Muhammadfozil Ismoilov
589 subscribers
410 photos
64 videos
1 file
181 links
Muhammadfozil Ismoilovning telegram kanali
Kanal haqida fikrlar uchun:
@Reader_chatbot
Download Telegram
NAHOTKI MЕN QAROQCHIMAN!

Sudanlik do‘stlarimdan biri ajoyib bir maqola yozdi. Sarlavhasi "Nahotki men qaroqchiman".
Maqolada u o‘zi bilan sodir bo‘lgan ikkita voqeani keltiradi.
Birinchisi:
Irlandiyada tibbiyotdan imtihonlarim bor edi. Imtihonning to‘lovi 309 funt edi. Menda mayda pul yo‘q edi. Shu sabab 310 funt berdim. Muhimi imtihonni topshirdim. Imtihonlar tugagach Sudanga qaytdim. Sal o‘tib Irlandiyadan xat keldi. Unda shunday yozilgan edi:
"Siz imtihon to‘lovini to‘lashda xato qilibsiz. To‘lov 309 funt edi. Siz 310 funt to‘labsiz. Sizga bir funtlik chek yubordik. Biz o‘z haqimizdan ortig‘ini olmaymiz".
Qizig‘i, maktub bilan markaning narxi bir funtdan qimmatroq edi.

Ikkinchisi:
Men fakultetga qatnar edim. Uyim bilan fakultet orasida bir ayol u-bu narsa sotar edi. Men undan 18 pensga kakao sotib olar edim.
Bir kuni u yerdan o‘tayotsam do‘konning boshqa tokchasida aynan o‘shanday kakaoning narxi 20 pens yozilgan holda turibdi.
Men taajjublanib so‘radim:
- Nega birinchi tokchada kakaoning narxi 18 pens, ikkinchi tokchada esa 20 pens?
U dedi:
- Yaqinda bizga kakaoni eksport qiladigan davlat Nigeriyada mushkulotlar yuzaga kelib narxlar ko‘tarilibdi. Bu tokchadagi keyin kelgan yukdan. Shuning uchun qimmat. Mana bunisi esa oldingidan. Shuning uchun u arzon.
Men:
- Unday bo‘lsa kishilar oldin arzonini olishadi. U tugasa keyin qimmatini olishadi. Toki arzoni tugamas ekan qimmatni hech kim olmaydi-ku, dedim.
U:
- Ha, buni bilaman, dedi.
Men:
- Shunday ekan, ularni aralashtirib arzonlarini ham 20 pensdan sotsangiz bo‘lmaydimi? Buni hech kim bilmaydi-ku!-dedim.
Shunda u qulog‘imga:
- Sen qaroqchimisan?-dedi.

Uning gapi haligacha qulog‘im ostida jaranglaydi. Bu qanaqa axloq?! Biz qachon bunaqa darajaga ko‘tarilamiz?!

©Muhammad Al-Faqih

@Muhammad_Fozil
🔥10🎉21
Oxirgi 10 yillik juda g'alati davr bo'ldi. Balki 2030-yilga yetganimizda bu davrni alohida nom bilan eslarimiz.

Chunki biz bir narsani juda yaxshi o'rganib oldik: hamma narsadan isbot talab qilishni.

Kimdir yangi g'oya bilan chiqsa — isbot ber.

Kimdir yordam so'rasa — avval natijangni ko'rsat.

Kimdir qo'llab-quvvatlash istasa — bunga loyiq ekaningni isbotla.

Kimdir o'ziga ishonchini yo'qotgan bo'lsa — nega ruhlantirish kerakligini ham tushuntirib ber.

Lekin shu yerda bir savol tug'iladi: Agar inson yordam so'rayotgan bo'lsa, demak unda nimadir yetishmayapti. Agar hamma narsani o'zi uddalay olganida, ehtimol hech kimning eshigini qoqmagan bo'lardi.

Unda nega aynan yordamga muhtoj odamdan natija talab qilinadi?

Bu mantiq ba'zan menga g'alati tuyuladi.

"Avval muvaffaqiyatga erish, keyin seni qo'llab-quvvatlaymiz", deyishadi.

Lekin ko'p hollarda inson aynan o'sha muvaffaqiyatga erishishi uchun qo'llab-quvvatlashga muhtoj bo'ladi.

Albatta, odamlarning ehtiyotkor bo'lishiga sabab bor. Firibgarlar, yolg'on va'dalar, sun'iy muvaffaqiyat hikoyalari ishonchni kamaytirib yubordi. Shubha qilish ba'zan kerak.

Ammo muammo shundaki, biz ba'zan isbot kerak bo'lgan joyda ishonch beramiz, ishonch kerak bo'lgan joyda esa isbot talab qilamiz.

Natijada qiziq holat yuzaga keladi.

Boy odamning navbatdagi loyihasiga ko'pchilik ishonadi.

Muvaffaqiyatli odamning navbatdagi xatosi kechiriladi.Yutayotgan odamga hamma sherik bo'lishni xohlaydi.

Ammo yiqilgan odamga kelganda birdan hamma hakamga aylanib qoladi.
"Avval o'zingni isbotla."
"Nima qila olasan?"
"Nega senga ishonishimiz kerak?" Shunday savollat bilan hali yo'l boshida turgan insondan esa o'z qadrini, iste'dodini, niyatini va hatto yordamga muhtojligini ham isbotlash talab qilinadi.

Go'yo insonning qiymati uning bugungi natijasi bilan o'lchanadigandek.

Vaholanki, ko'p buyuk ishlar bir paytlar hech narsani isbotlay olmagan insonlarning g'oyasi edi. Ko'p muvaffaqiyatlar esa kimningdir vaqtida aytilgan bir og'iz ishonchidan boshlangan. Ford o'z ayoli qo'llab-quvvatlagani tufayli shu darajaga chiqqandi.
Mary Shelley o'z eri Percey Shelley qo'llab-quvvatlagani tufayli "Frankenstein" asarini yoza olgan
Opra Uinfri ustozining shirin so'zlik bilan bergan yordami tufayli 20 yoshidan karyera qurishni boshlagan

Muammo isbotning o'zida emas. Muammo shundaki, biz natija bilan imkoniyatning o'rnini almashtirib qo'ydik.

