𝐔𝐬𝐭𝐨𝐳 𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐂𝟐
2.15K subscribers
107 photos
59 videos
7 files
87 links
~ᴘᴏʟɪɢʟᴏᴛ 🇺🇿🇷🇺🇩🇪🇸🇦
~ᴀʀᴀʙ ᴛɪʟɪ ᴄ𝟤
~ɢʀᴀᴍᴍᴀᴛɪꜱᴛ (ꜰᴜʟʟ)
~ᴀᴛ-ᴛᴀɴᴀʟ, ᴄᴇꜰʀ, ʜᴀᴍᴢᴀ ɪᴍᴛɪʜᴏɴʟᴀʀɪɢᴀ ᴛᴀʏʏᴏʀʟᴏᴠᴄʜɪ ᴇxᴘᴇʀᴛ
Download Telegram
#Elon
At-Tanal intensiv
A1 darajalilar uchun Kurs ochdik
(Faqat Ayollar jamoati o’qiydi)
Dars vaqtlari: Du-Cho-Ju 21:00-22:30
(Qo’shimcha takroriy darslar ham bo’ladi)
Oylik to’lov: 400 ming so’m
Ustoz: Muhammad
Murojaat: @UstozMuhammadc2
👏21🔥1
🇪🇬Misr & 🇯🇴Iordaniya
Attanalalarabiga qaraganda Misrning kuchli (xalqaro) ALPT imtihonining xususiyatlari :
🔸Listening va Qiroada oddiy matnlar tushmaydi Tanaldagidek, balki kuchli klassik adabiy matnlar tushadi
🔸Gapirish va Yozishda siz istaganingizcha lugʻatingizni va jumlangizni boyitishingiz, murakkablashtirishingiz (sinonimlar , majozlar, maʼqollar) mumkin, bu qadrlanadi, lekin Tanalda oʻta murakkablar minusga ishlaydi
🔸Grammatikada Tanal kabi faqat Oʻrta Darajali savollar tushmaydi, balki mutaqoddim ham tushadi, va savollar Sarf, Nahv, Balogʻat, Imlo, Aruzni ichiga oladi
🔸Muhovarada haqiqiy kuchli filolog siz bilan suhbatlashadi
🔸Bu sertifikat arab dunyosida ham, gʻarbda ham birdek tan olinadi, lekin tanal asosan arab dunyosida

Va umuman olganda aytish kerakki, Misr arab tili va diniy ilmlar boʻyicha jahonda 1-raqamli sanaladi

Imtihon narxi 150$
Imkon qilsam, kirib koʻrib, xulosalarni boʻlishaman...
🔥42👏2😢2
Misrda deyarli kirmagan muzeyimiz qolmabdi, hamma asrnikiga (Qadimiy Misr, Xalifalik davrlari, Usmoniylar...)
©Ustoz Muhammad
👍2🔥21👏1
𝐔𝐬𝐭𝐨𝐳 𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐂𝟐
Misrda deyarli kirmagan muzeyimiz qolmabdi, hamma asrnikiga (Qadimiy Misr, Xalifalik davrlari, Usmoniylar...) ©Ustoz Muhammad
Firʼavnning (Qurʼonda zikri kelgan) shaxsiyati sirli boʻlib, u haqida turlicha qarashlar mavjud. Eng rojihi shu ikkisi boʻlib, bular Misr Xalq Muzeyida saqlanmoqda. Bu muzeyga juda koʻp odam, ayniqsa gʻarbliklar tashrif buyuradi.
Misrliklar ikki turga boʻlinadi, dindorlari yoqtirmaydi Firʼavnni, ikkinchi qatlam esa oʻzining ajdodi sifatida koʻrib, ardoqlaydi, huddi bizdagi Muqanna kabi
🔥2👏21
Shunga nima deysiz?
Anonymous Poll
100%
Yaxshi boʻlardi
0%
Shart emas
🔥2👏2🎉2👍1
#fakt
Misr & Uzbekistan Armiya
Bir qarashda Misrning hozirgi kundagi statistikadan yaxshi joy egallab turishi uni go’yo qudratliroq ko’rsatsada, lekin tarix ko’zi bilan nazar tashlansa, biznikilar anchagina qudratli bo’lib chiqadi, va buni Misrliklar o’zi tan oladi.

Misrni bizning yerlardan chiqqan +10ta hukmron boshqargan (To’loniylar, Ixshidiylar, Qutuziylar, Beybarsiylar), va bu qariyb bir asr davom etgan. Lekin Misrlik birorta ham shaxs bizni boshqargani, yoki boshqaruv tizimigacha kela olgani qayd etilmagan.

