men buni bilardim-ku" deb afsuslanadi. Aslida bilgan. Faqat o'ziga savol berishga ulgurmagan.

Biz gaplashib o'tgan ayrim savollar javobni osonlashtirmaydi. Aksincha, ko'pincha qiyinlashtiradi. Chunki, asl haqiqat ko'pincha noqulay, tan olishga xudbin shaxsiyat va nafs yo'l bermaydi. Lekin aynan shu noqulaylik — keyinchalik kattaroq noqulaylikdan saqlab qoladi. Muammo tezkor qarorlarning o'zida emas. Muammo shundaki, biz savol berishni zaiflik, ikkilanish deb biladigan bo'lib qoldik. Vaholanki, savol berish — eng kuchli odamlarning odati. Savol bera olish o'zni qidirib topish va miyaning kognitiv holati yaxshilanishi belgisidir.

Biz ongsiz ravishda qabul qilgan qarorimizning ongli ravishda ro'y beradigan oqibatini ham o'zimiz boshdan o'tkazamiz. Bugun savol bermay qabul qilgan qarorlarimizning natijasi ertaga sirtmoqni bo'ynimizga bog'laydi.
Bitta bo'lsada kichkina savol bizni hech bo'lmasa stressdan asraydi.

Savol berishni o'ganishimiz kerak. Bu bizga qancha narsani foyda tomondan kafolati. O'zimiz ko'rdik.

Bordiyu, siz ham o'zingizga beradigan savollaringiz bo'lsa va ular sizni biz aytgan ko'ngilsizliklardan ushlab qolsa fikringizni bo'lishib keting, muallif ham, boshqalar ham bir mo'minning boshqalarga bergan fikri lazzatidan bahramand bo'lsin.

@Muhammad_Fozil
🔥7👏1
Ota bilan kechki ovqat

Oʼgʼil, juda qarib, munkillab qolgan otasini, kechki ovqat uchun restoranga olib bordi. Qarigan, holdan toygan, qoʼllari titroq bosgan va zaiflashib qolgan ota, ovqat yeyish jarayonida bir koʼylagiga, bir shimiga ovqat toʼkib yeya boshladi. Restoranning boshqa xoʼrandalari bu holni koʼrib irganib, farzandga esa ensa qotar qaray boshlashdi. Otasi ahvolidan zarracha uyalmagan, aksincha ota ne hoxlasa bisyor qilayotan farzand, tanovul tugagach, ikkovlashib yuvinish xonasiga yoʼl oldilar. Farzand avval ota koʼylagidagi ovqat qoldiqlarini, soʼng shimdagi dogʼlarni artdi, koʼzoynagini mahkamlab, sochlarini esa mehr bilan tarab qoʼydi. Tashqarida esa butun restoran ularni jimlik bilan kuzatar, epsiz qariya va yosh yigit haqida pichirlashishar edi. Ota-bola tashqariga chiqqach, holatni koʼrgan olomon hijolat cheka boshladi, ammo omma oldida sharmanda boʼlishni xohlamas,  mavqelari bunga yoʼl qoʼymas edi. Oʼgʼil hisob soʼradi, yegan-ichgan xaqqini toʼlab otasi bilan restoran oʼrtasi boʼylab eshik tamon yura boshladi. Odamlar orasidan oʼta turib ota oʼgʼliga savol bilan murojaat qildi: "Bu yerda hech narsa  qoldirmadingmi? Oʼgʼil: "yoʼq, hech narsa qoldirmadim", Qariya: "Qoldirding, sen har bir oʼgʼil uchun dars va har bir ota uchun umid qoldirding.
Restoran ahli esa jiiim edi...

@Muhammad_Fozil
🔥9👏9
O'zingni o'zgartirish hamma narsaga ta'sir qiladi

Ko'pchilik talabalar va biror sohaga yangilik olib kirmoqchi bo'lgan shaxslar, maktabning yangi bitiruvchilari yoki xullas dunyo haqida o'zgacha fikrlovchi insonlar muhim pallada bitta sodda haqiqatni tushunib yetmaganlari tufayli o'z boshiga uqubat orttirib oladilar va keyinchalik bu ularni o'yindan tez chiqib ketishiga va yoki hammasi men o'ylagandek emas, menga hech nasib qilmaydi degan bahonalar ularni miyasiga o'rnashib qayta harakat qilishdan o'ziga ishonchi minusga ishlab ketadi. Bugun faqat o'zini o'zgartirish va shu tufayli qolganlarga ta'sir qilish mumkinligi haqida gaplashib ketamiz.