Natija ko'rsatganlarga yordam berishga tayyormiz, ammo yordamga muhtojlardan natija kutamiz.

Ishonch bering, ko'mak bering, yordamni ayamang. Tarix baribir yordam berilmagan bo'lsada Tesla, Van Gog va Kafkani hamon eslaydi, yordam berishdan bosh tortganlar esa tarixdan nomi o'chgan.

Ba'zan insondan navbatdagi isbotni emas, navbatdagi imkoniyatni ayamaslik kerak.

@Muhammad_Fozil
🔥166😁4👏3🏆2👍1
Neyrotarmoqlar va TikTok yoshlarning miyasini g‘alvir qilib tashladi — aksariyat zumerlar normal O‘QISH va YOZISHNI bilmaydi!

Yuqori sinf o‘quvchilari va talabalarning o‘qish bo‘yicha ko‘rsatkichlari 1992-yilda monitoring boshlanganidan beri eng past darajaga tushib ketdi.
Hatto smartfonning stolda shunchaki turishi ham (yoqilgan yoki o‘chirilgan bo‘lishidan qat’i nazar) o‘quvchilarning kognitiv qobiliyatlarini keskin pasaytirib yubormoqda.
Professorlar bong urmoqda: yoshlar hatto 20 sahifalik matnni ham o‘qiy olmayapti — ular tinmay matn mazmunini yo‘qotib qo‘yishmoqda va ma’nosini tushunishmayapti.

@Muhammad_Fozil
7🔥4👏3
Bugun motivatsiya eng ko'p sotiladigan mahsulotlardan biriga aylandi.

Motivatsion videolar.

Motivatsion kitoblar.

Motivatsion kurslar.

Go'yo insonning barcha muammosi motivatsiya yetishmasligidan iboratdek.

Lekin ba'zan o'ylab qolaman.

Rostdan ham odamlar motivatsiyasizmi?

Yoki ular shunchaki ma'nosiz ishlashdan charchaganmi?

O'ylab ko'ring.

Sevgan insoningiz bilan gaplashish uchun motivatsiya qidirmaysiz.

Yoqtirgan mashg'ulotingiz bilan shug'ullanish uchun motivatsiya qidirmaysiz.

Qiziqqan mavzuingiz haqida soatlab o'qish uchun motivatsiya qidirmaysiz.

Nega?

Chunki u yerda ma'no bor.

Ma'no bo'lgan joyda motivatsiya ko'pincha o'zi paydo bo'ladi.

Ammo bugun ko'p odamlar o'zlari tanlamagan maqsadlar ortidan yugurmoqda.

Kimdir ota-onasining orzusini yashayapti.

Kimdir jamiyat kutayotgan hayotni.

Kimdir esa shunchaki hamma qilayotgani uchun qilmoqda.

Keyin esa o'zidan so'raydi: "Nega motivatsiyam yo'q?"

Balki muammo motivatsiyada emasdir.

Balki qalbingiz qabul qilmayotgan narsani miyangiz majburan sudrab ketishga urinayotgandir.

Chunki ma'no yo'q joyda motivatsiya uzoq yashamaydi.

Ma'no bo'lgan joyda esa inson charchashi mumkin. Lekin to'xtashi qiyin bo'ladi.

Balki bugungi davrning eng katta muammosi motivatsiya yetishmasligi emasdir.

Balki odamlar o'z ma'nosini yo'qotib qo'ygandir.

Mark Tvenning bir gapi yodimga tushadi:
"Qachonki o'zingizni ko'pchilik tarafida ko'rsangiz, to'xtab fikr qilish vaqti kelgan bo'ladi."

Balki sizga navbatdagi motivatsion video kerak emasdir.

Balki sizga boshqa savol kerakdir: "Men rostdan ham o'zim istagan tomonga qarab ketyapmanmi?"

@Muhammad_Fozil
🔥14🏆5
Nega olimlar kambag'al qoladi degan nazariya bor?

Sabab oddiy: bilimni yaratish bilan bilimni sotish — ikki butunlay boshqa kasb.
Bunga eng yorqin misol — Durov

Telegramning ichki "miyasi" — murakkab shifrlash tizimi, server arxitekturasi, kod — buni Pavelning akasi, matematikadan ikki bor jahon chempioni bo'lgan daho Nikolay Durov yozgan. Lekin agar Nikolay yolg'iz qolganida, bu kod faqat uning shaxsiy noutbukida, hech kim bilmagan arxivda chirib yotardi. Uni dunyoga olib chiqish, millionlab odamga "kerak" qilib ko'rsatish, pulga aylantirish — bu butunlay boshqa hunar. Va bu hunar Pavelda bor edi.
Bitta oilada — bitta daho, bitta tadbirkor. Mahsulot esa faqat ikkisi birga bo'lganda tug'ildi.

Biz odatda shunday o'ylaymiz: aql ko'p bo'lsa, pul ham ko'p bo'ladi. Lekin aql — yagona narsa emas, ko'p turli shaklga ega quvvat. Va ulardan faqat bittasi — to'g'ridan-to'g'ri pulga aylanadigan shakli.
Bilim olamida, asrlar davomida, ikki dunyoqarash bir-biriga qarshi turadi.

Birinchisi — yunoncha dunyoqarash. Markazida — tushunishning o'zi. Suqrot aytgan: "O'rganilmagan hayot yashashga arzimaydi." Bu yerda bilish — natija emas, maqsadning o'zi. Hozirgacha ko'plab universitet, laboratoriya, kafedra aynan shu prinsip ustida turadi: bil, chunki bilish — qadrli.

Ikkinchisi — iudaviy dunyoqarash. U boshqacha savol qo'yadi: agar sen tushunsang-u, keyin hech narsa qilmasang — sen rostan ham tushundingmi? Bu mantiqda haqiqat eshitilishi uchun emas, harakatga aylanishi uchun kerak. Bilim — boshlanish, tugash emas.
Mana shu ikkinchi mantiq — pulga aylanadigan mantiq.
Boy odam avtomatik aqlli bo'ladi, deb o'ylaymiz. Aslida yo'q.