Misrliklar uzbek podshohlari davrini maqtab, badiiy asarlar ham yozishgan
👍4🔥2👏21💯1
🇺🇿 Misr tarixida oʻchmas iz qoldirgan ajdodlarimiz
1. Sayfuddin Qutuz
Xorazm bilan bog‘liq kelib chiqishga ega bo‘lgan mamluk sultoni. 1259–1260-yillarda Misrni boshqargan. 1260-yil Ayn Jalut jangida mo‘g‘ullarni mag‘lub etib, Misr va musulmon olamini katta xavfdan saqlab qolgan. Shu g‘alaba tufayli u Misr tarixida unutilmas iz qoldirgan.
2. Ahmad ibn Tulun
Farg‘ona bilan bog‘liq turkiy kelib chiqishga ega hukmdor. 868–884-yillarda Misrni boshqargan va mamlakatni amalda mustaqil davlatga aylantirgan. Uning eng mashhur meroslaridan biri — Qohiradagi Ibn Tulun masjidi.

3. Muhammad ibn Tug‘j al-Ixshid
Farg‘onadan chiqqan turkiy hukmdor. 935-yilda Misr hokimiyatini qo‘lga olib, Ixshidiylar davlatiga asos solgan. “Ixshid” unvoni ham Farg‘ona hukmdorlariga berilgan qadimiy unvonlardan edi.
👏31👍1💯1
Arab tilining hozirgi kundagi shevalari
2😢2👏1
Top reytingi baland islom universitetlari

1)🇲🇾Malayziya Xalqaro Islom Universiteti — QS global reytingida #691-o‘rin
2)🇸🇦Imom Muhammad ibn Saud Islom Universiteti — QS global reytingida #791-o‘rin
3)🇪🇬Al-Azhar universiteti — Times Higher Education reytingida #801-o‘rin
4)🇸🇦Madina Islom universiteti — QS global reytingida #1001-o‘rin
5)🇮🇩Indoneziya Islom Universiteti — QS global reytingida #1201-o‘rin
🇺🇿Oʻzbekiston Xalqaro Islomshunoslik Akademiyasi - #7000-14000

(Lekin tarixan qaralsa, oʻsha kuchli Malayziya, Indoneziya, Hindiston ham barchalari aynan bizning Movarounnahrda taʼlim olib shu darajaga chiqqan oʻz davrida, shu uchun ortda qolayotgan boʻlsakda bizga qattiq ehtirom koʻrsatishadi)
4🔥2👏2😁1
Nimalarni koʻpaytirishimizni xohlardingiz?
Anonymous Poll
30%
Mock-Testlar
30%
Matnlar sharhi
16%
Oʻquv qoʻllanmalar
24%
Jonli Darslar
👍32🔥2👏1
Qiroa va Grammatika mock (Attanal)
🇪🇬Qohira universiteti, Darul Ulum kulliyyasi arab tili ilmlari boʻyicha dunyodagi birinchi raqamli taʼlimgoh
👍51🔥1👏1😁1🎉1
🇪🇬Qohira universiteti, Darul Ulum kulliyyasi arab tili ilmlari boʻyicha dunyodagi birinchi raqamli taʼlimgoh.

Dorul Ulum fakultetiga qabul va taʼlim dasturi:
📑 1. Qabul shartlari (Oʻzbekistonliklar uchun)
Hujjat: Maktab shahodatnomasi yoki kollej/litsey diplomi (eng kam baho 50% boʻlishi yetarli).Tasdiqlash: Hujjatlar Oʻzbekiston TIV va Misrning Toshkentdagi elchixonasida legallashtiriladi.Roʻyxatdan oʻtish: May-avgust oylarida Misr davlatining rasmiy portalida onlayn ariza topshiriladi.Yillik kontrakt: Bakalavr uchun $3,500 USD.
🎓 2. Taʼlim dasturi
Muddati: 4 yil (8 semestr), zamonaviy kredit tizimi.Darslar: Bir vaqtning oʻzida ham arab filologiyasi (Nahv, Sarf, Balogʻat), ham Islom ilmlari (Fiqh, Aqiyda, Islom tarixi) oʻqitiladi.Qoʻshimcha til: Ibroniy (ivrit) yoki fors tilini oʻrganish majburiy.Natija: "Arab tili va Islom ilmlari bakalavri" diplomi beriladi.
3🔥1👏1🎉1
🇪🇬Misr hayotidan