O'zingni o'zgartirish — bu faqat o'zing uchun qilingan ish emas. Sen o'zgarganing sari oilang, do'stlaring, hamkasblaring va hatto hali tanimagan insonlaringning hayoti ham o'zgarishni boshlaydi.

Lev Tolstoydan shunaqa gap bor edi:
Har qanday odam jamiyatni, dunyoni o'zgartirish haqida o'ylaydi. Lekin hech kim o'zini o'zgartirish haqida o'ylamaydi.



Asos aytaman: tasavvur qiling, siz bugundan o'zingizdagi bor qobiliyat masalan mahorat bilan kuylash bo'lsin deylik, har kuni 1 soat vaqt ajratib, 1 yil tinimsiz mashq barobarida, bu mashqlardan parchalar yoki tayyor qo'shiq bastalab ommaga taqdim qilsangiz dastlab o'z hayotingiz o'zgaradi. Nega? Chunki, bu sizni ishingiz. Auditoriyadan oldin manfaat birinchi bo'lib sizga keladi.

Ko'p holatlarda kuzatish shuni aytadiki, juda ko'p insonlar o'zi uchun ta'lim olayotganini bilmay o'qiydi. Bu ularni keyingi qadamiga ancha ta'sir qiladi. Misol uchun, repetitorga borib biror fanni undan o'rgandingiz, albatta pul to'lab. Ammo, o'zgarmadingiz unda nima bo'ladi? Javob bitta, zararda faqat siz. O'qituvchi mantiqan Tangri taoloni oldida vijdoni pok, sizga dars berdi, halol haqqini oldi. Tushunish kerakki, bu yerda o'zgarishlar ro'y bersa ham zinhor va zinhor bu sizni o'qituvchingizga ta'siri yo'q o'zgarishlar. U shunchaki nari borsa quvonchingizga sherik bo'ladi xolos. O'quvchisi natija qilsa quvonadi, boshqa narsa yo'q, maksimum mukofot yoki ustama olishi mumkin.

Ammo natija, muvaffaqiyatsizlik bu ikkisi sizga, faqat o'zingizga yopishadigan narsa, bilim ham, manfaat ham faqat o'zingiz uchun. Jamiyat uchun o'qiyabman deb o'zni aldamang, unga manfaat beradigan odamlar ko'p. Shular qatorida bo'lishni bitta yo'li o'zingiz uchun qattiq o'qish / mehnat. Boshqa narsa yo'q.


Sabab shuki, siz o'zingizni o'zgartira olsangiz, yuqori o'rin /daraja/mavqe, bular sizni ko'pchilik eshitishiga olib keladi. Ko'pchilik eshitsa endi o'zni emas jamiyatni o'zgarishga qarab fikr bildira oladigan odamga aylanasiz. Fikrlaringiz tasdig'ini topsa, ana undan keyin jamiyatga ta'siri bor odamga aylanasiz. Xo'sh plyus taraflar boshidan boshlab oxirigacha o'zingizga bo'lyabdiku to'g'rimi? Obro' ham faqat sizniki sababi nima? O'zingizni o'zgartira oldingiz, natija bor, mehnatingiz bilan o'zingizni isbot qila oldingiz kim ekaningizni.

Bularga bir qarang, biri sezilarli darajada o'qigani tufayli chiroyli natijasi ortida avval o'zi keyin hayoti o'zgardi

Yana biri monotasking ortidan yuqori darajada o'zini rivojlantirib faqat o'zini sohasida o'ziga bilim olishga harakat qildi, olgan bilimi miyasiga, keyin natijasiga, keyin ustozini hayotiga, hozir esa 3 mingta odamni hayotiga ta'sir o'tkazmoqda

Bugun bir qator yoshlar prezident bilan uchrashuvda "Kelajak bunyodkori" va "Mard o'g'lon" davlat mukofoti sovrindorlari bo'lishdi, ularni maqsadi jamiyat yoki davlat emas, dastlabki navbatda o'zlarining mahoratlari egallagan ko'nikmalarini rivojlantirish bo'lgan. Aynan shu tufayli ular bugun prezident e’tirofida.