Ismini to'g'ri yoza olmaydigan, lekin har bir tiyinining hisobini bilgan odamlar tarixda son-sanoqsiz. Ularda akademik aql yo'q — ammo amaliy aql, ya'ni "qanday sotish, qanday ko'paytirish, qanday tavakkal qilish" aqli, tinmay ishlaydi.

Olim esa boshqa mexanizm bilan yashaydi. Uning maqsadi — bilmaganimiz dunyoni biroz ko'proq bilish. Tadbirkorning maqsadi — ko'proq pul. Bittasi noaniqlikka tavakkal qiladi, ikkinchisi aniqlikka intiladi.

Bu ikki matritsa qarama-qarshi yo'nalishda sozlangan, shu sabab ham ikkisi bir odamda kamdan-kam birga uchraydi.

Demak, olim bo'lib boy ham bo'lmoqchi bo'lsang, yana bir narsani o'rganishing kerak: mahsulotingni sotishni.
Chunki intellektning o'zi — mahsulot. Va har qanday mahsulot, qanchalik qimmatli bo'lmasin, kimdir uni dunyoga olib chiqmaguncha — faqat arxivda qolib ketadi.

@Muhammad_Fozil
8👍7
You relax on a bus, when you don't know the driver.

You relax on a plane, when you don't know the pilot.

You relax on a ship, when you don't know the captain.

So why you don't relax in life when you that God is in control?

@Muhammad_Fozil
🔥26👏4🏆1
Forwarded from Noteception (Shohruh Rustamjonovich)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Hali shu paytgacha "Turkiy dunyo" ni bunchalik jipslashganini koʻrmaganman. Oʻzbekiston butun turkiy dunyoni qisqa vaqtga boʻlsa ham jipslashtira oldi.

Toʻgʻrisi, muxlislarning emotsiyalarini va madhiyamizni eshitganimizda haqiqiy vatanparvarlik tuygʻusini his qildik. Vatandoshlarimizni va qardosh xalqlarimizni koʻziga yosh olib oʻyinni tomosha qilgani ham bekorga emas albatta.
Guruch kurmaksiz boʻlmaydi, deb bekorga aytishmaydi. Maqsad "hype" ishlash boʻlgan ba'zi "ekspertlar" ham jim turishmadi.

Lekin bir narsani esimizdan chiqarmasligimiz kerak, oʻzbek millati boʻla turib vaziyatga raqib davlat pozitsiyasidan yoki oʻsha davlat sportchisini tarafini olib baho berganlar, "fanatizm" bilan "vatanparvarlik" tushunchalari boshqa boshqa. Bunday odamlar "vatanparvarlik tuygʻusi" hechqachon his qilishmaydi.

Oʻsha salbiy fikr bildirgan odamlar, maydonda ter toʻkayotgan vatandosh sportchilarimizning bir tomchi peshona "teri" ga arzimaydi!
8🔥6🏆2
Qo'shningni maysazori doim senikidan yaxshiroq ko'rinadi.

Bu gapni hammamiz eshitganmiz, faqat har xil ko'rinishda har xil vaziyatda, har xil kontekstda. Lekin kam kishi o'ylab ko'radi. Nega aynan shunday ko'rinadi?

Sabab oddiy: biz hech qachon bugungidek darajada taqqoslanmaganmiz. Biz o'z maysazorimizda yashaymiz, har bir qurib qolgan joyni, ariqning bo'yi va eni, maysa qaysi payt qanaqa havoda yaxshi o'sishini bilamiz. Qo'shnining uyiga, maysazoriga esa biz shunchaki tashqaridan qarab turuvchi oddiy o'tkinchimiz. Biz uning sug'orishini, kechki payt yo'qotadigan kuchini, sarf qilayotgan yashirin xarajati va energiyasini ko'rmaymiz. Biz shunchaki uning yashnab turgan va biznikidan yashilroq ko'rinyotgan maysazoriga mahliyomiz. Ko'zimizga o'zimizniki ko'rinmaydi. Uniki yaxshiroqdek tasavvurimizda.

Shu yerda tabiiy savol tug'iladi. Agar har kim o'zini qiyinchiligini boshqalarning qiyinchiligi bilan emas faqat natijasi bilan solishtirsa shu adolatdanmi?

Taasufki, biz buni har kuni qilamiz, biz bo'lmasak bizga nisbatan qilishadi:

Falonchi chet elga grant yutib ketibdi o'qishga;

Falonchi yangi mashina olibdi;

Falonchi biznes ochib, katta pul aylantiryabdi ekan va hokazo
Sen qachon natija qilasan?! (Menda qachon bo'ladi?) kabi savollar miyamizni yeb yuboradi. Ha do'stlar Charli Manger bejiz aytmagan, iqtisodni ko'p hollarda hasad yurg'azadi.

Ammo, biz shu fikrlarni boshdan o'tkazish uchun naqadar arzon mahsulot hisoblaymiz o'zimizni o'ylab ko'rganmizmi? Ko'p hollarda "Agar unda bor narsa menda ham bo'lganda baxtli bo'lar edim" degan o'y miyani quritadi. Bu ish (bu savol) aslida to'g'rimi?
Nega men o'zimni 15 yoshda doktorlikni himoya qilgan bola bilan taqqoslashim kerak? Unday bo'lishi uchun men faqat yutuqni emas u boshidan kechirgan yuklama va azobni ham birgalikda yelkamga olishim kerakku? Bunga tayyor bo'lmasam unda boriga nega men qayg'urishim kerak? O'zimga hozir kerak narsa haqida bosh qotirishim zarur emasmi?

Biz o'z qo'rquvlarimizni bilamiz. Xatolarimizni bilamiz. Yiqilgan va qayta urinib ko'rgan paytlarimizni bilamiz. Lekin boshqalar haqida ular faqat ko'rsatishni istagan narsalarnigina ko'ramiz.