Misrliklarda shunday odatlar bor boʻlib, ham yaxshi, ham yomon desa boʻladi.
1)Eʼtiborsizlik (yaʼni birovning birov bilan ishi yoʻq), misol nima ish qilsangiz ham birov gapirmaydi. Bu yaxshi tuyiladi baʼzan, ayniqsa "hozir javrashmasmikan qoʻshnilar, yoʻldagilar" deb bezovtalanmaysiz. Lekin minusi ham bor, misol befarosatlarcha 12dan keyin ham baland qilib muzika qoʻyib qoʻyishadi, yoki uyingizni taqillatib kelaveradi istaganda (bezovta qilmaymanmikan degan tushuncha umuman yoʻq).
2) Muammolarni barcha oʻzi hal qilishi. Misol koʻchada tushunmovchilik, yengil avariya, yoki shunga oʻxshash hodisalar sodir boʻlsa, masalani katta ehtimol bilan yechish oʻzingizning qoʻlingizda qoladi, chunki hechkim yondan aralashmaydi. Bu bir tomondan yaxshi, chunki pachakilashib oʻtirmay chiqib ketasiz vaziyatdan, lekin minusi shundaki, haqqingiz poymol boʻlgan boʻlsa (misol mashinangiz urilgan, nimangizdir singan) ular faqat "Maalish" (afsus) deb ketaveradi, va sizni deyarli eshitadigan topilmaydi.
😢3👍1🔥1👏1
𝐔𝐬𝐭𝐨𝐳 𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐂𝟐
🇪🇬Misr hayotidan Misrliklarda shunday odatlar bor boʻlib, ham yaxshi, ham yomon desa boʻladi. 1)Eʼtiborsizlik (yaʼni birovning birov bilan ishi yoʻq), misol nima ish qilsangiz ham birov gapirmaydi. Bu yaxshi tuyiladi baʼzan, ayniqsa "hozir javrashmasmikan…
Endi diniy tomondan qaralganda, baʼzi menga oʻzgacha tuyilgan odatlari, saudiyaliklarda ham koʻringandi:
🔸Sunnat namozlarini deyarli oʻqishmaydi, bu sunnati muakkada boʻlishiga qaramay
🔸Namozdan keyingi zikrlarni ham deyarli aytishmaydi, bu sunnati muakkada boʻlishiga qaramay
🔸Koʻpchilik bir mazhabni ushlashmaydi, undan bundan olaverishadi, bu omi uchun vojib boʻlishiga qaramay
🔸Deyarli koʻpchilik boshini yopmaydi namozda (doʻppi, salla), mustahab sunnat boʻlishiga qaramay


🔆Xulosa: arablarda Qurʼon yodlashga boʻlgan ishtiyoqlari, diniy bilimlarga qiziqishlari bizdan kuchliroq boʻlsa-da, lekin ayrim juda nozik masalalarda bizda ham ustuvorlik borligi yaqqol seziladi, agar adolat koʻzi bilan qaralsa. Misol bizdagi kelishuvchanlik, muomala madaniyati, shirinsoʻzlik, farosatga arablar oʻzi (koʻp gaplashganlarim aytgan) tan beradi.
👍1🔥1😢1
Forwarded from Adaham Mirzabaev
Lekin asosiysi ular Qur'on o'qiydilar,biznikilar haramda ham bir biri bilan gaplashib o‘tirishadi.
𝐔𝐬𝐭𝐨𝐳 𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐂𝟐
Lekin asosiysi ular Qur'on o'qiydilar,biznikilar haramda ham bir biri bilan gaplashib o‘tirishadi.
Bu akamiz faqat bir tomonlama qarab baho beribdilar. Aslida aytsam, saudiyani ham misrni ham koʻrgan sifatida:

-Saudiyada 2 haram oldida arablar sigaret chekib turadi, buni borganlar koʻrgan.
-Misrda kalyanxonada qurʼon qoʻyib eshitib oʻtirishadi.
-Ovqatni bismillo bilan boshlashmaydi, chap qoʻlda ham, yuvilmagan qoʻlda ham yeyaverishadi, yeb boʻlib duo ham qilishmaydi (shukronalik)
🌱Oʻzbeklar bunday amallarni qilmaydi, oʻta ketgan madaniyatsizi ham, hurmat qiladi.
(Yanada detalniy qarasak koʻproq minuslarni topsak boʻladi, muhimi bilish kerakki kamchilik faqat bizda bor emas)
🔥3👏2💯2😢1
🇪🇬Misrdagi bizdan arzon narsalar
(Necha foizga arzonroq ekani bilan)

1) Oziq ovqat, sezilarli darajada arzon 45%
2) Kommunal toʻlovlar, ancha arzon, ayniqsa elektr 80%
3) Koʻchmas mulk 60%
4) Aloqa (tariflar, paketlar) 20%
5) Avtomobillar, mototsikllar 5-10%
6) Yoqilgʻi 60%
7) Yoʻlkira (taxi, jamoat transporti) 20%
8) Koʻngilochar (parklar, basseyn, kinoteatr...) 55%
9) Tibbiyot 60-70%
10) Kiyim kechak 80%
11) Zebu ziynat 70%

Bizdan qimmat narsalar

1) Elektronika va texnika
2) Taʼlim, kontraktlar ancha qimmat
3) Baʼzi oziq ovqatlar (gilos, chaq chuqlar...)
4) Baʼzi inomarka avtomobillar
5) Turizm
👍51🔥1😢1
ما معنى "أظلم" بلاغيا
Anonymous Quiz
53%
مشاكلة
32%
جناس
16%
تورية
1🔥1👏1