Biz har qanday holda ham eng avvalo o'zimiz uchun harakat qilayotganimizni o'ylab olaylik. Faqat birgina paradoks bor, muvaffaqiyatsizlik ham, muvaffaqiyat ham dastlab o'zimizga albatta ta'sir qiladi, keyinchalik jamiyatga ham ta'sir qilishi muqarrar.

O'zingizni o'zgartiring. Shunda qolganlar, butun jamiyat yo o'zingizga, yoki so'zingizga qarab o'zgaradi

O'zni o'zgartirish shunaqa narsa, ta'siri ko'p narsada seziladi.

@Muhammad_Fozil
🔥186👏6🏆2
Boltani o'tkirlashning ahamiyati haqida

Ikki o'tinchi haqida hikoya bor. Kunlarning birida ular daraxt kesgani o'rmonga borishadi. Va har ikkisi kim ko'p daraxt kesish borasida musobaqa o'ynashga kelishib olishadi. Bir o'tinchi erta tongdan to kechga qadar daraxt kesar, do'sti ham u bilan baravar ishlar, ammo vaqti-vaqti bilan tanaffuslar olib qayoqqadir yo'qolib qoladi. Do'sti u ketgach, to'xtaganining hisobiga men ko'proq kesaman deb o'ylaydi va kun oxirida ular o'tinlar miqdorini hisoblaganlarida uning emas, tanaffuslar olib ishlagan do'sti ko'p daraxt kesgan bo'lib chiqadi. Shunda tinimsiz ishlagan odam hayrat ichida so'raydi: "Axir tinimsiz daraxt kesib qanaqasiga sendan kam o'tin jamg'argan bo'lishim mumkin?" Do'sti kulib javob beradi: "Sen tinimsiz ishlagan vaqting, men boltamni o'tkirlab, o'zim ham biroz dam olar edim. Balki shu uchun hammasi o'zgacha bo'lgandir."

Inson - xato qiluvchidir. Alloh taolo insonni shunday yaratgan. Biz baribir mukammal bo'la olmaymiz, zero benuqson yolg'iz Tangri taolodir. Biz xatolar qilamiz, ular yig'ilib boradi, keyingi safar takror qilmaslik muhim ekanini ham bilamiz. Ammo bir xatoni takrorlash nechog'lik yomon va yoqimsiz ekani, uni bizga boshqa birov eslatmaguncha o'zimizga sezilmaydi. Lekin tanqidni ham ko'tara olmaymiz.

Biz ham xatolar ustida ishlashni o'rganishimiz kerak. Zero uni nega qilganimiz, nega takror qilganimiz, qanday joyda adashdik bular bizga kelajakda ancha asqotadi. Aytgan gap-so'zlarimizning isbotini IELTS o'qib yurgan do'stlarimiz bilishadi. Reading va Listening analyze qilinganda eng kamida 1 ta level yuqoriga chiqish mumkin.

Muallif yaxshi eslaydi, ilk yillari o'zi ishtirok qilgan musobaqalarni deyarli barchasida xato faqat bir xil tarafini pand berishidan bo'lgan. Keyinchalik, u hamma xatosi uchun ishlatishga daftarlar sotib olib, har savolda adashganda ularni shu daftarga yozib takrorlaydigan bo'ldi. Natija esa unga muvaffaqiyat, Internet orqali katta mavqe olib keldi.

Savollarni qayta ko'rib chiqish, eshitganlarini yana bir qur eshitib chiqish, xatoni qayerdan va nega paydo bo'lganini topish - keyingi xatolarni takror qilmaslikka kafolat bo'lib beradi. Chunki, xato qiluvchi emas, bir xatoni takror qiluvchi odam bamisoli ongsizdir.

To'g'ri, biz hech narsa qilmayotgandek ko'rinamiz. Beixtiyor natija o'zimiz kutmagan payt kelganida sezamiz. Sabr va tahlil bu ikkisi yonma-yon muhimdir.