O'zimizning tashvishlangan narsalarimizni birovni ijtimoiy tarmoqdagi vitrina uchun qo'yilgan 5 daqiqalik hayotiga solishtiramiz.

O'zimizning bir necha bor muvaffaqqiyatsiz bo'lgan urinishlarimizni birovni erishgan g'alabasiga qiyoslaymiz.

O'z yo'limizning eng og'ir bosqichini boshqalarning eng yorqin paytiga taqqoslaymiz.

Ziyrak o'quvchi aytishi mumkin, "Muhammadfozil, nega faqat yomon tarafini aytasiz, yaxshiroq bo'lay deb o'zini o'z sohasidagi mutaxassislarga qiyoslab ulardan o'zishni maqsad qilsa bu yomonmi?"

Albatta, qiyoslash ba'zan yomon emas, uning ham gorizonti bor, u insonga yo'nalish, ilhom baxsh etishi mumkin. Muammo qiyoslashda emas, muammo nimani qiyos qilayotganimizda. Odam o'zining qiynalgan va ba'zida bajarolmay qoldirgan ishlarini birovning ko'rsatish uchun tayyorlagan montaj videosiga solishtirishi borib turgan adolatsizlik.

Odam shu tufayli o'z maysazorini ham sug'ormay qo'yadi, sabab, "baribir qo'shnimnikidek yashil bo'lmaydi" degan tasavvur miyasiga keladi.

Odam o'z yo'lini va qobiliyatini rivojlantirishni to'xtatib, birov yurgan yo'lda men ham shu yerga kirsam chempion bo'laman deb o'ylaydi.

Odamlar, hatto o'z yutuqlarini ham kichik his qila boshlaydi chunki ular hamisha birovning "yashil maysazori" ga solishtirilgan.

Har kimning maysazori har xil, solinadigan o'g'it har xil, mehnati har xil.

O'z boshingdan o'tayotgan jarayon bilan, jarayonni boshidan o'tkazgan odamni natijasini solishtirish xatolik.
Chunki, bu yashillik ortida qancha qiyinchilik bordirki uni ko'rsatishni o'zi bo'lmaydi jarayon emas natijani bitta kichik suratga sig'dirish oson(storisiga faqat natija qo'yadiganlarga salomlar bo'lsin)

Biz o'z ishimiz va maysazorimizga ko'proq mehr berishni davom etishimiz kerak, birovnikiga termilish o'rniga o'zimizda borini qadrlab, shukr qilishni o'rganishimiz kerak.
10🔥1
Keyin biz xohlamay ham qolamiz o'zimizni birov bilan solishtirishni. Ana o'sha payt, biz istamasakda holat ro'y beradi, boshqa bir odam bizni qiyinchilik emas, natijamizga qarab "Uni maysazori yashilroq ekan"

@Muhammad_Fozil
👏10
O'zini savolga tutishning foydasi haqida

Bizning odatiy kun tartibimiz qarorlar qabul qilish va uning natijasini o'sha kunning o'zida o'zimizga ta'siri bo'lishi degan aylanma jarayon ichida bo'lib o'tadi. Biz nima yeyish, nima kiyish ba'zida esa nima ko'rish yoki ko'rmaslik, kim bilandir uchrashish va ko'rishmaslik kabi mayda narsalar uchun bosh qotiramiz, miyadan 60 000 dan ko'p fikr o'tadi.

Kunlik qarorlar natijasi balki o'sha kunga ta'sir qilmas, ammo natijani oy yoki yillar o'tib ta'sir qilsa, uning ko'proq foydasi bo'lishini istaymizmi yoki zararini?

ZIyrak o'quvchi darhol, "Qiziqmisiz, kim ham yomon natijaga rozi bo'lardi?" deyishi tabiiy. Lekin yomoniga ko'nishimiz odatga aylanyabdimi yo'qmi buni bir mulohaza qilgan durust. Bugun o'zimizga savol berish haqida gaplashamiz.

Internet nashrlarida o'qidim, qorni och holda supermarketga kirsa, har qanday odam o'zi istamagan taom, snek yoki shunga o'xshash narsalar, hatto umuman ishlatmaydigan buyumlarni ham sotib olishga shoshilar ekan

Energiya va quvvat hammamizga kerak, ammo nima yeyish, nima kiyish bular ham muhim bo'lishi bizga pul bilan birga boshqa bir qator kerakli resurslarni tejab berishini bilsak, qarorlarimiz natijasi faqat foyda bilan kunimizga, boring ana yilimizga samarali ta'sir beradi.

Ishni boshlashdan oldin, qadam tashlashdan oldin, "ha" yoki "yo'q" deyishdan oldin - biz ko'pincha his-tuyg'uga(ayniqsa nafsga) shoshilishga, boshqalarning fikriga asoslanib qaror qabul qilamiz. O'z-o'zimizga savol berishni esa vaqt yo'qotish deb hisoblaymiz. Vaholanki, agar bu vaqt yo'qotish bo'lsa ham aslida "ongsiz holda kechikish" degan oqibatni boshdan kechirmasligimizga kafolat bo'ladi.

Odam ishga kirishadi, keyin "bu menga kerak edimi?" desa - ongsiz kechikish
Pul sarf qilishi ham bor gap, xaridni qilib bo'lgach, o'zi oldindan kutmagan narsani sotib olib bo'lgach kutadi, kutganidek bo'lmasa o'ylanib qoladi, keraksiz xarid haqida siqiladi.
Oqibat shunga yetib bormoqdaki, savollar hammamizda bor, ammo hozirgi vaqtda u ko'pincha kechikib kelmoqda - qaror allaqachon natija berib bo'lgandan so'ng.

Nega shunday?