Xato qilishdan qo'rqmaylik, bir xatoni takror qilishdan qo'rqaylik. Uzoqni ko'zlashdan oldin, o'zi to'g'ri qilyabmizmi yo'qmi bilib olaylik. Balki tahlil bizni aslida maqsaddan nima ushlab turganini tushuntirib berar.

@Muhammad_Fozil
🔥10🎉1
Bittaga ham gapirardingiz

Ko’chada turibsiz. Gapirishni boshladingiz. Yigirmata odam kelib eshitishni boshladi. Xursand bo’lasiz.

Yuzta bo’lib ketsa hayajon bosadi. Ikki yuzta bo’lsa nega shuncha odam eshitayotganiga hayron qolasiz.

Bittaga ham, yuztaga ham gapirishga bir xil vaqt ketadi. Foydasi karrasiga farq qiladi.

Blog boshlang. Bu ham ko’pchlikka gapirishga o’xshaydi.

Odam kam deb siqilmang. Ko’chada ikki yuztaga hayronmiz, onlaynda beparvomiz. Har bir kuzatuvchini ko’chada eshitib turgan odamdek tasavvur qiling.

Bittadan ko’p bo’lsa yutuqdasiz. Bittaga ham gapirardingiz.

O’zi boshida obunachini umuman o’ylamang.

Blog yurgazishda obunachisi kamlar yutqazmaydi. Blogi yo’qlar yutqazadi.
🔥167👍3
Agar inson har qanday hayvondan biror narsada ustun boʻlsa, u narsa va xatti-harakatlarning farqini ajratishga yordam beruvchi bir kuch boʻladi va inson oʻsha kuch yordamida narsalar hamda xatti-harakatlardan oʻz xohishi boʻyicha foydalanadi.

©️Abu Nasr Forobiy "Fozil odamlar shahri" asaridan

@Muhammad_Fozil
👏12🎉5🏆21🔥1
Forwarded from Bridgin.uz
🌉 Bridgin — Katta imkoniyatlar sari shaxsiy ko'prigingiz!
Salom, talaba! 🎓 Grant yutishni, nufuzli stipendiya sohibi bo'lishni yoki orzuingizdagi karyerani boshlashni xohlaysizmi? Ammo qayerdan qidirishni bilmayapsizmi?
Sizga zo'r yangiligimiz bor! Bridgin — bu sening barcha maqsadlaringni bir joyda birlashtiruvchi aqlli yordamching.

Platformamizda seni nimalar kutyapti? 👇

💰 Stipendiya va Grantlar Milliy va xalqaro dasturlarni bir joydan topasan va hech qanday ovoragarchiliksiz, to'g'ridan-to'g'ri ariza topshirasan.

🤖 AI Mentor «Qaysi grantga mosman? Nima yetishmayapti? Qanday tayyorlanish kerak?» — Sun'iy intellekt barcha savollaringga aniq va shaxsiy yo'l-yo'riq ko'rsatadi.

📄 AI CV Generator Atigi 2 daqiqa ichida professional rezyume yarat! 6 xil zamonaviy shablondan birini tanla va tayyor PDF faylni yuklab ol.

📁 Hujjatlar kutubxonasi Diplom, sertifikat va transkriptlaringni xavfsiz saqla hamda kerakli arizalarga bir zumni o'zida biriktir.

📢 E'lonlar va Tadbirlar Konferensiyalar, olimpiada va xakatonlar — eng so'nggi va qaynoq imkoniyatlardan birinchilardan bo'lib xabardor bo'l.

💬 Messenger O'z ustida ishlaydigan, izlanuvchan talabalar bilan bog'lan, networking qil va tajriba almash.

🚀 Va eng muhimi — bularning barchasini mutlaqo bepul boshlash imkoniga egasan!

Hoziroq ro'yxatdan o't va o'z imkoniyatlaringni kashf et: 👉
📌 P.S. Keyingi postlarda har bir funksiyani 0 dan, ipidan-ignasigacha batafsil tushuntirib boramiz. Bizni kuzatishda davom et! 🔔 https://bridgin.uz/
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥32🏆2🎉1
Bridgin.uz
🌉 Bridgin — Katta imkoniyatlar sari shaxsiy ko'prigingiz! Salom, talaba! 🎓 Grant yutishni, nufuzli stipendiya sohibi bo'lishni yoki orzuingizdagi karyerani boshlashni xohlaysizmi? Ammo qayerdan qidirishni bilmayapsizmi? Sizga zo'r yangiligimiz bor! Bridgin…
Hurmatli do'stlar, yangi boshlangan bu loyihani qo'llab-quvvatlashda bizga yordam bersangiz xursand bo'lamiz. Sizdan bitta xabarni o'zingiz bilgan shu narsaga muhtoj odamga yuborib qo'yish evaziga na sizdan pul yechamiz, na sizga ziyonimiz tegadi bu xabar bilan. Sizlardan shunchaki dalolat qilishni so'raymiz. Zero hadisi sharifda to'g'ri yo'lga dalolat qilish ham bir savob deyilgan.

Yordamingiz uchun xursandmiz va sizga oldindan rahmat aytib qolamiz!
🔥9🏆21🎉1
📲 BridgIn ilova sifatida ham mavjud!

Endi BridgIn’ni telefoningizning bosh ekraniga o’rnatib, platformadan yanada tezroq va qulayroq foydalanishingiz mumkin. 🚀

O’rnatish tartibi (iPhone/iPad):

1️⃣ BridgIn saytini oching va brauzer pastidagi (yoki tepasidagi) 📤 Ulashish (Share) tugmasini bosing.

2️⃣ Ochilgan ro’yxatdan “Bosh ekranga qo’shish” (Add to Home Screen) bandini tanlang.

3️⃣ Yuqori o’ng burchakdagi “Qo’shish” (Add) tugmasini bosing.

Tayyor! BridgIn endi telefoningizda oddiy ilova kabi ishlaydi.

📱 Hoziroq o’rnating va BridgIn’dan foydalanishni boshlang! ➡️ https://bridgin.uz

💙 Bizni kuzatishda davom eting. Eng yaxshi yangilanishlar hali oldinda!

📢 Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆21🔥1
📱 Endi BridgIn doimo siz bilan!🙂

Har safar brauzer ochib, sayt manzilini yozishga hojat yo’q. Endi BridgIn’ni telefon yoki kompyuteringizga ilova sifatida o’rnatishingiz va unga birgina bosish orqali kirishingiz mumkin.

BridgIn’ni telefon yoki kompyuteringizga ilova sifatida o’rnatish uchun avvalo https://bridgin.uz saytiga kiring va profilingizga kiring.

So’ng qurilmangizga mos quyidagi amallarni bajaring:

🍎iPhone/iPad

1️⃣Profil bo’limidagi “Ilova sifatida o’rnatish” tugmasini bosing.
2️⃣Share (Ulashish) tugmasini tanlang.
3️⃣Add to Home Screen (Bosh ekranga qo’shish)Add (Qo’shish).

🤖Android

1️⃣Profil bo’limidagi “Ilova sifatida o’rnatish” tugmasini bosing.
2️⃣Brauzer menyusidan () Install App yoki Add to Home Screen ni tanlang.
3️⃣Tasdiqlang.

💻Kompyuter

1️⃣bridgin.uz saytini oching.
2️⃣Profil bo’limidagi “Ilova sifatida o’rnatish” tugmasini bosing yoki brauzer manzil satridagi Install belgisini tanlang.
3️⃣Install tugmasini bosing.

🚀Bir necha soniyada BridgIn’ni ilova sifatida o’rnating va undan yanada qulay foydalanishni boshlang! ➡️ https://bridgin.uz/

💙 Bizni kuzatishda davom eting!
📢Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2👏2
Miyani 100% ishlatsa nima boʼladi?
- Epileptik tutqanoq boʼladi

"Odam miyasining faqat 10 foizidan foydalanadi, agar 100 foizini ishlatsa, superqobiliyatlarga ega boʼladi", degan gap ilmiy jihatdan notoʼgʼri ekanligini aytganmiz. Аslida sogʼlom inson miyasining deyarli barcha qismlari turli vaqtlarda va turli vazifalar uchun faol ishlaydi.