Chunki, savol berish - odamlarning nazdida sekinlashish, ikkilanish demakdir. Bizning davrimiz esa tezlikni yaxshi ko'radi. Sotuv operatorlari zalni/ovqatni/onlayni kursni tezroq sotib olish uchun sizga natijalar haqida va'da berar ekan, mumkin qadar sotuvni oshirishni o'ylaydi, hatto "Savollar bo'lsa bemalol" deganida ham aslida o'zi bu savollarga odatiy sotuvga jalb qiluvchi javoblar bilan javob berib yana aniqlik o'rniga tezlik bilan ko'zingizga bog'ich bog'laydi. Xullas biz shu doiradamiz, tez qaror, tez harakat, tez natija. Lekin tezlik har doim to'g'ri tanlov emas. Tez yurib marraga ham, mag'lubiyatga ham yetib borish mumkin. Linkoln aytgan edi: "Daraxt kesishga vaqtim bo'lsa yarmini boltamni o'tkirlashga sarflardim"

Xo'sh qanday savollarni o'zimizga bersak oqilona qarorlar bizni asabimiz va vaqtimizni tejab beradi? Quyida bir necha savol turlari va ularga ergashib keladigan savollarni berib o'tdik, buni shaxsiyat va qiladigan ishlarga qarab moslab olsak yana ham durust

1. Shu menga kerakmi?( Bu menga aslida foydalimi?)
Ko'p narsalarni ochig'ini aytish kerak, foydali bo'lsagina, ayniqsa shaxsiy rivojlanishga yuqori ta'siri bor bo'lsa o'z olamimizga kiritsak bu durust qaror bo'ladi. Sotib olishimiz, investitsiya qilishimiz mumkin bo'lgan narsalarga pul sarf qilishdan oldin shu savolni berish ko'p narsalarni ochiq-oydin ko'rsatib beradi.

2. Bu qaror menga 1 hafta, 1 yil va 5 yildan keyin qanday ta'sir qiladi?
Bu savol hozirgi hissiyotlarni kelajak oqibatlari bilan solishtirishga majbur qiladi.
Keraksiz xarid oldidan "Bir haftadan keyin ham bunga xursand bo'lamanmi?" degan savol buyum qiymatini belgilab beradi.
Scrolling qilishdan oldin "Bir yildan keyin bu vaqt qayerga ketganini afsus qilmaymanmi?" degan savol bizni hech kim yurmaydigan noyob odamga aylantiradi. O'zbekistonning 42,6 qismi ijtimoiy tarmoqda bugun faol, 18 yoshdan oshgan tarmoq foydalanuvchilari 12,8 million

2. Men buni istaganim uchun qilyapmanmi yoki shunchaki hissiyot ta'siridamanmi?
Juda ko'p yomon qarorlar: zerikish, g'azab, qo'rquv, hasad, yolg'izlik, FOMO (boshqalar ortidan qolib ketish qo'rquvi) natijasida qabul qilinadi. Hissiyotga tayanib qabul qilingan qarorlar aql tomonidan jazoga sazovor bo'lishini yana bir bor o'zimizga eslatishimiz kerak.

3. Men gapirgan gaplarimni qanchasini amalda qilyabman?
Vijdonning ovozini uyg'otadigan savoldan bittasi shu. Aynan shu savol ko'p odamlarning "Saved messages" ga qachonlardir o'zgarish uchun saqlab olgan narsalarini bir marta bo'lsa ham ko'rib chiqishiga turtki bo'lsa, muallif o'z niyatiga yetdi. Axir ko'p hollarda shu savol bilan miyani uyg'otmasak, dofamin bukmark qilingan narsaga nisbatan faol ishlashi ortidan bizni qilmagan ishimizni ham qilgandek ko'rsatadi

Savollarning murakkab bo'lishi ham muhim.

Oddiy savollar bizni hozirgi onga qaytaradi. Chuqur savollar bizni kelajakdan turib, hozirga qarashga majburlaydi va aynan shu — yo'nalishni o'zgartiradigan narsa.

Chunki inson ko'pincha yomon qarorni bilib turib qabul qilmaydi. U shoshilib qabul qiladi. Savol berishga vaqt ajratmaydi. Va keyin "men buni bilardim-ku" deb afsuslanadi. Aslida bilgan. Faqat o'ziga savol berishga ulgurmagan.

Biz gaplashib o'tgan ayrim savollar javobni osonlashtirmaydi. Aksincha, ko'pincha qiyinlashtiradi. Chunki, asl haqiqat ko'pincha noqulay, tan olishga xudbin shaxsiyat va nafs yo'l bermaydi. Lekin aynan shu noqulaylik — keyinchalik kattaroq noqulaylikdan saqlab qoladi. Muammo tezkor qarorlarning o'zida emas. Muammo shundaki, biz savol berishni zaiflik, ikkilanish deb biladigan bo'lib qoldik. Vaholanki, savol berish — eng kuchli odamlarning odati. Savol bera olish o'zni qidirib topish va miyaning kognitiv holati yaxshilanishi belgisidir.

Biz ongsiz ravishda qabul qilgan qarorimizning ongli ravishda ro'y beradigan oqibatini ham o'zimiz boshdan o'tkazamiz. Bugun savol bermay qabul qilgan qarorlarimizning natijasi ertaga sirtmoqni bo'ynimizga bog'laydi.
Bitta bo'lsada kichkina savol bizni hech bo'lmasa stressdan asraydi.

Savol berishni o'ganishimiz kerak. Bu bizga qancha narsani foyda tomondan kafolati. O'zimiz ko'rdik.

Bordiyu, siz ham o'zingizga beradigan savollaringiz bo'lsa va ular sizni biz aytgan ko'ngilsizliklardan ushlab qolsa fikringizni bo'lishib keting, muallif ham, boshqalar ham bir mo'minning boshqalarga bergan fikri lazzatidan bahramand bo'lsin.

@Muhammad_Fozil
🔥7👏1
Ota bilan kechki ovqat

Oʼgʼil, juda qarib, munkillab qolgan otasini, kechki ovqat uchun restoranga olib bordi. Qarigan, holdan toygan, qoʼllari titroq bosgan va zaiflashib qolgan ota, ovqat yeyish jarayonida bir koʼylagiga, bir shimiga ovqat toʼkib yeya boshladi. Restoranning boshqa xoʼrandalari bu holni koʼrib irganib, farzandga esa ensa qotar qaray boshlashdi. Otasi ahvolidan zarracha uyalmagan, aksincha ota ne hoxlasa bisyor qilayotan farzand, tanovul tugagach, ikkovlashib yuvinish xonasiga yoʼl oldilar. Farzand avval ota koʼylagidagi ovqat qoldiqlarini, soʼng shimdagi dogʼlarni artdi, koʼzoynagini mahkamlab, sochlarini esa mehr bilan tarab qoʼydi. Tashqarida esa butun restoran ularni jimlik bilan kuzatar, epsiz qariya va yosh yigit haqida pichirlashishar edi. Ota-bola tashqariga chiqqach, holatni koʼrgan olomon hijolat cheka boshladi, ammo omma oldida sharmanda boʼlishni xohlamas,  mavqelari bunga yoʼl qoʼymas edi. Oʼgʼil hisob soʼradi, yegan-ichgan xaqqini toʼlab otasi bilan restoran oʼrtasi boʼylab eshik tamon yura boshladi. Odamlar orasidan oʼta turib ota oʼgʼliga savol bilan murojaat qildi: "Bu yerda hech narsa  qoldirmadingmi? Oʼgʼil: "yoʼq, hech narsa qoldirmadim", Qariya: "Qoldirding, sen har bir oʼgʼil uchun dars va har bir ota uchun umid qoldirding.
Restoran ahli esa jiiim edi...

@Muhammad_Fozil
🔥9👏9
O'zingni o'zgartirish hamma narsaga ta'sir qiladi

Ko'pchilik talabalar va biror sohaga yangilik olib kirmoqchi bo'lgan shaxslar, maktabning yangi bitiruvchilari yoki xullas dunyo haqida o'zgacha fikrlovchi insonlar muhim pallada bitta sodda haqiqatni tushunib yetmaganlari tufayli o'z boshiga uqubat orttirib oladilar va keyinchalik bu ularni o'yindan tez chiqib ketishiga va yoki hammasi men o'ylagandek emas, menga hech nasib qilmaydi degan bahonalar ularni miyasiga o'rnashib qayta harakat qilishdan o'ziga ishonchi minusga ishlab ketadi. Bugun faqat o'zini o'zgartirish va shu tufayli qolganlarga ta'sir qilish mumkinligi haqida gaplashib ketamiz.

O'zingni o'zgartirish — bu faqat o'zing uchun qilingan ish emas. Sen o'zgarganing sari oilang, do'stlaring, hamkasblaring va hatto hali tanimagan insonlaringning hayoti ham o'zgarishni boshlaydi.

Lev Tolstoydan shunaqa gap bor edi:
Har qanday odam jamiyatni, dunyoni o'zgartirish haqida o'ylaydi. Lekin hech kim o'zini o'zgartirish haqida o'ylamaydi.



Asos aytaman: tasavvur qiling, siz bugundan o'zingizdagi bor qobiliyat masalan mahorat bilan kuylash bo'lsin deylik, har kuni 1 soat vaqt ajratib, 1 yil tinimsiz mashq barobarida, bu mashqlardan parchalar yoki tayyor qo'shiq bastalab ommaga taqdim qilsangiz dastlab o'z hayotingiz o'zgaradi. Nega? Chunki, bu sizni ishingiz. Auditoriyadan oldin manfaat birinchi bo'lib sizga keladi.

Ko'p holatlarda kuzatish shuni aytadiki, juda ko'p insonlar o'zi uchun ta'lim olayotganini bilmay o'qiydi. Bu ularni keyingi qadamiga ancha ta'sir qiladi. Misol uchun, repetitorga borib biror fanni undan o'rgandingiz, albatta pul to'lab. Ammo, o'zgarmadingiz unda nima bo'ladi? Javob bitta, zararda faqat siz. O'qituvchi mantiqan Tangri taoloni oldida vijdoni pok, sizga dars berdi, halol haqqini oldi. Tushunish kerakki, bu yerda o'zgarishlar ro'y bersa ham zinhor va zinhor bu sizni o'qituvchingizga ta'siri yo'q o'zgarishlar. U shunchaki nari borsa quvonchingizga sherik bo'ladi xolos. O'quvchisi natija qilsa quvonadi, boshqa narsa yo'q, maksimum mukofot yoki ustama olishi mumkin.

Ammo natija, muvaffaqiyatsizlik bu ikkisi sizga, faqat o'zingizga yopishadigan narsa, bilim ham, manfaat ham faqat o'zingiz uchun. Jamiyat uchun o'qiyabman deb o'zni aldamang, unga manfaat beradigan odamlar ko'p. Shular qatorida bo'lishni bitta yo'li o'zingiz uchun qattiq o'qish / mehnat. Boshqa narsa yo'q.


Sabab shuki, siz o'zingizni o'zgartira olsangiz, yuqori o'rin /daraja/mavqe, bular sizni ko'pchilik eshitishiga olib keladi. Ko'pchilik eshitsa endi o'zni emas jamiyatni o'zgarishga qarab fikr bildira oladigan odamga aylanasiz. Fikrlaringiz tasdig'ini topsa, ana undan keyin jamiyatga ta'siri bor odamga aylanasiz. Xo'sh plyus taraflar boshidan boshlab oxirigacha o'zingizga bo'lyabdiku to'g'rimi? Obro' ham faqat sizniki sababi nima? O'zingizni o'zgartira oldingiz, natija bor, mehnatingiz bilan o'zingizni isbot qila oldingiz kim ekaningizni.

Bularga bir qarang, biri sezilarli darajada o'qigani tufayli chiroyli natijasi ortida avval o'zi keyin hayoti o'zgardi

Yana biri monotasking ortidan yuqori darajada o'zini rivojlantirib faqat o'zini sohasida o'ziga bilim olishga harakat qildi, olgan bilimi miyasiga, keyin natijasiga, keyin ustozini hayotiga, hozir esa 3 mingta odamni hayotiga ta'sir o'tkazmoqda

Bugun bir qator yoshlar prezident bilan uchrashuvda "Kelajak bunyodkori" va "Mard o'g'lon" davlat mukofoti sovrindorlari bo'lishdi, ularni maqsadi jamiyat yoki davlat emas, dastlabki navbatda o'zlarining mahoratlari egallagan ko'nikmalarini rivojlantirish bo'lgan. Aynan shu tufayli ular bugun prezident e’tirofida.