Аgar miyadagi qoʼzgʼalish va tormozlanish oʼrtasidagi nozik muvozanat buzilib, barcha neyronlar bir vaqtning oʼzida haddan tashqari faollashsa, bunda superqobiliyat emas, balki xavfli holat - epileptik tutqanoq rivojlanishi mumkin.

Normal holatda miya qoʼzgʼalish va tormozlanish oʼrtasidagi muvozanatni doimiy saqlab turadi. Kelayotgan signallarning bir qismi neyronga yetib kelishidan oldinoq susaytiriladi, yana bir qismi esa neyron ichida qayta ishlanish jarayonida cheklanadi. Shu mexanizmlar tufayli miya muhim maʼlumotlarni ajratib oladi va ortiqcha axborot oqimi bilan yuklanib qolmaydi.

Miya doim tashqi muhitdan ulkan hajmdagi maʼlumotlarni qabul qiladi. Koʼz, quloq, teri va boshqa sezgi aʼzolaridan har soniya millionlab signallar keladi. Аgar miya ularning barchasini bir xil ahamiyat bilan qayta ishlasa, inson diqqatini jamlay olmaydi va axborot oqimi ostida qolib ketadi.

Shuning uchun miyada sensor filьtratsiya tizimi mavjud. Bu tizim muhim boʼlmagan signallarni erta bosqichdayoq toʼxtatib, faqat eng zarur maʼlumotlarni yuqori markazlarga uzatadi. Bu jarayon ham tormozlovchi neyronlar orqali amalga oshiriladi.

Аgar tormozlovchi mexanizmlar samaradorligi pasaysa, sensor filьtratsiyasi izdan chiqadi. Natijada miyaga haddan tashqari koʼp signallar oʼtadi, neyronlar esa muhim va ahamiyatsiz axborotni ajrata olmay qoladi. Bu esa maʼlumotni samarali qayta ishlash oʼrniga neyronlarning patologik darajada qoʼzgʼalishi va ularning bir vaqtning oʼzida sinxron faollashishiga olib keladi.

Аynan shu jarayon epileptik tutqanoqning asosiy mexanizmlaridan biri hisoblanadi.

Professional orkestrda ham barcha musiqachilar bir vaqtning oʼzida baland ovozda chalsa, goʼzal musiqa emas, shovqin hosil boʼladi. Miya ham xuddi shunday, uning kuchi barcha neyronlarning maksimal faolligida emas, balki ularning aniq muvofiqlashtirilgan va nazorat qilingan ishida

Qisqacha aytganda, miyaning samarali ishlashi uning koʼproq ishlashiga emas, balki qoʼzgʼalish va tormozlanish oʼrtasidagi aniq muvozanat saqlanishiga bogʼliq. Shuning uchun kuchli intellekt ham, sogʼlom fikrlash ham faqat faollik emas, balki kerak boʼlganda neyronlarning oʼz vaqtida jim turishi bilan ham taʼminlanadi.

@Muhammad_Fozil
👍54👏4🎉1
Ratsional egoist

Harvardda bir tadqiqot o'tkazilgan.
Talabalardan so'rashgan: "Siz uchun eng qimmatli resurs nima?"
Pul. Vaqt. Salomatlik.
Ko'pchilik pul degan.
To'g'ri javob esa vaqt edi. Chunki pulni qaytarib topsa bo'ladi. Vaqtni esa yo'q.
Lekin biz bugun ham vaqtimizni eng arzon narxda sotib yuramiz.

Kecha uyga mehmon keldi - dars qoldirildi.
Bugun qandaydir to'y bor - yana bir kun ketdi.
Ertaga birov xafa bo'lmasin deb - yana bir soat yo'qoldi.
Sabab topish oson. Vaqt esa hech kimni kutmaydi.

Nima uchun shunday bo'ladi?
Biz bolaligimizdan bir narsani o'rganib kelganmiz: Hammaga yoqimli bo'lish va omma e'tiborida bo'lish yaxshi, muhim.
Yaxshi o'quvchi - o'qituvchiga yoqqan o'quvchi.
Yaxshi do'st - hamma chaqirganda keladigan do'st.
Bu yomon emas. Lekin bu odatning bir tomoni bor - u sekin-asta o'z irodangizni o'ldiradi.
Yillar o'tib qarasangiz: hamma yoqimli, hammaga qulay, hamma uchun bor - faqat o'z kelajagi uchun yo'q bo'lib qolgan odam bilan yuzma-yuz kelasiz.
O'sha odam - o'zingiz.

Egoist deganda yomon odam ko'z oldingizga keladi. Boshqalarni mensimaydigan, faqat o'zi uchun yashaydigan.
Lekin ratsional egoist boshqa narsa.
U boshqalarga zarar yetkazmaydi. U shunchaki o'z maqsadini boshqalarning kutilmalaridan ustun qo'yishni biladi.
Farq katta.

Biz ko'pincha vaqtni katta bo'laklarda yo'qotmaymiz.
Yo'qotish mayda-mayda bo'ladi.
Yarim soat bu yerda. Bir soat u yerda. "Faqat bir daqiqa" bu yerda.(Ozgina reels ko'ray keyin qilamanda degan va'dalaringizni eslang)
Hafta oxirida qarasangiz - qayoqqadir ketgan, lekin qayerga ketgani noma'lum.
Bir yil o'tib qarasangiz - yana o'sha joydasiz.
O'n yil o'tib qarasangiz - o'sha "mayda-mayda" yo'qotishlar umrning katta bir bo'lagini yeb qo'ygan.

"Yo'q" deyish madaniyati bizda shakllanmagan.
Bu oddiy so'z. Lekin uning og'irligi ko'pchilikka chidab bo'lmas tuyuladi.
Chunki "yo'q" deganingizda kimdir xafa bo'ladi.
Kimdir: "O'zgarib ketdi" deydi.
Kimdir: "Manman bo'lib qoldi" deydi.
Kimdir: "Avval bunday emasdi" deydi.
Bularning hammasi to'g'ri. Siz o'zgardingiz.
O'zgarish - o'sishning boshqa ismi. O'zgarish bo'lmasa o'rganish bo'lmabdi.

O'z hayotingiz, o'qishingiz, kelajagingiz, vaqtingizga nisbatan egoist bo'lavering.
Imtihon varaqasida sizning natijangiz yoziladi.
Diplomda sizning ismingiz turadi.
Kelajakdagi kasbingizda sizning bilimingiz ishlaydi.
O'sha payt hech kim: "Lekin u hamma chaqirganda kelardi" demaydi.
Hech kim: "U hech kimni xafa qilmasdi" demaydi.
Natija so'raladi. Faqat natija.

Vaqtni himoya qiling.
Keraksiz takliflarga "yo'q" deyishni o'rganing.
Uzoq muddatli maqsadni qisqa muddatli zavqdan ustun qo'ying.
Hammaga yoqishga urinmang.
Chunki hammaga yoqishga uringan odam - oxir-oqibat hech kimga, hatto o'ziga ham yoqa olmay qoladi.

O'z vaqtiga nisbatan talabchan bo'lishda omad tilayman do'stlar!

@Muhammad_Fozil
🔥21👏2🎉2
Hammamiz duo qilaylik, bu yilgi barcha abituriyentlar oʻqishga kirib ketsin. Aks holda bular yo bloger, yo tiktoker boʻlib ketadi-da, ertaga 10 ta follower yigʻib olib, "Muvaffaqiyatga erishish uchun OTM da oʻqish shart emas" deb yurishadi..

@Muhammad_Fozil
🔥4011👍8🏆4
Qachondir farzandli bo'lsak o'qib berishli gaplar

Atrofingdagi hamma narsa sening pulingni olishga harakat qiladi deb o‘ylaysanmi? Yo‘q, bolam. Hozirgi zamonda pul ikkinchi darajali narsaga aylangan. Sening pulingdan ham qimmatroq, qaytarib bo‘lmaydigan bir xazinang bor — bu sening diqqating. Bugun sen bilan diqqatning aslini ko‘rishni o‘rganamiz.