Biz har qanday holda ham eng avvalo o'zimiz uchun harakat qilayotganimizni o'ylab olaylik. Faqat birgina paradoks bor, muvaffaqiyatsizlik ham, muvaffaqiyat ham dastlab o'zimizga albatta ta'sir qiladi, keyinchalik jamiyatga ham ta'sir qilishi muqarrar.

O'zingizni o'zgartiring. Shunda qolganlar, butun jamiyat yo o'zingizga, yoki so'zingizga qarab o'zgaradi

O'zni o'zgartirish shunaqa narsa, ta'siri ko'p narsada seziladi.

@Muhammad_Fozil
🔥186👏6🏆2
Boltani o'tkirlashning ahamiyati haqida

Ikki o'tinchi haqida hikoya bor. Kunlarning birida ular daraxt kesgani o'rmonga borishadi. Va har ikkisi kim ko'p daraxt kesish borasida musobaqa o'ynashga kelishib olishadi. Bir o'tinchi erta tongdan to kechga qadar daraxt kesar, do'sti ham u bilan baravar ishlar, ammo vaqti-vaqti bilan tanaffuslar olib qayoqqadir yo'qolib qoladi. Do'sti u ketgach, to'xtaganining hisobiga men ko'proq kesaman deb o'ylaydi va kun oxirida ular o'tinlar miqdorini hisoblaganlarida uning emas, tanaffuslar olib ishlagan do'sti ko'p daraxt kesgan bo'lib chiqadi. Shunda tinimsiz ishlagan odam hayrat ichida so'raydi: "Axir tinimsiz daraxt kesib qanaqasiga sendan kam o'tin jamg'argan bo'lishim mumkin?" Do'sti kulib javob beradi: "Sen tinimsiz ishlagan vaqting, men boltamni o'tkirlab, o'zim ham biroz dam olar edim. Balki shu uchun hammasi o'zgacha bo'lgandir."

Inson - xato qiluvchidir. Alloh taolo insonni shunday yaratgan. Biz baribir mukammal bo'la olmaymiz, zero benuqson yolg'iz Tangri taolodir. Biz xatolar qilamiz, ular yig'ilib boradi, keyingi safar takror qilmaslik muhim ekanini ham bilamiz. Ammo bir xatoni takrorlash nechog'lik yomon va yoqimsiz ekani, uni bizga boshqa birov eslatmaguncha o'zimizga sezilmaydi. Lekin tanqidni ham ko'tara olmaymiz.

Biz ham xatolar ustida ishlashni o'rganishimiz kerak. Zero uni nega qilganimiz, nega takror qilganimiz, qanday joyda adashdik bular bizga kelajakda ancha asqotadi. Aytgan gap-so'zlarimizning isbotini IELTS o'qib yurgan do'stlarimiz bilishadi. Reading va Listening analyze qilinganda eng kamida 1 ta level yuqoriga chiqish mumkin.

Muallif yaxshi eslaydi, ilk yillari o'zi ishtirok qilgan musobaqalarni deyarli barchasida xato faqat bir xil tarafini pand berishidan bo'lgan. Keyinchalik, u hamma xatosi uchun ishlatishga daftarlar sotib olib, har savolda adashganda ularni shu daftarga yozib takrorlaydigan bo'ldi. Natija esa unga muvaffaqiyat, Internet orqali katta mavqe olib keldi.

Savollarni qayta ko'rib chiqish, eshitganlarini yana bir qur eshitib chiqish, xatoni qayerdan va nega paydo bo'lganini topish - keyingi xatolarni takror qilmaslikka kafolat bo'lib beradi. Chunki, xato qiluvchi emas, bir xatoni takror qiluvchi odam bamisoli ongsizdir.

To'g'ri, biz hech narsa qilmayotgandek ko'rinamiz. Beixtiyor natija o'zimiz kutmagan payt kelganida sezamiz. Sabr va tahlil bu ikkisi yonma-yon muhimdir.

Xato qilishdan qo'rqmaylik, bir xatoni takror qilishdan qo'rqaylik. Uzoqni ko'zlashdan oldin, o'zi to'g'ri qilyabmizmi yo'qmi bilib olaylik. Balki tahlil bizni aslida maqsaddan nima ushlab turganini tushuntirib berar.

@Muhammad_Fozil
🔥10🎉1
Bittaga ham gapirardingiz

Ko’chada turibsiz. Gapirishni boshladingiz. Yigirmata odam kelib eshitishni boshladi. Xursand bo’lasiz.

Yuzta bo’lib ketsa hayajon bosadi. Ikki yuzta bo’lsa nega shuncha odam eshitayotganiga hayron qolasiz.

Bittaga ham, yuztaga ham gapirishga bir xil vaqt ketadi. Foydasi karrasiga farq qiladi.

Blog boshlang. Bu ham ko’pchlikka gapirishga o’xshaydi.

Odam kam deb siqilmang. Ko’chada ikki yuztaga hayronmiz, onlaynda beparvomiz. Har bir kuzatuvchini ko’chada eshitib turgan odamdek tasavvur qiling.

Bittadan ko’p bo’lsa yutuqdasiz. Bittaga ham gapirardingiz.

O’zi boshida obunachini umuman o’ylamang.

Blog yurgazishda obunachisi kamlar yutqazmaydi. Blogi yo’qlar yutqazadi.
🔥167👍3
Agar inson har qanday hayvondan biror narsada ustun boʻlsa, u narsa va xatti-harakatlarning farqini ajratishga yordam beruvchi bir kuch boʻladi va inson oʻsha kuch yordamida narsalar hamda xatti-harakatlardan oʻz xohishi boʻyicha foydalanadi.

©️Abu Nasr Forobiy "Fozil odamlar shahri" asaridan

@Muhammad_Fozil
👏12🎉5🏆21🔥1
Forwarded from Bridgin.uz
🌉 Bridgin — Katta imkoniyatlar sari shaxsiy ko'prigingiz!
Salom, talaba! 🎓 Grant yutishni, nufuzli stipendiya sohibi bo'lishni yoki orzuingizdagi karyerani boshlashni xohlaysizmi? Ammo qayerdan qidirishni bilmayapsizmi?
Sizga zo'r yangiligimiz bor! Bridgin — bu sening barcha maqsadlaringni bir joyda birlashtiruvchi aqlli yordamching.

Platformamizda seni nimalar kutyapti? 👇

💰 Stipendiya va Grantlar Milliy va xalqaro dasturlarni bir joydan topasan va hech qanday ovoragarchiliksiz, to'g'ridan-to'g'ri ariza topshirasan.

🤖 AI Mentor «Qaysi grantga mosman? Nima yetishmayapti? Qanday tayyorlanish kerak?» — Sun'iy intellekt barcha savollaringga aniq va shaxsiy yo'l-yo'riq ko'rsatadi.

📄 AI CV Generator Atigi 2 daqiqa ichida professional rezyume yarat! 6 xil zamonaviy shablondan birini tanla va tayyor PDF faylni yuklab ol.

📁 Hujjatlar kutubxonasi Diplom, sertifikat va transkriptlaringni xavfsiz saqla hamda kerakli arizalarga bir zumni o'zida biriktir.

📢 E'lonlar va Tadbirlar Konferensiyalar, olimpiada va xakatonlar — eng so'nggi va qaynoq imkoniyatlardan birinchilardan bo'lib xabardor bo'l.

💬 Messenger O'z ustida ishlaydigan, izlanuvchan talabalar bilan bog'lan, networking qil va tajriba almash.

🚀 Va eng muhimi — bularning barchasini mutlaqo bepul boshlash imkoniga egasan!

Hoziroq ro'yxatdan o't va o'z imkoniyatlaringni kashf et: 👉
📌 P.S. Keyingi postlarda har bir funksiyani 0 dan, ipidan-ignasigacha batafsil tushuntirib boramiz. Bizni kuzatishda davom et! 🔔 https://bridgin.uz/
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥32🏆2🎉1
Bridgin.uz
🌉 Bridgin — Katta imkoniyatlar sari shaxsiy ko'prigingiz! Salom, talaba! 🎓 Grant yutishni, nufuzli stipendiya sohibi bo'lishni yoki orzuingizdagi karyerani boshlashni xohlaysizmi? Ammo qayerdan qidirishni bilmayapsizmi? Sizga zo'r yangiligimiz bor! Bridgin…
Hurmatli do'stlar, yangi boshlangan bu loyihani qo'llab-quvvatlashda bizga yordam bersangiz xursand bo'lamiz. Sizdan bitta xabarni o'zingiz bilgan shu narsaga muhtoj odamga yuborib qo'yish evaziga na sizdan pul yechamiz, na sizga ziyonimiz tegadi bu xabar bilan. Sizlardan shunchaki dalolat qilishni so'raymiz. Zero hadisi sharifda to'g'ri yo'lga dalolat qilish ham bir savob deyilgan.

Yordamingiz uchun xursandmiz va sizga oldindan rahmat aytib qolamiz!
🔥9🏆21🎉1
📲 BridgIn ilova sifatida ham mavjud!

Endi BridgIn’ni telefoningizning bosh ekraniga o’rnatib, platformadan yanada tezroq va qulayroq foydalanishingiz mumkin. 🚀

O’rnatish tartibi (iPhone/iPad):

1️⃣ BridgIn saytini oching va brauzer pastidagi (yoki tepasidagi) 📤 Ulashish (Share) tugmasini bosing.

2️⃣ Ochilgan ro’yxatdan “Bosh ekranga qo’shish” (Add to Home Screen) bandini tanlang.

3️⃣ Yuqori o’ng burchakdagi “Qo’shish” (Add) tugmasini bosing.

Tayyor! BridgIn endi telefoningizda oddiy ilova kabi ishlaydi.

📱 Hoziroq o’rnating va BridgIn’dan foydalanishni boshlang! ➡️ https://bridgin.uz

💙 Bizni kuzatishda davom eting. Eng yaxshi yangilanishlar hali oldinda!

📢 Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆21🔥1
📱 Endi BridgIn doimo siz bilan!🙂

Har safar brauzer ochib, sayt manzilini yozishga hojat yo’q. Endi BridgIn’ni telefon yoki kompyuteringizga ilova sifatida o’rnatishingiz va unga birgina bosish orqali kirishingiz mumkin.

BridgIn’ni telefon yoki kompyuteringizga ilova sifatida o’rnatish uchun avvalo https://bridgin.uz saytiga kiring va profilingizga kiring.

So’ng qurilmangizga mos quyidagi amallarni bajaring:

🍎iPhone/iPad

1️⃣Profil bo’limidagi “Ilova sifatida o’rnatish” tugmasini bosing.
2️⃣Share (Ulashish) tugmasini tanlang.
3️⃣Add to Home Screen (Bosh ekranga qo’shish)Add (Qo’shish).

🤖Android

1️⃣Profil bo’limidagi “Ilova sifatida o’rnatish” tugmasini bosing.
2️⃣Brauzer menyusidan () Install App yoki Add to Home Screen ni tanlang.
3️⃣Tasdiqlang.

💻Kompyuter

1️⃣bridgin.uz saytini oching.
2️⃣Profil bo’limidagi “Ilova sifatida o’rnatish” tugmasini bosing yoki brauzer manzil satridagi Install belgisini tanlang.
3️⃣Install tugmasini bosing.

🚀Bir necha soniyada BridgIn’ni ilova sifatida o’rnating va undan yanada qulay foydalanishni boshlang! ➡️ https://bridgin.uz/

💙 Bizni kuzatishda davom eting!
📢Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2👏2