Katta bo‘larkansan, qo‘lingdan telefon, qarshingdan kompyuter tushmaydi. Chiroyli ekranlar, tinimsiz chalingan bildirishnomalar, sekundiga almashadigan qisqa videolar (Shorts, Reels deysan) seni o‘ziga ohangrabodek tortadi. Bular shunchaki ko‘ngilochar narsalar emas. Bu ortida minglab aqlli muhandislar, psixologlar va neyrobiologlar o‘tirgan ulkan sanoat. Ularning yagona maqsadi — sening diqqatingni o‘g‘irlash. Chunki sen ekranga tikilib turgan har bir sekunding uchun kimdir milliarder bo‘lyapti.
Ijtimoiy tarmoqlardagi "Lenta" (tasma) degan joyni ko‘rasan. Uni pastga qarab tortganingda yangi ma’lumot chiqadi. Aslini bilasanmi nima bu? Bu qimorxonalardagi avtomat o‘yinlar (Slot-machine) bilan bir xil mexanizm. Tortasan — yutasanmi yoki yutqazasanmi, bilmaysan. Miyangga arzon dofamin portlashi kerak. Senga u yerdagi videolar qiziq emas, senga shunchaki "keyingisida nima chiqarkin" degan soxta qiziqish kerak, xolos. Sen telefon o‘ynayapman deb o‘ylaysan, aslida telefon sening miyangni o‘ynayotgan bo‘ladi.

Miyangni cheksiz axborot bilan to‘ldirasan. "Dunyo yangiliklaridan xabardor bo‘lishim kerak", deysan. Aslida esa, miyangni axlatxonaga aylantirasan. Ertalabdan kechgacha kim qayerda o‘ldi, kim kimga xiyonat qildi, qaysi bloger yangi mashina oldi — sening hayotingga zarracha ta’siri bo‘lmagan milliardlab bayt ma’lumot. Ko‘p axborot — kam diqqat degani. Ma’lumot ko‘paygan sayin, miyang bitta kitobni o‘qib, mag‘zini chaqish qobiliyatini yo‘qotadi. Ikki sahifa kitob o‘qisang, iching qisilib, telefoningni qidirib qolishing — miyangning o‘sha arzon "shirinliklar"ga o‘rganib qolganidandir.
Internetda "bepul" ilovalar, bepul o‘yinlar bor. Shuni doim yodda tut, bolam: agar biror mahsulot uchun pul to‘lamayotgan bo‘lsang, demak, mahsulotning o‘zi sensan. Sening ko‘zlaring, sening vaqting, sening diqqating o‘sha bepul ilovaning asosiy tovaridir. Sening diqqatingni ulgurji narxda sotib olib, reklama beruvchilarga chakana narxda pullashadi.

Multitasking (bir vaqtda bir nechta ishni qilish) bilan maqtanadigan odamlarni ko‘rasan. Ham dars qiladi, ham musiqa eshitadi, ham yozishadi. Buni zamonaviylik deb o‘ylama. Aslini olganda, bu diqqatning nogironligidir. Miyang hech bir ishni mukammal qilmayapti, shunchaki har soniyada u ishdan bu ishga sakrab, charchab boryapti. Natijada yuzaki odamlar armiyasi yetishib chiqyapti — hamma narsadan bir shingil biladigan, lekin hech bir narsaning tubiga yeta olmaydigan yuzaki avlod.

Jimir-jimirlarga aldanma, bolam. Dunyodagi eng buyuk kashfiyotlar, buyuk asarlar, haqiqiy bilimlar telefon ekraniga tinimsiz termulib o‘tirgan odamlar tomonidan yaratilmagan. Ular telefonini o‘chirib, dunyoni shovqinidan uzilib, o‘z diqqatini bitta nuqtaga jamlay olgan donolar tomonidan qilingan.

Diqqat — bu sening hayoting. Hayotingni kimlardir ishlab chiqqan algoritmlarga tekinga topshirib qo‘yma. Narsalarning aslini ko‘r. Shunda sening vaqtingni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan har bir bildirishnoma senga dushman bo‘lib ko‘rinishni boshlaydi.

@Muhammad_Fozil
👍17👏11🔥52🏆2
Kanalimiz a'zosi bo'lib kamtarona auditoriya kengayishiga yordam bergan va yordam bermoqchi bo'lgan barchaga rahmat. O'zimiz uchun manfaatli narsalarni shu yerga qoralab qo'yamiz va xursandmiz agar bu sizlar uchun ham manfaatli bo'lsa
🔥357👍3
Forwarded from The Ismoilov (lifestyle)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14🎉3👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥22👏5🎉41
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥19👏5